{"id":20002,"date":"2022-01-28T08:40:42","date_gmt":"2022-01-28T03:40:42","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=20002"},"modified":"2022-01-27T18:22:36","modified_gmt":"2022-01-27T13:22:36","slug":"muhaddis-bujayriyning-hadis-ilmida-tutgan-o%ca%bbrni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz","title":{"rendered":"MUHADDIS BUJAYRIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan rivojining oltin davri deb e\u02bctirof etilgan. Ko\u02bbplab manbalarda ayni o\u02bbsha davrda Bujayriy nisbasi bilan tanilib, samarali ijod qilgan allomalar hayoti va ilmiy merosi haqidagi ma\u02bclumotlarni uchratish mumkin. Ulardan biri Abu Hafs Bujayriy bo\u02bblib, u zotning to\u02bbliq ismi Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy Xushufag\u02bboniy Samarqandiy Bujayriydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tadqiqotlar natijasi shuni ko\u02bbrsatadiki, Bujayriy nisbasi biror joy yoki kasbga emas, Bujayr ismli shaxsga nisbatan berilgan. Bujayr Abu Hafsning bobosi Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniyning ismidir. Bujayrning avlodlari, ya\u02bcni farzandu nabiralari ham o\u02bbz zamonasining mashhur muhaddis roviylari bo\u02bblgan. Ularga Bujayrning ismi nisbat qilib berilib, bu silsila tarix sahifalarida Bujayriy nisbasi bilan o\u02bbrin olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misrlik tadqiqotchi olim Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd tomonidan tuzilgan \u201cO\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi\u201dda: \u201cBujayr\u201d so\u02bbzi \u201ckichkina qorinchasi bo\u02bblgan bobo\u201d ma\u02bcnosini bildiradi<\/span><a name=\"_ftnref1\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>, deyilgan. \u201cBujayr\u201d so\u02bbzi \u201ckichik qorin\u201d \u00a0degan ma\u02bcnoni ham anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda Abu Hafs Umar ibn Muhammad nomi\u00a0 So\u02bbg\u02bbdiy, Xushufag\u02bboniy, Samarqandiy, Bujayriy nisbalari bilan keltirilgan. Ayrim manbalarda esa \u201cBuhayriy\u201d<\/span><a name=\"_ftnref3\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>\u00a0nisbasi bilan ham kelgan. Biroq aksar olimlar o\u02bbz asarlarida Abu Hafs Bujayriy nisbasi bilan qayd etgan. Xalq orasida ham u aynan shu nisba bilan mashhur bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhaddis Abu Hafs Bujayriy 838 yili Samarqandning So\u02bbg\u02bbdi muzofotidagi Ishtixon shahriga qarashli Xushufag\u02bbon qishlog\u02bbida ziyolilar oilasida tavallud topgan<\/span><a name=\"_ftnref4\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.\u00a0 U 923 yili 85 yoshida vafot etgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulkarim Sam\u02bconiyning \u201cAnsob\u201d nomli kitobida keltirilishicha, bir kuni Abu Hafs Umar ibn Muhammad So\u02bbg\u02bbdiy Xushufag\u02bbon qishlog\u02bbidagi hovlisida katta daraxt ostida do\u02bbstlar davrasida suhbat qurib o\u02bbtirib, do\u02bbstlariga bunday deb so\u02bbz qotibdi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Sizlar dunyoning eng ko\u02bbrkam va eng xushmanzara joyida o\u02bbtiribsizlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Nima uchun? \u2013 deb so\u02bbrabdi do\u02bbstlari.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunda Abu Hafs Bujayriy:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u2013 Chunki dunyoda Samarqandning So\u02bbg\u02bbdi kabi ko\u02bbrkam, xushmanzara, bahavo joy topilmaydi. So\u02bbg\u02bbdda Xushufag\u02bbonga teng keladigan joy yo\u02bbq. Xushufag\u02bbonda mening bu bog\u02bbimdan obodroq joy, bog\u02bbimda esa bu daraxtning soyasiga teng keladigan sersoya va salqin joyning o\u02bbzi yo\u02bbq, \u2013 deb javob bergan ekan<\/span><a name=\"_ftnref5\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Bujayriyning bolalik va yoshlik davri tug\u02bbilib