{"id":19845,"date":"2022-01-14T15:53:51","date_gmt":"2022-01-14T10:53:51","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19845"},"modified":"2022-01-14T16:12:30","modified_gmt":"2022-01-14T11:12:30","slug":"payg%ca%bbambarimiz-maqtagan-soha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz","title":{"rendered":"PAYG\u02bbAMBARIMIZ MAQTAGAN SOHA"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em><strong>Yaxshiga qilsang yaxshilik \u2013<\/strong><\/em><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em><strong>ham aytadi, ham qaytadi\u2026\u201d<\/strong><\/em><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em><strong>\u00a0<\/strong><\/em><strong>Bismillahir<\/strong><strong>\u00a0Rohmanir Rohiym<\/strong><em><strong>!<\/strong><\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mehribon Yaratgan Parvardigorimiz Alloh taboraka va taologa beadad hamdu sanolar,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Payg\u02bbambarimiz Janobi Muhammad Mustafo Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga behisob salavotu salomlarimiz bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Baxtli, saodatli yashash, chinakam ma\u02bcmur hayot kechirish \u2013 har bir inson orzusi. Dunyoda baxtu saodatni, ma\u02bcmurchilik va farovonlikni o\u02bblchaydigan mezonlar ko\u02bbp, omillar bisyor. Lekin\u00a0<u>shunday ne\u02bcmatlar borki, ularsiz hayotimiz rangsiz, turmushimiz huzur-halovatsiz bo\u02bblib qoladi<\/u>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbsh, bu ne\u02bcmatlar qaysilari?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Janob Payg\u02bbambarimiz Rasululloh\u00a0sallallohu alayhi va sallam:<strong>\u00a0<\/strong><em><strong>\u201cIkki ne\u02bcmat borki,\u00a0ko\u02bbpchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. Ular \u2013 sihat-salomatlik va xotirjamlikdir\u201d<\/strong><\/em>,\u00a0\u2013\u00a0dedilar\u00bb\u00a0(Imom<strong>\u00a0<\/strong>Buxoriy rivoyatlari).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Boshqa bir hadisi sharifda:\u00a0<em><strong>\u201cKimki o\u02bbz uyida tinchlikda, tani sog\u02bblom, bir kunga yetadigan taomi bor holda tong ottirsa, unga butun dunyo ne\u02bcmatlari to\u02bblig\u02bbicha berilgandek bo\u02bblibdi\u201d<\/strong><\/em>, \u2013 deyilgan\u00a0(Imom Buxoriy rivoyatlari).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nega hadisi sharifda har kuni, har doim muhtoj bo\u02bbladiganimiz uch ne\u02bcmat:\u00a0<em>sog\u02bbliq<\/em>,\u00a0<em>tinchlik<\/em>\u00a0va\u00a0<em>qut-baraka<\/em>ga urg\u02bbu berildi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chunki bu ne\u02bcmatlar bo\u02bblmasa, turmush izdan chiqadi, yashash qiyinlashadi. Uzoqqa bormaylik, bugungi dunyoning manzarasidan xulosa chiqarib olaylik! Birgina ko\u02bbzga ko\u02bbrinmas o\u02bblat barchaning halovatini o\u02bbg\u02bbirladi, hammaning tinchini buzdi\u2026 Shunday emasmi?\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>I<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026Tong sahar tinchlik-xotirjamlikda uyg\u02bbonishning o\u02bbzi bir ne\u02bcmat emasmi?! Bobo-buvi, ota-ona, aka-uka, farzandlar \u2013 oila davrasida nonushta qilishning fayzini nima bilan taqqoslash mumkin?! Ishga, o\u02bbqishga otlanayotganda, oila ulug\u02bblarining duosini olib ko\u02bbchaga chiqishning barakotini hammamiz yaxshi bilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tinchlik-omonlikda yashash bu \u2013 jon, mol, uy-joy, or-nomus xavfsizligiga ega bo\u02bblish demakdir. Ming-ming shukrlarki, yurtimizda bular barchasining xavfsizligi kafolatlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aslida,\u00a0<strong>\u201cIslom\u201d<\/strong>\u00a0so\u02bbzi