{"id":19802,"date":"2022-01-13T10:35:25","date_gmt":"2022-01-13T05:35:25","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19802"},"modified":"2022-01-13T10:35:25","modified_gmt":"2022-01-13T05:35:25","slug":"ahillik-va-hamjihatlik-osuda-hayot-farovon-turmush-poyd%d0%b5vori","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz","title":{"rendered":"AHILLIK VA HAMJIHATLIK \u2013 OSUDA HAYOT, FAROVON TURMUSH POYD\u0415VORI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bismillahir Rohmanir Rohiym. Islom dini insonlarni doimo ahil-inoq, tinch-totuv va hamjihat bo\u02bblib hayot kechirishga chaqiradi. Tarixdan ma\u02bclumki, mana shunday fazilatlarga amal qilib yashagan kishilar doimo baxtu saodatga erishgan. Alloh taologa shukrki, yurtimizda qo\u02bblga kiritilayotgan barcha yutuqlar, muvaffaqiyatlar zamirida jamiyatimizdagi ittifoqlik, hukm surayotgan tinchlik mujassam, albatta.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha zamonlarda davlatning rivojlanishi tinch-osoyishta hayot kechirishga uzviy bog\u02bbliq bo\u02bblgan. Zero, eng yirik davlatlar ham fitnalar sabab halokatga uchragan. Shu sababli tinchlikni saqlash, ogohlik hamda hushyorlikni oshirish har bir zamon va makonning muhim talabi bo\u02bblgan. Ayniqsa, hozirgi murakkab davrda turli sabab va omillar bilan nizo chiqarishga harakat qilayotgan tomonlar ko\u02bbpayib borayotgan bir pallada osoyishtalikni ta\u02bcminlash uchun astoydil qayg\u02bburib yashashni davrning o\u02bbzi taqozo etayotganini barchamiz yaxshi anglab turibmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Din peshvolari, taniqli ulamolar jamiyatda ahillikni ta\u02bcminlash, sillai rahm qilish, o\u02bbzaro yordam berish, bir-biriga muruvvat ko\u02bbrsatish va ijtimoiy illatlardan saqlanishga dinimiz manbalari asosida muntazam pandu nasihatlar qilib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rivoyatlardan birida Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhu aytadilar: \u201cMen Nabiy alayhissalomdan: \u201cEy Allohning Rasuli! Menga Alloh taolodan duo qilib so\u02bbraydigan biror narsani o\u02bbrgating\u201d, deb so\u02bbradim. Shunda U zot: \u201cAlloh taolodan xotirjamlikni so\u02bbrang\u201d, dedilar. Bir necha kundan keyin yana Muhammad alayhissalomning oldilariga kelib, \u201cEy Allohning Rasuli! Menga Alloh taolodan duo qilib so\u02bbraydigan biror narsani o\u02bbrgating\u201d, deb so\u02bbradim. Shunda Hazrati payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam: \u201cEy amakim, Alloh taolo\u00addan dunyo va oxiratda xotirjamlikni so\u02bbrang\u201d, dedilar\u201d. (Imom Termiziy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nabiy alayhissalom \u201cVidolashuv haji\u201ddagi xutbalarida mo\u02bbmin-musulmonlarga qalblarining eng to\u02bbridagi nasihatlarini qilgan edilar: \u201cEy odamlar! Parvardigoringiz \u2014 bir, otangiz \u2014 bir, hammangiz Odam alayhissalomdandirsiz! Odam alayhissalom esa tuproqdan edilar. Allohning huzurida eng hurmatlirog\u02bbingiz taqvodorrog\u02bbingizdir! Arablarning ajamlardan afzalligi yo\u02bbq, faqatgina taqvosi bilan afzal bo\u02bblishi mumkin. Ey odam\u00adlar! Yetkazdimmi? Ey Allohim! O\u02bbzing guvoh bo\u02bbl\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, bizning Parvardigorimiz \u2014 bir, payg\u02bbambarimiz \u2014 bir, dinimiz \u2014 bir, ota-onamiz \u2014 bir va maqsadimiz ham bir, ya\u02bcni Alloh taoloning rizoligiga sazovor bo\u02bblib, ikki dunyo saodatiga erishish ekan, o\u02bbzaro ittifoq va ahil bo\u02bblib, tinch-totuv va rohat-farog\u02bbatda yashashimiz shart.