{"id":19492,"date":"2021-12-21T12:43:13","date_gmt":"2021-12-21T07:43:13","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19492"},"modified":"2021-12-21T17:37:48","modified_gmt":"2021-12-21T12:37:48","slug":"ozbekiston-misr-ilm-marifat-yolida-aloqa-koprigi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston \u2013 Misr: ilm-ma\u2019rifat yo\u2018lida aloqa ko\u2018prigi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston va Misr o\u2018rtasidagi do\u2018stona hamkorlik ko\u2018p asrlik boy tarixga ega. Movarounnahr va Misr diyorida yashab ijod qilgan ulug\u2018 bobokalonlarimizning noyob ilmiy-ma\u2019rifiy merosi butun musulmon olamining bebaho boyligi hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz Ahmad Farg\u2018oniy Misrda yashab, o\u2018lmas kashfiyotlar qilgan. Jumladan, alloma bunyod etgan, Nil daryosi suvini o\u2018lchaydigan \u201cMiqyosi Nil\u201d inshooti bugungi kunda ham Misr xalqi farovon hayoti va davlat taraqqiyotiga xizmat qilayotgani e\u2019tiborlidir. Qohira shahrida, Nil bo\u2018yida Ahmad Farg\u2018oniy sharafiga o\u2018rnatilgan haykal xalqlarimiz o\u2018rtasidagi azaliy do\u2018stlikning yorqin ramziga ham aylangan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston va Misr o\u2018rtasida ko\u2018p tomonlama aloqalar jadal rivojlanmoqda. Bu borada ikki davlat rahbarlari \u2013 Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda Prezident Abdulfattoh as-Sisiy tomonidan olib borilayotgan hamkorlik strategiyasi muhim o\u2018rin tutmoqda. O\u2018zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Misrdagi qator oliy ta\u2019lim va ilmiy-tadqiqot markazlari o\u2018rtasidagi hamkorlik muntazamlik kasb etgani ham e\u2019tiborlidir. Ayniqsa, Ta\u2019lim, fan va madaniyat bo\u2018yicha islom tashkiloti\u00a0\u2013 ICESCO bilan do\u2018stona munosabatlar rivojlanib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cIlmni Chin (Xitoy)da bo\u2018lsa-da o\u2018rgan\u201d<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yaqinda Misr Arab Respublikasi poytaxti Qohira shahrida 60 dan ziyod a\u2019zo davlat ishtirokida ICESCO Ijroiya kengashining 42-sessiyasi hamda XIV Bosh konferensiyasi bo\u2018lib o\u2018tdi. Mazkur anjumanda yurtimiz delegatsiyasi ham faol ishtirok etdi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalo, tashrif davomida O\u2018zbekiston Respublikasi Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mita va yurtimiz elchixonasi hamkorligida Misrdagi turli oliy ta\u2019lim hamda ilmiy-tadqiqot markazlarida tahsil olayotgan o\u2018zbekistonlik talaba-yoshlar bilan uchrashuv o\u2018tkazildi. Bosh qonunimiz qabul qilingan kun bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu tadbirda mashhur \u201cIlmni Chin (Xitoy)da bo\u2018lsa-da o\u2018rgan\u201d hadisiga rioya qilib, xorijiy mamlakatda ilm-fan sirlarini egallayotgan vatandoshlarimiz yutuq va muammolarini o\u2018rganib, O\u2018zbekistonda yoshlar kelajagi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, diniy-ma\u2019rifiy, ilmfan sohalaridagi tub islohotlar xususida samimiy suhbatlashdik. Do\u2018stona uchrashuvda yoshlarimizga, eng avvalo, xorijiy davlatda o\u2018zbek xalqining sha\u2019ni va faxri ekanini doimo yodda tutib, milliy o\u2018zligimizni qadrlash va ulug\u2018 alloma bobolarimizga munosib bo\u2018lishga intilish lozimligi ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Al-Azharning har bir talabasi Nasafiyni biladi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil topgandan buyon Misrning dunyoga mashhur Al-Azhar universiteti bilan hamkorlik rivojlanib bormoqda. Shu bois, bugungi kunda ko\u2018plab yoshlarimiz mazkur nufuzli oliy ta\u2019lim va ilmiy-tadqiqot muassasasida dunyo ilm-fani sirlarini o\u2018rganib, izlanishlar