{"id":19682,"date":"2022-01-06T11:00:44","date_gmt":"2022-01-06T06:00:44","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19682"},"modified":"2022-01-06T11:00:44","modified_gmt":"2022-01-06T06:00:44","slug":"jome%ca%bc-as-sahih-qur%ca%bconi-karimdan-k%d0%b5yingi-asosiy-manba","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cJOME\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 QUR\u02bcONI KARIMDAN K\u0415YINGI ASOSIY MANBA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>D<\/strong><strong>unyodagi barcha muhaddis, faqih, usuliy, mutakallim, nahviy va boshqa ulamolar \u201cSahihul Buxoriy\u201d Mus\u02bchafi sharifdan keyingi eng ishonchli va sahih manba ekaniga ittifoq qilgan va uni katta inoyat bilan qabul qilib, yuqori maqomga qo\u02bbygan.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Navaviy \u201cSahihi Muslim\u201dga yozgan sharhi muqaddimasida quyidagicha yozadi: \u201cQur\u02bconi karimdan keyingi eng sahih kitob Buxoriy va Muslimning \u201csahih\u201dlaridir. Ummat bu ikki kitobni qabul qilib olgan va Imom Buxoriyning kitobi ikkisidan sahihrog\u02bbi va foydalirog\u02bbidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sobit bo\u02bblgan haqiqat shuki, Imom Muslim Imom Buxoriydan foydalangan kishidir. U hadis ilmida Imom Buxoriy benazir ekanini e\u02bctirof qilgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Dora Qutniy yozadi: \u201cImom Buxoriy bo\u02bblmaganida, Imom Muslim ketmasdi ham, kelmasdi ham. Imom Muslim nima qilgan? Faqatgina Imom Buxoriyning kitobini olib, uning asosida ba\u02bczi hadislarni chiqargan va ba\u02bczi ziyodalar kiritgan, xolos\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz Shamsiddin Zahabiy \u201cTarixul Islom\u201d kitobida quyidagilarni yozadi: \u201cAmmo Buxoriyning \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201di Islom dinining Alloh taoloning kitobidan keyingi eng ulug\u02bb va afzal kitobidir. U kitob bizning vaqtimizda odamlar uchun eng oliy sanaddir. Ular o\u02bbttiz yildan buyon uni eshitish oliy maqom ekanidan xursand bo\u02bblib yuradi. Bugun qanday bo\u02bblishini o\u02bbzingiz bilib olavering. Agar bir odam u kitobni eshitish uchun ming farsax yo\u02bbl yursa, safari zoye bo\u02bblmaydi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu kitob haqida so\u02bbz ochilar ekan, beixtiyor o\u02bbquvchining ko\u02bbz o\u02bbngida sahih hadislar va mashaqqatli safar qiyinchiligi gavdalanadi. Ammo biz bu maqolada mashaqqatli safar yoki Imom Buxoriyning quvvai hofizasi haqida so\u02bbz yuritmoqchi emasmiz. Balki bu kitobni yozishga sabab bo\u02bblgan omillar hamda \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201dga to\u02bbg\u02bbrisida aytilgan fikrlar va uning saqlanib qolgan nusxalari haqida imkon qadar ma\u02bclumot berib o\u02bbtmoqchimiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibrohim ibn Ma\u02bcqal Nasafiydan rivoyat qilinadi: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy bunday dedi:\u00a0<strong>\u201cIs\u02bchoq ibn Rohavayhning huzurida ekanimizda, u: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan sahihlarini ixcham holda jamlasanglar edi\u201d, dedi. Shunda qalbimga buni amalga oshirish fikri tushdi va \u201cJome\u02bc as-Sahihni\u201d to\u02bbplashga kirishdim\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ali G\u02bbassoniy rivoyatida Imom Buxoriy bunday deydi:\u00a0<strong>\u201cMen uni\u00a0<\/strong>(ya\u02bcni,\u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d kitobidagi sahih hadislarni)<strong>\u00a0olti yuz ming hadis orasidan tanlab oldim\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><sup>[2]<\/sup><\/a><strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ismoiliy esa, Imom Buxoriydan qilgan rivoyatida bunday deydi:\u00a0<strong>\u201cMen bu kitob\u00a0<\/strong>(ya\u02bcni,\u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d)<strong>ga faqat sahih rivoyatlarni kiritdim. Ammo sahih rivoyatlardan kitobga kiritmay tark qilganim, kiritganimdan ko\u02bbra ko\u02bbproq bo\u02bbldi\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn3\" name=\"_ftnref3\"><sup>[3]<\/sup><\/a><strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana Ismoiliy:\u00a0<strong>\u201cAgar Imom Buxoriy o\u02bbzi bilgan barcha sahihlarni bunga\u00a0<\/strong>(ya\u02bcni,\u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d)<strong>\u00a0kiritganida, birgina bobning o\u02bbzida sahobalardan (shu bobga doir bo\u02bblgan) ko\u02bbplab rivoyatlar va ularning rivoyat yo\u02bbnalishidan ko\u02bbpini jamlagan bo\u02bblardi. Bas shunda kitob, juda katta bo\u02bblib ketardi\u201d<\/strong>\u00a0dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu haqda Ibrohim ibn Ma\u02bcqal Nasafiy, Imom Buxoriydan rivoyat qilib, bunday deydi:\u00a0<strong>\u201cMen \u201cJome\u02bc\u201d kitobimga faqat sahihlarni kiritdim. Kitob uzayib ketmasligi uchun (ko\u02bbplab) sahihlarni tark etdim\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn4\" name=\"_ftnref4\"><sup>[4]<\/sup><\/a><strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Firabriy Muhammad ibn Abu Hotam Imom Buxoriydan rivoyat qiladi:\u00a0<strong>\u201cTushimda Muhammad ibn Ismoilni ko\u02bbrdim. U Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ortlaridan yurib borardi. Qachonki Nabiy sollallohu alayhi vasallam qadamlarini ko\u02bbtarsalar, o\u02bbsha joyga Imom Buxoriy qadamini qo\u02bbyar edi\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Firabriy va Najm ibn Fuzayl ham shunga o\u02bbxshash tush ko\u02bbrganini rivoyat qilib keltirgan.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn5\" name=\"_ftnref5\"><sup>[5]<\/sup><\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlab o\u02bbtganimizdek, bu kitobni barcha davrlar ulamolari eng to\u02bbg\u02bbri va mo\u02bbtabar manba deb e\u02bctirof etgan. Ba\u02bczilarda \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d haqida yuzaga kelgan noto\u02bbg\u02bbri tasavvurning negizi faqat roviylarning ixtilofi sabablidir<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn6\" name=\"_ftnref6\"><sup>[6]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu, ba\u02bczilar o\u02bbylaganidek, \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201dga salbiy yondashuvni keltirib chiqarmaydi. Balki bu tabiiy hol bo\u02bblib, muhaddis ulamolar o\u02bbz musannifotini yozishda ilmiy jihatiga qanchalik diqqat bilan yondashganini, o\u02bbz shayxlaridan olgan hadislarni qayta ko\u02bbrib chiqib, xatolarini to\u02bbg\u02bbrilashda davom etganini, manbalarga qayta-qayta murojaat qilishga o\u02bbta talabchan bo\u02bblgani va uni puxta bilganini fikr qilish imkonini beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday e\u02bctiborni nafaqat \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d, balki Imom Molikning \u201cMuvatto\u201d kitobi haqida ham aytishimiz mumkin. Unda ham roviylarga qayta-qayta murojaat qilingani uchun hadis rivoyatlari bir nechta bo\u02bblganini ko\u02bbrishimiz mumkin. Bundan tashqari, boshqa hadis kitoblarida ham roviy va rivoyatlarning ko\u02bbpligi musulmonlar dalillarning ishonchli va aniqligiga behad e\u02bctiborli bo\u02bblganidan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy o\u02bbz musannifotlariga katta e\u02bctibor qaratgan. Bu haqda u bunday deydi: \u201cBarcha kitoblarimni uch martadan tasnif qilib chiqdim\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn7\" name=\"_ftnref7\"><sup>[7]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d xususida Hofiz ibn Hajar bunday deydi:\u00a0<strong>\u201cImom Buxoriy undagi hadislarni shaharlardan to\u02bbplagan bo\u02bblsa-da, ularni tartibga solish va boblarga ajratib yozishni Masjidul haromda boshlagan. O\u02bbn olti yil mobaynida ularni qog\u02bbozga tushirgan. Ammo bu muddatni to\u02bblig\u02bbicha Makkada o\u02bbtkazmagan\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Adiy bir qancha hadis shayxlaridan qilgan rivoyatida:\u00a0<strong>\u201cImom Buxoriy \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d kitobini Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qabrlari va minbarlari o\u02bbrtasida yozgan. Har bir hadisni yozishdan oldin ikki rakaat namoz o\u02bbqirdi\u201d,<\/strong>\u00a0deydi.Bu haqda Imom Buxoriyning o\u02bbzi bunday degan: \u201c<strong>Sahih\u201d kitobiga g\u02bbusl qilmasdan va ikki rakat namoz o\u02bbqimasdan oldin biror bir hadisni kiritmadim\u201d.