arab tilidan o\u02bbzbek tiliga tarjima qilinganda \u201c<em>itoat va bo\u02bbysunish<\/em>\u201d, \u201c<em>ixlos va turli ofatlardan salomat bo\u02bblish<\/em>\u201d hamda \u201c<em>sulh va omonlik<\/em>\u201d, \u201c<em>tinchlik<\/em>\u201d degan ma\u02bcnolarni bildiradi. Bu dinni Payg\u02bbambarning o\u02bbzlari tanlagan emaslar, balki uni Alloh taoloning O\u02bbzi (!) ixtiyor etgan! Islom \u2013 bu Alloh yagona deb e\u02bctiqod qilib, unga bo\u02bbysunmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik demakdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00ab<strong>Musulmon<\/strong>\u00bb degan so\u02bbzning asli, negizi, o\u02bbzagi \u201c<strong>islom<\/strong>\u201d so\u02bbzi. Demak, har bir inson millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, ijtimoiy holati, turar joyidan qat\u02bciy nazar, modomiki \u201cmen \u2013 alhamdulilloh, musulmonman!\u201d deb, o\u02bbzini\u00a0<u>musulmon<\/u>\u00a0hisoblasa,\u00a0<strong>tinchlik<\/strong>\u00a0uchun xizmat qilishi shart va zarur ekan! Aksincha, qiladigan ishi aytayotgan so\u02bbziga to\u02bbg\u02bbri kelmas ekan! Xudoning O\u02bbzi hammamizni asrasin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201c<em>Qo\u02bbshning tinch \u2013 sen tinch!<\/em>\u201d, \u201c<em>Yurting tinch \u2013 sen tinch!<\/em>\u201d deydi dono xalqimiz. Yurtimiz, qo\u02bbshnimiz, oilamiz tinchligi-xotirjamligi uchun nechta odam xizmat qilmoqda? Ularning ikki-uch nafarini ko\u02bbra olsak, necha million nafarini hayolimizga ham keltira olmaymiz! Hatto tasavvur qilishga ham ojizmiz!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dono xalqimiz \u201c<em>Birni ko\u02bbrib \u2013 fikr qil, birni ko\u02bbrib \u2013 shukr qil!<\/em>\u201d deb bejiz aytmagan. Televizorimiz pultining xohlagan tugmasini bosib, xohlagan telekanalga qo\u02bbysak, dunyoning necha minglab joylarida necha yuz minglab insonlar tinchlik (!) izlab, sarson-sargardon bo\u02bblayotganiga guvoh bo\u02bblamiz\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har qanday aqlli odam Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, fuqarolarimiz farovonligi uchun son minglab o\u02bbzimizning aka-ukalarimiz, opa-singillarimiz, o\u02bbg\u02bbil-qizlarimiz xizmat qilayotganini alohida e\u02bctirof etadi va yuksak qadrlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kunlarning birida mashhur rassom dunyodagi eng go\u02bbzal suratni chizishga qaror qiladi va sayohatga otlanadi. Bir qishloqdan o\u02bbtayotib, nuroniy otaxonga duch keladi va yoniga borib u kishidan: \u201cDunyodagi eng go\u02bbzal narsa nima?\u201d \u2013 deb so\u02bbraydi. Otaxon hech ikkilanmay: \u00ab<strong>IMON!<\/strong>\u00bb \u2013 deb javob beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbngra bir guzar oldidan o\u02bbtayotib, karnay-surnay sadolarini eshitadi va to\u02bbplanib turgan olomon oldiga borib kelindan: \u201cSizningcha, dunyodagi eng go\u02bbzal narsa nima?\u201d \u2013 deb so\u02bbraydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kelin kuyovning ko\u02bbzlariga boqib: \u00abDunyodagi eng go\u02bbzal narsa \u2013\u00a0<strong>MUHABBAT!<\/strong>\u00bb \u2013 deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rassom yo\u02bblida davom etadi. Bepoyon dashtlar, tizma tog\u02bblar, yastanib yotgan qir-adirlardan o\u02bbtib, sahroda bir to\u02bbda askarni uchratadi va ulardan birini yoniga chorlab, yuqoridagi savolni beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Askar: \u00abDunyodagi eng go\u02bbzal narsa bu \u2013\u00a0<strong>TINCHLIK<\/strong>!