{"id":19007,"date":"2021-11-22T10:51:27","date_gmt":"2021-11-22T05:51:27","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=19007"},"modified":"2021-11-22T12:31:28","modified_gmt":"2021-11-22T07:31:28","slug":"abvab-tasrif-manzuma-asarida-l%d0%b5ksik-qatlam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cABVAB TASRIF MANZUMA\u201d ASARIDA L\u0415KSIK QATLAM"},"content":{"rendered":"<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arab tili grammatikasiga bag\u02bbishlangan asarlar ko\u02bbp bo\u02bblib, ular ichida turkiy tilga she\u02bcriy shaklda tarjima qilingani sanoqli. Shulardan biri \u201cAbvab tasrif manzuma\u201d asaridir. U uch qismdan iborat. Asar haqida 2014 yilda nashrdan chiqqan \u201cO\u02bbzbek tilidagi toshbosma kitoblar katalogi\u201d kitobida quyidagicha ma\u02bclumot keltiriladi:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchi kitob 3410\/1 inventar raqam bilan saqlanuvchi \u0627\u0648\u0644 \u0639\u0644\u0645 \u062a\u0631\u06a9\u06cc \u201cAvvali ilmi turkiy\u201d asari [1].<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maktab bolalari uchun Islom dinidan birinchi darslik. Tashkent, \u201cLitografiya Gulam\u02bc Xasan\u02bc Arifdjanova\u201d, 1325\/1907. \u2013B. 13 (1-13), 25&#215;17 sm [5: 204].<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi kitob 3410\/2 inventar raqam bilan saqlanuvchi \u0645\u0646\u062b\u0648\u0631\u06c0 \u0628\u062f\u0627\u0646 \u062a\u0631\u06a9\u06cc Mansure bedon turkiy asari [2].<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar nazm va nasr uslubida yozilgan. Arab tili morfologiyasi va sintaksisiga oid. Tashkent, \u201cLitografiya Gulam\u02bc Xasan\u02bc Arifdjanova\u201d, 1325\/1907. \u2013B. 41 (14-54), 29&#215;19 sm [5: 175].<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi kitob biz tadqiqot manbai qilib olgan \u0627\u0628\u0648\u0627\u0628 \u062a\u0635\u0631\u06cc\u0641 \u0645\u0646\u0638\u0648\u0645\u0647 \u201cAbvab tasrif manzuma\u201d asari bo\u02bblib, 3410\/3 inventar raqam bilan saqlanadi [3].<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar basmala bilan boshlangan bo\u02bblib, so\u02bbngra arab tilidagi nasriy jumlalar bilan keltiriladi. Asarning she\u02bcriy qismi esa quyidagi satrlar bilan boshlangan:<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>B\u0101b\u00ef tasri:f erdi ottuz be\u0161,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Alt\u00efs\u00efdur sula:s\u00ef kul yoq be\u0161.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu keltirilgan misradagi \u201cb\u0101b\u201d, \u201ctasri:f\u201d va \u201csula:s\u00ef\u201d so\u02bbzlari arab tilidan kirib kelgan so\u02bbzlardir. \u201cB\u0101b\u201d so\u02bbzining lug\u02bbaviy ma\u02bcnosi \u201ceshik\u201d [6: 83] bo\u02bblib, bu so\u02bbz o\u02bbzining yondosh ma\u02bcnolari bilan hozirgi kunimizda arablarda ham o\u02bbzbek tilimizda ham deyarli bir xil ma\u02bcnolarda ishlatiladi va uning anglatadigan ma\u02bcnolari barchaga ma\u02bclumdir. Biroq \u201ctasrif\u201d va \u201csulosiy\u201d so\u02bbzlari hozirgi kunda tilimizda faqat arab tili grammatikasiga oid kitoblardagina ishlatiladi. \u201cTasrif\u201d so\u02bbzi \u201ctuslanish\u201d, \u201cturlanish\u201d [6: 455] ma\u02bcnolarida ishlatiladi. \u201cSulosiy\u201d so\u02bbzi esa \u201cuchtalik\u201d, \u201cuch tomonlama\u201d [6: 107] kabi ma\u02bcnolarda bo\u02bblib, grammatikada uch o\u02bbzakli (undoshli) so\u02bbzlarga nisbatan ishlatiladi. Birinchi va