{"id":17821,"date":"2021-09-22T10:06:29","date_gmt":"2021-09-22T05:06:29","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=17821"},"modified":"2021-09-22T10:55:06","modified_gmt":"2021-09-22T05:55:06","slug":"imom-buxoriyga-eng-so%ca%bbnggi-xizmatni-ko%ca%bbrsatgan-saxovat-sohibi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz","title":{"rendered":"IMOM BUXORIYGA ENG SO\u02bbNGGI XIZMATNI KO\u02bbRSATGAN SAXOVAT SOHIBI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixiy manbalardan Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy Samarqandiyni qidirganimizda, albatta, Imom Buxoriyning Xartang qishlog\u02bbiga kelgani va umrining oxirgi kunlarini shu yerda o\u02bbtkazgani haqidagi ma\u02bclumotlarga duch kelamiz. Demak, G\u02bbolib ibn Jabroilni Imom Buxoriyning mana shu qishloqda o\u02bbtkazgan kunlari haqidagi ma\u02bclumotlarsiz o\u02bbrganib bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy Buxorodan chiqqanda, samarqandliklar unga maktub yozib, Samarqandga chaqirdi. Alloma shu shaharga qarab yo\u02bblga chiqdi. Samarqanddan uch farsax masofadagi Xartang qishlog\u02bbiga yetganda, samarqandliklar orasida ixtilof chiqqani haqidagi xabar keldi. Bu qishloqda uning qarindoshlari bor edi. Shu sababli ish aniq bo\u02bblguncha qarindoshlarinikida qoldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy Imom Buxoriyning qarindoshlaridan biri bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Adiy aytadi: \u201cAbdulquddus ibn Abdujabbor Samarqandiyning bunday deganini eshitdim: \u201cMuhammad (ibn Ismoil Buxoriy) Xartangdagi qarindoshlarinikiga kelganda, bir kecha namozni o\u02bbqib bo\u02bblib: \u201cEy Allohim! Keng yer menga torlik qilib qoldi. Mening jonimni qabz qilib, O\u02bbz huzuringga olgin\u201d, deb duo qilganini eshitdim. Bir oy o\u02bbtmasdan vafot etdi. Uning qabri Xartangdadir\u201d [1].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shundan faraz qilish mumkinki, Imom Buxoriy Xartang qishlog\u02bbiga kelganda, qarindoshi Abu Mansurning uyida mehmon bo\u02bblgan va chamasi bir oycha yashagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xatib Bag\u02bbdodiy \u201cAl-Muttafiq val muftariq\u201d asarida Abu Mansurning tarjimai holini keltirgan. Xatib Bag\u02bbdodiy aytadi: \u201cAzhariy menga: \u201cBizga Abu Sa\u02bcd Idrisiy aytib bergan edi\u201d, deb xabar qildi: \u201cG\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy Samarqandiy, kunyasi Abu Mansur bo\u02bblgan shayxdir. Muhammad ibn Ismoil uning uyiga mehmon bo\u02bblib tushgan va uning xonadonida vafot etgan. G\u02bbolib ibn Jabroil uning dafn marosimini o\u02bbtkazgan. Muhammad ibn Ismoilning nusxa ko\u02bbchiruvchisi Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy o\u02bbshani G\u02bbolib ibn Jabroildan hikoya qilgan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Idrisiy aytadi: \u201cUning musnad hadisi borligini bilmayman. U ilm ahlidan bo\u02bblgan, deyiladi. Undan Muhammad ibn Ismoilning fazilatlari haqidagi hikoyalar rivoyat qilingan. Menga G\u02bbolib ibn Jabroil Imom Buxoriydan ozgina keyin vafot etdi va uning yoniga dafn etilishini vasiyat qildi, deb aytildi\u201d [2].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulkarim Sam\u02bconiy \u201cAnsob\u201d asarida bunday deydi: \u201cXartang Samarqanddan uch farsax masofada joylashgan qishloq. Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy shu yerda vafot etgan. Ziyorat qilish uchun u yerga to\u02bbrt marta borganman. Ushbu qishloqqa nisbat berilgan mashhur kishilardan biri Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiydir. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy Xartangga kelganda, uning uyiga tushgan va xonadonida vafot etgan. U Imom Buxoriyning dafn marosimini o\u02bbtkazgan. Aytilishicha, u (Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy) ilm ahlidan bo\u02bblgan. Undan Imom Buxoriyning fazilatlari haqidagi hikoyalar rivoyat qilingan. U Imom Buxoriydan ozgina keyin vafot etgan va qabri yoniga dafn etilishini vasiyat qilgan. Imom Buxoriy 256\/870 yili Ramazon hayitiga o\u02bbtar kechasi vafot etgan\u201d [3].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy aytadi: \u201cUyiga Abu Abdulloh Buxoriy mehmon bo\u02bblib tushgan Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroilning bunday deganini eshitdim: \u201cU kishi biznikida bir necha kun yashadi. So\u02bbng betob bo\u02bblib, ahvoli og\u02bbirlashdi. Hatto Muhammad ibn Ismoil Buxoriyni olib ketish haqida Samarqand shahriga elchi yuborilgan edi. Elchi yetib kelishi bilan safarga tayyorgarlik boshlandi. U kishi ikki mahsisini kiyib, sallasini o\u02bbradi. Men uning bir qo\u02bbli (yelkadan tirsakkacha bo\u02bblgan qismi)dan ushladim va ikkinchi qo\u02bblidan ushlab olgan odam bilan birga uloviga mindirish uchun yetaklab bordik. U chamamda yigirma qadam yoki shunga yaqinroq yurdi. Shunda u (Imom Buxoriy) rahimahulloh: \u201cMeni qo\u02bbyinglar, men zaiflashib qolibman\u201d, dedi-da, bir necha bor duo qildi. So\u02bbngra holsizligi yanada kuchayib, yerga chalqancha bo\u02bblib yotdi-da, rihlat qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U kishining badanidan ta\u02bcrifga til ojiz bo\u02bbladigan darajada ko\u02bbp ter chiqdi. Kafanlaganimizgacha shu ter to\u02bbxtamadi. U kishi bizga: \u201cMeni qomis (ko\u02bbylak) va imoma (salla)si bo\u02bblmagan uchta oq kiyim bilan kafanlang\u201d, deb vasiyat qilgan edi. Biz aytganidek qildik. U kishini dafn qilganimizda, qabri tuprog\u02bbidan mushkdan-da xushbo\u02bbyroq o\u02bbtkir hid atrofga tarala boshladi va bu holat bir necha kun davom etdi. So\u02bbng osmonda Imom Buxoriy qabri uzra oppoq cho\u02bbziq doira ko\u02bbtarildi. Odamlar ixtilofga tushdi va ajablandi. Afsuski, ular qabr tuprog\u02bbini olib keta boshladi. Hatto qabr ochilishigacha bordi. Biz harchand qabrga qo\u02bbriqchilik qilishga urinmaylik, buning uddasidan chiqa olmadik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunda qabrga hech kim tegmasligi uchun atrofiga yog\u02bbochdan panjara o\u02bbrnatdik. So\u02bbng bid\u02bcatchilar marqad atrofidagi tuproqlarni olib keta boshladi, lekin qabrning tuprog\u02bbiga tegina ololmadi. Xushbuy hid taralashi ancha vaqtgacha davom etdi. Shahar aholisi ajablanib, buni gapirishdan to\u02bbxtamadi. U kishining martabasi vafotidan keyin dushmanlarining nazdida ham aniq-ravshan bo\u02bbldi. Ba\u02bczi dushmanlari qabriga kelib, qilgan yomon ishlaridan pushaymonini aytdi va tavba qildi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy aytadi: \u201cAbu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy Imom Buxoriydan keyin juda kam umr ko\u02bbrdi. Vafotidan keyin o\u02bbzini Imom Buxoriyning yoniga dafn etishni vasiyat qildi\u201d [4].