olib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tashrif davomida delegatsiyamiz Al-Azhar majmuasida ham bo\u2018ldi. Taniqli islomshunos olim, majmua rahbari o\u2018rinbosari Abdurahmon Muhammad ad-Duvayniy bilan uchrashuv chog\u2018ida bu yerda tahsil olayotgan O\u2018zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalariga qo\u2018shimcha sharoitlar yaratish, ularning sof islom ma\u2019rifati va aqidasini chuqur o\u2018rganishi uchun maxsus o\u2018quvlar tashkil etish bo\u2018yicha qo\u2018shimcha kelishuvga erishildi. Bu boradagi hamkorlikni rivojlantirishda ikki tomonlama professor-o\u2018qituvchilar almashinuvini kengaytirish yuzasidan amaliy takliflar bildirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018z navbatida, Abdurahmon Muhammad ad-Duvayniy uchrashuvdan mamnunligini, ikki muassasa o\u2018rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, talabalar, yosh ilmiy tadqiqotchilar, tajribali ustozlar almashinuvini yo\u2018lga qo\u2018yish, onlayn seminar, konferensiyalar o\u2018tkazishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanini ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Islom sivilizatsiyasi rivojida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abul Muin Nasafiy kabi o\u2018zbek allomalari hissasi alohida, \u2013 dedi suhbatda ad-Duvayniy. \u2013 E\u2019tiborlisi, ilm dargohimizda tahsil oladigan har bir talaba Abul Barakot Nasafiyning \u201cMadorik ut-tanzil va haqoiq ut-ta\u2019vil\u201d asarini mutolaa qilishi, chuqur o\u2018rganishi talab etiladi. Zero, ushbu kitob muqaddas islom dinining sof ilmiy ma\u2019rifatini o\u2018rganishda noyob qo\u2018llanmadir. Darhaqiqat, qadimdan O\u2018zbekiston zamini buyuk allomalarga beshik bo\u2018lgan vatan. Muhimi, bugun ham o\u2018zbek yoshlari ilm olishda buyuk ajdodlariga munosib avlod bo\u2018lib kamol topmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Do\u2018stona fikrlashuvlarda ko\u2018p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, ayniqsa, diniy ekstremizmga qarshi kurashish bo\u2018yicha Al-Azhar observatoriyasi hamda Din ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mita o\u2018rtasida imzolangan memorandum asosida ekspertlarning doimiy muloqotini tizimli tashkil etish bo\u2018yicha qo\u2018shimcha vazifalar belgilab olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u2018zbekiston \u2013 ICESCOning eng tartibli a\u2019zosi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qohira shahrida Ta\u2019lim, fan va madaniyat bo\u2018yicha islom tashkiloti (ICESCO)ning XIV Bosh konferensiyasi ham amaliy hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko\u2018tardi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tashkilot 1979-yilda tashkil topgan bo\u2018lib, bosh qarorgohi Marokash poytaxti Rabot shahrida joylashgan. Tashkilot a\u2019zo davlatlar o\u2018rtasida ta\u2019lim, fan, madaniyat va kommunikasiya sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar hamda dinlar o\u2018rtasida do\u2018stona munosabatlarni o\u2018rnatishga muhim e\u2019tibor qaratib kelmoqda. Islom olami va dunyo tamadduni rivojida O\u2018zbekistonning o\u2018rni beqiyos bo\u2018lgani bois ICESCO tashkiloti bilan o\u2018zaro hamkorlik rivojlanib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Konferensiyada Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy hamda ICESCO Bosh kotibi, doktor Salim al-Malik qatnashdi. 