{"id":17499,"date":"2021-09-04T06:29:38","date_gmt":"2021-09-04T01:29:38","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=17499"},"modified":"2021-09-04T06:33:27","modified_gmt":"2021-09-04T01:33:27","slug":"mamlakatimizda-beruniyning-qanday-asarlari-nashr-qilingan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz","title":{"rendered":"Mamlakatimizda Beruniyning qanday asarlari nashr qilingan?"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy tavalludining 1048 yilligiga<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda Beruniy merosini o\u02bbrganish qadimiy tarixga ega. Ammo bu merosni chuqurroq tahlil etish \u2013 uning merosini zamonaviy o\u02bbzbek va rus tillariga tarjima qilish jarayoni bilan bog\u02bbliq. Qadimgi davrlardagi tadqiqotchilar o\u02bbzbek, fors va arab tilidagi asarlarni bemalol o\u02bbqiy olishgan va shu sababli ularga Beruniy merosi bilan tanishish qiyin bo\u02bblmagan. Masalan, Mirzo Ulug\u02bbbekning shohidlik berishicha, u yulduzlar katalogini tuzishda Beruniyning \u201cQonuni Ma\u02bcsudiy\u201d asaridan foydalangan, ya\u02bcni u davrlarda ilmiy vorislik aloqalari uzilmagan edi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1035\u20131036 yillari Beruniy o\u02bbzi yozgan asarlari ro\u02bbyxatini tuzgan va mazkur ro\u02bbyxatda 113 ta asarning nomini keltiradi. Bu asarlardan 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 3 tasi mineralogiyaga, 4 tasi kartografiyaga, 3 tasi tarixga oid. Agar olimning undan keyin yashagan 13 yil ichida yozgan 50 dan ziyod asarini ham qo\u02bbshadigan bo\u02bblsak, ularning umumiy soni 160dan oshadi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayrim manbalarda esa Beruniy 200 ziyod asar yozganligi haqidagi ma\u02bclumotlar ham uchraydi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy yozgan har bir asar o\u02bbziga xos ensiklopediya edi. Masalan, uning dastlabki asarlaridan \u201cQadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar\u201d (Al-osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya\u201d) asari Qadimgi Xorazmda o\u02bbtgan xalqlarning, qadimgi yahudiylar, nasroniylar, majusiylar va musulmonlarning urf-odatlari, an\u02bcanalari, bayramlari, kalendarlari, dinlari, payg\u02bbambarlari, muqaddas kitoblari haqidagi barcha ma\u02bclumotlarni o\u02bbzida to\u02bbplagan yaxlit ensiklopediya bo\u02bblib, u Yevropada \u201cXronologiya\u201d nomi bilan mashhurdir.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu asarni olim 27 yoshida, ya\u02bcni 1000 yili yozib tugallagan. U arab tilida yozilgan bo\u02bblib, Jurjon hukmdori Qobus ibn Vashmgirga bag\u02bbishlangan. Bu asarning birinchi nashrini nemis olimi, beruniyshunos Eduard Zaxau 1876\u20131887 yillarda Leypsigda bosib chiqaradi. 1879 yili uning inglizcha tarjimasini nashrdan chiqaradi. 1950 yili sharqshunos olim Abdufattoh Rasulov mazkur asarning bir qismini o\u02bbzbekchaga tarjima qilgan, 1957 yili esa bu asar arabshunos olim M.A.Salye tomonidan rus tiliga tarjima qilinadi va nashr etiladi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1968 yili A.Rasulov tomonidan bu asarning o\u02bbzbek tilidagi to\u02bbliq tarjimasi \u201cFan\u201d nashriyotida bosilib chiqadi. Bu asar tarjimasining nashr etilishida tarjimon Abdufattoh Rasulovning va mas\u02bcul muharrirlar arabshunos olim Ismatulla Abdullayev va faylasuf-tabiatshunos olim Omonulla Fayzullayevlarning xizmati katta bo\u02bblgan.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cOsori al boqiya\u201d kitobining yuqoridagi tarjimasida matematik tenglamalarni ifodalashlarda ayrim nuqsonlar ham uchraydi. Shu sababli taniqli o\u02bbzbek fanshunos olimi, fizika-matematika fanlari nomzodi, tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmedov kitobning arabcha va ruscha matnlarini solishtirib, xatolariga tuzatishlar kiritib, O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasining \u201cFan\u201d nashriyotida 2015 yili nashrdan chiqardi. 