{"id":17085,"date":"2021-08-11T17:33:34","date_gmt":"2021-08-11T12:33:34","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=17085"},"modified":"2021-08-11T17:33:34","modified_gmt":"2021-08-11T12:33:34","slug":"hayratul-abror-insonni-komillik-cho%ca%bbqqisiga-eltadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cHAYRATUL ABROR\u201d INSONNI KOMILLIK CHO\u02bbQQISIGA ELTADI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimizda ajdodlar ijodini o\u02bbrganish, madaniy meros, milliy qadriyatlarni tiklashga katta e\u02bctibor berilib, ulug\u02bb allomalarimiz hayoti va faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, madaniy va ilmiy jihatdan chuqur tadqiq etish va keng xalq ommasiga targ\u02bbib qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharq xalqlari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri \u2013 \u201cXamsa\u201d yozish bilan bog\u02bbliq adabiy an\u02bcanaga Nizomiy Ganjaviy asos solgan. Keyingi ijodkorlar uning \u201cPanj ganj\u201d, \u201cMahzanul asror\u201d, \u201cXusrav va Shirin\u201d, \u201cLayli va Majnun\u201d, \u201cHaft paykar\u201d, \u201cIskandarnoma\u201d dostonlaridagi mavzu va kompozitsiya, qahramonlar, vazn, joylashish tartibini saqlagan holda mustaqil ravishda \u201cXamsa\u201d ta\u02bclif etgan. Bu an\u02bcana badiiy ijodda katta mahorat maktabi sanalgan. Alisher Navoiy xamsachilik taraqqiyotiga beqiyos hissa qo\u02bbshgan va bu janrni turkiy xalqlar adabiyotida Nizomiy Ganjaviy darajasiga ko\u02bbtargan[1].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qo\u02bblyozmalar fondi yildan yilga turli noyob asarlar bilan boyib bormoqda. Undan nafaqat diniy balki, badiiy adabiyotga oid asarlar ham o\u02bbrin olgan. Jumladan, Sa\u02bcdiy Sheroziyning \u201cGuliston\u201d, \u201cBo\u02bbston\u201d, Hofiz Sheroziyning \u201cDevoni Hofiz\u201d, Fuzuliyning \u201cKulliyoti Fuzuliy\u201d, Mirzo Bedilning \u201cDevoni Bedil\u201d va shular orasida g\u02bbazal mulkining sultoni \u2013 Alisher Navoiyning \u201cXamsa\u201d dostoni qo\u02bblyozmasi va \u201cDevoni Navoiy\u201d toshbosma asari saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiyning \u201cXamsa\u201d sini hikmat marjonlari to\u02bbla dengizga mengzash mumkin. Mustaqillik bizga ko\u02bbplab imkoniyatlar qatori Navoiyni anglash, u yaratgan asarlarni o\u02bbrganish, tadqiq etish baxtiga muyassar qildi. \u201cXamsa\u201d dostoni Navoiyning shoh asarlaridan bo\u02bblib, Hazrat uni yozishda yuksak mahoratini namoyon qilgan. Ushbu asarning turkiy tilda 1881-yilda ko\u02bbchirilgan bir nusxasi haqida batafsilroq to\u02bbxtalamiz.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Muallif:<\/strong> Nizomiddin Mir Alisher.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ko\u02bbchirilgan sanasi: <\/strong>1298\/1881-yil.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Tili: <\/strong><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Qog\u02bbozi: <\/strong><\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Varag\u02bbi: <\/strong>30&#215;15 mm.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xat turi: <\/strong>nasta\u02bcliq.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Siyoh turi: <\/strong>asarning bob va fasllari, ismlar qizil siyohda, matn qora siyohda yozilgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Matn o\u02bblchami: <\/strong>21&#215;9 mm<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Asarning boshlanishi:<\/strong><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: arial, helvetica, sans-serif; font-size: 14pt;\"><strong>&#8230; \u0627\u0649 \u0633\u0646\u06af\u0627 \u0645\u0628\u062f\u0627 \u0627\u0628\u062f \u062f\u064a\u0643 \u0627\u0632\u0644\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u0630\u0627\u062a \u0642\u062f\u064a\u0645\u0646\u06af<\/strong><strong> \u0627\u0628\u062f \u0644\u0645 \u064a\u0632\u0644<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: arial, helvetica, sans-serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0628\u0648\u0644\u0648\u0628 \u0627\u0648\u0644 \u0628\u062f\u0627\u064a\u062a \u0633\u0646\u06af\u0627\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u0646\u0649 \u0643\u064a\u0644\u064a\u0628 <\/strong><strong>\u0622<\/strong><strong>\u062e\u0631 \u0646\u0647\u0627\u064a\u062a \u0633\u0646\u06af<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"10\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Asarning oxiri:<\/strong><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: arial, helvetica, sans-serif; font-size: 14pt;\"><strong>&#8230; \u0647\u0633\u062a \u0644\u064a\u063a\u064a\u0645 \u0646\u0627 \u0628\u0648\u062f \u0627\u0648\u0644\u0649\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u0628\u0648\u062f \u0627\u0648\u0644\u0648\u0628 \u0648 \u062d\u062f\u062a \u0627\u0631\u0627 \u0645\u0634\u0647\u0648\u0631 \u0627\u0648\u0644\u0627\u0649<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: arial, helvetica, sans-serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u063a\u0631\u0642 \u0648 \u062d\u062f\u062a \u0628\u064a\u0631\u0644\u0647 <\/strong><strong>\u0622\u0644\u0645\u062f\u064a\u0646 \u0643\u062a\u0627\u0649\u00a0\u00a0 \u0645\u0642\u0635\u062f \u0627\u0635\u0644\u0649 \u0645\u0642\u0627\u0645\u064a\u063a\u0647 \u064a\u062a\u0627\u0649<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"11\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Kolofon:<\/strong><\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: arial, helvetica, sans-serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u062a\u0645\u062a \u062f\u0641\u062a\u0631 \u0627\u0648\u0644 \u0627\u0632 \u062e\u0645\u0633\u0629 \u0627\u0645\u064a\u0631 \u0646\u0648\u0627\u0626\u0649 \u0631\u062d\u0645\u0647 \u0627\u0644\u0644\u0647 \u0639\u0644\u064a\u0647 \u0645\u0633\u0645\u0649 \u0628\u0647 \u062d\u064a\u0631\u062a \u0627\u0644\u0627\u0628\u0631\u0627\u0631 \u0633\u0646\u0629 <\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"rtl\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: arial, helvetica, sans-serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u0661\u0662\u0669\u0668<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\" start=\"12\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Hoshiya:<\/strong> 5<sup>a <\/sup>va 10<sup>a <\/sup>varaqlarida qizil rangli siyohda keltirilgan.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Poygir: <\/strong>mavjud<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/q1.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/q2.jpg\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/q3.jpg\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asar tavsifi: Markazning qo\u02bblyozmalar fondida \u2116230 raqam bilan saqlanmoqda. \u201cHayratul abror\u201d dostoni 3988 bayt, 63 bob, 20 maqolat va 20 hikoyatdan tashkil topgan. Nusxa to\u02bbliq bo\u02bblmagani uchun muqaddimadan emas, birinchi munojoti<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ey sanga mabda\u02bcda abaddek azal,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zoti qadiming abadiy lam\u02bcyazal.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ne bo\u02bblib avvalda bidoyat sanga,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ne kelib oxirda nihoyat sanga[2].