{"id":20311,"date":"2022-02-15T11:14:20","date_gmt":"2022-02-15T06:14:20","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20311"},"modified":"2022-02-15T11:14:20","modified_gmt":"2022-02-15T06:14:20","slug":"ulug%ca%bb-allomalarimiz-m%d0%b5rosi-jahon-uchun-hidoyat-mayog%ca%bbidir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz","title":{"rendered":"ULUG\u02bb ALLOMALARIMIZ M\u0415ROSI JAHON UCHUN HIDOYAT MAYOG\u02bbIDIR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa behisob shukrki, yurtimiz taraqqiyotining yangi davrida buyuk mutafakkirlar merosini asrab-avaylash, tadqiq etish va xalqimizga yetkazish ishlari keng jabhada amalga oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abu Muin Nasafiy va\u00a0Mahmud Zamaxshariy singari tabarruk zotlarning asarlari nafaqat mintaqamiz, balki butun musulmon dunyosi uchun hidoyat mayog\u02bbidir. Shu bois, ularning ilmiy merosini, qoldirgan bitiklarini o\u02bbrganish va kelajak avlodga yetkazish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O\u02bbzbekistonda ko\u02bbp asrlik noyob va nodir asarlarni saqlash, xalqimizning qadimiy tarixi va boy madaniyatini tiklash, benazir zotlarning ma\u02bcnaviy merosini asrab-avaylash, hayotga tatbiq etish va ularning mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish bo\u02bbyicha tizimli ishlar amalga oshirilayotir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayot davom etar ekan, bu sohada yangi-yangi talablar kun tartibiga qo\u02bbyilishi tabiiy. Shu bois, davlatimiz rahbarining joriy yil 10 fevraldagi \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori ana shu hayotiy zarurat nuqtai nazaridan qabul qilingan tarixiy, muhim hujjat sanaladi. Ushbu qarorning e\u02bclon qilinishi ma\u02bcrifatli xalqimizni, xususan, din peshvolarini ham cheksiz mamnun etdi. Unda belgilangan vazifalar buyuk ajdodlarimiz asarlarini yanada teran anglab yetishga, yosh avlodning ana shunday hikmatlar asosida kamol topishiga xizmat qiladi. Bu, o\u02bbz navbatida, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish sari tashlangan navbatdagi muhim qadam bo\u02bbladi, inshaalloh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dinida kelajak avlodga ilm-ma\u02bcrifat va ma\u02bcnaviyat qoldirishning ajri ulug\u02bb, inson vafotidan keyin ham amal daftariga yozilib turadigan ish sifatida ko\u02bbp bor ifodalangan. Hazrati Rasulimiz alayhissalom aytadilar: \u201cInson dunyodan o\u02bbtganida uning barcha amallari to\u02bbxtaydi, ammo uch amali borki, ular hargiz to\u02bbxtamaydi. Bu amallar\u2014 sadaqai joriya, manfaatli ilm hamda solih farzand\u201d (Imom Buxoriy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sadaqai joriya \u2014 insonlar har doim undan manfaat topadigan ish, savobi doimo oqib turuvchi amaldir. Masalan, xalq koriga yaraydigan yo\u02bbl, ko\u02bbprik, maktab, shifoxona, masjid, madrasa va turli ilm dargohlarini barpo etish kabilardir. Shu jumladan, nodir qo\u02bblyozma va toshbosma kitoblarni asrab-avaylash, tadqiq qilish va xalqimizga yetkazish hamda bu jarayonga raqamli texnologiyalarni joriy etish ayni sadaqai joriya hukmida bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizning zaminda Payg\u02bbambar alayhissalomning amakilari Qusam ibn Abbos kabi ko\u02bbplab ulug\u02bb insonlar abadiy qo\u02bbnim topgan. Qur\u02bconi karimning eng qadimgi yuzlab nusxalari saqlanib kelinadi, islom sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo\u02bbshgan olimlarning nodir manbalari asrab-avaylanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur qaror shu jihatdan ham yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumat tomonidan ajdodlar merosini o\u02bbrganish, ularni keyingi avlodga yetkazish borasida qilinayotgan mazkur amaliy ishlar tahsinga sazovor. Zero, bu diyordan nafaqat islom ilmlari bo\u02bbyicha ulamolar, balki aniq va tabiiy fanlar bo\u02bbyicha Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug\u02bbbek va boshqa ko\u02bbplab olimlarni sanab o\u02bbtish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi kitob fondi ham eng nodir ma\u02bcnaviy xazinalardan biri bo\u02bblib, unda 3 ming jild qo\u02bblyozma, 17 ming jild toshbosma kitoblar mavjud. Eng noyob qo\u02bblyozmalardan \u2014 \u201cHazrati Usmon Mus\u02bchafi\u201d va \u201cKatta Langar Qur\u02bconi\u201d qadimiy va tabarruk manbalar hisoblanadi. Yana fondimizda Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Mahmud