o\u02bbsgan ona qishlog\u02bbi Xushufag\u02bbonda o\u02bbtgan. U dastlabki ta\u02bclimni otasi Abu Umar Bujayrdan olgan. Keyinchalik Abu Hafs Bujayriy ilm o\u02bbrganish shijoati va Payg\u02bbambarimiz sollalohu alayhi vasallamdan vorid bo\u02bblgan hadislarni eshitish, o\u02bbrganishga qiziqishi sababli o\u02bbsha davrda ilm-fan o\u02bbchog\u02bbi bo\u02bblgan Xuroson, Basra, Kufa, Shom, Misr, Hijoz kabi bir qancha shahar va mamlakatlarga ilmiy safarlar qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma safari chog\u02bbida Damashq shahriga borganini tarixchi olim Abulqosim Ali ibn Hasan ibn Hibatulloh ibn Abdulloh \u2013 Ibn Asokir \u201cTarixul madinati Dimashq va zikri fazliha va tasmiyati min hilliha minal amasil\u201d (\u201cDamashq shahrining tarixi, uning fazilati va undagi joylarning nomlanishiga misollar\u201d) kitobida bunday keltiradi: \u201cHofiz Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy Samarqandiy Bujayriy ta\u02bclim olish va hadis jamlash niyatida Damashq shahriga borib, u yerda Ahmad ibn Abdulvohid ibn U\u02bcbud, Abu Omir Muso ibn Omir Mariy, Hishom ibn Xolid, Muhammad ibn Hoshim Ba\u02bclabakkiy, Sulaymon Hamsiy, Ayub ibn Ali ibn Haysam Kanoniy kabi ko\u02bbplab taniqli olimlardan ta\u02bclim olgan va hadislar tinglagan\u201d<\/span><a name=\"_ftnref10\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>. Demak, Alloma Damashqqa borganida, u yerning ko\u02bbplab taniqli olimlari bilan uchrashgan, ular bilan ilmiy muloqotda bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Bujayriy hadis bo\u02bbyicha asosiy ta\u02bclimni Abu Mahmud Muhammad ibn Muoviya<\/span><a name=\"_ftnref6\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=8262#_ftn6\">https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=8262 \u2014 _ftn6<\/a>, Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy Samarqandiy, Iso ibn Hammod Zug\u02bbba Misriy, Is\u02bchoq ibn Shohin Vositiy, Abu Soib Silm ibn Jannoda Kufiy, Abd ibn Humayd Keshiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>\u00a0va Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy kabi ko\u02bbplab mashhur muhaddis olimlardan tahsil olgan<\/span><a name=\"_ftnref8\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning \u201cSahih\u201d to\u02bbplamiga yozilgan eng mo\u02bbtabar sharhlardan biri bo\u02bblgan Ibn Hajar Asqaloniyning \u201cFathul boriy\u201d (\u201cIjodkorning ochib bergan sharhi\u201d) kitobining Muqaddimasida bunday keltiriladi: \u201cUmar ibn Muhammad Bujayriy: \u201cMuhammad ibn Ismoil Buxoriyning: Men \u201cJome\u02bcus sahih\u201d kitobimni Masjidul Haramda tasnif qildim. Bu kitobdagi har bir hadisni Alloh taolodan yaxshilik so\u02bbrab, ikki rakat namoz o\u02bbqib, uning sahihligiga ishonch hosil qilganimdan keyin kiritdim\u201d, deb aytayotganini eshitdim\u201d, deydi\u201d<\/span><a name=\"_ftnref9\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu rivoyat orqali Abu Hafs Bujayriy hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlari bilan bir davrda yashaganini, ikkalasi bir biri bilan uchrashganini va Imom Buxoriyning mazkur so\u02bbzini aynan o\u02bbzidan eshitganini anglab olish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Damashqlik olim Xayriddin ibn Mahmud ibn Muhammad Zirikliy \u201cA\u02bclom\u201d asarida taniqli olim Zahabiyning: \u201cAbu Hafs Bujayriy zamonasining tengi yo\u02bbq allomasi edi. Men u zotdan oltmish mingdan ortiq hadis tinglaganman\u201d<\/span><a name=\"_ftnref17\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>, deb aytgan e\u02bctirofini keltirib o\u02bbtgan. Alloma ko\u02bbp hadis yod bilgani, ularni jamlashga shijoati va taqvosi sababli \u201chofiz\u201d<\/span><a name=\"_ftnref11\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=8262#_ftn11\">https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=8262 \u2014 _ftn11<\/a>, \u201ctaqvodor muhaddis\u201d, \u201cimomul kabir\u201d,<\/span><a name=\"_ftnref12\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>\u00a0\u201cshayx\u201d kabi\u00a0 sharafli nomlarga sazovor bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Bujayriy hadis o\u02bbrganish va to\u02bbplash bilan birga, ko\u02bbplab shogirdlar ham yetishtirgan. Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg\u02bbaniy Bag\u02bbdodiyning \u201cTakmilatul ikmol\u201d kitobida Muhammad ibn Sobir Buxoriy, Abu Nazr Muhammad ibn Bakr Dehqon Samarqandiy, Muhammad ibn Ahmad ibn Imron Shoshiy, Mu\u02bctamar ibn Jibril Karminiy, A\u02bcyun ibn Ja\u02bcfar Samarqandiy, Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Ali Muaddab Shoshiy va Iso ibn Muso Koshoniy kabi o\u02bbz zamonasining mashhur muhaddis va roviylari Abu Hafs Bujayriydan hadis tinglagani va undan rivoyat qilgani qayd etilgan<\/span><a name=\"_ftnref13\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>. Bundan tashqari, Abu Hafs Bujayriydan uning o\u02bbg\u02bbli Abulhasan Muhammad ibn Umar, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy, Abu Yahyo Ahmad ibn Muhammad ibn Ibrohim ibn Is\u02bchoq ibn Hozim Samarqandiy, Muhammad ibn Hotam Koshoniy, Abulfazl Ahmad ibn Ismoil ibn Yahyo ibn Hozim Azdiy Samarqandiy va Ali ibn Bindor Sayrafiy kabi olimlar ham tahsil olgan va hadis rivoyat qilgan<\/span><a name=\"_ftnref14\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shoshlik allomalarning hayoti va ilmiy merosini o\u02bbrganish bo\u02bbyicha ulkan ishlarni amalga oshirgan t.f.d Ne\u02bcmatullo Muhammedov o\u02bbzining \u201cShosh vohasi olimlarining ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi\u201d kitobida: \u201cAbu Bakr Qaffol Shoshiy Xurosonga borib, Muhammad ibn Is\u02bchoq ibn Xuzayma, Muhammad ibn Is\u02bchoq Sarroj, Umar ibn Muhammad ibn Buxayr<\/span><a name=\"_ftnref15\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>\u00a0Samarqandiy kabi yetuk olimlardan dars olgan va boshqa tabaqalardan hadislar tinglagan\u201d<\/span><a name=\"_ftnref16\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">, deb keltirib o\u02bbtgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn17\" name=\"_ftnref17\">[17]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi manbalardan ko\u02bbrinib turibdiki, Abu Hafs Bujayriy, fiqh, hadis, usul va tilshunoslik ilmlari bo\u02bbyicha tengi yo\u02bbq olim deb e\u02bctirof etilgan Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy kabi bir qancha allomalarga ustozlik qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Bujayriy ilm-fan hamjamiyatiga yetuk allomalarni yetkazib berish bilan kifoyalanib qolmasdan, o\u02bbzining boy ilmiy ijodi bilan ham ulkan hissa qo\u02bbshgan. Hadis va tafsir ilmi sohasida bir qancha asarlar yaratgan. Manbalarda keltirilishicha, u \u201cSahih\u201d hadislar to\u02bbplami va \u201cTafsir\u201d kabi asarlarning muallifi hisoblanadi. \u201cSahih\u201d to\u02bbplamining qo\u02bblyozma nusxalari xorijiy mamlakatlarning kutubxonasida saqlanmoqda<\/span><a name=\"_ftnref18\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn18\" name=\"_ftnref18\">[18]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning \u201cKitobus safina\u201d (\u201cKema kitobi\u201d) nomli yana bir asari ham bo\u02bblgan. Bu borada Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd o\u02bbzining \u201cO\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi\u201d kitobida bunday keltiradi: \u201cAbu Hafs Bujayriydan uning Ahmad ismli nabirasi \u201cJome\u02bcus sahih\u201d (\u201cIshonchli to\u02bbplam\u201d) va \u201cKitobus safina\u201d (\u201cKema kitobi\u201d) kitoblarini o\u02bbqib o\u02bbrgangan. Ushbu kitoblarni Abu Hafsning o\u02bbzi yozgan\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn19\" name=\"_ftnref19\">[19]<\/a>. Afsuski \u201cKitobus safina\u201d bizning davrimizgacha yetib kelmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xayriddin Zirikliy\u00a0 o\u02bbzining \u201cA\u02bclom\u201d kitobida Abu Hafs Bujayriy va \u201cSahih\u201d to\u02bbplamining qo\u02bblyozma nusxasi haqida bunday ma\u02bclumot keltiradi: \u201cMovarounnahrlik muhaddis, hofiz Abu Hafs Bujayriy \u201cSahih\u201d va \u201cTafsir\u201d asarlari muallifidir. U Samarqand yaqinidagi qishloqlardan birida yashab o\u02bbtgan. Hozir bu joy \u201cRa\u02bcsul qontara\u201d (\u201cTo\u02bbg\u02bbonboshi\u201d) deb ataladi<\/span><a name=\"_ftnref19\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn20\" name=\"_ftnref20\">[20]<\/a>. Alloma ilm olish va hadis tinglash maqsadida Xuroson, Basra, Kufa, Shom, Misr va Hijoz kabi bir qancha shahar va mamlakatlarda bo\u02bblgan. U kishining qalamiga mansub \u201cJome\u02bcul musnad\u201d va \u201cTafsir\u201d asarlarining qo\u02bblyozma nusxasi hozirgi kunda Damashq shahridagi Zohiriya kutubxonasida 1067-raqam ostida saqlanmoqda\u201d<\/span><a name=\"_ftnref20\"><\/a><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftn21\" name=\"_ftnref21\">[21]<\/a>. Mazkur asarning elektron nusxasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi elektron bazasida ham mavjud. U 124 varaqdan iborat bo\u02bblib, \u201cJome\u02bcul musnad\u201dning o\u02bbttizinchi \u2013 \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning betobliklari va vafotlari\u201d bobini va \u201cTafsir\u201d kitobining avvalgi qismini o\u02bbz ichiga olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu o\u02bbrinda \u201cJome\u02bcul musnad\u201ddagi birinchi hadisni keltirib o\u02bbtishni lozim topdik:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ummi Fazldan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eng oxirgi eshitgan narsam U zotning shom nomozida \u201cMursalat\u201d surasini o\u02bbqiganlari bo\u02bbldi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Bujayriy o\u02bbzining ulkan ilmiy faoliyati bilan ilm-fanning hadis va tafsir kabi sohalari rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan. Lekin shu choqqacha uning hayoti va ilmiy merosi bo\u02bbyicha keng ko\u02bblamli tadqiqot o\u02bbtkazilmagan. Markazda ushbu \u201cJome\u02bcul musnad\u201d kitobini o\u02bbrganish va tarjima qilish bo\u02bbyicha muayyan ishlar boshlab yuborilgan. Tadqiqotlar davomida allomaning hayoti va ilmiy merosiga oid yangi ma\u02bclumotlar yueaga chiqadi, degan umiddamiz.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd. O\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi. \u2013 T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-ma\u02bcrifiy markazi nashriyoti, 2007. \u2013 B. 53.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Qarang: Ali ibn Hisomiddin Hindiy. Kanzul a\u02bcmol. J. 2. \u2013 Bayrut, 1989. \u2013 B. 391; Abdulkarim ibn Muhammad Rofi\u02bciy Qazviniy. Tadvinu fi axbori Qazvin. J. 1. \u2013 Bayrut, 1987. \u2013 B. 154; Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd. O\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi. \u2013 T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-ma\u02bcrifiy markazi nashriyoti, 2007. \u2013 B. 145.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Qarang: Xayriddin Zirikliy. A\u02bclom. J. 5. Dorul ilm, 2002. \u2013 B. 60; Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Mu\u02bcjamul buldon. J. 2. \u2013 Bayrut, 1979. \u2013 B. 374; Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg\u02bbaniy Bag\u02bbdodiy. Takmilatul ikmol. J. 3. \u2013 Makka. Jome\u02bca ummul quro, 1410\/1990. \u2013 B. 327.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Qarang: Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J. 2. \u2013 Bayrut, 1998. \u2013 B. 162; Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd. O\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi. \u2013 T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-ma\u02bcrifiy markazi nashriyoti, 2007. \u2013 B. 54.