2021 yili esa shu kitobning o\u02bbzbek tilidagi nusxasi ham tayyor bo\u02bbldi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniyning \u201cKitob ul-maq olot val-arz vad-diyonot\u201d (\u201cMaqolalar, e\u02bctiqodlar va dinlar haqida kitob\u201d), \u201cKitob fi axbori Xorazm\u201d (\u201cXorazm xabarlari haqida kitob\u201d), \u201cKitob tarixi ayyom as-sulton Mahmud va axbori abihi\u201d (\u201cSulton Mahmud davri tarixining kitobi va otasi haqidagi xabarlar\u201d) kabi kitoblari qo\u02bblyozmasi hali topilmagan. Ularni jahon kutubxonalari va kishilarning shaxsiy kitob xazinalaridan axtarishni davom ettirish lozim.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy Jurjon hukmdori Vashmgir saroyida yashab yurgan davrida qimmatbaho toshlar va minerallar haqida \u201cMineralogiya\u201d asarini (\u201cKitob al jamohir fi ma\u02bcrifat al-javohir\u201d (\u201cQimmatbaho toshlarni bilib olish bo\u02bbyicha ma\u02bclumotlar to\u02bbplami\u201d) yozgan. Bu asar hozirga qadar o\u02bbzining amaliy ahamiyatini yo\u02bbqotmagan. Bu asarda muallif 300 dan ziyod mineral va ularning fizik (qattiqligi, solishtirma og\u02bbirligi, rangi, qirralarining tuzilishi va boshqalar), ximiyaviy (tarkibida qanday moddalar borligi, suv va olovga chidamliligi) xususiyatlarini tushuntirib bergan. Beruniyning \u201cMineralogiya\u201d asarini 1963 yil SSSR Fanlar akademiyasi nashriyotida moskvalik sharqshunos olim A.M.Beliniskiy rus tilida nashrdan chiqardi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu asarning o\u02bbzbek tiliga tarjimasi mustaqillik davrida 2017 yilda akademik Azizxon Qayumov tomonidan amalga oshirildi va kitob 2017 yili \u201cO\u02bbzbekiston Milliy ensiklopediyasi\u201d nashriyotida ming nusxada bosilib chiqdi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kitobning dunyoga chiqishiga Navoiy davlat konchilik instituti katta hissa qo\u02bbshgan. Mazkur institut rektori, O\u02bbzbekiston Qahramoni, akademik, texnika fanlari doktori, professor Quvondiq Sanaqulov kitobga so\u02bbzboshi yozgan. Kitobning yana bir afzalligi, kitobga arab tilidagi faksimil ham ilova qilingan. Mineralogiya kitobini o\u02bbqigan mashhur o\u02bbzbek geologi, akademik Habib Abdullayev shunday yozgan edi: \u201cBeruniyni geologiya fanining asoschilaridan va nazariyotchilaridan eng buyugidir deyish mumkin\u201d .<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1025 yil 18 noyabrda \u201cBeruniy \u201cGeodeziya\u201d (\u201cTahdid nihoyot il-amokin li tas\u02bchih masofot al-masokin\u201d \/\u201dTurar joylar (orasidagi) masofalarni aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash\u201d\/) asarini yozib tugatgan. Geodeziyada matematik geografiya asoslari mufassal bayon qilinadi va, umuman, bu asar 1966 yil Toshkentda Istanbul nashridan rus tiliga P.G.Bulgakov tomonidan tarjima qilinib, nashr qilindi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMunajjimlik san\u02bcatidan boshlang\u02bbich tushunchalar\u201d asari 1029 yil G\u02bbaznada yozilgan bo\u02bblib, unda astrologiyaga oid asosiy tushunchalar sodda qilib izohlab berilgan. Uni Yevropacha qilib, \u201cAstrologiya\u201d deb atasak bo\u02bbladi. Bu asarini O\u02bbzbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti olimlari A.Ahmedov, A.Abdurahmonov va Moskva sharqshunoslari B.A.Rozenfeld, M.M.Rojanskaya, va N.D.Sergeyevalar hamkorlikda rus tiliga tarjima qilishib, \u201cKniga vrazumleniya nachatkam nauki o zvezdax\u201d degan nom bilan 1975 yil \u201cFan\u201d nashriyotida nashr etishdi. U davrda astrologiya tushunchasini qo\u02bbllash kitobning nashr etilishiga xalaqit berar edi. Shu kitob nashr etilishi arafasida iste\u02bcdodli olim Ashraf Ahmedov ustoz Omonulla Fayzullayevning huzuriga kelib, kitobni qanday nomlash lozimligi haqida maslahat qilishganligining guvohi bo\u02bblganman. O.Fayzullayev kitobni Astrologiya deb atash xavfli ekanligini va uni yulduzlarga qarab hisoblash san\u02bcati tarzida nomlash maqsadga muvofiq ekanligini ta\u02bckidlagan edilar. Shu sababli kitob nomi yuqoridagi ko\u02bbrinish olgan.