<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn8\" name=\"_ftnref8\"><sup>[8]<\/sup><\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana:\u00a0<strong>\u201cJome\u02bc as-Sahih\u201cni 16 yil davomida to\u02bbplagan 600 ming hadisdan tasnif qildim. Uni o\u02bbzim bilan Alloh o\u02bbrtasida hujjat qildim\u201d<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn9\" name=\"_ftnref9\"><sup>[9]<\/sup><\/a><strong>.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana:\u00a0<strong>\u201cJome\u02bc as-Sahih\u201c kitobimni Masjidul haromda tasnif qildim. Ikki rakat namoz o\u02bbqib, Alloh taolodan istixora qilib, sahih ekaniga ishonch hosil qilmagunimcha biror hadisni unga kiritmadim\u201d,\u00a0<\/strong>dedi.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn10\" name=\"_ftnref10\"><sup>[10]<\/sup><\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ja\u02bcfar Uqayliy:\u00a0<strong>\u201cImom Buxoriy \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d kitobini tasnif qilgach, uni Ibn Madiniy, Ahmad ibn Hanbal, Yahyo ibn Muin va boshqalarga ko\u02bbrsatdi. Ular kitob haqida yaxshi fikr bildirib, to\u02bbrtta hadisdan boshqa barchasi sahih ekaniga guvohlik berdi\u201d,\u00a0<\/strong>dedi. Uqayliy:<strong>\u00a0\u201cImom Buxoriy aytganidek, so\u02bbz sahihdir\u201d,\u00a0<\/strong>dedi.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn11\" name=\"_ftnref11\"><sup>[11]<\/sup><\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy odamlar hadislarni va \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d kitobini yozib olishi uchun ilmiy majlislar tashkil etgan. Firabriyning aytishicha, Imom Buxoriyning o\u02bbzidan to\u02bbqson ming kishi hadis tinglagan. Undan hadis tinglagan oxirgi odam Qozi Husayn Mahomiliy bo\u02bblgan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn12\" name=\"_ftnref12\"><sup>[12]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Rushayd \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d haqida bunday deydi:\u00a0<strong>\u201cSo\u02bbng bu kitob Firabriydan mutavotir bo\u02bbldi. Bas, musulmonlar uni marjon qilib taqib oldi va unga ijmo qildi\u201d<\/strong>.<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn13\" name=\"_ftnref13\"><sup>[13]<\/sup><\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201dning qo\u02bblyozma nusxalari saqlanib qolganmi yoki yo\u02bbqmi? G\u02bbarb va Sharqdagi musulmonlar \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201dning nusxalariga ega bo\u02bblib, ularni masjidlar, xos kutubxonalar va umumiy kutubxonalarga qo\u02bbyishga, barchaning birdek foydalanishiga talabchan bo\u02bblgan. Keyinchalik musulmon mamlakatlari bosib olingach, u kitob va qo\u02bblyozmalar olib ketilgan va turli davlatlardagi kutubxonalarga topshirilgan. \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201dning qo\u02bblyozma nusxalari eng ko\u02bbp yozilgan asar sifatida e\u02bctirof etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozir kunda \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201dning to\u02bbliq shakli yoki ba\u02bczi qismlardan iborat qo\u02bblyozma nusxalari dunyoning 2327 (ikki ming uch yuz yigirma yetti) kutubxonasida saqlanmoqda. Jumladan: Madinai munavvaradagi \u201cMalik Abdulaziz\u201d kutubxonasida bu kitobning 226 ta asl nusxasi mavjud. Ularning ba\u02bczisi to\u02bbliq va boshqalari bo\u02bblaklardan iborat<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftn14\" name=\"_ftnref14\"><sup>[14]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriy va uning \u201cJome\u02bc as-Sahih\u201d kitobi haqida imkon qadar ma\u02bclumot berib o\u02bbtdik. Bu ma\u02bclumotlar allomaning hayoti va asarlarini yanada qiziqib o\u02bbrganishimizga turtki bo\u02bblsa, ajab emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>\u00a0<\/strong><span style=\"font-size: 12pt;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar:<\/strong><\/span><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u00a0<\/strong>Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. \u201cOdoblar xazinasi\u201d kitobi. Toshkent shahri. \u201cSharq\u201d nashriyoti. 