{"id":17266,"date":"2021-08-19T14:09:42","date_gmt":"2021-08-19T09:09:42","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=17266"},"modified":"2021-08-19T14:39:42","modified_gmt":"2021-08-19T09:39:42","slug":"islohotlarning-shirin-m%d0%b5vasi-yoxud-buyuk-ajdodlarimizning-asarlarini-endi-o%ca%bbzbek-tilida-o%ca%bbqiymiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz","title":{"rendered":"ISLOHOTLARNING SHIRIN M\u0415VASI yoxud buyuk ajdodlarimizning asarlarini endi o\u02bbzbek tilida o\u02bbqiymiz"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>O\u02bbZB\u0415KISTON R\u0415SPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGIGA<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d \u2013 unga hech bir kitob teng kela olmaydigan asardir. Bu fan bo\u02bbyicha undan avvalgilar yozgan kitoblarning birortasi ham unga yaqin kela olmaydi\u201d. Abu Muin NASAFIY<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog\u02bbida buyuk allomalarimizning nodir asarlari mazmun-mohiyatini o\u02bbrganish va xalqimizga yetkazish maqsadida ularni saralash va bosqichma-bosqich tarjima qilishni tashkil etish vazifasi topshirilgan edi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ushbu vazifa ijrosini ta\u02bcminlash maqsadida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tadqiqotchi olimlari tomonidan moturidiylik ta\u02bclimotining asosiy manbai \u2014 \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d asarini o\u02bbzbek tiliga tarjima qilishdek sharafli ishga qo\u02bbl urildi. Xalqimizning aksariyati Qur\u02bconi karimdan \u201cFotiha\u201d surasi va 30-juz suralarini yoddan bilishi inobatga olinib, shuningdek, tafsir yo\u02bbnalishidagi ko\u02bbp asrlik an\u02bcanalarga amal qilgan holda, dastlab asarning aynan shu qismlari tarjima qilindi va nashr etildi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Yuksak daraja sohibi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharq allomalari va mutafakkirlarining asarlari bir necha asrlar osha butunjahon ma\u02bcrifat maydonida o\u02bbz ulug\u02bbvorligini saqlab kelib, Sharq va G\u02bbarbda fan va madaniyat shakllanishining poydevori sifatida dunyo ilm maskanlarida asosiy darslik sifatida qo\u02bbllanilgan va ulardan hozirgacha ham foydalanib kelinmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk ajdodlarimizning islom ilmlari sohasidagi ilmiy merosi ayni kungacha dunyo musulmonlari hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, yurtimizdan chiqqan faqih va kalom ilmi allomalarining islom huquqshunosligi, tafsir va aqida ilmi borasida to\u02bbplagan ilmiy-amaliy tajribasi yurtimizda Qur\u02bcon va fiqh ilmlari rivojiga munosib hissa qo\u02bbshgan. Bu borada \u201cImom ul-huda\u201d \u2014 Hidoyat imomi, \u201cMusahhihu aqiydati axlis-sunna\u201d \u2014 Ahli sunna aqidasini to\u02bbg\u02bbrilovchi, \u201cImom ul-mutakallimiyn\u201d \u2014 Mutakallimlarning imomi degan sharafli nomlar bilan e\u02bczozlangan Imom Moturidiy ilmiy merosining qadri va qiymati baland. Negaki, u insonlarning to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblda bo\u02bblishini ta\u02bcminlashga xizmat qiladigan, og\u02bbishish, toyilish va adashishlarning oldini oladigan muhim dasturulamaldir. Zamonlar o\u02bbtgani sayin bu xazinaning o\u02bbz qadri va ahamiyatini yo\u02bbqotmay kelayotgani ham shundan bo\u02bblsa, ajab emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasidagi ma\u02bcruzasida shunday deb ta\u02bckidlagan edi:\u00a0<em>\u201cO\u02bbninchi asrda samarqandlik mutafakkir Abu Mansur Moturidiy tomonidan asos solingan Moturidiya ta\u02bclimoti butun islom olamida keng tarqalgan. Moturidiya ta\u02bclimoti ilm egallash jarayonida bag\u02bbrikenglik g\u02bboyasi asosida inson aql-zakovatining o\u02bbrni va ahamiyatiga yuksak e\u02bctibor qaratadi. Bu o\u02bbz navbatida, ushbu ta\u02bclimotning keng ommalashuvida muhim o\u02bbrin tutgan. Bunday g\u02bboyalarga bugungi kunda ham insoniyat katta ehtiyoj