{"id":18064,"date":"2021-10-07T14:24:25","date_gmt":"2021-10-07T09:24:25","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=18064"},"modified":"2021-10-07T14:24:25","modified_gmt":"2021-10-07T09:24:25","slug":"imom-buxoriyning-ilmiy-m%d0%b5rosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz","title":{"rendered":"IMOM BUXORIYNING ILMIY M\u0415ROSI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, Imom Buxoriy qirq yil mobaynida ilmiy safarda bo\u02bblib, ijodiy faoliyati davomida yigirmadan ziyod asar yozgan. Uning ilmiy merosi hajmi, zamonasining ijtimoiy-ma\u02bcnaviy ilmlarini to\u02bbla-to\u02bbkis qamrab olgani bilan kishini hayratga soladi. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy juda yosh paytidayoq kitob yozishni boshlagan. Xatib Bag\u02bbdodiy uning o\u02bbzidan rivoyat qiladi: \u201cO\u02bbn sakkiz yoshga yetganimda sahoba va tobeinlarning masalalari va qavllarini ta\u02bclif qila boshladim. Bu Ubaydulloh ibn Musoning davrida bo\u02bblgan edi. O\u02bbsha paytda \u201cTarix\u201d kitobimni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida oydin kechalarda tasnif etdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTahzibul kamol\u201d va boshqa kitoblarda keltirilishicha, mashhur olim Is\u02bchoq ibn Rohavayh Imom Buxoriyning \u201cTarix\u201d kitobini Xuroson amiri Abdulloh ibn Tohirning oldiga olib kirib: \u201cEy amir! Sizga sehrni ko\u02bbrsataymi?!\u201d degan. Abdulloh ibn Tohir kitobni bir varaqlab ko\u02bbrganidan keyin hayratini yashirmasdan: \u201cBuning qanday tasnif qilinganiga fahmim yetmayapti\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning hayoti va ijodini o\u02bbrgangan tarixchi olimlarning tadqiqotlari natijasida uning qalamiga mansub kitoblar ro\u02bbyxati tuzilgan. Ular quyidagilardan iborat:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAl-Jomi\u02bc as-sahih\u201d\u00a0<\/strong><strong>(Ishonchli to\u02bbplam).<\/strong>\u00a0Bu kitob Imom Buxoriyning shoh asari hisoblanadi. U o\u02bbn olti yil mobaynida yozilgan. Asarning qo\u02bblyozma nusxalari butun dunyoning mashhur kutubxonalarida saqlanmoqda. Bugungi kunda bu to\u02bbplam o\u02bbzbekchaga tarjima qilingan bo\u02bblib, undan yoshu keksalar mutolaa qilib, ma\u02bcnaviy-ruhiy quvvat olmoqda.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201dga ko\u02bbplab sharhlar yozilganidan ham asarning qiymati nechog\u02bblik yuksak ekanini anglab olish mumkin. Muhammad Isom Husaniy \u201cIthoful qoriy bi ma\u02bcrifati juhud va a\u02bcmolil ulamo ala Sahihil Buxoriy\u201d asarida bu asarga bag\u02bbishlab uch yuz yetmishga yaqin muxtasar va to\u02bbliq kitob yozilganini ta\u02bckidlaydi. \u201cKashfuz zunun\u201d muallifi Hoji Xalifa ellikka yaqin sharh yozilgan, deydi. Turkiyalik olim Fuad Sezgin esa ellik oltita sharhni sanab o\u02bbtgan. Zamondosh ulamolardan doktor Abdulg\u02bbani Abdulxoliq o\u02bbzining \u201cImom Buxoriy va uning Sahihi\u201d nomli asarida \u201cSahihul Buxoriy\u201dga bog\u02bbliq sharh, hoshiya va muxtasarlardan bir yuz o\u02bbttiz bittasini keltirgan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"2\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAt-Tarix al-kabir\u201d\u00a0<\/strong><strong>(Katta tarix).<\/strong>\u00a0Uni Imom Buxoriy taxminan o\u02bbn sakkiz yoshlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabr va minbarlari orasida oydin kechalarda tasnif etgan.\u00a0Bu kitob hadis roviylarining tarixi, boshqacha qilib aytadigan bo\u02bblsak, tarjimai hollari va rivoyat qilish borasidagi sifatlari haqidagi kitobdir.