{"id":19924,"date":"2022-01-20T09:27:20","date_gmt":"2022-01-20T04:27:20","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19924"},"modified":"2022-01-20T09:27:20","modified_gmt":"2022-01-20T04:27:20","slug":"abu-barakot-nasafiyning-hanafiy-fiqhi-rivojiga-qo%ca%bbshgan-hissasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz","title":{"rendered":"ABU BARAKOT NASAFIYNING HANAFIY FIQHI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillikka erishganimizdan keyin yurtimizda ko\u02bbplab sohalarda islohotlar o\u02bbtkazildi. Ajdodlarimizdan qolgan buyuk merosni o\u02bbqib-o\u02bbrganish, ilmiy tahlil qilish, muqaddas qadamjolarni qayta tiklash kabi ezgu maqsadlar ila qilinayotgan ishlarning sanog\u02bbiga yetish qiyin. Ana shunday ezgu va xayrli ishlardan biri Markaziy Osiyoning buyuk allomalaridan biri hisoblangan vatandoshimiz Hofiziddin Abu Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy (629\/1232-710\/1310)ning hayoti va qoldirgan merosini ilmiy tahlil qilish va kelajak avlodlarga yetkazishdir. U o\u02bbz zamonasining mashhur imomi, fiqh ilmi bilimdoni, atoqli muhaddisi hisoblangan [5]. U Shamsul aimma (Imomlar quyoshi) unvoniga sazovor bo\u02bblgan mashhur olim Muhammad ibn Abdussattor Kardariy (vaf.642\/1244)ning shogirdidir. Shuningdek, u fiqhda Badruddin Xoharzoda (vaf.651\/1253) va Hamiduddin Zarir Ali ibn Muhammad Buxoriy (vaf.667\/1268)dan ham saboq olishga muyassar bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hanafiy mazhabi mujtahidlarining so\u02bbnggi vakili Imom Alloma Hofiziddin Abu Barakot Abdulloh ibn Ahmad Nasafiy (v.710\/1310 y.) Imom Abul Qosim Muhammad ibn Yusuf Hasaniy Samarqandiy (v.556\/1161) qalamiga mansub \u201cFiqhun nofe\u02bc\u201d asariga \u201cMustasfo\u201d nomli sharh bitgan. Hofiziddin Nasafiy hanafiy mazhabining yetuk faqihlaridan bo\u02bblib, fiqh ilmi borasida zarbulmasalga aylangan. Alloma ilm tahsili, asar tasnifi, tanqid va tahlil bo\u02bbyicha o\u02bbz yo\u02bbnalishiga ega bo\u02bblgan. Shu bilan birga, yetuk mufassir va mohir usulchi ekani tarixiy manbalarda o\u02bbz ifodasini topgan [2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulhay Laknaviy (vaf.1304\/1886) o\u02bbzining \u201cFavoidi bahiyya\u201d asarida Hofiziddin Nasafiy haqida yozar ekan, uning Imom Axsikatiyning \u201cMuntahab\u201d va o\u02bbzining \u201cManor\u201d asariga ikkitadan sharh yozganini qayd qiladi. \u201cKashfuz zunun\u201d asarida Abu Barakot Nasafiyning Burhoniddin Marg\u02bbiloniyning mashhuri jahon \u201cHidoya\u201d asariga ham sharh yozgani qayd etilgan. Buni boshqa tazkiralar ham tasdiqlagan va 700 hijriy (1300 milodiy) yili Nasafiy Bag\u02bbdodga borganida, \u201cHidoya\u201dga sharh yozgan, deb zikr etilgan. Biroq hozirgacha uning bu asari topilgan emas [8].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahrdan yetishib chiqib, o\u02bbzining qimmatli ilmiy asarlari bilan nafaqat islom, balki butun dunyo madaniyatida o\u02bbchmas iz qoldirgan Imom Buxoriy (194\/810-256\/870), Imom Termiziy (209\/824-279\/892), Abu Mansur Moturidiy (256\/870-333\/944), Abu Bakr Qaffol Shoshiy (291\/904-365\/976), Abu Lays Samarqandiy (298\/911-375\/985), Abu Muin Nasafiy (418\/1027-508\/1114), Abu Hafs Nasafiy (461\/1069-536\/1142), Mahmud Zamaxshariy (467\/1075-538\/1144), \u02bbAlouddin Samarqandiy (vaf. 539\/1145 y.), Burhonuddin Marg\u02bbinoniy (511\/1118-593\/1197), Bahouddin Naqshband (718\/1318-791\/1389) singari allomalarning hayoti va faoliyati yoritilayotgan ko\u02bbplab ilmiy tadqiqotlar yaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand, Buxoro va Toshkent kabi Nasaf ham yuksak ilm-ma\u02bcrifatning markazlaridan biri bo\u02bblgan. Nasaflik olimlar boshqa ilmiy markaz olimlari kabi Movarounnahr va umuman musulmon olamining ijtimoiy hayotiga ijobiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatib, sog\u02bblom diniy-ma\u02bcnaviy muhit, hanafiylik mazhabi va moturidiylik ta\u02bclimotini mustahkamlash uchun ulkan zamin yaratgan [1].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasaf Buxoroni Balxga bog\u02bblab turgan yo\u02bblda, Jayhun (Amu) daryosi bilan Samarqand orasida bo\u02bblib, aholisi ko\u02bbp va Movarounnahrning katta shaharlaridan biri bo\u02bblgan. Boy madaniyatga ega rivojlangan joylar oralig\u02bbida joylashgani tufayli Nasafda madaniyat va ilm-ma\u02bcrifat rivojlangan. Bu yerda hanafiy mazhabining yirik vakillari yetishib chiqqan. Ulardan Abu Muti\u02bc Makhul Nasafiy (vaf. 318\/930), Najmuddin Abu Hafs Umar Nasafiy (1070-1143), Abulfazl Muhammad Burhon Nasafiy (600-679\/1201-1281), Abu Ali Husayn Nasafiy (vaf. 424\/1034)ni zikr etish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Barakot Nasafiyning umumiy hisobda 13 ta ilmiy asari mavjud va ularning barchasi bugungi kungacha yetib kelgan. Bu asarlarning 5 tasi fiqh (ulardan 1 tasi qiyosiy huquqshunoslik)ga, 4 tasi kalom ilmi, 3 tasi usulul fiqh va 1 tasi tafsirga oid bo\u02bblib, 6 tasi chop etilgan [7].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tafsirga oid \u201cMadarikut tanzil va haqaiqit ta\u02bcvil\u201d (\u201cQur\u02bcon mohiyati va ta\u02bcvil haqiqatlari\u201d) kitobi Nasafiyning eng mashhur asari bo\u02bblib, mo\u02bbtabar tafsirlardan biri hisoblanadi. Mavzu, uslub va ilmlarning keng qamrovliligi jihatidan shoh asar sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kalom ilmiga oid \u201cUmdatul aqoid\u201d (\u201cAqidalar asosi\u201d) asari muxtasar holda yozilgan bo\u02bblib, kalom ilmiga oid muhim masalalarni qamragan. Muallifning o\u02bbzi unga sharh yozgan va uni \u201cI\u02bctimod\u201d deb nomlagan. Asarning Jamoliddin Mahmud ibn Ahmad Qunaviy (vaf. 770\/1368-69 y.)ga qarashli \u201cZubda\u201d (\u201cQaymoq\u201d), XIV asrda yashagan Ahmad ibn Avaz Donishmand Aqshihariy Hanafiyning \u201cInqod fi sharh umdatil i\u02bctiqod\u201d (\u201cUmdatul i\u02bctiqodning Qutqarish nomli sharhi\u201d) nomli o\u02bbnga yaqin sharhi mavjud . Shamsiddin Muhammad ibn Yusuf Rumiy Quvnaviy (788\/1386 y.), Ismoil Abu Tohir Makkiy (vaf. 846\/12442-3 y.) va Shamsiddin Muhammad ibn Ibrohim Niksariy (vaf. 901\/1495-96 y.) singari olimlar ham sharh yozgan. Bu asar chop etilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Barakot Nasafiy islom ilmlarining deyarli barcha sohalarida sermahsul va barcha tomonidan ijobiy qabul etilgan ijodi bilan mashhur bo\u02bblgan. Uning to\u02bbliq ismi Abu Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmuddir. Tug\u02bbilgan yili to\u02bbg\u02bbrisida manbalarda aniq ma\u02bclumot yo\u02bbq. Ammo 710\/1310 yili vafot etgan deb ko\u02bbrsatiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma mo\u02bbg\u02bbullar Movarounnahrni Chig\u02bbatoy ulusi tarkibida to\u02bbla boshqargan davrda yashagan bo\u02bblib, manbalarda ijtimoiy-madaniy hayot haqidagi ma\u02bclumotlar deyarli uchramaydi. U paytda Sharq tanazzulga yuz tutgan, ko\u02bbpgina ko\u02bbzga ko\u02bbringan ziyolilar va ilm peshvolari halok bo\u02bblgan. Omon qolganlari boshqa yurtlarga ko\u02bbchib ketgan [10].