sezmoqda\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Moturidiy Samarqandiy 870 yilda Samarqand shahri yaqinidagi Moturid qishlog\u02bbida tavallud topgan. Samarqanddagi \u201cDor al-Iyodiya\u201d va \u201cDor al-Juzjoniya\u201d nomli maktablarda hanafiy ulamolardan ta\u02bclim olgan. Alloma o\u02bbz davrida islomda adolat va mo\u02bbtadillik asoslarini mustahkamlash, bo\u02bblinish va fitnalarning oldini olish, ummatni ilm va odob negizida birlashtirish yo\u02bblidagi azmu shijoati hamda ilmiy jaxdi bilan nom qozongan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloma 944 yilda Samarqand shahrida vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zamondoshlari ham, undan keyingi ulamolar ham Moturidiyning chuqur ilmiy izlanishlari natijasida maydonga chiqqan asarlarining ahamiyatini, o\u02bbzining esa, nechog\u02bbli yuksak daraja sohibi bo\u02bblganini e\u02bctirof etganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning mashhur shogirdi Abul Qosim Hakim Samarqandiy ta\u02bcrifi bilan aytganda,\u00a0<em>\u201cAbu Mansur Moturidiy bor nafasi miqdoridagi ilmlarni o\u02bbzida jamlagan, butun kuchini o\u02bbz ilmini o\u02bbrgatish va tarqatishga sarflagan. Shuning uchun u yozgan asarlar maqtovga sazovor. U o\u02bbz umridan serhosil mevalarni olishga erishgan zotdir\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi davr ulamolaridan\u00a0<strong>Misrning sobiq muftiysi, Al-Azhar nufuzli ulamolar kengashi a\u02bczosi Shayx Ali Jum\u02bca<\/strong>\u00a0ta\u02bcbiri bilan aytganda:\u00a0<em>\u201cDarhaqiqat, imom, hujjat, sunnatning himoyachisi, bid\u02bcatni yo\u02bbqqa chiqaruvchisi Abu Mansur Moturidiy Qur\u02bconni ra\u02bcy asosida tafsir qilgan maktabning buyuk ustozlaridan biri bo\u02bblgan. U zot \u2014 Alloh u kishidan rozi bo\u02bblsin \u2014 \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d nomli sermahsul asarni yozdilar. By asar o\u02bbz sohasida yagona, bu o\u02bbrinda hujjat bo\u02bbladigan bir asardir.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Batahqiq, Imom Moturidiy\u00a0 turli ilmlar bo\u02bbyicha qomusiy olim bo\u02bblgan. U mo\u02bbtaziliylarga hamfikr bo\u02bblmagan masalalar yuzasidan ular bilan ko\u02bbplab bahs-munozaralar olib borgan.\u201d<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk ajdodimiz Abu Mansur Moturidiyning bugungi kungacha yetib kelgan asarlaridan eng mashhuri va ilmiy qimmati bilan eng ahamiyatli sanalgani, shubhasiz, \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201ddir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d asari \u2014 moturidiylik ta\u02bclimoti asosidir. Unda hanafiylik, ahli sunna val jamoaning butun aqidasi ta\u02bclif qilingan. Asarda mo\u02bbtazila, xavorij, rofiza, karromiy, jahmiy, mushabbiha kabi botil firqalarning, munajjim, folbin va shular singari insonni sog\u02bblom fikrdan chalg\u02bbituvchilarning qarashlari, g\u02bboyalari, iddaolari, hozirgi zamon istilohi bilan aytganda, demagogiyasi munoqasha qilingan va barchasiga ilmiy asosda raddiya berilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Turkiyaning Ibn Xaldun universiteti o\u02bbqituvchisi Hamza Bakriy<\/strong>\u00a0asarning muhimlik jihatlarini alohida ta\u02bckidlaydi:\u00a0<em>\u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d kitobi bu \u2014 Qur\u02bconi karimning tafsiri bo\u02bblib, unda Qur\u02bconi karimning barcha oyatlari tafsiri keltirilgan. Muallif bu asarda Qur\u02bcon oyatlarini jamiyatning ushbu fanda mutaxassis bo\u02bblgan va bo\u02bblmagan toifasiga birdek munosib keladigan uslubda tafsir qilgan. Ya\u02bcni Imom Moturidiy qo\u02bbllagan iboralar har ikki toifa insonlar uchun ham manfaatlidir\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu sababli ham Qur\u02bconi karimning tafsiri va ta\u02bcviliga bag\u02bbishlangan bu asar asrlar davomida o\u02bbzining ahamiyatini yo\u02bbqotmay kelyapti, uning ma\u02bcno-mazmuni bugungi kunda ham o\u02bbta dolzarb bo\u02bblib, ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda