{"id":18176,"date":"2021-10-18T09:36:32","date_gmt":"2021-10-18T04:36:32","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=18176"},"modified":"2021-10-18T09:38:09","modified_gmt":"2021-10-18T04:38:09","slug":"fan-taraqqiyotida-movarounnahrlik-ulamolarning-o%ca%bbrni-5-qism","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz","title":{"rendered":"FAN TARAQQIYOTIDA MOVAROUNNAHRLIK ULAMOLARNING O\u02bbRNI (5-qism)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">(<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/%d1%84%d0%b0%d0%bd-%d1%82%d0%b0%d1%80%d0%b0%d2%9b%d2%9b%d0%b8%d1%91%d1%82%d0%b8%d0%b4%d0%b0-%d0%bc%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%80%d0%be%d1%83%d0%bd%d0%bd%d0%b0%d2%b3%d1%80%d0%bb%d0%b8%d0%ba-%d1%83%d0%bb-4\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">4-qism<\/a>)Qozizoda Rumiy. Mirzo Ulug\u02bbbek davrida Samarqandda yashab ijod etgan bu olimning to\u02bbliq ismi Muso ibn Mavlono Muhammad ibn Qozi Mahmud bo\u02bblib, o\u02bbz davrida va undan keyin ham Qozizoda Rumiy nomi bilan shuhrat qozongan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Olim taxminan 1360 yilda Brussa (Kichik Osiyo) shahrida tug\u02bbilgan. Qozizoda Rumiyning ilmiy faoliyati asosan Samarqandda o\u02bbtgan. U bu yerga o\u02bbz ilmini takomillashtirish uchun kelgan. Amir Temurning saroy olimi Mavlono Ahmad uning muallimi edi. Qozizoda Rumiy ilmga bo\u02bblgan muhabbati va sadoqati bilan Ulug\u02bbbekning hurmatiga sazovor bo\u02bblgan matematik va astronom olimlardan biridir. Astronom olim Qozizoda Rumiy G\u02bbiyosiddin Jamshid vafotidan so\u02bbng (taxminan 1430 yil) Samarqandda olib borilgan astronomik kuzatishlarga boshchilik qilgan. 1420 yili Ulug\u02bbbekning Samarqanddagi madrasasi qurilib bitgach, Qozizoda Rumiy astronomiya bo\u02bbyicha birinchi mudarris qilib tayinlangan. Barcha talabalar singari Abdurahmon Jomiy, hatto Ulug\u02bbbek ham madrasaga kelib, Qozizoda Rumiyning darslarini tinglagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1424 yili Mirzo Ulug\u02bbbek Samarqandda rasadxona qurish ishiga kirishishdan oldin bu masalada samarqandlik yirik olimlar \u2013 G\u02bbiyosuddin Jamshid, Mavlono Mu\u02bcinuddin Koshifiy va Qozizoda Rumiy bilan maslahatlashadi. Bu hol \u201cAflotuni zamon\u201d (\u201cO\u02bbz davrining Aflotuni\u201d) deb atalgan Qozizoda Rumiyning o\u02bbz zamonasi bilimlaridan to\u02bbla foydalanganini va o\u02bbsha davr olimlari tomonidan to\u02bbla taqdirlanganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbiyosuddin Jamshid asli koshonlik (Eron) bo\u02bblib, Samarqandga kelib turg\u02bbun bo\u02bblib qolgan. G\u02bbiyosuddin Jamshid ibn Mas\u02bcud Koshiy Ulug\u02bbbek maktabida muhim o\u02bbrin tutgan. Olim 1416 yiliyoq astronomiyaga oid asboblar haqida risola yozgan. Unda bayon qilingan asboblarning ko\u02bbpidan Ulug\u02bbbek rasadxonasidagi ilmiy kuzatishlarda foydalanilgan. Matematika, geometriya, trigonometriya, mexanika va astronomiya kabi fanlarning chuqur bilimdoni bo\u02bblgan G\u02bbiyosuddin Jamshid Ulug\u02bbbekning e\u02bctibori va hurmatiga sazovor bo\u02bblgan. Mirzo Ulug\u02bbbek rasadxona qurishdan oldin bu masalada Mavlono Mu\u02bcinuddin Koshifiy, Qozizoda Rumiy qatorida G\u02bbiyosuddin Jamshid bilan ham maslahatlashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandda yashab ijod etgan va Ulug\u02bbbek rasadxonasining peshqadam astronom olimi bo\u02bblgan G\u02bbiyosuddin Jamshid \u201cZiji Hoqoniy dar takmili ziji Ilhoniy\u201d (\u201cIlhon zijini takomillashtirishda Hoqon ziji\u201d \u2013 bu asar Marog\u02bba rasadxonasida Nosiruddin Tusiy rahbarligida tuzilgan astronomiya jadvallariga asos qilib