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHindiston\u201d (\u201cTahqiq mo lil hind min ma\u02bcqula maqbula fi-l-aql av marzula\u201d \/\u201cHindlarning aqlga sig\u02bbadigan va sig\u02bbmaydigan ta\u02bclimotlarini aniqlash\u201d\/) deb nomlangan asari 1030 yil yozib tugatilgan. Bu kitobda Hindiston xalqlari tarixining turli sohalari (aniq fanlar, adabiyot, falsafa, elshunoslik (etnografiya), geografiya, demografiya, qonunlari va urf-odatlari, dini, diniy rivoyatlari, hind yozuvining turlari, e\u02bctiqod usullari haqida batafsil ma\u02bclumotlar berilgandir. Shuningdek, Beruniy bu asarida sanskit tilidagi manbalardan ham keng foydalangan. Bu til bizgacha yetib kelmagan. Beruniy esa bundan ming yil ilgari bu tilni maxsus o\u02bbrgangan. Kitobning arabcha matni birinchi bor 1887 yil, inglizcha tarjimasi esa 1888 yil Londonda Eduard Zaxau tomonidan nashr etiladi. Arabcha matn 1858 yil Haydarobodda ham nashrdan chiqarilgan. Bu kitob 1963 yil rus tilida, 1965 yil esa o\u02bbzbek tilida nashrdan chiqarilgan. Beruniy \u201cHindiston\u201d asarida Yerning harakatlanishi haqidagi mulohazalarini bayon etar ekan, bu asarni yozishdan ilgari Yerning harakatlanishi to\u02bbg\u02bbrisida \u201cMiftohu ilmi-l-hay\u02bca\u201d (\u201cAstronomiya kaliti\u201d) degan asarida chuqurroq to\u02bbxtalganligini bayon etgan. Lekan bu asar bizgacha yetib kelmagan.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMas\u02bcud qonuni\u201d(\u201cal-Qonun al-Mas\u02bcudiy\u201d) nomli asarini 1030 yildan keyin G\u02bbazna sultoni Mas\u02bcudga bag\u02bbishlab yozadi. Unda matematik astronomiyaning asosiy qoidalari, yoritqichlarning koordinatlari, ularning harakatlanish tartiblarini hisoblab chiqarish yo\u02bbllari batafsil tushuntirilgan. Bu kitobda bayon etilgan ta\u02bclimotlarning aksariyatini Beruniy \u201cQur\u02bcon\u201d oyatlari bilan solishtirgan. Bu uning \u201cQur\u02bcon\u201dni yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Shuningdek, mazkur kitobda Beruniy tuzgan yulduzlar jadvali \u2013 Beruniy ziji ham ilova qilingan bo\u02bblib, mazkur jadvalda 1029 ta yulduzning koordinatalari va yulduz kattaliklari Ptolomey va arab astronomi as-So\u02bbfi jadvallariga asoslanib berilgan. Bu asar birinchi bor bir qancha arab qo\u02bblyozmalari asosida Haydarobodda nashr qilinadi. Rus tilida Moskvada 1962 yil bosib chiqarilgan. O\u02bbzbekistonda esa 1973 yil rus va o\u02bbzbek tillarida 2 kitobdan iborat qilib \u201cFan\u201d nashriyotida bosildi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniy umrining oxirida, ya\u02bcni 1045-1048 yillarda \u201cDorivor o\u02bbsimliklar haqida kitob\u201d (\u201cKitab as-saydana fi-t-tibb\u201d) asarini yozgan. Bu asar tarixga \u201cSaydana\u201d (\u201cFarmakognoziya\u201d) nomi bilan kirgan bo\u02bblib, uning to\u02bbliq qo\u02bblyozmasi 20 asrning 20-30 yillarida Turkiyada topilgan. Bu asarda Sharqda, xususan, Turkistonda o\u02bbsadigan barcha dorivor o\u02bbsimliklar va ularning farmakologik xususiyatlari haqida ma\u02bclumotlar berilgan. Bu asarni taniqli sharqshunos olim Ubaydull Karimov rus tiliga tarjima qilib, 1974 yil \u201cFan\u201d nashriyotida bosmadan chiqargan.