<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0bayti bilan boshlangan. \u201cXamsa\u201dning har bir maqolat va hikoyatida o\u02bbsha davrning ijtimoiy-siyosiy masalalari, Amir Temur va uning avlodlari tarixi va tasavvuf shayxlariga oid ma\u02bclumotlar keltirilgan. Qo\u02bblyozmaning birinchi asari \u201cHayratul abror\u201d (\u201cYaxshi kishilarning hayratlanishi\u201d)da pand-nasihat ruhidagi falsafiy-axloqiy, diniy-tasavvufiy, ijtimoiy-siyosiy, tarixiy masalalar muhokama qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alisher Navoiy dostonning muqaddimasida Allohning go\u02bbzal ismlariga nazmiy ta\u02bcrif berib, hamdu sanolar keltirgan. Shundan so\u02bbng, insonning yaratilishi ilm xazinasini oshkor qilish uchun sabab bo\u02bblganini tasavvufiy qarashlar bilan yoritib bergan. Shuningdek, to\u02bbrtinchi munojot[3]dan keyin na\u02bct[4]lar va Nizomiyning xamsachilik bobidagi mahorati, turkiy-forsiy adabiyotda tutgan o\u02bbrniga ta\u02bcrif bergan[5]. Navoiy dostonning \u201cUchinchi hayrati\u201d deb nomlangan 21-bobini Bahouddin Naqshband ta\u02bclimoti va tariqati Markaziy Osiyodan Chin diyorigacha yoyilgani va uning xalifasi Xoja Ubaydulloh Ahror madhiga bag\u02bbishlagan[6].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dostonning 22-bobidan asosiy qism boshlanadi. U maqolat va hikoyatlardan tashkil topgan 40 bobni o\u02bbz ichiga oladi. Maqolatlar muayyan bir axloqiy-falsafiy mavzuga bag\u02bbishlangan bo\u02bblib, shoir dastlab ushbu mavzuga munosabat bildiradi, uning yuzasidan o\u02bbz fikr-mulohazalarini bayon qiladi, so\u02bbngra shunga mos ibratli hikoya keltiradi. Asarning 25-bobidan imom, orif, zohidlar sayyidi Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Adham qissasi[7], beshinchi maqolatning 31-bobidan Sharq adabiyotida Hotamtoy deb tanilgan, saxiylikning eng oliy timsoli sanalgan Abu Safona (Adiy) Hotam ibn Abdulloh ibn Sa\u02bcd to\u02bbg\u02bbrisidagi afsonalar o\u02bbrin olgan. Bu shaxs arablarning Toy qabilasi boshlig\u02bbi bo\u02bblgan. O\u02bbta saxovatli bo\u02bblgani uchun ko\u02bbplab mutafakkirlar Hotam nomini hurmat bilan yodga olgan[8].<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hotami Toyiga bir ozodavash<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dediki: \u201cEy himmating ozodakash,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toki saxo bo\u02bbldi kafing varzishi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbrding ekinmu bir o\u02bbzingdek kishi[9]?\u201d<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hotamdan \u201cO\u02bbzingizdan ko\u02bbra himmati baland odamni ko\u02bbrganmisiz?\u201d deb so\u02bbrashganida, u oddiy bir o\u02bbtinchi cholni aytadi. \u201cBir paytlar butun sahro ahlini chaqirib, katta ziyofat bergandim. Yuzta tuya, minglab qo\u02bby-qo\u02bbzilarni so\u02bbyib, qozonlar osildi. Avji ziyofat payti ko\u02bbnglim tanholikni tusab, sahroga chiqdim. Qarasam, bir chol beli bukilib, o\u02bbtin orqalab ketyapti. \u201cEy benavo, Hotam butun sahro ahlini chorlab, katta bazm berayotir, sen ham yelkangdagi tikanni tashla, borib, kayf-safo qilsang-chi?\u201d dedim. Shunda chol menga qarab, \u201cEy tamagir inson, sen mehnat bilan topilgan non lazzatini bilmaysan. Mashaqqat chekib topilgan bir-ikki dirham pul Hotam bergan xazinadan a\u02bcloroqdir\u201d, degandi. Darhaqiqat, uning himmati menikidan ko\u02bbra baland edi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rivoyatlarga ko\u02bbra, Hotamtoy butun umrini odamlarga yaxshilik qilishga bag\u02bbishlagan. Hamma boyligini xayr-ehson yo\u02bblida xarjlasa-da, davlati borgan sari ortib boravergan. Aytishlaricha, uning qasrida yetmish ikki darvoza bo\u02bblib, hojattalab kishi ularning barchasiga birma-bir kirib o\u02bbtsa ham hech biridan quruq chiqmas ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asardagi oltinchi maqolatning 33-bobida tillarda doston bo\u02bblgan odil shoh Anushervon[10], sakkizinchi maqolatning 37-bobida Amir Temurning Hindistonga yurishi va erishgan g\u02bbalabasi, temuriy shahzodalar o\u02bbrtasidagi ziddiyatli kurashlar bayon etilgan[11].