{"id":18978,"date":"2021-11-19T20:40:18","date_gmt":"2021-11-19T15:40:18","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=18978"},"modified":"2021-11-19T20:40:18","modified_gmt":"2021-11-19T15:40:18","slug":"burhoniddin-marg%ca%bbinoniy-nasabi-va-avlodlari-taqdiri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz","title":{"rendered":"BURHONIDDIN MARG\u02bbINONIY NASABI VA AVLODLARI TAQDIRI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Musulmon jamiyatida alohida hurmat-e\u02bctiborga sazovor bo\u02bblgan xonadonlar (sakral oilalar) doimo siyosiy va madaniy-ma\u02bcnaviy hayotda muhim rol o\u02bbynab kelgan. O\u02bbtmishda nafaqat Payg\u02bbambarimiz Muhammad alayhissalomning to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri avlodlari bo\u02bblmish sayyidlar balki choryorlar avlodlari sifatida nasab va hasabga ega xo\u02bbjalar ham ko\u02bbp imtiyozlardan foydalangan. Ayniqsa, islom olamida yuksak hurmatga sazovor bo\u02bblgan Abu Bakr Siddiq (r.a.) avlodlari Bakriy yoki Siddiqiy nisbalari bilan mashhur bo\u02bblgan. Habashiston, Somali va Bangladeshdagi siddiqiylar esa Qallu, Shekhal, Qurayshiy kabi nisbalari bilan ham tanilgan. Bu oila mansublari ayni paytda o\u02bbzlarining ulamolar va hukmdorlar tomonidan tasdiqlangan nasabnomalariga ham ega bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbrta Osiyo mintaqasida siddiqiylar xonadonlaridan ko\u02bbplab olim-ulamolar, mutasavviflar ham yetishib chiqqan. Manbalarda siddiqiy nisbasiga ega yoki siddiqiy ekani qayd qilingan bir qator mashhur shaxslar va ulamolarni uchratish mumkin. Ular orasida Xoja Ubaydulloh Ahror (806-896\/1404-1490), Xoja Muhammad Porso (vaf. 822\/1420), Mavlono Muhammad Qozi (vaf. 921\/1515), Jaloliddin Davvoniy (830-909\/1426-1502), yassaviy shayxlaridan Sharaf ota (taxm. XII asr), Shayx Xudoydod (vaf. 939\/1532), Olimshayx azizon Aliobodiy (972-1041\/1564-1632 yoki 1043\/1633), Ahmad Donish (vaf. 1314\/1896) kabi ko\u02bbplab shaxslarni misol keltirish mumkin. Bu mintaqadan chiqqan siddiqiylarning yorqin vakili \u201cHidoya\u201d asari muallifi Burhoniddin Marg\u02bbinoniy (vaf. 593\/1197) bo\u02bblib, maqolada mashhur faqihning nasabi va avlodlari taqdiri borasida ayrim mulohazalarni taqdim etmoqchimiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Burhoniddin Marg\u02bbinoniy nasabi haqida boshqacha qarashlar ham bor. Masalan, taniqli islomshunos olim A.K.Mo\u02bbminovning Burhoniddin Marg\u02bbinoniy qalamiga mansub \u201cFaroizul Usmoniy\u201d nomli asar va uning sharhiga tayanib yozishicha, u zot xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) avlodi bo\u02bblgan [7:188]. Albatta, kelgusida bu ma\u02bclumotning boshqa manbalarda ham aniqlanishi masalaga qo\u02bbshimcha oydinlik kiritsa kerak. Lekin, keyingi davr O\u02bbrta Osiyoda yozilgan ko\u02bbplab agiografiyalarda va xonadon mansublari nasabnomalarida Burhoniddin Marg\u02bbinoniyning xalifa Abu Bakr Siddiq (r.a.) avlodi ekani haqidagi qarashlar mustahkam o\u02bbrin olgan. Masalan, Zinda Alishayx Husayniy al-Qosimiyning 1091\/1680 yilda Buxoroda yozilgan \u201cSamaratul mashoyix\u201d asariga ko\u02bbra, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy Abu Bakr Siddiqning (r.a.) o\u02bbn ikkinchi avlodi bo\u02bblib, nasab zanjiri quyidagicha ko\u02bbrsatilgan: Shayxul islom shayx Burhoniddin Abulhasan Ali b. Abu Bakr b. Abdujalil b. Xalil b. Abu Bakr b. Muhammad b. Umar b. Omir ibn Abu Bakr ibn Abdurahmon b. Qosim b. Muhammad ibn Abu Bakr Siddiq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Asarning 1336-raqamli boshqa nusxasida Burhoniddin va Abulhasan Ali ismlari o\u02bbrtasiga \u201cibn\u201d so\u02bbzi tushib qolgan xolos, boshqa