olingan), \u201cRisola al-muhitiya\u201d (\u201cDoira haqida risola\u201d), \u201cSullom as-samovot\u201d (\u201cOsmonlar narvoni\u201d), \u201cNuzhat al-hadoyiq\u201d (\u201cBog\u02bblar sayri\u201d \u2013 astronomiyaga oid asboblar sharhi), \u201cMiftoh al-hisob\u201d (\u201cHisob kaliti\u201d \u2013 arifmetika va algebra), \u201cRisola al-vatar al-jayb\u201d (\u201cSinuslar haqida risola\u201d) kabi asarlarni yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mirzo Ulug\u02bbbek (1394-1449). Mirzo Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug\u02bbbek Ko\u02bbragon (Muhammad Tarag\u02bbay) \u2013 buyuk munajjim va matematik, o\u02bbz davrining atoqli olimi, davlat arbobi, Amir Temurning nabirasi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulug\u02bbbek 1394 yil 22 martda hozirgi Ozarbayjon hududidagi Sultoniya shahrida tug\u02bbilgan. 1409 yilda Samarqand hokimi deb e\u02bclon qilingan va otasi Shohruh vafotidan so\u02bbng 1447 yilda Temuriylar sulolasining rahnamosi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mirzo Ulug\u02bbbek yoshligidan ilm-fan va san\u02bcat, ayniqsa, matematika va astronomiyaga katta mehr qo\u02bbygan. Uning intellektual ufqlari kengayishiga bobosi va otasi to\u02bbplangan boy kutubxona yordam bergan. Xotirasi kuchli, arab va fors tillarini yaxshi bilgan, turkiy (qadimgi o\u02bbzbek) she\u02bcriyatni chuqur o\u02bbzlashtirgan, adabiy uslublar nazariyasini yaxshi xabardor bo\u02bblib, adabiy munozaralarda qatnashgan. Ulug\u02bbbekning eng taniqli ustozlaridan biri matematik va astronom Qozizoda Rumiy edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ulug\u02bbbek davrida Samarqand ilmning jahon miqyosidagi markazlaridan biriga aylandi. Bu erda G\u02bbiyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi kabi yirik olimlardan to\u02bbplangan ilmiy maktab vujudga keldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1417-1420 yillarda Ulug\u02bbbek Samarqandda madrasa qurdi va u Registon me\u02bcmoriy ansamblidagi birinchi bino bo\u02bbldi. Ulug\u02bbbek Islom olamining ko\u02bbplab astronom va matematiklarini shu madrasaga taklif qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ammo Ulug\u02bbbekning ishtiyoqi astronomiya edi. U ilmiy safdoshlari bilan rasadxona bunyod qilishga kirishdi. Taxminan 1428-1429 yillarda qurilishi yakunlangan rasadxona o\u02bbz davri uchun o\u02bbta noyob bino bo\u02bbldi. Bu yerda 1018 yulduzning koordinatalari aniqlanib, astronomik katalog yaratildi va u jahon ilm-faniga xazinasiga ulkan hissa bo\u02bblib qo\u02bbshil. Rasadxonada ekliptikaning ekvatorga moyilligi va yulduz yilining uzunligini aniqlash bo\u02bbyicha ishlar olib borildi. Ulug\u02bbbek 1437 yilda astronomik yil uzunligini aniqladi \u2013 365 kun 6 soat 10 daqiqa 8 soniya. Agar astronomik yil uzunligi 31 million 558 ming 150 soniyani tashkil etishi hisobga olinsa, Ulug\u02bbbek qanday aniqlik bilan o\u02bblchov o\u02bbtkazganligi ayon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Davomi bor\u2026<\/em><\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Professor Baxtiyor TO\u02bbRAYEV \u2013 falsafa fanlari doktori,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Anvar BOBOYEV<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>(4-qism)Qozizoda Rumiy. Mirzo Ulug\u02bbbek davrida Samarqandda yashab ijod etgan bu olimning to\u02bbliq ismi Muso ibn Mavlono Muhammad ibn Qozi Mahmud bo\u02bblib, o\u02bbz davrida va undan keyin ham Qozizoda Rumiy nomi bilan shuhrat qozongan. Olim taxminan 1360 yilda Brussa (Kichik Osiyo) shahrida tug\u02bbilgan. Qozizoda Rumiyning ilmiy faoliyati asosan Samarqandda o\u02bbtgan. U bu yerga o\u02bbz