{"id":19966,"date":"2022-01-24T10:03:46","date_gmt":"2022-01-24T05:03:46","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19966"},"modified":"2022-01-24T10:03:46","modified_gmt":"2022-01-24T05:03:46","slug":"sahihul-buxoriy-asariga-hanafiy-ulamolar-yozgan-sharhlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ASARIGA HANAFIY ULAMOLAR YOZGAN SHARHLAR"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, Movarounnahr diyoridan sohalarda jahon sivilizatsiyasi va islom tamadduni ravnaqiga hissa qo\u02bbshgan ko\u02bbplab ulamolar yetishib chiqqan. Ular asarlari va xizmatlari uchun islom olamida taniqli unvonlar bilan mashhur bo\u02bblgan. Istiqlol yillarida yurtimiz zaminida yashab ijod etgan olim va mutafakkirlarning ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, tadqiq etish va keng jamoatchilikka yetkazish davlat siyosati darajasiga ko\u02bbtarildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sir emas, Movarounnahrdan ko\u02bbplab alloma va mutafakkirlar qatorida buyuk muhaddislar ham yetishib chiqqani bois \u201cO\u02bbzbekiston buyuk muhaddislar yurti\u201d deya e\u02bctirof etiladi. Ana shu ulamolar orasida Imom Buxoriy shaxsiyati va asarlari bilan boshqalardan alohida ajralib turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xorijiy va mahalliy tadqiqotchilar islom olamida \u201cAmirul mo\u02bbminin fil hadis\u201d (\u201c<em>Hadis ilmining sultoni\u201d)\u00a0<\/em>va \u201cImamud dunya\u201d<em>\u00a0(\u201cDunyo imomi\u201d)<\/em>\u00a0kabi yuksak unvonlar bilan shuhrat qozongan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi bo\u02bbyicha turli yo\u02bbnalishlarda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom paydo bo\u02bblgan ilk davrdan bugunga qadar hadis jamlashda ulamolarning sa\u02bcy-harakatlar natijasida yuzlab, minglab nodir asarlar dunyoga kelgan. Imom Buxoriy hayoti va faoliyatini sunnatga bag\u02bbishlagan buyuk olimlardan bo\u02bblib, hadis ilmi borasida ko\u02bbplab asarlar yozgan. Manbalarda uning qalamiga mansub asarlarning soni 24 taga yetishi zikr qilingan. Ulardan eng mashhuri \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d bo\u02bblib, islom dinining ta\u02bclimotiga ko\u02bbra Qur\u02bconi karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero, Shamsiddin Zahabiy \u201cTarixul islom\u201d kitobida aytib o\u02bbtganidek, \u201cBuxoriyning \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d asari Alloh taoloning Kalomi sharifidan keyingi eng ulug\u02bb va afzal kitob bo\u02bblib, hozirgi kunda odamlar uchun eng oliy sanaddir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu asarning ko\u02bbplab qo\u02bblyozma nusxalari turli shaharlarda tarqalgan bo\u02bblib, dunyo musulmonlari yakdillik bilan uni eng mo\u02bbtabar hadis to\u02bbplami sifatida e\u02bctirof etgan. Bunday bahoga sazovor bo\u02bblgan jamlamalar ulamolar orasida \u201cKutub tis\u02bca\u201d (\u201cTo\u02bbqqiz to\u02bbplam\u201d) deb yuritiladi va \u201cSahihul Buxoriy\u201d ularning eng mo\u02bbtabari, eng mashhuridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201d va uning sharhlari borasida yurtimizda U.Uvatov, B.Eshonjonov kabi olimlar, xorijda esa Muhammad Avvoma, Muhyiddin Avvoma, Yavuz Ko\u02bbktash, Husayn Akyuz kabi tadqiqotchi olimlar ilmiy izlanishlar olib borgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqa asarlar kabi \u201cal-Jome\u02bc as-Sahih\u201dga ham ko\u02bbpdan-ko\u02bbp sharhlar bitilgan bo\u02bblib, muhim manba sifatida u qayta-qayta nashr ham qilingan. Arab tilidagi sharh va hoshiyalar juda ko\u02bbp bo\u02bblib, hajm va ahamiyati jihatidan xilma-xildir. Qator