{"id":17800,"date":"2021-09-20T17:00:13","date_gmt":"2021-09-20T12:00:13","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=17800"},"modified":"2021-09-20T17:00:13","modified_gmt":"2021-09-20T12:00:13","slug":"abu-hafs-kabir-buxoriyning-1255-yilligini-xalqaro-miqyosda-nishonlaylik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz","title":{"rendered":"Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaylik"},"content":{"rendered":"<p class=\"mt0\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik yillarida sho\u02bbro davrida bir muddat unutgan ko\u02bbplab ulug\u02bb ajdodlarimizni yaqindan tanidik. Mamlakatimizda Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abduxoliq G\u02bbijduvoniy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning tavallud to\u02bbylari xalqaro miqyosda nishonlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><i>Ammo hali hayoti va ijodi o\u02bbrganilmagan, xalqqa to\u02bbla yetkazilmagan buyuk allomalarimiz \u2012 yana qancha!<\/i><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shulardan biri \u2012 Abu Hafs Kabir Buxoriy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uning muborak nomini muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yilning 2 sentyabrida Toshkent shahrida Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashining to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri o\u02bbtkazilgan, 57 mamlakatdan vazirlar va rasmiy shaxslar, shuningdek, mamlakatimiz vazirlik va idoralari mutasaddilari, ishbilarmon doira vakillari qatnashgan 46-yillik yig\u02bbilishidagi nutqida faxr bilan tilga oldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAsrlar davomida O\u02bbzbekiston zamini musulmon olamining buyuk va noyob madaniyati, ilm-fani va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining markazlaridan biri bo\u02bblganidan sizlar, albatta, xabardorsiz. Qadimiy O\u02bbzbekiston, ya\u02bcni Movarounnahr diyori islom dunyosining yuksak madaniyati va sivilizatsiyasi rivojiga unutilmas hissa qo\u02bbshgan alloma va mutafakkirlar yurtidir. Buxorolik buyuk ulamo \u2012 Imom Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy va uning butun dunyoga tanilgan shogirdlari Imom al-Buxoriy va Imom Termiziy asarlarining islom falsafasi ilmiy-nazariy asoslarini yaratishdagi ahamiyati beqiyosdir\u201d, \u2012 dedi davlatimiz rahbari.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bu esa jamoatchilik diqqatini hazrati imomimiz \u2012 Imom Abu Hafs Kabir Buxoriy hayoti va faoliyatiga qaratdi. Ko\u02bbp o\u02bbtmay \u201cAdolat\u201d gazetasining shu yilgi\u00a0<\/strong>10 sentyabr sonida\u00a0<strong>O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, tarix fanlari doktori, professor Bahrom Abduhalimovning\u00a0<\/strong>\u201cAbu Hafs Kabir Buxoriy kim bo\u02bblgan?\u201d sarlavhali maqolasi bosildi. Unda olimning hayoti va faoliyati qisqa satrlarda yoritilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomda mazhab o\u02bbta muhim masala hisoblanadi. Biz \u2012 Markaziy Osiyo musulmonlari Abu Hanifa Imom A\u02bczam asoslagan hanafiya mazhabidamiz. Jahon musulmonlarining 47 foizi \u2012 shu mazhabda. Bu e\u02bctiqod yo\u02bblini yurtimizga aynan Abu Hafs Kabir Buxoriy olib kelgan. U Bag\u02bbdodda Abu Hanifaning shogirdi Imom Muhammaddan hanafiylik mazhabi fiqhini o\u02bbzlashtiradi. Yurtga qaytib, shuning targ\u02bbibi bilan shug\u02bbullanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng muhimi, Imom Buxoriy, Imom Termiziydek buyuk muhaddislarga ustozlik qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik yillarida Buxoro viloyati hokimligi va hozirda Buxoro viloyati nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, 