Zamaxshariy, Jaloliddin Rumiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa mutafakkirlarning qo\u02bblyozma asarlari saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash joizki, aholi qo\u02bblida e\u02bczozlab saqlanayotgan hamda avloddan-avlodga o\u02bbtib kelayotgan, lekin davlat tomonidan ro\u02bbyxatga olinmagan qo\u02bblyozmalar va qadimiy bosma kitoblar soni biz o\u02bbylagandan-da ziyodadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu kabi boy merosni o\u02bbrganish va keng yoyish oldimizda turgan dolzarb vazifa. Buni hal etish uchun zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish bugungi kun talabidir. Shu bois, mazkur qarorda bu jarayonga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, qadimiy yozma manbalarning davlat reyestrini tashkil etish vazifasi belgilangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, qarorda buyuk allomalarning ilmiy merosini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida ommalashtirish, ular to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlarni zamonaviy usullar orqali yetkazish maqsadida Internet tarmog\u02bbida ilmiy-ma\u02bcrifiy portal va uning mobil ilovasi ishga tushirilishi belgilandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, mutafakkirlar hayoti, ilmiy merosi haqidagi ma\u02bclumotlar, ular faoliyatiga oid kitoblarning elektron nusxalari, filmlar hamda yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan boshqa turdagi ma\u02bclumotlar ham mazkur portalga joylashtirilishi uning ahamiyatini yanada oshira oshiradi. Bu esa nafaqat yurtdoshlarimizga, balki butun jahon ommasiga mamlakatimizning boy ilmiy merosi bilan tanishish va ulardan foydalanish imkoniyatini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarordagi yana bir muhim jihat, muzeylar, kutubxonalar, arxiv fondlari va boshqa muassasalarda saqlanayotgan qadimiy yozma manbalarni muhimligiga ko\u02bbra, xalqchil tilda bosqichma-bosqich nashr etishning yo\u02bblga qo\u02bbyilishidir. Noshirlik ishlari jadallashib, muzeylar, kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan asarlar oddiy tilda chop etilib, aholiga taqdim qilinadi. Bu esa shubhasiz, xalqimizning bilimi yuksalishiga, yoshlarni ta\u02bclim-tarbiyali qilib tarbiyalashga katta hissa qo\u02bbshadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, bu kabi ishlarni malakali mutaxassislarsiz qilib bo\u02bblmaydi. Mazkur qaror bilan kadrlar masalasi ham o\u02bbz yechimini topmoqda. Unga ko\u02bbra, 2022-2023 o\u02bbquv yilidan jami 4 ta oliy ta\u02bclim muassasasida \u201cMatnshunoslik va adabiy manbashunoslik\u201d ta\u02bclim yo\u02bbnalishida kadrlar tayyorlash ishlari jadallashtiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu hujjatda belgilangan yana bir dolzarb vazifa xorijiy mamlakatlarga ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish orqali aholi va turli fondlarda saqlanayotgan ajdodlarimiz qalamiga mansub qadimiy yozma manbalarning ro\u02bbyxatini va elektron nusxalarini aniqlash, yurtimizga olib kelish choralarining ko\u02bbrilishidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dastlabki ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, \u201cO\u02bbzbekistonga oid xorijdagi qo\u02bblyozma asarlar reyestri\u201dning birinchi jildida 30 mamlakatning 97 tashkilotida saqlanayotgan Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Imom Moturidiy, Alisher Navoiy singari 150 dan ortiq alloma va mutafakkirlarga oid qo\u02bblyozma asarlarning 1001 ta ilmiy tavsifini o\u02bbz ichiga olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ajdodlar merosiga ehtirom ko\u02bbrsatishdek ezgu va xayrli ishlar boshlangan ekan, uni qo\u02bbllab-quvvatlash hamda kamarbasta bo\u02bblishimiz zarur. Zero, bunday savobli ishlarning ham ajri cheksiz bo\u02bbladi. Qur\u02bconi karimda \u201cAlloh go\u02bbzal amal qilganlarning ajru mukofotla-rini zoye qilmas\u201d, deb bayon qilingan. \u201cRa\u02bcd\u201d surasining 29-oyatida esa: \u201cImon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun \u201ctubo\u201d (xushnudlik) va go\u02bbzal oqibat (jannat) bordir\u201d, deb marhamat qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimiz uchun katta ne\u02bcmat bo\u02bblgan ulug\u02bb alloma va mutafakkirlarning bebaho asarlarini, noyob yozma manbalarni saqlash, o\u02bbrganish hamda kelajak avlodga bezavol yetkazish