muhim o\u02bbrin tutmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asardan ko\u02bbplab hadislar, sahobalarning so\u02bbzlari o\u02bbrin olgan. Xususan, Abdulloh ibn Abbosdan naql qilingan rivoyatlar juda ko\u02bbp o\u02bbrinda zikr etiladi. Tadqiqotchilar to\u02bbqsonga yaqin sahoba va tobe\u02bcinning nomlari qalamga olinganini hisoblab chiqqanlar. Bundan tashqari, yigirmadan ziyod lug\u02bbat va tafsir ulamosi fikrlaridan foydalanilgani qayd etilgan. Ularning avvalida Ali ibn Hamza Kisoiy, Yahyo ibn Ziyod Farro, Abu Ubayda Ma\u02bcmar ibn Musanno, Ibn Qutayba, Mubarrad, Zajjoj turadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d o\u02bbziga xos uslubda yozilgan. Unda muallif ko\u02bbproq ta\u02bcvilga e\u02bctibor qaratadi va shunga tayanadi.\u00a0<strong>Asar haqida turkiyalik ilohiyotshunos olim, professor Yusuf Shavqiy<\/strong>\u00a0fikrlari e\u02bctiborga molik:\u00a0<em>\u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d asari kishini chuqur mushohada yuritishga undaydi. Bugungi kunda biz, ya\u02bcni, islom ummati qo\u02bblimizda shunday bir kitob bo\u02bbla turib taqlid yo\u02bbliga o\u02bbtib ketdik. Bugun biz o\u02bbzimizni isloh qilish uchun Imom Moturidiy asarlariga, jumladan, \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201dga juda muhtojmiz. Chunki, moturidiylik ta\u02bclimotida ijtihod masalasi, ya\u02bcni insonning aqlga tayanishi, tafakkur yuritishi juda ham muhim hisoblanadi. Taqlid qilish, boshqalarga ko\u02bbr-ko\u02bbrona ergashish esa keskin qoralanadi. Tafakkur \u2014 millat kelajagining asosidir\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, tafakkur \u2014 fikrlar, ilm va zehn sarchashmasi. Asrlar davomida ong pokligi, bilimlarni kashf etish va kengaytirish istagi islomda chuqur ma\u02bcno va an\u02bcanalarga asoslangan. Ilmning muhimligi va falsafiy ma\u02bcnolari doimo diqqat markazida bo\u02bblib kelgani ham shundan. Moturidiyning mehnati esa shu qadar ahamiyatli, kitoblari shu qadar mukammalki, hatto hanafiy mazhabidagilar hech bir mubolag\u02bbasiz \u201cHanafiylar ichida birgina shu imomning yetishib chiqqani ham ularga kifoya qilgan bo\u02bblar edi\u201d, degan fikrni bildirganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sof islom aqidasini saqlash, botil e\u02bctiqodlarga qarshi kurashishda \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d hamisha birlamchi manba bo\u02bblgan. Xususan, milodiy X-XI asrlarda Movarounnahr va Xurosonda mo\u02bbtaziliylar ta\u02bcsir kuchini kesish, ildizlarini qirqish, bu botil firqa faoliyatiga chek qo\u02bbyish va e\u02bctiqodiy tanazzul yuzaga kelishining oldini olishda g\u02bboyat muhim ahamiyat kasb etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muxtasar qilib aytganda, asar kishilar ongi va qalbiga ijobiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsata olgan. Inson qalbi va his-tuyg\u02bbulari esa, hayot tarzining muhim qismi. Islom ta\u02bclimoti shu tuyg\u02bbularni isloh etishga qayg\u02bburadi. Hozirgi kun uchun ham muhim hisoblangan ruhiy salohiyat tushunchasi hamisha islom ta\u02bclimotining ajralmas qismi bo\u02bblib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu nuqtai nazardan, Imom Moturidiyning bu tafsiri islom ilmlari ta\u02bclimotida benazir bo\u02bblib, ulamolar nazdida boshqa biror avvalgi va keyingi tafsirlar unga tenglasha olmagan.\u00a0<strong>\u201cKashfuz zunun\u201d kitobi muallifi Hoji Xalifa<\/strong>\u00a0\u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d haqida:\u00a0<em>\u201cUshbu kitob Imom Moturidiyning boshqa asarlari orasida tili va uslubi jihatidan eng yengili hisoblanadi. Shu sababli, ahli sunna val jamoa ulamolarining asosiy manbaidir\u201d<\/em>, deb yozadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarning mo\u02bbtabarligi ham uning ahli sunna val jamoa uchun Qur\u02bcon oyatlari tafsiridagi qarashlari to\u02bbg\u02bbri ekanini asoslash, tasdiqlash va isbotlash bilan birga, adashgan firqalarning noto\u02bbg\u02bbri qarashlarini ochib berganligidadir.