{"id":18787,"date":"2021-11-09T11:50:36","date_gmt":"2021-11-09T06:50:36","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=18787"},"modified":"2021-11-09T11:55:01","modified_gmt":"2021-11-09T06:55:01","slug":"yangi-o%ca%bbzb%d0%b5kiston-inson-qadri-ustuvor-bo%ca%bblgan-mamlakat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz","title":{"rendered":"YANGI O\u02bbZB\u0415KISTON \u2014 INSON QADRI USTUVOR BO\u02bbLGAN MAMLAKAT"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bismillahir Rohmanir Rohiym.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taologa behisob shukrki, taraqqiyotimizning yangi davrida yangilanishlar nafasi kirib bormagan birorta soha va tarmoq, shahar va tuman, qishloq va ovul qolmadi. Bugungi kunda davlatimiz inson uchun, xalq uchun baralla ochildi. Yangi O\u02bbzbekistonda islohotlarning barchasi xalqimiz qadr-qimmatini yanada yuksaltirishga, odamlarni rozi qilish, har bir insonning farovon hayot kechirishini ta\u02bcminlashga qaratilganini bugun o\u02bbz hayotimizda his etyapmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2021 yil 6 noyabr kuni yangi saylangan O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o\u02bbz lavozimiga kirishishiga bag\u02bbishlangan tantanali marosimda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari qatorida kamina ham ishtirok etdim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu tantanali marosim va unda O\u02bbzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichini o\u02bbz ichiga olgan dastur taqdim etilishini millionlab mo\u02bbmin-musulmonlarimiz katta qiziqish bilan kuzatdi. Ahamiyatlisi, ana shu teran mulohaza ila uzoqni ko\u02bbzlab qilingan chiqishning har bir jihati juda ham keng masalalarni o\u02bbz ichiga qamrab olgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari kelgusi besh yilga mo\u02bbljallangan ustuvor yo\u02bbnalishlar haqida nutq so\u02bbzlar ekan, Yangi O\u02bbzbekiston strategiyasining uzviy va davomiyligini ta\u02bcminlash maqsadida \u201cHarakatlar strategiyasidan \u2014 Taraqqiyot strategiyasi sari\u201d degan tamoyil asosiy g\u02bboya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo\u02bbyildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash joizki, keyingi yillarda xalq bilan bevosita muloqot qilish, uning dardu tashvishini, muammolarini ijobiy hal etish bo\u02bbyicha yangi tizim yaratildi. Hayotimizda \u201cDavlat \u2014 insonlar uchun\u201d degan xalqchil g\u02bboya qaror topdi va bu tobora mustahkamlanib bormoqda. Insonning haq-huquqlari, qadr-qimmati, qonuniy manfaatlarini ta\u02bcminlash hamda himoya qilish tamoyili islohotlar mohiyatini tashkil etadi. Bir so\u02bbz bilan aytganda, amaliy natija, inson manfaati, uning qadr-qimmati bosh maqsadga aylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, Islom dini inson qadrini nihoyatda yuqori darajaga ko\u02bbtaradi. Qadimdan turli jamiyatlarda inson qadri turli narsalar bilan bog\u02bbliq holda talqin qilingan. Har bir jamiyat mafkurasidan, dunyoqarashidan, inson zotiga munosabatidan kelib chiqib, uni turlicha taqdirlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qaysidir jamiyatda kuchli inson eng yaxshi va eng qadrli hisoblangan bo\u02bblsa, boshqa bir jamiyatda hukmdor, amaldorlar qadr topgan. Islomda esa kuch, mansab, ko\u02bbrk va molu dunyo hayotning mohiyati emas, balki hayotning bir vasilasi, xolos.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz yashayotgan yangi O\u02bbzbekistonda ham, avvalo, inson kim bo\u02bblishidan qat\u02bci nazar, uning haq-huquqlariga katta e\u02bctibor qilinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinimizda insonning qadr-qimmati qalbi pokligi, maqsadi ezguligi, undagi imon-ixlos va qilgan yaxshi amal\u00adlari bilan o\u02bblchanadi. Inson qadrini o\u02bblchashning ana shu ilohiy mezonlari ishga solingandagina odamlar haqiqiy qadrini topadi. Zotan, Islom dini nozil qilinishining bosh sababi ham, bu muqaddas dinning asl mohiyati ham inson qadrini ulug\u02bblashdir. Dunyodagi barcha narsalar insonga beminnat xizmat qilish uchun yaratilgandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qur\u02bconi karimning bir necha oyatida bu umuminsoniy yuksak qadriyat alohida ta\u02bckidlangan. Masalan, Isro surasining 70-oyatida: \u201cBatahqiq, Biz Bani Odamni azizu mukarram qilib qo\u02bbydik va ularni quruqligu dengizda (ulovla) ko\u02bbtardik hamda ularni pok narsalar ila rizqlantirdik va uni O\u02bbzimiz yaratgan ko\u02bbp narsalardan mutlaqo afzal qilib qo\u02bbydik\u201d, deyiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tafsir kitoblarida inson qaysi ne\u02bcmatlar tufayli mukarram ekani to\u02bbg\u02bbrisida ko\u02bbp misollar keltirilgan. Ba\u02bczi mufassirlar mazkur oyatni sharhlab, insonga ato etilgan