ikkinchi misralarning kesimi bo\u02bblib kelgan \u201cerdi ottuz be\u0161\u201d va \u201cAlt\u00efs\u00efdur\u201d so\u02bbzlari esa turkiy tilga xos bo\u02bblgan so\u02bbzlardir. Shunga ko\u02bbra bu misralarda muallif ikki tildan deyarli tengma-teng foydalangan deyishimiz mumkin. Biroq quyidagi baytda bu holat kuzatilmaydi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>B\u0101b\u00ef avvalki fatha ayn\u00ef avval,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ya\u02bcni m\u0101\u03b4is\u00ef \u03b4ammal\u00ef mustaqbal.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharh: birinchi bob o\u02bbtgan zamonining o\u02bbrta o\u02bbzagi (undoshi) harakati fatha, hozirgi \u2013kelasi zamonda esa bu undoshning harakati damma bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keltirilgan misralardagi barcha so\u02bbzlar arab tiliga oid bo\u02bblgan so\u02bbzlardir. Bular: bob (bu so\u02bbzning ma\u02bcnosi yuqorida aytib o\u02bbtildi), avval (birinchi ma\u02bcnosida) [6: 38], fatha (\u201ca\u201d qisqa unlisi bo\u02bblib, bu so\u02bbz \u201cfataha\u201d \u201cochmoq\u201d [6: 604] so\u02bbzidan kelib chiqqan. \u201ca\u201d unlisini talaffuz qilganda og\u02bbiz ochilgani uchun ham bu harakatning nomi \u201cfatha\u201d deb nomlangan), \u02bcayn (arab alifbosidagi 18-harf), ya\u02bcni (bu so\u02bbz \u0639\u0646\u064a \u064a\u0639\u0646\u0649\u00a0 \u2014 \u201cnazarda tutmoq\u201d [6: 570] so\u02bbzidan kelib chiqqan bo\u02bblib, \u201cnazarda tutilyapti\u201d degan ma\u02bcnodadir.), moziy (o\u02bbtgan) [6: 788], damma (\u201cu\u201d qisqa unlisi), mustaqbal (kelasi zamon) [6: 646] ma\u02bcnolaridadir. Ushbu so\u02bbzlardan \u201cavval\u201d, \u201cya\u02bcni\u201d va \u201cmoziy\u201d so\u02bbzlari hozirda tilimizda mavjud bo\u02bblib, birinchi misradagi \u201cavval\u201d so\u02bbziga qofiyadosh qilib ikkinchi misrada \u201cmustaqbal\u201d so\u02bbzini keltirgan. Qizig\u02bbi shundaki, misralarda keltirilgan so\u02bbz arabcha yoki arab tilidan o\u02bbzlashgan so\u02bbzlar. Bu so\u02bbzlarning o\u02bbzaro sintaktik munosabatga kirishishi esa esa fors tilining ta\u02bcsirini kuzatishimiz mumkin, ya\u02bcni so\u02bbzlar o\u02bbzaro forsiy izofa shaklida birikkan. Muallif qoidani keltirib o\u02bbtgandan so\u02bbng har bir qoidaga amaliy tarzda vazn va har bir vaznga esa misol beradi Masalan, yuqorida keltirib o\u02bbtilgan fikrlarga amaliy tarzda quyidagilarni keltirib o\u02bbtadi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Fa\u02bcala yafulu-ki b\u0101b\u00ef uni,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u1e6calaba ya\u1e6dlubu-ki mavzun\u00ef<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMavzun\u201d so\u02bbzi arab tilida vaznga solingan [6: 909] degan ma\u02bcnoni anglatadi. Misradagi jumlalarning umumiy ma\u02bcnosi shuki, \u201cfa\u02bcla yaf\u02bculu\u201d bobiga tushadigan so\u02bbz bu \u201ctolaba yatlubu\u201ddir degan ma\u02bcnodadir. So\u02bbngra ushbu bobda keladigan fe\u02bcllarning semantik \u2013 sintaktik xususiyatlarini keltirib o\u02bbtadi.\u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ta\u02bcdiyaga bu b\u0101b bolm\u00ef\u0161 k\u00f6p \u2013<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Kim, mis\u0101l\u00ef u\u1e6dlubi al-ma\u1e6dlub.