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Barakot Nasafiy mo\u02bbg\u02bbullar bosqini davrida diniy ilmlarni rivojlantirgani, turli sohalarda ijod qilib, ilm-ma\u02bcrifat tarqatgani uchun ulamolar tomonidan \u201cHofizuddin\u201d, ya\u02bcni \u201cdinni himoya qiluvchi\u201d degan sharafli nomga sazovor bo\u02bblgan. Abduhay Laknaviyning guvohlik berishicha, bunday nomga faqat ikki kishi loyiq ko\u02bbrilgan bo\u02bblib, ularning ikkisi ham Buxoroda mo\u02bbg\u02bbullar bosqini davrida ilm tarqatgan Shamsul aimma Muhammad ibn Abdussattor Kardariy (vaf. 642\/1244)ning izidan borgan shogirdlari \u2013 Abu Barakot Nasafiy va Abul Fazl Muhammad Kabir Buxoriydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma haqida ko\u02bbplab arab biografik manbalarida qisqa va bir-birini takrorlaydigan, kompilyativ ma\u02bclumotlar berilgan. U adabiyotlarda quyidagicha tavsiflangan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cShayx, ulug\u02bb imom, peshqadam alloma, Yer ahlining ustozi, sunnat va farzni jonlantiruvchi, Qur\u02bcon ma\u02bcnolarini kashf qiluvchi, ta\u02bcvilning nozik jihatlarini biluvchi, ilohiy kalom tarjimoni, ma\u02bconiy va bayon ilmlari sohibi, fiqh va usulul fiqhning bilimdoni, aqliy va naqliy masalalarning tayanchi, din va millat himoyachisi, islom va musulmonlar yetakchisi, payg\u02bbambarlar ilmlarining merosxo\u02bbri, yetuk mujtahid, muhaqqiq olimlarning mashhuri\u201d [3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U Nasafda tug\u02bbilgan bo\u02bblsa-da, Buxoroda ta\u02bclim olgan, yoshlik davri diniy-ilmiy muhitda o\u02bbtgan, ilm talabida ko\u02bbplab mamlakatlarga borgan va katta obro\u02bb-e\u02bctibor topgan. Ilmga berilib, siyosiy jarayonlardan uzoqda bo\u02bblgan va faqat ilmiy doiralarda katta shuhrat qozongan. Nomi juda ko\u02bbp joylarga tarqalgan. Taxminan 1280 yillarda Kirmon shahridagi \u201cQutbiyas sultoniya\u201d madrasasida mudarrislik qilgan. So\u02bbng Bag\u02bbdodga kelib, Moturidiy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy va o\u02bbz asarlaridan ta\u02bclim bergan. Bu davrda ko\u02bbplab mashhur olimlarning asarlariga sharhlar ham yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasafiy juda taqvodor va diyonatli inson bo\u02bblgan. Arab va fors tillarini mukammal bilgan. Abdulhay Laknaviy uni \u201czamonasida tengi yo\u02bbq komil imom, fiqh va usulul fiqh olimlarining yetakchisi, hadis va uning ma\u02bcnolarida o\u02bbtkir olim bo\u02bblgan\u201d, Ibn Hajar Asqaloniy (773\/1372-852\/1449) esa \u201callomai dunyo\u201d, deb ta\u02bcriflagan [6].