{"id":18948,"date":"2021-11-18T09:30:25","date_gmt":"2021-11-18T04:30:25","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=18948"},"modified":"2021-11-18T09:30:25","modified_gmt":"2021-11-18T04:30:25","slug":"jamiyat-qo%ca%bbshnilik-madaniyati-bilan-taraqqiy-topadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz","title":{"rendered":"JAMIYAT QO\u02bbSHNILIK MADANIYATI BILAN TARAQQIY TOPADI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har bir jamiyatning tinchligini ta\u02bcminlashda qo\u02bbshnilik madaniyatiga rioya qilishning o\u02bbrni beqiyosdir. Qo\u02bbshnilar bir-biri bilan ahil va inoq bo\u02bblsa, o\u02bbsha jamiyatda tinchlik-totuvlik hukm suradi va taraqqiyot bo\u02bbladi. Bordiyu aksi bo\u02bblsa, jamiyat parokandalikka yuz tutadi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz \u201cHovli olma, qo\u02bbshni ol\u201d, \u201cQo\u02bbshning tinch \u2013 sen tinch\u201d degan naqllarni o\u02bbrgatish bilan birga, ularga qat\u02bciy amal qilib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqaddas dinimiz ta\u02bclimotida qo\u02bbshnilik aloqalariga alohida e\u02bctibor beriladi. Qo\u02bbshniga yaxshilik qilish ibodat darajasiga ko\u02bbtarilgan. Qo\u02bbshnilikda millat, din yo nasabning ahamiyati yo\u02bbq. Qo\u02bbshni kim bo\u02bblishidan qat\u02bci nazar, uni hurmat qilish \u2013 vojib, ozor yetkazish esa haromdir. Shuning uchun har bir musulmon qo\u02bbshnisiga yaxshilik qilish qo\u02bblidan kelmasa, hech bo\u02bblmasa, yomonlik qilmaslikka va ziyon yetkazmaslikka harakat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbshnilik madaniyatini targ\u02bbib qiluvchi ko\u02bbplab oyat va hadislar mavjud. Jumladan, \u201cNiso\u201d surasining 36-oyatida bunday marhamat qilingan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAllohga bandalik qilinglar va Unga hech narsani sherik qilmanglar! Ota-onangizga hamda qarindosh-urug\u02bb, yetim va miskinlarga, qarindosh qo\u02bbshni va begona qo\u02bbshniga, yoningizdagi hamrohingizga, yo\u02bblovchi musofirga va qo\u02bbllaringizdagi qullaringizga yaxshilik qilingiz! Albatta, Alloh mutakabbir va maqtanchoq bo\u02bblgan kimsalarni sevmaydi\u201d.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu oyatning tafsirida qo\u02bbshnining qo\u02bbshnida uchta haqqi borligi aytiladi. Ular:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">agar qo\u02bbshni boshqa din vakili bo\u02bblsa, uning qo\u02bbshnilik haqqi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">agar qo\u02bbshni musulmon bo\u02bblsa, uning qo\u02bbshnilik va musulmonlik haqqi;<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">agar qo\u02bbshni qarindosh va musulmon bo\u02bblsa, uning qo\u02bbshnilik, qarindoshchilik va musulmonlik haqqi.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Deyarli barcha muhaddislarning to\u02bbplamlarida qo\u02bbshnilik madaniyatiga oid hadislar keltirilgan. Ular orasida Imom Buxoriyning \u201cAdabul mufrad\u201d asari alohida ajralib turadi. Chunki, undagi o\u02bbn oltita, ya\u02bcni 55-70 boblardagi 28 ta hadis aynan qo\u02bbshnilik madaniyati va haq-huquqlariga oiddir. Ularda qo\u02bbshnining haqqi, unga yaxshilik qilish, ozor bermaslik, yaxshi va yomon qo\u02bbshnilarning vasfi kabi masalalar bayon qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, 101-hadisda Jabroil alayhissalomning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qo\u02bbshniga yaxshilik qilish va muruvvat ko\u02bbrsatish borasida qilgan tavsiyasi quyidagicha bayon qilingan:<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0639\u064e\u0646\u0652 \u0639\u064e\u0627\u0626\u0650\u0634\u064e\u0629\u064e \u0631\u064e\u0636\u0650\u064a\u064e \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f \u0639\u064e\u0646\u0652\u0647\u064e\u0627 \u0639\u064e\u0646\u0652 \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0628\u0650\u064a\u0651\u0650 \u0635\u064e\u0644\u0651\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f \u0639\u064e\u0644\u064e\u064a\u0652\u0647\u0650 \u0648\u0633\u064e\u0644\u064e\u0651\u0645 \u0642\u0627\u0644:\u0645\u064e\u0627 \u0632\u064e\u0627\u0644\u064e \u062c\u0650\u0628\u0652\u0631\u064a\u0644\u064f \u064a\u064f\u0648\u0635\u0650\u064a\u0646\u0650\u064a \u0628\u0650\u0627\u0644\u062c\u064e\u0627\u0631\u0650 \u062d\u064e\u062a\u0651\u064e\u0649 \u0638\u064e\u0646\u064e\u0646\u0652\u062a\u064f \u0623\u064e\u0646\u0651\u064e\u0647\u064f \u0633\u064e\u064a\u064f\u0648\u064e\u0631\u0651\u0650\u062b\u064f\u0647\u064f<\/strong><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=18945#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<em>\u201cMenga Jabroil alayhissalom qo\u02bbshniga yaxshilik qilishni shu qadar ko\u02bbp tavsiya qildiki, hatto uni yaqinda merosxo\u02bbrim qilib qo\u02bbysa kerak, deb o\u02bbyladim\u201d<\/em>, dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatan ham ba\u02bczan Jabroil alayhissalom o\u02bbta muhim masalalarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qayta-qayta tavsiya qilgan. Jumladan, qo\u02bbshnining haqqi, unga yaxshilik qilish va muruvvat ko\u02bbrsatish ham o\u02bbta savobli va e\u02bctiborli amallardan bo\u02bblgani uchun Jabroil alayhissalom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga buni shu qadar ko\u02bbp ta\u02bckidlaganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko\u02bbngillaridan beixtiyor \u201cgap shu tarzda davom etadigan bo\u02bblsa, yaqinda merosingni ham qo\u02bbshning oladi, deb qolarmikan\u201d, degan o\u02bby o\u02bbtgan ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asardagi 102-hadisda kim Allohga va qiyomat kuniga imon keltirgan bo\u02bblsa, oxiratdan umidvor bo\u02bblsa, qo\u02bbshnisiga yaxshilik qilishi lozimligi ta\u02bckidlangan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0639\u064e\u0646\u0652 \u0623\u064e\u0628\u0650\u064a \u0634\u064f\u0631\u064e\u064a\u0652\u062d\u064d \u0627\u0644\u0652\u062e\u064f\u0632\u064e\u0627\u0639\u0650\u064a\u0651\u0650 \u0639\u064e\u0646\u0652 \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0628\u0650\u064a\u0651\u0650 \u0635\u064e\u0644\u0651\u0649 \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f \u0639\u064e\u0644\u064e\u064a\u0652\u0647\u0650 \u0648\u0633\u064e\u0644\u064e\u0651\u0645 \u0642\u064e\u0627\u0644\u064e: \u0645\u064e\u0646\u0652 \u0643\u064e\u0627\u0646\u064e \u064a\u064f\u0624\u0652\u0645\u0650\u0646\u064f \u0628\u0650\u0627\u0644\u0644\u0647\u0650 \u0648\u064e\u0627\u0644\u0652\u064a\u064e\u0648\u0652\u0645\u0650 \u0627\u0644\u0622\u062e\u0650\u0631\u0650 \u0641\u064e\u0644\u0652\u064a\u064f\u062d\u0652\u0633\u0650\u0646\u0652 \u0625\u0644\u064e\u0649 \u062c\u064e\u0627\u0631\u0650\u0647\u0650\u060c \u0648\u064e\u0645\u064e\u0646\u0652 \u0643\u064e\u0627\u0646\u064e \u064a\u064f\u0624\u0652\u0645\u0650\u0646\u064f \u0628\u0650\u0627\u0644\u0644\u0647\u0650 \u0648\u064e\u0627\u0644\u0652\u064a\u064e\u0648\u0652\u0645\u0650 \u0627\u0644\u0622\u062e\u0650\u0631\u0650\u060c \u0641\u064e\u0644\u0652\u064a\u064f\u0643\u0652\u0631\u0650\u0645\u0652 \u0636\u064e\u064a\u0652\u0641\u064e\u0647\u064f\u060c \u0648\u064e\u0645\u064e\u0646\u0652 \u0643\u064e\u0627\u0646\u064e \u064a\u064f\u0624\u0652\u0645\u0650\u0646\u064f \u0628\u0650\u0627\u0644\u0644\u0647\u0650 \u0648\u064e\u0627\u0644\u0652\u064a\u064e\u0648\u0652\u0645\u0650 \u0627\u0644\u0652\u0622\u062e\u0650\u0631\u0650 \u0641\u064e\u0644\u0652\u064a\u064e\u0642\u064f\u0644\u0652 \u062e\u064e\u064a\u0652\u0631\u064b\u0627 \u0623\u064e\u0648\u0652 \u0644\u0650\u064a\u064e\u0635\u0652\u0645\u064f\u062a\u0652<\/strong><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=18945#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Shurayh Xuzoiydan rivoyat qilinadi: \u201cNabiy sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<em>\u201cKimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo\u02bblsa, qo\u02bbshnisiga yaxshilik qilsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo\u02bblsa, mehmoniga izzat-ikrom ko\u02bbrsatsin. Kimki Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo\u02bblsa, yaxshi gap aytsin yoki jim tursin\u201d,<\/em>\u00a0dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu hadisda Allohga va qiyomat kuniga imon keltirishni zikr qilishdan maqsad mazkur ishlarga targ\u02bbib mubolag\u02bbali bo\u02bblishi uchundir. Allohga bo\u02bblgan imon doimo U zotga muhabbat ila itoat