borasidagi ishlarda Haq taolo ulkan muvaffaqiyatlar ato etsin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nuriddin XOLIQNAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022 yil 15 fevral, 33(555) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa behisob shukrki, yurtimiz taraqqiyotining yangi davrida buyuk mutafakkirlar merosini asrab-avaylash, tadqiq etish va xalqimizga yetkazish ishlari keng jabhada amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abu Muin Nasafiy va\u00a0Mahmud Zamaxshariy singari tabarruk zotlarning asarlari nafaqat mintaqamiz, balki butun musulmon dunyosi uchun hidoyat mayog\u02bbidir. Shu bois, ularning ilmiy merosini, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20310,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ULUG\u02bb ALLOMALARIMIZ M\u0415ROSI JAHON UCHUN HIDOYAT MAYOG\u02bbIDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ULUG\u02bb ALLOMALARIMIZ M\u0415ROSI JAHON UCHUN HIDOYAT MAYOG\u02bbIDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa behisob shukrki, yurtimiz taraqqiyotining yangi davrida buyuk mutafakkirlar merosini asrab-avaylash, tadqiq etish va xalqimizga yetkazish ishlari keng jabhada amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abu Muin Nasafiy va\u00a0Mahmud Zamaxshariy singari tabarruk zotlarning asarlari nafaqat mintaqamiz, balki butun musulmon dunyosi uchun hidoyat mayog\u02bbidir. Shu bois, ularning ilmiy merosini, &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-02-15T06:14:20+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220215_yuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"600\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"606\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz\",\"name\":\"ULUG\u02bb ALLOMALARIMIZ M\u0415ROSI JAHON UCHUN HIDOYAT MAYOG\u02bbIDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220215_yuz.jpg\",\"datePublished\":\"2022-02-15T06:14:20+00:00\",\"dateModified\":\"2022-02-15T06:14:20+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220215_yuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220215_yuz.jpg\",\"width\":600,\"height\":606},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ULUG\u02bb ALLOMALARIMIZ M\u0415ROSI JAHON UCHUN HIDOYAT MAYOG\u02bbIDIR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ULUG\u02bb ALLOMALARIMIZ M\u0415ROSI JAHON UCHUN HIDOYAT MAYOG\u02bbIDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ULUG\u02bb ALLOMALARIMIZ M\u0415ROSI JAHON UCHUN HIDOYAT MAYOG\u02bbIDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa behisob shukrki, yurtimiz taraqqiyotining yangi davrida buyuk mutafakkirlar merosini asrab-avaylash, tadqiq etish va xalqimizga yetkazish ishlari keng jabhada amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abu Muin Nasafiy va\u00a0Mahmud Zamaxshariy singari tabarruk zotlarning asarlari nafaqat mintaqamiz, balki butun musulmon dunyosi uchun hidoyat mayog\u02bbidir. Shu bois, ularning ilmiy merosini, &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-02-15T06:14:20+00:00","og_image":[{"width":600,"height":606,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220215_yuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz","name":"ULUG\u02bb ALLOMALARIMIZ M\u0415ROSI JAHON UCHUN HIDOYAT MAYOG\u02bbIDIR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220215_yuz.jpg","datePublished":"2022-02-15T06:14:20+00:00","dateModified":"2022-02-15T06:14:20+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220215_yuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/20220215_yuz.jpg","width":600,"height":606},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20311&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ULUG\u02bb ALLOMALARIMIZ M\u0415ROSI JAHON UCHUN HIDOYAT MAYOG\u02bbIDIR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20311"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20311"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20311\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20312,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20311\/revisions\/20312"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20310"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20311"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20311"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20311"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}