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U haqda Imom Buxoriyning o\u02bbzi: \u201cMenda \u201cTarix\u201dda o\u02bbtgan har bir roviy haqida alohida qissalar bor. Faqat kitobning cho\u02bbzilib ketishini istamadim, xolos\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ahmad Hokim \u201cKitobul kuna\u201dda: \u201cMuhammad ibn Ismoilning \u201cTarix\u201di oldiga tushadigan kitob yo\u02bbq. Undan keyin tarix, ismlar va kunyalar bo\u02bbyicha kitob yozgan biror muallif undan behojat bo\u02bblmagan. Ko\u02bbplar undan rivoyat qilgan. Alloh uni rahmat qilsin, o\u02bbzi asllarning aslidir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abul Abbos ibn Said aytadi: \u201cAgar biror kishi o\u02bbttiz ming hadis yozib olgan bo\u02bblsa ham Muhammad ibn Ismoil tasnif qilgan \u201cTarix\u201d kitobidan behojat bo\u02bbla olmaydi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu kitob ba\u02bczi manbalarda \u201cTarixul Buxoriy\u201d deb ham ataladi. Misol uchun, Hoji Xalifa o\u02bbzining mashhur \u201cKashfuz zunun\u201d kitobida shunday deb atagan va u haqda quyidagi ma\u02bclumotlarni bergan: \u201c\u2026 U muhaddislar tariqasidagi katta tarixdir. Unda hadis roviylaridan ishonchli va zaiflar jamlangan. Aytilishicha, o\u02bbsha tarix uchta: katta, o\u02bbrta va kichik qismlardan iborat bo\u02bblgan. Kattasini Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qabrlari yonida tasnif qilgan.\u00a0Bu kitobni undan Abul Hasan Muhammad ibn Sahl Fasaviy va Abu Ahmad Muhammad ibn Sulaymon ibn Foris Nishopuriy va boshqalar rivoyat qilgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu asarning qo\u02bblyozmasi \u201cDorul kutubil misriya\u201dda 10340 raqami bilan saqlanadi.\u00a0Birinchi bo\u02bblib, Hindistonning Haydarobod shahridagi \u201cMaoriful Usmoniya\u201d nashriyotida 1360\/1941 yili nashr etila boshlagan. 1941-1963 yillar oralig\u02bbida alloma Abdurahmon ibn Yahyo Muallimiyning tahqiqi bilan sakkiz juz (4 jild)da chop etilgan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"3\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAt-Tarix al-avsat\u201d\u00a0<\/strong><strong>(O\u02bbrta tarix).<\/strong>\u00a0Uni Imom Buxoriydan Abu Muhammad Abdulloh ibn Ahmad ibn Abdusalom Nishopuriy va Abu Muhammad Zanjivayh ibn Muhammad ibn Hasan Nishopuriy rivoyat qilgan. Bu kitobning qo\u02bblyozma nusxalaridan biri Hindistonning Haydarobod shahrida saqlanadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAt-Tarix as-sag\u02bbir\u201d\u00a0<\/strong><strong>(Kichik tarix).<\/strong>\u00a0Bu kitobni Imom Buxoriydan Abul Qosim Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdurahmon ibn Xalil ibn Ashqar rivoyat qilgan. Bu kitob ham ilk bor 1325\/1907 yili Hindistonda chop qilingan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Al-Jomi\u02bc al-kabir (\u201cKatta to\u02bbplam\u201d).<\/strong>\u00a0Bu kitob haqida Ibn Tohir xabar berib ketgan. Lekin biz u haqda ma\u02bclumotga ega emasmiz va biror nusxasi borligini ham bilmaymiz. \u201cKashfuz zunun\u201dning muallifi zikr qilgan narsa bilan kifoyalanamiz, xolos.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cXolqu af\u02bcolil ibod\u201d (\u201cBandalar fe\u02bcllarining yaratilishi\u201d).<\/strong>\u00a0Uni Imom Buxoriydan Yusuf ibn Rayhon ibn Abdusamad va muhaddisning mashhur shogirdi Firabriy rivoyat qilgan. Bu kitobning nomidan unda bahs yuritilgan masala ko\u02bbrinib turibdi. U qadimdan ko\u02bbplab tortishuvlarga sabab bo\u02bblgan \u201cbandaning amalini kim xalq qiladi \u2013 yaratadi?\u201d degan masalaga bag\u02bbishlangan.