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, Abu Barakot Nasafiy Hofizuddin Kabir Buxoriy bilan bir davrda yashagan va ular Shamsul aimma Kardariydan dars olgan. Shu sababli u ham hanafiy mazhabi ulamolarining \u201ckeyingilar\u201d guruhiga kiradi. Shu bilan birga, Abu Barakot Nasafiyning \u201cKanzud daqoiq\u201di mo\u02bbtabar matnlardan bo\u02bblib, bu jihatdan u \u201cakobirlar\u201d guruhiga kiritilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hanafiy ta\u02bclimoti bo\u02bbyicha, \u201cijtihod eshiklari\u201d IX asrda batamom yopilgani yo\u02bbq, aksincha, u uzoq vaqt davom etgan. Ba\u02bczi olimlar fikricha, hanafiy mazhabi doirasida so\u02bbnggi mujtahid Hofizuddin Abu Barakot Abdulloh ibn Ahmad Nasafiydir (vaf. 710\/1310).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulhay Laknaviy Kamol Boshoning Nasafiy haqida \u201cKuchli bilan zaifni ajrata oladigan, asarlarida mardud so\u02bbzlar va kuchsiz rivoyatlarni keltirmaydigan muqallid, faqih olimlar jamoasidandir. U bilan ijtihod davri tugagan, undan keyin mazhabda ijtihod qiladigan mujtahid qolmagan\u201d, deb aytgan gapini naql qiladi. [11]<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Barakot Nasafiy yashagan yillarda Movarounnahr ijtimoiy va siyosiy mustaqillikka erishmagan bo\u02bblsa-da, o\u02bbsha davrda islom ma\u02bcrifatini o\u02bbrganuvchi olimlar juda ko\u02bbp edi. U ham zamonasining yetuk olimlari bo\u02bblmish Samarqand, Buxoro va islom dini tarqalgan boshqa yurtlardagi ulamolardan ilm olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda Abu Barakotning ustozlaridan faqatgina uchtasi sanab o\u02bbtilgan, xolos. Ulardan biri, o\u02bbz davrining yetuk olimi Shamsul aimma Abul Vajd Muhammad ibn Abdussattor ibn Muhammad Imodiy Kardariy bo\u02bblib, 599\/1202-3 yilda Xorazmda tavallud topgan. Kardariy yoshlik davridan ilmga qiziqib, dastlab Xorazmning o\u02bbzida, keyinchalik Samarqand va Buxoroda Faxriddin Qozixon (vaf. 592\/1195 y.) va Burhonuddin Marg\u02bbinoniy (512\/1118-593\/1197) kabi buyuk ustozlardan ta\u02bclim olgan. Kardariy 642\/1244 yilda vafot etgan va Buxoroda, Subazmuniy qabri oldida dafn qilingan [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shamsul aimma Kardariy kalom ilmiga bag\u02bbishlangan \u201cTasisul qavoid\u201d (\u201cQoidalarni joriy etish\u201d) nomli kitob yozgan . Ma\u02bclumotlarga qaraganda, Kardariy ilmda katta shuhrat qozongan, ko\u02bbp kitob yozmagan bo\u02bblsa-da, nodir kitoblarning bizgacha yetib kelishi va o\u02bbnlab shogirdlar tarbiyalanishi yo\u02bblida katta sa\u02bcy-harakat qilgan. U Abu Zayd Dabusiydan keyin fiqh ilmini qayta tiriltirgan zot deb e\u02bctirof etilgan va benazir olim sifatida \u201cShamsul aimma\u201d (\u201cImomlar quyoshi\u201d) nomiga sazovor bo\u02bblgan. Tarixda bunday nomga musharraf bo\u02bblgan olimlar juda kam bo\u02bblib, ular Shamsul aimma Halvoniy, Shamsul aimma Saraxsiy va Shamsul aimma Zaranjariydir. Ularning hammasi hanafiylik mazhabi bo\u02bbyicha musulmon olamida mo\u02bbtabar allomalar sifatida e\u02bctirof etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Alo Fardiy: \u201cU mutlaq imomlar ustozi bo\u02bblib, Kardariyning bir necha ta\u02bclif qilgan kitoblari bor. Shogirdlari orasida Abu Barakot Nasafiy, Sayfuddin Boxarziy, alloma Hofizuddin Muhammad ibn Nasrul Buxoriy mashhurdir\u201d, deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Badriddin Xoharzoda Muhammad ibn Mahmud ibn Abdulkarim Shamsul aimma Kardariyning jiyani bo\u02bblib, tog\u02bbasidan yaxshi tarbiya va ta\u02bclim olgan. Keyinchalik uni olimlar \u201calloma\u201d degan nomga sazovor