{"id":19902,"date":"2022-01-18T11:49:33","date_gmt":"2022-01-18T06:49:33","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19902"},"modified":"2022-01-18T11:49:33","modified_gmt":"2022-01-18T06:49:33","slug":"emlanish-kasallikdan-saqlanishning-muhim-chorasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz","title":{"rendered":"EMLANISH KASALLIKDAN SAQLANISHNING MUHIM CHORASI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bismillahir Rohmanir Rohim. Alloh taoloning bandalariga bergan behisob ne\u02bcmatlari ichida eng ulug\u02bbi, bu \u2014 sihat-salomatlik. Shu bois, bu bebaho ne\u02bcmatning qadri nechog\u02bbliq ulug\u02bb ekani haqida Hazrati Payg\u02bbambarimiz sallallohu alayhi vasallam biz, ummatlarini ogohlantirib shunday marhamat qilganlar:\u00a0<\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Ikki ne\u02bcmat borki, ko\u02bbpchilik odamlar uning qadriga yetmay aldanib qolganlar. U ikkisi \u2014 sihat-salomatlik va osudalik<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0<em>(Imom Buxoriy rivoyati).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, insoniyat gohida o\u02bbzida bor ne\u02bcmatning qadriga yetmaydi. Salomat va xotirjam bo\u02bblgan kishi turmush tashvishlari, cheki-chegarasi yo\u02bbq orzu-havaslar ketidan quvib yuraveradi va o\u02bbshalarga aldanib salomatligi, tinchligini qo\u02bbldan berib qo\u02bbyadi. Oxir-oqibat attang qiladi va salomatligini yo\u02bbqotish evaziga topgan narsasi orzu-havas oldida hech narsa emasligini anglab yetadi. Lekin keyingi afsus-nadomatning foydasi yo\u02bbq. Shuning uchun ne\u02bcmatlarning vaqtida qadriga yetib, shukronasini ado etib bormoqlik lozim. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hadislarining birida marhamat qildilar:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>\u2026salomatlik vaqtingizni bemorlik kelishidan oldin g\u02bbanimat biling\u2026<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0<em>(Imom Termiziy rivoyati).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sihat-salomatlikdan bahramand kishigina boshqa ne\u02bcmatlardan ham bahra olib yashaydi. Salomatlik bo\u02bblmasa, boshqalari insonga tatimaydi. Shuning uchun, inson bu ne\u02bcmatni qo\u02bbldan bermaslik, unga futur yetkazadigan har qanday illatlardan o\u02bbzini saqlamog\u02bbligi lozim bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu kunlarda mamlakatimizda epidemiologik vaziyat xavotirli tus olayotir, eng achinarlisi, kasallikdan vafot etganlar bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi yurtimizda koronavirusning \u201comicron\u201d shtammi aniqlangani, ehtiyot choralari kuchaytirilishi haqida xabar qilib, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig\u02bbilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani, ushbu kasallikka qarshi zarur choralar ko\u02bbrishni davom ettirish lozimligi qayd etilgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat\u02bciy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda. Bunda barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko\u02bbngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda bo\u02bblish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o\u02bblchash amaliyotiga qat\u02bciy rioya etilishi ta\u02bcminlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shundan kelib chiqib, mo\u02bbmin-musulmonlar koronavirus tarqalishi yoki yuqishidan ehtiyot bo\u02bblish maqsadida mutaxassislar ko\u02bbrsatmalariga qat\u02bciy amal qilishi lozim. Dinimizda insonning joni, e\u02bctiqodi, aqli, moli va obro\u02bbsini saqlash muhim asoslardan biri sanaladi. Mana shu jihatlarga zarar yetadigan holatlarda shariat o\u02bbz ko\u02bbrsatmalarini insoniyatga yengillatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, Jahon sog\u02bbliqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya, deb