{"id":19474,"date":"2021-12-20T12:18:39","date_gmt":"2021-12-20T07:18:39","guid":{"rendered":"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19474"},"modified":"2021-12-20T12:18:39","modified_gmt":"2021-12-20T07:18:39","slug":"adabul-mufradning-dunyo-kutubxonalarida-saqlanayotgan-qo%ca%bblyozma-nusxalari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cADABUL MUFRAD\u201dNING DUNYO KUTUBXONALARIDA SAQLANAYOTGAN QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixdan ma\u02bclumki, IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan yuksak darajada rivojlangan. Shu bois bu asrlar ilm-fan rivojining oltin davri \u2013 Islom Renessansi deb e\u02bctirof etilgan. Aynan o\u02bbsha paytlar davlat yuritishdagi siyosat tubdan o\u02bbzgarishi bilan birga, ilm-fanning turli sohalarida yuksak cho\u02bbqqilar zabt etilgan. Ayniqsa, tilshunoslik, matematika, astronomiya, kimyo, tibbiyot, huquq, geodeziya, geografiya shuningdek, tafsir, hadis, kalom va fiqh kabi yangi sohalarga qiziqish kuchaygan. Natijada Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Farg\u02bboniy, Abu Nasr Forobiy, Mahmud Zamaxshariy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg\u02bbariy kabi yuzlab ajdodlarimiz serqirra iste\u02bcdod sohiblari bo\u02bblib yetishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomalarning bu shonli ro\u02bbyxatida mashhur muhaddis va mo\u02bbtabar inson Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Bardazbeh Buxoriy alohida o\u02bbrin tutadi. U 194\/810 yili Buxoro shahrida tavallud topgan va 256\/870 yilda oltmish yoshda Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog\u02bbida vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy dastlabki ta\u02bclimni Buxoroning Muhammad ibn Salom Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad Masnadiy, Ibrohim ibn Ash\u02bcas kabi yirik muhaddislaridan olgan. Alloma 210\/825 yilda onasi va Ahmad ismli akasi bilan haj ibodatini ado etish uchun Makka shahriga yo\u02bbl oladi. Haj mavsumidan so\u02bbng onasi va akasini yurtiga kuzatib qo\u02bbyadi. O\u02bbzi esa o\u02bbsha yerda qolib, Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadislarini o\u02bbrganadi va jamlaydi. Ilm talabida qirq yil mobaynida Balx, Naysobur, Ray, Bag\u02bbdod, Kufa, Makka, Madina, Vosit, Damashq, Asqalon, Hims kabi ilm-fan o\u02bbchog\u02bbi hisoblangan shaharlarga safar qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy hadis ilmidagi tengsiz xizmatlari uchun Imomud dunyo \u2013 Dunyo imomi, Hofizul kabir \u2013 Ulug\u02bb hofiz, Amirul mo\u02bbminin fil hadis \u2013 Hadis ilmida mo\u02bbminlarning amiri nomlariga sazovor bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy o\u02bbzidan boy ilmiy meros qoldirgan. Asarlarining aksariyati bizgacha yetib kelgan. Manbalarda quyidagi 24 ta asari borligi qayd etilgan: \u201cJomi\u02bcus sahih\u201d, \u201cAdabul mufrad\u201d, \u201cTarixul kabir\u201d,\u201cTarixul avsat\u201d, \u201cTarixus sag\u02bbir\u201d,\u201cKitobuz zuafo\u201d, \u201cKitobus sunan fil fiqh\u201d, \u201cXolqu af\u02bcolul ibod\u201d, \u201cKitobul kuna\u201d, \u201cQiroatu xolfal imom\u201d, \u201cKitobul hiba\u201d, \u201cRaf\u02bcul yadayn fis solat\u201d, \u201cBirrul volidayn\u201d, \u201cJomi\u02bcul kabir\u201d, \u201cMusnadul kabir\u201d, \u201cTafsirul kabir\u201d, \u201cKitobul ashriba\u201d, \u201cAsomius sahoba\u201d, \u201cKitobul vahdon\u201d, \u201cKitobul mabsut\u201d, \u201cKitobul ilal\u201d, \u201cKitobul favoid\u201d, \u201c Kitobul qazoyos sahoba vat tobe\u02bcin\u201d va \u201cMashiyxatul Buxoriy\u201d nomli asarlari shular jumlasidandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy \u201cJomi\u02bcus sahih\u201d kitobini 16 yil davomida tasnif etgan. Uni 97 kitobga ajratib, 7500dan ortiq<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19471#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>\u00a0sahih hadisni kiritgan. 