1996\u20132011 yillarda Buxoro viloyati hokimi Samoyiddin Husenov tashabbusi bilan Abu Hafs Kabir Buxoriy mangu makon tutgan majmua obod qilindi. Majmua darvozaxonasi, xuddi Ismoil Somoniy maqbarasiga o\u02bbxshab ketadigan maqbara, yangi masjid, o\u02bbz o\u02bbrnida Buxoroning qadimiy Haqroh (Abu Hafs Kabir) darvozasi qurildi. Shu tariqa bu yer mamlakatimizning muqaddas ziyoratgohlaridan biriga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy milodiy 768 yili Buxoroda tug\u02bbilib, 832 yili ona shahrida vafot etgan. Bu ulug\u02bb zot islom olamiga Abu Hafs Kabir Buxoriy nomi bilan tanilgan fiqhshunos va faylasuf, ilohiyotshunos, buyuk muhaddis, benazir avliyo, ulamolar sultoni va sardaftari Imom Buxoriyning zamondoshi va ustozi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxorodan uzoq islom shaharlari, xususan, o\u02bbsha davrda islomiy ilm va madaniyat poytaxti hisoblanmish Bag\u02bbdodga borib, hanafiy mazhabining asoschisi, ilohiyotchi, faqih, muhaddis Abu Hanifaning taniqli shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniyga shogird tushgan. Qaytganida uni buxoroliklar bayram qilib kutib olib, ommaga xizmat qilishini so\u02bbraganlar, masjidni bezab, o\u02bbrin tayyorlashgan, toki Iroqdan olib kelgan ilm va ma\u02bcrifatga bo\u02bblgan chanqoqlarini qondirsinlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom A\u02bczamning nevara shogirdlari Abu Hafs Kabir islom huquqshunosligi asoslarini yaratgan yirik olim bo\u02bblgan. Narshaxiyning yozishicha, uning sharofati bilan Buxoro \u201cQubbat ul-islom\u201d \u2013 \u201cIslom dinining gumbazi\u201d unvonini olgan. Abu Hafsning o\u02bbziga \u201cKabir Buxoriy\u201d \u2013 \u201cBuxoriylarning kattasi\u201d va \u201cImomi hojatbaror\u201d \u2013 \u201cHojatlarni chiqaruvchi imom\u201d, \u201cHazrati imom\u201d degan unvonlar berilgan. Abu Hafs Kabirning \u201cFatovoyi Abu Hafs\u201d (Abu Hafsning fatvolari) islom olamida ma\u02bclum va mashhur bo\u02bblib, barcha faqihlar hazratning fatvolariga suyanib ish yuritgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avliyo va ulamolar tarixiga doir qaysi bir kitobni varaqlamaylik, albatta ularda Abu Hafs Kabir va bu ulug\u02bb zotning farzandi, ta\u02bclimoti davomchisi Abu Hafs Sag\u02bbir to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlar qayd qilinadi. Buxoro ulamolari haqida gap borganda, albatta dastlab Abu Hafs Kabirning muborak nomlari tilga olinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharq ayolining madaniy-ma\u02bcrifiy sohadagi g\u02bbayratiga ham tarixdan ko\u02bbplab misollar topish mumkin. Jumladan, buyuk faqih Abu Hafs al-Kabir al-Buxoriyning ayoli unga o\u02bbz maslahatlari bilan ko\u02bbmak berar edi. Bunday dono o\u02bbgitlardan hayratda qolgan buyuk imom bir kuni ayoliga shunday degan ekan: \u201cYa ayyatuha al-mar\u02bca, ramayti bisahmin nofiz\u201d (Ey ayol, teshib o\u02bbtadigan yoy otding). Ya\u02bcni ayollari ham fiqh va hadis ilmida o\u02bbz zamonasining yaktosi bo\u02bblganligidan kishilar biror masala so\u02bbrab kelsalar kamondan o\u02bbq qanday tez otilib chiqqaniday hozirjavob bo\u02bblganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Kabir Buxorodagi Darvozai Nav qarshisidagi tepalikda dafn etilgan. Buxoroliklar u joyni muqaddas sanab, \u201cHaqrah\u201d (\u201cHaq yo\u02bbl\u201d) va \u201cTali Xoja Imom Abu Hafs\u201d (\u201cXoja Imom Abu Hafs tepaligi\u201d) deb ataganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Kabir Buxoriy Buxorodan Bag\u02bbdodga borib, Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniyga shogird tushganlar. Muhammad ibn Hasan Shayboniy Abu Hanifaning yo\u02bblidan borib shariat huquq normalarini nazariy tomondan