\u00bb \u2013 deya javob beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rassom dunyodagi eng go\u02bbzal narsalar \u2013 imon, muhabbat va tinchlik bo\u02bblsa, bularning barchasini bir rasmda qanday ifodalayman, deya o\u02bbylay-o\u02bbylay uyiga qaytib keladi. Uyiga kirishi bilan dunyoning eng go\u02bbzal manzarasi qarshisida ekanini anglab yetadi: bolalarining ma\u02bcsum nigohlarida imon, ayolining ko\u02bbzlarida muhabbat, uyida esa tinchlik hukm surar, hammalarining tanlari sog\u02bb-salomat edi\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bulardan ilhom olgan rassom dunyodagi eng go\u02bbzal narsani chizishga kirishadi va uni \u201cMening uyim\u201d deb nomlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz buni yanada kengroq tasavvur qilib, tabiiy lozim bo\u02bblgan IMON va MUHABBATdan tashqari, dunyodagi eng go\u02bbzal narsa bu \u2013 TINCHLIK va SOG\u02bbLIQ ekanini e\u02bctirof etamiz. Imon, tinchlik, salomatlik ne\u02bcmatlari jannatmakon yurtimizda, shukrki, barqaror! Demak, dunyodagi eng go\u02bbzal diyor bu \u2013 imon, tinchlik, salomatlik barqaror bo\u02bblgan VATAN \u2013 O\u02bbZB\u0415KISTONIMIZDIR!\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>II\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jannatmakon\u00a0<strong>Yurtimiz jonkuyarlari bo\u02bblgan<\/strong>\u00a0<em>aka-uka, opa-singillarimiz<\/em>, avvalo, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq salomatligi, farovonligi va xotirjamligi uchun g\u02bboyat mas\u02bculiyatli va sharafli ishga bag\u02bbishlagan Siz, azizlarni beqiyos xizmatlaringizni yuksak qadrlab,\u00a0<strong>barchalaringiz(!)ga\u00a0<\/strong>\u00a0<u>cheksiz hurmat<\/u>\u00a0va\u00a0<u>chuqur ehtirom<\/u>imizni izhor etishga ruxsat bergaysizlar!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mo\u02bbmin-musulmonlarimiz sizlarni dunyodagi eng ulug\u02bb kasb sohiblari, muborak dinimiz vafodorlari, o\u02bbz ishiga fidoyi insonlar deb biladi va mashaqqatli mehnatingizni yuksak darajada qadrlaydi. Ayniqsa, hozirgi zamonda chinakam xalqparvar-vatanparvar bo\u02bblib xizmat qilayotganingiz\u00a0<strong><u>har qanday tahsin<\/u><\/strong>\u00a0va<strong><u>\u00a0ko\u02bbpdan-ko\u02bbp \u00a0tasannolarga \u00a0munosibdir!<\/u><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tinchlik-osoyishtalik hayotimiz uchun bu mashaqqatli ishning oldingi saflarida turib, o\u02bbz hayotini xavf-xatarga qo\u02bbyib, jasorat va matonat namunasini ko\u02bbrsatib kelayotgan barcha soha xodimlariga yana bir bor\u00a0<strong>chuqur minnatdorlik bildiramiz!<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan COVID-19 davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda olijanoblik namunasini ko\u02bbrsatgan, mehr-oqibat, saxovat va olihimmatlik fazilatlarini ko\u02bbrsatib kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo\u02bbllab-quvvatlash hamda ularga beminnat ko\u02bbmak berish borasidagi ishlarga katta hissa qo\u02bbshgan, hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, ezgu ishlari bilan ko\u02bbpchilikka o\u02bbrnak bo\u02bblayotgan\u00a0<strong>VATAN HIMOYACHILARIMIZ<\/strong>ning xizmatlarini\u00a0<strong><u>alohida e\u02bctirof<\/u><\/strong>\u00a0etish kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonlik yetuk ulamolarimiz, notiq imom-xatiblarimiz tomonlaridan karantin ko\u02bbrsatmalariga amal qilish, ushbu sinovli kunlarda vahimaga berilmaslik, yaxshi kunlarga intilib yashash, yordamga muhtoj shaxslarga g\u02bbamxo\u02bbrlik qilish kabi yo\u02bbnalishlarda behisob targ\u02bbibot ishlari olib borildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday din xizmatchilarimiz mana shunday o\u02bbta og\u02bbir davrda va turli tabiiy ofatlar tufayli elu yurtimiz boshiga tushgan sinovlarning oqibatlarini bartaraf etishda haqiqiy jonbozlik ko\u02bbrsatganlari\u00a0<strong><u>ulkan \u00a0tahsinlarga<\/u><\/strong><strong>\u00a0<\/strong>va\u00a0<strong><u>beqiyos \u00a0tashakkurlarga \u00a0loyiqdir!