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcdiya\u201d so\u02bbzi \u201co\u02bbtimli\u201d [6: 528] ma\u02bcnosidadir. Bu so\u02bbz ham hozirgi kunda faqat grammatikada qo\u02bbllaniladi xolos. E\u02bctibor beriladigan bo\u02bblsa, birinchi misradagi \u201cko\u02bbp\u201d so\u02bbziga ikkinchi misradagi \u201cutlubil matlub (talab qilinadigan yoki izlashga arziydigan narsani izla)\u201d\u00a0 misolini qofiyadosh qilib deb keltirgan. Ayni paytda shuni ham aytib o\u02bbtish lozimki, \u201cmisol\u201d so\u02bbzi ham arab tilidan kirib kelgan bo\u02bblib \u201cmisol keltirmoq\u201d, \u201co\u02bbxshatmoq\u201d [6: 771] degan ma\u02bcnoni bildiradi. Hozirgi kunimizda ham kishilar orasida \u201cmisli ko\u02bbrinmagan\u201d kabi iboralar ishlatilib turadi. Albatta, bu ibora \u201co\u02bbxshashi yo\u02bbq\u201d degan ma\u02bcnodadir. Birinchi misraning kesimi \u201cbo\u02bblmish\u201d va unga nisbatan miqdor holi bo\u02bblib kelgan \u201cko\u02bbp\u201d so\u02bbz hamda \u201cbu\u201d ko\u02bbrsatish olmoshi turkiy tilga oid so\u02bbzlardir. Demak, bu misralarda ham qoidaga misol keltirilish hisobiga arabiy so\u02bbzlarning ustunligini kuzatishimiz mumkin. Quyidagi misralarda ham xuddi shunday holatni ko\u02bbramiz:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>G\u0101h bol\u011fay bin\u0101s\u00ef l\u0101zim \u00fc\u010d\u00fcn,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Mis\u0101l uxruj ayyuhal-maknun:<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBino\u201d so\u02bbzi arab tilida \u201cso\u02bbzning morfologik shakli\u201d, \u201cturlanmaydigan shakl\u201d [6: 80] ma\u02bcnosida qo\u02bbllaniladi. \u201cLozim\u201d so\u02bbzi esa \u201co\u02bbtimsiz\u201d (AN.748) ma\u02bcnosidadir. Birinchi misraga qofiyadosh qilib keltirilgan \u201cuxruj ayyuhal maknun\u201d jumlasi \u201cEy yashirinib olgan, chiq!\u201d degani. Ko\u02bbrinib turibdiki, misrada kelgan 9 ta so\u02bbzdan 6 tasi arab tilidan kirib kelgan so\u02bbz yoki tamoman arabcha so\u02bbzdir.\u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>B\u0101b\u00ef s\u0101niy-ki fathal\u00ef ke\u010dmi\u0161,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Fahm q\u00efl munda kasral\u00efke\u010dmi\u0161.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Fa\u02bcala yaf\u02bcilu bu dur ham bir,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>B\u0101b\u00efd\u00efn d\u0101raba bu b\u0101ba nazir.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSoniy\u201d so\u02bbzi arab tilida \u201cikkinchi\u201d [6: 110] degan ma\u02bcnoni bildiradi. \u201cKasra\u201d esa \u201ci\u201d qisqa unlisidir. Ushbu satrlarda \u201czoraba\u201d so\u02bbzi misol qilib ko\u02bbrsatilgan. Ma\u02bcnosi urmoqdir [6: 478]. O\u02bbzbek tilidagi \u201czarb\u201d, \u201czarba\u201d so\u02bbzlari ham shu so\u02bbz bilan o\u02bbzakdoshdir. \u201cNazir\u201d so\u02bbzi \u201co\u02bbxshash\u201d [6: 835] ma\u02bcnosida keltirilgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u011e\u0101yre l\u0101zim bu b\u0101b\u00ef \u011f\u0101lib,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ka idribi nazia kaza as-s\u0101lib.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cLozim\u201d so\u02bbzining \u201co\u02bbtimsiz\u201d ma\u02bcnoda ekanini yuqorida ham aytib o\u02bbtgan edik. \u201cG\u02bbayri lozim\u201d esa \u201co\u02bbtimsiz bo\u02bblmagan\u201d ma\u02bcnosida keltirilgan. Aslida \u201cg\u02bbayr\u201d so\u02bbzi \u201cboshqa\u201d [6: 602] degan ma\u02bcnoni anglatadi. So\u02bbzma-so\u02bbz tarjima qilinganda \u201co\u02bbtimsizdan boshqasi\u201d degan ma\u02bcnoni bildiradi. Shu o\u02bbrinda yana bir jihatni aytib o\u02bbtish lozimki, asarda kelgan so\u02bbzlarning etimologik jihatiga e\u02bctibor bergandagina arab tiliga oid bo\u02bblgan so\u02bbzlar turkiy so\u02bbzlarga nisbatan anchagina ko\u02bbproq qo\u02bbllanilgan. Biroq arab tilidagi so\u02bbzlarning aksariyatini tilimizga o\u02bbzlashib ketganini hisobga olinadigan bo\u02bblsa, u holda asarda ikki til, ya\u02bcni arab va turkiy so\u02bbzlar deyarli tengma-teng qo\u02bbllanilgan deyishimiz mumkin.