{"id":17956,"date":"2021-09-29T11:40:28","date_gmt":"2021-09-29T06:40:28","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=17956"},"modified":"2021-10-12T10:54:50","modified_gmt":"2021-10-12T05:54:50","slug":"o%ca%bbzbekiston-so%ca%bbzi-jahon-hamjamiyatining-doimiy-nigohida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbZBEKISTON SO\u02bbZI JAHON HAMJAMIYATINING DOIMIY NIGOHIDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida global va mintaqaviy xavfsizlik, COVID-19 pandemiyasi sharoitida barqaror taraqqiyot va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yengib o\u02bbtish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda rag\u02bbbatlantirishning muhim masalalari yuzasidan fikr almashildi. O\u02bbzbekistonning bu boradagi pozitsiyasini mantiqiy jihatdan uchta yirik va asosiy yo\u02bbnalishga ajratish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Inson tabiatan tinchliksevar etib yaratilgan. Insoniyat tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida tinchlikni saqlash, xavfsizlikni mustahkamlash, pirovardida, emin-erkin yashash uchun kurashib kelgan. Bashariyatning bu oliy maqsadi mangu, zero, dunyodagi barcha ne\u02bcmatlarning eng a\u02bclosi ham osoyishtalik va tinchlikdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston bunyodkor xalqi bilan birga, avvalo, o\u02bbz hududida, qolaversa, mintaqada xavfsizlikni ta\u02bcminlash, kengroq doirada esa jahon hamjamiyati e\u02bctiborini global tahdid va xatarlarga qarshi hamjihatlikda kurashishga qaratib, taraqqiyot yo\u02bblida shaxdam odimlab bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Prezidenti dunyodagi eng yirik tashkilot minbaridan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko\u02bblamli demokratik islohotlar ortga qaytmas tus olganini alohida ta\u02bckidladi. Bu o\u02bbrinda gap inson huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini, so\u02bbz va ommaviy axborot vositalari, din va vijdon erkinligini, gender tenglikni, millatlararo totuvlikni ta\u02bcminlash bilan birga kambag\u02bballikni kamaytirish, har bir kishi uchun kafolatli daromad manbaini yaratish haqida boryapti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asosiy maqsadimiz \u2014 2030-yilga borib, aholi jon boshiga to\u02bbg\u02bbri keladigan daromadlar miqdori bo\u02bbyicha <strong>\u201cdaromadi o\u02bbrtachadan yuqori bo\u02bblgan davlatlar\u201d<\/strong> qatoriga kirishdir, dedi O\u02bbzbekiston Prezidenti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har qanday davlatda olib borilayotgan islohotlarning samarasi global innovatsion indeks bilan o\u02bblchanadi. Bu indeks dunyo mamlakatlarining innovatsion rivojlanish darajasini belgilaydi. O\u02bbzbekiston jahon bo\u02bbyicha bu reytingda 132 davlat o\u02bbrtasida 86-o\u02bbrinda qayd etildi. Bu natija mamlakatimizning reytingdagi o\u02bbtgan yilgi o\u02bbrnidan 7, 2015-yilgi o\u02bbrnidan esa 36 pog\u02bbona yuqorilagani bilan e\u02bctiroflidir. Bu reytingni chiqarish jarayonida 2 ta subindeks, 7 ta yo\u02bbnalish, 21 ta guruh va 81 ta ko\u02bbrsatkich orqali turli iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi o\u02bblkalarning innovatsion imkoniyatlari, amalga oshirgan ishlari o\u02bblchanadi, kuchli va kuchsiz tomonlariga qiyosiy baho beriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har yili dunyo miqyosida katta qiziqish bilan kuzatib boriladigan bu reytingda mamlakatlar 4 ta daromad guruhiga bo\u02bblingan (yuqori, yuqori o\u02bbrta, quyi va past daromad) va O\u02bbzbekiston o\u02bbz guruhida (quyi o\u02bbrta daromad) 34 davlat orasidan 10-o\u02bbringa loyiq topilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bir muhim jihat shuki, bu yilgi hisobotda O\u02bbzbekiston eng ko\u02bbp pog\u02bbona yuqorilagan mamlakatlar 10 taligiga kirdi. Istiqboldagi pirovard maqsad va ustuvor vazifalardan biri esa 2030-yilga qadar respublikamizni global innovatsion baholash reytingida yetakchi 50 davlat qatoriga kiritishdan iborat. Chunki O\u02bbzbekistonda yaratilayotgan