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Hajar: \u201cBu kitob mavjud va bizga eshitish va ijoza orqali rivoyat qilingan\u201d, deydi. Sahobalar va tobeinlar botil firqalarga oyat va hadislar bilan raddiya berganini yaxshi bilamiz. Imom Buxoriy ham bu kitobda ularning yo\u02bblini tutgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cXolqu af\u02bcolil ibod\u201d ilk marta 1306\/1888 yili Dehli va Jiddada chop qilingan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"7\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cKitobuz zuafo as-sag\u02bbir\u201d (\u201cZaif roviylar haqida kichik kitob\u201d).<\/strong>\u00a0Bu asar ko\u02bbproq \u201cKitobuz zuafo\u201d nomi bilan zikr qilinadi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Unda Imom Buxoriy nazarida hadis rivoyat qiluvchilar orasida zaif \u2013 kuchsiz hisoblangan shaxslar haqida ma\u02bclumotlar berilgan. Bu kitobni Imom Buxoriydan Abu Bishr Muhammad ibn Ahmad ibn Hammod Davlobiy, Abu Ja\u02bcfar Musabbih ibn Said, Odam ibn Muso Xuvoriy va boshqalar rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"8\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAl-Musnad al-kabir\u201d (\u201cKatta musnad\u201d) va \u201cAt-Tafsir al-kabir\u201d (\u201cKatta tafsir\u201d).\u00a0<\/strong>Bu ikki kitobning nomi haqidagina ma\u02bclumot bor. Ular bizgacha yetib kelmagan.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning shu nomdagi kitoblari bo\u02bblganini shogirdi Firabriy zikr qilganini bilamiz, xolos.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"9\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cKitobul hiba\u201d (\u201cXayr-ehson haqida kitob\u201d).<\/strong>\u00a0U haqida Imom Buxoriyning kotibi Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy quyidagilarni aytadi: \u201cImom Buxoriy hiba haqida bir kitob yozdi. Unda besh yuztacha hadis bor. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy: \u201cVaki\u02bcning hiba haqidagi kitobida faqatgina ikkita yoki uchta musnad hadis bor. Ibn Muborakning kitobida esa beshtacha bor, xolos\u201d, dedi\u201d.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbrinib turibdiki, Imom Buxoriyning kitobi bilan Vaki\u02bc va Ibn Muborakning asarlarini solishtirib ham bo\u02bblmaydi. Afsuski, bu kitobning biror nusxasi borligini bilmaymiz.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"10\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAsomis sahoba\u201d\u00a0<\/strong><strong>(\u201cSahobalarning ismlari\u201d).<\/strong>\u00a0Bu kitobni Abul Qosim ibn Munda Ibn Foris orqali Imom Buxoriydan rivoyat qilgan. Bu haqda Abul Qosim Bag\u02bbaviy o\u02bbzining \u201cMo\u02bbjamus sahoba\u201d kitobida aytgan. Bundan oldin bu mavzu (sahobalarning ismlari)da biror kitob yozilganini bilmaymiz. Bundan keyin Abul Qosim ibn Munda, Ibn Abdulbarr, Ibn Asir, Hofiz ibn Hajar va boshqalar sahobalarning ismlari, siyratlari va tarixi haqida yozgani ma\u02bclum.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cKitobul vuhdon\u201d (\u201cYagonalar haqida kitob\u201d).<\/strong>\u00a0Bu asardan Ibn Munda ko\u02bbp ma\u02bclumotlarni naql qilgan. Imom Buxoriy unda faqatgina bitta hadis rivoyat qilgan sahobalarni sanab o\u02bbtgan. Bu kitobni Ibn Hajar \u201cFathul Boriy\u201dga yozgan muqaddimasi \u2013 \u201cHadyus soriy\u201dda zikr qilgan.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Nasoiy va Imom Muslim ham \u201cKitobul vuhdon\u201d yozgan. Lekin biror kishi Imom Buxoriydan oldin bu mavzuda qalam tebratmagan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"12\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cKitobul mabsut\u201d\u00a0<\/strong><strong>(\u201cMufassal kitob\u201d).<\/strong>\u00a0U haqda Xaliliy o\u02bbzining \u201cIrshod\u201d nomli kitobida xabar bergan va uni Imom Buxoriydan Abu Hasson Mahib ibn Sulaym Buxoriy rivoyat qilganini aytgan.