manbalarda<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0ularning soni yuzga yaqin ekani aytib o\u02bbtilgan. Xususan, Muhammad Isom Husaniyning \u201cIthaful qoriy bi ma\u02bcrifati juhud va a\u02bcmalil ulama ala \u201cSahihil Buxoriy\u201d asarida \u201cSahihul Buxoriy\u201dga bag\u02bbishlab 370 ga yaqin muxtasar va to\u02bbliq kitob yozilgani ta\u02bckidlangan. Hadisshunos olim U.Uvatovning tadqiqotlarida 80 dan ziyod sharh va ularning mualliflari haqida ma\u02bclumotlar keltirilgan. \u201cKashfuz zunun\u201d asari muallifi Hoji Xalifa 50 ga yaqin sharh yozilganini aytadi. Shuningdek, Fuad Sezgin 56 ta sharhni sanab o\u02bbtgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Saxoviy \u201cUmdatus same\u02bc val qoriy\u201d nomli kitobida \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobiga 40 dan ziyod, jumladan, Muhammad ibn Muhammad Xatobiy \u201cA\u02bclomus sunan\u201d, Abul Hasan Ali ibn Xalaf \u201cSharh \u201cSahihil Buxoriy\u201d, Muhammad ibn Said Vositiy \u201cSharh mushkul Buxoriy\u201d, Imom Navaviy \u201cSharhul Buxoriy\u201d, Muhammad ibn Bahodir Zarkashiy \u201cTanqih fi sharh al\u2011Jome\u02bc as\u2011Sahih\u201d, Ibn Hajar Asqaloniy \u201cFathul boriy\u201d, Mahmud Ayniy \u201cUmdatul qoriy\u201d va Najmiddin Abu Hafs Umar Nasafiy \u201cNajah fi sharh kitab axbaris sihah\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>\u00a0nomli sharh va hoshiyalar yozganini ta\u02bckidlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201dga yozilgan ilk sharh \u201cI\u02bclomus sunan fi sharhi Sahihil Buxoriy\u201d bo\u02bblib, Imom Abu Sulaymon Hamd (Ahmad) ibn Muhammad Xitobiy (319\/931-388\/998) qalamiga mansubdir<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>. Qisqartma nomi \u201cI\u02bclomus Sunan\u201d bo\u02bblib, muallif yirik muhaddis Abu Dovud Sijistoniyning \u201cSunan\u201diga bag\u02bbishlangan \u201cMa\u02bcolimus Sunan\u201d nomli sharhini tugatgach, Balx ahlining iltimosiga ko\u02bbra, Buxoriyning shoh asari uchun bir jilddan iborat bo\u02bblgan sharhni tasnif etgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Xaldun \u201cImom Buxoriy asarining sharhi islom ummatiga qarzdur\u201d, degan. \u201cFathul boriy\u201d nomli sharh yozilganidan keyin alloma Imom Saxoviy \u201cUmdatus same\u02bc val qoriy\u201d asarida \u201cEhtimol, o\u02bbsha qarzdan butun islom ummati endi qutuldi\u201d, deb ta\u02bckidlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201dga yozilgan sharhlar orasida eng ko\u02bbp mutolaa qilinadiganlari Ibn Hajar Asqaloniy (773\/1372-852\/1449) qalamiga mansub \u201cFathul boriy sharhu Sahihil Buxoriy\u201d va Badriddin Ayniyning (762\/1361-855\/1451) \u201cUmdatul qoriy fi sharh Sahihil Buxoriy\u201d asarlaridir. Ular shu darajada ko\u02bbp ediki, o\u02bbz davriga hech kim kitob yozishda bu ikki allomaga tenglasha olmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201dga hanafiy yo\u02bbnalishida yozilgan sharhlar orasida eng mashhuri 21 jildli \u201cUmdatul qoriy fi sharh Sahihul Buxoriy\u201d bo\u02bblib, muxtasar holatda \u201cUmdatul qoriy\u201d nomi bilan tanilgan. Eng mukammal sharhlardan biri hisoblanadi. Unda Ayniy \u201cal-Jome\u02bc as-Sahih\u201dda hanafiy mazhabiga mos kelmagan hadislar muqobiliga moslarini keltirib sharhlagan va afzal jihatlarini yoritib bergan. O\u02bbquvchi tez va oson fahmlashi, riyozati yengil bo\u02bblishi uchun qiyin tushuniladigan oyat va hadislarga izohlar yozgan. Jumladan, o\u02bbquvchi kerakli manbani tez topishi uchun har bir juz avvalida mundarija keltirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Badriddin Ayniy bu sharhni hijriy 821 yili boshlab, 847 