<\/u><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Natijada, matonatli xalqimiz kovid vabosi, boshimizga tushgan turli sinovlar va tabiiy ofatlar sharoitida\u00a0\u201c<strong>Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir<\/strong>\u201d degan oyati karimaga amal qilib, tushkunlikka berilmasdan, yanada ahil va birdam bo\u02bblib,\u00a0insonparvarlik va mehr-oqibatlilikning yuksak namunasini butun (!) dunyoga ko\u02bbrsatdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fazilatli insonlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni qo\u02bbllab-quvvatlash, xayriya mablag\u02bblarini to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbnaltirish, qiyin ahvolga tushgan aholiga ko\u02bbmak berish, og\u02bbir sharoitdagi odamlarni sabr-toqatga chaqirish, ularning ko\u02bbnglini ko\u02bbtarishdagi fidoyiliklari\u00a0<strong><u>har \u00a0qanday \u00a0maqtovga \u00a0loyiqdir!<\/u><\/strong>\u00a0Zero Alloh taolo Qur\u02bconi karimda:\u00a0\u201c<strong>Yaxshilikning mukofoti \u2013 faqat yaxshilikdir<\/strong>\u201d,\u00a0\u2013 deb xushxabar bergan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shubhasiz, har qanday mashaqqatni mehnat va matonat, sabru chidam bilan mardona yengib o\u02bbtishda diniy sohamiz xodimlarining pandu nasihatlari, ibratli o\u02bbgitlari va ezgu tashabbuslari \u00a0<strong><u>juda \u00a0ham \u00a0katta \u00a0ta\u02bcsir \u00a0ko\u02bbrsatmoqda<\/u><\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Muhtaram Yurtboshimiz pandemiyaga qarshi kurashda faollik \u00a0ko\u02bbrsatganlarga tashakkur bildirib, keng jamoatchilik vakillari qatorida\u00a0qadri baland muhtaram va hurmatli imom-xatiblarimizni ham alohida esga olganlari diniy soha xodimlari mehnatlariga berilgan \u00a0<strong>yuqori \u00a0bahodir!<\/strong><\/u><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimizning salomatligini o\u02bbylab, farovonligini ko\u02bbzlab davlatimiz, hukumatimiz chiqargan barcha topshiriqlarini muqaddas dinimiz ravnaqi, masjidu madrasalarimiz obodligini mo\u02bbljallab, mo\u02bbmin-musulmonlarimizni manfaatlari uchun batafsil yetkazishda kechayu-kunduz beg\u02bbaraz va beminnat xizmatlari bilan, diniy sohamizdagi barcha xodimlarimizga o\u02bbzlarining bevosita ko\u02bbmak va ulkan yordamlari bilan fidokorona xizmat qilayotgan Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmitadan kelayotgan barcha muhim tavsiyalarni sohamiz xodimlariga onlayn ham, oflayn ham o\u02bbzlarining qimmatbaho yo\u02bbl-yo\u02bbriqlari bilan yetkazayotgan Diniy idoramiz raislariga nafaqat<strong>\u00a0mamlakatimiz xalqi tahsinlar aytmoqda<\/strong>, balki<em>\u00a0<\/em><strong><u>xalqaro darajada ham O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, Muftiy<\/u><\/strong><em><strong><u>\u00a0Nuriddin domla Xoliqnazarov\u00a0hazratlariga ham e\u02bctirof va tahsinlar bildirilmoqda<\/u><\/strong><\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oxirgi paytlarda qahramonona, jonini Jabborga berib, 24 soatlab, haftalab tinmay, beminnat xizmat qilayotgan barcha Vatan himoyachilarimiz kabi shifokorlarimiz, huquq-tartibot organlari xodimlarimiz, diniy sohamiz xodimlarini ham dono xalqimiz nihoyatda yaxshi bilar ekan\u2026 Ta\u02bckidlash joizki, mana shunday ulug\u02bbvor ishlari uchun\u00a0<em><u>xalqimizning minnatdorligini mo\u02bbmin-musulmonlarimizdan\u00a0izhor etilayotgan tashakkuru rahmatnomalari<\/u><\/em>dan bilish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Ta\u02bckidlash joizki,\u00a0muhtaram va hurmatli fazilatli ulamolarimizning va diniy soha xodimlarining mehnatlarini qadrlash \u2013 Yangi O\u02bbzbekistonda din sohasi va imom-domlalarga berilayotgan yuksak e\u02bctiborning yana bir bor yaqqol namunasidir!