ilmini takomillashtirish &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":903,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>FAN TARAQQIYOTIDA MOVAROUNNAHRLIK ULAMOLARNING O\u02bbRNI (5-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"FAN TARAQQIYOTIDA MOVAROUNNAHRLIK ULAMOLARNING O\u02bbRNI (5-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"(4-qism)Qozizoda Rumiy. Mirzo Ulug\u02bbbek davrida Samarqandda yashab ijod etgan bu olimning to\u02bbliq ismi Muso ibn Mavlono Muhammad ibn Qozi Mahmud bo\u02bblib, o\u02bbz davrida va undan keyin ham Qozizoda Rumiy nomi bilan shuhrat qozongan. Olim taxminan 1360 yilda Brussa (Kichik Osiyo) shahrida tug\u02bbilgan. Qozizoda Rumiyning ilmiy faoliyati asosan Samarqandda o\u02bbtgan. U bu yerga o\u02bbz ilmini takomillashtirish &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-10-18T04:36:32+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-10-18T04:38:09+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1000\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"664\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"3 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz\",\"name\":\"FAN TARAQQIYOTIDA MOVAROUNNAHRLIK ULAMOLARNING O\u02bbRNI (5-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg\",\"datePublished\":\"2021-10-18T04:36:32+00:00\",\"dateModified\":\"2021-10-18T04:38:09+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg\",\"width\":1000,\"height\":664},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"FAN TARAQQIYOTIDA MOVAROUNNAHRLIK ULAMOLARNING O\u02bbRNI (5-qism)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"FAN TARAQQIYOTIDA MOVAROUNNAHRLIK ULAMOLARNING O\u02bbRNI (5-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"FAN TARAQQIYOTIDA MOVAROUNNAHRLIK ULAMOLARNING O\u02bbRNI (5-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"(4-qism)Qozizoda Rumiy. Mirzo Ulug\u02bbbek davrida Samarqandda yashab ijod etgan bu olimning to\u02bbliq ismi Muso ibn Mavlono Muhammad ibn Qozi Mahmud bo\u02bblib, o\u02bbz davrida va undan keyin ham Qozizoda Rumiy nomi bilan shuhrat qozongan. Olim taxminan 1360 yilda Brussa (Kichik Osiyo) shahrida tug\u02bbilgan. Qozizoda Rumiyning ilmiy faoliyati asosan Samarqandda o\u02bbtgan. U bu yerga o\u02bbz ilmini takomillashtirish &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-10-18T04:36:32+00:00","article_modified_time":"2021-10-18T04:38:09+00:00","og_image":[{"width":1000,"height":664,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"3 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz","name":"FAN TARAQQIYOTIDA MOVAROUNNAHRLIK ULAMOLARNING O\u02bbRNI (5-qism) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg","datePublished":"2021-10-18T04:36:32+00:00","dateModified":"2021-10-18T04:38:09+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/09\/olimlarr.jpg","width":1000,"height":664},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18176&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"FAN TARAQQIYOTIDA MOVAROUNNAHRLIK ULAMOLARNING O\u02bbRNI (5-qism)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18176"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18176"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18176\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18177,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18176\/revisions\/18177"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/903"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18176"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18176"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18176"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}