\u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>L\u0101zim amm\u0101 kel\u00fcr v\u00e4lek aq\u0101l,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Misliijlis huna vala ta\u02bcmal.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong>\u201cAqoll\u201d so\u02bbzi \u201cjuda kam\u201d [6: 679] degani bo\u02bblib, xalqimiz orasida bu so\u02bbz \u201caqalli (hech bo\u02bblmasa ozgina)\u201d deya qo\u02bbllaniladi. Ikkinchi satr to\u02bbliq arabcha bo\u02bblib,\u00a0 \u201cShu yerda o\u02bbtir va ishlama\u201d deb izohlanadi .<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>B\u0101b\u00ef s\u0101lisda avval va s\u0101ni,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Keldi maftuh bilki ayn\u0101ni.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong>\u201cSolis\u201d so\u02bbzi \u201cuchinchi\u201d [6: 107] ma\u02bcnosidadir. \u201cMaftuh\u201d so\u02bbzi undoshning harakati \u201ca\u201d qisqa unlisi bilan kelgan, degan ma\u02bcnoda. \u201c\u02bcaynani\u201d so\u02bbzi \u201cikkita \u02bcayn\u201d degan ma\u02bcnoda ifodalangan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Harf\u00efhalq\u00ef ba\u0161art\u00ef es\u00e4 anda,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ayn\u00ef fe\u02bcl\u00efnda y\u0101ki l\u0101m\u00efnda.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHarfi halqiy\u201d so\u02bbz birikmasi \u201chalqumdan chiqadigan harf\u201d degani. \u201cBasharti\u201d so\u02bbzidagi \u201cba (bilan)\u201d old qo\u02bbshimchasi fors tilidan ekani ma\u02bclum. \u201cShart\u201d so\u02bbzi esa arab tilidan kirib kelgan. Biroq bu so\u02bbz arab tilidan fors tiliga so\u02bbng bizning tilimizga kirib kelgani ko\u02bbrinib turibdi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Harf\u00efhalq alt\u00efdur-ki ha-u x\u0101,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Aynu \u011fayn-u hamza s\u0101disuha.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSodis\u201d so\u02bbzi \u201coltinchi\u201d [6: 366] degan ma\u02bcnoda bo\u02bblib, bu so\u02bbz ham arabchadir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><strong>Ta\u02bcdiyada \u011f\u0101lib du\u0101da nazir,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Futiha qufluha lijay\u0161il amir.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cFutiha qufluha lijayshil amir\u201d jumlasi \u201cUning qulfi amirning qo\u02bbshini uchun ochildi\u201d ma\u02bcnosidadir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>G\u0101h l\u0101zim kel\u00fcrki a\u014ba mis\u0101l,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>In\u0161\u0101 allah yazhabul qaff\u0101l.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cInshoalloh\u201d so\u02bbzi xalqimiz uchun tanish so\u02bbz bo\u02bblib, arab tilida \u201cXudo xohlasa\u201d manosidadir. \u201cyazhabu alqaffol\u201d \u201cqulfsoz ketyapti\u201d degan ma\u02bcnoni anglatadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>B\u0101b\u00ef r\u0101beki kasra ayn s\u0101biq,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Fatha ayn ermi\u0161 munda-ki l\u0101hiq.