qilishga chorlaydi. Oxirat kuniga imon keltirish esa, savob va gunohlarni eslab turishning asosidir. Ya\u02bcni, kimki oxirat kuniga imon keltirgan bo\u02bblsa, yaxshilik qilishga va \u00ebmonlikdan tiyilishga harakat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, qo\u02bbshniga yaxshilik qilish Allohga va qiyomat kuniga imonning alomati ekan. Kim Allohga imon keltirgan bo\u02bblsa, qiyomat kunidan umidvor bo\u02bblsa, qo\u02bbshnisiga yaxshilik qilishi lozim bo\u02bbladi. Qo\u02bbshniga yaxshilik qilish uning hojati tushgan vaqtda yordamni ayamaslik va unga yomonlik qilmaslikda namoyon bo\u02bbladi. Qo\u02bbshniga ko\u02bbp yaxshilik qilib, u bilan chiroyli muomalada bo\u02bblgan kishi, albatta, Alloh taoloning huzurida eng yaxshi qo\u02bbshni sanalar ekan.<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0639\u064e\u0646\u0650 \u0627\u0644\u0652\u062d\u064e\u0633\u064e\u0646\u0650 \u0627\u0644\u0652\u0628\u064e\u0635\u0652\u0631\u0650\u064a \u0623\u064e\u0646\u0651\u064e\u0647\u064f \u0633\u064f\u0626\u0650\u0644\u064e \u0639\u064e\u0646\u0650 \u0627\u0644\u0652\u062c\u064e\u0627\u0631\u0650\u060c \u0641\u064e\u0642\u064e\u0627\u0644\u064e: \u0623\u064e\u0631\u0652\u0628\u064e\u0639\u0650\u064a\u0646\u064e \u062f\u064e\u0627\u0631\u064b\u0627 \u0623\u064e\u0645\u064e\u0627\u0645\u064e\u0647\u064f\u060c \u0648\u064e\u0623\u064e\u0631\u0652\u0628\u064e\u0639\u0650\u064a\u0646\u064e \u062e\u064e\u0644\u0652\u0641\u064e\u0647\u064f\u060c \u0648\u064e\u0623\u064e\u0631\u0652\u0628\u064e\u0639\u0650\u064a\u0646\u064e \u0639\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064e\u0645\u0650\u064a\u0646\u0650\u0647\u0650\u060c \u0648\u064e\u0623\u064e\u0631\u0652\u0628\u064e\u0639\u0650\u064a\u0646\u064e \u0639\u064e\u0646\u0652 \u064a\u064e\u0633\u064e\u0627\u0631\u0650\u0647\u0650<\/strong><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=18945#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hasan Basriydan rivoyat qilinadi: U kishidan qo\u02bbshnilar haqida so\u02bbraldi. U: \u201cOldidan qirq hovli. Ortidan \u2013 qirqta. O\u02bbngidan \u2013 qirqta. Chapidan \u2013 qirqta\u201d, dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu hadisdan ma\u02bclum bo\u02bbladiki, shariatda o\u02bbng, chap, old va orqa tomondan qirqtadan xonadon qo\u02bbshni hisoblanib, ularda qo\u02bbshnilik haqqi bo\u02bblar ekan. Yuqorida zikr etilgan va shu kabi boshqa hadislarda qo\u02bbshnilik munosabatlariga alohida e\u02bctibor berilgan. Qo\u02bbshnining haqqi yuqori ko\u02bbtarilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, qo\u02bbshnisidan xabar olib turadigan, qo\u02bbshnisini och, yupun qoldirmaydigan kishilar jamiyati juda taraqqiy etgan, tinch-totuv, ahil jamiyat bo\u02bbladi. Aksincha, odamlari qo\u02bbshnisining ahvoli bilan ishi yo\u02bbq, o\u02bbzi esa keragidan ortiq maishat qiladigan jamiyat, albatta, tanazzulga yuz tutib, halokatga uchraydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida shuni aytish lozimki, hozirgi kunda ham imonini mahkam tutib, qo\u02bbshnilik madaniyatiga qat\u02bciy amal qilib kelayotgan mo\u02bbmin-musulmonlar bunday savobli ishlar lazzatidan bahramand bo\u02bblib kelmoqda. Har bir shaxs qo\u02bbshni bilan chiroyli muomalada bo\u02bblsa, uning och va yupun qolishiga yo\u02bbl qo\u02bbymasa, u yashayotgan jamiyat bag\u02bbrikenglik va totuvlik tamoyillariga amal qilgan, tinch-totuv va ahil jamiyat bo\u02bbladi. Qo\u02bbshnilik madaniyatiga rioya qilgan jamiyat va mahallalarda ko\u02bbpgina muammoli masalalar Yaratganning inoyati bilan o\u02bbz-o\u02bbzidan hal bo\u02bblib ketaveradi.\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=18945#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Aadabul mufrad (arab tilida). \u2013 T.: Movarounnahr, 2013. \u2013 B.31.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=18945#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Aadabul mufrad (arab tilida). \u2013 T.: Movarounnahr, 2013. \u2013 B.31.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=18945#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Adabul mufrad (arab tilida). \u2013 T.: Movarounnahr, 2013. \u2013 B.32.