{"id":19730,"date":"2022-01-07T18:21:26","date_gmt":"2022-01-07T13:21:26","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19730"},"modified":"2022-01-07T18:21:26","modified_gmt":"2022-01-07T13:21:26","slug":"uchinchi-muallim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz","title":{"rendered":"UCHINCHI MUALLIM"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Suhbatlarning birida taniqli faylasuf Omonulla Fayzullayev \u201cAgar muallimi avval \u2014 birinchi muallim Aristotel, muallimi as-soniy \u2014 ikkinchi muallim Forobiy bo\u02bblsa, akademik Muzaffar Xayrullayev muallimi as-solis \u2014 uchinchi muallimdir\u201d, deya atoqli olim ilmiy-ijodiy merosiga yuksak baho bergandi. Bu akademik Xayrullayevning Abu Nasr Forobiy ilmiy merosini qayta tiklashga qo\u02bbshgan ulkan hissasi hamda jahon forobiyshunosligi borasida dunyo faylasuflari orasida katta obro\u02bb qozonganligiga bir ishora edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Omonulla Fayzullayev ilm-fan fidoyisi haqida shunday yozgan: \u201cMuzaffar Muhiddinovich Xayrullayev fanimiz va madaniyatimiz sohasida ko\u02bbzga yalt etib ko\u02bbringan iqtidorli shaxs. Uning nomisiz XX asrning ikkinchi yarmida falsafamiz rivojini tasavvur qilib bo\u02bblmaydi. Axir 40 yildan ortiq ikkita oliy dargoh \u2014 I. Mo\u02bbminov nomidagi Falsafa va huquq hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutlari rahbari, shuningdek, Markazqo\u02bbmda bo\u02bblim boshlig\u02bbi bo\u02bblib ishlashga hamma ham muyassar bo\u02bbla olmaydi, hammaning qo\u02bblidan ham kelmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Nasr Forobiyni qaytadan kashf etgan faylasuf ham shu zotdir. Dunyoning yarmida bo\u02bblib o\u02bbtgan ilmiy kongresslarda O\u02bbzbekistan falsafasi yutuqlarini targ\u02bbib qilgan vakilimiz ham shu kishi!\u201d<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keng jamoatchilik akademik Muzaffar Xayrullayevni iste\u02bcdodli olim, jamoat va davlat arbobi, toza qalbli, samimiy inson sifatida eslaydi. Darhaqiqat, bu kishi O\u02bbzbekistonda ijtimoiy fanlar, xususan, falsafa fani taraqqiyotiga katta hissa qo\u02bbshgan zabardast olimlardan biri edi. U akademik Ibrohim Mo\u02bbminov rahbarligida Abu Nasr Forobiyning ulkan ilmiy merosini tahlil etib, alloma yashagan davrning Markaziy Osiyo fani va madaniyati tarixida o\u02bbziga xos uyg\u02bbonish davri bo\u02bblganligini dadil isbotlab bera olgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davr, bir tomondan, Markaziy Osiyoda shakllangan islom madaniyati ta\u02bcsirida ilm-fan taraqqiyotiga e\u02bctiborning kuchaygan payti bo\u02bblsa, ikkinchidan, yurtimizda buyuk mutafakkirlar merosining qadimgi xalqlar, jumladan, yunon falsafasi an\u02bcanalari bilan chatishib ketganligi hamda mazkur merosni arabchaga tarjima qila oladigan yuqori malakali olimlarning yetishib chiqqanligi bilan alohida ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Nasr Forobiyning o\u02bbzi ham juda ko\u02bbp qadimiy tillarni yaxshi egallagan, xotirasi nihoyatda kuchli shaxs bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">M. Xayrullayevning ta\u02bckidlashicha, \u201carab madaniyati, arab fani, arab falsafasi nomi ostida dunyoga tanilgan mutafakkirlarning aksariyati Markaziy Osiyodan \u2014 bizning yurtimizdan chiqqan olimlar edi. Ularning alohida bir xususiyati \u2014 xotirasining kuchliligida edi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hodisaning sababini biz Abu