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu ma\u02bclumotlardan Imom Buxoriyning kotibi va xos shogirdi Abu Ja\u02bcfar Varroq Buxoriy ustozi bilan birga Samarqandga kelmaganini bilib olish mumkin. Chunki u Imom Buxoriyning Xartang qishlog\u02bbiga kelgani, qarindoshlarinikida qolgani, shu yerda betob bo\u02bblib, vafot etgani va shundan so\u02bbng sodir bo\u02bblgan ajoyib voqealar haqidagi ma\u02bclumotlarni G\u02bbolib ibn Jabroildan hikoya qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarix kitoblarida zikr qilingan ma\u02bclumotlardan qo\u02bbyidagilarni xulosa qilishimiz mumkin:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">* Imom Buxoriy Buxorodan chiqib, Samarqandga yo\u02bbl olgan va ba\u02bczi sabablarga ko\u02bbra Xartangda yashaydigan qarindoshlaridan biri Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroilning uyida qolgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">* Shu yerda betob bo\u02bblib, vafot etgan va dafn qilingan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">* Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy Samarqandiy ilm ahlidan bo\u02bblgan va Imom Buxoriyning dafn marosimini o\u02bbtkazgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">* Abu Mansurdan Imom Buxoriyning fazilatlari haqidagi hikoyalar va vafot etganidan keyin sodir bo\u02bblgan ajoyib voqealar rivoyat qilingan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">* Abu Mansur Xartangiy Imom Buxoriydan keyin juda kam yashagan va vafotidan so\u02bbng buyuk muhaddisning yoniga dafn etilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[1]. Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Siyaru a\u02bclamin nubalo: 25 jildli. \u2013 Bayrut: Doru muassasatir risola, 1992. J: 12. B: 466.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[2]. Hofiz Abu Bakr Ahmad ibn Ali ibn Sobit Xatib Bag\u02bbdodiy. Al-Muttafiq val muftariq: 2208 betli. Doktor Muhammad Sodiq Oydin Homidiy tahqiqi. \u2013 Damashq: Dorul qodiriy, 1417\/1997. B: 1764.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[3]. Imom Abu Sa\u02bcd Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur Sam\u02bconiy. Ansob: 13 jildli. \u2013 Haydarobod: Dairotul ma\u02bcorif al-Usmoniya, 2016. J: 5. B: 79.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[4]. Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Abu Hotim Varroq Buxoriy. Shamoili Buxoriy. Abu Muoviya Bayrutiy nashri. \u2013 Bayrut: 2019. B: 71-74.\u00a0Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy. Siyaru a\u02bclamin nubalo: 25 jildli. \u2013 Bayrut: Doru muassasatir risola, 1992. J: 12. B: 466-467. Abu Fazl Shihobuddin Ahmad ibn Ali ibn Muhammad ibn Hajar Kinoniy Asqaloniy. Tag\u02bbliqut ta\u02bcliq ala Sahihil Buxoriy: 5 jildli. Said Qazfiy tahqiqi. \u2013 Damashq: Al-Maktabul islomiy \u2013 Doru Ammor. 1405\/1985. J: 5. B: 441.\u00a0<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvosi SHONAZAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\u00a0<\/strong><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Tarixiy manbalardan Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy Samarqandiyni qidirganimizda, albatta, Imom Buxoriyning Xartang qishlog\u02bbiga kelgani va umrining oxirgi kunlarini shu yerda o\u02bbtkazgani haqidagi ma\u02bclumotlarga duch kelamiz. Demak, G\u02bbolib ibn Jabroilni Imom Buxoriyning mana shu qishloqda o\u02bbtkazgan kunlari haqidagi ma\u02bclumotlarsiz o\u02bbrganib bo\u02bblmaydi. Imom Buxoriy Buxorodan chiqqanda, samarqandliklar unga maktub yozib, Samarqandga chaqirdi. Alloma shu shaharga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17819,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>IMOM BUXORIYGA ENG SO\u02bbNGGI XIZMATNI KO\u02bbRSATGAN SAXOVAT SOHIBI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"IMOM BUXORIYGA ENG SO\u02bbNGGI XIZMATNI KO\u02bbRSATGAN SAXOVAT SOHIBI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Tarixiy