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Xususan, Xaliliy \u201cIrshod\u201dda: \u201c(Mahib ibn Sulaym) Buxoriy ishonchli kishi bo\u02bblib, Muhammad ibn Ismoil Buxoriydan juda ko\u02bbp narsalarni rivoyat qilgan. Undan \u201cMabsut\u201dni va o\u02bbzidan boshqa hech kim rivoyat qilmagan boshqa kitoblarni rivoyat qilgan\u201d, degan. Bu kitobning mavzusi haqida biror narsa ma\u02bclum emas. Faqat shunisi aniqki, Imom Buxoriy unda hadislardan istinbot qilingan (ya\u02bcni, hadislar orqali dalil va tasdig\u02bbi chiqarib olingan) fiqhiy masalalarni bayon qilgan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"13\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cKitobul ilal\u201d\u00a0<\/strong><strong>(\u201cIllatli hadislar haqida kitob\u201d).<\/strong>\u00a0Bu hadis va roviylardagi illatlar haqidagi kitobdir. U haqda Abul Qosim ibn Munda xabar bergan. U buni Muhammad ibn Abdulloh ibn Hamdundan, u Abu Muhammad Abdulloh ibn Sharqiydan, u Imom Buxoriydan rivoyat qilgan. Bu o\u02bbta nozik va juda sharafli ilmdir.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cKitobul kuna\u201d (\u201cKunyalar haqida kitob\u201d).<\/strong>\u00a0U haqda Abu Ahmad Hokim xabar bergan. U o\u02bbzining kitoblarida bu kitobdan naql qilib keltiradi. Muhaddislar bu ilmga juda muhtojdir. Bu kitobda roviylarning kunyalari boshqalarniki bilan adashib ketmasligi uchun mufassal bayon qilingan. Buni bilmagan kishi, hatto, yetuk muhaddislar ham ba\u02bczida xatoga yo\u02bbl qo\u02bbyishi ehtimoldan xoli emas.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cKitobul favoid\u201d\u00a0<\/strong><strong>(\u201cFoydalar haqidagi kitob\u201d).<\/strong>\u00a0Bu kitob haqida Imom Termiziy \u201cSunani Termiziy\u201dning \u201cFazilatlar kitobi\u201dda xabar bergan. Lekin Muhaddislar imomi o\u02bbzining kitobida keltirgan foydalar nimalardan iborat ekanligini, afsuski, biz bilmaymiz. Ma\u02bclum bo\u02bblgani shuki, Imom Buxoriy bu kitobda hadis illatlariga taalluqli nozik ma\u02bclumotlarni keltirgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAl-Adab al-mufrad\u201d\u00a0<\/strong><strong>(\u201cOdob durdonalari\u201d).<\/strong>\u00a0Juda mo\u02bbtabar kitob hisoblanadi. Unda Imom Buxoriy faqat odob-axloqqa oid 1322 ta hadisi sharifni keltirgan va o\u02bbz odatiga binoan, ularni 644 ta bobga bo\u02bblgan.\u00a0<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbpchilik olimlarimizning ta\u02bckidlashicha, \u201cAl-Adab al-mufrad\u201d odob va axloq bobida bitilgan eng yaxshi kitoblardan biridir. U Imom Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201ddan keyin turadigan ikkinchi buyuk asaridir. Uni Imom Buxoriydan Ahmad ibn Muhammad ibn Jalil Bazzor rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Adab al-mufrad\u201d bir necha bor nashr etilgan. Jumladan, Toshkentda ham 1970 yilda ofset usulida bosilib chiqqan.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"17\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cJuz\u02bcu raf\u02bcil yadayn\u201d (\u201c(Namozda) ikki qo\u02bblini ko\u02bbtarish haqida risola\u201d).<\/strong>\u00a0Uni Imom Buxoriydan Mahmud ibn Is\u02bchoq Xuzo\u02bciy rivoyat qilgan. U Imom Buxoriyning shogirdi va Buxoroda buyuk muhaddisdan hadis o\u02bbrgangan talabalarning oxirgilaridandir. Ibn Hajar bu kitob haqida: \u201cU mavjud va bizga eshitish va ijoza orqali rivoyat qilingan\u201d, degan. \u201cRaf\u02bcul yadayn fis solat\u201d birinchi marta Hindistonda nashr qilingan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cBirrul volidayn\u201d (<\/strong><strong>\u201cOta-onaga yaxshilik qilish\u201d).