60 dan ortiq a\u2019zo davlat delegatsiyalari ishtirok etgan nufuzli anjumanda tashkilotning 2022-2025-yillarga mo\u2018ljallangan o\u2018rta muddatli strategiyasi taqdim etilib, kelgusi rejalar belgilab olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhokamalar davomida turli delegatsiyalarning ta\u2019lim, ilm-fan va texnologiya, madaniyat sohalarini yanada rivojlantirish borasidagi hisoboti hamda reja va takliflari ko\u2018rib chiqildi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, uning salbiy asoratlarini bartaraf etish, sog\u2018liqni saqlash, ekologik muammolarga ham alohida e\u2019tibor qaratildi. Pandemiyadan so\u2018ng ta\u2019lim sohasidagi yangilanish, o\u2018zgarishlar haqida ma\u2019ruzalar tinglandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ICESCO Bosh kotibi Salim al-Malik tashkilotga a\u2019zo davlatlarning ishlarini tahlil qilar ekan, eng tartibli a\u2019zo davlatlar qatorida O\u2018zbekistonni ham e\u2019tirof etdi. Bundan tashqari, ICESCO O\u2018zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan mamnun ekanini, raqamli texnologiyalar, kosmik tadqiqotlar rivojida yurtimiz allomalari, xususan, Al-Xorazmiyning beqiyos hissasi borligini alohida ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Al-Xorazmiy qo\u2018ygan poydevor bugun muhtasham majmuaga aylandi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tashkilotning XIV Bosh konferensiyasida Bosh kotib Salim al-Malik:\u00a0<i>\u201cBugungi raqamli texnologiyalar rivojida, ayniqsa, fazo ilmlari, kosmik tadqiqotlar taraqqiyoti uchun insoniyat, eng avvalo, Al-Xorazmiyga ta\u2019zim qilishi kerak. Zero, VIII-IX asrlarda yashagan qomusiy alloma Al-Xorazmiyning ilm-fandagi kashfiyotlari va u kishi qo\u2018ygan mustahkam poydevor bugungi kunga kelib muhtasham majmuaga aylandi\u201d<\/i>, deya qayd etgani bizni faxrlantirmay qo\u2018ymaydi, albatta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Konferensiyaning ochilish marosimida Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy ham ishtirok etib:\u00a0<i>\u201cBugungi kunda yoshlar tarbiyasi, ilm olish uchun islom diyorlarida ham e\u2019tibor yanada oshmoqda. Zotan, yosh avlod ta\u2019lim-tarbiyasi, ularning ilm-fan sirlarini o\u2018rganishi yorug\u2018 kelajakka poydevordir. Tan olish kerak, bugun insoniyat taraqqiyoti raqamli texnologiyalarga bevosita bog\u2018liq bo\u2018lib bormoqda. E\u2019tiborlisi, ushbu ilmning tamal toshi islom olamining buyuk namoyandasi Al-Xorazmiy tomonidan qo\u2018yilgan. Bu barcha musulmonlar uchun faxrdir<\/i>\u201d, deb alohida ta\u2019kidlab o\u2018tgani qalbimizni to\u2018lqinlantirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu e\u2019tiroflar yoshlarimizga bilim olish yo\u2018lida bardavom bo\u2018lish, ajdodlarga munosib avlod bo\u2018lib voyaga yetish mas\u2019uliyatini ham yuklaydi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u2019noda, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan yurtimizda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish ustuvor maqsadi asosida ta\u2019lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlar bugungi yosh avlodning zamonaviy ilm-fan, kasb-hunar hamda diniy-ma\u2019rifat sohasi bilimlarini chuqur egallab, ulug\u2018 bobolarimiz merosini davom ettirishga xizmat qilishi shubhasiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nufuzli anjumanda O\u2018zbekistonda ta\u2019lim sohasidagi o\u2018zgarishlar haqida xorijiy hamkasblarimizni ham boxabar etdik. Ilm-fanning innovatsion texnologiyalar, koinotni o\u2018rganish, sun\u2019iy intellekt kabi zamonaviy yo\u2018nalishlarida ham ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilayotgani barcha ishtirokchilar e\u2019tiborini tortdi. Buning uchun yurtimizning barcha hududlarida eng so\u2018nggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan IT parklar, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlar tashkil etilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, yurtimizda saqlanayotgan 100 mingdan ortiq qo\u2018lyozma va toshbosma asarlar orasida astronomiya yo\u2018nalishida turli tillardagi 200 dan ortiq qo\u2018lyozmani zamonaviy