e\u02bclon qildi. Ushbu kasallik asosan, havo-tomchi, qo\u02bbl berib so\u02bbrashish kabi holatlarda yuqadi. Shunday ekan, jamoa bo\u02bblib to\u02bbplanish holatlari ushbu xatarli virus tarqalishiga sabab bo\u02bbladi. Bunday vaziyatda quyidagi oyat, hadis va shar\u02bciy qoidalarda ko\u02bbrsatilgan tavsiyalarga amal qilish buyuriladi: Alloh taolo Qur\u02bconi karimda shunday bayon qiladi:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>O\u02bbzingizni halokatga duchor qilmang. Ehson qiling, albatta, Alloh ehson qiluvchilarni xush ko\u02bbradir<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0<em>(Baqara surasi, 195-oyat).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu oyatda halokatga sabab bo\u02bbladigan ishlardan to\u02bbxtashga buyurilgan. Abu Sa\u02bcid Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg\u02bbambarimiz sallallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Zarar berish ham va zarar ko\u02bbrish ham yo\u02bbq<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0deganlar\u00a0<em>(Imom Moja, Imom Doraqutniy rivoyatlari).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, hadisi sharifda inson o\u02bbziga yoki o\u02bbzgalarga zarar keltiradigan sabablardan uzoq bo\u02bblishga buyurilgan. Mo\u02bbtabar fiqhiy kitoblarimizda:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Zararni daf qilish foydani jalb qilishdan oldinga qo\u02bbyiladi<\/strong><strong>\u201d<\/strong>, deyilgani ham ayni haqiqat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Koronavirus yuqumli kasalligi tarqalayotgan paytda musulmon kishi Alloh taoloning taqdir qilgani yuzaga chiqishiga qattiq ishongan holda, kasallikdan saqlanish chora-tadbirlarini ko\u02bbrishi lozim. Vabo va shu kabi tez tarqaladigan kasalliklar chiqqan joyga kirilmaydi va qattiq zarurat bo\u02bblmasa, u yerdan chiqib ketilmaydi. Tibbiy soha vakillari ko\u02bbrsatmalariga to\u02bbla amal qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Payg\u02bbambarimiz alayhissalom kasallik tarqagan vaziyatda sabablarni ushlash, kishi salomatligi uchun zarur choralarni ko\u02bbrish lozimligini ta\u02bckidlab, shunday marhamat qilganlar:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Albatta, bu vabo \u2014 Alloh u bilan sizdan avvalgi qavmlarni halok qilgan azobdir. Yer yuzida undan bir ozi qolgan. Gohida keladi, gohida ketadi. Agar bir yerda vabo paydo bo\u02bblsa, u yerdan chiqib ketmanglar. Agar bir yerda vabo borligini eshitsangiz, u yerga bormanglar<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0<em>(Imom Ahmad rivoyatlari).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kasallik, bu \u2014 sinov. U shunday sinovki, nafaqat kishilarni, balki butun xalqni sinaydi. Mana shunday kunlarda har birimiz sabr-matonatli bo\u02bblmog\u02bbimiz, bo\u02bbsh vaqtimizni iloji boricha foydali ishlarga sarflashimiz darkor. Bu sinovli kunlarda barchamiz sabr qilib, birdam bo\u02bblib, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsak, inshaalloh tez kunlarda qiyinchilik ortidan yengillik va farovonlik keladi. Chunki Alloh taolo Qur\u02bconi karimda bandalariga bir qiyinchilik ortidan albatta, yengillik kelishini bayon qilib, shunday degan:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Bas, albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir. Albatta, har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0<em>(Sharh surasi, 5-6-oyatlar).