asoslab tizimga soladi, qiyosni tatbiq qiladi. Ya\u02bcni Qur\u02bcon va Sunnada bo\u02bblmagan masala qiyosda taqqoslash yo\u02bbli bilan hal qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma islom huquqshunosligida istihson (<strong>bir narsani yaxshi deb hisoblash<\/strong>) tamoyilini ishlab chiqdi. Mahalliy huquq normalarini huquqshunoslikka tatbiq qilishning nazariy asoslarini rivojlantirdi. Shariat huquqshunosligi tizimini yaratishda Qur\u02bconi karim va islomda musulmonlar uchun ibrat hisoblangan Hadisi sharifni asos qilib oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Kabir Qur\u02bconning huquqiy normalarini hayot bilan bog\u02bbladi. Bu davrda Arab xalifaligi hududida turli xalqlar yashar edi. O\u02bbz o\u02bbzidan ma\u02bclumki, ularni bir xil qonun o\u02bblchovda saqlash ya\u02bcni hamma joyda yagona qonun joriy qilish mumkin emas edi. Turli sinf ijtimoiy guruhlarning vakillari hadislar to\u02bbqib, ularda o\u02bbz manfaatlarini ifodalashga urinar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuning uchun Abu Hafs Kabir Abu Hanifa yo\u02bblidan borib, mahalliy sharoitga mos keladigan umumiy shariat normalarini ishlab chiqadi. X asr tarixchisi Muhammad Narshaxiyning \u201cBuxoro tarixi\u201d kitobida Imom Abu Hafs Kabir o\u02bbz davrining faqihlaridan biridir, zohid va ham olim bo\u02bblgan, deyiladi. Abu Hafs Kabir va o\u02bbg\u02bbillari Abu Hafs Sag\u02bbir tashabbuslari bilan Buxoro va umuman Movarounnahrda hanafiya mazhabi ta\u02bclimotiga asoslangan mahalliy islom huquqshunosligi maktabiga asos solingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sunniylik yo\u02bbnalishiga mansub bo\u02bblgan, imom Abu Hanifa tomonidan asos solingan hanafiy mazhabi qonunlari nisbatan yumshoq va mo\u02bbtadilligi, xalqlarning milliy an\u02bcanalari, urf-odatlarini e\u02bctiborga olgani sababli dunyoda keng tarqalgan. Diyorimiz musulmonlari ham 14 asr mobaynida hanafiylik mazhabiga e\u02bctiqod qilib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Kabir Movarounnahrda nafaqat fiqh ilmining, balki Buxoro kalom (islom falsafasi, ilohiyotshunoslik) maktabining ham asoschisidir. U zotning Buxoroda, qolaversa Movarounnahrda islom olamidagi salohiyati va nufuzi beqiyosdir. Abu Hafs Kabir Buxoroda bir necha masjid va madrasalar qurib, tolibi ilmlarga fiqh, hadis, tasavvuf, aqida ilmlaridan dars o\u02bbtib, odamlarda paydo bo\u02bblgan turli savollar va masalalarning javoblarini aytib berar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Kabir hanafiy mazhabi ta\u02bclimotlarini birinchi bo\u02bblib Movarounnahrga olib keldi. Uning qo\u02bbl ostida ko\u02bbpgina faqihlar va olimlar yetishib chiqdi. Tarixchilarning ta\u02bckidlashicha, Buxoroda ilmning tarqalishi, imom va ulamolarning hurmat topishiga sababchi bo\u02bblgan kishi Abu Hafs Kabir bo\u02bblgan. Abdulkarim as-Sam\u02bconiyning aytishicha, Abu Hafs ko\u02bbpgina faqihlarni tarbiyalab, kamolga yetkazgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Kabir hanafiy mazhabi fiqhining Movarounnahrda tarqalishida jonbozlik ko\u02bbrsatgan bo\u02bblsa, uning oilasi, xususan, o\u02bbg\u02bbli Faqih Abu Abdulloh Muhammad ibn Abu Hafsning ham bu borada xizmati buyuk bo\u02bblgan. Shuning uchun ham uni Abu Hafs Sag\u02bbir, ya\u02bcni kichik Abu Hafs deb atashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Kabirning shuhrati Buxoroga, qolaversa, butun islom olamiga tarqaladi. Hatto, arab diyori olimlari biror masalaning javobini topishga qiynalib qolishsa, Buxoroga Abu Hafs Kabirning oldiga bir kishini yuborib, o\u02bbsha masalaning yechimini bilib olishar ekan. Abu Hafs Kabirning sharofatlaridan Buxoroda fiqh shu darajada rivojlanadiki, Buxoro faqihlari islom olamining asosiy shahri Bag\u02bbdod faqihlaridan ustun bo\u02bblganlar. Narshaxiyning ta\u02bckidlashicha, odamlar Bag\u02bbdoddan qaytgan paytlarida Imom Abu Hafs al-Kabir al-Buxoriydan biror masalani so\u02bbrash uchun ham kelardilar. Imom Abu Hafs al-Kabir ulardan ajablanib so\u02bbrardi: \u201cNima uchun Iroq olimlaridan so\u02bbramadingiz?