{"id":19632,"date":"2021-12-29T08:39:02","date_gmt":"2021-12-29T03:39:02","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19632"},"modified":"2021-12-28T12:39:19","modified_gmt":"2021-12-28T07:39:19","slug":"sug%ca%bbdlik-faqih-imom-ali-sug%ca%bbdiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz","title":{"rendered":"SUG\u02bbDLIK FAQIH \u2013 IMOM ALI SUG\u02bbDIY"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom fiqhiga oid kitoblarda Qoraxoniylar davrida Samarqandda ilmiy faoliyat olib borgan mashhur allomalardan biri Imom Ali Sug\u02bbdiy (vaf. 461\/1069) haqida ma\u02bclumotlar mavjud bo\u02bblib, u salaf imomlarning oxirgilaridan bo\u02bblgani qayd etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday bo\u02bblsa-da, Imom Ali Sug\u02bbdiy nomi ko\u02bbpchilikka noma\u02bclum bo\u02bblishi tabiiy. Tarixiy manba va tadqiqotlarda<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>\u00a0u haqidagi ma\u02bclumotlar tarqoq holda uchraydi. Maqolada Imom Ali Sug\u02bbdiyning hayoti va ilmiy merosiga oid ma\u02bclumotlar manbalar asosida tahlil qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandning Oqdaryo va Qoradaryo oralig\u02bbidagi yerlarini ushbu O\u02bbrta asrlarda Miyonkol deb, yana qadimroqda esa Sug\u02bbd deb atashgan. Temuriylar davrida u o\u02bbn to\u02bbrt<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>\u00a0tumanga bo\u02bblingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keyinchalik Shovdor, Anhor, Ko\u02bbcha Malik, Sug\u02bbdi Xurd (Kichik Sug\u02bbd), Sug\u02bbdi Kalon (Katta Sug\u02bbd), Kabud, Navbog\u02bb, Yoryayloq, Anhori jadid, Sheroz, Aliobod, Sog\u02bbarj, Shodmon va Ishtixon kabi tumanlarga ajralgan. Kumushkent mavzei Sug\u02bbdi Xurd tumanida joylashgan. Bu tuman Nimsug\u02bbd (Yarim Sug\u02bbd) deb ham atalgan. XVI asr Shayboniylar davrida tumanning nomi o\u02bbzgarib, Ofarinkent bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Ali Sug\u02bbdiy qabri Samarqand viloyati Oqdaryo (Ofarinkent) tumanidagi Kumushkent (Samarqand-Buxoro katta yo\u02bblining bo\u02bbyidagi qabriston)da joylashgan. Qabriston o\u02bbrtasida dahmasimon katta tepalik bo\u02bblib, uning yonida masjid-xonaqoh bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharafiddin Ali Yazdiyning \u201cZafarnoma\u201d va Nizomiddin Shomiyning \u201cZafarnoma\u201d asarlarida Kumushkentdagi Imom Ali Sug\u02bbdiy haqida ma\u02bclumotlar uchraydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olim shayx Azizonning \u201cLamahot min nafahotul quds\u201d (\u201cMuqaddas xushbo\u02bbyliklardan lahzalar\u201d) asarida keltirilishicha esa, yassaviya-jahriya tariqatining uch yirik murshidi \u2013 Yaminbobo, shayx Alishayx va shayx Mavdud vafot etgach, Kumushkent mavzeida joylashgan Imom Ali Sug\u02bbdiy mozor-sufalarida dafn etilgani<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>\u00a0qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Tohirxoja \u201cSamariya\u201d asarida: \u201cHazrati Imom Ali Sug\u02bbdiy mozori Ofarinkent tumaniga qarashli Kumushkent qishlog\u02bbida. U Husayn ibn shayx Muhammad Sug\u02bbdiyning o\u02bbg\u02bblidir. Uning zamonasida Kumushkent qishlog\u02bbi Sug\u02bbdi Xurd, deb atalgan. Aytishlaricha, Imom Ali Sug\u02bbdiy Abu Hasan Karxiy Bag\u02bbdodiyning shogirdi bo\u02bblgan. Ilm tahsilini Bag\u02bbdodda olgan. \u201cSiyari kabir\u201dga oliy sharh yozgan. Buxoroda qozi bo\u02bblgan. Hazrati Yaminbobo, Mavdud shayx, shayx Ali muridi va Yaminboboning muridi shayx Ali \u2013 bu uchovining qabri ham Hazrati Imom qabristonidadur. Bu uch aziz turk mashoyixlaridan bo\u02bblib, silsilasi Ahmad Yassaviyga ulangan\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>, deb ta\u02bckidlab o\u02bbtgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSamariya\u201dda Imom Ali Sug\u02bbdiy Imom Karxiydan fiqh