farqlar yo\u02bbq [5:62b; 6:131ab]. Xoja Ubaydulloh Ahror xonadoni mansublari bayoni o\u02bbrin olgan Abdulhay Husayniyning \u201cNasabnomai Xoja Ahror\u201d (yoz.y. taxm. XVII asr 40 yy.) asarida ham qarindoshlik sabab Burhoniddin Marg\u02bbinoniy avlodlari nasabi haqidagi ayrim qaydlar keltirilgan (sababi Xoja Ubaydulloh Ahror ham ota tarafdan Abu Bakr Siddiq (r.a.) avlodi bo\u02bblgan). Mazkur asarda keltirilgan nasab zanjiridagi shaxslar soni 16 ta. Bu o\u02bbzgarish ayrim ismlarning takror kelishi holati bilan bog\u02bbliq. Asarning Toshkent va Istanbul shaharlarida qo\u02bblyozmalaridagi matn aynan bir xil bo\u02bblib, nasab zanjiri quyidagicha ko\u02bbrsatilgan: Burhoniddin Ali b. Abu Bakr b. Abdujamil b. Xalil b. Abu Bakr b. Muhammad Abdurahim b. Umar b. Omir b. Abu Bakr b. Abdulloh b. Abdurahmon b. Abu Bakr b. Abdulloh b. Qosim b. Muhammad b. Abu Bakr Siddiq [1:22a; 2:70b].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Albatta, Burhoniddin Marg\u02bbinoniyning yuqorida keltirilgan nasab zanjirlaridagi ayrim farqlar seziladi. Bu o\u02bbrta asar qo\u02bblyozmalarini ko\u02bbchirish bilan bog\u02bbliq umumiy xususiyat bo\u02bblib, boshqa shaxslar nasabnomalarida ham kuzatiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Burhoniddin Marg\u02bbinoniy Samarqand shayxulislom mansabini egallab, keyinchalik shu yerda yashab qolgan. Yozma manbalarda keltirilishicha, u zotning uch o\u02bbg\u02bbli Jaloliddin Muhammad, Nizomiddin Umar va Imodiddin Abi Bakr ham faqih bo\u02bblib, otasidan so\u02bbng shayxulislom mansabida xizmat qilgan, bir qator asarlar yozib qoldirgan. Ulardan tarqalgan avlod \u201cavlodi sohibi Hidoya\u201d nomi ostida katta obro\u02bb-e\u02bctiborga ega bo\u02bblgan. Bu xonadon vakillari XII asr oxiridan to XVI asrning ikkinchi yarmiga qadar (XVI asr boshida qisqa uzilish bilan) Samarqand shayxulislom mansabini merosiy tarzda egallab kelgan. Xonadon mansubi Shayxul islom Xoja Abdulmalikning aytganlari asosida tuzilgan \u201cFi ansab avlad Shayxul islam Sahibul Hidaya\u201d (yoz.y. 766\/1364) nomli asarda keltirilishicha, Burhoniddin Marg\u02bbinoniydan so\u02bbng xonadonning o\u02bbndan ortiq vakili Samarqand shayxulislom mansabini egallagan. Boshqa a\u02bczolari esa shahardagi jome\u02bc va masjidlarning xatib va imom mansablarida ham xizmat qilgan. Burhoniddin Marg\u02bbinoniy avlodlarining ayrim vakillari XV asr boshida Oltin O\u02bbrda poytaxti Saroy shahrida faoliyat yuritgan [7: 225-226, 229-230].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Burhoniddin Marg\u02bbinoniy avlodlarining Amir Temur va Temuriylar davrida mamlakatdagi siyosiy jarayonlarda juda ham faollashib ketdi. Masalan, Xoja Abdulmalik Samarqand shayxulislomi va Amir Temurning yaqin saroy mulozimlaridan edi. Xoja Abdumalik nasabi haqidagi bir ma\u02bclumot XIV asrning uchinchi choragida Samarqandda tuzilgan bir vaqfnomada ham uchraydi (bu hujjat Movarounnahrda tuzilgan va asl nusxasi saqlanib qolgan qadimgi vaqfnomalardan biri hisoblanadi). Hujjat tilga olingan voqif Xoja Abdumalik XIV asrning 80-yillarida Samarqand shayxulislom mansabiga tayinlangan. Vaqfnomada uning nasabi quyidagicha ko\u02bbrsatilgan: Shayxul islom Abu Ahmad Abdumalik b. Shayxul islom Abu-s-Saffo Isom al-haq-vaddin Abduxalil b. Shayxul islom Mavlono Imod al-haq-vaddin Abu Bakr b. shayx ul islom Jaloliddin Muhammad b. Shayxul islom Zayniddin Abdurahim b. Shayxul islom Imodiddin Abu Bakr b. Burhoniddin [9: 57-58, 60-61].