{"id":20028,"date":"2022-01-30T15:58:12","date_gmt":"2022-01-30T10:58:12","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20028"},"modified":"2022-01-30T15:58:12","modified_gmt":"2022-01-30T10:58:12","slug":"inson-qadrlangan-o%ca%bblkaga-allohning-rahmati-yog%ca%bbiladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz","title":{"rendered":"INSON QADRLANGAN O\u02bbLKAGA ALLOHNING RAHMATI YOG\u02bbILADI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bismillahir Rohmanir Rohim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yaxshiliklar, xayrli ishlar bardavom bo\u02bblib, inson qadri ulug\u02bblangan yurt doimo taraqqiy etadi. Xalqi hamjihatlikda, mehr-muruvatda umrguzaronlik qiladi. Shu bois ham mamlakatimizdagi bosh islohotlarda inson sha\u02bcni, uning qadr-qimmatiga katta e\u02bctibor berilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari raisligida shu yil 26 yanvar kuni O\u02bbzbekistonning 2022-2026 yillarga mo\u02bbljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni amalga oshirish yuzasidan o\u02bbtkazilgan videoselektor yig\u02bbilishida 2022 yilda yurtimizda inson qadri ulug\u02bblanishiga katta urg\u02bbu qaratishga oid vazifalar belgilandi. Boisi inson qadrini ulug\u02bblash eng oliy fazilat bo\u02bblib, Yangi O\u02bbzbekistondagi islohotlarning mantiqiy davomidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013<strong>\u00a0Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta\u02bcminlashni nazarda tutamiz. Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko\u02bbrsatish, sifatli ta\u02bclim, ijtimoiy himoya tizimi, sog\u02bblom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz,\u00a0<\/strong>deb ta\u02bckidladi Davlatimiz rahbari mazkur yig\u02bbilishda so\u02bbzlagan nutqlarida.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Taraqqiyotimizning yangi davrida aholimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongu shuurida inson qadriga bo\u02bblgan e\u02bctiborning amaliy ifodasi shakllanmoqda, ushbu fazilatlar xalqimiz turmush-tarzida tobora mustahkam qaror topib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqat qiyosda bilinadi. O\u02bbtgan yilda 25 ta yangi masjid ochilgani juda katta tarixiy natija, 96 ta jome yangidan qurilgani esa mo\u02bbmin-musulmonlar uchun quvonchli voqea bo\u02bbldi. Oliy va o\u02bbrta maxsus diniy ta\u02bclim muassasalariga qabul kvotalari o\u02bbtgan yillarga nisbatan oshirildi. O\u02bbqish sifatini tubdan yaxshilash bo\u02bbyicha fan dasturlari ishlab chiqildi. Ikki nafar ulamo Falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy unvonini olgani, yana ko\u02bbplab diniy soha xodimlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgani sohadagi erishilayotgan yutuqlarning totli mevalaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bblkamizda tashkil etilgan \u201cQur\u02bconi karim va tajvid\u201d o\u02bbquv kurslari soni 21 taga yetgani Allohning kalomiga muhabbatli xalqimizni cheksiz mamnun etmoqda. Shu kunga qadar 25 ming nafar kishiga qiroat bo\u02bbyicha boshlang\u02bbich ilmlar berilgani va ayni kunlarda ushbu o\u02bbquv kurslarda 2,5 ming kishi tahsil olayotgani xayrli islohotlarning amaldagi ifodasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aholining diniy savodxonligi va ma\u02bcrifatini oshirish maqsadida, \u201cHidoyat sari\u201d ko\u02bbrsatuvi negizida\u00a0<strong>\u201cMuftiy minbari\u201d<\/strong>\u00a0rukni, \u201cMadaniyat va ma\u02bcrifat\u201d telekanalida\u00a0<strong>\u201cMa\u02bcrifiy suhbatlar\u201d\u00a0<\/strong>va<strong>\u00a0\u201cZikr ahlidan so\u02bbrang\u201d<\/strong>\u00a0nomli yangi teleko\u02bbrsatuvlar efirga uzatilayotgani bu boradagi xayrli ishlarning yangi bosqichga chiqqanidan darak berib turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur ulug\u02bbvor ishlardan ko\u02bbzlangan asosiy maqsad inson qadr-qimmatini ulug\u02bblashga qaratilgani bilan yanada ahamiyatli