Rayhon Beruniyning \u201cOsori al boqiya\u201d (\u201cQadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar\u201d) asarida ham uchratamiz. Markaziy Osiyoga bostirib kelgan bosqinchilar har safar ajdodlarining bilimlarini egallagan olimlarni qilichdan o\u02bbtkazishgan, yozma manbalarini esa gulxanga tashlashgan. Natijada qimmatli fikrlar bayon qilingan asarlar yo\u02bbqolib ketmasligi uchun odamlar ularni xotirada saqlashga majbur bo\u02bblishadi. Shu tariqa Markaziy Osiyoda yod olish san\u02bcati vujudga kelgan. Butun boshli yirik epik asarlarni yoddan aytadigan baxshilar ham paydo bo\u02bblgan. Qimmatli fikrlarni she\u02bcrga solib hikoya qilish rasmga aylangan. Shu sababli xotirasi kuchli kishilar paydo bo\u02bbladi. Kuchli xotira ko\u02bbp tillarni oson egallashga imkon beradi. Shu bois qadimgi ajdodlarimiz kamida uch-to\u02bbrt tilda erkin gaplasha olgan. Bu ilm-fan taraqqiyotida, ayniqsa, tarjima sohasida juda qo\u02bbl kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-bobolarimiz qadimgi suriyon, yahudiy, yunon, sanskrit va boshqa unutilib ketayotgan tillardan ham qimmatli asarlarni o\u02bbz tillariga tarjima qilishgan. Ayniqsa, bu odat Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelib, Qur\u02bconi karimni yod olish ehtiyoji vujudga kelgan davrlarda hamda shu din orqali ilm-ma\u02bcrifatni egallashga keng yo\u02bbl ochilgandan so\u02bbng nihoyatda ommalashdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu davrda ko\u02bbplab asarlar, jumladan, qadimgi yunon faylasuflari Suqrot, Aflotun, Arastu, Arximed, Yevklid, Gipparx, Gippokrat, Ptolomey va boshqalarning asarlari ham arab tiliga tarjima qilina boshlandi. Bu, bir tomondan, islom diniga e\u02bctiqod qiluvchi mamlakatlarda ilm-fanning rivojlanishiga, ikkinchi tomondan, keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ham antik davr fan va madaniyatining qayta jonlanishiga, Yevropa uyg\u02bbonish davriga zamin bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muzaffar Xayrullayev bu davrni \u201cSharq uyg\u02bbonish davri\u201d deb atadi. Totalitar kommunistik mafkura oqni qora deb, O\u02bbrta Osiyo xalqlarini \u201cmadaniyati past, qoloq, turmush tarzi ibtidoiy darajadagi feodal munosabatlar ta\u02bcsirida qotib qolgan xalqlar\u201d tarzidagi g\u02bbayri ilmiy baholashni zo\u02bbr berib targ\u02bbib etayotgan bir davrda bunday atamani ishlatish haqiqatdan ham katta ilmiy jasorat edi. Olimning bu jasorati o\u02bbsha davrda keng e\u02bctirof etildi. Jumladan, o\u02bbtgan asrning 70-yillari boshida Toshkentda bo\u02bblib o\u02bbtgan \u201cHozirgi zamon fanlarining falsafiy muammolari\u201d mavzuidagi ilmiy-nazariy konferensiyada Moskvada nashr etiladigan \u201cFilosofskiye nauki\u201d jurnalining bosh muharriri V. Gott so\u02bbz olib, \u201cMuzaffar Xayrullayevning falsafa tarixiga, falsafiy fanlar taraqqiyotiga qo\u02bbshgan hissasi haqiqatdan ham tahsinga loyiq. U falsafa tarixida forobiyshunoslik yo\u02bbnalishini taraqqiy ettirib, fanda butun boshli ilmiy maktab yaratishga erishdi\u201d, degan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">M. Xayrullayev (1951 \u2014 1954) aspiranturada mantiq ilmi bo\u02bbyicha tadqiqot olib borgan va shu fanning ravnaq topishi yo\u02bblida buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy katta ishlarni amalga oshirganini chuqur anglab yetgan. Darhaqiqat, Abu Nasr Forobiy Aristoteldan keyin mantiq ilmini yuqori cho\u02bbqqiga ko\u02bbtara olgan eng yirik