o\u02bbrgangani, \u201cSiyari kabir\u201d (\u201cKatta siyrat\u201d) asariga oliy sharh yozgani ta\u02bckidlangan. \u201cSaloti Mas\u02bcudiy\u201d asarining forscha nusxasida Imom A\u02bczam, Imom Muhammad, Imom Moturidiy, Imom Marg\u02bbinoniy, Imom Rustug\u02bbfaniy kabi olimlardan rivoyatlar keltirilgan va ular bilan bir qatorda Qozi Imom Ali Sug\u02bbdiyning ham fiqhiy masalalarga oid fatvolari qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMajmaul maqsud\u201d asarida Qozi Imom ruknul islom (islom tayanchi) Ali Sug\u02bbdiyning \u201cFavoid\u201d (\u201cMaqsadlar\u201d) kitobidan fiqhga oid iqtiboslar olingani ta\u02bckidlangan<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning \u201cNutaf fil fatovo\u201d (\u201cFatvolardan qatralar\u201d) asari 1974 yilda Salohiddin Nohiy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>, 1996 yilda Muhammad Nabil Bahsaliy<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>\u00a0tahqiqi asosida nashr qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cNutaf fil fatovo\u201d kitobi mo\u02bbtabar fatvo manbalaridan hisoblanadi. Fatvo uslubida yozilgani uchun fiqhiy hukm keltirilganda, uning sharhi va sabablari aytilmagan. Umumiy va mufassal qoidalarni kiritishda qisqa uslubdan foydalanilgan. Buni asarning nomidan ham anglash mumkin. Kitob muxtasar, qisqa iboralardan tuzilgan, fiqhiy matnlarga o\u02bbxshab ketadigan fatvo to\u02bbplamidir. Muallif fiqhiy hukmlarni keltirishda ehtimoliy holatlarni, muayyan bir masalaning turli ko\u02bbrinishlarini e\u02bctiborga olgan. O\u02bbquvchi va fatvo qidirganlar oson tushunishi uchun masalalar turlari va taqsimotiga alohida urg\u02bbu bergan. Fatvolarni bayon qilishda asosan Imom Abu Hanifa va uning shogirdlari Abu Yusuf, Muhammad Zufar kabi mazhab ulamolarining so\u02bbzlarini keltirgan. Undan Imom Molik, Imom Shofeiy va Imom Ahmadning fikrlari ham joy olgan. Bu holatda biror fikr boshqasidan ustun qo\u02bbyilmagan. Kitob ibodatlar (tahorat, namoz, zakot, ro\u02bbza, haj), muomalot (savdo-sotiq, ijara, sheriklik), nikoh, taloq, qozining odoblari va fiqhning boshqa boblariga tegishli ellik sakkizta kitob (bob)dan iborat. Suv (12), tahorat (34), tayammum (6), namoz (82), ro\u02bbza (27), zakot (49), haj (40), nikoh (101), taloq (11), qozi odobi (20), guvohlik (50) kabi boblarda mingdan ortiq mavzu bo\u02bbyicha o\u02bbn minglab fatvolar tasnif etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSharhul jomiul kabir li Shayboniy fi furuil fiqhil hanafiy\u201d (\u201cHanafiy furu\u02bc fiqhi haqidagi Shayboniyning \u201cJomiul kabir\u201d asariga sharh\u201d) \u201cSharhu kitobil xisof fi adabil qoziy ala mazhab Abi Hanifa\u201d (\u201cAbu Hanifa mazhabida qozi odoblari jamlangan kitob sharhi\u201d) kabi asarlarni tasnif etgani tadqiqotlarda<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a>\u00a0aniqlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Faxriddin Husayn ibn Mansur O\u02bbzjandiy Farg\u02bboniyning \u201cFatvoyi qozixon\u201d asarida<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>\u00a0Imom Ali Sug\u02bbdiydan bir necha iqtiboslar keltirib o\u02bbtilgan. Jumladan, go\u02bbdak yoshidagi bolaga tegishli hovlini o\u02bbziniki qilib olsa yoki vaqf qilib olsa, shuncha miqdorni to\u02bblashi vojib bo\u02bblishi haqida (216 bet); (mulkga omonat qoldirilgan odam o\u02bbzining o\u02bbrniga kichik bolani qo\u02bbyib ketishi masalasida) har bir holatga javobgar bo\u02bblmasligi to\u02bbg\u02bbrisida (268 bet); ekinzorida bir hayvonni ko\u02bbrsa, mulkidan ketgan narsa unga to\u02bblanmaydi. Agar haydaganidan so\u02bbng bo\u02bblsa, to\u02bblanishi haqida (368 bet); mulkidan (ekinzoridan) chiqarishi kerak, haydab yubormasligi lozim. Chiqarganidan so\u02bbng haydab yuborsa, egallab olgan javobgarga aylanadi. Egasiga qaytarish uchun haydab yuborsa, yo\u02bblda