bo\u02bbldi. Ko\u02bbzimiz bilan ko\u02bbrib, bahra olib turgan bunday ezgu amallar joriy yilda ham davom etadi, insho Alloh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari Taraqqiyot strategiyasining 7 ta ustuvor yo\u02bbnalishining har biriga alohida to\u02bbxtalib, eng muhim jihatlarini aytib o\u02bbtdilar. Joriy yilda insonni e\u02bczozlash, uning huquq va erkinliklarini ta\u02bcminlash, odamlarni rozi qilish borasidagi islohotlar ko\u02bblami yanada keng quloch yozishiga ishonch hosil qildim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu dasturiy hujjatda yaqin va o\u02bbrta istiqbolda mamlakatimizning rivojlanish bosqichlari qanday bo\u02bblishi, bu boradagi ustuvor vazifalar belgilangan. \u201cHarakatlar strategiyasidan \u2013 Taraqqiyot strategiyasi sari\u201d degan tamoyil asosida islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta\u02bcminlashga alohida e\u02bctibor qaratilgan. Joriy yilgi \u201cInson qadrini ulug\u02bblash va faol mahalla yili\u201d bo\u02bbyicha davlat dasturi loyihasi ham mana shu hujjatdan kelib chiqib tayyorlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo\u02bbg\u02bbiniga aylantirish zarurligi ta\u02bckidlandi. Uchinchi Renessansga poydevor yaratish jarayoni kechayotgan bugungi kunda xalqimizning diniy-milliy qadriyatlari, urf-odatlari mujassam topgan ma\u02bcnaviyat beshigi bo\u02bblgan mahallaning o\u02bbrni nihoyatda muhim. Oila jamiyatning asosiy bo\u02bbg\u02bbini bo\u02bblsa, mahalla qadimdan tarbiya o\u02bbchog\u02bbi, odamlarni uyushqoqlik asosida ahillikda turmush kechirishlarini ta\u02bcminlab kelgan. Ayniqsa, o\u02bbzbek xalqining yaxshi va yomon kuni, dard va tashvishi, muammolariyu kechinmalari ana shu qo\u02bbrg\u02bbonda kechadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash joizki, har birimiz mahallada ulg\u02bbayganmiz, beg\u02bbubor yoshligimiz, yodda qoladigan yaxshi kunlarimiz ushbu go\u02bbshada o\u02bbtgan. Mo\u02bbysafid otaxonlar, nuroniy onaxonlarning pandu o\u02bbgitlari tarbiyamizda tamal toshi bo\u02bblgan, do\u02bbstlar bilan xursandchiliklarimiz bir umr xotiramizga muhrlangan. Bejizga bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona deyilmagan. Mahalla \u2013 oilalar jipsliligini ta\u02bcminlash, barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etadigan tabarruk dargohdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangilanayotgan mamlakatimizda fuqarolarimiz tinchlik va xotirjamlikda munosib hayot kechirishini ta\u02bcminlashda mahallaning o\u02bbrni va ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Shu maqsadda, Mahalla va oilani qo\u02bbllab-quvvatlash vazirligi faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoniga ko\u02bbra, 2022 yil 1 yanvardan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, har bir mahallada tuman (shahar) hokimining yordamchilari ish boshladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demakki, bugun mahalla islohot, ma\u02bcrifat va tarbiya maskaniga aylanib, vakolatlari kengaymoqda. Ayniqsa, mahallalarda yigit va qizlarga oilaviy hayot haqidagi, shuningdek, ma\u02bcnaviyat, odob-ahloq va ruhiy tarbiya borasidagi bilim va tushunchalarni bolaligidan singdirib borish juda foydali bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mana shunday savobli ishlarda diniy soha xodimlari, ulamolar va imom-xatiblar faol ishtirok etmoqdalar. Imom-xatib jamiyatda odamlarning qadr-qimmatini o\u02bbz o\u02bbrniga qo\u02bbyish va barcha insoniy fazilatlar ila ziynatlanishida asosiy tarbiyachidir. Imom bor vujudi, ixlosi bilan kishilarni ikki dunyoda saodat ahlidan bo\u02bblishi yo\u02bblida odamlarni yuksak odob-axloq, solih amallarni qilishga, adolatli ishlarga, foydali ilm-ma\u02bcrifat o\u02bbrganishga, madaniyat yutuqlaridan ijobiy suratda istifoda etishga, har bir kishini ota-ona, oila, farzand, qavm-qarindoshlar o\u02bbrtasida tinch-totuv, o\u02bbzaro hurmat va muhabbat ruhida yashashga chorlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom inson qadrini hamma vaqt, har yerda ulug\u02bblashga buyurgan, uning sharafini oliy darajaga ko\u02bbtargan. Dinimizda insonni aziz va mukarram zot sifatida ulug\u02bblanadi hamda kishi hayotining ruhiy va ma\u02bcnaviy jihatdan komillikka yetishishiga katta e\u02bctibor beradi. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haq taolo insonni O\u02bbzi yaratgan barcha jonzotlardan afzal qilgan. Yaratgan Parvardigor odamzodga butun borliqni bo\u02bbysundirib qo\u02bbygan. Farishtalar ham inson Alloh tomonidan yaratilgani uchun unga hurmat bajo keltirib, ta\u02bczim sajdasini ado qildi. Mana shu narsa insonni oliy maqomga ko\u02bbtardi. Rabboniy jon ato etilishi inson sharafini ulug\u02bbladi. U endi Haq taoloning Yer yuzidagi o\u02bbrinbosari, degan muborak nomga musharraf bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo marhamat qiladi:\u00a0<strong>\u201cDarhaqiqat,\u00a0<\/strong>(Biz)<strong>\u00a0Odam farzandlarini\u00a0<\/strong>(aziz va)<strong>\u00a0mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizga\u00a0<\/strong>(ot-ulov va kemalarga)<strong>\u00a0mindirib qo\u02bbydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni O\u02bbzimiz yaratgan ko\u02bbp jonzotlardan afzal qilib qo\u02bbydik\u201d .<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hadisi shariflarida:\u00a0<strong>\u201cMo\u02bbmin kishi Alloh taolo nazdida farishtalardan ham mukarram va afzaldir\u201d<\/strong>\u00a0\u2013 deb marhamat qilganlar. Ulamolar ushbu hadisning sharhida bunday deydilar: \u201cFarishtalarni Alloh taolo faqat toat-ibodat va ba\u02bczi maxsus vazifalarni ado etish uchungina yaratgan. Shuning uchun ularda aql boru, lekin nafsu shahvat yo\u02bbq. Hayvonotda esa nafsu shahvat boru, lekin aql yo\u02bbq. Ammo odamzodda aql ham bor, nafsu shahvat ham bor. Aql uni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga, savobli ishlarga boshlasa, nafsu shahvat faqat nafsni qondirish va buning uchun har qanday gunohu ma\u02bcsiyat ishlarga boshlaydi. Binobarin, agar insonning aqli nafsu shahvatidan g\u02bbolib kelib, uning amriga muvofiq harakat qilsa, demak u farishtalardan ham ulug\u02bb maqomda yurgan bo\u02bbladi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi oyati karimada Alloh taolo:\u00a0<strong>\u201cInsonni aziz va mukarram qildik\u201d<\/strong>\u00a0\u2013 deb marhamat qiladi. Tafsir kitoblarida insonning qaysi ne\u02bcmatlar tufayli mukarram ekani to\u02bbg\u02bbrisida ko\u02bbp misollar keltirilgan. Ba\u02bczi mufassirlar mazkur oyatni sharhlab, insonga ato etilgan ne\u02bcmatlarni ikkiga taqsim qilganlar. Birinchisi, jismoniy ne\u02bcmatlar. Bunga misol sihat-salomatlik, tinch-farovon turmush kabilar. Ikkinchisi, ruhoniy yoki ma\u02bcnaviy ne\u02bcmatlar bo\u02bblib, unga imon, islom, hidoyat, axloq, insofu tavfiq singari ijobiy sifatlarni misol qilish mumkin. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo O\u02bbzining bu ne\u02bcmatlarini zikr qilishidan maqsadi \u2013 har bir inson o\u02bbziga ato etilgan behisob ne\u02bcmatlarga shukr qilsin, bu narsalarning qadriga yetib, ularni faqat xayrli va foydali ishlarga sarf etsin, degan ma\u02bcnodadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, insonning\u00a0 ruhiy-ma\u02bcnaviy olami boy bo\u02bblsa, uning qadr-qimmati shuncha oshadi. Inson qancha imonli, diyonatli bo\u02bblsa, Allohga muhabbati va itoati qanchalik ulug\u02bb bo\u02bblsa, shundagina uning darajasi yuqori bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh insonni aql va idrokda butun maxluqlaridan mukarram aylab,\u00a0 unga Yerdagi hamma narsani bo\u02bbysundirib qo\u02bbydi. Haq taolo yuqoridagi oyati karimada odam bolasini borliqdagi hamma narsadan azizu mukarram qilib yaratganining xabarini bermoqda:\u00a0<strong>\u201cBatahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo\u02bbydik\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haq