mutafakkirdir. Ayniqsa, uning sillogizmlar nazariyasiga qo\u02bbshgan hissasi mantiq fani tarixida alohida ahamiyatga ega. M. Xayrullayev Forobiyning ulkan ilmiy merosini bitta ilmiy-tadqiqot instituti doirasida amalga oshirish mumkin emasligini tushunib yetib, hamkorlikka Falsafa va huquq institutidan tashqari Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, moskvalik va olma-otalik olimlarni ham da\u02bcvat etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma asarlari qo\u02bblyozmalarini o\u02bbrganish uchun butun boshli tarjimonlar guruhini shakllantiradi. Ular Forobiyning arab tilida yozilgan qo\u02bblyozmalarini peshma-pesh tarjima qilib, ularga sharhlar ham yozishadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu tariqa, Forobiy zamondoshlari va mutafakkir haqida izlanishlar olib borgan keyingi davr olimlarining ham ilmiy merosi tadqiq etila boshlandi. O\u02bbzbekistonda O\u02bbrta asrlar falsafa tarixini tadqiq etuvchi ilmiy-ijodiy maktab shakllandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz Muzaffar Xayrullayevni yoshlar tarbiyasiga alohida e\u02bctibor qaratgan jonkuyar ustoz va murabbiy, mas\u02bculiyatli rahbar sifatida ham yaxshi bilamiz. U 1970 yilning boshlarida Toshkent davlat universiteti (hozirgi O\u02bbzbekiston Milliy universiteti) falsafa bo\u02bblimi talabalariga \u201cO\u02bbrta va Yaqin Sharq falsafasi tarixi\u201d bo\u02bbyicha maxsus kursdan saboq bergan. Kamina ham shu kursni tinglash sharafiga muyassar bo\u02bblganman. Ustozning jussasi kichik bo\u02bblsa-da, harakatlari chaqqon, ko\u02bbzlari yonib turar, gaplari vazmin va fikrlarida mantiq kuchli edi. Murakkab masalalarni ham sodda va tushunarli qilib ifoda eta olar, ma\u02bcruzalarini o\u02bbta mahorat bilan o\u02bbqirdi. Auditoriyaning holatini sinchkovlik bilan kuzatib turar, agar tinglovchilarning toliqqanini sezsa, ma\u02bcruzani joyida to\u02bbxtatib, \u201cEndi bir rivoyat eshitinglar\u201d, deb mavzuga aloqador biror sharqona rivoyatni hikoya qilar edi. Bu usul bilan tinglovchilarning charchog\u02bbini olardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustoz ilm yo\u02bblida hech kimdan qimmat\u00adli maslahatini ayamasdi. Uning uchun laborant ham, kichik ilmiy xodim ham, aka\u00addemik ham birdek edi. Shu sababli kattayu kichik ilm ahli hech tortinmasdan domla qabuliga kirib kelaverardi. Ustoz haqiqiy fan fidoyilarini hurmat qilar va ularga ilm bilan shug\u02bbullanish uchun zarur sharoit yaratib berardi. Bu haqda shogirdlaridan biri shunday degan edi: \u201cMuzaffar Muhiddinovichning rahbarligida ishlash rohat. Ilmda muvaffaqiyatga erishsang, maqtoviga sazovor bo\u02bblasan, ishlashga barcha sharoitlarni yaratib qo\u02bbyadi, kamchilikka yo\u02bbl qo\u02bbysang, seni koyish o\u02bbrniga, ularni o\u02bbzi tuzatib qo\u02bbya qoladi. Sen esa yo\u02bbl qo\u02bbygan xatolaringga o\u02bbzing hijolat chekib, bunday kamchilikka qayta yo\u02bbl qo\u02bbymaydigan bo\u02bblasan. Ustoz ana shunday bag\u02bbrikeng insondir\u201d. Muzaffar Xayrullayev Markaziy Osiyoda yashab o\u02bbtgan mutafakkirlarning kelib chiqishi haqida gap borganda, \u201cular Markaziy osiyolik Sharq mutafakkirlaridir\u201d, degan nuqtai nazarni qat\u02bciy turib himoya qilar edi. Bu fikrni Ibrohim Mo\u02bbminov ham, Omonulla Fayzullayev ham yoqlagan. Lekin o\u02bbtgan asrning 70 \u2014 80-yillarida ro\u02bby berayotgan milliy uyg\u02bbonish jarayoni ta\u02bcsirida har bir respublika ziyolilari \u201cbu \u2014 bizning