\u201d Unga javoban: \u201cUlardan so\u02bbradik, lekin ular javob berolmadilar, Iroq olimlari \u201cBuxoroga borib, Imom Abu Hafs al-Kabir yo o\u02bbg\u02bbillari Abu Hafs as-Sag\u02bbirdan so\u02bbranglar, deb aytishdi\u201d. Abu Hafs Kabir boshliq Buxoro faqihlari fiqhni chuqur biladigan va kuchli xotirali deb tavsiflanganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbsha davr ulamolari uning ilmu fazlini baholab, uni \u201cMuallimi islom\u201d, ya\u02bcni islom dinining muallimi, uning sharofati bilan Buxoroni \u201cQubbat ul-islom\u201d, ya\u02bcni islom dini gumbazi va u kishi yashaydigan mahalla darvozasini \u201cHaq roh\u201d, ya\u02bcni haq yo\u02bbl deb atashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Kabirning sharofatidan sunniy aqidaning hanafiya mazhabi tez orada butun O\u02bbrta Osiyo, qolaversa Movarounnahru Xurosonga yoyila boshladi. Aholining asosiy qismi bu mazhabga moyil edi. Buxoroda hanafiy mazhabi allomalarining ko\u02bbpi paydo bo\u02bbldi, ularning boshida Abu Hanifaning o\u02bbzining shogirdi Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniyning shogirdi \u2013 Abu Hafs al-Kabir al-Buxoriy laqabini olgan Imom Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy turardi. Abu Hafsning minglab talabalari bor edi. Horis ibn Abul Vafo al-Buxoriy va o\u02bbg\u02bbillari Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs az-Zibarqonlar ham shular jumlasidandir. Abu Hafs Kabir shogirdlarining dunyo tan olgan birgina yagona shogirdini eslash kifoya. Bu muhaddislar sultoni \u2013 Imom al-Buxoriydir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo Imom Buxoriyga o\u02bbtkir zakovat, kuchli yod olish va barcha ishlarni yaxshilab qilish qobiliyatini bergan edi. Ushbu ilohiy ne\u02bcmatlarning alomatlari u kishini kichiklik chog\u02bblaridanoq ko\u02bbzga tashlana boshlagan edi. O\u02bbn bir yoshlik bola bo\u02bbla turib o\u02bbz ustozlari Ad-Doxiliyning xatolarini tuzatishlari bunga dalildir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Otasining darsxonasida Abu Hafs Ahmad ibn Hafsdan Sufyonning \u201cJome\u02bc\u201d kitobini tinglar edi. Abu Hafs al-Kabir bir harfda xato qilgan edi, u qaytardi. Ikkinchi marta xato qilgan edi, yana qaytardi. Uchinchi marta xato qilgan edi, yana qaytardi. U bir muddat sukut saqlab turdi-da:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBu kim?\u201d dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMuhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Bardizba\u201d, deyishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBuning aytgani to\u02bbg\u02bbri ekan. Eslab qolinglar! Albatta, u bir kuni buyuk Odam bo\u02bbladi\u201d, dedi Abu Hafs.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Kabirning sharofatidan islom dini ta\u02bclimotining ravnaq topishi va targ\u02bbibotining kengayishi bois ko\u02bbp o\u02bbtmay, Buxoro shahri markazga aylandi. Abu Hafs Kabir madrasasidan juda ko\u02bbp yetuk fiqhshunos olimlar, qozilar, avliyolar, zohid imomlar yetishib chiqdi. Shu boisdan IX asrdan boshlab\u00a0<strong>B<\/strong>uxoro \u201cQubbat ul-islom\u201d (\u201cIslom gumbazi\u201d) nomi bilan shuhrat topadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">IX\u2013XII asrlar Sharq uyg\u02bbonish davri va O\u02bbrta Osiyoda ilmu fan, ayniqsa fiqh ilmining rivoji uchun oltin