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Fa\u02bcila yaf\u02bcalu-ki mizanani,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Alima ya\u02bclamuki mavzunani:<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cRobi\u02bc\u201d so\u02bbzi ham arabcha bo\u02bblib, \u201cto\u02bbrtinchi\u201d [6: 293] degan ma\u02bcnoni bildiradi. Xalqimiz orasida to\u02bbrtinchi qiz farzandga \u201cRobi\u02bca\u201d deb nom qo\u02bbyishi ham shundandir. \u201csobiq\u201d \u201coldingi\u201d [6: 358], \u201clohiq\u201d esa \u201cortda kelayotgan\u201d [6: 744] degan ma\u02bcnolarni bildirib, bu ikki so\u02bbz ham arabchadir. Bulardan \u201csobiq\u201d so\u02bbzi o\u02bbz tilimizda ham xuddi shunday \u201cavvalgi\u201d ma\u02bcnosida ishlatiladi. \u201cMiyzan\u201d so\u02bbz xalqimiz orasida ishlatiladigan \u201cmezon\u201d so\u02bbzidir. Biroq bu so\u02bbz ham arab tilidan o\u02bbzlashgan bo\u02bblib \u201ctarozu\u201d [6: 910] degan ma\u02bcnoni bildiradi. Arab tili grammatikasida esa bu so\u02bbz \u201co\u02bblchov qolipi\u201d ma\u02bcnosidagi termin desak xato bo\u02bblmaydi, deb o\u02bbylaymiz.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ta\u02bcdiyaga bu ham bin\u0101da kop,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Misluha alima rid\u0101al maktub.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>G\u0101h l\u0101zim \u00fc\u010d\u00fcn kelg\u00e4n mis\u0101l,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Vajila zaydun sor-ki kayfal h\u0101l.<\/strong><\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMasaluha\u201d so\u02bbzi \u201cuning misoli\u201d ma\u02bcnosidadir. O\u02bbz tilimizda qo\u02bbllaydigan \u201cmasalan\u201d so\u02bbzimiz shu so\u02bbz bilan o\u02bbzakdosh so\u02bbzlardir. \u201c\u02bcalima rizo almaktub\u201d esa \u201cRizo maktubni bildi\u201d ma\u02bcnosini anglatadi. Keyingi satrlarda kelgan jumlalarning tuzilishi yanada boshqacha. Aniqrog\u02bbi, bir satrning o\u02bbzida ikkita tilda aralash jumlalar keltirilgan. \u201cVajila zayd\u201d Zaydni titroq bosyapti ma\u02bcnosida bo\u02bblib, bu ma\u02bcnodagi gapdan so\u02bbng o\u02bbzbek tilida \u201cso\u02bbrki\u201d gapi va undan keyin yana arab tilida \u201ckayfa alhol\u201d \u201cahvol qanday\u201d jumlasi qo\u02bbllanilgan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarda kelgan leksik qatlam borasida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, etimologik nuqtai nazardan arab tiliga doir bo\u02bblgan so\u02bbzlar turkiy tilga oid bo\u02bblgan so\u02bbzlarga qaraganda kengroq ko\u02bblamda qo\u02bbllanilgani yaqqol ko\u02bbzga tashlanadi. Buning sababi bir tomondan tilimizdagi so\u02bbzlarning aksariyati arab tilidan o\u02bbzlashgan so\u02bbzlar bo\u02bblgani bo\u02bblsa, boshqa bir tarafdan asarning arab tili grammatikasiga bag\u02bbishlanganidir. Fe\u02bcl vaznlari, boblarining har birini yoritib berishda arab tilidan misollarning keltirilishi esa arabcha so\u02bbzlarning turkiy so\u02bbzlarga nisbatan ko\u02bbproq qo\u02bbllanilishiga sabab bo\u02bblgan asosiy omillardan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misralar yoki, umuman, baytlarga e\u02bctibor qaratiladigan bo\u02bblsa, gaplarning kesimlari, asosan, turkiy so\u02bbzlardan tashkil topgan. Ba\u02bczi bir old qo\u02bbshimchalarni hisobga olmaganda, asarda forsiy so\u02bbzlar deyarli uchramaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u21163410\/1 O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanuvchi toshbosma.