{"id":20228,"date":"2022-02-11T15:27:09","date_gmt":"2022-02-11T10:27:09","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20228"},"modified":"2022-02-11T15:27:09","modified_gmt":"2022-02-11T10:27:09","slug":"noyob-qo%ca%bblyozmalar-yangidan-dunyo-yuzini-ko%ca%bbradi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz","title":{"rendered":"NOYOB QO\u02bbLYOZMALAR YANGIDAN DUNYO YUZINI KO\u02bbRADI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><em><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>MUNOSABAT<\/strong><\/span><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori milliy-ma\u02bcnaviy merosimizni tiklash va xalqaro miqyosda targ\u02bbib etish, buyuk alloma va mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan bitilgan minglab noyob asarlarni to\u02bbplash, o\u02bbrganish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ular tadqiq etishi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyingi yillarda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-\u00adtadqiqot markazlari, O\u02bbzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etilgani va izchil faoliyat yuritayotgani tahsinga sazovor. Mamlakatimizdagi bunday xayrli tadbirlar xalqaro jamoatchilikning ham e\u02bctirofini qozonmoqda. Yangi qaror bilan esa bu boradagi ishlar ko\u02bblami yanada kengayadigan bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarorda ko\u02bbzda tutilganidek, qadimiy yozma manbalarning davlat reestri tashkil etilib, davlat tasarrufidagi muzey, kutubxona va arxiv fondlari faoliyatiga integratsiya qilinishi ham g\u02bboyat muhim ahamiyatga ega. Shu paytgacha yurtimizdagi har bir ilmiy\u00ad-tadqiqot muassasasi muayyan ma\u02bcnoda mustaqil ish yuritib kelayotgan edi. Tadqiqotlar markazlashtirilgan tarzda yo\u02bblga qo\u02bbyiladigan bo\u02bblsa, parallel, takroriy ishlarga o\u02bbrin qolmaydi, hamkorlik va tajriba almashuvi faollashadi, turli muassasalar bir-\u00adbirining yordami bilan o\u02bbz qo\u02bblyozma fondlarini boyitadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom sivilizatsiyasi markazi huzurida tashkil etilayotgan Qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish bo\u02bbyicha zamonaviy laboratoriya ana shu xayrli maqsadga xizmat qiladi, albatta. U qadimiy yozma manbalar kimyoviy, biologik va boshqa omillar ta\u02bcsirida zararlanishining oldini olish, preventiv va stabillashtiruvchi konservatsiya va restavratsiya qilish, jildlarni sahhoflik va muqovasozlik an\u02bcanalari asosida tiklash va ta\u02bcmirlash bilan shug\u02bbullanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizdagi boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari bu yerda malaka oshirishi, tajriba almashishi mumkin. Ayrim tashkilotlar, xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan vatandoshlarimiz qo\u02bblida saqlanayotgan qo\u02bblyozmalarni to\u02bbplash borasida ham faol ishlar qilmoqda.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tabiiyki, bu nodir manbalarning hammasi ham yaxshi holatda bo\u02bblmaydi. Ba\u02bczilari shoshilinch professional restavratsiyaga, keyinchalik ishonchli konservatsiyaga juda muhtoj bo\u02bbladi. Mana shunday manbalarni tom ma\u02bcnoda qutqarishda, kelajak avlodlar uchun saqlab qolishda mazkur laboratoriya bilan hamkorlik g\u02bboyat muhim o\u02bbrin tutadi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarorda mana shu mulohazalarning o\u02bbta zarur mantiqiy davomi o\u02bbzining yorqin ifodasini topgan. Jumladan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida \u201cQadimiy yozma manbalar konservatsiyasi va restavratsiyasi\u201d yo\u02bbnalishida (bakalavriat) kadrlar tayyorlanadigan bo\u02bbldi. Chunki Islom sivilizatsiyasi markazi huzurida tashkil etilayotgan laboratoriyaga beriladigan qo\u02bblyozmalar juda ko\u02bbp bo\u02bblib, u kuchli bilim va kasb malakasiga ega kadrlar bilan doimiy ravishda ta\u02bcminlanishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bir jihat O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasining \u201cMatnshunoslik va adabiy manbashunoslik\u201d hamda \u201cFilologiya va tillarni o\u02bbqitish (mumtoz tillar)\u201d bo\u02bbyicha bakalavriat hamda magistratura bosqichlari talabalarining o\u02bbquv jarayoni, amaliyoti, diplom ishi va magistrlik dissertatsiyalari himoyalari Sharqshunoslik instituti, Islom sivilizatsiyasi markazi, Davlat adabiyot muzeyi va boshqa qo\u02bblyozma fondlarida soha olimlari ishtirokida o\u02bbtkazilishidir. Zero, matnshunoslik va manbashunoslik bevosita yozma manbalar bilan bog\u02bbliq bo\u02bblib, har qanday qo\u02bblyozmani tadqiq etish uchun arab, fors tillaridan, qadimiy xat turlaridan muayyan darajada boxabar bo\u02bblishni taqozo qiladi. Yangi kadrlarning o\u02bbquv va ilmiy ishini himoya qilish jarayoniga mutaxassis olimlar jalb etilishi ularning kasbiy tayyorlik darajasini oshirish imkonini beradi. Bitiruvchilar sohada faoliyat boshlashidan avval o\u02bbz yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha ko\u02bbnikma va tajriba to\u02bbplab boradi. Aniqrog\u02bbi qog\u02bboz turi va sifati, ularga yondashuv, yozuv va siyoh turlari bo\u02bbyicha muayyan tajribaga ega bo\u02bblib, ishga professional yondashadi. Shu sababli O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi mazkur yo\u02bbnalish bo\u02bbyicha tayanch oliy ta\u02bclim muassasasi etib belgilandi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur akademiya bitiruvchilari kelajakda o\u02bbz kasbining mohir ustasi bo\u02bblib yetishishi kerak. Chunki bundan buyon qo\u02bblyozmalarning taqdiri \u2014 restavratsiyasi, saqlanishi yoki konservatsiyasi, tadqiq qilinishi va targ\u02bbib etilishi ko\u02bbp jihatdan shu kadrlarning qanday faoliyat yuritishiga bog\u02bbliq bo\u02bbladi. Shu bois, qarorda qo\u02bblyozmalarni saqlash va tadqiq etish bilan shug\u02bbullanuvchi ilmiy xodim va restavratorlar uchun har yili nufuzli xorijiy muzey, laboratoriya va arxiv fondlarida stajirovkalar tashkil etish ko\u02bbzda tutilgan. Mohiyatan qaraganda, bu kasb egalari turli tarkibiy va sifat jihatlariga ega bo\u02bblgan, turli davrlarga mansub qog\u02bboz, bo\u02bbyoq va muqovalar bilan ishlaydi. Ularning ayrimlari Markaziy Osiyoda keng tarqalgan bo\u02bblsa, ayrimlari bu mintaqa uchun noyob hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, har bir qo\u02bblyozmani restavratsiya qilish, saqlash, konservatsiyalash, tadqiq etishga alohida yondashuv zarur bo\u02bbladi. Milliy kadrlarimizning bu boradagi bilim, tajriba va ko\u02bbnikmalarini oshirish uchun ularni xorijiy ilmiy muassasalarga yuborish ayni muddaodir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xorijiy mamlakatlarga ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirish orqali yurtimiz allomalari va mutafakkirlari ijodiga doir qadimiy yozma manbalar kataloglari va elektron nusxalarini aniqlab, ularni tarjima qilish va ilmiy muomalaga kiritish choralari ko\u02bbriladi. Qarorning bu bandi milliy fondlarimizni har tomonlama boyitishga xizmat qiladi. Albatta, hozirgi kunda xorijiy mamlakatlardan ayrim qo\u02bblyozmalarning katalog va elektron nusxalari keltirilmoqda. Xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-\u00adtadqiqot markaziga Misr, Buyuk Britaniya, Turkiya kabi davlatlardagi fondlardan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi allomalarimizning asarlariga doir qo\u02bblyozmalarning katalog va elektron nusxalari olib kelingan. Endilikda yurtimizdagi barcha ilmiy-tadqiqot muassasalarining bu boradagi faoliyat ko\u02bblami yanada kengayadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hujjatda ta\u02bckidlanganidek, UNESCO, Ta\u02bclim, fan va madaniyat masalalari bo\u02bbyicha Islom olami tashkiloti (ICESCO), Islom tarixi, madaniyati va san\u02bcatini tadqiq etish markazi (IRCICA) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va ilmiy\u00adtadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda an\u02bcanaviy tarzda qadimiy yozma manbalarni muhofaza qilish va tadqiq etishning dolzarb masalalariga bag\u02bbishlangan xalqaro konferensiyalar tashkil etiladi. Bu orqali O\u02bbzbekiston fondlarida mavjud bo\u02bblmagan, lekin xorijdagi kutubxonalar xazinalarida saqlanayotgan nodir qo\u02bblyozmalardan nusxa olish va milliy fondimizni boyitish, tegishli me\u02bcyorlar asosida saqlanmagan qimmatli qo\u02bblyozmalarni chet ellik tadqiqotchi va restavratorlar bilan birgalikda tiklash, tadqiq qilish va keng jamoatchilikka taqdim etish, umuman, qo\u02bblyozmalar bilan ishlashda xalqaro tajribani o\u02bbrganish va o\u02bbzlashtirish mumkin bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markaziy Osiyo mintaqasi doirasida qo\u02bbshni davlatlar bilan qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish sohasida hamkorlik aloqalarini yo\u02bblga qo\u02bbyish masalasi ham g\u02bboyat dolzarbdir. Zero, mintaqamiz mamlakatlari xalqlari o\u02bbz shaxsiy, oilaviy, sulolaviy fondlarida ko\u02bbplab qo\u02bblyozmalarni saqlab keladi. Ularni aniqlash, nusxa olish, o\u02bbrganish butun Markaziy Osiyo mintaqasida ilmiy hamkorlikni faollashtiribgina qolmay, har bir mamlakatda ilm odamlari safini ham kengaytiradi. Shubha yo\u02bbqki, qo\u02bbshnimizda mavjud bo\u02bblmagan manba bizda, O\u02bbzbekistonda mavjud bo\u02bblmagani qo\u02bbshnimizda mavjud bo\u02bblishi ehtimoli juda katta. Shuni inobatga oladigan bo\u02bblsak, mintaqaviy hamkorlik o\u02bbzaro bilim va tajriba almashishda, birgalikda ko\u02bbnikmalarimizni mustahkamlashda juda muhim o\u02bbrin tutadi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hujjatga binoan, internetda yurtimiz alloma va mutafakkirlarining hayoti, ilmiy\u00ad-ma\u02bcnaviy merosi haqidagi ilmiy-\u00adma\u02bcrifiy portal va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi. Bu orqali yuzlab, minglab olimlarimizning tadqiqotlarini keng jamoatchilikka yetkazish osonlashadi, ilm\u00ad-fanga qiziquvchi hamyurtlarimiz va chet ellik ilm ixlosmandlari uchun ko\u02bbplab qimmatli ma\u02bclumotlarga