ko\u02bbrgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hamiduddin Ash ibn Muhammad ibn Ali Hamiduddin Zarir Romushiy faqih, usul olimi, muhaddis, mufassir bo\u02bblgan. Bu olim ham Shamsul aimma Kardariydan ta\u02bclim olgan [8]. Olim bir necha shogirdlar yetishtirgan. Ular orasida Abu Barakot Nasafiy muhim o\u02bbrin tutadi. Aytishlaricha, imom Abu Barakot Nasafiy bu olimga janoza namozini o\u02bbzi o\u02bbqib, o\u02bbzi qabrga qo\u02bbyganlar. Janoza namoziga taxminan 50 ming kishi qatnashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu olimlar Abu Barakotning tabaqot kitoblarida zikr etilgan ustozlari bo\u02bblib, Nasafiy ulardan boshqa olimlardan ham ilm olgani qayd etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Barakot Nasafiyning yetuk ilmi, mustahkam ma\u02bcrifati tufayli uning atrofida Islom sharqi-yu g\u02bbarbidan ilmi toliblar kelib, u kishidan dars olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida aytamizki, Abu Barakot Nasafiy o\u02bbzining chuqur bilimi, tafsir, aqida va fiqh sohalaridagi yetuk ilmi bilan mashhur bo\u02bblgan. U tug\u02bbilib, yashagan davr ilmiy, madaniy va iqtisodiy muhiti anchagina achinarli ahvolda edi. Chunki o\u02bbsha paytlarda mo\u02bbg\u02bbullar Movarounnahrni Chig\u02bbatoy ulusi tarkibida to\u02bbla boshqarayotgan va ilm-fan, madaniyat va iqtisod parokanda bo\u02bblgan edi. Shu sababli manbalarda Abu Barakot Nasafiy yashagan davr, ijtimoiy-madaniy hayot haqidagi ma\u02bclumotlar deyarli uchramaydi. U paytda Sharq tanazzulga yuz tutgan, mo\u02bbg\u02bbullar ko\u02bbzga ko\u02bbringan ziyolilar, ilm peshvolari va din ahllarini o\u02bbldirgan, omon qolganlari boshqa yurtlarga ko\u02bbchib ketgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Barakot Nasafiy Kirmon shahri toliblariga dars bergani va ayni shu davrda o\u02bbzining mashhur \u201cKanzud daqoiq\u201d, \u201cKofiy fil Vofiy\u201d degan kitoblarini yozgani manbalarda qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda uning shogirdlari orasidan eng mashhurlarini aytib o\u02bbtish joiz:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1) Muhammad ibn Muhammad Ahmad Sanjariy. \u201cQivomuddin\u201d nomi bilan tanilgan. Nasafiyning bu shogirdi olimning mashhur \u201cManor\u201d asariga sharh yozgan va uni \u201cJomi\u02bcul asror\u201d deb nomlagan. Qohiraga borib, \u201cMoridin\u201d jomesida umrining oxirigacha dars bergan. 749\/1348 yilda vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2) Hasan ibn Ali ibn Hajjoj Sig\u02bbnoqiy. Nisbasi Turkistondagi Sig\u02bbnoq degan joyga berilgan. Mashhur faqih bo\u02bblib, Hofizuddin Kabir Buxoriy, Abu Barakot Nasafiy va ustozining ustozi bo\u02bblmish Shamsul aimma Kardariydan ilm olgan. Hayoti va ilmiy merosi haqida ma\u02bclumot juda kam bo\u02bblib, vafot etgan sanasigina ma\u02bclum. Bu 711\/1311 yilga to\u02bbg\u02bbri keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">3) Muhammad ibn Muhammad ibn Jabaliy. \u201cManor\u201d va \u201cJomiul asror\u201d kitoblariga sharh yozgan. Abdulaziz Buxoriy va Abu Barakot Nasafiyning shogirdlaridan hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aytganimizdek, Abu Barakot Nasafiy tafsir, aqoid, fiqh va usulul fiqh sohalarida asarlar yozgan. Bunga asosiy sabab mug\u02bbullar davrida ushbu ilmlarni qayta jonlashtirishga ehtiyoj kuchli bo\u02bblgan [9].