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xoja Abdumalikning qarindoshi Xoja Kamoliddin Abdulavval esa Amir Temur hayotining so\u02bbngi yillari va Xalil Sulton (h.y. 1405-1409, Samarqand,) davrida, Xoja Abdumalikdan so\u02bbng shayxulislomlik qilgan. U va Xoja Abdulmalikning o\u02bbg\u02bbli Xoja Isomiddin keyinroq Shohruh Mirzo (h.y. 1405-1447, Temuriylar saltanati) tarafdoriga aylangan va Samarqandni unga topshirish jarayonida faol qatnashgan [3:183-184]. Xoja Isomiddin shayxulislom mansabini deyarli Mirzo Ulug\u02bbbekning (h.y. 1409-1447, Movarounnahr; 1447-1449, Temuriylar saltanati) butun boshqaruvi davrida egallab turdi. Uning \u201cNasabnomai Xoja Ahror\u201dda keltirilgan nasab zanjiri va otasining ajdodlari ro\u02bbyxatida keltirilgan shaxslar soni va yozilishida ayrim farqlar bor (Xoja Isomiddin b. Xoja Abdumalik b. Xoja Mavlono b. Xoja Imodiddin b. Xoja Jaloliddin Muhammadan Sohibi karomot b. Mavlono Zayniddin Abdurahim b. Mavlono Burhoniddin Ali.) [1: 70b; 2:22a]. Lekin bu farqlar texnik xarakterda bo\u02bblib, bu ikki shaxsning ota va o\u02bbg\u02bbil ekani ehtimoli juda yaqin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xoja Isomiddinning birodari Xoja Nizomiddin esa Xoja Ubaydulloh Ahrorning katta o\u02bbg\u02bbli Xoja Muhammad Aminning qaynotasi, ayni paytda ko\u02bbplab Ahroriylarning ona tarafdan bobosi ham edi. Xoja Isomiddindan so\u02bbng shayxul islomlik mansabi uning Movarounnahr va Xurosonda katta ta\u02bcsirga ega bo\u02bblgan o\u02bbg\u02bbli Xoja Burhoniddinga o\u02bbtgan. U temuriy Abdulatif mirzo (h.y. 1449-50, Samarqand) o\u02bblimidan so\u02bbng boshqa temuriy shahzoda Mirzo Abdullohni qo\u02bbllab, Sulton Abu Sa\u02bcidga (h.y. 1451-1459, Movarounnahr; 1459-1469, Temuriylar saltanati) qarshi guruh yetakchilaridan biriga aylangan. Shu sababli Xoja Burhoniddin 855\/1451 yilda, Sulton Abu Sa\u02bcid Samarqandni egallaganda Hirotga, Abulqosim Bobur (h.y. 1422-1454, Hirot) huzuriga ketishga majbur bo\u02bblgan. Bu yerda u juda iliq kutib olingan. Saroyda va Xuroson aholisi orasida katta obro\u02bbga ega shaxs sifatida isyonkor shahzodalar bilan sulhlarda vositachilik qilgan [4: 321-323]. Ayni paytda u Movarounnahrda ham tarafdorlari ko\u02bbpligi sabab Samarqand hukumati uchun xavfli shaxs hisoblangan. Shuning uchun Sulton Abu Sa\u02bcid Hirotga, Abulqosim Bobur saroyiga elchi yuborib, 859\/1455 yilda Xoja Burhoniddinni Samarqandga qaytarishga muvaffaq bo\u02bblgan [4: 377]. Movarounnahrga qaytgach, Xoja Burhoniddinning mavqei yanada ortgan. Lekin ko\u02bbp o\u02bbtmay Toshkentdan Samarqandga ko\u02bbchib kelgan boshqa bir siddiqiy, Naqshbandiya tariqatining yangi rahnamosi Xoja Ubaydulloh Ahror bilan raqobatlashishiga to\u02bbg\u02bbri keldi. Temuriylar solnomalarida yuqori martabali ulamo va katta ta\u02bcsirga ega saroy mulozimi sifatida tasvirlangan Xoja Burhoniddin negadir Xoja Ubaydulloh Ahror manoqiblarida salbiy shaxs sifatida gavdalanadi. Ayniqsa, Xoja Burhoniddinning Xoja Ubaydulloh Ahrorni obro\u02bbsizlantirish va uning mol-mulkini musodara qilish borasidagi harakatlari haqidagi hikoyalar keng tarqalgan. Bu ikki siddiqiyning raqobati Xoja Burhoniddinning Hirotga ko\u02bbchib ketishi va o\u02bbsha yerda vafot etishi bilan yakuniga yetgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">XV asrning ikkinchi yarmi va XVI asr boshida shayxulislom mansabini egallagan Burhoniddin Marg\u02bbinoniy avlodlari Xoja Nizomiddin va Xoja Abulmakorim ham siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etgan. Samarqand taxti uchun kurashda temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Boburni qo\u02bbllab-quvvatlagan Xoja Abulmakorim chingiziy Muhammad Shayboniyxon (h.y. 1501-1510) buyrug\u02bbi bilan 1503 yilda qatl etilgan. Samarqand shayxulislom mansabining Marg\u02bbinoniylar qo\u02bblidan ketishining aniq sanasi noma\u02bclum. Harholda, Xoja Abulmakorim o\u02bblimidan