davr hisoblanadi. IX asrda Abu Hanifaning mumtoz shogirdi Muhammad ibn Hasan Shayboniydan Iroq yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha fiqh ilmini o\u02bbrgangan buxorolik faqih \u2013 Abu Hafs Kabir o\u02bbz vataniga qaytib, Buxoroni fiqh ilmi markaziga aylantirdi va ko\u02bbp sonli shogirdlar tarbiyalab, kamolga yetkazdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fiqh ilmi o\u02bbsha asrda o\u02bbzining rivojlanish pallasiga kirgan edi. Mazkur ilmni to\u02bbla egallamay turib, diniy masalalarda hukm chiqarish mumkin emas edi. Shu davrga kelib kalom ilmi (teologiya) ham nihoyatda rivojlangan edi. Movarounnahrda juda katta kalomchilik maktabi yaratilib, uning asoschisi Abu Hafs Kabir Buxoriy hisoblanar edi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur zot to\u02bbg\u02bbrisida tarixiy kitoblarda ham, turli diniy tasavvufiy manqabaviy asarlarda ham juda ko\u02bbplab ma\u02bclumotlar uchraydi. Abu Hafs Kabir Buxoriyning ilmiy salohiyati to\u02bbg\u02bbrisidagi mashhur bir rivoyatda aytilishicha, arab xalifaligining vassali bo\u02bblgan Buxoro shahriga xalifalikning bosh vaziri tashrif buyuradi. Vazir kelganda kun qorayib kech kirgan ekan. Buxoro shahri darvozalari berkitilgan bo\u02bblib tonggacha shaharga zog\u02bb ham kirishi man etilgan. Vazir darvozabondan darvozani ochishni talab qiladi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darvozabon bunga rozi bo\u02bblmagach, u o\u02bbzining xalifalikning bosh vaziri ekanligini aytadi. Shunda darvozabon islom dinining tirgagi hisoblangan yurtdan kelgan mehmonga shunday deydi: \u201cMen senga bir savol beraman, agar sen haqiqatdan xalifalikning vaziri bo\u02bblsang, mazkur savolga javob bera olsang, so\u02bbng men darvozani ochaman\u201d, deydi va shunday savol beradi: \u201c<strong>Kamoli iymon nadur?\u201d<\/strong>\u00a0Vazir javob bera olmaydi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tong otib vazir kelganligi ma\u02bclum bo\u02bbladi va arkoni davlat uni kutish uchun dabdaba bilan darvoza oldiga keladi. Shunda vazir darvozabonni chaqirtirib undan bergan savolning javobini so\u02bbraydi. Shunda darvozabon \u201cKamoli iymon sabrdir\u201d deganda vazir buni kimdan o\u02bbrganganligini so\u02bbraydi. Darvozabon faxr bilan \u201cShayximiz Abu Hafs Kabirdan\u201d deya javob beradi. Va vazir Somoniy podshoh bilan Abu Hafs Kabir huzuriga borgan ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Kabir nafaqat fiqhshunos, hadisshunos, ilohiyotshunos olim, balki u xalqparvar homiy ham bo\u02bblgan. Uning xalqqa shafqati shunchalik bo\u02bblganki, bir yili Buxoroda qimmatchilik paytida u bir xarvor bug\u02bbdoyni 100 dinorga sotib olib, 90 dinorga sotgan ekan. Oxiri hazratning karomatidan bir xarvor bug\u02bbdoy narxi 10 dinorga tushibdi. Insonlarga manfaat yetishi uchun u o\u02bbz xazinasini ham sarf etibdi.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati Imom Abu Hafs bir xonaqoh bino etmoqchi bo\u02bbldilar va buning uchun 80 ming dinor vaqf etishni niyat qildilar. Biroq istixora va mashvarat aylab aytdilarki, men mutavalliyning vaqf shartlariga xilof ish tutishidan qo\u02bbrqaman. Qiyomatda esa uning azobga tushishini xohlamayman. Alqissa, xonaqoh qurilishining barcha sarf-xarajatiga teng bo\u02bblgan 80 ming dinor qimmatdagi yer va mulkni faqirlar, g\u02bbarib va tolibi ilmlar, ulamoga sadaqa sifatida bo\u02bblib berdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixchilar islom madaniyati tarixidagi birinchi tizimli madrasa h.459 \/m.1066 yili saljuqiy vazir Nizom ul-Mulk barpo etgan Bag\u02bbdodda bo\u02bblgan deyishadi. Ammo manbalarda Bag\u02bbdod madrasasidan taxminan bir asr avvalroq Buxoroda tizimli madrasalar bo\u02bblganligini manbalar isbotlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U Abu Hafs Kabir madrasasidir. Buxorodagi eng qadimiy oliy o\u02bbquv yurti, 800-810 yillar atrofida asos solingan. Ilmiy faoliyatiga hozir 1220 \u2013 1210 yil to\u02bbldi. Unda mashhur imom Buxoriy hazratlari ham ta\u02bclim olgan. IX \u2013 X asrlarda ko\u02bbplab yirik taniqli olimlar shu ilm dargohida o\u02bbqigan. Madrasa bilan bog\u02bbliq ayrim tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan. Ayrimlari ta\u02bcmirlangan.