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asrlar davomida O\u02bbrta Osiyo, xususan, O\u02bbzbekiston hududi hanafiylik mazhabining tarqalish va rivojlanish mintaqasiga aylanib, Movarounnahr faqihlari ushbu mazhabning salohiyatli vakillari va homiylari sifatida o\u02bbz ilmiy va amaliy ijodi bilan uning ravnaqi yo\u02bblida buyuk xizmatlar qilgan. Ana o\u02bbshalar qatoridan Abu Barakot Nasafiy ham munosib o\u02bbrin egallagan. Binobarin, uning hayoti va ijodi asrlar davomida tadqiqotchilarni qiziqtirib kelgan va bu qiziqish bundan buyon ham so\u02bbnmaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/strong><strong>:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Muin Maymun ibn Muhammad Nasafiy. Tabsiratul adilla. (Keyingi o\u02bbrinlarda \u2013 Nasafiy. Tabsira) Noshir Claude Salame (Damashq, Institut Fran\u00e7ais de Damas, 1993), \u2013B. 356; W. Madelung, \u201cThe Spread of Maturidism and turks\u201d, Actas do IV Congresso de Estudos Arabes e Islamicas (Leiden: E. J. Brill, 1971).<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mahmud ibn Sulaymon Hanafiy. Kitabul a\u02bclamul axyor min fuqahai mazhubin no\u02bbmanil muxtar. J.2.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Asrorova L. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. \u2013T.: Toshkent islom universiteti, 2014.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">A\u02bczamxo\u02bbjayev S. 100 Markaziy Osiyo mutafakkirlari. \u2013T.: YANGI NASHR, 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qoriyev O.A. Farg\u02bbona fiqh maktabi va Burhoniddin Marg\u02bbinoniy. \u2013T.: Fan, 2009.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Muhammad ibn Abdurrahmon Xomis. Usul ad-diyn inda Imom Abu Hanifa. \u2013J.1. Saudiya Arabistoni. Dorus Somiiy.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Abdulaziz Mansur. Aqoid matnlari. \u2013T.: Toshkent islom universiteti, 2006.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Aqoid ilmi va unga bog\u02bbliq masalalar. \u2013T.: SHARQ, 2011.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nasafiy, Abu Barakot. \u201cMadoriku-t-tanzil\u201d, I.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nasafiy, Abu Barakot. \u201cKanzu-d-daqoiq\u201d.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Aydin Ali-zade. Islamskiy ensiklopedicheskiy slovar. \u2013Ansor, 2007.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sayqal AHM\u0415DOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0\u201cIslomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o\u02bbrganish ISESCO\u201d kafedrasi tadqiqotchisi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mustaqillikka erishganimizdan keyin yurtimizda ko\u02bbplab sohalarda islohotlar o\u02bbtkazildi. Ajdodlarimizdan qolgan buyuk merosni o\u02bbqib-o\u02bbrganish, ilmiy tahlil qilish, muqaddas qadamjolarni qayta tiklash kabi ezgu maqsadlar ila qilinayotgan ishlarning sanog\u02bbiga yetish qiyin. Ana shunday ezgu va xayrli ishlardan biri Markaziy Osiyoning buyuk allomalaridan biri hisoblangan vatandoshimiz Hofiziddin Abu Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy (629\/1232-710\/1310)ning hayoti va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19922,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ABU