{"id":18111,"date":"2021-10-13T12:44:40","date_gmt":"2021-10-13T07:44:40","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=18111"},"modified":"2021-10-13T12:44:40","modified_gmt":"2021-10-13T07:44:40","slug":"sahihul-buxoriyda-tilshunoslik-saboqlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dDA TILSHUNOSLIK SABOQLARI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201d asariga ko\u02bbp ta\u02bcrif berilgan. Tadqiqotchi olim, umuman, har qanday daho avval juda yuqori ilmiy-ijodiy martabaga erishadi, barcha dovonlardan oshib o\u02bbtgach esa uning nomining o\u02bbzi martabaga aylanadi. Masalan, Navoiyni \u201cxalq shoiri\u201d desak, u zotni quyiga tushirib yuborgan bo\u02bblib qolamiz, Eynshteynni akademik atasak ham shunday. Bunday insonlar hech qanday martabaga muhtoj emas, ularning nomi \u2013 martaba. Yaxshi she\u02bcr yozgan kishiga \u201cNavoiy bo\u02bblib keting-a!\u201d deyishimiz, fizika yo matematikada yutuqqa erishgan olimni \u201cEynshteyn\u201d atashimiz bejiz emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy to\u02bbg\u02bbrisida ham, u zotning shoh asari haqida ham shu yo\u02bbsinda fikr bildirish mumkin. Bu benazir alloma to\u02bbg\u02bbrisida ko\u02bbp-ko\u02bbp iqtiboslar borki, ulardan o\u02bbtkazib biron yangi gap aytish mushkul.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday esa-da, mavzuga kirishdan avval \u201cSahihul Buxoriy\u201d to\u02bbg\u02bbrisida ilohiyot, hadis va din ilmlari bo\u02bbyicha taniqli olim, Turkiyaning Islom tafakkuri instituti rahbari, professor Mehmet Go\u02bbrmezning quyidagi so\u02bbzlarini keltirib o\u02bbtishni joiz topdik:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Davlat organlaridagi faoliyatim davomida rasmiy delegatsiya vakillari qatorida ko\u02bbplab mamlakatlarda bo\u02bblganman. Marokashga borganimda mamlakat ma\u02bcmuriy markazidan olisroqdagi qishloqlardan birida juda obod qilib qo\u02bbyilgan bir maqbarani ko\u02bbrdim. \u201cBu yerda qanday zot yotibdi?\u201d deb so\u02bbradim. Shunda bu maqbara qachonlardir \u201cSahihul Buxoriy\u201dni birinchi bo\u02bblib shu yerlarga keltirgan inson xotirasi uchun bunyod etilganini aytishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mehmet Go\u02bbrmez bu hodisani joriy yil 29 aprel kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy jamoasi bilan o\u02bbtkazilgan onlayn seminarda tilga olgan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201dni keltirgan inson shunchalik e\u02bczoz topgan bo\u02bblsa, muallifning o\u02bbzi va asariga munosabat qanaqa ekanini har kim tasavvuri tahammul etganicha o\u02bbylab ko\u02bbraversin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bevosita mavzuga kelsak, bundan ko\u02bbzlangan maqsad Imom Buxoriy asarining olimlar tadqiqoti qamroviga to\u02bbliq olinmagan jihatiga e\u02bctibor qaratishdir. Muhaddis yashab, ijod etgan davrda arab dunyosi bilan ajam o\u02bbrtasida ilmiy integratsiya hali yaxshi rivojlanmagan edi. Arablarning o\u02bbzlari ham qorishiq lahjalar, habashiy va badaviy kabi turli xalq va elatlarning ta\u02bcsiri tufayli arab tilini yaxlit andozaga solib ulgurmagandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk muhaddis shunday sharoitda \u201cSahihul Buxoriy\u201dni bitar ekan, o\u02bbrni kelganda ayrim so\u02bbzlarga izohlar qoldirib ketgan. Buning uchun esa roviylar, ustozlar, shorihlardan qolgan merosni, o\u02bbsha paytlar mavjud bo\u02bblgan lug\u02bbatlarni batafsil o\u02bbrgangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">(Izohlar \u201cOltin silsila\u201d turkumida nashr etilgan 8 jildlik \u201cSahihul Buxoriy\u201d asaridan olindi. Qulaylik uchun hadis raqami keltirilib, jild va sahifa raqami qavs ichiga olindi.)