ne\u02bcmatlarni ikkiga taqsim qilgan: Birinchisi \u2014 jismoniy ne\u02bcmatlar. Bunga misol: sihat-salomatlik, yaxshi taom, chiroyli libos, farovon turmush kabilar. Bu ne\u02bcmatlar barcha bandalarga barobar berilishi mumkin. Ikkinchisi \u2014 ruhoniy yoki ma\u02bcnaviy ne\u02bcmatlar. Bunga misol: imon, islom, rushdu hidoyat, axloq, tavfiq kabi ijobiy sifatlardir. Bu ne\u02bcmatlar faqat Alloh taolo inoyat qilgan bandalargagina nasib etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo quruqlikda ham, dengizda ham inson manfaati uchun zarur bo\u02bblgan barcha narsalarni muhayyo qildi hamda uni ikki dunyo saodatiga yetkazadigan qonun-qoidalarni joriy qilib qo\u02bbydi. Bu ham Alloh inson zotini azizu mukarram qilganidandir. Afzallikda unga yaqin kela oladigan maxluqot olamda yo\u02bbqdir. Barcha maxluqotlar odam bolasi uchun beminnat xizmatkor. Shubhasiz, bu dunyoda ham, oxiratda ham bu afzallik va ne\u02bcmatlarning mas\u02bculiyati va javobgarligi bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi oyati karimadan ayon bo\u02bbladiki, inson Alloh taolo yaratgan barcha mavjudotlar ichida eng aziz va mukarram xilqatdir. Alloh taolo odamni O\u02bbz qudrati bilan yaratib, uni mukarram qildi. O\u02bbz ruhidan jon puflab, ulug\u02bbladi. Bunday sharafga hech bir maxluqot muyassar bo\u02bblgan emas. Shu bois ham inson azizu mukarramdir. Alloh taolo yana odam bolasini O\u02bbzi bergan aql bilan aziz qildi. Aql bilan inson boshqa hamma maxluqotlardan ustundir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o\u02bbzlarining muborak hadisi shariflarida: \u201cMo\u02bbmin kishi Alloh taolo nazdida farishtalardan ham mukarram va afzaldir\u201d, degan ekanlar. Mana bu hadisning sharhida shunday deyiladiki, ya\u02bcni \u201cFarishtalarni Alloh taolo faqat toat-ibodat va ba\u02bczi maxsus vazifalarni ado etish uchungina yaratgan. Shuning uchun ularda aql boru, lekin nafsu shahvat yo\u02bbq. Hayvonotda esa nafsu shahvat boru, lekin aql yo\u02bbq. Ammo odamzodda aql ham bor, nafsu shahvat ham bor. Aql uni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga, savobli ishlarga boshlasa, nafsu shahvat faqat nafsni qondirish, shahvoniy hirsni qoniqtirishga va buning uchun har qanday gunohu ma\u02bcsiyat ishlaridan qaytmaslikka boshlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Binobarin, agar insonning aqli nafsu shahvatidan g\u02bbolib kelib, uning amriga muvofiq harakat qilsa, demak, u farishtalardan ham ulug\u02bb maqomda yurgan bo\u02bbladi. Ammo bordi-yu, nafsu shahvati aqlidan g\u02bbolib kelib, ularning amriga muvofiq harakat qilsa, demak, u hayvonlardan ham past martabada qolgan bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Maloikalar inson Alloh tomonidan yaratilgani uchun unga hurmat bajo keltirib, ta\u02bczim sajdasini ado qildi. Mana shu narsa insonni oliy maqomga ko\u02bbtardi. Rabboniy jon ato etish insonni inson qildi. U endi Allohning yer yuzidagi o\u02bbrinbosari, degan muborak nomga musharraf bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson degani shunday mukarram zot ekan, uning siri Ilohiy ruh bilan yaratilgani va Inson qimmati ham shunga bog\u02bbliq ekani ma\u02bclum bo\u02bbldi. Alloh taolo insonga osmonlar va yer yuzidagi barcha narsalarni bo\u02bbysundirib qo\u02bbydi. Unga botiniy va zohiriy ne\u02bcmatlarning hammasini berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, Haq taolo insonni azizu mukarram qilib yaratgan ekan, uni kamsitish, unga ziyon yetkazish, ozor berishdan saqlanish, aksincha, unga ko\u02bbmak berish, mushkulini oson qilish, manfaat yetkazish lozim. Zero, Hazrati Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida bunday marhamat qiladilar: \u201cKimiki, bir mo\u02bbmindan dunyo qiyinchiliklaridan birini yengillashtirsa, Alloh taolo undan qiyomat og\u02bbirliklaridan birini yengil qiladi. Kimiki hayotda qiynalgan kishiga osonlikni ravo ko\u02bbrsa, Alloh taolo unga dunyo va oxiratda yengillikni ato qilur\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yangi O\u02bbzbekistonda ham barcha islohotlar mana shunday inson dardu tashvishlarini yengillatish, uning farovon hayot kechirishiga qaratilgan. Inchunin, bugun inson qadri-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini ta\u02bcminlashga qaratilgan keng ko\u02bblamli islohotlar yangi pog\u02bbonaga ko\u02bbtarilmoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbari boshchiligida millati, tili va dinidan qat\u02bci nazar, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning farovonligini ta\u02bcminlashga xizmat qiladigan \u201cYangi O\u02bbzbekiston \u2014 xalqchil va insonparvar davlat\u201d g\u02bboyasi ilgari surilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbrnida aytish mumkinki, insondagi azizlik va mukarramlik sharafi kishiga