yilda, ya\u02bcni 26 yil deganda, Ibn Hajar \u201cSahihul Buxoriy\u201dga \u201cFathul Boriy\u201d nomli sharhni yozib tugatganiga 5 yil bo\u02bblganda tamomlagan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>. Ko\u02bbplab ulamolarning nuqtai nazarini, bildirgan fikrlarini inobatga olsak, \u201cUmdatul qoriy\u201d afzalroq ekani ravshan bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d asari va to\u02bbplami har jihatdan maqbul va ming yildan buyon matlub bo\u02bblganiga hech kim shubha qilmaydi. Zero, bu asar hadis ilmida tasnif etilgan kitoblar orasida eng buyugi, maqomda eng a\u02bclosi va eng mashhuri hisoblanadi. Ko\u02bbplab ulamolar uni Allohning Kitobidan keyingi mo\u02bbtabar kitob deya e\u02bctirof etib, unga turli davrda sharhlar, hoshiyalar, mustaxraj, mustadrak asarlar, tanqidiy va himoyaviy mazmunidagi kitoblar tasnif etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis va hadis ilmini Rasululloh (S.A.V.) biror bir qavmga yoki bir toifa kishilarga xoslab qo\u02bbymaganlar, balki u butun islom ummatining mushtarak ma\u02bcnaviy boyligi hisoblanadi. Hadis va sunnat Allohning Kalomidan keyingi o\u02bbrinda turuvchi shar\u02bciy manbadir. Hadis ilmi barcha ulamolar uchun umumiy manba bo\u02bblgani uchun ularning ayrimlari hanafiy yo molikiy, qolganlari shofeiy yo hanbaliy mazhablar uchun kitoblar tasnif etgan. Islom ummati o\u02bbz fiqhiy va aqidaviy mazhablaridan kelib chiqib, ulardan foydalanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiylik va ash\u02bcariylik o\u02bbrtasida aqidaviy ixtiloflar bo\u02bblmagani kabi ahli sunna val jamoadagi to\u02bbrt fiqhiy mazhab o\u02bbrtasida ham xilofliklar mavjud emas. Musulmonlar boshqa mazhabdagi kitob va manbalarga qiziqishi, ulardan foydalanishiga hech qanday monelik yo\u02bbq. Masalan, hanafiy mazhabi ulamolari hadis ilmiga qiziqqani va sunnatni ulug\u02bblagani uchun \u201cal-Jome\u02bc as-Sahih\u201d borasida ko\u02bbp ijod qilgan. Umuman olganda, bu to\u02bbplam biror mazhabga xos emas, balki butun musulmon ummatining kitobi bo\u02bblgani bois undan hamma mazhabdagi musulmonlar foydalanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hadis ilmi borasida olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko\u02bbrsatadiki, molikiy, shofeiy va hanbaliy ulamolar \u201cal-Jome\u02bc as-Sahih\u201dga bag\u02bbishlab ko\u02bbplab asarlar tasnif etgan. Hanafiy ulamolari ham ko\u02bbplab sharh, hoshiya, ta\u02bcliqot, taxrij, mustadrak kabi asarlar yozgan bo\u02bblib, ular boshqa mazhab ulamolarinikidan kam emas. Quyida hanafiy ulamolarning \u201cal-Jome\u02bc as-Sahih\u201dga bag\u02bbishlangan sharhlari to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumot keltiramiz:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cIrshodul-Qori sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Rashid Ahmad Dehyanaviy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>\u00a0(vaf.1420\/1999). 1399\/1979 yili Pokistonning Karachi shahridagi \u201cEj-em\u201d nashriyotida nashr qilingan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Abvab vat tarojum lil Buxoriy\u201d. Muhammad Zakariyo Kandehlaviy (vaf.1402\/1982). 1391\/1971 yilda Hindistonning Saharanpur<a href=\"https:\/\/en.wikipedia.org\/wiki\/Saharanpur\">https:\/\/en.wikipedia.org\/wiki\/Saharanpur<\/a>\u00a0shahridagi \u201cYahyaviyya\u201d matbaasida nashr qilingan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cIzoatud diroriy fi sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Shihob Ahmad ibn Ali (vaf.1172\/1759).