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu oyatni tafsir qilgan ulamolarimiz bir qiyinchilikdan keyin ikki yengillik bor, deydi. Dunyoda xursandchilik bilan xafachilik doim yonma-yon yuradi, lekin Alloh taolo bandalariga yetgan aziyatlar sababli ularning darajalari ko\u02bbtarilishi, qalblari poklanishi va gunohlari yuvilib ketishini xohlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bir hadisda shunday deyiladi:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Savobning ulug\u02bbligi balo-musibatning kattaligiga qarabdir. Agar Alloh bir qavmni yaxshi ko\u02bbrsa, ularga sinov yuboradi. Kim bunga rozi bo\u02bblsa, Alloh ham undan rozi bo\u02bbladi. Kim sinov-musibatdan g\u02bbazablansa, unga ham g\u02bbazab bo\u02bbladi<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0<em>(Imom Termiziy va Imom Ibn Moja rivoyatlari).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, inson musibatlarni Alloh taolodan bilib, sabr-toqatli va shukrli bo\u02bblsa, jazavaga tushmasa, o\u02bbz holatidan g\u02bbazablanmasa, unga Alloh taoloning roziligi, yordami va fazli bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Gohida insonga bemorlik yetishi tabiiy holat. Insonning ojizligi ham shunda. Bu dunyoda Alloh taolo bandalarini turli yo\u02bbllar bilan sinab, imtihon qilar ekan, bemorlik ham o\u02bbsha sinovlardan biridir. Buning uchun banda g\u02bbamga botmasligi kerak, aksincha, bu imtihondan muvaffaqiyatli o\u02bbtishga o\u02bbzida kuch topa olishi lozim. U ham bo\u02bblsa, sabrdir. Xastalikka sabr qilgan kishiga savob yozilishi, gunohlariga kafforat bo\u02bblishi haqida Nabiy alayhissalomdan qator hadislar vorid bo\u02bblgan. Jumladan, Abu Sa\u02bcid Xudriy va Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Payg\u02bbambar sallallohu alayhi vasallam dedilar:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Musulmon kishiga yetadigan charchoq, xafalik, ozor, g\u02bbam-tashvish va hatto bitta tikan kirishi sababli Alloh taolo uning xatolarini o\u02bbchiradi<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0<em>(Imom Buxoriy rivoyati).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinimizda davolanishga ijozat berilgan. Hadislarda bayon etilishicha, Alloh taolo qanday dard nozil qilgan bo\u02bblsa, albatta, uning davosini ham nozil qilgan. Shunday ekan, insoniyat doimo izlanishda bo\u02bblib, o\u02bbzining hayotini saqlovchi, sog\u02bblig\u02bbini asrovchi vositalarni kashf qilishda bardavom bo\u02bblishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allohga hamdlar bo\u02bblsinki, hukumatimiz miqyosida koronavirusga qarshi kurashish bo\u02bbyicha katta e\u02bctibor qaratilmoqda. Muhtaram Yurtboshimiz tashabbusi bilan bugungi kunda aholini koronavirusga qarshi emlash maqsadida, O\u02bbzbekistonga vaksina yetkazish ishlari jadal amalga oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, sog\u02bbliqni saqlash sohasi mutaxassislari qariyb ikki yillik kuzatishlar va izlanishlardan keyin koronavirus \u2014 COVID-19 kasalligidan saqlanishning eng samarali vositasi vaksina olish ekani to\u02bbg\u02bbrisida xulosaga keldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinimizda insonning joni, e\u02bctiqodi, aqli, moli va obro\u02bbsini saqlash muhim ko\u02bbrsatmalardir. Mana shu jihatlarga zarar yetadigan holatlarda shariatimiz uni daf qilish sabablarini qo\u02bbllashga buyuradi. Shunday ekan, vaksina olish zarurati bir necha jihatlar bilan ta\u02bckidlanadi. Oqil inson sog\u02bblig\u02bbining ketishiga o\u02bbzi bila turib sababchi bo\u02bblmasligi lozim. Chunki biz uchun hayotimiz qanchalik omonat bo\u02bblsa, sog\u02bblig\u02bbimiz ham omonatdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbz joniga qasd qilish qanchalik og\u02bbir gunoh bo\u02bblsa, qasddan sog\u02bblig\u02bbiga putur yetkazish ham shunchalik gunoh.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Birinchidan<\/strong>, dinimiz ko\u02bbrsatmalariga ko\u02bbra, Alloh taolo har bir dardning shifosini ham bergan. Bu haqda Payg\u02bbambarimiz alayhissalom bunday deganlar:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Alloh taolo har bir kasallikka shifosini tushirgandir<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0<em>(Imom Buxoriy rivoyati).