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u21163410\/2 O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanuvchi toshbosma.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">\u21163410\/3 O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanuvchi toshbosma.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Ibrohimov N., Yusupov M. Arab tili grammatikasi. 1 jild. \u2013 T.: O\u02bbzbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 1997.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qosimxonov B., Lutfullayev H., Islamov Sh. O\u02bbzbek tilidagi toshbosma kitoblar katalogi. 1-jild. \u2013 T., 2014.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nishonov A, Muhiddinov M, Rahmatullayev Yu, Yusupov M, Nosirov O. An-Na\u02bciym. \u2013 T.: Abdulla Qodiriy, 2003.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Nurmonov A., Sobirov A., Qosimova N. Hozirgi o\u02bbzbek adabiy tili. \u2013 T., 2013.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Talabov E. Arab tili. \u2013 T.: O\u02bbzbekiston, 1993.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Xolidov B.Z. Uchebnik arabskogo yaz\u044bka. \u2013 T.: O\u02bbqituvchi, 1981.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Sharbatov G.Sh. Uchebnik arabskogo yaz\u044bka. \u2013 Moskva: Vostochnaya literatura, 1998.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Shirin\u00a0<\/strong><strong>Q<\/strong><strong>URBONOVA<\/strong><strong>,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tadqiqotchisi<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Arab tili grammatikasiga bag\u02bbishlangan asarlar ko\u02bbp bo\u02bblib, ular ichida turkiy tilga she\u02bcriy shaklda tarjima qilingani sanoqli. Shulardan biri \u201cAbvab tasrif manzuma\u201d asaridir. U uch qismdan iborat. Asar haqida 2014 yilda nashrdan chiqqan \u201cO\u02bbzbek tilidagi toshbosma kitoblar katalogi\u201d kitobida quyidagicha ma\u02bclumot keltiriladi: Birinchi kitob 3410\/1 inventar raqam bilan saqlanuvchi \u0627\u0648\u0644 \u0639\u0644\u0645 \u062a\u0631\u06a9\u06cc \u201cAvvali ilmi turkiy\u201d asari &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19003,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201c\u0410\u0411\u0412\u0410\u0411 \u0422\u0410\u0421\u0420\u0418\u0424 \u041c\u0410\u041d\u0417\u0423\u041c\u0410\u201d \u0410\u0421\u0410\u0420\u0418\u0414\u0410 \u041b\u0415\u041a\u0421\u0418\u041a \u049a\u0410\u0422\u041b\u0410\u041c<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201c\u0410\u0411\u0412\u0410\u0411 \u0422\u0410\u0421\u0420\u0418\u0424 \u041c\u0410\u041d\u0417\u0423\u041c\u0410\u201d \u0410\u0421\u0410\u0420\u0418\u0414\u0410 \u041b\u0415\u041a\u0421\u0418\u041a \u049a\u0410\u0422\u041b\u0410\u041c\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Arab tili grammatikasiga bag\u02bbishlangan asarlar ko\u02bbp bo\u02bblib, ular ichida turkiy tilga she\u02bcriy shaklda tarjima qilingani sanoqli. Shulardan biri \u201cAbvab tasrif manzuma\u201d asaridir. U uch qismdan iborat. Asar haqida 2014 yilda nashrdan chiqqan \u201cO\u02bbzbek tilidagi toshbosma kitoblar katalogi\u201d kitobida quyidagicha ma\u02bclumot keltiriladi: Birinchi kitob 3410\/1 inventar raqam bilan saqlanuvchi \u0627\u0648\u0644 \u0639\u0644\u0645 \u062a\u0631\u06a9\u06cc \u201cAvvali ilmi turkiy\u201d asari &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-11-22T05:51:27+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-11-22T07:31:28+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_96.