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cI\u02bcanatul Qori fi sulasiyyatil Buxoriy\u201d. Yahyo ibn Amin Abbos Obodiy (vaf.1044\/1634)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cImdadul boriy fi sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Abudaljabbor A\u02bczamiy. Pokistonda nashr qilingan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cIn\u02bcomul boriy sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Shayxulislom Muhammad Taqiy Usmoniy. Pokisdondagi \u201cMaktaba al-harom\u201d va \u201cDarul ulum Karachi\u201dda nashr qilingan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cIn\u02bcamul boriy fi sharh ash\u02bcaril Buxoriy\u201d. Oshiq Ilohiy Balandshahriy.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAnvorul boriy fi sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Ahmad Bajannuriy. \u201cMaktaba qadimiy Karachi\u201dda yetti jildda nashr etilgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cIzohul boriy amaliy ala Sahihil Buxoriy\u201d. Shayx Faxriddin Murod Obodiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>. \u201cMaktaba qadimiy Karachi\u201dda uch jildda nashr etilgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBashirud diroriy liman yutoli\u02bcu al-Jome\u02bc as-Sahih lil Imom Buxoriy\u201d. Bashirulloh Rang\u02bbuniy Birmaviy.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBashirul qoriy sharh Sahihil Buxoriy\u201d. G\u02bbulom Jiyloniy Mirtahiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTuhfatul qoriy bi halli mushkilatil Buxoriy\u201d. Shayx Muhammad Idris ibn Muhammad Ismoil Kandehlaviy(vaf.1394\/1974).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTas\u02bchilul Boriy fi hall sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Shayx Siddiq Ahmad Bandaviy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcliq ala min Sahihil Buxoriy\u201d. Shayx Ahmad<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>\u00a0ibn Mahmud ibn Abdulkarim Abulabbos Hanafiy (vaf.1315\/1897).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcliq ala avail Sahihul Buxoriy\u201d. Abdulqodir ibn Saloh ibn Abdurrahmon Halabiy.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcliq ala Sahihil Buxoriy\u201d. Shayx Ahmad ibn Sulaymon ibn Kamol Posho Shamsiddin (vaf.940\/1533)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcliqa ala al-Jome\u02bc as-Sahih lil Buxoriy\u201d. Husayn ibn Rustam Kafaviy Rumiy Hanafiy (vaf.1012\/1603)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcliqa ala Sahihil Buxoriy\u201d. Fuzayl ibn Ali ibn Ahmad ibn Muhammad Jumaliy Hanafiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcliqa ala Sahihil Buxoriy\u201d. Shayx Lutfulloh ibn Hasan Tavqoniy Rumiy Hanafiy (vaf.904\/1498)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcliqa ala Sahihil Buxoriy\u201d. Muhammad Yusuf ibn mufti Muhammad Asg\u02bbar Sahalaviy (vaf.1286\/1869).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcliq ala Sahihil Buxoriy\u201d. Muso ibn Muhammad Tabriziy Abulfath (vaf. 733\/1333).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcliqa ala Sahihil Buxoriy\u201d. Alouddin Muhammad ibn Ali (vaf.1088\/1677)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcliqot ala Sahihil Buxoriy\u201d. Qutubul huda ibn MuhammadVozi\u02bc al-Husayniy Naqshbandiy Buraylaviy (vaf.1226\/1811)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn17\" name=\"_ftnref17\">[17]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcliqotul Qoriy ala sulasiyotil Buxoriy\u201d. Shayx Ali ibn Sulton Muhammad Nuriddin Mullo Haraviy Qoriy Hanafiy (vaf.1014\/1605)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn18\" name=\"_ftnref18\">[18]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTafhimul Buxoriy sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Zuhurulboriy A\u02bczamiy.