2011 yil.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Doktor Muhammad ibn Abdulkarim ibn Ubayd. \u201cRivoyat va nusax al Jome\u02bc as-Sahih\u201d kitobi. Makkai Mukarrama shahri. 2006 yil.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az Zahabiy \u201cTarix al Islam va vafiyyot al Mashahir val A\u02bclam\u201d kitobi. Bayrut shahri. \u201cDorul kutub al Arabiy\u201d nashriyoti. 1987 yil.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibn Hajar Asqaloniy. \u201cFathul Boriy\u201d \u201cDorul Ma\u02bcrifa\u201d nashriyoti. Bayrut 1379hijriy sana.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Abu Bakr Ahmad ibn Ali Xatib al Bag\u02bbdodiy. \u201cTarix Bag\u02bbdod\u201d kitobi \u201cDorul kutub al ilmiya\u201d nashriyoti. Bayrut-Lubnon.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shamsiddin Zahabiy. \u201cSiyar A\u02bclam Nubala\u201d \u201cMuassasa ar Risala\u201d nashriyoti. Bayrut. 1993 yil.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>\u00a0Ibn Hajar Asqaloniy. \u201cFathul Boriy\u201d \u201cDorul ma\u02bcrifa\u201d nashriyoti. Bayrut 1379 hijriy sana. Muqaddima.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref2\" name=\"_ftn2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>\u00a0O\u02bbsha manba. Muqaddima.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref3\" name=\"_ftn3\"><sup>[3]<\/sup><\/a>\u00a0O\u02bbsha manba. Muqaddim.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref4\" name=\"_ftn4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>\u00a0O\u02bbsha manba. Muqaddima.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref5\" name=\"_ftn5\"><sup>[5]<\/sup><\/a>\u00a0O\u02bbsha manba. Muqaddima.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref6\" name=\"_ftn6\"><sup>[6]<\/sup><\/a>\u00a0Hadis matnining har-xil lafzlar bilan rivoyat qilinishidir.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref7\" name=\"_ftn7\"><sup>[7]<\/sup><\/a>\u00a0Shamsiddin Zahabiy. \u201cSiyar A\u02bclam Nubala\u201d \u201cMuassasa ar Risala\u201d nashriyoti. Bayrut. 1993 yil.B-403<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref8\" name=\"_ftn8\"><sup>[8]<\/sup><\/a>\u00a0Doktor Muhammad ibn Abdulkarim ibn Ubayd. \u201cRivoyat va nusax al Jome\u02bc as Sahih\u201d kitobi. Makkai Mukarrama shahri. 2006 yil.B-11<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref9\" name=\"_ftn9\"><sup>[9]<\/sup><\/a>\u00a0Doktor Muhammad ibn Abdulkarim ibn Ubayd. \u201cRivoyat va nusax al Jome\u02bc as Sahih\u201d kitobi. Makkai Mukarrama shahri. 2006 yil.B-11<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref10\" name=\"_ftn10\"><sup>[10]<\/sup><\/a>\u00a0Yuqorida aytilganidek uning tasnifi Makkai Mukarramada boshlanib Madinai Munavvarada davom etgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref11\" name=\"_ftn11\"><sup>[11]<\/sup><\/a>\u00a0Doktor Muhammad ibn Abdulkarim ibn Ubayd. \u201cRivoyat va nusax al Jome\u02bc as Sahih\u201d kitobi. Makkai Mukarrama shahri. 2006 yil. B-12.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref12\" name=\"_ftn12\"><sup>[12]<\/sup><\/a>\u00a0Doktor Muhammad ibn Abdulkarim ibn Ubayd. \u201cRivoyat va nusax al Jome\u02bc as Sahih\u201d kitobi. Makkai Mukarrama shahri. 2006 yil. B-4.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref13\" name=\"_ftn13\"><sup>[13]<\/sup><\/a>\u00a0Doktor Muhammad ibn Abdulkarim ibn Ubayd. \u201cRivoyat va nusax al Jome\u02bc as Sahih\u201d kitobi. Makkai Mukarrama shahri. 2006 yil. B-11<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19679#_ftnref14\" name=\"_ftn14\"><sup>[14]<\/sup><\/a>\u00a0Doktor Muhammad ibn Abdulkarim ibn Ubayd. \u201cRivoyat va nusax al Jome\u02bc as Sahih\u201d kitobi. Makkai Mukarrama shahri. 