\u00a0<strong>Moturidiylik ulamosi Abu Muin Nasafiy<\/strong>\u00a0\u201cTabsirat al-adilla\u201d asarida aytgan so\u02bbzlari fikrimizni isbotlaydi:\u00a0<em>\u201cImom Moturidiyning Qur\u02bconga yozgan tafsiri barcha mavhum tuyulgan masalalarga aniqlik kiritib beruvchi, inson qalbidagi shubhali qora bulutlarni haydovchi hamda nihoyatda bolig\u02bb vasf ila yozilgan asardir. Alloh shunday kitobni yozgan zotga o\u02bbz salomini yo\u02bbllasin!\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sharafli yumush sharofati<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u201cQaysidir xalqning ilmiy merosiga e\u02bctibor berib, uni o\u02bbrganish, uning ustida chuqur tadqiqot olib borgandan so\u02bbng keng kitobxonlar ommasiga taqdim qilish o\u02bbsha xalqning merosini tanish, madaniy va ilmiy yutuqlarini ochib berish yo\u02bblida eng asosiy omillardan biri ekanida Sharqu G\u02bbarbdagi tadqiqotchi olimlar o\u02bbrtasida hech bir ixtilof yo\u02bbq. Bu \u2014 hech kim shubha qilmaydigan haqiqatdir.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Shunga ko\u02bbra, Qur\u02bconi karimning tafsiriga oid merosni o\u02bbrganish, uni tadqiq qilish hamda ilmiy sur\u02bcatda taqdim etish ham muhim ish hisoblanadi. Chunki bu ish Alloh taoloning Kitobini o\u02bbrganish, Uning maqsadini anglash, undagi ta\u02bclimotlardan voqif bo\u02bblish, uning xazinalarini chiqarib olish, duru gavharlarini kashf qilish borasida o\u02bbzining kattagina hissasini qo\u02bbshadi\u201d.\u00a0<\/em><strong>Al-Azharning Islom ilmlari majmuasi Bosh kotibi Shayx Muhammad Nazir Ayyad<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">***<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ta\u02bckidlash lozimki, yurtimiz musulmonlari moturidiylik ta\u02bclimotiga e\u02bctiqod qilsa va muallif alloma vatandoshimiz bo\u02bblsa hamki, buyuk ajdodimiz Abu Mansur Moturidiy qalamiga mansub \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d asari hozirgi davrga qadar O\u02bbzbekistonda jiddiy o\u02bbrganilmagan edi. Turli fitnalar girdobidan omon qolib, e\u02bctiqodni sog\u02bblom tutish mashaqqatli bo\u02bblib borayotgan, jahonda biri-biridan murakkab va keskin siyosiy-ijtimoiy jarayonlar kuzatilayotgan, buzg\u02bbunchi kuchlar islom dinidan g\u02bbarazli maqsadlar yo\u02bblida foydalanayotgan bugungi vaziyatda dinu diyonatimizning eng muhim asoslaridan biri bo\u02bblgan bu asarni o\u02bbzbek tiliga tarjima qilib nashr ettirish o\u02bbta zarur va g\u02bboyat dolzarb ishlardan biriga aylandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori o\u02bbrinbosari Shayx Abdulaziz Mansur\u00a0<\/strong>bu borada o\u02bbrinli fikrni bayon etdi:\u00a0<em>\u201cImom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Moturidiyning \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d asari o\u02bbzbek tiliga o\u02bbgirilayotgani xalqimiz ilm-ma\u02bcrifatini oshirishdagi muhim qadamlardan biridir. Yurtimiz mo\u02bbmin-musulmonlarining moturidiylik ta\u02bclimotiga e\u02bctiqod qilishini inobatga olsak, asarning tarjima qilinishi juda zaruriy ishlardan biri bo\u02bblib turgan edi. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qisqa fursat ichida o\u02bbzining mevalarini bera boshladi. Ushbu tarjima ishi markaz olimlari tomonidan amalga oshirilgan eng muhim va katta ilmiy natija bo\u02bbldi\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarjimani mukammal amalga oshirish maqsadida asar yaqindan o\u02bbrganilib, Imom Moturidiy rahimahullohning qarashlarini imkon qadar yengil, tushunish oson bo\u02bblgan uslubda xalqimizga yetkazishga e\u02bctibor qaratildi. Qur\u02bconi karim oyatlarining tarjimasini keltirishda Shayx Abdulaziz Mansur qalamiga mansub \u201cQur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri\u201d asaridan keng foydalanildi. Xorijdagi moturidiyshunos olimlar bilan muloqotlar o\u02bbtkazildi, ulardan maslahatlar olindi. Jumladan, Qur\u02bcon, tafsir