qiynalib qolsa yoki oyog\u02bbi sinib qolsa, javobgar bo\u02bblishi to\u02bbg\u02bbrisida (369 bet); agar ota ijara olsa yoki yetimdan vasiyat qiluvchi ijara olsa, barcha faqihlar joizligini aytgani (445 bet) kabi fatvolar jamlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Abdulvohid \u201cSharhi fathul qodir\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>\u00a0kitobining \u201cNikoh\u201d bobida Imom Ali Sug\u02bbdiydan iqtibos olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur manbalardan ma\u02bclum bo\u02bblishicha, Imom Ali Sug\u02bbdiy mashhur faqih ulamolardan bo\u02bblgan va uning asaridan iqtiboslar keltirishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cFatovoyi hindiya\u201d kitobida: \u201cRuknul islom, shayxulislom Ali Sug\u02bbdiy\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>, deb keltirilgan. \u201cKitob e\u02bclomil axyor min fuqahoyi mazohibun no\u02bbmonil muxtor\u201dda: \u201cQozi imom Ali ibn Husayn Sug\u02bbdiy\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>, \u201cQozi imom Abul Hasan Ali Sug\u02bbdiy\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>, \u201cshayxulislom Abul Hasan Sug\u02bbdiy\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>\u00a0va \u201cruknul islom\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn15\" name=\"_ftnref15\">[15]<\/a>\u00a0deb qayd etilgan. Yuqorida nomlari aytilgan asarlarga Imom Ali Sug\u02bbdiydan fiqhiy masalalarga oid fatvolar kiritilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-ansob\u201d kitobida: \u201cQozi Abul Hasan Ali ibn Husayn Sug\u02bbdiy go\u02bbzal munozara qiluvchi fozil imom edi. U 461\/1069 yili Buxoro (hududidagi Kumushkent \u2013 M.A.)da vafot etgan\u201d<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftn16\" name=\"_ftnref16\">[16]<\/a>, deb yozilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Ali Sug\u02bbdiyning ustozlari silsilasiga ko\u02bbra: uning ustozi \u00ae Abu Bakr Muhammad ibn Fazl Buxoriy (370\/981) \u00ae Abu Muhammad Abdulloh Subazmuniy (872-952) \u00ae Abu Hafs Sag\u02bbir Buxoriy (vaf. 877) \u00ae Abu Hafs Kabir Buxoriy (767-832) \u00ae Imom Muhammad Shayboniy (vaf. 805) \u00ae Imom A\u02bczam (Abu Hanifa) (699-767) \u00ae Hammod ibn Abu Sulaymon (vaf. 739) \u00ae Ibrohim Naxfiy \u00ae Alqama \u00ae Abdulloh ibn Mas\u02bcud \u00ae Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallam. Shogridlari silsilasining bir tarmog\u02bbi: Imom Ali Sug\u02bbdiyning shogirdi \u00ac shamsul aimma Halvoniy Mavlono \u00ac faxrul islom Ali Pazdaviy (483\/1089) \u00ac Hazrati Najmiddin Umar Nasafiy (461\/1069-537\/1143) \u00ac Burhonuddin Marg\u02bbinoniy (1123-1197).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda qayd qilinganidek, ruknul islom, shayxulislom kabi unvonlar bilan sharaflangan Imom Abul Hasan Ali ibn Husayn Sug\u02bbdiy Buxoro qozisi lavozimida ham faoliyat ko\u02bbrsatgan. Tadqiqot davomida uning \u201cSharhi siyari kabir\u201d, \u201cFavoid\u201d va \u201cNutaf fil fatovo\u201d, \u201cSharhul jomiul kabir li Shayboniy fi furuil fiqhil hanafiy\u201d, \u201cSharh kitobil xisof fi adabil qoziy ala mazhabi Abi Hanifa\u201d kabi asarlarni yozgani oydinlashdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Silsilaga ko\u02bbra, Imom Ali Sug\u02bbdiy dunyoda mashhur allomalarning, ya\u02bcni Imom Burhonuddin Marg\u02bbinoniy, Imom Nasafiy, Imom Ali Pazdaviy va Imom shamsul aimma Halvoniyning ustozidir. Uning silsilasi Abu Bakr Muhammad ibn Fazl Buxoriy, Abu Hafs Kabir Buxoriy, Imom A\u02bczam, Abdulloh ibn Mas\u02bcud orqali Hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ulangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Ali Sug\u02bbdiy ziyoratgohida dafn etilgan yassaviya tariqati namoyandalari Yamin bobo, Ali shayx va Mavdud shayx haqidagi izlanishlar davom etmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO\u02bbYXATI<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Brockelman C. Geschiste der Arabischen litteratur. \u2013 Leiden: E.J.Brill, 1949. \u2013 P. 460; Kattayev K. Samarqandnoma. \u2013 T.: Mashhur press, 2017. \u2013 308 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Kattayev K. Samarqand tumanlari \/\/ Samarqand gazetasi. 