BARAKOT NASAFIYNING HANAFIY FIQHI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ABU BARAKOT NASAFIYNING HANAFIY FIQHI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Mustaqillikka erishganimizdan keyin yurtimizda ko\u02bbplab sohalarda islohotlar o\u02bbtkazildi. Ajdodlarimizdan qolgan buyuk merosni o\u02bbqib-o\u02bbrganish, ilmiy tahlil qilish, muqaddas qadamjolarni qayta tiklash kabi ezgu maqsadlar ila qilinayotgan ishlarning sanog\u02bbiga yetish qiyin. Ana shunday ezgu va xayrli ishlardan biri Markaziy Osiyoning buyuk allomalaridan biri hisoblangan vatandoshimiz Hofiziddin Abu Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy (629\/1232-710\/1310)ning hayoti va &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-01-20T04:27:20+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_14.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz\",\"name\":\"ABU BARAKOT NASAFIYNING HANAFIY FIQHI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_14.jpg\",\"datePublished\":\"2022-01-20T04:27:20+00:00\",\"dateModified\":\"2022-01-20T04:27:20+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_14.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_14.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ABU BARAKOT NASAFIYNING HANAFIY FIQHI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ABU BARAKOT NASAFIYNING HANAFIY FIQHI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ABU BARAKOT NASAFIYNING HANAFIY FIQHI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Mustaqillikka erishganimizdan keyin yurtimizda ko\u02bbplab sohalarda islohotlar o\u02bbtkazildi. Ajdodlarimizdan qolgan buyuk merosni o\u02bbqib-o\u02bbrganish, ilmiy tahlil qilish, muqaddas qadamjolarni qayta tiklash kabi ezgu maqsadlar ila qilinayotgan ishlarning sanog\u02bbiga yetish qiyin. Ana shunday ezgu va xayrli ishlardan biri Markaziy Osiyoning buyuk allomalaridan biri hisoblangan vatandoshimiz Hofiziddin Abu Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud Nasafiy (629\/1232-710\/1310)ning hayoti va &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-01-20T04:27:20+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_14.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz","name":"ABU BARAKOT NASAFIYNING HANAFIY FIQHI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_14.jpg","datePublished":"2022-01-20T04:27:20+00:00","dateModified":"2022-01-20T04:27:20+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_14.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_14.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19924&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ABU BARAKOT NASAFIYNING HANAFIY FIQHI RIVOJIGA QO\u02bbSHGAN HISSASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19924"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19924"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19924\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19925,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19924\/revisions\/19925"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19922"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19924"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19924"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19924"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}