<i>\u00a0Sho\u02bbrolar inqilobiga qadar dars o\u02bbtilgan.<\/i><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><i>Kalobod (Gulobod) madrasasi. Bu madrasa ham yuqoridagi madrasaning tengdoshidir. Unda ham Imom Buxoriy va ko\u02bbpgina mashhur tarixiy shaxslar ta\u02bclim olgan. 1980 yillarda binosi saqlanib turgan.\u00a0<\/i>IX asr boshida (800 \u2013 810 y.) qurilgan. \u201cArslonxon\u201d, \u201cXon madrasasi\u201d nomlari bilan ham shuhrat qozongan.\u00a0<i>Sho\u02bbrolar inqilobiga qadar dars o\u02bbtilgan.<\/i><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><i>G\u02bbaribiya madrasasi. XX asr boshlarigacha ham Buxoro olimlari \u201cKalobod qadimiymi yo G\u02bbaribiya\u201d deb bahs yuritib kelishgan. Shu kabi ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, mazkur oliy o\u02bbquv yurti ham\u00a0<\/i>IX asr boshida taxminan, 800 \u2013 810 yillarda qurilgan.\u00a0<i>Sho\u02bbrolar inqilobiga qadar dars o\u02bbtilgan.<\/i><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><i>Forjak madrasasi. U to\u02bbg\u02bbrisidagi\u00a0<\/i>dastlabki ma\u02bclumot Narshaxiyga tegishlidir. U ham taxminan, IX asrda Samarqand darvozadan chiqiladigan yo\u02bblda qurilgan. Buxoroning eng qadimiy madrasalaridan biri edi. Milodiy 937 yili may-iyun oyida yonib vayron bo\u02bblgan. Keyinchalik madrasa qayta ta\u02bcmirlanadi. XIII asrda unda mudarris Mas\u02bcud Imomzoda dars o\u02bbtgan. Binosi saqlanmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islomning uzoq mintaqalaridagi tolibi ilmlar bu madrasada ta\u02bclim olishni orzu qilgan. Mazkur madrasada Abu Hafs Kabir, o\u02bbg\u02bbli Abu Hafs Sag\u02bbir (Abu Abdulloh), nevaralari Abdulloh ibn Muhammad fiqh, hadis, kalom, tasavvuf kabi ilmlardan saboq berishgan. Manbalarda Imom Abu Hafs Kabir Buxoriy bomdod namozidan keyin odamlarga dars bergan deb qayd etiladi. Abu Hafs Kabirning ayollari ham yirik fiqhshunos olima bo\u02bblib, ayollarga saboq berganlar. Alloma ba\u02bczi masalalarda qiynalgan paytlari ularni hal qilishga ayollari ko\u02bbmaklashgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Manbalarda yozilishicha, X asrning taniqli qozisi Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Ali ibn Shohivayh Buxoroga borib \u201cAbu Hafs al-Kabir\u201d madrasasida ta\u02bclim olgan. Ya\u02bcni madrasa bu sanadan oldinroq ham bo\u02bblgan. Narshaxiy \u201cKular Tekin madrasasi\u201dni zikr etadi. Kular Tekin xurosonlik Muqanna inqilobchisi sarkardalaridan biridir. Bu taxminan h.163\/m.779 yili bo\u02bblgan. Bu bizni VIII asr o\u02bbrtalarida Buxoroda masjiddan mustaqil tizimli madrasalar bo\u02bblgan, degan fikrga olib keladi. \u201cRavzat ul-jannot\u201d (\u201cJannat bog\u02bblari\u201d) kitobi muallifi Al-Xavonsoriyning quyidagi gapi fikrimiz dalilidir: \u201cBirinchi qurilgan madrasa Buxoroda bo\u02bblgan\u201d. Shuningdek, bu fikrni islom madrasalari tarixini o\u02bbrgangan iroqlik professor Nojiy Ma\u02bcruf ham bir necha kitobida ma\u02bcqullaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Madrasalar nafaqat ilmiy muassasa, balki uzoq o\u02bblkalardan keladigan olim talabalar uchun maskan ham bo\u02bblgan. Imom Abu Hafs al-Kabir