imkoniyatlar, qulay investitsion muhit, tadbirkorlik sohasiga qaratilayotgan e\u02bctibor va davlatimizning cheksiz salohiyati shundan darak beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Muhimi, hech kimni e\u02bctiborsiz qoldirmaslik<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sir emas, yaqin bir yarim yil ichida butun dunyo jiddiy sinovdan o\u02bbtdi. COVID-19 pandemiyasi hayotning har bir jabhasi, ayniqsa, iqtisodiyotga salbiy ta\u02bcsirini o\u02bbtkazmasdan qolmadi. Bugun jahonning eng yirik va qudratli davlatlari ham pandemiya oqibatlariga qarshi kurashishda davom etmoqda. O\u02bbzbekiston tomoni bu kurashda BMT tomonidan e\u02bclon qilingan <strong>\u201cHech kimni e\u02bctiborsiz qoldirmaslik, hamma uchun va barcha joyda\u201d<\/strong> tamoyili asosida birgalikda yengib o\u02bbtish masalasiga ham to\u02bbxtalib, pandemiyadan keyingi davrda jahon iqtisodiyotini qayta tiklash muammolarini o\u02bbrganish, kambag\u02bballikni qisqartirish bo\u02bbyicha ilg\u02bbor tajribalarni hayotga tatbiq etishga bag\u02bbishlangan xalqaro konferensiyani Toshkentda o\u02bbtkazishni taklif qildi. Mazkur taklif bilan chiqishga bizda barcha asoslar yetarli.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda pandemiya oqibatlarini yumshatish nuqtayi nazaridan belgilangan qat\u02bciy choralar samara jihatidan o\u02bbzini ko\u02bbp kuttirgani yo\u02bbq. Shunday ekan, butun dunyoga iqtisodni qayta tiklash borasida ayta oladigan so\u02bbzimiz va o\u02bbrganadigan jihatlarimiz bisyor. Maqsad jahonning yetakchi iqtisodchilari bilan dunyo miqyosidagi vaziyatni oqilona baholab, odilona qarorlar qabul qilish, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga to\u02bbg\u02bbanoq bo\u02bblayotgan omillarni bartaraf etish yo\u02bblida sa\u02bcy-harakatlarni birlashtirish orqali muttasil taraqqiyot umumstrategiyasini belgilab olishdan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonning butun dunyoga nisbatan yuritayotgan ochiqlik siyosati bu kabi takliflarni baralla ilgari surishga imkoniyat yaratmoqda. Ayniqsa, yaqin qo\u02bbshnilar bilan o\u02bbrnatilgan yaxshi munosabatlar davlatimiz tashqi siyosatining asosiy mezonlaridan biriga aylandi. Avvalo, qo\u02bbshni davlatlar bilan chegaralar ochilib, o\u02bbzaro qardosh va o\u02bbzagi bir xalqlar yanada yaqinlashdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Galdagi vazifa \u2014 o\u02bbzaro manfaatli hamkorlik ko\u02bblamini kengaytirish. Shuning uchun ham O\u02bbzbekiston Markaziy va Janubiy Osiyoning o\u02bbzaro bog\u02bbliqligini mustahkamlash to\u02bbg\u02bbrisidagi BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusini ilgari surgani ma\u02bclum qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Transmilliy tendensiyalar bashariyat diqqati markazida<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimizda \u201cQo\u02bbshning tinch \u2014 sen tinch\u201d degan naql bor. Shu nuqtayi nazardan, Afg\u02bbonistondagi vaziyatga nisbatan O\u02bbzbekiston pozitsiyasi doim insonparvarlik g\u02bboyalariga yo\u02bbg\u02bbrilgan. Ayni paytda mazkur mamlakatda davlat boshqaruvi tizimi qanday bo\u02bblishidan qat\u02bci nazar, davlatimiz qo\u02bbshni mamlakatlar ichki siyosatiga aralashmaslik tamoyiliga to\u02bbla amal qiladi. Afg\u02bbon xalqining orzu-istaklarini ro\u02bbyobga chiqarishni, avvalo, tinchlik o\u02bbrnatish va osoyishtalikni ta\u02bcminlashdan boshlash lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cBu davlatda tinchlik va osoyishtalik o\u02bbrnatilishidan nafaqat biz, qo\u02bbshni mamlakatlar, balki butun dunyo manfaatdordir\u201d, \u201cHozirgi qiyin davrda Afg\u02bbonistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo\u02bbyish mumkin emas\u201d, \u201cAfg\u02bbon masalasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta\u02bcsiri va ovozi har qachongidan ham kuchliroq yangrashi lozim\u201d<\/strong>, deya ta\u02bckidladi O\u02bbzbekiston Prezidenti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz Afg\u02bbonistonga nisbatan nafaqat so\u02bbzda, balki