{"id":17976,"date":"2021-09-30T09:56:55","date_gmt":"2021-09-30T04:56:55","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=17976"},"modified":"2021-09-30T09:56:55","modified_gmt":"2021-09-30T04:56:55","slug":"sahihul-buxoriyning-nasaflik-roviysi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING NASAFLIK ROVIYSI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ilm ahli o\u02bbz kitobini yetkazishda joriy qilgan odatga muvofiq, Imom Buxoriy ham \u201cSahihul Buxoriy\u201dni aytib yozdirish uchun bir necha joyda dars halqalari tashkil qilgan. Ularda allomani tinglashga mushtoq bo\u02bblgan va eshitganlarini rivoyat qilishga katta ishtiyoq bilan qaraydigan ko\u02bbp odam to\u02bbplangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan tinglagan bu jamoalar orasida boshqalardan ko\u02bbra ko\u02bbproq qatnashgan roviylar toifasi bo\u02bblgan. Ular kitobni mukammal o\u02bbrganib, o\u02bbzidan keyingi roviylarga komil tarzda yetkazgan. Keyingilar ham shunday qilgan. Natijada kitob dunyo bo\u02bbylab keng tarqalgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy \u201cSahihul Buxoriy\u201ddan dars beradigan majlislarda rivoyatlarni to\u02bbg\u02bbrilash, eshitganlarini to\u02bbliq yozib olish va lafzlarni tuzatish uchun himmatini ayamaydigan roviylar to\u02bbplangan. Abu Abdulloh Firabriy: \u201cImom Buxoriyning \u201cSahihul Buxoriy\u201d kitobini muallifning o\u02bbzidan men bilan birga to\u02bbqson mingga yaqin kishi tinglagan\u201d, deb aytadi [1].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix keyingi avlodlar uchun Imom Buxoriyning shogirdlari orasidan bugungi kunimizgacha ismlari va ko\u02bbchirgan nusxalari mashhur bo\u02bblganlarini saqlab qo\u02bbygan. Ular: Ibrohim ibn Ma\u02bcqil Nasafiy, Hammod ibn Shokir Nasafiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy, Abu Talha Mansur ibn Muhammad Pazdaviy va Abu Abdulloh Mahomiliy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu tabaqadagi roviylardan biri \u2013 mashhur imom, muhaddis va \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan rivoyat qilgan Abu Muhammad Hammod ibn Shokir ibn Saviyya Varroq Nasafiy. U Iso ibn Ahmad Asqaloniy, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Imom Termiziy va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Undan ko\u02bbplab taniqli ulamolar hadis o\u02bbrgangan, Abu Abdulloh Hokimning ustozi Ahmad ibn Muhammad Nasaviy esa \u201cSahihul Buxoriy\u201dni rivoyat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Nuqta bunday deydi: Hofiz Ja\u02bcfar ibn Muhammad ibn Mu\u02bctaz Mustag\u02bbfiriy \u201cTarixi Nasaf\u201d asarida aytadi: \u201cU \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Muhammad ibn Ismoil Buxoriydan rivoyat qilgan siqa va ishonchli muhaddisdir. Shomga borgan hamda shomlik va chet ellik ulamolardan hadis o\u02bbrgangan. Abu Iso Termiziy va Iso ibn Ahmad Asqaloniydan hadis rivoyat qilgan. Menga Bakr ibn Muhammad ibn Ja\u02bcfar va Qozi Abu Ahmad Buxoriy undan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni boshidan oxirigacha rivoyat qilib bergan edi\u201d [2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Zahabiy u haqda \u201cSiyaru a\u02bclomin nubalo\u201d asarida: \u201cU imom, muhaddis va samimiy kishidir\u201d, degan [3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hammod ibn Shokir Nasafiyning tarjimai holini yozgan ulamolarning barchasi uni Imom Buxoriydan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni rivoyat qiluvchi, deb ta\u02bcriflagan va birortasi tug\u02bbilgan yilini zikr qilmagan, lekin 311\/923 yilda vafot etganiga ittifoq bo\u02bblgan.