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bblyozmaning oxirgi qismi yigirmanchi maqolatning 51-bobida Markaziy Osiyoda Bahouddin Naqshbandning shogirdi shayx Xoja Muhammad Porsoning ilmu irfoni, karomatlari[12] va o\u02bbg\u02bbli Abu Nasr Porso (vaf.865y) donishmand va o\u02bbta qobiliyatli farzandi bo\u02bblgani hikoya qilinadi. Uni xalifa sifatida Balxga jo\u02bbnatib, naqshbandiylik Movarounnahrning janubiy mulklaridan to Xurosonning shimoliy hududlarigacha keng qanot yozishiga yo\u02bbl ochib bergani[13] haqidagi ma\u02bclumotlar bayon etiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cHayratul abror\u201d dostonidagi hikoyatlar falsafiy-axloqiy qarashlarni ifoda etsa-da, mohiyatan insonni komillik, ilm-ma\u02bcrifat, iymon, qanoat, adolat kabi fazilatlar bilan kamolotga erishishga qayta-qayta da\u02bcvat qiladi. Asarning bosh g\u02bboyasi komil inson vasfiga bag\u02bbishlangani bois, Alisher Navoiy Allohning insonni yaratishdan maqsadi haqida fikr yuritar ekan, har bir davrning o\u02bbz bahori va kuzi bo\u02bblishini aytib, ularni hikoyatlar, tarixiy shaxslar vositasi orqali yoritib beradi. Hazrat sermahsul ijodkor bo\u02bblib, yaratgan asarlari necha asrlar o\u02bbtsa ham o\u02bbz qiymati va o\u02bbquvchilarini yo\u02bbqotmagani ham pokiza insoniy qadriyatlarning go\u02bbzal nazmiy usulda, chuqur falsafiy mushohadalar bilan ifoda etilganidandir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xullas, allomalarning hayoti va ilmiy merosini o\u02bbrganishdek xayrli ish yosh avlodni yetuk, barkamol inson qilib voyaga yetkazishda ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ularning ibratli hayot yo\u02bbli, qoldirgan benazir asarlari inson ruhiyatiga halollik, adolat, diyonat, poklik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, muruvvat, ota-onaga hurmat kabi yuksak fazilatlarni singdirishga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[1]https:\/\/qomus.info\/encyclopedia\/cat-x\/xamsachilik-uz\/<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[2]IBXITM Qo\u02bblyozmalar fondi \u2116230 \u201cXamsa\u201d dostoni 1<sup>a<\/sup> -2<sup>a<\/sup> -varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[3]Shu joyda: 4<sup>a\u00a0 <\/sup>-5<sup>a<\/sup> -varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[4]5<sup>a\u00a0 <\/sup>&#8211; 9<sup>b<\/sup> -varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[5]9<sup>b <\/sup>-12<sup>a<\/sup> -varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[6]IBXITM Qo\u02bblyozmalar fondi \u2116230 \u201cXamsa\u201d dostoni 23<sup>b\u00a0 <\/sup>&#8211; 24<sup>b<\/sup> -varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[7]Shu joyda: 30<sup>a <\/sup>\u00a0\u2014 33<sup>a<\/sup> -varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[8]Manba: \u201cOila va jamiyat\u201d gazetasi, 3-son.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">9IBXITM Qo\u02bblyozmalar fondi \u2116230 \u201cXamsa\u201d dostoni 39<sup>b\u00a0 <\/sup>&#8211; 43<sup>a<\/sup> -varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[10]IBXITM Qo\u02bblyozmalar fondi \u2116230 \u201cXamsa\u201d dostoni 43<sup>a <\/sup>-46<sup>a <\/sup>-varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[11]Shu joyda: 49<sup>b <\/sup>-50<sup>a <\/sup>-varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[12]91<sup>b <\/sup>-92<sup>b <\/sup>-varaq.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">[13] J.Xolmo\u02bbminov. \u201cXoja Muhammad Porso va uning \u201cFaslul xitob\u201d asari\u201d monografiyasi.<\/span><\/div>\n<div>\u00a0<\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Iroda DAURBEKOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda ajdodlar ijodini o\u02bbrganish, madaniy meros, milliy qadriyatlarni tiklashga katta e\u02bctibor berilib, ulug\u02bb allomalarimiz hayoti va faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, madaniy va ilmiy jihatdan chuqur tadqiq etish va keng xalq ommasiga targ\u02bbib qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Sharq xalqlari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri \u2013 \u201cXamsa\u201d yozish bilan bog\u02bbliq adabiy an\u02bcanaga Nizomiy Ganjaviy asos