faxru iftixor bag\u02bbishlashi barobarida, xalq manfaati, din rivoji va mamlakat obodligi yo\u02bblida o\u02bbz hissasini qo\u02bbshishga undaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Nuriddin XOLIQNAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2021 yil 9 noyabr, 224(480) son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa behisob shukrki, taraqqiyotimizning yangi davrida yangilanishlar nafasi kirib bormagan birorta soha va tarmoq, shahar va tuman, qishloq va ovul qolmadi. Bugungi kunda davlatimiz inson uchun, xalq uchun baralla ochildi. Yangi O\u02bbzbekistonda islohotlarning barchasi xalqimiz qadr-qimmatini yanada yuksaltirishga, odamlarni rozi qilish, har bir insonning farovon hayot kechirishini ta\u02bcminlashga qaratilganini bugun o\u02bbz &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18785,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>YANGI O\u02bbZB\u0415KISTON \u2014 INSON QADRI USTUVOR BO\u02bbLGAN MAMLAKAT<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"YANGI O\u02bbZB\u0415KISTON \u2014 INSON QADRI USTUVOR BO\u02bbLGAN MAMLAKAT\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa behisob shukrki, taraqqiyotimizning yangi davrida yangilanishlar nafasi kirib bormagan birorta soha va tarmoq, shahar va tuman, qishloq va ovul qolmadi. Bugungi kunda davlatimiz inson uchun, xalq uchun baralla ochildi. Yangi O\u02bbzbekistonda islohotlarning barchasi xalqimiz qadr-qimmatini yanada yuksaltirishga, odamlarni rozi qilish, har bir insonning farovon hayot kechirishini ta\u02bcminlashga qaratilganini bugun o\u02bbz &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-11-09T06:50:36+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-11-09T06:55:01+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/20211109_gazeta_uz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"586\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz\",\"name\":\"YANGI O\u02bbZB\u0415KISTON \u2014 INSON QADRI USTUVOR BO\u02bbLGAN MAMLAKAT\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/20211109_gazeta_uz.jpg\",\"datePublished\":\"2021-11-09T06:50:36+00:00\",\"dateModified\":\"2021-11-09T06:55:01+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/20211109_gazeta_uz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/20211109_gazeta_uz.jpg\",\"width\":660,\"height\":586},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"YANGI O\u02bbZB\u0415KISTON \u2014 INSON QADRI USTUVOR BO\u02bbLGAN MAMLAKAT\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"YANGI O\u02bbZB\u0415KISTON \u2014 INSON QADRI USTUVOR BO\u02bbLGAN MAMLAKAT","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"YANGI O\u02bbZB\u0415KISTON \u2014 INSON QADRI USTUVOR BO\u02bbLGAN MAMLAKAT","og_description":"Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa behisob shukrki, taraqqiyotimizning yangi davrida yangilanishlar nafasi kirib bormagan birorta soha va tarmoq, shahar va tuman, qishloq va ovul qolmadi. Bugungi kunda davlatimiz inson uchun, xalq uchun baralla ochildi. Yangi O\u02bbzbekistonda islohotlarning barchasi xalqimiz qadr-qimmatini yanada yuksaltirishga, odamlarni rozi qilish, har bir insonning farovon hayot kechirishini ta\u02bcminlashga qaratilganini bugun o\u02bbz &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-11-09T06:50:36+00:00","article_modified_time":"2021-11-09T06:55:01+00:00","og_image":[{"width":660,"height":586,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/20211109_gazeta_uz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz","name":"YANGI O\u02bbZB\u0415KISTON \u2014 INSON QADRI USTUVOR BO\u02bbLGAN MAMLAKAT","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/20211109_gazeta_uz.jpg","datePublished":"2021-11-09T06:50:36+00:00","dateModified":"2021-11-09T06:55:01+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/20211109_gazeta_uz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/11\/20211109_gazeta_uz.jpg","width":660,"height":586},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18787&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"YANGI O\u02bbZB\u0415KISTON \u2014 INSON QADRI USTUVOR BO\u02bbLGAN MAMLAKAT"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18787"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18787"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18787\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18789,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18787\/revisions\/18789"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/18785"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18787"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18787"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18787"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}