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTafhimul Buxoriy sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Shayx G\u02bbulomrasul ibn Nabiy Baxsh Rizo Buraylaviy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn19\" name=\"_ftnref19\">[19]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTaqrir Sahihil Buxoriy\u201d. Muhammad Zakariyo Kandehlaviy Hindiy (vaf.1402\/1982). Pokistonda \u201cXalil Bahodir obod Karachi\u201d bosmaxonasida nashr qilingan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTalxis sharh asma rijalil Buxoriy lil Kirmaniy\u201d. Tohir ibn Yusuf Burhanburiy Sindiy (vaf.1004\/1596)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn20\" name=\"_ftnref20\">[20]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTalvih fi sharh al-jome\u02bc as-sahih\u201d. Alouddin Abu Abdulloh Mug\u02bbultoy ibn Qilich ibn Abudulloh Misriy (vaf.762\/1361)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn21\" name=\"_ftnref21\">[21]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTaysirul Qoriy fi sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Nurilhaq ibn Abdulhaq ibn Sayfuddin Buxoriy Dehlaviy (vaf.1073\/1662). 1305\/1888 yilda Hindistonning Laknao shahrida besh jildda toshbosma holda nashr etilgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn22\" name=\"_ftnref22\">[22]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jome\u02bc as-sahih fi sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Abduljabbor A\u02bczamiy.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHoshiyat ala al-Jome\u02bc as-sahih Buxoriy\u201d. Ahmad Ali ibn Lutfulloh Hanafiy Moturidiy (vaf.1297\/1880)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn23\" name=\"_ftnref23\">[23]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHoshiyat ala al-Jome\u02bc as-Sahih al-Buxoriy\u201d. Shayx Abul Hasan Nuriddin Muhammad ibn Abdulhodiy Hanafiy Hindiy (vaf.1138\/1726).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHoshiyat ala al-Jome\u02bc as-Sahih lil-Buxoriy\u201d. Shayx Muhammad ibn Mustafo ibn Humayd Kafaviy Hanafiy (vaf.1174\/1760)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn24\" name=\"_ftnref24\">[24]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHoshiyat ala al-Jome\u02bc as-Sahih\u201d. Muhammad Akram ibn Qozi Abdurrahmon Hanafiy Nasrburiy Sindiy.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHoshiyat ala al-Jome\u02bc as-Sahih\u201d. Bakr ibn Fardiy Qaysariy Rumiy Hanafiy (vaf.1145\/1732)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn25\" name=\"_ftnref25\">[25]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHoshiyat ala al-Jome\u02bc as-Sahih\u201d. Shayx Abdussalom ibn Muhammad Amin ibn Shamsiddin Dog\u02bbistoniy Hanafiy (vaf.1202\/1788)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn26\" name=\"_ftnref26\">[26]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHoshiyat ala al-Jome\u02bc as-Sahih\u201d. Shayx Muhammad Qosim ibn Asad Ali ibn G\u02bbulomshoh ibn Muhammad Baxsh Sidiqiy (vaf.1297\/1880)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn27\" name=\"_ftnref27\">[27]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHoshiyat ala al-Jome\u02bc as-Sahih\u201d. Imom Muhammad ibn Yusuf ibn Umar ibn Shu\u02bcayb Hasaniy Hanafiy (vaf.895\/1490)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn28\" name=\"_ftnref28\">[28]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cXoyrul Boriy fi sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Shayx Muhammad ibn Ilohibaxsh Jolandahriy (vaf.1390\/1970).