2006 yil. B-33<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Olimxon Yusupov,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Hadis ilmi maktabi rektori<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dunyodagi barcha muhaddis, faqih, usuliy, mutakallim, nahviy va boshqa ulamolar \u201cSahihul Buxoriy\u201d Mus\u02bchafi sharifdan keyingi eng ishonchli va sahih manba ekaniga ittifoq qilgan va uni katta inoyat bilan qabul qilib, yuqori maqomga qo\u02bbygan. Imom Navaviy \u201cSahihi Muslim\u201dga yozgan sharhi muqaddimasida quyidagicha yozadi: \u201cQur\u02bconi karimdan keyingi eng sahih kitob Buxoriy va Muslimning \u201csahih\u201dlaridir. Ummat bu ikki &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19681,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cJOME\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 QUR\u02bcONI KARIMDAN K\u0415YINGI ASOSIY MANBA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cJOME\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 QUR\u02bcONI KARIMDAN K\u0415YINGI ASOSIY MANBA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Dunyodagi barcha muhaddis, faqih, usuliy, mutakallim, nahviy va boshqa ulamolar \u201cSahihul Buxoriy\u201d Mus\u02bchafi sharifdan keyingi eng ishonchli va sahih manba ekaniga ittifoq qilgan va uni katta inoyat bilan qabul qilib, yuqori maqomga qo\u02bbygan. Imom Navaviy \u201cSahihi Muslim\u201dga yozgan sharhi muqaddimasida quyidagicha yozadi: \u201cQur\u02bconi karimdan keyingi eng sahih kitob Buxoriy va Muslimning \u201csahih\u201dlaridir. Ummat bu ikki &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2022-01-06T06:00:44+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_2.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz\",\"name\":\"\u201cJOME\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 QUR\u02bcONI KARIMDAN K\u0415YINGI ASOSIY MANBA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_2.jpg\",\"datePublished\":\"2022-01-06T06:00:44+00:00\",\"dateModified\":\"2022-01-06T06:00:44+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_2.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_2.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cJOME\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 QUR\u02bcONI KARIMDAN K\u0415YINGI ASOSIY MANBA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cJOME\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 QUR\u02bcONI KARIMDAN K\u0415YINGI ASOSIY MANBA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cJOME\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 QUR\u02bcONI KARIMDAN K\u0415YINGI ASOSIY MANBA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Dunyodagi barcha muhaddis, faqih, usuliy, mutakallim, nahviy va boshqa ulamolar \u201cSahihul Buxoriy\u201d Mus\u02bchafi sharifdan keyingi eng ishonchli va sahih manba ekaniga ittifoq qilgan va uni katta inoyat bilan qabul qilib, yuqori maqomga qo\u02bbygan. Imom Navaviy \u201cSahihi Muslim\u201dga yozgan sharhi muqaddimasida quyidagicha yozadi: \u201cQur\u02bconi karimdan keyingi eng sahih kitob Buxoriy va Muslimning \u201csahih\u201dlaridir. Ummat bu ikki &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2022-01-06T06:00:44+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_2.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz","name":"\u201cJOME\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 QUR\u02bcONI KARIMDAN K\u0415YINGI ASOSIY MANBA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_2.jpg","datePublished":"2022-01-06T06:00:44+00:00","dateModified":"2022-01-06T06:00:44+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_2.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2022\/01\/bukhari_buxoriy2022_2.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19682&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cJOME\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 QUR\u02bcONI KARIMDAN K\u0415YINGI ASOSIY MANBA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19682"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19682"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19682\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19683,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19682\/revisions\/19683"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19681"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19682"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19682"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19682"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}