amalda ham yaxshi qo\u02bbshnichilik munosabatlari o\u02bbrnatilishi tarafdori. Aynan shuning uchun bu mamlakat bilan chegaralar ochilib, birlamchi ehtiyoj buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordamlari yuborilib, elektr energiyasi va yoqilg\u02bbi bilan ta\u02bcminlash davom ettirilmoqda. Mazkur davlatning yangi boshqaruv tizimiga kelgan qatlam vakillari ushbu yordamdan samimiy minnatdor ekanligini bildirib, afg\u02bbon xalqi bu yaxshiliklarni unutmasligini ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun dunyoda xavf-xatar va ziddiyatlar, transmilliy tahdidlar tobora ortib borayotgani tufayli joriy yilning noyabr oyida Toshkentda BMT ning Global aksilterror strategiyasi Markaziy Osiyo uchun rejasining o\u02bbn yillik natijalari va istiqbollariga bag\u02bbishlangan Xalqaro konferensiya o\u02bbtkazilishi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Darhaqiqat, mintaqada xavfsizlikni ta\u02bcminlashga faqat qo\u02bbshni davlatlar bilan yaxshi munosabat orqali erishish qiyin. Shu nuqtayi nazardan, bu borada davrani kengroq olib, masalaga Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarini jalb qilgan holda, erishilgan natijalarni sarhisob qilib, galdagi vazifalarni belgilab olish maqsadlari ko\u02bbzlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqoridagi taklifning mantiqiy davomi sifatida O\u02bbzbekiston tomonidan ilgari surilgan yana bir muhim tashabbus \u2014 mazkur konferensiya doirasida BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik bo\u02bbyicha boshqarmasi bilan 2022-2025-yillarga mo\u02bbljallangan Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy dasturni imzolash hamda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarini qamrab oladigan Giyohvandlikka qarshi umumiy Harakatlar rejasini ishlab chiqish. Ta\u02bckidlanganidek, bu muhim hujjatlar mazkur yo\u02bbnalishdagi ishlarga mustahkam huquqiy asos bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Transmilliy tendensiyalarga o\u02bbzining bevosita ta\u02bcsirini o\u02bbtkazmay qolmaydigan yo\u02bbnalish \u2014 bu ekologiya sohasi. O\u02bbzbekiston Prezidenti iqlim o\u02bbzgarishlariga qarshi kurash, atrof-muhit va bioxilma-xillikni muhofaza qilish va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o\u02bbtish borasida ko\u02bbrilayotgan choralarga alohida to\u02bbxtaldi va jahon hamjamiyati e\u02bctiborini yana bir bor Orolbo\u02bbyi mintaqasiga qaratib, 2022-yilda Nukus shahrida \u201cyashil\u201d energetika bo\u02bbyicha BMT bilan hamkorlikda yuqori darajadagi xalqaro forum o\u02bbtkazish tashabbusini bildirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, BMT shafeligida global ekologik siyosatning ustuvor yo\u02bbnalishlarini batafsil muhokama qilish maqsadida 2023-yilda O\u02bbzbekistonda Atrof-muhit bo\u02bbyicha BMTning yuqori darajadagi Oltinchi Assambleyasini o\u02bbtkazish taklifi aytildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cAssambleya ishtirokchilari Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan, ekologik ofat markazi bo\u02bblgan Orolbo\u02bbyi mintaqasidagi og\u02bbir vaziyat bilan bevosita tanishish va zarur xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo\u02bbladilar. Bundan tashqari, Assambleyada Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi ekologik siyosati asoslarini tashkil etishga qaratilgan Butunjahon ekologiya Xartiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surmoqchimiz\u201d<\/strong>, dedi O\u02bbzbekiston Prezidenti.