1993 yil 18-25 may soni.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Olim shayx Azizon. Lamahot min nafahotul quds \/\/ Kattayev K. tarjimasi. \u2013 T.: Qaqnus, 2020. \u2013 B. 172.; Bu haqida yana qarang: Nosiriddin Buxoriy. Tuhfat uz-zoyirin. Toshbosma. Buxoro. Toshbosma, fors tilida. 1328\/1909. \u2013 Buxoro. \u2013 144 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Abu Tohirxoja. Samariya \/\/ Meros. \u2013 T.: 1991 \u2013 B. 57.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Kattayev K. Samarqandnoma. \u2013 T.: Mashhur press, 2017. \u2013 308 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Shayxulislom qoziul quzzot Abul Hasan Ali ibn Husayn ibn Muhammad Sug\u02bbdiy. Nutaf fil fatovo \/\/ Tahqiqchi: Salohiddin Nohiy. \u2013 Bayrut: Dorul furqon, 1974. \u2013 984 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Shayxulislom qoziul quzzot Abul Hasan Ali ibn Husayn ibn Muhammad Sug\u02bbdiy. Nutaf fil fatovo \/\/ Tahqiqchi: Muhammad Nabil Bahsaliy. \u2013 Bayrut, Lebanon: Dorul kitabul ilmiya, 1996. \u2013 552 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Qobilov N. Sug\u02bbdiy allomalar \/\/ http:\/\/old.bukhari.uz. 5 yanvar 2018 yil.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Imom Faxriddin Husayn ibn Mansur Qozixon O\u02bbzjandiy Farg\u02bboniy. Fatvoyi qozixon \/\/ Tahqiqchi: Salim Mustafo Badriy. \u2013 Bayrut, Lebanon: Dorul kitabul ilmiya, 2009. 1-juz. \u2013 605 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Muhammad ibn Abdulvohid. Sharh fathil qodir \/\/ Tahqiqchi: Shayx Abdurazzoq G\u02bbolib Mahdiy. \u2013 Bayrut, Lebanon: Dorul kitabil ilmiya, 2009. \u2013 B. 194, 277, 279.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Shayx Nizom va hind ulamolari. Fatovoyi hindiya \/\/ Tahqiqchi: Abdulatif Hasan Abdurahmon. \u2013 Bayrut-Lebanon: Dorul kitabil ilmiya, 2015. \u2013 B. 178, 274.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0Mahmud ibn Sulaymon Hanafiy Rumiy Kafaviy. Kitob e\u02bclomil axyor min fuqahoyi mazohibun no\u02bbmonul muxtor \/\/ Tahqiqchi: Abdulatif Hasan Abdurahmon. \u2013 Bayrut, Lebanon: Dorul kitabil ilmiya, 2015. \u2013 B. 476 (Bundan keyin \u2013 Kafaviy).<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>\u00a0Kafaviy. \u2013 B. 474, 658.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref14\" name=\"_ftn14\">[14]<\/a>\u00a0Kafaviy. \u2013 B. 546.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref15\" name=\"_ftn15\">[15]<\/a>\u00a0Shu joyda: \u2013 B. 483.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19629#_ftnref16\" name=\"_ftn16\">[16]<\/a>\u00a0Muhammad ibn Abdulkarim Sam\u02bconiy. Al-Ansob (Nasabnoma) \/ Tarj.: Abdul G\u02bbofir Razzoq. Rahimov K. \u2013 Buxoro: Buxoro, 2020. \u2013 213 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mehrojiddin AMONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-talqiqot markazi ilmiy xodimi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori (PhD)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Islom fiqhiga oid kitoblarda Qoraxoniylar davrida Samarqandda ilmiy faoliyat olib borgan mashhur allomalardan biri Imom Ali Sug\u02bbdiy (vaf. 461\/1069) haqida ma\u02bclumotlar mavjud bo\u02bblib, u salaf imomlarning oxirgilaridan bo\u02bblgani qayd etiladi. Shunday bo\u02bblsa-da, Imom Ali Sug\u02bbdiy nomi ko\u02bbpchilikka noma\u02bclum bo\u02bblishi tabiiy. Tarixiy manba va tadqiqotlarda[1]\u00a0u haqidagi ma\u02bclumotlar