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan, quyosh tutilganida Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning namoz o\u02bbqiganlari to\u02bbg\u02bbrisidagi 1047-hadis [2-jild, 111-112] \u201c\u201cQuyosh to\u02bbsildi\u201d deydimi yo \u201ctutildi\u201dmi?\u201d deb nomlangan bobga kiritilgan. Bu bob<\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0648\u064e \u0642\u064e\u0627\u0644\u064e \u0627\u0644\u0644\u0647\u064f \u062a\u064e\u0639\u064e\u0627\u0644\u064e\u0649 : \ufd3f\u0648\u064e \u062e\u064e\u0633\u064e\u0641\u064e \u0627\u0644\u0652\u0642\u064e\u0645\u064e\u0631\u064f\ufd3e<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh Taolo: \u201cVa oy tutilsa\u2026\u201d degan. (Qiyomat surasi, 8-oyat.)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">so\u02bbzlari bilan boshlanadi. Gap shundaki, arablar odatda quyoshga \u201ckasafa\u201d (to\u02bbsildi), oyga \u201cxasafa\u201d (tutildi) fe\u02bclini ishlatadi. Lekin bu fe\u02bcllar o\u02bbrin almashib ham keladi. Mazkur hadisda shunday bo\u02bblgan. Imom Buxoriy Qur\u02bconi karim oyati bilan bunga izoh beryapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTuya minish haqida\u201dgi bob avvalida [2-jild, 504-505] Haj surasining 36-37-oyatlari keltirilib, \u201cbadana\u201d deb qurbonlikka atalgan tuyaga aytilishi xabar qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMujohid aytadi: \u201cTuya jussador bo\u02bblgani uchun \u201cbadana\u201d deb nomlangan\u201d\u201d, deb yozadi Imom Buxoriy hamda mazkur oyatlar va bobda keladigan shu mazmundagi hadislar tushunarli bo\u02bblishi uchun \u201cqoni\u02bc\u201d (tilanchi), \u201cmu\u02bctarr\u201d (tuya qurbonlik qilingan joyga kelib, uning go\u02bbshtidan so\u02bbramay turgan boyu kambag\u02bbal), \u201cshiorlar\u201d (tuyani katta qilib semirtirish va go\u02bbzallashtirish) kabi so\u02bbzlarni ham izohlab o\u02bbtadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cChanqoq kasaliga uchragan yoki qo\u02bbtir tuyani sotib olish haqida\u201dgi bob (3-jild, 115) \u201cAl-hoim \u2013 har bir narsada maqsadga ters bo\u02bbluvchi\u201d so\u02bbzlari bilan boshlanadi. Ushbu bobda keladigan 2099-hadisda \u201cchanqoq kasaliga uchragan tuya\u201d arabcha matnda \u0647\u0650\u064a\u0645 shaklida berilgan bo\u02bblib, ko\u02bbplikdagi so\u02bbzdir. Uning birligi (\u0647\u064e\u0627\u0626\u0650\u0645) hoim bo\u02bbladi. Maqsadga ters boruvchi odamlarni shunday atagan arablar chanqoq kasaliga uchragan besaranjom tuyaga nisbatan ham ushbu so\u02bbzni qo\u02bbllagan. Imom Buxoriy \u0647\u0650\u064a\u0645 so\u02bbzining asl kelib chiqishini ko\u02bbrsatib, \u201chiym\u201dning birligi \u201choim\u201d emas deganlarga raddiya bermoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cIchimlik ichish haqida\u201dgi bobda [3-jild, 299] Voqi\u02bca surasining 69-70-oyatlaridagi \u0627\u0644\u0652\u0645\u064f\u0632\u0652\u0646\u064f (bulut) va \u0627\u064f\u062c\u064e\u0627\u062c\u0627\u064b (achchiq), \u201cNabiy sollalohu alayhi vasallamning \u201cQullar birodarlaringizdir, ularga yeganlaringizdan yediring\u201d, deganlari haqida\u201dgi bobda [3-jild, 457-458] Niso surasining 36-oyatidagi \u0630\u0650\u064a \u0627\u0644\u0652\u0642\u064f\u0631\u0652\u0628\u064e\u064a (qarindosh), \u0627\u0644\u0652\u062c\u064f\u0646\u064f\u0628 (g\u02bbarib) va \u0627\u0644\u0652\u062c\u064e\u0627\u0631\u064f \u0627\u0644\u0652\u062c\u064f\u0646\u064f\u0628\u0650 (safardagi hamroh) so\u02bbzlariga izoh beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cVasiyatlar va Nabiy sollalohu alayhi vasallamning \u201cKishining vasiyati huzurida yozilgan (bo\u02bblishi lozim)\u201d degan so\u02bbzlari haqida\u201dgi bobda [4-jild, 3-4] Baqara surasining 181-oyatidagi\u00a0 \u062c\u064e\u0646\u0650\u0641\u0627\u064b (moyil bo\u02bblish) so\u02bbzi izohlanib, bu izoh Moida surasining 3-oyatidagi\u00a0 \u0645\u064f\u062a\u064e\u062c\u064e\u0627\u0646\u0650\u0641 (moyil bo\u02bbluvchi) kalimasi bilan qo\u02bbshimcha ravishda qo\u02bbllab-quvvatlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAlloh yo\u02bblida jihod qiluvchilarning darajalari haqida\u201dgi bobda [4-jild, 50] muallif yo\u02bbl so\u02bbzi muzakkarda ham, muannasda ham ishlatilishiga ishora qiladi: \u064a\u064f\u0642\u064e\u0627\u0644\u064f \u0647\u064e\u0630\u0650\u0647\u0650 \u0633\u064e\u0628\u0650\u0644\u0650\u064a \u0648\u064e \u0647\u064e\u0630\u064e\u0627 \u0633\u064e\u0628\u0650\u0644\u0650\u064a (ikki shaklda ham \u201cbu mening yo\u02bblimdir\u201d ma\u02bcnosida).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">G\u02bbazotda Alloh yo\u02bblida soqchilik qiladiganlar to\u02bbg\u02bbrisidagi 2887-hadis ostidan \u0637\u064f\u0648\u0628\u064e\u0649 (har qanday xush narsa) so\u02bbziga izoh berilib, qaysi vaznda kelgani (\u0641\u064f\u0648\u0644\u064e\u0649) xabar qilinmoqda. \u201cU aslida \u201cya\u201dlik bo\u02bblib, \u201cvov\u201dga o\u02bbzgartirilgan\u00a0 \u064a\u064f\u0637\u0650\u064a\u0628\u064f (xush bo\u02bbldi fe\u02bclidan)\u201d, deb yozadi Imom Buxoriy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muallif \u201cTez yurish haqida\u201dgi bobda (4-jild, 185)\u00a0 \u0627\u0644\u0646\u0651\u064e\u0635\u0651\u064f (tuyani choptirish) va \u0627\u0644\u0652\u0639\u0650\u0646\u064e\u0642\u064f (yo\u02bbrttirish) so\u02bbzlariga hamda \u201cAlloh Taoloning \u201cU o\u02bbz rahmati oldidan shamollarni tarqoq qilib yuborgan zotdir\u201d, degan so\u02bbzi xususida kelgan xabarlar haqida\u201dgi bobda (4-jild, 343-344) Isro (69-oyat), Hijr (22-oyat), Baqara (266-oyat), Oli Imron (117-oyat) va An\u02bcom (57-oyat) suralarida kelgan shamol sifatlariga \u2013\u00a0 \u0642\u064e\u0627\u0635\u0650\u0641\u0627\u064b (hamma narsani tepkilab, bosib ketadigan),\u00a0 \u0644\u064e\u0648\u064e\u0627\u0642\u0650\u062d\u064e (urchituvchilar, changlatuvchilar),\u00a0 \u0625\u0639\u0652\u0635\u064e\u0627\u0631\u064f (olovi ustun shaklida yerdan osmonga qarab esadigan quyun, uyurma),\u00a0 \u0635\u0650\u0631\u0651\u064c (sovuq) va\u00a0 \u0646\u064f\u0634\u064f\u0631\u064b\u0627 (tarqoq holda) kalimalariga izoh beradi.\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0<strong><em>Davomi bor\u2026<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Anvar BOBOYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\u00a0<\/strong><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cSahihul Buxoriy\u201d asariga ko\u02bbp ta\u02bcrif berilgan. Tadqiqotchi olim, umuman, har qanday daho avval juda yuqori ilmiy-ijodiy martabaga erishadi, barcha dovonlardan oshib o\u02bbtgach esa uning nomining o\u02bbzi martabaga aylanadi. Masalan, Navoiyni \u201cxalq shoiri\u201d desak, u zotni quyiga tushirib yuborgan bo\u02bblib qolamiz, Eynshteynni akademik atasak ham shunday. Bunday insonlar hech qanday martabaga muhtoj emas, ularning nomi \u2013 &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18109,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dDA TILSHUNOSLIK SABOQLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dDA TILSHUNOSLIK SABOQLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"\u201cSahihul Buxoriy\u201d asariga ko\u02bbp ta\u02bcrif berilgan. Tadqiqotchi olim, umuman, har qanday daho avval juda yuqori ilmiy-ijodiy martabaga erishadi, barcha dovonlardan oshib o\u02bbtgach esa uning nomining o\u02bbzi martabaga aylanadi. Masalan, Navoiyni \u201cxalq shoiri\u201d desak, u zotni quyiga tushirib yuborgan bo\u02bblib qolamiz, Eynshteynni akademik atasak ham shunday. Bunday insonlar hech qanday martabaga muhtoj emas, ularning nomi \u2013 &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-10-13T07:44:40+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/Tilshunoslik.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"383\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz\",\"name\":\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dDA TILSHUNOSLIK SABOQLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/Tilshunoslik.jpg\",\"datePublished\":\"2021-10-13T07:44:40+00:00\",\"dateModified\":\"2021-10-13T07:44:40+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/Tilshunoslik.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/Tilshunoslik.jpg\",\"width\":660,\"height\":383},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dDA TILSHUNOSLIK SABOQLARI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dDA TILSHUNOSLIK SABOQLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dDA TILSHUNOSLIK SABOQLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"\u201cSahihul Buxoriy\u201d asariga ko\u02bbp ta\u02bcrif berilgan. Tadqiqotchi olim, umuman, har qanday daho avval juda yuqori ilmiy-ijodiy martabaga erishadi, barcha dovonlardan oshib o\u02bbtgach esa uning nomining o\u02bbzi martabaga aylanadi. Masalan, Navoiyni \u201cxalq shoiri\u201d desak, u zotni quyiga tushirib yuborgan bo\u02bblib qolamiz, Eynshteynni akademik atasak ham shunday. Bunday insonlar hech qanday martabaga muhtoj emas, ularning nomi \u2013 &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-10-13T07:44:40+00:00","og_image":[{"width":660,"height":383,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/Tilshunoslik.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz","name":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dDA TILSHUNOSLIK SABOQLARI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/Tilshunoslik.jpg","datePublished":"2021-10-13T07:44:40+00:00","dateModified":"2021-10-13T07:44:40+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/Tilshunoslik.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/Tilshunoslik.jpg","width":660,"height":383},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18111&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dDA TILSHUNOSLIK SABOQLARI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18111"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18111"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18111\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18112,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18111\/revisions\/18112"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/18109"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18111"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18111"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18111"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}