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">E\u02bctibor qilgan bo\u02bblsangiz, O\u02bbzbekiston tomoni har doim yuksak minbarlarda mintaqaviy va global muammolarni ko\u02bbtarib, bu jarayonlarda yoshlar ishtirokiga ham alohida urg\u02bbu berib kelmoqda. Bunda har jarayonga yoshlarni jalb qilib, ular ishtirokini ta\u02bcminlash masalasini ilgari suradi. Bu safar ham global harakatlarga yoshlarni jalb qilish bo\u02bbyicha Butunjahon konferensiyasi mamlakatimizda muvaffaqiyatli o\u02bbtkazilgani ta\u02bckidlandi hamda ushbu yo\u02bbnalishdagi sa\u02bcy-harakatlarning davomi sifatida Samarqand shahrida muntazam o\u02bbtkazilayotgan Inson huquqlari muloqotlari doirasida Global ta\u02bclim forumini tashkil etish rejalashtirilgani ma\u02bclum qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar bu borada ilgari surilayotgan ezgu tashabbuslar mag\u02bbzini to\u02bbla chaqib ko\u02bbradigan bo\u02bblsak, ilm ahliga qaratilayotgan e\u02bctibor va rag\u02bbbat taraqqiyot poydevorining yanada pishiq bo\u02bblishiga ishoradir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bildirilgan taklif va ilgari surilgan tashabbuslar son va salmoq jihatidan keng miqyos kasb etyapti. Asosiysi, bularning barchasi jahon hamjamiyati tomonidan ma\u02bcqullanib, hayotga izchil tatbiq etilayotgani kishida qoniqish va mamnunlik hissini uyg\u02bbotadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dunyodagi eng yirik muassasa \u2014 Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining avvalgi sessiyalarida O\u02bbzbekiston nomidan ko\u02bbtarilgan masalalar e\u02bctibordan chetda qolgani yo\u02bbq. Bosh Assambleyaning 2020-yil sentyabr oyida o\u02bbtkazilgan 75-sessiyasida O\u02bbzbekiston bildirgan taklif inobatga olinib, Pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to\u02bbg\u02bbrisidagi mamlakatimizda ishlab chiqilgan kodeks bu boradagi global sa\u02bcy-harakatlarga O\u02bbzbekistonning munosib hissasi sifatida BMT tomonidan rasmiy hujjat shaklida tarqatildi. Bundan tashqari, joriy yilning may oyida davlatimizning yana bir tashabbusi qo\u02bbllab-quvvatlanib, BMT Bosh Assambleyasi Orolbo\u02bbyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e\u02bclon qilish to\u02bbg\u02bbrisida maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. BMT shafeligida tashkil etilgan Orolbo\u02bbyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo\u02bbyicha ko\u02bbp tomonlama sheriklik transjamg\u02bbarmasi samarali faoliyat yuritmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash joizki, barcha sohalarda amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy o\u02bbzgarishlar, tub islohotlar, bu borada erishilgan ulkan yutuqlar qiyos sifatida mustaqil O\u02bbzbekiston tarixida misli ko\u02bbrilmagan burilish yasadi va xalqaro munosabatlar, tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarda yangi davrni boshlab berdi. Ayni paytda muvaffaqiyat bilan amalga oshirilayotgan muhim tashqi siyosiy tashabbuslar natijasi o\u02bblaroq, xalqaro maydonda yuksak natijalarga erishilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, zamonaviy xalqaro munosabatlar ularda ko\u02bbp tomonlama diplomatiyaning roli ortib borayotgani bilan ham xarakterlanadi. Ko\u02bbp tomonlama diplomatiya xalqaro hayotning BMT faoliyati bilan bog\u02bbliq ko\u02bbplab muhim jabhalarini qamrab oladi. O\u02bbzbekiston tashqi siyosatining asosiy yo\u02bbnalishlaridan biri \u2014 o\u02bbzaro hamkorlikni mustahkamlash borasida BMT bilan sheriklik aloqalarimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko\u02bbtarildi. Bugun mamlakatimiz ushbu tashkilot va uning ixtisoslashgan tizimlari ishida faol qatnashmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro hayotda ham munosib o\u02bbrni borligi, O\u02bbzbekiston so\u02bbzi jahon hamjamiyatining doimiy nigohida ekani barchamizga faxr va iftixor bag\u02bbishlaydi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shovosil ZIYODOV,<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori<\/span><\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi 2021 yil 29 sentyabr, \u2116 194(450)<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida global va mintaqaviy xavfsizlik, COVID-19 pandemiyasi sharoitida barqaror taraqqiyot va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yengib o\u02bbtish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda rag\u02bbbatlantirishning muhim masalalari yuzasidan fikr almashildi. O\u02bbzbekistonning bu boradagi pozitsiyasini mantiqiy jihatdan uchta yirik va asosiy yo\u02bbnalishga