\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasafiyning tarjimai holida Imom Buxoriydan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni tinglagan yili zikr qilinmagan. Lekin tarjimai holini yozganlarning barchasi Imom Buxoriydan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni rivoyat qilganiga hujjat keltirgan. U \u201cSahihul Buxoriy\u201dni rivoyat qilganiga bir nechta hujjat bor. Uning rivoyatidagi hadislarning soni Firabriyning rivoyatidan ikki yuztaga kamroq. Shuningdek, bu gapni Burhoniddin Abnosiy, Iroqiy, Saxoviy, Shayxulislom Zakariyo Ansoriy aytgan. Ular buni Ibn Salohning \u201cSahihul Buxoriy\u201dda hadislar soni 7275 tadir, degan so\u02bbzini izohlab aytgan. Ular: \u201cBu gap Firabriyning rivoyati haqida to\u02bbg\u02bbri aytilgan. Lekin Hammod ibn Shokirning rivoyati Firabriyning rivoyatidan ikki yuzta hadis kamroq\u201d, degan. U \u201cSahihul Buxoriy\u201dni muallifning o\u02bbzidan tinglagan va ba\u02bczi joylarini eshitolmay qolgan. Shuning uchun uning rivoyatidagi hadislar soni Firabriyning rivoyatidan ikki yuztaga kam, deyiladi. Bu hadislar soni kam degani emas, balki \u201cSahihul Buxoriy\u201ddagi ikki yuzta hadisni Imom Buxoriydan eshitolmay qolgan. Shu sababli ularni sanad bilan rivoyat qila olmagan. \u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hammod ibn Shokir Nasafiyning rivoyati bizgacha ikki yo\u02bbl orqali yetib kelgan. Birinchisi: Bakr ibn Muhammad ibn Ja\u02bcfarning rivoyati orqali yetib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustag\u02bbfiriy \u201cTarixi Nasaf\u201d asarida Hammod ibn Shokir Nasafiyning tarjimai holi haqida so\u02bbz yuritar ekan: \u201cU \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Muhammad ibn Ismoil Buxoriydan rivoyat qilgan siqa va ishonchli muhaddisdir. Shomga borgan\u2026 Menga Bakr ibn Muhammad ibn Ja\u02bcfar undan \u201cSahihul Buxoriy\u201dni boshidan oxirigacha rivoyat qilib bergan edi\u2026\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hammod ibn Shokirning tarjimai holini yozgan ulamolarning juda ko\u02bbpi Mustag\u02bbfiriyning mana shu gapini keltirgan. Ibn Nuqta va Zahabiy ham shunday degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchisi: Ahmad ibn Muhammad ibn Rumayh Nasaviyning rivoyati orqali yetib kelgan [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida nomi zikr qilingan alloma \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan eshitgan shogirdi va birinchi tabaqadagi roviylardan biri hisoblanadi. Asarni muallifga bog\u02bblab rivoyat qilgan mashhur va ishonchli roviylardan ba\u02bczilarining sanadi bevosita shu kishiga borib taqaladi. Shuning uchun ham ushbu roviyning hayoti va ilmiy faoliyatini alohida o\u02bbrganish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu yo\u02bbnalishdagi tadqiqotlar Imom Buxoriy hayoti va ijodi, hadisshunoslik ilmi va tarixiga oid yangi, qiziqarli, fan uchun muhim bo\u02bblgan ma\u02bclumotlarni yuzaga chiqarishi tayindir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO\u02bbYXATI<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[1] Ismoil ibn Umar ibn Kasir. Al-Bidoya van nihoya: 15 jildli. Ustozlar jamoasining tahqiqi. \u2013 Bayrut: Dorul kutubil ilmiya, 1407\/1987. J: 11. B: 28.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[2] Ibn Nuqta Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg\u02bbani Bag\u02bbdodiy. At-Taqyid li-ma\u02bcrifatir ruvot vas sunan val masonid: 2 jildli. \u2013 Haydarobod: Doiratul ma\u02bcorif al-Usmoniya, 1403\/1983. B: 316.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[3] Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Siyaru a\u02bclomin nubalo: 25 jildli. \u2013 Bayrut: Doru muassasatir risola, 1992. J: 15. B: 5.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[4] Ibn Nuqta Abu Bakr Muhammad ibn Abdulg\u02bbani Bag\u02bbdodiy. At-Taqyid li-ma\u02bcrifatir ruvot vas sunan val masonid: 2 jildli. \u2013 Haydarobod: Doiratul ma\u02bcorif al-Usmoniya, 1403\/1983. B: 175 (196).