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-xoyr al-jariy sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Muhammad Surur.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-xoyr al-joriy fi sharh Sahihil Buxoriy\u201d. Shayx Abu Yusuf Ya\u02bcqub Albaniy Lohuriy (vaf.1098\/1687). Hindistondagi \u201cRiyosat ramfur atrobardish\u201d kutubxonasida saqlanmoqda<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn29\" name=\"_ftnref29\">[29]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cDalilul Qoriy ila Sahihil Buxoriy\u201d. Shayx Abdulmajid Dehyanaviy.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSharh avail Sahihil Buxoriy\u201d. Mustafo ibn Muhammad Qastamuniy Rumiy Hanafiy Qoziy (vaf.1097\/1686)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn30\" name=\"_ftnref30\">[30]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSharh tarojum abvobil Buxoriy\u201d. Qutbiddin Ahmad Valiyulloh ibn Abdurrahim ibn Vajihiddin Umariy Dehlaviy (vaf.1176\/1762)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn31\" name=\"_ftnref31\">[31]<\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSharhul abvob vat tarojum lil Buxoriy\u201d. Mahmud Hasan Devbandiy (vaf.1329\/1911).<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSharh sulosiyotil Buxoriy\u201d. Muhammadshoh ibn Muhammad Hasan Rumiy Hanafiy (vaf.939\/1532)<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn32\" name=\"_ftnref32\">[32]<\/a><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19963#_ftn33\" name=\"_ftnref33\">[33]<\/a>.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu asarlar \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201dga hanafiy ulamolar tomonidan tasnif etilgan sharhlar bo\u02bblib, ular turli davrlarda va turli uslublarda yozilgani bilan farqlanadi. Ular orasida Badriddin Ayniyning \u201cUmdatul Qoriy\u201d sharhi hanafiy mazhabida yozilgan ilk va mukammal sharhlardandir. Bu asarni o\u02bbrganib, o\u02bbzbek tiliga tarjima qilib, keng jamoatchilikka yetkazish tadqiqotchilar oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. Shuningdek, ilmu ma\u02bcrifat, ma\u02bcnaviy qadriyatlarimiz, tarixiy, madaniy merosimiz, o\u02bbtmishda yashab o\u02bbtgan buyuk allomalarimiz hayoti va faoliyati, ilmiy merosi haqida batafsil ma\u02bclumot to\u02bbplash va xalqimizga taqdim etish muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulayy Kattoniy. Tahqiq: Ehson Abbos.Fehrisul faharis. Darul-g\u02bbarb islamiy. Bayrut. 1982\/2.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulhay ibn Ahmad ibn Muhammad Akariy. Tahqiq: Abdulqodir Arnaut, Mahmud Arnaut. Shazirot az-zahab. \u2013 Damashq: Dar Ibn Kasir, 1986. J.6.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulhay Laknaviy. Al-Favoidu-l-bahiya fi tarojimi-l-hanafiya \/\/ Ahmad Zahabiy tahriri ostida. Bayrut: Doru-l-arqam ibn al-arqam, 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abdulhay Hasaniy. \u201cNuzhatul-xavatir\u201d. Dar ibn hazm. Bayrut. 1999.J.6.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Badriddin Mahmud ibn Ahmad al-Ayniy. Umdatul-qoriy. Bayrut. Dar al-kutub al-ilmiyya 1-juz.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Saxoviy. Umdatu\u2011s\u2011same\u02bc val\u2011qoriy fi favaid sahih al\u2011buxariy. Saudiya. Avlad shayx. 2003.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ismoil Poshsho Bag\u02bbdodiy. Izohu-l-maknun fi-z-zayl ala kashfi-z-zunun. 2 jildli \u2013 Bayrut: Doru ihyoi-t-turosi-l-arabiy, 1951. \u2013J.1.