manbalardan Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy Samarqandiyni qidirganimizda, albatta, Imom Buxoriyning Xartang qishlog\u02bbiga kelgani va umrining oxirgi kunlarini shu yerda o\u02bbtkazgani haqidagi ma\u02bclumotlarga duch kelamiz. Demak, G\u02bbolib ibn Jabroilni Imom Buxoriyning mana shu qishloqda o\u02bbtkazgan kunlari haqidagi ma\u02bclumotlarsiz o\u02bbrganib bo\u02bblmaydi. Imom Buxoriy Buxorodan chiqqanda, samarqandliklar unga maktub yozib, Samarqandga chaqirdi. Alloma shu shaharga &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-09-22T05:06:29+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-09-22T05:55:06+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/bukhari_buxoriy2021_82.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz\",\"name\":\"IMOM BUXORIYGA ENG SO\u02bbNGGI XIZMATNI KO\u02bbRSATGAN SAXOVAT SOHIBI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/bukhari_buxoriy2021_82.jpg\",\"datePublished\":\"2021-09-22T05:06:29+00:00\",\"dateModified\":\"2021-09-22T05:55:06+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/bukhari_buxoriy2021_82.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/bukhari_buxoriy2021_82.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"IMOM BUXORIYGA ENG SO\u02bbNGGI XIZMATNI KO\u02bbRSATGAN SAXOVAT SOHIBI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"IMOM BUXORIYGA ENG SO\u02bbNGGI XIZMATNI KO\u02bbRSATGAN SAXOVAT SOHIBI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"IMOM BUXORIYGA ENG SO\u02bbNGGI XIZMATNI KO\u02bbRSATGAN SAXOVAT SOHIBI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Tarixiy manbalardan Abu Mansur G\u02bbolib ibn Jabroil Xartangiy Samarqandiyni qidirganimizda, albatta, Imom Buxoriyning Xartang qishlog\u02bbiga kelgani va umrining oxirgi kunlarini shu yerda o\u02bbtkazgani haqidagi ma\u02bclumotlarga duch kelamiz. Demak, G\u02bbolib ibn Jabroilni Imom Buxoriyning mana shu qishloqda o\u02bbtkazgan kunlari haqidagi ma\u02bclumotlarsiz o\u02bbrganib bo\u02bblmaydi. Imom Buxoriy Buxorodan chiqqanda, samarqandliklar unga maktub yozib, Samarqandga chaqirdi. Alloma shu shaharga &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-09-22T05:06:29+00:00","article_modified_time":"2021-09-22T05:55:06+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/bukhari_buxoriy2021_82.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz","name":"IMOM BUXORIYGA ENG SO\u02bbNGGI XIZMATNI KO\u02bbRSATGAN SAXOVAT SOHIBI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/bukhari_buxoriy2021_82.jpg","datePublished":"2021-09-22T05:06:29+00:00","dateModified":"2021-09-22T05:55:06+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/bukhari_buxoriy2021_82.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/bukhari_buxoriy2021_82.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17821&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"IMOM BUXORIYGA ENG SO\u02bbNGGI XIZMATNI KO\u02bbRSATGAN SAXOVAT SOHIBI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17821"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=17821"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17821\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17824,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17821\/revisions\/17824"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/17819"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=17821"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=17821"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=17821"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}