bobokalonimiz, bunisi esa seniki\u201d qabilidagi ayirmachilik siyosatini avj oldirishgan, buning oqibatida hammamiz uchun birday qadrdon bobokalonlarimizni bo\u02bblishib olish boshlangandi. Ammo, shunga qaramasdan, atoqli olim \u201cMarkaziy Osiyoda yashagan xalqlarning etnik kelib chiqishi birdir. O\u02bbtmishda o\u02bbtgan har bir mutafakkir o\u02bbzbekka ham, tojikka ham, qozoqqa ham, qirg\u02bbizga ham, turkmanga ham, qoraqalpoqqa ham birday aziz va ular har birimizning bobokalonimizdir. Biz \u201cbo\u02bblib tashla va ularning ustidan hukmronlik qil\u201d, degan siyosatga qarshi birlashish, hamjihatlik yo\u02bblidan borishimiz kerak. Shunda bizning ustimizda hukm yuritishga jur\u02bcat qila olishmaydi\u201d, degan qat\u02bciy fikrda turardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ustozning bu fikrlari bugungi mustaqil taraqqiyot yo\u02bblidan borayotgan mamlakatimiz olimlari uchun ham dolzarb ahamiyatga ega yondashuvdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muzaffar Xayrullayev Markaziy Osiyo mutafakkirlari merosini tadqiq etish asnosida mintaqamizda bundan ming yillar ilgari ham taraqqiy etgan yaxlit, mo\u00adnolit madaniy qatlam bo\u02bblganligi va biz, Markaziy Osiyo xalqlari ana shu yuksak madaniy merosning qonuniy vorislari ekanligimizni keng ilmiy jamoatchilik oldida atroflicha asoslab bergan olimlardan biri sifatida bugungi yoshlar uchun ibrat bo\u02bblishga munosibdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Akademikning ilmiy mehnatlari mustaqillik yillarida munosib baholanib, Beruniy nomidagi davlat mukofoti hamda \u201cMehnat shuhrati\u201d ordeni bilan taqdirlangani ham fikrimizga dalil bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning salohiyatli shogirdlaridan Asomiddin O\u02bbrinboyev, Ubaydulla Uvatov singari olimlar milliy ma\u02bcnaviyatimiz taraqqiyotiga salmoqli hissa qo\u02bbshishgan, taniqli manbashunos olimlardan Ashraf Ahmedov, Abdumajid Madraimov, akademik Dilorom Yusupova, Mahmud Hasanov, Surayyo Karimova, Bahrom Abduhalimov, Mahbuba Abdullayeva, Royiq Bahodirov, Shovosil Ziyodov, Muhammadjon Qodirov, Mahmudjon Nuriddinov, Abduqodir Zohidov va boshqalar ustoz boshlab bergan ma\u02bcnaviy merosimizni rivojlantirishdek sharafli yo\u02bblda, Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qilib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar akademik Muzaffar Xayrullayev hayot bo\u02bblganida bugungi kunlarda 90 yoshga kirib, yurtimizda qad ko\u02bbtarayotgan Yangi O\u02bbzbekistonning ma\u02bcnaviy taraqqiyotiga hamda bo\u02bblajak uchinchi Renessansning ro\u02bbyobga chiqishiga o\u02bbzining salmoqli hissasini qo\u02bbshgan bo\u02bblar edi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Baxtiyor TO\u02bbRAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Vazirlar Mahkamasi huzuridagi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\u00a0<\/strong><strong>direktori Bosh maslahatchisi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>falsafa fanlari doktori, professor.