<\/u>\u00a0Taraqqiyotimizning yangi davrida muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida Islom dini ma\u02bcrifatini keng tarannum etish, masjid-madrasalarni obod etish va ulamolarni, imom-domlalarni munosib qadrlash yo\u02bblida juda ham katta ishlar amalga oshirilayotganidan, albatta, hammaning xabari bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi tarixiy o\u02bbzgarishlar va voqealarni hammamiz ko\u02bbrib, eshitib, bevosita guvohi bo\u02bblib turibmiz\u2026 Bularning zamirida Yaratgan Parvardigori olamning irodasi ila bir yoqadan bosh chiqarib samarali mehnat qilishimiz hamda Davlatimiz Rahbari atrofida jipslashib, yorqin kelajak va yuksak taraqqiyot sari dadil sa\u02bcy-harakatlarimiz mujassamdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, Islom dinining ezgu ta\u02bclimotlarini keng tarannum etish va Haq taoloning diniga xizmat qilish savobi ulug\u02bb amallardan hisoblanadi. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda O\u02bbz diniga xizmat qiluvchilarni shunday madh etadi: \u201c<strong>Ey, imon keltirganlar! Agar sizlar Allohga yordam bersangiz (dinining rivoji uchun harakat qilsangiz), U ham sizlarga yordam berur va qadamlaringizni sobit (barqaror) qilur<\/strong>\u201d (Muhammad surasi 7 oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Janobi Payg\u02bbambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o\u02bbzlarining muborak hadisi shariflarida: \u201c<em><strong>Odamlardan bo\u02bblgan yaxshilikka minnatdorchilik izhor qila olmagan odam Xudoga ham shukr qilolmaydi<\/strong><\/em>\u201d, \u2013 deb marhamat qilganlar. Dono xalqimiz esa: \u201c<em>Yaxshiga qilsang yaxshilik \u2013 ham aytadi, ham qaytadi.\u00a0Yomonga qilsang yaxshilik \u2013 na aytadi, na qaytadi<\/em>\u201d,\u00a0\u2013\u00a0deb bejizdan bejiz aytmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzini jonini ham, oilasini salomatligini ham Xudoga topshirib, o\u02bbta katta va jiddiy xavf-xatarni ham chetga surib, jonini ham, molini ham, umrini ham xalq uchun fido etayotgan DONO XALQIMIZNING HAR BIR FARZANDIGA\u00a0<strong><u>behisob \u00a0tashakkurlar<\/u><\/strong>\u00a0aytamiz!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mehribon Parvardigorimiz jannatmakon yurtimiz tinchligi uchun, muqaddas Vatanimiz ravnaqi uchun, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi uchun, muborak dinimiz kamoloti uchun, masjid-madrasalarimiz obodligi uchun o\u02bbz hayotini xavf-xatar ostiga qo\u02bbyib, jasorat va matonat namunasini ko\u02bbrsatib, bu kunlarimizni ko\u02bbrolmay o\u02bbtganlarimizning yotgan joylarini keng, nurli etib, barcha solih amallarini o\u02bbzlariga hamroh aylagan bo\u02bblsin! Ilohim O\u02bbzi rozi bo\u02bblib, joylarini jannatlari bilan siylasin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>III\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir oddiygina kichik qo\u02bbl soatida ham, uyimizdagi televizorda ham, qo\u02bblimizdagi telefonimizda ham, eng katta kompyuterda ham, eng oxirgi rusum avtomobilida ham, bir necha tonnalik samolyotda ham, Yer sayyorasidan ko\u02bbtarilib koinotga borib-kelayotgan necha ming tonnalik kosmik kemalarda ham shunday bir qism, bo\u02bblakchalari bor-ki, u qismlarsiz mazkur \u201cmo\u02bbjiza\u201dlar ishlolmay qoladi\u2026 Aslini olganda, u bo\u02bblak-qismlar ko\u02bbzga ko\u02bbrinmaydi ham\u2026 Ular e\u02bctiborsiz-u, lekin ularsiz soat va televizor ham, telefon va kompyuter ham, avtomobil va samolyot ham, hatto insoniyatni lol qoldirayotgan bahaybat kosmik kemasi ham ishlamasdan qotib qoladi! \u201cMo\u02bbjiza\u201dlarning eng kattasi va eng ulug\u02bbi bo\u02bblgan Inson organizmida ham mana shunday \u201cqism-bo\u02bblaklar\u201d mavjud.