ilmlari bo\u02bbyicha taniqli olim, moturidiyshunos Ahmad Sa\u02bcd Damanhuriy, Turkiyaning Marmara universiteti professori, doktor Umar Chelik, taniqli moturidiyshunos olim, professor Yusuf Shavqiy Yavuz kabi olimlar bilan fikr almashildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbplab ulamolar tavsiyalariga asosan, Bekir To\u02bbpal o\u02bbg\u02bbli va Ahmad Vonli o\u02bbg\u02bbli tahqiqi ostida nashr etilgan nusxa tarjima ishining asosiy manbasi qilib olindi. Imom Moturidiy rahimahulloh \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d asarida o\u02bbzining fikrlariga dalil-hujjat uchun keltirgan oyatlar va hadislarning manbalari hoshiyada ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Misrlik moturidiyshunos olim, ilohiyot fanlari doktori Ahmad Sa\u02bcd Damanhuriy<\/strong>\u00a0mazkur yirik tarjima ishini markaz ilmiy jamoasining bu muqaddas zaminda yashab o\u02bbtgan ajdodlar vorislari bo\u02bblgan avlod vakillari sifatidagi majburiyati deb baholadi:\u00a0<em>\u201cO\u02bbz davrida ilm va ulamolarning qiblasi bo\u02bblgan Samarqand zaminida yashab, shu zaminda vafot etgan buyuk imom avlodlarining mana shunday ishga qo\u02bbl urishlari hayratlanarli holat emas, albatta. Aksincha, islom madaniyati va tafakkuriga o\u02bbzlarining ulkan hissalarini qo\u02bbshgan va musulmonlar bugungi kunga qadar ularning ilmiy meroslaridan bahramand bo\u02bblib kelayotgan ulug\u02bb ota-bobolariga vafodorlik nuqtai nazaridan olib qaralganda, bu vazifa ularning zimmalaridagi burch hamdir\u201d.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasi o\u02bblaroq, bugun o\u02bbzbek tilidagi \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d asari dastlabki 30-juzining nashri dunyo yuzini ko\u02bbrdi va bu, albatta, davlatimiz Mustaqilligining 30 yilligiga munosib tuhfa bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng ulug\u02bb, Eng aziz ayyom arafasida imon-e\u02bctiqodli xalqimizga o\u02bbzbek tilida taqdim qilingan mazkur asardagi Qur\u02bconi karim suralarining tafsiri Qur\u02bcon oyatlari ma\u02bcnosini yanada yaxshiroq anglashga, buyuk Imom Moturidiy bobomiz ta\u02bclimotini tushunishga asos bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Moturidiyning merosi nafaqat mutakallimlar, balki dunyoviy ilm vakillari, keng jamoatchilik tomonidan ham yuqori baholanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Allomaning ilmiy merosida muborak islom dinining hayotbaxsh mazmun-mohiyatini to\u02bbg\u02bbri talqin qilish, turli bid\u02bcat va xurofotlarga botgan guruh va toifalarga qarshi kurash alohida o\u02bbrin egallaydi. Shu nuqtai nazardan, Imom Moturidiy ilgari surgan g\u02bboyalar bugungi kunda ham g\u02bboyatda dolzarb bo\u02bblib, nafaqat ilmiy, balki yuksak amaliy ahamiyatga ega.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Otabek MUHAMMADIYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o\u02bbrinbosari<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2021 yil 19 avgust, \u2116167(423)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbZB\u0415KISTON R\u0415SPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGIGA \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d \u2013 unga hech bir kitob teng kela olmaydigan asardir. Bu fan bo\u02bbyicha undan avvalgilar yozgan kitoblarning birortasi ham unga yaqin kela olmaydi\u201d. Abu Muin NASAFIY Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog\u02bbida buyuk allomalarimizning nodir asarlari mazmun-mohiyatini o\u02bbrganish va xalqimizga yetkazish maqsadida ularni &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17265,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>ISLOHOTLARNING SHIRIN M\u0415VASI yoxud buyuk ajdodlarimizning asarlarini endi o\u02bbzbek tilida o\u02bbqiymiz - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"ISLOHOTLARNING SHIRIN M\u0415VASI yoxud buyuk ajdodlarimizning asarlarini endi o\u02bbzbek tilida o\u02bbqiymiz - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbZB\u0415KISTON