solgan. Keyingi ijodkorlar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17078,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cHAYRATUL ABROR\u201d INSONNI KOMILLIK CHO\u02bbQQISIGA ELTADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cHAYRATUL ABROR\u201d INSONNI KOMILLIK CHO\u02bbQQISIGA ELTADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Mamlakatimizda ajdodlar ijodini o\u02bbrganish, madaniy meros, milliy qadriyatlarni tiklashga katta e\u02bctibor berilib, ulug\u02bb allomalarimiz hayoti va faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, madaniy va ilmiy jihatdan chuqur tadqiq etish va keng xalq ommasiga targ\u02bbib qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Sharq xalqlari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri \u2013 \u201cXamsa\u201d yozish bilan bog\u02bbliq adabiy an\u02bcanaga Nizomiy Ganjaviy asos solgan. Keyingi ijodkorlar &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-08-11T12:33:34+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/q1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"640\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"1280\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz\",\"name\":\"\u201cHAYRATUL ABROR\u201d INSONNI KOMILLIK CHO\u02bbQQISIGA ELTADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/q1.jpg\",\"datePublished\":\"2021-08-11T12:33:34+00:00\",\"dateModified\":\"2021-08-11T12:33:34+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/q1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/q1.jpg\",\"width\":640,\"height\":1280},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cHAYRATUL ABROR\u201d INSONNI KOMILLIK CHO\u02bbQQISIGA ELTADI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cHAYRATUL ABROR\u201d INSONNI KOMILLIK CHO\u02bbQQISIGA ELTADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cHAYRATUL ABROR\u201d INSONNI KOMILLIK CHO\u02bbQQISIGA ELTADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Mamlakatimizda ajdodlar ijodini o\u02bbrganish, madaniy meros, milliy qadriyatlarni tiklashga katta e\u02bctibor berilib, ulug\u02bb allomalarimiz hayoti va faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, madaniy va ilmiy jihatdan chuqur tadqiq etish va keng xalq ommasiga targ\u02bbib qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Sharq xalqlari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri \u2013 \u201cXamsa\u201d yozish bilan bog\u02bbliq adabiy an\u02bcanaga Nizomiy Ganjaviy asos solgan. Keyingi ijodkorlar &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-08-11T12:33:34+00:00","og_image":[{"width":640,"height":1280,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/q1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz","name":"\u201cHAYRATUL ABROR\u201d INSONNI KOMILLIK CHO\u02bbQQISIGA ELTADI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/q1.jpg","datePublished":"2021-08-11T12:33:34+00:00","dateModified":"2021-08-11T12:33:34+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/q1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/08\/q1.jpg","width":640,"height":1280},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=17085&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cHAYRATUL ABROR\u201d INSONNI KOMILLIK CHO\u02bbQQISIGA ELTADI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17085"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=17085"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17085\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17086,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/17085\/revisions\/17086"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/17078"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=17085"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=17085"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=17085"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}