<\/strong>\u00a0Bu kitobni Imom Buxoriydan Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Dilluvayh rivoyat qilgan. Taassufki, hozirgi kunda biror nusxasi borligi aniq emas.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cKitobul ashriba\u201d\u00a0<\/strong><strong>(\u201cIchimliklar (sharbatlar) kitobi\u201d).<\/strong>\u00a0Uni Imom Doraqutniy o\u02bbzining \u201cAl-mo\u02bbtalaf val muxtalaf\u201d nomli asarida zikr qilgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cQazoyos sahoba vat tobeiyn\u201d<\/strong><strong>\u00a0(\u201cSahoba va tobeinlar hukmlari\u201d).<\/strong>\u00a0Bu Imom Buxoriy yozgan eng birinchi asardir. O\u02bbshanda u o\u02bbn sakkiz yoshda edi. Ya\u02bcni, 212\/827 yili \u201cAt-Tarix al-kabir\u201d kitobidan oldin yozgan. Bu juda foydali kitob bo\u02bblgani aniq. Chunki ummatning qalbi sahobalar haqidagi ma\u02bclumotlarni ko\u02bbrish bilan xotirjam bo\u02bbladi. Lekin, afsuski, bu kitobning biror nusxasi bizgacha yetib kelganini bilmaymiz.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cKitobur riqoq\u201d<\/strong>\u00a0<strong>(\u201cNafosat haqidagi kitob\u201d).<\/strong>\u00a0U haqda \u201cKashfuz zunun\u201dning muallifi xabar bergan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAl-Jomi\u02bc as-sag\u02bbir\u201d (\u201cHadislarning kichik to\u02bbplami\u201d).<\/strong>\u00a0Bu asar haqida Hoji Xalifa: \u201cHofiz ibn Hajar aytganidek, bu kitobni Imom Buxoriydan Abdulloh ibn Muhammad Ashqor rivoyat qilgan. Bu Imom Buxoriyning mavjud kitoblaridandir\u201d, degan. Afsuski, bu iqtibosda \u201cmavjud\u201d so\u02bbzi o\u02bbsha davrning o\u02bbzigagina tegishli bo\u02bblib qolgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cJuz\u02bcul qiroati xolfal imom\u201d\u00a0<\/strong><strong>(\u201cImomning orqasida turib qiroat qilish\u201d).\u00a0<\/strong>Uni Imom Buxoriydan shogirdi Mahmud ibn Is\u02bchoq Xuzo\u02bciy rivoyat qilgan. Kitobning nomidan imomning ortida turib qiroat qilish masalasi haqida ekani ayon bo\u02bblib turibdi. Ibn Hajar: \u201cBu kitob mavjud va bizga eshitish va ijoza yo\u02bbli bilan rivoyat qilingan\u201d, degan.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>***<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida zikr etilgan ma\u02bclumotlardan qo\u02bbyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin:<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy hadis ilmida mo\u02bbminlar amiri bo\u02bblishi bilan birga, islom ilmlarining boshqa sohalarini ham mukammal egallagan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U islom ilmlarining deyarli har bir sohasiga oid kitob yozgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kitoblarining ba\u02bczisi o\u02bbsha ilm bo\u02bbyicha yozilgan asarlarning eng avvali hisoblanadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarlarining ayrimlari bizgacha yetib kelgan bo\u02bblsa, afsuski, ayrimlari yetib kelmagan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizgacha yetib kelgan asarlari ulamolar tomonidan to\u02bbliq tahqiq etilgan, o\u02bbrganilgan va dunyoning ko\u02bbplab shaharlarida qayta-qayta nashr qilingan.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV,\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\u00a0<\/strong><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma\u02bclumki, Imom Buxoriy qirq yil mobaynida ilmiy safarda bo\u02bblib, ijodiy faoliyati davomida yigirmadan ziyod asar yozgan. Uning ilmiy merosi hajmi, zamonasining ijtimoiy-ma\u02bcnaviy ilmlarini to\u02bbla-to\u02bbkis qamrab olgani bilan kishini hayratga soladi. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy juda yosh paytidayoq kitob yozishni boshlagan. Xatib Bag\u02bbdodiy uning o\u02bbzidan rivoyat qiladi: \u201cO\u02bbn sakkiz yoshga yetganimda sahoba va tobeinlarning masalalari va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18062,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>IMOM BUXORIYNING ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"IMOM BUXORIYNING ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ma\u02bclumki, Imom Buxoriy qirq yil mobaynida ilmiy safarda bo\u02bblib, ijodiy faoliyati davomida yigirmadan ziyod asar yozgan. Uning ilmiy merosi hajmi, zamonasining ijtimoiy-ma\u02bcnaviy ilmlarini to\u02bbla-to\u02bbkis qamrab olgani bilan kishini hayratga soladi. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy juda yosh paytidayoq kitob yozishni boshlagan. Xatib Bag\u02bbdodiy uning o\u02bbzidan rivoyat qiladi: \u201cO\u02bbn sakkiz yoshga yetganimda sahoba va tobeinlarning masalalari va &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-10-07T09:24:25+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/bukhari_buxoriy2021_84.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz\",\"name\":\"IMOM BUXORIYNING ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/bukhari_buxoriy2021_84.jpg\",\"datePublished\":\"2021-10-07T09:24:25+00:00\",\"dateModified\":\"2021-10-07T09:24:25+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/bukhari_buxoriy2021_84.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/bukhari_buxoriy2021_84.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"IMOM BUXORIYNING ILMIY M\u0415ROSI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"IMOM BUXORIYNING ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"IMOM BUXORIYNING ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Ma\u02bclumki, Imom Buxoriy qirq yil mobaynida ilmiy safarda bo\u02bblib, ijodiy faoliyati davomida yigirmadan ziyod asar yozgan. Uning ilmiy merosi hajmi, zamonasining ijtimoiy-ma\u02bcnaviy ilmlarini to\u02bbla-to\u02bbkis qamrab olgani bilan kishini hayratga soladi. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy juda yosh paytidayoq kitob yozishni boshlagan. Xatib Bag\u02bbdodiy uning o\u02bbzidan rivoyat qiladi: \u201cO\u02bbn sakkiz yoshga yetganimda sahoba va tobeinlarning masalalari va &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-10-07T09:24:25+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/bukhari_buxoriy2021_84.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz","name":"IMOM BUXORIYNING ILMIY M\u0415ROSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/bukhari_buxoriy2021_84.jpg","datePublished":"2021-10-07T09:24:25+00:00","dateModified":"2021-10-07T09:24:25+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/bukhari_buxoriy2021_84.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/10\/bukhari_buxoriy2021_84.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=18064&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"IMOM BUXORIYNING ILMIY M\u0415ROSI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18064"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18064"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18064\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18065,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18064\/revisions\/18065"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/18062"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18064"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18064"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18064"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}