taolo insoniyatni aziz jismini go\u02bbzal, beqiyos va mukammal yaratgan. Bu haqda Qur\u02bconi karim \u201cTin\u201d surasining 4-oyati karimasida\u00a0\u00a0<strong>\u201cBatahqiq, Biz insonni eng yaxshi suratda yaratdik\u201d,<\/strong>\u00a0deb marhamat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur yig\u02bbilishda muhokama qilingan dolzarb masalalaridan yana biri\u00a0<strong>yo\u02bbllarda xavfsiz sharoit yaratish, transport hodisalari va o\u02bblim holatlarini keskin qisqartirish uchun harakatlarni boshqarishni raqamlashtirish, haydovchilik guvohnomasiga o\u02bbqitish kuchaytirishga urg\u02bbu qaratildi.<\/strong>\u00a0Haqiqatan, so\u02bbnggi vaqtlarda atrofimizda yo\u02bbl-transport hodisalari shunchalik ko\u02bbpaydiki, ayrimlarini eshitib, qalbimiz juda ham mahzun bo\u02bblmoqda. Ming afsuski, buning ortidan yuzlab insonlar vafot etayotgani yoki bir umrga nogiron bo\u02bblib qolayotgani ham har birimizni ziyraklikka chorlashi kerak. Birgina Toshkent shahrida 2021 yil 11 oyida piyodalar ishtirokida 524 yo\u02bbl-transport hodisasi sodir bo\u02bblgan. Oqibatda 32 kishi olgan tan jarohatlari tufayli halok bo\u02bblgan. Yana 487 kishiga turli og\u02bbirlikdagi badan shikastlari yetgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash kerakki, Islomda yo\u02bbl harakati qoidalari Qur\u02bcon va hadis, ulamolarning ushbu manbalardagi umumiy qoidalar asosida chiqargan hukmlari bilan tartibga chaqiradi. Shuningdek, Islom fuqaholari taqdim qilgan hujjatlar asosida piyoda bo\u02bblsin yoki ulovda bo\u02bblsin, har bir musulmon yo\u02bbl harakati qoidalariga amal qilishi shar\u02bciy jihatdan vojib ekaniga ittifoq qilingan. Shu bois, O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasining Yo\u02bbl harakati qoidalariga rioya qilish borasida fatvosi ham e\u02bclon qilgan. Unda, mazkur qoidalar Islom shariatiga mos ekani, musulmonlar ushbu qoidalarga e\u02bctiqodan amal qilishi lozimligi kabi masalalar batafsil bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha yo\u02bbl qoidalari aslida insonning joni va molini asrash maqsadida tuzilgan. Bu esa Islomning ahkomlarida himoya qilish ko\u02bbzda tutilgan hamda shariat maqsadlariga muvofiq hisoblanadi. Musulmon kishi yo\u02bbl qoidalari, odob va madaniyatiga amal qilishi kimdir nazorat qilayotgani uchun emas, balki Islom shariati talabi, deb e\u02bctiqoddan bajarishi kerak. Shunda yo\u02bblda yurish ham ibodatga aylanadi va savobga erishadi, noxushliklarning oldi olinadi, inshaAlloh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbzimning nihoyasida shuni qayd etmoqchimanki, Davlatimiz rahbari aytganlaridek:\u00a0<strong>\u201cIshontirib aytamanki, xalqimizning hayoti yanada farovon va mazmunli bo\u02bblishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz\u201d,<\/strong>\u00a0degan qimmatli so\u02bbzlari zamirida yuqorida bayon etilgan ezgu maqsad va muddaolar mujassamdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolodan xalqimizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlariga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nuriddin XOLIQNAZAROV<\/strong><strong>,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba:\u00a0\u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022\u00a0yil\u00a0<\/strong><strong>29<\/strong><strong>\u00a0yanvar,\u00a0<\/strong><strong>20<\/strong><strong>(5<\/strong><strong>42<\/strong><strong>) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohim. Yaxshiliklar, xayrli ishlar bardavom bo\u02bblib, inson qadri ulug\u02bblangan yurt doimo taraqqiy etadi. Xalqi hamjihatlikda, mehr-muruvatda umrguzaronlik qiladi. Shu bois ham mamlakatimizdagi bosh islohotlarda inson sha\u02bcni, uning qadr-qimmatiga katta e\u02bctibor berilmoqda. Davlatimiz rahbari raisligida shu yil 26 yanvar kuni O\u02bbzbekistonning 2022-2026 yillarga mo\u02bbljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni amalga oshirish yuzasidan o\u02bbtkazilgan videoselektor &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20027,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>INSON QADRLANGAN O\u02bbLKAGA ALLOHNING RAHMATI YOG\u02bbILADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"INSON QADRLANGAN O\u02bbLKAGA ALLOHNING RAHMATI YOG\u02bbILADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Bismillahir Rohmanir Rohim. Yaxshiliklar, xayrli ishlar bardavom bo\u02bblib, inson qadri ulug\u02bblangan yurt doimo taraqqiy etadi. Xalqi hamjihatlikda, mehr-muruvatda umrguzaronlik qiladi. Shu bois ham mamlakatimizdagi bosh islohotlarda inson sha\u02bcni, uning qadr-qimmatiga katta e\u02bctibor berilmoqda. Davlatimiz rahbari raisligida shu yil 26 yanvar kuni O\u02bbzbekistonning 2022-2026 yillarga mo\u02bbljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni amalga oshirish yuzasidan o\u02bbtkazilgan videoselektor &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-01-30T10:58:12+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/insom.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"487\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"500\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz\",\"name\":\"INSON QADRLANGAN O\u02bbLKAGA ALLOHNING RAHMATI YOG\u02bbILADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/insom.jpg\",\"datePublished\":\"2022-01-30T10:58:12+00:00\",\"dateModified\":\"2022-01-30T10:58:12+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/insom.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/insom.jpg\",\"width\":487,\"height\":500},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"INSON QADRLANGAN O\u02bbLKAGA ALLOHNING RAHMATI YOG\u02bbILADI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"INSON QADRLANGAN O\u02bbLKAGA ALLOHNING RAHMATI YOG\u02bbILADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"INSON QADRLANGAN O\u02bbLKAGA ALLOHNING RAHMATI YOG\u02bbILADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Bismillahir Rohmanir Rohim. Yaxshiliklar, xayrli ishlar bardavom bo\u02bblib, inson qadri ulug\u02bblangan yurt doimo taraqqiy etadi. Xalqi hamjihatlikda, mehr-muruvatda umrguzaronlik qiladi. Shu bois ham mamlakatimizdagi bosh islohotlarda inson sha\u02bcni, uning qadr-qimmatiga katta e\u02bctibor berilmoqda. Davlatimiz rahbari raisligida shu yil 26 yanvar kuni O\u02bbzbekistonning 2022-2026 yillarga mo\u02bbljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni amalga oshirish yuzasidan o\u02bbtkazilgan videoselektor &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-01-30T10:58:12+00:00","og_image":[{"width":487,"height":500,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/insom.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz","name":"INSON QADRLANGAN O\u02bbLKAGA ALLOHNING RAHMATI YOG\u02bbILADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/insom.jpg","datePublished":"2022-01-30T10:58:12+00:00","dateModified":"2022-01-30T10:58:12+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/insom.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/insom.jpg","width":487,"height":500},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20028&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"INSON QADRLANGAN O\u02bbLKAGA ALLOHNING RAHMATI YOG\u02bbILADI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20028"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20028"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20028\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20029,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20028\/revisions\/20029"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20027"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20028"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20028"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20028"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}