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz\",\"name\":\"\u201c\u0410\u0411\u0412\u0410\u0411 \u0422\u0410\u0421\u0420\u0418\u0424 \u041c\u0410\u041d\u0417\u0423\u041c\u0410\u201d \u0410\u0421\u0410\u0420\u0418\u0414\u0410 \u041b\u0415\u041a\u0421\u0418\u041a \u049a\u0410\u0422\u041b\u0410\u041c\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_96.jpg\",\"datePublished\":\"2021-11-22T05:51:27+00:00\",\"dateModified\":\"2021-11-22T07:31:28+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_96.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_96.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cABVAB TASRIF MANZUMA\u201d ASARIDA L\u0415KSIK QATLAM\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201c\u0410\u0411\u0412\u0410\u0411 \u0422\u0410\u0421\u0420\u0418\u0424 \u041c\u0410\u041d\u0417\u0423\u041c\u0410\u201d \u0410\u0421\u0410\u0420\u0418\u0414\u0410 \u041b\u0415\u041a\u0421\u0418\u041a \u049a\u0410\u0422\u041b\u0410\u041c","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201c\u0410\u0411\u0412\u0410\u0411 \u0422\u0410\u0421\u0420\u0418\u0424 \u041c\u0410\u041d\u0417\u0423\u041c\u0410\u201d \u0410\u0421\u0410\u0420\u0418\u0414\u0410 \u041b\u0415\u041a\u0421\u0418\u041a \u049a\u0410\u0422\u041b\u0410\u041c","og_description":"Arab tili grammatikasiga bag\u02bbishlangan asarlar ko\u02bbp bo\u02bblib, ular ichida turkiy tilga she\u02bcriy shaklda tarjima qilingani sanoqli. Shulardan biri \u201cAbvab tasrif manzuma\u201d asaridir. U uch qismdan iborat. Asar haqida 2014 yilda nashrdan chiqqan \u201cO\u02bbzbek tilidagi toshbosma kitoblar katalogi\u201d kitobida quyidagicha ma\u02bclumot keltiriladi: Birinchi kitob 3410\/1 inventar raqam bilan saqlanuvchi \u0627\u0648\u0644 \u0639\u0644\u0645 \u062a\u0631\u06a9\u06cc \u201cAvvali ilmi turkiy\u201d asari &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-11-22T05:51:27+00:00","article_modified_time":"2021-11-22T07:31:28+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_96.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz","name":"\u201c\u0410\u0411\u0412\u0410\u0411 \u0422\u0410\u0421\u0420\u0418\u0424 \u041c\u0410\u041d\u0417\u0423\u041c\u0410\u201d \u0410\u0421\u0410\u0420\u0418\u0414\u0410 \u041b\u0415\u041a\u0421\u0418\u041a \u049a\u0410\u0422\u041b\u0410\u041c","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_96.jpg","datePublished":"2021-11-22T05:51:27+00:00","dateModified":"2021-11-22T07:31:28+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_96.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_96.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=19007&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cABVAB TASRIF MANZUMA\u201d ASARIDA L\u0415KSIK QATLAM"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19007"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19007"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19007\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19023,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19007\/revisions\/19023"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19003"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19007"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19007"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19007"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}