R\u0415SPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGIGA \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d \u2013 unga hech bir kitob teng kela olmaydigan asardir. Bu fan bo\u02bbyicha undan avvalgilar yozgan kitoblarning birortasi ham unga yaqin kela olmaydi\u201d. Abu Muin NASAFIY Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog\u02bbida buyuk allomalarimizning nodir asarlari mazmun-mohiyatini o\u02bbrganish va xalqimizga yetkazish maqsadida ularni &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-08-19T09:09:42+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-08-19T09:39:42+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/SHABLON-GAZETA-27-1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"708\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz\",\"name\":\"ISLOHOTLARNING SHIRIN M\u0415VASI yoxud buyuk ajdodlarimizning asarlarini endi o\u02bbzbek tilida o\u02bbqiymiz - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/SHABLON-GAZETA-27-1.jpg\",\"datePublished\":\"2021-08-19T09:09:42+00:00\",\"dateModified\":\"2021-08-19T09:39:42+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/SHABLON-GAZETA-27-1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/SHABLON-GAZETA-27-1.jpg\",\"width\":660,\"height\":708},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"ISLOHOTLARNING SHIRIN M\u0415VASI yoxud buyuk ajdodlarimizning asarlarini endi o\u02bbzbek tilida o\u02bbqiymiz\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"ISLOHOTLARNING SHIRIN M\u0415VASI yoxud buyuk ajdodlarimizning asarlarini endi o\u02bbzbek tilida o\u02bbqiymiz - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"ISLOHOTLARNING SHIRIN M\u0415VASI yoxud buyuk ajdodlarimizning asarlarini endi o\u02bbzbek tilida o\u02bbqiymiz - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbZB\u0415KISTON R\u0415SPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGIGA \u201cTa\u02bcvilot al-Qur\u02bcon\u201d \u2013 unga hech bir kitob teng kela olmaydigan asardir. Bu fan bo\u02bbyicha undan avvalgilar yozgan kitoblarning birortasi ham unga yaqin kela olmaydi\u201d. Abu Muin NASAFIY Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 11 yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog\u02bbida buyuk allomalarimizning nodir asarlari mazmun-mohiyatini o\u02bbrganish va xalqimizga yetkazish maqsadida ularni &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-08-19T09:09:42+00:00","article_modified_time":"2021-08-19T09:39:42+00:00","og_image":[{"width":660,"height":708,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/SHABLON-GAZETA-27-1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz","name":"ISLOHOTLARNING SHIRIN M\u0415VASI yoxud buyuk ajdodlarimizning asarlarini endi o\u02bbzbek tilida o\u02bbqiymiz - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/SHABLON-GAZETA-27-1.jpg","datePublished":"2021-08-19T09:09:42+00:00","dateModified":"2021-08-19T09:39:42+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/SHABLON-GAZETA-27-1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/SHABLON-GAZETA-27-1.jpg","width":660,"height":708},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17266&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"ISLOHOTLARNING SHIRIN M\u0415VASI yoxud buyuk ajdodlarimizning asarlarini endi o\u02bbzbek tilida o\u02bbqiymiz"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17266"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=17266"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17266\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17272,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17266\/revisions\/17272"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/17265"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=17266"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=17266"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=17266"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}