tarqoq holda uchraydi. Maqolada Imom Ali Sug\u02bbdiyning hayoti va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19630,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[667],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SUG\u02bbDLIK FAQIH \u2013 IMOM ALI SUG\u02bbDIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SUG\u02bbDLIK FAQIH \u2013 IMOM ALI SUG\u02bbDIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Islom fiqhiga oid kitoblarda Qoraxoniylar davrida Samarqandda ilmiy faoliyat olib borgan mashhur allomalardan biri Imom Ali Sug\u02bbdiy (vaf. 461\/1069) haqida ma\u02bclumotlar mavjud bo\u02bblib, u salaf imomlarning oxirgilaridan bo\u02bblgani qayd etiladi. Shunday bo\u02bblsa-da, Imom Ali Sug\u02bbdiy nomi ko\u02bbpchilikka noma\u02bclum bo\u02bblishi tabiiy. Tarixiy manba va tadqiqotlarda[1]\u00a0u haqidagi ma\u02bclumotlar tarqoq holda uchraydi. Maqolada Imom Ali Sug\u02bbdiyning hayoti va &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-12-29T03:39:02+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-12-28T07:39:19+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/bukhari_buxoriy2021_109.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz\",\"name\":\"SUG\u02bbDLIK FAQIH \u2013 IMOM ALI SUG\u02bbDIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/bukhari_buxoriy2021_109.jpg\",\"datePublished\":\"2021-12-29T03:39:02+00:00\",\"dateModified\":\"2021-12-28T07:39:19+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/bukhari_buxoriy2021_109.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/bukhari_buxoriy2021_109.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SUG\u02bbDLIK FAQIH \u2013 IMOM ALI SUG\u02bbDIY\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SUG\u02bbDLIK FAQIH \u2013 IMOM ALI SUG\u02bbDIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SUG\u02bbDLIK FAQIH \u2013 IMOM ALI SUG\u02bbDIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Islom fiqhiga oid kitoblarda Qoraxoniylar davrida Samarqandda ilmiy faoliyat olib borgan mashhur allomalardan biri Imom Ali Sug\u02bbdiy (vaf. 461\/1069) haqida ma\u02bclumotlar mavjud bo\u02bblib, u salaf imomlarning oxirgilaridan bo\u02bblgani qayd etiladi. Shunday bo\u02bblsa-da, Imom Ali Sug\u02bbdiy nomi ko\u02bbpchilikka noma\u02bclum bo\u02bblishi tabiiy. Tarixiy manba va tadqiqotlarda[1]\u00a0u haqidagi ma\u02bclumotlar tarqoq holda uchraydi. Maqolada Imom Ali Sug\u02bbdiyning hayoti va &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-12-29T03:39:02+00:00","article_modified_time":"2021-12-28T07:39:19+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/bukhari_buxoriy2021_109.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz","name":"SUG\u02bbDLIK FAQIH \u2013 IMOM ALI SUG\u02bbDIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/bukhari_buxoriy2021_109.jpg","datePublished":"2021-12-29T03:39:02+00:00","dateModified":"2021-12-28T07:39:19+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/bukhari_buxoriy2021_109.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/bukhari_buxoriy2021_109.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19632&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SUG\u02bbDLIK FAQIH \u2013 IMOM ALI SUG\u02bbDIY"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19632"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19632"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19632\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19633,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19632\/revisions\/19633"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19630"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19632"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19632"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19632"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}