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir korxona-tashkilotlarda ham xuddi shu kabi \u201cqism-bo\u02bblaklar\u201dni vazifasini ado etadigan odamlar, katta-kichik xodimu xizmatchilari bor!!! Ular o\u02bbzlarini hadeb bildiravermaydilar\u2026 Lekin o\u02bbz ishlarini nihoyatda chiroyli va namunali etib, to\u02bbla-to\u02bbkis va mukammal qilib, dinu diyonat bilan, halolu pok, insofu vijdon bilan bajaradilar. Shunday insonlarga o\u02bbzlarini \u201cko\u02bbrsatish\u201dlarini yo (hozir \u201cmoda\u201dga aylanib qolgan) internetga \u201cchiqish\u201dlarini taklif etsangiz, hammalaridan yagona javob eshitasiz. O\u02bbzlarini tortib, uyalib, chuqur hayajonlanib: \u201cXudo bilsa, bo\u02bbldi\u2026 Bilsa \u2013 baliq, bilmasa \u2013 Xoliq,\u201d \u2013 deb qo\u02bbyadilar xolos\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mana shunday insonlar bizning sohamizda son-sanoqsiz darajada ko\u02bbp! Lekin ularning mashaqqatli va sermahsul mehnatlarini, beqiyos va olijanob xizmatlarini Yaratganimizdan tashqari, rahbarlarimiz ham, dono xalqimiz ham juda yaxshi biladi! Ularga Xudoning ham, xalqning ham rahmati doimo yog\u02bbilib turadi!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi murakkab va sinovli davrda xalqimiz va dinimiz xizmatida bo\u02bblib turgan\u00a0<em>qadrli va tabarruk ulamolarimiz<\/em>,\u00a0<em>muhtaram va hurmatli imom-domlalarimiz<\/em>,\u00a0<em>aziz va qimmatli mudarrislarimiz<\/em>,\u00a0<em>mushtipar va munis otinoyilarimiz, masjid-madrasalarimiz bebaho va mehnatkash xodimlari<\/em>,\u00a0<em>sevimli va suyukli talabalarimiz hamda\u00a0<\/em><strong><u>muqaddas Vatanimizning barcha himoyachilari<\/u><\/strong><u>ga<\/u>\u00a0Mehribon Parvardigorimiz Alloh taboraka va taolodan sihat-salomatlik, shodu hurramlik va ikki dunyo saodatini so\u02bbraymiz!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Janobi Payg\u02bbambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam marhamat qildilarkim:\u00a0<em><strong>\u201cKimki Alloh taolo yo\u02bblida bir kunduz yoki bir kecha chegara poylasa, unga bir oy kunduzi nafl ro\u02bbza tutib, kechasi ibodat qilganlik savobi yoziladi.\u00a0Kimiki sarhadni qo\u02bbriqlab turganda halok bo\u02bblsa, unga ham xuddi shunday ajru-savob mukofoti bo\u02bbladi va shahidlik maqomi berilib, barcha fitnalardan omonda bo\u02bbladi\u201d\u00a0<\/strong><\/em>(Imom Nasoiy rivoyatlari).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jannatmakon yurtimiz tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, muborak dinimiz kamoloti hamda dono xalqimiz salomatligi va farovonligi yo\u02bblida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar ato etishini Mehribon Parvardigorimizdan iltijo qilib qolamiz!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>O\u02bbz ajdodlari qo\u02bbnim topgan\u00a0<\/u><u>x<\/u><u>oki poklarini, kindik qoni to\u02bbkilgan Vatanni himoya qilish, o\u02bbz ona-yurtini ko\u02bbz qorachig\u02bbiday asrab-avaylash \u2013 o\u02bbz oilasini, sha\u02bcnini, or-nomusini, imon-e\u02bctiqodini himoya qilishdir!