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J. 2. \u2013 Bayrut, 1998. \u2013 B. 70.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Abulqosim Ali ibn Hasan ibn Hibatulloh ibn Abdulloh Shofi\u02bc. Tarixul madinati Dimashq va zikri fazliha va tasmiyati min hilliha minal amasil. J. 45. \u2013 Bayrut, 1995. \u2013 B. 320. J. 69. \u2013 B. 119.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiyning tog\u02bbasi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Abd ibn Humayd Keshiyning \u201cMusnadi Keshiy\u201d nomli kitobi bo\u02bblib, u Imom Buxoriyning ustozlaridan hisoblanadi. Qarang: Umarov Sh. O\u02bbrta asrlarda yashagan keshlik allomalar. \u2013 Samarqand, Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2015.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Qarang: Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg\u02bbaniy Bag\u02bbdodiy, Takmilatul ikmol. J. 3. \u2013 Makka. Jome\u02bca ummul quro, 1410\/1990. \u2013 B. 327; Ibn Hajar Asqaloniy. Fathul boriy. J. 2. \u2013 Misr: Miriy Kubro matbaasi, Muqaddimasi.1301\/1884. \u2013 B. 490.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Ibn Hajar Asqaloniy. Fathul boriy. J. 2. \u2013 Misr. Miriy Kubro matbaasi. Muqaddimasi, 1301\/1884. \u2013 B. 490.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Xayriddin Zirikliy. A\u02bclom. J. 5. Dorul ilm, 2002. \u2013 B. 60.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0Qur\u02bconi karim va ko\u02bbp hadislarni yoddan bilgan kishiga nisbatan aytiladi.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>\u00a0Katta imom.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a>\u00a0Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg\u02bbaniy Bag\u02bbdodiy, Takmilatul ikmol. J. 3.\u2013 Makka. Jome\u02bca ummul quro, 1410\/1990. \u2013 B. 327.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a>\u00a0Abulqosim Ali ibn Hasan ibn Hibatulloh ibn Abdulloh Shofe\u02bc. Tarixul madinati Dimashq va zikri fazliha va tasmiyati min hilliha minal amasil. J. 45. \u2013 Bayrut, 1995. \u2013 B. 37.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a>\u00a0Manbalarda turlicha \u201cBujayr\u201d, \u201cBuhayr\u201d va \u201cBuxayr\u201d ko\u02bbrinishda kelgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref17\" name=\"_ftn17\">[17]<\/a>\u00a0Qarang: Muhamedov N. Shosh vohasi olimlarining ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi. \u2013 T.: TIU, 2007. \u2013 B. 52.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref18\" name=\"_ftn18\">[18]<\/a>\u00a0Qarang; Xayriddin Zirikliy. A\u02bclom. J. 5. Dorul ilm, 2002. \u2013 B. 60.; Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Tazkiratul huffoz. J. 2. \u2013 Bayrut, 1998. \u2013 B. 206.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref19\" name=\"_ftn19\">[19]<\/a>\u00a0Qarang: Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J. 2. \u2013 Bayrut, 1998. \u2013 B. 370; Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd. O\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi. \u2013 T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-ma\u02bcrifiy markazi nashriyoti, 2007. \u2013 B. 145.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref20\" name=\"_ftn20\">[20]<\/a>\u00a0Qarang: Abdulkarim Sam\u02bconiy. Ansob. J. 8. \u2013 Bayrut, 1998. \u2013 B. 27; Abdulloh Abdulhamid Sa\u02bcd. O\u02bbrta Osiyo olimlari qomusi. \u2013 T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-ma\u02bcrifiy markazi nashriyoti, 2007. \u2013 B. 145.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19994#_ftnref21\" name=\"_ftn21\">[21]<\/a>\u00a0Qarang: Xayriddin Zirikliy. A\u02bclom. J. 5. Dorul ilm. 2002. \u2013 B.60.