78-kitobni \u201cKitobul adab\u201d deb nomlagan. 128 bobga bo\u02bblingan bu kitobda odob-axloqqa oid 256 ta hadisi sharifni jamlagan. Keyinchalik alloma bu bilan kifoyalanib qolmay, mavzuni o\u02bbta muhim hisoblagani bois, unga bag\u02bbishlab alohida kitob tasnif qilishni lozim ko\u02bbrgan. \u201cJomi\u02bcus sahih\u201dning \u201cKitobul adab\u201d qismidagi hadislarga odob-axloqqa oid boshqalarini ham qo\u02bbshib, \u201cAdabul mufrad\u201d (\u201cOdoblar xazinasi\u201d) nomli to\u02bbplamni yozgan. Imom Buxoriy o\u02bbz odatiga ko\u02bbra, \u201cAdabul mufrad\u201dni 644 bobga ajratib, ularga odob-axloq va ijtimoiy masalalarga oid 1322 hadisni kiritgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur asar dunyoning turli tillariga tarjima qilingan. Unga juda ko\u02bbplab sharhlar yozilgan. Bu asar ustida talay ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Asarning nodir qo\u02bblyozma nusxalari bir qancha xorijiy davlatlarning kutubxona va arxiv fondlarida saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahridagi Vatan kutubxonasida inv. \u21163\/\u0622 5\/193, Dubay shahridagi Jum\u02bcatul majid madaniy meros markazida inv. \u2116230986, \u2116248360, \u2116258143, \u2116261721;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Germaniya Federativ Respublikasining Xalle shahridagi Germaniya sharqshunoslik jamiyati kutubxonasida inv. \u211612;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kuvayt davlatining Kuvayt shahridagi Odob va qo\u02bblyozmalar fakulteti kutubxonasida inv. \u2116 3 \u0645\u062c 148 \u0628., Kuvayt unversiteti kutubxonasida inv. \u21162142, \u21164675, \u21165354;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Livan Respublikasining Bayrut shahridagi Bayrut universiteti kutubxonasida inv. \u2116267, \u2116918, \u21161058;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misr Arab Respublikasining Qohira shahridagi Azhar universiteti markaziy kutubxonasida inv. \u2116(466) 3778 raqam ostida;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi Markaziy kutubxonada inv. \u21162142, Malik Abdulaziz kutubxonasida inv. \u2116354 5\/232, 2\/825, Podshoh Faysal ilmiy tadqiqotlar va islomshunoslik markazi kutubxonasida inv. \u21161651-\u0641, \u21160354 \u0641\u062d-, \u21162072-\u0641, \u21162781-1-\u0641, \u21162781-2\u0641-, Ar-Riyod universiteti kutubxonasida inv. \u21162142, Ar-Riyod kutubxonasida \u2116287 yoki 387, Madina shahridagi Orif hikmat kutubxonasida inv. \u21161, Malik Saud universiteti kutubxonasida inv. \u21162\/1182 \u0641, Haramul Makkiy kutubxonasida inv. \u2116824;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Suriya Arab Respublikasining Damashq shahridagi Zohiriya kutubxonasida inv. \u211684, \u211688, \u211695;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiya Respublikasining Fayzulloh Afandi kutubxonasida inv. \u2116259\/1, Hoji Mahmud Afandi kutubxonasida inv. \u2116606, Izmir kutubxonasida inv. \u21161030-002, Ismoil Haqqiy kutubxonasida inv. \u2116327;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fransiya Respublikasining Strasburg shahridagi Strasburg milliy va universitet kutubxonasida inv. \u2116 4306, \u21164319-4321<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19471#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hindiston Respublikasining Patna shahridagi Bankipur Sharq xalq kutubxonasida inv. \u21162\/5, 370 raqamlar ostida saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda mazkur qo\u02bblyozmalardan Podshoh Faysal ilmiy tadqiqotlar va islomshunoslik markazi kutubxonasidagi 5 ta, Haramul Makkiy kutubxonasidagi 1 ta, Maliki Saud universiteti kutubxonasidagi 1 ta va Ar-Riyod ilmiy kutubxonasidagi 1 ta nusxaning elektron shakli (varianti) Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining elektron bazasida saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Quyida ulardan ba\u02bczilarining kodikologik tahliliga qisqacha to\u02bbxtalib o\u02bbtamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Saudiya Arabistonining Podshoh Faysal ilmiy tadqiqotlar va islomshunoslik markazi kutubxonasida inv. \u21160354\u0641\u062d- raqam ostida saqlanayotgan qo\u02bblyozma to\u02bbliq bo\u02bblib, 165 varaqdan iborat. Matn satrlari 17 qatorni tashkil etadi. Poygiri bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarning 1<sup>a<\/sup>\u00a0varag\u02bbida muhr bo\u02bblib, undagi yozuvning mazmuni quyidagicha:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMarhum shayxulislom Sayyid (Ahmad) Orifbek Hikmat kutubxona vaqfi\u2026\u201d<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhr yonida:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u06a9\u062a\u0627\u0628 \u0627\u0644\u0627\u062f\u0628 \u0627\u0644\u0645\u0641\u0631\u062f \u0644\u0627\u0645\u064a\u0631 \u0627\u0644\u0645\u0624\u0645\u064a\u0646\u064a\u0646 \u0641\u064a \u0627\u0644\u062d\u062f\u064a\u062b \u0627\u0644\u0627\u0645\u0627\u0645 \u0627\u0644\u062d\u0627\u0641\u0638 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0628\u0646 \u0627\u0633\u0645\u0639\u064a\u0644 \u0627\u0644\u0628\u062e\u0627\u0631\u064a<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u064a\u0631\u0648\u064a\u0647 \u0639\u0646\u0647 \u0627\u062d\u0645\u062f \u0628\u0646 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0628\u0646 \u0627\u0644\u062c\u0644\u064a\u0644 \u0627\u0644\u0628\u0632\u0627\u0631 \u2026 .<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cUshbu \u201cAdabul mufrad\u201d kitobi Imom Buxoriyning shogirdi Ahmad ibn Muhammad ibn Jalil Bozzor tomonidan rivoyat qilingan.\u201d<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu nusxa 1<sup>b<\/sup>\u00a0varaqdan basmala bilan boshlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar boshi:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0\u0628\u0627\u0628 \u0642\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u062a\u0639\u0627\u0644\u0649 \u0648\u0648\u0635\u0651\u064a\u0646\u0627 \u0627\u0644\u0627\u0646\u0633\u0627\u0646 \u0628\u0648\u0627\u0644\u062f\u064a\u0647 \u062d\u0633\u0646\u0627\u2026<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchi bob Alloh taoloning\u00a0<strong>\u201cva insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya qildik\u201d<\/strong>\u00a0degan qavli bayoni bilan boshlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kolofon 165<sup>b<\/sup>\u00a0varaqda bo\u02bblib, unda ko\u02bbchirilgan sana qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0641\u0631\u063a \u0645\u0646\u0647 \u0643\u062a\u0627\u0628\u0629 \u0641\u064a \u0633\u0627\u062f\u0633 \u0631\u0628\u0639 \u0627\u0644\u062b\u0627\u0646\u064a \u0633\u0646\u0629<\/strong>\u00a01142\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19471#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHijriy 1142 yil rabius-soniy oyining oltinchi (milodiy 1729 yil oktyabr oyining yigirma sakkizinchi) kuni yozib tugatildi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Saudiya Arabistonining Ar-Riyod kutubxonasida \u2116287 yoki \u2116387 raqam ostida saqlanayotgan qo\u02bblyozmaning muqovasiga \u2116287 raqami qo\u02bbyilgan. Keyinchalik qo\u02bbyilgan raqam esa \u2116387 deb yozilgan. Asarning 1<sup>a<\/sup>, 2<sup>a<\/sup>, 145<sup>b<\/sup>, 146<sup>a\u00a0<\/sup>varaqlarida uning Ar-Riyod kutubxonasiga tegishli ekanini bildiruvchi muhrlar bosilgan bo\u02bblib, ularda \u2116287 raqam ostida saqlanayotgani qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur nusxa ham to\u02bbliq bo\u02bblib, 1<sup>a\u00a0<\/sup>varag\u02bbida asar