al-Buxoriyning madrasasi islom olamining turli o\u02bblkalaridagi olimlar va tolibi ilmlarning orzu qilgan madrasasi bo\u02bblgan. Bu madrasalarning Buxorodagi odamlar va unga qo\u02bbshni davlatlar orasida islomni yoyishda hissasi beqiyos bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida bayon etilganlardan shu narsa ayonki, VIII\u2013XI asrlarda Buxoroda ilm-ma\u02bcrifat gullab yashnagan. Ana shu muqaddas zaminda bunyod bo\u02bblgan ilm, madaniyat va ma\u02bcnaviyat gulshanida bir-biridan ulug\u02bbvor daholarning kamol topgani, fan olamining ulkan chinorlari osmon qadar yuksalgani tasodifiy hol emas, balki tabiiy bir jarayon hosilasi ekanidan dalolat beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hafs Kabir \u2013 Imom Hojatbarorning Buxoroda tug\u02bbilib, islom olamiga shu zamindan tanilgani, uning ibratli hayoti, boy diniy va ma\u02bcnaviy merosi ham bu tarixiy jarayondan istisno emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">2022 yili Abu Hafs Kabir Buxoriyning vafotiga 1190, 2023 yili esa tavalludiga 1255 yil to\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Taklifimiz shundan iboratki, yo ana shu tavalludi, yo vafoti sanasini xalqaro miqyosda keng nishonlash \u2012 lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday qilinsa, avvalo, o\u02bbzimizda, qolaversa, jahon miqyosida ulug\u02bb alloma hayoti va faoliyatini keng va chuqur o\u02bbrganish, merosini to\u02bbplash va nashr qilish, uning islom sivilizatsiyasi ravnaqiga qo\u02bbshgan munosib hissasini har tomonlama ko\u02bbrsatish imkoniyati paydo bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Agar shu sanani nishonlash to\u02bbg\u02bbrisida tegishli qonunosti hujjati qabul qilinsa, davlat granti asosida ilmiy ekspeditsiya uyushtirib, allomaning jahon kitob xazinalarida saqlanayotgan asarlarini topib kelish, o\u02bbrganish va nashr etish imkoni yuzaga keladi ham.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun buyuklarimiz bilan faxrlanishimizning o\u02bbzi yetarli emas. Ularning merosini o\u02bbzlashtirib, hayotimizga joriy etishimiz \u2012 zarur. Islom olamida turli-turli g\u02bboyaparastliklar ko\u02bbpayib, hatto, zalolatga boshlovchi har xil oqimlar paydo bo\u02bblgan bugungi murakkab mafkuraviy vaziyatda Abu Hafs Kabir Buxoriy ta\u02bclimoti bizni to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga boshlashi \u2012 tayin.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sultonmurod OLIM,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>filologiya fanlari nomzodi, \u201cNaqshbandiya\u201d jurnali bosh muharriri, O\u02bbzbekiston Respublikasida xizmat ko\u02bbrsatgan madaniyat xodimi.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Komiljon RAHIMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix fanlari bo\u02bbyicha falsafa doktori, \u201cNaqshbandiya\u201d jurnali tahrir hay\u02bcati a\u02bczosi, O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba:\u00a0<span style=\"color: #0000ff;\"><a style=\"color: #0000ff;\" href=\"http:\/\/old.muslim.uz\/index.php\/yangiliklar-2016\/uzbekistan\/item\/28759\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">muslim.uz<\/a><\/span><\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mustaqillik yillarida sho\u02bbro davrida bir muddat unutgan ko\u02bbplab ulug\u02bb ajdodlarimizni yaqindan tanidik. Mamlakatimizda Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abduxoliq G\u02bbijduvoniy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning tavallud to\u02bbylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Ammo hali hayoti va ijodi o\u02bbrganilmagan, xalqqa to\u02bbla yetkazilmagan buyuk allomalarimiz \u2012 yana qancha! Shulardan biri \u2012 Abu Hafs Kabir Buxoriy. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17795,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaylik - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaylik - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Mustaqillik yillarida sho\u02bbro davrida bir muddat unutgan ko\u02bbplab ulug\u02bb ajdodlarimizni yaqindan tanidik. Mamlakatimizda Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abduxoliq G\u02bbijduvoniy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning tavallud to\u02bbylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Ammo hali hayoti va ijodi o\u02bbrganilmagan, xalqqa to\u02bbla yetkazilmagan buyuk allomalarimiz \u2012 yana qancha! Shulardan biri \u2012 Abu Hafs Kabir Buxoriy. &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-09-20T12:00:13+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/AbuHafs1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"439\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"14 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz\",\"name\":\"Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaylik - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/AbuHafs1.jpg\",\"datePublished\":\"2021-09-20T12:00:13+00:00\",\"dateModified\":\"2021-09-20T12:00:13+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/AbuHafs1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/AbuHafs1.jpg\",\"width\":660,\"height\":439},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaylik\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaylik - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaylik - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Mustaqillik yillarida sho\u02bbro davrida bir muddat unutgan ko\u02bbplab ulug\u02bb ajdodlarimizni yaqindan tanidik. Mamlakatimizda Imom Buxoriy, Hakim Termiziy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg\u02bbinoniy, Abduxoliq G\u02bbijduvoniy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning tavallud to\u02bbylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Ammo hali hayoti va ijodi o\u02bbrganilmagan, xalqqa to\u02bbla yetkazilmagan buyuk allomalarimiz \u2012 yana qancha! Shulardan biri \u2012 Abu Hafs Kabir Buxoriy. &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-09-20T12:00:13+00:00","og_image":[{"width":660,"height":439,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/AbuHafs1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"14 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz","name":"Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaylik - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/AbuHafs1.jpg","datePublished":"2021-09-20T12:00:13+00:00","dateModified":"2021-09-20T12:00:13+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/AbuHafs1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/AbuHafs1.jpg","width":660,"height":439},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17800&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Abu Hafs Kabir Buxoriyning 1255 yilligini xalqaro miqyosda nishonlaylik"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17800"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=17800"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17800\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17801,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17800\/revisions\/17801"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/17795"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=17800"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=17800"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=17800"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}