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Karl Brokkelman. Tarix al-adab al-arabiy. Abdulhalim Najjor, Sayyid Ya\u02bcqub Bakr va Ramazon Abdutavvoblar Arab tiliga tarjima qilgan. \u2013 Qohira: Dor al-ma\u02bcorif. \u2013J.3.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Karl Brokkelman. Tarix al-adab al-arabiy. Abdulhalim Najjor, Sayyid Ya\u02bcqub Bakr va Ramazon<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Amin Muhibbiy. Xulosat al-asar fi A\u02bcyan al-qorn al-hadi ashar. Bayrut: Maktabat xayyot. \u2013J.2.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Zakariyo Kandehlaviy. Lame\u02bc ad-diroriy ala al-jame\u02bc as-Sahih. Hindiston. Al-jam\u02bciya. 1971. \u2013J.1.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad Xalil ibn Ali Murodiy. Silk ad-diror fi a\u02bcyan al-qorn sani ashar. Durul ktubul silamiy. J.3.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Siddiq Hasanxon al-qanujiy, al-Hitta fi zikri sihoh sitta, -Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya. 1985. \u2013<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Taqiyyuddin Abdulqodir Tamimiy Hanafiy. Tahqiq: Abdulfattoh Muhammad Hulv. \u201cTabaqot as-saniya fi tarojum al-hanafiyya\u201d. Lajnat ehya at-turos al-islamiy. Qohira. 1970. \u2013J.1.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Umar Rizo Kahhola. Mu\u02bcjam al-muallifin \u2013 Tarojim musannifi al-kutub al-arabiya. Bayrut: Muassasa ar-risala, 1957. J.2. \u2013B.73.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Fuad Sezgin. Tarixu-t-turosil-arabiy \/\/ Mahmud Fahmiy Hijoziy arabtiliga tarjimasi. 20 jildli. \u2013 Ar-Riyod: Jomiatu-l-imam Muhammad ibn Saud al-islamiya, 1991. \u2013J.1. \u2013B.242.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xayriddin ibn Mahmud Zirkliy Dimashqiy. Al-a\u02bclom. Darul ilm lil malayin. 2002. J.1.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cMajalla fikr va nazar\u201d jurnali. Tahqiqotu al-islamiy. Islomobod islom universiteti. 1995. Aprel. \u2013<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Channar Mahmoodul Hasan, Azuz-ur-Rehman Saifee, Barhtiyoar Bano. \u201cAcademic contributions of Ahnaf on Saheeh of Imam Bukhari\u201d-\u00a0<a href=\"http:\/\/religion.asianindexing.com\/index.php\/Habibia_Islamicus\/%D8%AC%D9%87%D9%88%D8%AF_%D8%A7%D9%84%D8%AD%D9%86%D9%81%D9%8A%D8%A9_%D8%AD%D9%88%D9%84_%D8%A7%D9%84%D8%AC%D8%A7%D9%85%D8%B9_%D8%A7%D9%84%D8%B5%D8%AD%D9%8A%D8%AD_%D9%84%D9%84%D8%A5%D9%85%D8%A7%D9%85_%D8%A7%D9%84%D8%A8%D8%AE%D8%A7%D8%B1%D9%8A_%D8%AA%D8%B5%D9%86%D9%8A%D9%81%D8%A7_%D9%88%D8%AA%D8%A3%D9%84%D9%8A%D9%81%D8%A7\">\u062c\u0647\u0648\u062f \u0627\u0644\u062d\u0646\u0641\u064a\u0629 \u062d\u0648\u0644 \u0627\u0644\u062c\u0627\u0645\u0639 \u0627\u0644\u0635\u062d\u064a\u062d \u0644\u0644\u0625\u0645\u0627\u0645 \u0627\u0644\u0628\u062e\u0627\u0631\u064a \u062a\u0635\u0646\u064a\u0641\u0627 \u0648\u062a\u0623\u0644\u064a\u0641\u0627<\/a><\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u201cHabiba Islamicus\u201d The international Journal of arabic and islamic research. Publisher: Habibia Research Academy, Habibia Islamic Institute, Karachi (Pakistan). 2018. Volume 2, Issue 1.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Barot AMONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy\u2011tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma\u02bclumki, Movarounnahr diyoridan sohalarda jahon sivilizatsiyasi va islom tamadduni ravnaqiga hissa qo\u02bbshgan ko\u02bbplab ulamolar yetishib chiqqan. Ular asarlari va xizmatlari uchun islom olamida taniqli unvonlar bilan mashhur bo\u02bblgan. Istiqlol yillarida yurtimiz zaminida yashab ijod etgan olim va mutafakkirlarning ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, tadqiq