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cXalq so\u02bbzi\u201d gazetasi 2022 yil 7 yanvar, \u2116 4 (8066)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Suhbatlarning birida taniqli faylasuf Omonulla Fayzullayev \u201cAgar muallimi avval \u2014 birinchi muallim Aristotel, muallimi as-soniy \u2014 ikkinchi muallim Forobiy bo\u02bblsa, akademik Muzaffar Xayrullayev muallimi as-solis \u2014 uchinchi muallimdir\u201d, deya atoqli olim ilmiy-ijodiy merosiga yuksak baho bergandi. Bu akademik Xayrullayevning Abu Nasr Forobiy ilmiy merosini qayta tiklashga qo\u02bbshgan ulkan hissasi hamda jahon forobiyshunosligi borasida dunyo faylasuflari &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19728,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>UCHINCHI MUALLIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"UCHINCHI MUALLIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Suhbatlarning birida taniqli faylasuf Omonulla Fayzullayev \u201cAgar muallimi avval \u2014 birinchi muallim Aristotel, muallimi as-soniy \u2014 ikkinchi muallim Forobiy bo\u02bblsa, akademik Muzaffar Xayrullayev muallimi as-solis \u2014 uchinchi muallimdir\u201d, deya atoqli olim ilmiy-ijodiy merosiga yuksak baho bergandi. Bu akademik Xayrullayevning Abu Nasr Forobiy ilmiy merosini qayta tiklashga qo\u02bbshgan ulkan hissasi hamda jahon forobiyshunosligi borasida dunyo faylasuflari &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-01-07T13:21:26+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220107_xalqsozi.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz\",\"name\":\"UCHINCHI MUALLIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220107_xalqsozi.jpg\",\"datePublished\":\"2022-01-07T13:21:26+00:00\",\"dateModified\":\"2022-01-07T13:21:26+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220107_xalqsozi.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220107_xalqsozi.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"UCHINCHI MUALLIM\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"UCHINCHI MUALLIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"UCHINCHI MUALLIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Suhbatlarning birida taniqli faylasuf Omonulla Fayzullayev \u201cAgar muallimi avval \u2014 birinchi muallim Aristotel, muallimi as-soniy \u2014 ikkinchi muallim Forobiy bo\u02bblsa, akademik Muzaffar Xayrullayev muallimi as-solis \u2014 uchinchi muallimdir\u201d, deya atoqli olim ilmiy-ijodiy merosiga yuksak baho bergandi. Bu akademik Xayrullayevning Abu Nasr Forobiy ilmiy merosini qayta tiklashga qo\u02bbshgan ulkan hissasi hamda jahon forobiyshunosligi borasida dunyo faylasuflari &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-01-07T13:21:26+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220107_xalqsozi.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz","name":"UCHINCHI MUALLIM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220107_xalqsozi.jpg","datePublished":"2022-01-07T13:21:26+00:00","dateModified":"2022-01-07T13:21:26+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220107_xalqsozi.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/20220107_xalqsozi.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19730&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"UCHINCHI MUALLIM"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19730"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19730"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19730\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19731,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19730\/revisions\/19731"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19728"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19730"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19730"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19730"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}