nomi va muallifining ismi sharifi keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bblyozma 1<sup>b<\/sup>\u00a0varaqdan basmala bilan boshlangan. Matnining satrlari 18 qatorni tashkil etadi. \u201cBob\u201d, \u201chaddasana\u201d va \u201csana\u201d kabi so\u02bbzlar qizil siyohda yozilgan. Poygiri bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar Alloh taoloning<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0\u0628\u0627\u0628 \u0641\u064a \u0642\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0632 \u0648 \u062c\u0644 \u0648\u0648\u0635\u0651\u064a\u0646\u0627 \u0627\u0644\u0627\u0646\u0633\u0627\u0646 \u0628\u0648\u0627\u0644\u062f\u064a\u0647 \u0627\u062d\u0633\u0646\u0627\u2026<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cva insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya qildik\u201d<\/strong>\u00a0degan qavli haqidagi birinchi bob bilan boshlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bblyozma kolofoni 146<sup>b<\/sup>\u00a0varaqda bo\u02bblib, unda xattot nomi va ko\u02bbchirilgan sanasi qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0633\u0646\u0629 1278 \u0645\u0646 \u0627\u0644\u0647\u062c\u0631\u0629 \u2026 \u062a\u0645 \u064a\u0648\u0645 \u0627\u0644\u0627\u062d\u062f \u0645\u0636\u0627\u064a\u0627 \u0634\u0639\u0628\u0627\u0646 \u062b\u0644\u0627\u062b\u0629 \u0627\u064a\u0627\u0645 \u0628\u0642\u0644\u0645 \u0627\u0644\u0641\u0642\u064a\u0631\u0627\u0644\u062d\u0642\u064a\u0631\u2026 \u0639\u0628\u062f\u0627\u0644\u0639\u0632\u064a\u0632 \u0628\u0646 \u0635\u0627\u0644\u062d \u0627\u0644\u0635\u0651\u064a\u0631\u0627\u0645\u064a \u063a\u0641\u0631\u0627\u0644\u0644\u0647\u0644 \u0644\u0647 \u0648 \u0644\u0648\u0627\u0644\u062f\u064a\u0647 \u0648 \u0627\u0644\u0645\u0633\u0644\u0645\u064a\u0646 \u2026<\/strong><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19471#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAsar 1278 yil sha\u02bcbon oyining 3 kunida xattot Abdulaziz ibn Solih Sayromiy tomonidan ko\u02bbchirib tugatilgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ar-Riyod shahridagi Markaziy kutubxonada inv. \u21162142 raqam ostida saqlanayotgan qo\u02bblyozma nusxa 131 varaqdan iborat. 1284\/1867 yilda xattot Muhammad ibn Zayd ibn Jassos tomonidan nasx xatida ko\u02bbchirilgan. Varaqlarining o\u02bblchami \u2013 17&#215;23 sm. Matn satrlari 21 qatorni tashkil etadi. 1<sup>a<\/sup>\u00a0varag\u02bbida kitob va muallif nomlari keltirilgan. Asar 1<sup>b<\/sup>\u00a0varaqdan basmala bilan boshlangan. Matndagi \u201cbob\u201d, \u201chaddasana\u201d va \u201caxbarana\u201d kabi so\u02bbzlar qizil siyohda yozilgan. Poygiri bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar Alloh taoloning<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0\u0628\u0627\u0628 \u0641\u064a \u0642\u0648\u0644 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0632 \u0648 \u062c\u0644 \u0648\u0648\u0635\u0651\u064a\u0646\u0627 \u0627\u0644\u0627\u0646\u0633\u0627\u0646 \u0628\u0648\u0627\u0644\u062f\u064a\u0647 \u0627\u062d\u0633\u0646\u0627\u2026<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0<strong>\u201cva insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya qildik\u201d<\/strong>\u00a0degan qavli haqidagi birinchi bob bilan boshlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bblyozma kolofoni 131<sup>a<\/sup>\u00a0varaqda bo\u02bblib, xattot nomi va ko\u02bbchirilgan sanasi qayd etilgan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0627\u062e\u0631\u0647 \u0648\u0627\u0644\u062d\u0645\u062f \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0631\u0628 \u0627\u0644\u0639\u0627\u0644\u0645\u064a\u0646 \u0648 \u062d\u0645\u062f\u0627 \u0643\u062b\u0631\u0627 \u0637\u064a\u0628\u0627 \u0645\u0628\u0627\u0631\u0643\u0627 \u0641\u064a\u0647 \u063a\u064a\u0631 \u0645\u0643\u0641\u064a \u0648\u0644\u0627 \u0645\u0648\u062f\u0639 \u0648\u0644\u0627 \u0645\u0633\u062a\u063a\u0646\u0627\u0639\u0646\u0647 \u0631\u0628\u0627 \u0643\u0645\u0644 \u064a\u0648\u0645 \u0627\u0644\u062b\u0644\u0627\u062b\u0627 \u0627\u062e\u0631\u064a\u0648\u0645 \u0645\u0646 \u0635\u063a\u0631\u0645\u0646 \u0633\u0646\u0629 1284 \u0639\u0644\u0649 \u064a\u062f \u0627\u0644\u0641\u0642\u064a\u0631\u0627\u0644\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0627\u0644\u062d\u0642\u064a\u0631\u0627\u0644\u0645\u0642\u0631 \u0628\u0627\u0644\u0630\u0646\u0628 \u0648\u0627\u0644\u062a\u0642\u0635\u064a\u0631\u0639\u0628\u062f\u0647 \u0648\u0628\u0646 \u0639\u0628\u062f\u0647 \u0648\u0645\u0646 \u0644\u0627\u063a\u0645\u0627\u0644\u0647 \u0637\u0631\u0641\u0629 \u0639\u064a\u0646 \u0639\u0646 \u0641\u0636\u0644\u0649 \u0648 \u0631\u062d\u0645\u062a\u0647 \u0645\u062d\u0645\u062f \u0628\u0646 \u0632\u064a\u062f \u0628\u0646 \u062c\u0633\u0627\u0633 \u063a\u063a\u0631\u0627\u0644\u0644\u0647 \u0648 \u0644\u0648\u0627\u0644\u062f\u0647 ..<\/strong>.\u00a0<a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19471#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Unda asarni ko\u02bbchirish ishlari 1284 yil safar oyida (1867 yil iyun oyi) xattot Muhammad ibn Zayd ibn Jassos tomonidan yakuniga yetkazilgani keltirilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur nusxalar turli davrlarda, boshqa-boshqa xattotlar tomonidan ko\u02bbchirilgani bois, xati, yozilish uslublari va hajm jihatidan bir-biridan farq qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, odob-axloq va tarbiyaviy masalalar bo\u02bbyicha muhim manba hisoblangan Imom Buxoriyning \u201cAdabul mufrad\u201d asari yoshlarning imonli, e\u02bctiqodli, odob-axloqli, tarbiyali bo\u02bblib ulg\u02bbayishida va vatanparvarlik ruhida voyaga yetishida katta ahamiyatga ega. Mazkur qo\u02bblyozma nusxalar esa asarni tahqiq, tadqiq va tahlil etishda tadqiqotchilar uchun muhim manba bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19471#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0\u201cJomi\u02bcus sahih\u201ddagi hadislarning adadi borasida turlicha ma\u02bclumotlar keltirilgan. Ba\u02bczi manbalarda 7575 ta, ayrimlarida 7563 ta, deyilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19471#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0O\u02bbzbekistonga oid xorijdagi qo\u02bblyozma asarlar reyestri. 1-tom. \u2013T.: Tasvir nashriyot uyi. 2020. \u2013B.108.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19471#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Adabul mufrad. Qo\u02bblyozma \u2013 Saudiya Arabistonining Podshoh Faysal ilmiy tadqiqotlar va islomshunoslik markazi kutubxonasi. \u21160354\u0641\u062d- . 165<sup>b<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19471#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Adabul mufrad. Qo\u02bblyozma \u2013 Ar-Riyod kutubxonasi \u2116287 yoki \u2116387. 146<sup>b<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"https:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19471#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Adabul mufrad. Qo\u02bblyozma \u2013 Ar-Riyod shahridagi Markaziy kutubxonasi. \u21162142. 