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">1987 yili Beruniy merosini o\u02bbrganish va ommalashtirish komiteti va O\u02bbzFA Prezidiumi qarori bilan Abu Rayhon Beruniyning \u201cGnomonika\u201d asarini \u201cMatematicheskiye i astronimicheskiye traktat\u044b\u201d nomida P.B.Bulgakov va B.A.Rozenfeldlar va G.P.Matviyevskaya mas\u02bcul muharrirligida \u201cFan\u201d nashriyotida bosib chiqarildi. Bu asarni Beruniy 1020 yillar atrofida yozgan.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bulardan tashqari Beruniyning Ibn Sino bilan falsafiy mavzudagi savol-javob xatlari ham topildi. Bu xatlarni taniqli faylasuf olim Anvar Jumaniyozovich Sharipov 1972 yili kitobcha va maqola shaklida e\u02bclon qildi. Bu xatlarning o\u02bbzbek tilidagi ikkinchi nashri ham S.Mutalipov muharrirligi ostida 1973 yili e\u02bclon qilindi. O\u02bbzbekistonda Beruniy haqida ko\u02bbplab ilmiy va ommabop kitoblar nashr etildi. Shular jumlasiga A.Irisov tomonidan nashrga tayyorlangan \u201cFeruza\u201d kitobi, Beruniyning hikmatli so\u02bbzlari, G\u02bb.Ya.Umarov tomonidan yozilgan \u201cBeruniy, Kopernik i sovremennaya nauka\u201d, A.Sharipovning \u201cVelikiy misl\u044btel Abu Rayxan Beruni\u201d, P.B.Bulgakovning \u201cJizn i trud\u044b Beruni\u201d va boshqa asarlarni kiritish mumkin.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro markazi 2010 yili \u201cMutafakkirlar\u201d turkumida bolalar uchun 10ta kichik kitobchani \u201cTafakkur\u201d nashriyotida bir komplekt qilib nashr etdirdi. Shu kitoblar orasida mazkur maqola muallifi B.O.To\u02bbrayev tomonidan \u201cAbu Rayhon Beruniy\u201d kitobchasi ham nashr qilindi. Keyinchalik mazkur kitobcha, o\u02bbzbek, rus va ingliz tillarida Xalq ta\u02bclimi vazirligining \u201cTil va adabiyot ta\u02bclimi\u201d kutubxonasi \u201cMutafakkirlar\u201d seriyasida 2015 yil mazkur nashriyot tomonidan nashr etildi. 2019 yili ana shu kitobcha o\u02bbzbek, rus va ingliz tillarida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olimlari tomonidan yana qayta ishlanib, \u201cTafakkur\u201d va \u201cToshkent Islom universiteti\u201d nashriyotlari tomonidan nashr qilindi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Beruniyning adabiyotshunoslikka, tarixga, dinlar tarixiga, kalom ta\u02bclimotiga, hadislarga oid maqolalari, badiiy yo\u02bbnalishdagi asarlari \u2013 hikoyalari, rivoyatlari va she\u02bcrlari ham bo\u02bblgan. Ularni ham qidirib topish, to\u02bbplab nashr etish manbashunoslar, tarixchilar, sharqshunoslar qarshisida turgan xayrli va tabarruk vazifalardan biridir. Shuningdek, Abu Rayhon Beruniyning barcha asarlarini to\u02bbplab o\u02bbzbek, rus va ingliz tillarida qayta nashrdan chiqarish, Beruniy asarlarining yaxlit ensiklopediyasini ishlab chiqish hamda beruniyshunoslar internet-portalini, internet-saytlarini yaratish bugungi kunning, Yangi O\u02bbzbekiston istiqboli uchun kechiktirib bo\u02bblmas vazifalar hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"padding-left: 30px;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">B.O.To\u02bbrayev,<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor<\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Beruniy tavalludining 1048 yilligiga O\u02bbzbekistonda Beruniy merosini o\u02bbrganish qadimiy tarixga ega. Ammo bu merosni chuqurroq tahlil etish \u2013 uning merosini zamonaviy o\u02bbzbek va rus tillariga tarjima qilish jarayoni bilan bog\u02bbliq. Qadimgi davrlardagi tadqiqotchilar o\u02bbzbek, fors va arab tilidagi asarlarni bemalol o\u02bbqiy olishgan va shu sababli ularga Beruniy merosi bilan tanishish qiyin bo\u02bblmagan. Masalan, Mirzo Ulug\u02bbbekning &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17496,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Mamlakatimizda Beruniyning qanday asarlari nashr qilingan? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Mamlakatimizda Beruniyning qanday asarlari nashr qilingan? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Beruniy tavalludining 1048 yilligiga O\u02bbzbekistonda Beruniy merosini o\u02bbrganish qadimiy tarixga ega. Ammo bu merosni chuqurroq tahlil etish \u2013 uning merosini zamonaviy o\u02bbzbek va rus tillariga tarjima qilish jarayoni bilan bog\u02bbliq. Qadimgi davrlardagi tadqiqotchilar o\u02bbzbek, fors va arab tilidagi asarlarni bemalol o\u02bbqiy olishgan va shu sababli ularga Beruniy merosi bilan tanishish qiyin bo\u02bblmagan. Masalan, Mirzo Ulug\u02bbbekning &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-09-04T01:29:38+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-09-04T01:33:27+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/O6o5s30EbVzeJe11cSkXS04HBsLkheW0_front.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1024\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"682\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz\",\"name\":\"Mamlakatimizda Beruniyning qanday asarlari nashr qilingan? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/O6o5s30EbVzeJe11cSkXS04HBsLkheW0_front.jpg\",\"datePublished\":\"2021-09-04T01:29:38+00:00\",\"dateModified\":\"2021-09-04T01:33:27+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/O6o5s30EbVzeJe11cSkXS04HBsLkheW0_front.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/O6o5s30EbVzeJe11cSkXS04HBsLkheW0_front.jpg\",\"width\":1024,\"height\":682},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Mamlakatimizda Beruniyning qanday asarlari nashr qilingan?\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Mamlakatimizda Beruniyning qanday asarlari nashr qilingan? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Mamlakatimizda Beruniyning qanday asarlari nashr qilingan? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Beruniy tavalludining 1048 yilligiga O\u02bbzbekistonda Beruniy merosini o\u02bbrganish qadimiy tarixga ega. Ammo bu merosni chuqurroq tahlil etish \u2013 uning merosini zamonaviy o\u02bbzbek va rus tillariga tarjima qilish jarayoni bilan bog\u02bbliq. Qadimgi davrlardagi tadqiqotchilar o\u02bbzbek, fors va arab tilidagi asarlarni bemalol o\u02bbqiy olishgan va shu sababli ularga Beruniy merosi bilan tanishish qiyin bo\u02bblmagan. Masalan, Mirzo Ulug\u02bbbekning &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-09-04T01:29:38+00:00","article_modified_time":"2021-09-04T01:33:27+00:00","og_image":[{"width":1024,"height":682,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/O6o5s30EbVzeJe11cSkXS04HBsLkheW0_front.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz","name":"Mamlakatimizda Beruniyning qanday asarlari nashr qilingan? - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/O6o5s30EbVzeJe11cSkXS04HBsLkheW0_front.jpg","datePublished":"2021-09-04T01:29:38+00:00","dateModified":"2021-09-04T01:33:27+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/O6o5s30EbVzeJe11cSkXS04HBsLkheW0_front.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/09\/O6o5s30EbVzeJe11cSkXS04HBsLkheW0_front.jpg","width":1024,"height":682},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17499&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Mamlakatimizda Beruniyning qanday asarlari nashr qilingan?"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17499"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=17499"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17499\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17503,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17499\/revisions\/17503"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/17496"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=17499"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=17499"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=17499"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}