ega bo\u02bblish imkoniyatlari yaratiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimizning mazkur qarori asrlar davomida turli siyosiy va ijtimoiy omillar sababli xalqimiz foydalana olmay kelayotgan manbalarni yana hamyurtlarimiz va xorijlik ilm shaydolari e\u02bctiboriga havola etish imkoniyatini yaratmoqda. Ushbu hujjat tufayli endilikda minglab noyob qo\u02bblyozmalar yangidan dunyo yuzini ko\u02bbrishiga shubha yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Shovosil ZIYODOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba:\u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022<\/strong> <strong>yil<\/strong><strong> 11-fevral<\/strong><strong>,<\/strong><strong> 31<\/strong><strong>(5<\/strong><strong>53<\/strong><strong>) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>MUNOSABAT O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori milliy-ma\u02bcnaviy merosimizni tiklash va xalqaro miqyosda targ\u02bbib etish, buyuk alloma va mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan bitilgan minglab noyob asarlarni to\u02bbplash, o\u02bbrganish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ular tadqiq etishi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Keyingi yillarda Imom Buxoriy, &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20226,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>NOYOB QO\u02bbLYOZMALAR YANGIDAN DUNYO YUZINI KO\u02bbRADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"NOYOB QO\u02bbLYOZMALAR YANGIDAN DUNYO YUZINI KO\u02bbRADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"MUNOSABAT O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori milliy-ma\u02bcnaviy merosimizni tiklash va xalqaro miqyosda targ\u02bbib etish, buyuk alloma va mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan bitilgan minglab noyob asarlarni to\u02bbplash, o\u02bbrganish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ular tadqiq etishi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Keyingi yillarda Imom Buxoriy, &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-02-11T10:27:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/SHABLON-GAZETA.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1000\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"878\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz\",\"name\":\"NOYOB QO\u02bbLYOZMALAR YANGIDAN DUNYO YUZINI KO\u02bbRADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/SHABLON-GAZETA.jpg\",\"datePublished\":\"2022-02-11T10:27:09+00:00\",\"dateModified\":\"2022-02-11T10:27:09+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/SHABLON-GAZETA.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/SHABLON-GAZETA.jpg\",\"width\":1000,\"height\":878},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"NOYOB QO\u02bbLYOZMALAR YANGIDAN DUNYO YUZINI KO\u02bbRADI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"NOYOB QO\u02bbLYOZMALAR YANGIDAN DUNYO YUZINI KO\u02bbRADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"NOYOB QO\u02bbLYOZMALAR YANGIDAN DUNYO YUZINI KO\u02bbRADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"MUNOSABAT O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori milliy-ma\u02bcnaviy merosimizni tiklash va xalqaro miqyosda targ\u02bbib etish, buyuk alloma va mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan bitilgan minglab noyob asarlarni to\u02bbplash, o\u02bbrganish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ular tadqiq etishi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Keyingi yillarda Imom Buxoriy, &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-02-11T10:27:09+00:00","og_image":[{"width":1000,"height":878,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/SHABLON-GAZETA.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz","name":"NOYOB QO\u02bbLYOZMALAR YANGIDAN DUNYO YUZINI KO\u02bbRADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/SHABLON-GAZETA.jpg","datePublished":"2022-02-11T10:27:09+00:00","dateModified":"2022-02-11T10:27:09+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/SHABLON-GAZETA.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/02\/SHABLON-GAZETA.jpg","width":1000,"height":878},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20228&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"NOYOB QO\u02bbLYOZMALAR YANGIDAN DUNYO YUZINI KO\u02bbRADI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20228"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20228"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20228\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20229,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20228\/revisions\/20229"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20226"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20228"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20228"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20228"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}