<\/u>\u00a0Bu xususda Janobi Payg\u02bbambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam hadisi shariflarida:<em>\u00a0<\/em><strong>\u201cIkki ko\u02bbz egasini do\u02bbzax otashi kuydirmas: biri\u00a0 \u2013 Allohning azobidan qo\u02bbrqib yig\u02bblagan ko\u02bbz, ikkinchisi \u2013 Alloh yo\u02bblida qo\u02bbriqchilik qilib bedor bo\u02bblgan ko\u02bbz\u201d<\/strong>, \u2013 dedilar\u00a0(Imom Termiziy rivoyatlari).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">El-yurtimiz ravnaqi va dini Islom ma\u02bcrifati yo\u02bblida kunni tunga, tunni kunga ulab, o\u02bbzining bor kuch-qudrati va aql-zakovatini ayamasdan, sidqidildan, fidoyilarcha, xolisona hamda ulkan mehr ila xizmat qilib kelayotgan\u00a0<u>sizlardek<\/u>\u00a0mo\u02bbtabar insonlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan\u00a0<strong><u>OTA-ONALARINGIZGA \u00a0MING-MING-MING RAHMAT<\/u><\/strong>! Barcha ota-onalarga ham Parvardigori olam\u00a0ana shunday\u00a0farzand tarbiyalab, kamolga yetkazishni nasib aylasin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iloha jannatmakon yurtimiz tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi, dinimiz kamoloti, masjidu-madrasalarimiz obodligi uchun muhtaram Yurtboshimizni dono rahbarliklari ostida hukumatimiz, Diniy idoramiz tomonlaridan oqilona olib borilayotgan xayrli, savobli ishlarni amalga oshirish maqsadida viloyatlarimiz rahbarlari hamda shahar va tuman rahbarlarining boshchiliklaridagi mehnatkash xalqimiz olib borayotgan barcha xayrli, yaxshi, savobli ishlarda Alloh taolo O\u02bbzi madadkor bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilohim o\u02bbzlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham Mehribon Parvardigorimiz buyurgan, Janob Payg\u02bbambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan, o\u02bbtmishda o\u02bbtganlarimizni ro\u02bbhlari shod bo\u02bbladigan, xalqimiz xursand bo\u02bbladigan, ota-onalarimiz rozi bo\u02bbladigan yo\u02bbllardan yurishimizni nasib etsin!<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xulosa\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Jannatmakon yurtimiz tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi uchun har bir insonning qilayotgan xizmatlariga minnatdor bo\u02bblishimiz \u2013\u00a0\u00a0<em>ham burchimiz, ham farzimiz, ham qarzimizdir<\/em>!<\/u><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustoz ulamolarimiz aytadilar: \u201c<em>Hayotdan kishi olmasa ta\u02bclim, o\u02bbrgata olmas unga hech bir muallim<\/em>\u201d. Kundalik hayotimizda nihoyatda ehtiyot bo\u02bblishimiz lozim ekan. Yana bilib-bilmasdan Janobi Payg\u02bbambarimiz alayhis salomning: \u00ab<em><strong>Ikki ne\u02bcmat borki,\u00a0 ko\u02bbpchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. Ular \u2013 sihat-salomatlik va xotirjamlikdir<\/strong><\/em>\u00bb degan muborak so\u02bbzlariga qarshi bo\u02bblib qolmaylik!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ibrohimjon INOMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi o\u02bbrinbosar<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: muslim.uz<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yaxshiga qilsang yaxshilik \u2013 ham aytadi, ham qaytadi\u2026\u201d \u00a0Bismillahir\u00a0Rohmanir Rohiym! Mehribon Yaratgan Parvardigorimiz Alloh taboraka va taologa beadad hamdu sanolar, Hazrati Payg\u02bbambarimiz Janobi Muhammad Mustafo Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga behisob salavotu salomlarimiz bo\u02bblsin! Baxtli, saodatli yashash, chinakam ma\u02bcmur hayot kechirish \u2013 har bir inson orzusi. Dunyoda baxtu saodatni, ma\u02bcmurchilik va farovonlikni o\u02bblchaydigan mezonlar ko\u02bbp, omillar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19847,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>PAYG\u02bbAMBARIMIZ MAQTAGAN