etish va keng jamoatchilikka yetkazish davlat siyosati darajasiga ko\u02bbtarildi. Sir emas, Movarounnahrdan ko\u02bbplab &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19964,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ASARIGA HANAFIY ULAMOLAR YOZGAN SHARHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ASARIGA HANAFIY ULAMOLAR YOZGAN SHARHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ma\u02bclumki, Movarounnahr diyoridan sohalarda jahon sivilizatsiyasi va islom tamadduni ravnaqiga hissa qo\u02bbshgan ko\u02bbplab ulamolar yetishib chiqqan. Ular asarlari va xizmatlari uchun islom olamida taniqli unvonlar bilan mashhur bo\u02bblgan. Istiqlol yillarida yurtimiz zaminida yashab ijod etgan olim va mutafakkirlarning ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, tadqiq etish va keng jamoatchilikka yetkazish davlat siyosati darajasiga ko\u02bbtarildi. Sir emas, Movarounnahrdan ko\u02bbplab &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-01-24T05:03:46+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_16.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz\",\"name\":\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ASARIGA HANAFIY ULAMOLAR YOZGAN SHARHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_16.jpg\",\"datePublished\":\"2022-01-24T05:03:46+00:00\",\"dateModified\":\"2022-01-24T05:03:46+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_16.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_16.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ASARIGA HANAFIY ULAMOLAR YOZGAN SHARHLAR\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ASARIGA HANAFIY ULAMOLAR YOZGAN SHARHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ASARIGA HANAFIY ULAMOLAR YOZGAN SHARHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Ma\u02bclumki, Movarounnahr diyoridan sohalarda jahon sivilizatsiyasi va islom tamadduni ravnaqiga hissa qo\u02bbshgan ko\u02bbplab ulamolar yetishib chiqqan. Ular asarlari va xizmatlari uchun islom olamida taniqli unvonlar bilan mashhur bo\u02bblgan. Istiqlol yillarida yurtimiz zaminida yashab ijod etgan olim va mutafakkirlarning ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, tadqiq etish va keng jamoatchilikka yetkazish davlat siyosati darajasiga ko\u02bbtarildi. Sir emas, Movarounnahrdan ko\u02bbplab &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-01-24T05:03:46+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_16.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz","name":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ASARIGA HANAFIY ULAMOLAR YOZGAN SHARHLAR - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_16.jpg","datePublished":"2022-01-24T05:03:46+00:00","dateModified":"2022-01-24T05:03:46+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_16.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_16.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19966&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201d ASARIGA HANAFIY ULAMOLAR YOZGAN SHARHLAR"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19966"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19966"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19966\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19967,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19966\/revisions\/19967"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19964"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19966"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19966"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19966"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}