oldinroq, Muhammad Shayboniyxon tomonidan Keshdan Samarqandga chaqirilganda shayxulislom mansabiga qayta tayinlanmagan [8: 60-61]. Bu paytda shayxulislom mansabida Abullaysiylar xonadonidan (mashhur faqih va muhaddis Abullays Nasr b. Muhammad Samarqandiy (vaf. 373\/983) avlodlari) Nizomiddin Xoja Xovand xizmat qilgan. Aftidan bu vaqtinchalik bo\u02bblgan. Sababi keyinroq Xoja Abulmakorimning nabirasi Xoja Buzurg ibn Xoja Abdumalik shayboniy Abdulatifxon ibn Ko\u02bbchkunchixon (h.y. 1540-1552, Samarqand) tomonidan shayxulislom etib tayinlangan [1:180a; 2:33a]. Undan keyin bu mansabni egallagan Marg\u02bbinoniylar haqida ma\u02bclumot uchramaydi. Taxminan XVI asrning oxirlariga kelib Samarqandda shayxulislom mansabi siddiqiylarning boshqa bir tarmog\u02bbi bo\u02bblgan Ahroriylar qo\u02bbliga o\u02bbtdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Umuman olganda, yozma manbalarda Burhoniddin Marg\u02bbinoniyning Abu Bakr Siddiq (r.a.) yoki Usmon ibn Affon (r.a.) avlodi ekani haqida ma\u02bclumotlar uchraydi. Lekin XVI-XIX asrlar yozma manbalarida birinchi variant keng tarqalgan. Burhoniddin Marg\u02bbinoniy avlodlari ham \u201cSohibi Hidoya\u201d avlodlari sifatida ham siddiqiylar xonadoni vakili sifatida Movarounnahr va Xurosonda alohida hurmat qozongan, uch yuz yil davomida Samarqand shayxulislom mansabini merosiy tarzda egallab kelgan. Lekin xonadonning XVI asrdan keyingi vakillari haqida hozircha aniq bir qaydlar ma\u02bclum emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdulhay Husayniy. Nasabnomai Xoja Ahror. O\u02bbzR FA SHI, qo\u02bblyozma \u2116526\/1.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdulhay Husayniy. Nasabnomai Xoja Ahror. Sulaymoniya kutubxonasi, qo\u02bblyozma \u21161688.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa\u02bcdayn. II jild, birinchi qism. 1405-1429-yillar voqealari. Tarjimon A. O\u02bbrinboyev. \u2013 T.: O\u02bbzbekiston, 2008.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa\u02bcdayn. II jild, ikkinchi va uchinchi qismlar. 1429-1470-yillar voqealari. Tarjimon A. O\u02bbrinboyev. \u2013 T.: O\u02bbzbekiston, 2008.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Zinda Alishayx Husayniy Qosimiy. Samaratul mashayix. O\u02bbzR FA SHI, qo\u02bblyozma \u21161336.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Zinda Alishayx Husayniy Qosimiy. Samaratul mashayix. O\u02bbzR FA SHI, qo\u02bblyozma \u21162619.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muminov A.K. Xanafitskiy mazxab v istorii Sentralnoy Azii \/ pod redaksiyey S.M. Prozorova. \u2013 Almat\u044b: Qazaq ensiklopediyas\u044b, 2015.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muhammadyor ibn Qatag\u02bbon. Musaxxirul bilod. Nashrga tayyorlovchi N. Jaloliy. \u2013 Tehron: Meros, 2006.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Chexovich O.D. Vakufn\u044by dokument vremeni Timura iz kolleksii Samarkandskogo Muzeya \/\/ Epigrafika Vostoka. V\u044bp. 4. \u2013 Moskva-Leningrad, 1951.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>O\u02bbktambek SULTONOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzR FA Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Musulmon jamiyatida alohida hurmat-e\u02bctiborga sazovor bo\u02bblgan xonadonlar (sakral oilalar) doimo siyosiy va madaniy-ma\u02bcnaviy hayotda muhim rol o\u02bbynab kelgan. O\u02bbtmishda nafaqat Payg\u02bbambarimiz Muhammad alayhissalomning to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri avlodlari bo\u02bblmish sayyidlar balki choryorlar avlodlari sifatida nasab va hasabga ega xo\u02bbjalar ham ko\u02bbp imtiyozlardan foydalangan. Ayniqsa, islom olamida yuksak hurmatga sazovor bo\u02bblgan