<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV,\u00a0<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot<\/strong><strong>\u00a0markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ilm ahli o\u02bbz kitobini yetkazishda joriy qilgan odatga muvofiq, Imom Buxoriy ham \u201cSahihul Buxoriy\u201dni aytib yozdirish uchun bir necha joyda dars halqalari tashkil qilgan. Ularda allomani tinglashga mushtoq bo\u02bblgan va eshitganlarini rivoyat qilishga katta ishtiyoq bilan qaraydigan ko\u02bbp odam to\u02bbplangan. \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan tinglagan bu jamoalar orasida boshqalardan ko\u02bbra ko\u02bbproq qatnashgan roviylar toifasi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1630,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING NASAFLIK ROVIYSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING NASAFLIK ROVIYSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ilm ahli o\u02bbz kitobini yetkazishda joriy qilgan odatga muvofiq, Imom Buxoriy ham \u201cSahihul Buxoriy\u201dni aytib yozdirish uchun bir necha joyda dars halqalari tashkil qilgan. Ularda allomani tinglashga mushtoq bo\u02bblgan va eshitganlarini rivoyat qilishga katta ishtiyoq bilan qaraydigan ko\u02bbp odam to\u02bbplangan. \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan tinglagan bu jamoalar orasida boshqalardan ko\u02bbra ko\u02bbproq qatnashgan roviylar toifasi &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-09-30T04:56:55+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/11\/umarnasaf.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"570\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"379\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz\",\"name\":\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING NASAFLIK ROVIYSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/11\/umarnasaf.jpg\",\"datePublished\":\"2021-09-30T04:56:55+00:00\",\"dateModified\":\"2021-09-30T04:56:55+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/11\/umarnasaf.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/11\/umarnasaf.jpg\",\"width\":570,\"height\":379},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING NASAFLIK ROVIYSI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING NASAFLIK ROVIYSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING NASAFLIK ROVIYSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Ilm ahli o\u02bbz kitobini yetkazishda joriy qilgan odatga muvofiq, Imom Buxoriy ham \u201cSahihul Buxoriy\u201dni aytib yozdirish uchun bir necha joyda dars halqalari tashkil qilgan. Ularda allomani tinglashga mushtoq bo\u02bblgan va eshitganlarini rivoyat qilishga katta ishtiyoq bilan qaraydigan ko\u02bbp odam to\u02bbplangan. \u201cSahihul Buxoriy\u201dni Imom Buxoriyning o\u02bbzidan tinglagan bu jamoalar orasida boshqalardan ko\u02bbra ko\u02bbproq qatnashgan roviylar toifasi &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-09-30T04:56:55+00:00","og_image":[{"width":570,"height":379,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/11\/umarnasaf.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz","name":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING NASAFLIK ROVIYSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/11\/umarnasaf.jpg","datePublished":"2021-09-30T04:56:55+00:00","dateModified":"2021-09-30T04:56:55+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/11\/umarnasaf.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2018\/11\/umarnasaf.jpg","width":570,"height":379},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17976&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cSAHIHUL BUXORIY\u201dNING NASAFLIK ROVIYSI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17976"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=17976"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17976\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17977,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17976\/revisions\/17977"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/1630"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=17976"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=17976"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=17976"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}