{"id":16795,"date":"2021-07-29T10:06:15","date_gmt":"2021-07-29T05:06:15","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16795"},"modified":"2021-08-03T11:00:08","modified_gmt":"2021-08-03T06:00:08","slug":"diniy-ma%ca%bcrifiy-islohotlarda-yana-bir-muhim-qadam","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz","title":{"rendered":"DINIY-MA\u02bcRIFIY ISLOHOTLARDA YANA BIR MUHIM QADAM"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston zamini asrlar davomida ilm-ma\u02bcrifat, zakovat va tafakkur markazi bo\u02bblib kelgan. Ajdodlarimizning buyuk daholari yaratgan o\u02bblmas hamda bebaho asarlar hozirgacha dunyo sivilizatsiyasi rivojida munosib o\u02bbrin egallab, ularning noyob nusxalari jahon kutubxonalarining eng qimmatli xazinasi sifatida saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan ajdodlarimizning bebaho merosini o\u02bbrganish asnosida yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhitni ta\u02bcminlashning muhim shartlaridan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda amalga oshirilayotgan ezgu g\u02bboyalar dunyoning nufuzli siyosatchilari, davlat va jamoat arboblari tomonidan ham ko\u02bbtarinkilik bilan kutib olinmoqda. Xususan, BMTning In\u00adson huquqlari bo\u02bbyicha Oliy komissari Zayd Husayn o\u02bbz intervyusida bugungi notinch va tahlikali zamonda O\u02bbzbekistondagi mavjud dinlararo hamda millatlararo totuvlik, diniy-ma\u02bcrifiy sohadagi islohotlar turli davlatlar uchun o\u02bbrnak bo\u02bblishga loyiq ekanini qayd etgan bo\u02bblsa, AYS\u0415SKO bosh direktori Salim Muhammad Abdulmalik: \u201cO\u02bbzbekiston amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich islohotlar va pragmatik tashqi siyosat tufayli Markaziy Osiyoda va xalqaro maydonda taraqqiy etgan siyosiy hamda iqtisodiy markazlardan biriga aylanib bormoqda. AYS\u0415SKO va shaxsan men O\u02bbzbekistonning har tomonlama hamda chuqur o\u02bbylangan bunday ichki va tashqi siyosatini yuksak qadrlab, to\u02bbliq qo\u02bbllab-quvvatlayman\u201d, deya e\u02bctirof etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, bu islohotlar bevosita davlatimiz rahbarining tashabbusi hamda doimiy e\u02bctibori samarasidir. Jahonda kechayotgan murakkab siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy bo\u02bbxronlar jarayonida bu eng to\u02bbg\u02bbri hamda samarali yo\u02bbl ekani dunyoning boshqa ko\u02bbplab davlatlari uchun ibrat bo\u02bblmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu ma\u02bcnoda, Prezidentimizning 2021 yil 16 iyuldagi \u201cO\u02bbzbekist\u043en Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom sivili\u00adzatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori mamlakatimizda diniy-ma\u02bcrifiy sohada olib borilayotgan islohotlarning izchil davomi bo\u02bbldi, desak, mubolag\u02bba qilmagan bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero, uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevorini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizning islom sivilizatsiyasini rivojlantirish borasidagi rolini yanada oshirish hamda buyuk allomalarning jahon tamadduniga qo\u02bbshgan hissasini milliy va xalqaro miqyosda ommalashtirish eng dolzarb vazifalardan bo\u02bblib turgan bugungi sharoitda xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini to\u02bbliq yuzaga chiqarish, uni yangi yutuqlarga ilhomlantirish, bundan-da ulug\u02bb marralarni egallashga intilishlarini yanada rag\u02bbbatlantirish hamda qo\u02bbllab-quvvatlash zarur.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qaror markaz faoliyatida yangi, yanada yuksak bosqichni boshlab berishiga hamda uning oldiga qo\u02bbyilgan vazifalar ko\u02bblami kengroq, teranroq hamda samaraliroq bo\u02bblishida mustahkam huquqiy asos bo\u02bblib xizmat qilishiga shubha yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hujjatda markazning yangi maqomi asosiy uchta yo\u02bbnalish orqali belgilab berilgan. Unga ko\u02bbra, ushbu muassasa \u201cUchinchi Renessans \u2014 yangi O\u02bbzbekiston\u201d g\u02bboyasini keng targ\u02bbib qiluvchi, mamlakatimiz tarixining yangi yuksalish davridagi yutuqlarini ilmiy asosda o\u02bbrganuvchi, uni keng jamoatchilikka yetkazib beruvchi, moddiy-madaniy meros namunalarini, islom dini bilan bog\u02bbliq qadimiy va boy an\u02bcanalarni targ\u02bbib qiluvchi ilmiy-ma\u02bcrifiy maskanga aylantirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aynan shu maqsadlar kelgusida amalga oshiriladigan ilmiy, ma\u02bcrifiy va madaniy ishlarda markaz jamoasi uchun ustuvor