<\/em>\u00a0Boshqa hadisda shunday bayon qilinadi: \u201cPayg\u02bbambarimiz alayhissalomdan a\u02bcrobiylar:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Ey, Allohning Rasuli, davolanaylikmi?<\/strong><strong>\u201d<\/strong><strong>, deb so\u02bbrashdi. U Zot alayhissalom:\u00a0<\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Ha, ey, Allohning bandalari, davolaninglar. Chunki Alloh har bir kasallikka davo yaratgandir<\/strong><strong>\u201d<\/strong>, dedilar\u00a0<em>(Imom Buxoriy rivoyati).<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ikkinchidan,<\/strong>\u00a0ba\u02bczi kishilar kasal emasligini ro\u02bbkach qilib, vaksina olishga beparvo bo\u02bbladi, vaholanki shariatimizda bemorlikdan avval undan saqlanishga buyurilgan. Bu haqda ulamolarimiz shunday deganlar:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Kasallikdan saqlanish uni davolashdan yaxshiroqdir<\/strong><strong>\u201d<\/strong>\u00a0<em>(<\/em><em>\u201c<\/em><em>Al-Fiqhul islomiy va adillatuhu<\/em><em>\u201d<\/em><em>\u00a0kitobi).<\/em>\u00a0Demak, bemor bo\u02bblmagan kimsalar ham kasallik tegishining oldini olishi va shunga sabab bo\u02bbladigan muolajalarni qilishi dinimiz talabidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Uchinchidan,<\/strong>\u00a0dinimizdagi asosiy qoidalardan biri o\u02bbziga ham o\u02bbzgaga ham zarar bermaslikdir. Bu haqda Abu Sa\u02bcid al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg\u02bbambarimiz sallallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Zarar berish ham, zarar ko\u02bbrish ham yo\u02bbq<\/strong><strong>\u201d<\/strong>, deganlar\u00a0<em>(Imom Ibn Moja rivoyati)<\/em>. Demak, vaksinani olishimiz, birinchi navbatda, o\u02bbzimiz, qolaversa, yaqinlarimiz sog\u02bblig\u02bbini saqlashga sabab bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>To\u02bbrtinchidan,<\/strong>\u00a0hozirgi kunda Umra ziyorati safarini rejalashtirayotgan kishilardan ham birinchi navbatda, vaksina bilan emlangan bo\u02bblishi talab qilinmoqda. Qolaversa, dunyoning har qanday davlatiga bormoqchi bo\u02bblgan kishidan vaksina bilan emlanganlik so\u02bbralmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa shuki, hozirda davlatimiz tomonidan fuqarolarimizga yetkazib berilayotgan vaksinalarni olishimizga dinimiz ruxsat beradi. Emlanish shar\u02bcan joiz, chunki bu davolanishning bir ko\u02bbrinishidir.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqumli kasallik bilan xastalanish holatlari ortib borayotgan, unga qarshi ehtiyot choralari kuchaytirilayotgan vaqtda har bir mo\u02bbmin-musulmon Alloh taoloning taqdiriga rozi bo\u02bblib, jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat\u02bciy rioya etish, kasallikning oldini olish maqsadida soha mutaxassislari tomonidan tavsiya etilgan vaksinalar bilan to\u02bbliq emlanish kabi Respublika maxsus komissiyasi tomonidan joriy etilgan yangi tartib-qoidalarga qat\u02bciy amal qilib, o\u02bbzimiz, yaqinlarimiz, qolaversa, yurtdoshlarimizning sog\u02bblig\u02bbini saqlaylik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero, ulamolarimiz aytganlaridek:\u00a0<strong>\u201c<\/strong><strong>Kasallikdan saqlanish uni davolashdan yaxshiroqdir<\/strong><strong>\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Homidjon ISHMATB\u0415KOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o\u02bbrinbosari<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba:\u00a0\u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2022\u00a0yil\u00a018\u00a0yanvar, 11(533) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohim. Alloh taoloning bandalariga bergan behisob ne\u02bcmatlari ichida eng ulug\u02bbi, bu \u2014 sihat-salomatlik. Shu bois, bu bebaho ne\u02bcmatning qadri nechog\u02bbliq ulug\u02bb ekani haqida Hazrati Payg\u02bbambarimiz sallallohu alayhi