131<sup>a<\/sup>\u00a0varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Yo\u02bbldoshxon ISAYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tarixdan ma\u02bclumki, IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan yuksak darajada rivojlangan. Shu bois bu asrlar ilm-fan rivojining oltin davri \u2013 Islom Renessansi deb e\u02bctirof etilgan. Aynan o\u02bbsha paytlar davlat yuritishdagi siyosat tubdan o\u02bbzgarishi bilan birga, ilm-fanning turli sohalarida yuksak cho\u02bbqqilar zabt etilgan. Ayniqsa, tilshunoslik, matematika, astronomiya, kimyo, tibbiyot, huquq, geodeziya, geografiya shuningdek, tafsir, hadis, kalom va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19472,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cADABUL MUFRAD\u201dNING DUNYO KUTUBXONALARIDA SAQLANAYOTGAN QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cADABUL MUFRAD\u201dNING DUNYO KUTUBXONALARIDA SAQLANAYOTGAN QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Tarixdan ma\u02bclumki, IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan yuksak darajada rivojlangan. Shu bois bu asrlar ilm-fan rivojining oltin davri \u2013 Islom Renessansi deb e\u02bctirof etilgan. Aynan o\u02bbsha paytlar davlat yuritishdagi siyosat tubdan o\u02bbzgarishi bilan birga, ilm-fanning turli sohalarida yuksak cho\u02bbqqilar zabt etilgan. Ayniqsa, tilshunoslik, matematika, astronomiya, kimyo, tibbiyot, huquq, geodeziya, geografiya shuningdek, tafsir, hadis, kalom va &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-12-20T07:18:39+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/adab.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"495\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz\",\"name\":\"\u201cADABUL MUFRAD\u201dNING DUNYO KUTUBXONALARIDA SAQLANAYOTGAN QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/adab.jpg\",\"datePublished\":\"2021-12-20T07:18:39+00:00\",\"dateModified\":\"2021-12-20T07:18:39+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/adab.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/adab.jpg\",\"width\":660,\"height\":495},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cADABUL MUFRAD\u201dNING DUNYO KUTUBXONALARIDA SAQLANAYOTGAN QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cADABUL MUFRAD\u201dNING DUNYO KUTUBXONALARIDA SAQLANAYOTGAN QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cADABUL MUFRAD\u201dNING DUNYO KUTUBXONALARIDA SAQLANAYOTGAN QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Tarixdan ma\u02bclumki, IX-XII asrlar islom olamida ilm-fan yuksak darajada rivojlangan. Shu bois bu asrlar ilm-fan rivojining oltin davri \u2013 Islom Renessansi deb e\u02bctirof etilgan. Aynan o\u02bbsha paytlar davlat yuritishdagi siyosat tubdan o\u02bbzgarishi bilan birga, ilm-fanning turli sohalarida yuksak cho\u02bbqqilar zabt etilgan. Ayniqsa, tilshunoslik, matematika, astronomiya, kimyo, tibbiyot, huquq, geodeziya, geografiya shuningdek, tafsir, hadis, kalom va &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-12-20T07:18:39+00:00","og_image":[{"width":660,"height":495,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/adab.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz","name":"\u201cADABUL MUFRAD\u201dNING DUNYO KUTUBXONALARIDA SAQLANAYOTGAN QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/adab.jpg","datePublished":"2021-12-20T07:18:39+00:00","dateModified":"2021-12-20T07:18:39+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/adab.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/12\/adab.jpg","width":660,"height":495},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19474&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cADABUL MUFRAD\u201dNING DUNYO KUTUBXONALARIDA SAQLANAYOTGAN QO\u02bbLYOZMA NUSXALARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19474"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19474"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19474\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19475,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19474\/revisions\/19475"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19472"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19474"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19474"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19474"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}