yo\u02bbnalish vazifasini ham o\u02bbtaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muxtasar aytganda, Prezidentimiz ta\u02bckidlaganidek,\u00a0<strong>ushbu markaz shunday maskan bo\u02bblishi kerakki, u yerga tashrif buyurgan har qanday ziyoratchi\u00a0<\/strong><strong>q<\/strong><strong>aytib chi<\/strong><strong>q<\/strong><strong>ayotganda o\u02bbz tabiati, ruhiyati, dunyo<\/strong><strong>q<\/strong><strong>arashi va fe\u02bcl-atvorida Vatanimiz va xal<\/strong><strong>q<\/strong><strong>imizga, milliy\u00a0<\/strong><strong>q<\/strong><strong>adriyatlarimiz va ulug\u02bb ajdodlarimizning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosiga munosabatida ya<\/strong><strong>qq<\/strong><strong>ol o\u02bbzgarishni his\u00a0<\/strong><strong>q<\/strong><strong>ilishi lozim. Chunki bu markaz fa<\/strong><strong>q<\/strong><strong>at islom sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanishi, erishgan yutu<\/strong><strong>q<\/strong><strong>la\u00adri emas, balki umuman butun bashariyatning ming yilliklar davomida\u00a0<\/strong><strong>q<\/strong><strong>o\u02bblga kiritgan nodir moddiy va ma\u02bcnaviy mulki, tadrijiy yoki sur\u02bcatli tara<\/strong><strong>qq<\/strong><strong>iyot bos<\/strong><strong>q<\/strong><strong>ichlari ha<\/strong><strong>q<\/strong><strong>ida keng, ani<\/strong><strong>q<\/strong><strong>\u00a0va boy tasavvur hosil\u00a0<\/strong><strong>q<\/strong><strong>iladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarorda belgilangan yangi vazifalar ijrosini to\u02bblaqonli ta\u02bcminlash maqsadida \u201cYo\u02bbl xaritasi\u201dning tasdiqlangani markazning haqiqiy harakatlar strategiyasi bo\u02bbldi. Unda markaz huzurida respublikamizda ziyorat turizmini rivojlantirishga qaratilgan sa\u02bcy-harakatlarga uyg\u02bbun holda gid-tarjimonlar tayyorlash va ularning malakasini tizimli oshirib borish, shuningdek, xalqimizning islom manbalarini o\u02bbrganishga bo\u02bblgan intilishlarini hisobga olgan holda bu borada maxsus kurslar tashkil etish belgilandi. Bundan maqsad esa yurtimizdagi tarixiy va me\u02bcmoriy obida hamda ziyoratgohlar tarixini yaxshi biladigan malakali gid-tarjimonlar tayyorlashdir. Islom dinining asosiy manbalarining bir nechta xorijiy tillarni biladigan yetuk mutaxassis kadrlar tomonidan xalqimizga yetkazilishi ham markaz qoshidagi kurslar zimmasiga yuklatildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday muhim vazifalarni sifatli va samarali bajarishda moliyaviy ko\u02bbmak sifatida O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlanti\u00adrish jamg\u02bbarmasi tashkil etildi. Mazkur jamg\u02bbarma faoliyati ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar va hujjatlarni xarid qilish orqali markaz kitob fondini kengaytirishga yo\u02bbnaltiriladi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar ishlarini qo\u02bbllab-quvvatlash, ijtimoiy, ilmiy, ma\u02bcnaviy va ma\u02bcrifiy tadbirlarni tashkil etish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlari ijrosini ta\u02bcminlash, shuningdek, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni, jumladan, xorijiy mamlakatlarda o\u02bbtkazish, markaz faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilishda jamg\u02bbarma mablag\u02bblaridan foydalaniladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistonda qadimdan shakllangan amaliy san\u02bcat turlari \u2014 qog\u02bboz ishlab chiqarish, muqovasozlik va xattotlik kabi san\u02bcatlarni tiklash borasida ham \u201cYo\u02bbl xaritasi\u201dda aniq vazifalar belgilab berilgan. Unga binoan markaz huzurida Samarqand qog\u02bbozi, muqovasozlik va xattotlikning qadimiy an\u02bcanalarini tiklash bo\u02bbyicha ustaxona-laboratoriya tashkil qilish va shu orqali yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlarga xalqimizning bebaho san\u02bcat namunalarini namoyish etish hamda unutilib borayotgan hunarmandchilik sir-asrorlarini tiklashga zamin yaratish belgilandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muxtasar aytganda, qaror O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tom ma\u02bcnoda tamaddun osoriatiqalaridan hikoya qiluvchi maskanga, umumbashariy va islomiy yutuqlarni ochib beruvchi bilim bulog\u02bbiga, hamyurtlarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni yot g\u02bboya va mafkuralardan himoya qiluvchi, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblga boshlovchi, ezgu g\u02bboyalar bilan ilhomlantiruvchi, buyuk ishlarga bel bog\u02bblashga ruhlantiruvchi ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy ziyo muassasasiga aylantiradi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Shovosil ZIYODOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori.<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cXalq so\u02bbzi\u201d gazetasi 2021-yil 28-iyul, 157-son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston zamini asrlar davomida ilm-ma\u02bcrifat, zakovat va tafakkur markazi bo\u02bblib kelgan. Ajdodlarimizning buyuk daholari yaratgan o\u02bblmas hamda bebaho asarlar hozirgacha dunyo sivilizatsiyasi rivojida munosib o\u02bbrin egallab, ularning noyob nusxalari jahon kutubxonalarining eng qimmatli xazinasi sifatida saqlanmoqda. Ko\u02bbp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan ajdodlarimizning bebaho merosini o\u02bbrganish &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16793,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>DINIY-MA\u02bcRIFIY ISLOHOTLARDA YANA BIR MUHIM QADAM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"DINIY-MA\u02bcRIFIY ISLOHOTLARDA YANA BIR MUHIM QADAM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbzbekiston zamini asrlar davomida ilm-ma\u02bcrifat, zakovat va tafakkur markazi bo\u02bblib kelgan. Ajdodlarimizning buyuk daholari yaratgan o\u02bblmas hamda bebaho asarlar hozirgacha dunyo sivilizatsiyasi rivojida munosib o\u02bbrin egallab, ularning noyob nusxalari jahon kutubxonalarining eng qimmatli xazinasi sifatida saqlanmoqda. Ko\u02bbp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan ajdodlarimizning bebaho merosini o\u02bbrganish &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-07-29T05:06:15+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-08-03T06:00:08+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/xs157.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"586\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz\",\"name\":\"DINIY-MA\u02bcRIFIY ISLOHOTLARDA YANA BIR MUHIM QADAM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/xs157.jpg\",\"datePublished\":\"2021-07-29T05:06:15+00:00\",\"dateModified\":\"2021-08-03T06:00:08+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/xs157.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/xs157.jpg\",\"width\":660,\"height\":586},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"DINIY-MA\u02bcRIFIY ISLOHOTLARDA YANA BIR MUHIM QADAM\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"DINIY-MA\u02bcRIFIY ISLOHOTLARDA YANA BIR MUHIM QADAM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"DINIY-MA\u02bcRIFIY ISLOHOTLARDA YANA BIR MUHIM QADAM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbzbekiston zamini asrlar davomida ilm-ma\u02bcrifat, zakovat va tafakkur markazi bo\u02bblib kelgan. Ajdodlarimizning buyuk daholari yaratgan o\u02bblmas hamda bebaho asarlar hozirgacha dunyo sivilizatsiyasi rivojida munosib o\u02bbrin egallab, ularning noyob nusxalari jahon kutubxonalarining eng qimmatli xazinasi sifatida saqlanmoqda. Ko\u02bbp asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan ajdodlarimizning bebaho merosini o\u02bbrganish &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-07-29T05:06:15+00:00","article_modified_time":"2021-08-03T06:00:08+00:00","og_image":[{"width":660,"height":586,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/xs157.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz","name":"DINIY-MA\u02bcRIFIY ISLOHOTLARDA YANA BIR MUHIM QADAM - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/xs157.jpg","datePublished":"2021-07-29T05:06:15+00:00","dateModified":"2021-08-03T06:00:08+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/xs157.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/xs157.jpg","width":660,"height":586},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16795&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"DINIY-MA\u02bcRIFIY ISLOHOTLARDA YANA BIR MUHIM QADAM"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16795"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=16795"}],"version-history":[{"count":9,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16795\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16888,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16795\/revisions\/16888"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/16793"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=16795"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=16795"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=16795"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}