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Yo\u02bbldoshxon ISAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan rivojining oltin davri deb e\u02bctirof etilgan. Ko\u02bbplab manbalarda ayni o\u02bbsha davrda Bujayriy nisbasi bilan tanilib, samarali ijod qilgan allomalar hayoti va ilmiy merosi haqidagi ma\u02bclumotlarni uchratish mumkin. Ulardan biri Abu Hafs Bujayriy bo\u02bblib, u zotning to\u02bbliq ismi Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy Xushufag\u02bboniy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20001,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MUHADDIS BUJAYRIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MUHADDIS BUJAYRIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan rivojining oltin davri deb e\u02bctirof etilgan. Ko\u02bbplab manbalarda ayni o\u02bbsha davrda Bujayriy nisbasi bilan tanilib, samarali ijod qilgan allomalar hayoti va ilmiy merosi haqidagi ma\u02bclumotlarni uchratish mumkin. Ulardan biri Abu Hafs Bujayriy bo\u02bblib, u zotning to\u02bbliq ismi Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy Xushufag\u02bboniy &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-01-28T03:40:42+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-01-27T13:22:36+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bujayri.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"371\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz\",\"name\":\"MUHADDIS BUJAYRIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bujayri.jpg\",\"datePublished\":\"2022-01-28T03:40:42+00:00\",\"dateModified\":\"2022-01-27T13:22:36+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bujayri.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bujayri.jpg\",\"width\":660,\"height\":371},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MUHADDIS BUJAYRIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MUHADDIS BUJAYRIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MUHADDIS BUJAYRIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan rivojining oltin davri deb e\u02bctirof etilgan. Ko\u02bbplab manbalarda ayni o\u02bbsha davrda Bujayriy nisbasi bilan tanilib, samarali ijod qilgan allomalar hayoti va ilmiy merosi haqidagi ma\u02bclumotlarni uchratish mumkin. Ulardan biri Abu Hafs Bujayriy bo\u02bblib, u zotning to\u02bbliq ismi Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Bujayr ibn Hozim ibn Roshid Hamadoniy Xushufag\u02bboniy &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-01-28T03:40:42+00:00","article_modified_time":"2022-01-27T13:22:36+00:00","og_image":[{"width":660,"height":371,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bujayri.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz","name":"MUHADDIS BUJAYRIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bujayri.jpg","datePublished":"2022-01-28T03:40:42+00:00","dateModified":"2022-01-27T13:22:36+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bujayri.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bujayri.jpg","width":660,"height":371},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=20002&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MUHADDIS BUJAYRIYNING HADIS ILMIDA TUTGAN O\u02bbRNI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20002"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20002"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20002\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20003,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20002\/revisions\/20003"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20001"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20002"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20002"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20002"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}