Abu Bakr Siddiq (r.a.) avlodlari Bakriy yoki Siddiqiy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18976,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BURHONIDDIN MARG\u02bbINONIY NASABI VA AVLODLARI TAQDIRI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BURHONIDDIN MARG\u02bbINONIY NASABI VA AVLODLARI TAQDIRI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Musulmon jamiyatida alohida hurmat-e\u02bctiborga sazovor bo\u02bblgan xonadonlar (sakral oilalar) doimo siyosiy va madaniy-ma\u02bcnaviy hayotda muhim rol o\u02bbynab kelgan. O\u02bbtmishda nafaqat Payg\u02bbambarimiz Muhammad alayhissalomning to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri avlodlari bo\u02bblmish sayyidlar balki choryorlar avlodlari sifatida nasab va hasabga ega xo\u02bbjalar ham ko\u02bbp imtiyozlardan foydalangan. Ayniqsa, islom olamida yuksak hurmatga sazovor bo\u02bblgan Abu Bakr Siddiq (r.a.) avlodlari Bakriy yoki Siddiqiy &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-11-19T15:40:18+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_95.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz\",\"name\":\"BURHONIDDIN MARG\u02bbINONIY NASABI VA AVLODLARI TAQDIRI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_95.jpg\",\"datePublished\":\"2021-11-19T15:40:18+00:00\",\"dateModified\":\"2021-11-19T15:40:18+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_95.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_95.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BURHONIDDIN MARG\u02bbINONIY NASABI VA AVLODLARI TAQDIRI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BURHONIDDIN MARG\u02bbINONIY NASABI VA AVLODLARI TAQDIRI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BURHONIDDIN MARG\u02bbINONIY NASABI VA AVLODLARI TAQDIRI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Musulmon jamiyatida alohida hurmat-e\u02bctiborga sazovor bo\u02bblgan xonadonlar (sakral oilalar) doimo siyosiy va madaniy-ma\u02bcnaviy hayotda muhim rol o\u02bbynab kelgan. O\u02bbtmishda nafaqat Payg\u02bbambarimiz Muhammad alayhissalomning to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri avlodlari bo\u02bblmish sayyidlar balki choryorlar avlodlari sifatida nasab va hasabga ega xo\u02bbjalar ham ko\u02bbp imtiyozlardan foydalangan. Ayniqsa, islom olamida yuksak hurmatga sazovor bo\u02bblgan Abu Bakr Siddiq (r.a.) avlodlari Bakriy yoki Siddiqiy &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-11-19T15:40:18+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_95.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz","name":"BURHONIDDIN MARG\u02bbINONIY NASABI VA AVLODLARI TAQDIRI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_95.jpg","datePublished":"2021-11-19T15:40:18+00:00","dateModified":"2021-11-19T15:40:18+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_95.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_95.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18978&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BURHONIDDIN MARG\u02bbINONIY NASABI VA AVLODLARI TAQDIRI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18978"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18978"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18978\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18979,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18978\/revisions\/18979"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/18976"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18978"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18978"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18978"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}