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Yo\u02bbldoshxon Isayev,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har bir jamiyatning tinchligini ta\u02bcminlashda qo\u02bbshnilik madaniyatiga rioya qilishning o\u02bbrni beqiyosdir. Qo\u02bbshnilar bir-biri bilan ahil va inoq bo\u02bblsa, o\u02bbsha jamiyatda tinchlik-totuvlik hukm suradi va taraqqiyot bo\u02bbladi. Bordiyu aksi bo\u02bblsa, jamiyat parokandalikka yuz tutadi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz \u201cHovli olma, qo\u02bbshni ol\u201d, \u201cQo\u02bbshning tinch \u2013 sen tinch\u201d degan naqllarni o\u02bbrgatish bilan birga, ularga qat\u02bciy amal qilib &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18946,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>JAMIYAT QO\u02bbSHNILIK MADANIYATI BILAN TARAQQIY TOPADI<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"JAMIYAT QO\u02bbSHNILIK MADANIYATI BILAN TARAQQIY TOPADI\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Har bir jamiyatning tinchligini ta\u02bcminlashda qo\u02bbshnilik madaniyatiga rioya qilishning o\u02bbrni beqiyosdir. Qo\u02bbshnilar bir-biri bilan ahil va inoq bo\u02bblsa, o\u02bbsha jamiyatda tinchlik-totuvlik hukm suradi va taraqqiyot bo\u02bbladi. Bordiyu aksi bo\u02bblsa, jamiyat parokandalikka yuz tutadi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz \u201cHovli olma, qo\u02bbshni ol\u201d, \u201cQo\u02bbshning tinch \u2013 sen tinch\u201d degan naqllarni o\u02bbrgatish bilan birga, ularga qat\u02bciy amal qilib &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-11-18T04:30:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_93.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz\",\"name\":\"JAMIYAT QO\u02bbSHNILIK MADANIYATI BILAN TARAQQIY TOPADI\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_93.jpg\",\"datePublished\":\"2021-11-18T04:30:25+00:00\",\"dateModified\":\"2021-11-18T04:30:25+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_93.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_93.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"JAMIYAT QO\u02bbSHNILIK MADANIYATI BILAN TARAQQIY TOPADI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"JAMIYAT QO\u02bbSHNILIK MADANIYATI BILAN TARAQQIY TOPADI","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"JAMIYAT QO\u02bbSHNILIK MADANIYATI BILAN TARAQQIY TOPADI","og_description":"Har bir jamiyatning tinchligini ta\u02bcminlashda qo\u02bbshnilik madaniyatiga rioya qilishning o\u02bbrni beqiyosdir. Qo\u02bbshnilar bir-biri bilan ahil va inoq bo\u02bblsa, o\u02bbsha jamiyatda tinchlik-totuvlik hukm suradi va taraqqiyot bo\u02bbladi. Bordiyu aksi bo\u02bblsa, jamiyat parokandalikka yuz tutadi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz \u201cHovli olma, qo\u02bbshni ol\u201d, \u201cQo\u02bbshning tinch \u2013 sen tinch\u201d degan naqllarni o\u02bbrgatish bilan birga, ularga qat\u02bciy amal qilib &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-11-18T04:30:25+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_93.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz","name":"JAMIYAT QO\u02bbSHNILIK MADANIYATI BILAN TARAQQIY TOPADI","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_93.jpg","datePublished":"2021-11-18T04:30:25+00:00","dateModified":"2021-11-18T04:30:25+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_93.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/bukhari_buxoriy2021_93.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18948&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"JAMIYAT QO\u02bbSHNILIK MADANIYATI BILAN TARAQQIY TOPADI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18948"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18948"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18948\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18949,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18948\/revisions\/18949"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/18946"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18948"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18948"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18948"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}