SOHA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"PAYG\u02bbAMBARIMIZ MAQTAGAN SOHA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Yaxshiga qilsang yaxshilik \u2013 ham aytadi, ham qaytadi\u2026\u201d \u00a0Bismillahir\u00a0Rohmanir Rohiym! Mehribon Yaratgan Parvardigorimiz Alloh taboraka va taologa beadad hamdu sanolar, Hazrati Payg\u02bbambarimiz Janobi Muhammad Mustafo Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga behisob salavotu salomlarimiz bo\u02bblsin! Baxtli, saodatli yashash, chinakam ma\u02bcmur hayot kechirish \u2013 har bir inson orzusi. Dunyoda baxtu saodatni, ma\u02bcmurchilik va farovonlikni o\u02bblchaydigan mezonlar ko\u02bbp, omillar &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-01-14T10:53:51+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2022-01-14T11:12:30+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/vatan.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"481\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"12 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz\",\"name\":\"PAYG\u02bbAMBARIMIZ MAQTAGAN SOHA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/vatan.jpg\",\"datePublished\":\"2022-01-14T10:53:51+00:00\",\"dateModified\":\"2022-01-14T11:12:30+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/vatan.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/vatan.jpg\",\"width\":660,\"height\":481},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"PAYG\u02bbAMBARIMIZ MAQTAGAN SOHA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"PAYG\u02bbAMBARIMIZ MAQTAGAN SOHA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"PAYG\u02bbAMBARIMIZ MAQTAGAN SOHA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Yaxshiga qilsang yaxshilik \u2013 ham aytadi, ham qaytadi\u2026\u201d \u00a0Bismillahir\u00a0Rohmanir Rohiym! Mehribon Yaratgan Parvardigorimiz Alloh taboraka va taologa beadad hamdu sanolar, Hazrati Payg\u02bbambarimiz Janobi Muhammad Mustafo Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga behisob salavotu salomlarimiz bo\u02bblsin! Baxtli, saodatli yashash, chinakam ma\u02bcmur hayot kechirish \u2013 har bir inson orzusi. Dunyoda baxtu saodatni, ma\u02bcmurchilik va farovonlikni o\u02bblchaydigan mezonlar ko\u02bbp, omillar &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-01-14T10:53:51+00:00","article_modified_time":"2022-01-14T11:12:30+00:00","og_image":[{"width":660,"height":481,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/vatan.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"12 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz","name":"PAYG\u02bbAMBARIMIZ MAQTAGAN SOHA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/vatan.jpg","datePublished":"2022-01-14T10:53:51+00:00","dateModified":"2022-01-14T11:12:30+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/vatan.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/vatan.jpg","width":660,"height":481},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19845&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"PAYG\u02bbAMBARIMIZ MAQTAGAN SOHA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19845"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19845"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19845\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19846,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19845\/revisions\/19846"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19847"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19845"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19845"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19845"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}