vasallam biz, ummatlarini ogohlantirib shunday marhamat qilganlar:\u00a0\u201cIkki ne\u02bcmat borki, ko\u02bbpchilik odamlar uning qadriga yetmay aldanib qolganlar. U ikkisi \u2014 sihat-salomatlik va osudalik\u201d\u00a0(Imom Buxoriy rivoyati). Darhaqiqat, insoniyat &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19901,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>EMLANISH KASALLIKDAN SAQLANISHNING MUHIM CHORASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"EMLANISH KASALLIKDAN SAQLANISHNING MUHIM CHORASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Bismillahir Rohmanir Rohim. Alloh taoloning bandalariga bergan behisob ne\u02bcmatlari ichida eng ulug\u02bbi, bu \u2014 sihat-salomatlik. Shu bois, bu bebaho ne\u02bcmatning qadri nechog\u02bbliq ulug\u02bb ekani haqida Hazrati Payg\u02bbambarimiz sallallohu alayhi vasallam biz, ummatlarini ogohlantirib shunday marhamat qilganlar:\u00a0\u201cIkki ne\u02bcmat borki, ko\u02bbpchilik odamlar uning qadriga yetmay aldanib qolganlar. U ikkisi \u2014 sihat-salomatlik va osudalik\u201d\u00a0(Imom Buxoriy rivoyati). Darhaqiqat, insoniyat &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-01-18T06:49:33+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220118_yuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz\",\"name\":\"EMLANISH KASALLIKDAN SAQLANISHNING MUHIM CHORASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220118_yuz.jpg\",\"datePublished\":\"2022-01-18T06:49:33+00:00\",\"dateModified\":\"2022-01-18T06:49:33+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220118_yuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220118_yuz.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"EMLANISH KASALLIKDAN SAQLANISHNING MUHIM CHORASI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"EMLANISH KASALLIKDAN SAQLANISHNING MUHIM CHORASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"EMLANISH KASALLIKDAN SAQLANISHNING MUHIM CHORASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Bismillahir Rohmanir Rohim. Alloh taoloning bandalariga bergan behisob ne\u02bcmatlari ichida eng ulug\u02bbi, bu \u2014 sihat-salomatlik. Shu bois, bu bebaho ne\u02bcmatning qadri nechog\u02bbliq ulug\u02bb ekani haqida Hazrati Payg\u02bbambarimiz sallallohu alayhi vasallam biz, ummatlarini ogohlantirib shunday marhamat qilganlar:\u00a0\u201cIkki ne\u02bcmat borki, ko\u02bbpchilik odamlar uning qadriga yetmay aldanib qolganlar. U ikkisi \u2014 sihat-salomatlik va osudalik\u201d\u00a0(Imom Buxoriy rivoyati). Darhaqiqat, insoniyat &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-01-18T06:49:33+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220118_yuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz","name":"EMLANISH KASALLIKDAN SAQLANISHNING MUHIM CHORASI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220118_yuz.jpg","datePublished":"2022-01-18T06:49:33+00:00","dateModified":"2022-01-18T06:49:33+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220118_yuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220118_yuz.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19902&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"EMLANISH KASALLIKDAN SAQLANISHNING MUHIM CHORASI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19902"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19902"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19902\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19903,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19902\/revisions\/19903"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19901"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19902"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19902"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19902"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}