ilm-fan bilan uyg\u2018unlashtirish, ilmiy muomalaga olib kirish zarur. Bugungi kunda respublikamizda islom dinini ilmiy asosda o\u2018rganish maqsadida O\u2018zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Samarqandda Hadis ilmi maktabi, Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi kabi o\u2018nlab ilmiy-ma\u2019rifiy muassasalar faoliyat ko\u2018rsatyapti. Ayniqsa, Toshkent shahrida barpo etilayotgan O\u2018zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning boy diniy-ma\u2019naviy merosini chuqur o\u2018rganish va dunyoga targ\u2018ib etish, yosh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda beqiyos o\u2018rin tutadi. Yurtimizdagi keng miqyosdagi islohotlar konferensiya ishtirokchilari olqishiga sazovor bo\u2018ldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Toshkentdagi ICESCO kafedrasi eng namunali va yetakchi bo\u2018ladi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur anjumandan so\u2018ng ICESCO Bosh kotibi, doktor Salim al-Malik bilan uchrashuv bo\u2018lib o\u2018tdi. Samimiy muloqotda O\u2018zbekiston xalqaro islom akademiyasining \u201cIslomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o\u2018rganish ICESCO\u201d kafedrasi samarali faoliyat yuritib, yoshlarning chuqur bilim olishida muhim ahamiyat kasb etayotganini e\u2019tirof etildi. Kafedra ICESCO tomonidan dunyoning boshqa oliy ta\u2019lim muassasalarida tashkil etilgan ICESCO kafedralari o\u2018rtasida eng namunali bo\u2018lishi ta\u2019kidlandi. Shu o\u2018rinda bugungi kunda dunyodagi 18 ta oliy ta\u2019lim muassasasida ICESCO kafedrasi borligini qayd etish joiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u2018z navbatida, Bosh kotib dunyoning turli oliy ta\u2019lim muassasalaridagi ICESCO kafedralari o\u2018rtasida o\u2018zaro hamkorlik va sog\u2018lom raqobat muhitini yaratish taklifini ma\u2019qulladi va uni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Konferensiyadan so\u2018ng ICESCOning fan va texnologiya bo\u2018limi boshlig\u2018i, professor Rahel Qamar hamda ICESCO texnologiyalari maslahatchisi, doktor Muhammad Sharif bilan ham muloqotda islom dunyosi mamlakatlarida kosmik tadqiqotlarni rivojlantirish masalalari haqida fikr almashildi. ICESCO vakillari samo ilmlarini o\u2018rganish O\u2018zbekistonda tarixan rivojlangani, so\u2018nggi yillarda mazkur sohaga e\u2019tibor yanada ortganini alohida qayd etdi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Muzaffar KOMILOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo\u2018yicha\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>qo\u2018mita raisining birinchi o\u2018rinbosari,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u2018zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d gazetasi 2021-yil 18-dekabr, 255-son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston va Misr o\u2018rtasidagi do\u2018stona hamkorlik ko\u2018p asrlik boy tarixga ega. Movarounnahr va Misr diyorida yashab ijod qilgan ulug\u2018 bobokalonlarimizning noyob ilmiy-ma\u2019rifiy merosi butun musulmon olamining bebaho boyligi hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz Ahmad Farg\u2018oniy Misrda yashab, o\u2018lmas kashfiyotlar qilgan. Jumladan, alloma bunyod etgan, Nil daryosi suvini o\u2018lchaydigan \u201cMiqyosi Nil\u201d inshooti bugungi kunda ham Misr xalqi farovon &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19496,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u2018zbekiston \u2013 Misr: ilm-ma\u2019rifat yo\u2018lida aloqa ko\u2018prigi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u2018zbekiston \u2013 Misr: ilm-ma\u2019rifat yo\u2018lida aloqa ko\u2018prigi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u2018zbekiston va Misr o\u2018rtasidagi do\u2018stona