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Qur\u02bconi karimda mo\u02bbmin-musulmonlar o\u02bbzaro aka-uka va do\u02bbstu birodar ekani haqida bunday marhamat qilgan: \u201cAlbatta, mo\u02bbminlar birodardirlar\u201d. (Hujurot surasi, 10-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar biz ushbu ko\u02bbrsatmani yaxshi anglab yetsak va shunga amal qilsak, o\u02bbrtamizda har xil ziddiyat, ixtilof chiqarish, turli ko\u02bbngilsiz hodisalar va bir-birining molini nohaq, turli aldov yo\u02bbllar bilan yeyish bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash zarurki, inson doim hayotdagi voqea-hodisalardan ibrat olib yashashi lozim. \u201cBirni ko\u02bbrib fikr qil, birni ko\u02bbrib shukr qil\u201d, degan naql ham bejiz aytilmagan. Hamma xalqlarning maqsadi tinchlik va farovonlikka erishish. Lekin doim ham bu ne\u02bcmat nasib bo\u02bblavermaydi. Zero, mamlakatdagi notinchlik hammaga zarar keltiradi, ayniqsa, oddiy xalqqa ziyoni ko\u02bbp bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBir kun urush bo\u02bblgan joydan qirq kun baraka ko\u02bbtariladi\u201d, deydi dono xalqimiz. Ushbu serma\u02bcno maqolning naqadar to\u02bbg\u02bbri ekanini qo\u02bbshni Qozog\u02bbistondagi fojiali voqealar ham ko\u02bbrsatib turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbshni va qardosh birodar mamlakatda beqarorlik va tartibsizliklar minglab odamlarning shaxsiy mulki, jamiyat hisobiga barpo etilgan davlat mulkini vayron qilish, o\u02bbg\u02bbirlash, eng yomoni, bir-birlarining qonini to\u02bbkish kabi jinoyatlarga olib kelgani mudhish holatdir. Ayniqsa, bunday kulfat butun umr halol mehnat qilgan oddiy insonlarning boshiga og\u02bbir sinovlar solishi, ular bor bisotidan bir zumda ajrab qolishi, to\u02bbs-to\u02bbpolonlarga aralashib qolgan yoshlarning jarohat olishi va qurbon bo\u02bblishi xalq uchun katta fojiadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Vayron qilingan, o\u02bbt qo\u02bbyilgan binolar, mol-mulklarni chetdan birov kelib qayta tiklab bermaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu o\u02bbrinda qardosh Qozog\u02bbiston hududidagi manfur fojiali voqealarda Vatan osoyishtaligi va mamlakat xalqining himoyasi yo\u02bblida qurbon bo\u02bblgan fidoyi farzandlarning haqlariga duolar qilish, mag\u02bbfirat so\u02bbrash va yaqinlariga tasalli berish barchamizning chin mo\u02bbminlik burchimizdirJ Qur\u02bconi karimda: \u201c\u2026Ey Rabbimiz! O\u02bbzing bizlarni va bizdan ilgari imon bilan o\u02bbtganlarni mag\u02bbfirat etgin\u2026\u201d (Hashr surasi, 10-oyat), deya mo\u02bbmin kishi marhumlar haqqiga xayrli duo qilishga buyuriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan, marhumlarning ahli baytiga sabr tilab, haqlariga duo qilamiz, jarohatlanganlarga komil va ojil shifolar tilaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomdagi mo\u02bbtabar qoidaga ko\u02bbra, dinimizda zarar berish ham, zarar ko\u02bbrish ham yo\u02bbqdir. Shu sababli dinimizda fitnalar oqibatida kelib chiqqan tartibsizliklarga aralashmay, ibodatda bardavom bo\u02bblganlarga katta in\u02bcomlar va\u02bcda qilingan. Jumladan, hadisi sharifda bunday deyilgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHaraj \u2014 fitna paytida qilingan ibodat, menga hijrat qilish kabidir\u201d. (Imom Muslim rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keltirib chiqarilgan tartibsizlik va nizolar oqibatida mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan zaiflashuvi kuzatilishi tabiiy hol. El-yurt birdamligi yo\u02bbqolishi esa katta talafot. Bu haqda Qur\u02bconi karimda quyidagicha ogohlantiriladi: \u201cAllohga va Rasuliga itoat qilingiz va nizolashmangiz, aks holda, sustlashib ketursiz va \u201cshamolingiz\u201d (obro\u02bbngiz) ketib qolur. Sabr qilingiz! Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir\u201d. (Anfol surasi, 46-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda hamjihatlik va tinchlik masalasi yanada dolzarb bo\u02bblmoqda. Tinchlik va xotirjamlik Alloh taoloning buyuk ne\u02bcmatlaridan biridir. Barcha ezgu ishlar ro\u02bbyobga chiqishining boisi ham osoyishtalikka bog\u02bbliq. Bu ne\u02bcmat bebaho ekani to\u02bbg\u02bbrisida islom dini manbalarida ham takror-takror aytilgan. Qur\u02bconi karimning yuzdan ortiq oyatlarida tinchlik, ezgulik va bag\u02bbrikenglikka chaqirilgan. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: \u201cAlloh rizosini topishga intilganlarni Qur\u02bcon bilan tinchlik va salomatlik yo\u02bbllariga yo\u02bbllab, O\u02bbz izni bilan ularni zulmatlardan nurga chiqarur va to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga hidoyat qilur\u201d. (Moida surasi, 16-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarining birida tinchlik-xotirjamlik eng ulug\u02bb ne\u02bcmat ekanini ta\u02bckidlab, bunday deganlar: \u201cIkki ne\u02bcmat borki, ko\u02bbpchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. Ular \u2014 tinchlik-xotirjamlik va sihat-salomatlikdir\u201d. (Imom Buxoriy rivoya\u00adti). Bugun bu hadis har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, tinchlik-xotirjamlik suv va havodek zarur bo\u02bblib turgan, og\u02bbir kulfatni boshidan kechirayotgan ayrim mamlakatlar xalqlari tinchlikni, xotirjamlikni orzu qilishi shubhasiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinimizda tinchlik va xotirjamlik Alloh taoloning eng katta ne\u02bcmatlaridan sanaladi. Tinchlikning ilohiy ne\u02bcmat ekani haqida payg\u02bbambarimiz alayhissalom shunday deydilar: \u201cAllohdan afv va tinchlik-omonlikni so\u02bbranglar. Chunki biror kishiga imondan keyin tinchlik-omonlikdan afzalroq ne\u02bcmat berilgani yo\u02bbq\u201d. (Imom Termiziy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayotning bir maromda davom etishi, Haq taolo buyurgan vazifalarni mukammal va xotirjam ado etish uchun tinchlik va osoyishtalik zarur. Yaratgan Parvardigor ana shu tinchlikni saqlash va qadrlash vazifasini inson zimmasiga yuklab, shaytoniy yo\u02bbllarga ergashmaslikka amr etib, bunday deydi: \u201cEy imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir\u201d. (Baqara surasi, 208-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, tinchlik qaror topgan yurtdagina osudalik hukm suradi, farzandlar eminerkin kamolga yetadi, mo\u02bbmin-musulmonlarimiz ibodatlarini xotirjam ado etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O\u02bbzbekistonda dinimiz ravnaq\u00a0 topayotgani\u00a0\u00a0 va\u00a0\u00a0 mo\u02bbmin\u00ad-musulmonlar farovon hayot kechirayotgani ham tinchligimiz sharofatidandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo mo\u02bbtabar diyorimizga o\u02bbzining aziz ne\u02bcmati \u2014 tinchlik, osoyishtalikni berdi, qut-baraka, farovonlikni ato etdi. Atrofga nazar solsak, bizlarni o\u02bbrab turgan sonsiz, sanoqsiz ne\u02bcmatlar qurshovida yashayotganimizga amin bo\u02bblamiz. Qur\u02bconi karimda Rabbimiz bunday marhamat qiladi: \u201cShuningdek, sizlarga barcha so\u02bbragan narsalaringizni ato etdi. Agar Allohning ne\u02bcmat(lar)ini sanasangiz, sanog\u02bbiga yeta olmaysiz\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bir hadisi muboraklarida: \u201cKim oilasi tinch, jasadi salomat va huzurida bir kunlik taomi bor holatda tong ottirsa, unga dunyo to\u02bblig\u02bbicha berilibdi\u201d, deganlar. (Imom Buxoriy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz qancha shukr qilsak \u2014 shuncha oz. Ushbu sururli damlar bardavom bo\u02bblmog\u02bbi uchun tinchlik ne\u02bcmatining shukronasini qilib, uni ko\u02bbz qorachig\u02bbidek asramog\u02bbimiz darkor. Chunki