ajratish mumkin. Inson tabiatan tinchliksevar etib yaratilgan. Insoniyat tarixiy taraqqiyotning har bir &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17954,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbZBEKISTON SO\u02bbZI JAHON HAMJAMIYATINING DOIMIY NIGOHIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbZBEKISTON SO\u02bbZI JAHON HAMJAMIYATINING DOIMIY NIGOHIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida global va mintaqaviy xavfsizlik, COVID-19 pandemiyasi sharoitida barqaror taraqqiyot va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yengib o\u02bbtish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda rag\u02bbbatlantirishning muhim masalalari yuzasidan fikr almashildi. O\u02bbzbekistonning bu boradagi pozitsiyasini mantiqiy jihatdan uchta yirik va asosiy yo\u02bbnalishga ajratish mumkin. Inson tabiatan tinchliksevar etib yaratilgan. Insoniyat tarixiy taraqqiyotning har bir &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-09-29T06:40:28+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-10-12T05:54:50+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/20210929_gazeta_uz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"625\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbZBEKISTON SO\u02bbZI JAHON HAMJAMIYATINING DOIMIY NIGOHIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/20210929_gazeta_uz.jpg\",\"datePublished\":\"2021-09-29T06:40:28+00:00\",\"dateModified\":\"2021-10-12T05:54:50+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/20210929_gazeta_uz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/20210929_gazeta_uz.jpg\",\"width\":660,\"height\":625},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbZBEKISTON SO\u02bbZI JAHON HAMJAMIYATINING DOIMIY NIGOHIDA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbZBEKISTON SO\u02bbZI JAHON HAMJAMIYATINING DOIMIY NIGOHIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbZBEKISTON SO\u02bbZI JAHON HAMJAMIYATINING DOIMIY NIGOHIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida global va mintaqaviy xavfsizlik, COVID-19 pandemiyasi sharoitida barqaror taraqqiyot va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini yengib o\u02bbtish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda rag\u02bbbatlantirishning muhim masalalari yuzasidan fikr almashildi. O\u02bbzbekistonning bu boradagi pozitsiyasini mantiqiy jihatdan uchta yirik va asosiy yo\u02bbnalishga ajratish mumkin. Inson tabiatan tinchliksevar etib yaratilgan. Insoniyat tarixiy taraqqiyotning har bir &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-09-29T06:40:28+00:00","article_modified_time":"2021-10-12T05:54:50+00:00","og_image":[{"width":660,"height":625,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/20210929_gazeta_uz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz","name":"O\u02bbZBEKISTON SO\u02bbZI JAHON HAMJAMIYATINING DOIMIY NIGOHIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/20210929_gazeta_uz.jpg","datePublished":"2021-09-29T06:40:28+00:00","dateModified":"2021-10-12T05:54:50+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/20210929_gazeta_uz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/20210929_gazeta_uz.jpg","width":660,"height":625},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17956&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbZBEKISTON SO\u02bbZI JAHON HAMJAMIYATINING DOIMIY NIGOHIDA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17956"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=17956"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17956\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18093,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17956\/revisions\/18093"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/17954"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=17956"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=17956"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=17956"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}