hamkorlik ko\u2018p asrlik boy tarixga ega. Movarounnahr va Misr diyorida yashab ijod qilgan ulug\u2018 bobokalonlarimizning noyob ilmiy-ma\u2019rifiy merosi butun musulmon olamining bebaho boyligi hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz Ahmad Farg\u2018oniy Misrda yashab, o\u2018lmas kashfiyotlar qilgan. Jumladan, alloma bunyod etgan, Nil daryosi suvini o\u2018lchaydigan \u201cMiqyosi Nil\u201d inshooti bugungi kunda ham Misr xalqi farovon &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-12-21T07:43:13+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-12-21T12:37:48+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/20211221_gazeta_uz-1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"800\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"722\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz\",\"name\":\"O\u2018zbekiston \u2013 Misr: ilm-ma\u2019rifat yo\u2018lida aloqa ko\u2018prigi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/20211221_gazeta_uz-1.jpg\",\"datePublished\":\"2021-12-21T07:43:13+00:00\",\"dateModified\":\"2021-12-21T12:37:48+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/20211221_gazeta_uz-1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/20211221_gazeta_uz-1.jpg\",\"width\":800,\"height\":722},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u2018zbekiston \u2013 Misr: ilm-ma\u2019rifat yo\u2018lida aloqa ko\u2018prigi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u2018zbekiston \u2013 Misr: ilm-ma\u2019rifat yo\u2018lida aloqa ko\u2018prigi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u2018zbekiston \u2013 Misr: ilm-ma\u2019rifat yo\u2018lida aloqa ko\u2018prigi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u2018zbekiston va Misr o\u2018rtasidagi do\u2018stona hamkorlik ko\u2018p asrlik boy tarixga ega. Movarounnahr va Misr diyorida yashab ijod qilgan ulug\u2018 bobokalonlarimizning noyob ilmiy-ma\u2019rifiy merosi butun musulmon olamining bebaho boyligi hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz Ahmad Farg\u2018oniy Misrda yashab, o\u2018lmas kashfiyotlar qilgan. Jumladan, alloma bunyod etgan, Nil daryosi suvini o\u2018lchaydigan \u201cMiqyosi Nil\u201d inshooti bugungi kunda ham Misr xalqi farovon &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-12-21T07:43:13+00:00","article_modified_time":"2021-12-21T12:37:48+00:00","og_image":[{"width":800,"height":722,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/20211221_gazeta_uz-1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz","name":"O\u2018zbekiston \u2013 Misr: ilm-ma\u2019rifat yo\u2018lida aloqa ko\u2018prigi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/20211221_gazeta_uz-1.jpg","datePublished":"2021-12-21T07:43:13+00:00","dateModified":"2021-12-21T12:37:48+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/20211221_gazeta_uz-1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/20211221_gazeta_uz-1.jpg","width":800,"height":722},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19492&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u2018zbekiston \u2013 Misr: ilm-ma\u2019rifat yo\u2018lida aloqa ko\u2018prigi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19492"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19492"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19492\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19494,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19492\/revisions\/19494"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19496"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19492"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19492"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19492"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}