ne\u02bcmatlar shukri bilan davomli va ziyoda bo\u02bbladi. Zero, oyati karimada: \u201cYana Rabbingiz e\u02bclon qilgan (bu so\u02bbzlar)ni eslangiz: \u201cQasamki, agar (bergan ne\u02bcmatlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukurlik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir\u201d, deb marhamat qilingan. (Ibrohim surasi, 8-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tinchlik va osoyishtalik, o\u02bbz navbatida, doimiy va qat\u02bciy harakatlarni talab etadi. Hushyorlik, ogoh bo\u02bblib yashash, bu \u2014 bir kunlik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki kundalik ish, kundalik amaliy harakat bo\u02bblishi lozim. Shuningdek, tinchlikni saqlashga faqatgina ma\u02bclum soha vakillari emas, balki butun jamiyat mas\u02bculdir. Shu o\u02bbrinda biz, din peshvolari, ulamolar va imom-xatiblar o\u02bbz oldimizga qat\u02bciy maqsadlarni qo\u02bbygan holda, tinchlikni ta\u02bcminlashga daxldorlik hissini chuqur anglashimiz zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, yurtdagi tinchlik va barqarorlik xalqimiz farovonligi asosidir. Inson o\u02bbziga berilgan ne\u02bcmatning qadrini mulohaza qilish va mushohada yuritish orqali, shu ne\u02bcmatdan o\u02bbzgalar ham bahramand yoki bebahra ekanini o\u02bbylab ko\u02bbrish bilan biladi. Bu esa Allohga yanada ko\u02bbproq shukr qilishga undaydi. Tinchlik va barqarorlik ana shunday amaliy shukr talab qiladigan ne\u02bcmatlardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi tahlikali zamonning, uzoq va yaqin hududlardagi notinchliklarning o\u02bbzi voqelikka hushyorlik, teran va chuqur mushohada yuritgan holda nazar tashlashni, jahonda kuchayib borayotgan xatarlarni to\u02bbg\u02bbri baholab, ulardan tegishli saboq olib yashashni talab etmoqda. Shu nuqtai nazardan, vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning ongu shuurida murakkab va tahlikali dunyo hamda mintaqada ro\u02bby berayotgan turli voqea-hodisalar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida biryoqlama va noxolis tasavvurlar shakllanishiga yo\u02bbl qo\u02bbymaslik zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida ta\u02bckidlash lozimki, dinimizning ahillikka, ittifoqlikka va tinchlikka bo\u02bblgan e\u02bctibori juda katta bo\u02bblib, shukrona, hushyorlik va ogohlik bularning negizidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning barqarorligini ta\u02bcminlash, yoshlarimizni fitna to\u02bbrlaridan saqlash \u2014 yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning burchi hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo yurtimizni tinch, oilalarimizni farovon, olijanob xalqimizni doimo O\u02bbzining panohida saqlasin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nuriddin XOLIQNAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba:\u00a0<\/strong><strong>\u201c<\/strong><strong>Yangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 202<\/strong><strong>2<\/strong><strong>\u00a0yil\u00a0<\/strong><strong>13<\/strong>\u00a0<strong>yanva<\/strong><strong>r,\u00a0<\/strong><strong>8<\/strong><strong>(5<\/strong><strong>30<\/strong><strong>) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohiym. Islom dini insonlarni doimo ahil-inoq, tinch-totuv va hamjihat bo\u02bblib hayot kechirishga chaqiradi. Tarixdan ma\u02bclumki, mana shunday fazilatlarga amal qilib yashagan kishilar doimo baxtu saodatga erishgan. Alloh taologa shukrki, yurtimizda qo\u02bblga kiritilayotgan barcha yutuqlar, muvaffaqiyatlar zamirida jamiyatimizdagi ittifoqlik, hukm surayotgan tinchlik mujassam, albatta. Barcha zamonlarda davlatning rivojlanishi tinch-osoyishta hayot kechirishga uzviy bog\u02bbliq bo\u02bblgan. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19799,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>AHILLIK VA HAMJIHATLIK \u2013 OSUDA HAYOT, FAROVON TURMUSH POYD\u0415VORI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"AHILLIK VA HAMJIHATLIK \u2013 OSUDA HAYOT, FAROVON TURMUSH POYD\u0415VORI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Bismillahir Rohmanir Rohiym. Islom dini insonlarni doimo ahil-inoq, tinch-totuv va hamjihat bo\u02bblib hayot kechirishga chaqiradi. Tarixdan ma\u02bclumki, mana shunday fazilatlarga amal qilib yashagan kishilar doimo baxtu saodatga erishgan. Alloh taologa shukrki, yurtimizda qo\u02bblga kiritilayotgan barcha yutuqlar, muvaffaqiyatlar zamirida jamiyatimizdagi ittifoqlik, hukm surayotgan tinchlik mujassam, albatta. Barcha zamonlarda davlatning rivojlanishi tinch-osoyishta hayot kechirishga uzviy bog\u02bbliq bo\u02bblgan. &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-01-13T05:35:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220113_yuz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz\",\"name\":\"AHILLIK VA HAMJIHATLIK \u2013 OSUDA HAYOT, FAROVON TURMUSH POYD\u0415VORI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220113_yuz.jpg\",\"datePublished\":\"2022-01-13T05:35:25+00:00\",\"dateModified\":\"2022-01-13T05:35:25+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220113_yuz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220113_yuz.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"AHILLIK VA HAMJIHATLIK \u2013 OSUDA HAYOT, FAROVON TURMUSH POYD\u0415VORI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"AHILLIK VA HAMJIHATLIK \u2013 OSUDA HAYOT, FAROVON TURMUSH POYD\u0415VORI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"AHILLIK VA HAMJIHATLIK \u2013 OSUDA HAYOT, FAROVON TURMUSH POYD\u0415VORI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Bismillahir Rohmanir Rohiym. Islom dini insonlarni doimo ahil-inoq, tinch-totuv va hamjihat bo\u02bblib hayot kechirishga chaqiradi. Tarixdan ma\u02bclumki, mana shunday fazilatlarga amal qilib yashagan kishilar doimo baxtu saodatga erishgan. Alloh taologa shukrki, yurtimizda qo\u02bblga kiritilayotgan barcha yutuqlar, muvaffaqiyatlar zamirida jamiyatimizdagi ittifoqlik, hukm surayotgan tinchlik mujassam, albatta. Barcha zamonlarda davlatning rivojlanishi tinch-osoyishta hayot kechirishga uzviy bog\u02bbliq bo\u02bblgan. &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-01-13T05:35:25+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220113_yuz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz","name":"AHILLIK VA HAMJIHATLIK \u2013 OSUDA HAYOT, FAROVON TURMUSH POYD\u0415VORI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220113_yuz.jpg","datePublished":"2022-01-13T05:35:25+00:00","dateModified":"2022-01-13T05:35:25+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220113_yuz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220113_yuz.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19802&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"AHILLIK VA HAMJIHATLIK \u2013 OSUDA HAYOT, FAROVON TURMUSH POYD\u0415VORI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19802"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19802"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19802\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19803,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19802\/revisions\/19803"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19799"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19802"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19802"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19802"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}