{"id":16727,"date":"2021-07-24T12:28:31","date_gmt":"2021-07-24T07:28:31","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16727"},"modified":"2021-07-24T12:28:31","modified_gmt":"2021-07-24T07:28:31","slug":"diniy-bag%ca%bbrik%d0%b5nglik-va-millatlararo-totuvlikning-huquqiy-asosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz","title":{"rendered":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNING HUQUQIY ASOSI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk mutakallim alloma, vatandoshimiz Abu Muin Nasafiy hazratlari ezgulik va yovuzlikdan birini tanlash inson hayotining asosini tashkil etishiga e\u02bctibor qaratar ekan, baxtli yoki baxtsizligi ayni shu sabab bilan bog\u02bbliqligini uqtiradi hamda to\u02bbg\u02bbri tanlovning bir ko\u02bbrinishi jamiyatda mavjud qonunlarga itoat qilishda ekanini aytadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, qonunlarga itoat etish va rioya qilish \u2013 totuvlik hamda tinchlikning asosidir. Barcha jabhada qonun ustuvor bo\u02bblgan jamiyat \u2013 komil jamiyatdir. Intizom, tartib, o\u02bbzaro hurmat bo\u02bblgan jamiyat rivojlanish yo\u02bblini tez topib oladi va ushbu yo\u02bblda sobitqadamlik bilan ilgarilaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz tomonidan yaqinda imzolangan O\u02bbzbekiston Respublikasining \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonuni shu jihatdan ayni muddaodir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur qonun inson huquqlari bo\u02bbyicha umumjahon andozalariga mos. Uni qabul qilishda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisidagi xalqaro qonunchilik, BMTning ko\u02bbplab hujjatlari, azaldan dunyo xaritasida shu sohada obro\u02bb qozongan mamlakatlar qonunlari zo\u02bbr professionallarimiz hamda kuchli mutaxassislarimiz tarafidan puxta va chuqur, har jihatdan batafsil, keng o\u02bbrganib chiqilgani har bir moddada yaqqol ko\u02bbrinib turibdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">6 ta bob, 35 ta moddadan iborat yangi tahrirdagi ushbu qonunda bir talay o\u02bbzgarishlar bor. Jumladan, diniy tashkilotlarni ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazish tartibi yengillashtirildi. Xususan, mahalliy diniy tashkilotlar, masalan, masjidlar va boshqa konfessiyalarning ibodatxonalarini tashkil etish bo\u02bbyicha tashabbuskor fuqarolar soni ikki barobar kamaytirilib, 50 nafardan kam bo\u02bblmasligi belgilandi. Ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazish bilan bog\u02bbliq xizmatlar to\u02bbliq elektron ko\u02bbrinishda amalga oshirilishi joriy etildi. Diniy tashkilotni ro\u02bbyxatdan o\u02bbtkazish uchun taqdim qilingan hujjatlarni ko\u02bbrib chiqishning 3 oylik muddati 1 oy etib belgilandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dunyoda elatlar ko\u02bbp, e\u02bctiqodlar, din va mazhablar xilma-xil. Ming yillardan beri insoniyat bilan yonma-yon yashayotgan, uning ma\u02bcnaviy olamini to\u02bbldirib, ezgu amallarga undab kelayotgan dinlarning mohiyatiga razm solsak, hamohanglik, mushtaraklikni ilg\u02bbaymiz. Hatto ularning da\u02bcvati ham nihoyatda o\u02bbxshash: \u201cOdamlar, ahil-inoq yashang!\u201d, \u201cO\u02bbzganing haqidan xazar qiling!\u201d, \u201cBir-biringizga yomonlik qilmang!\u201d, \u201cMehr-muruvvatli bo\u02bbling!\u201d\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday bo\u02bblsa-da, sayyoramizning turli nuqtalarida dinlararo ziddiyatlar, mazhablararo qarama-qarshiliklar hamon uchrayotgani, bu hol qonli to\u02bbqnashuvlarga sabab bo\u02bblayotgani, bundan tinch aholi jabr chekib, shaharlar, davlatlardagi barqarorlik izidan chiqayotgani ayni haqiqat. Insonlarning eng muqaddas a\u02bcmoli \u2013 e\u02bctiqodidan foydalanib, mafkuraviy xuruj uyushtirish, din niqobi ostida manfur g\u02bboyalarini amalga oshirishdan tap tortmaydiganlar, afsuski, doimo payt poylaydi, sodda, g\u02bbo\u02bbr kishilarga, yoshlarga tuzoq qo\u02bbyadi. Bunday tahdidlarga qarshi ogohlik va xushyorlik yo\u02bbqotmaslik, yoshlarning ongi hamda qalbini himoyalash \u2013 davr talabi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sir emas, ayrim g\u02bbaraz maqsadli kimsalar muqaddas dinimizni niqob qilib olib, yoshlarni o\u02bbz domiga tortmoqchi bo\u02bblgani yaqin tariximizda kuzatildi. Shu va boshqa sabablarni inobatga olib, qonunda diniy ta\u02bclimning professional maqomi rasman e\u02bctirof etildi. O\u02bbzbekiston Respublikasi fuqarolarining, dinga bo\u02bblgan munosabatidan qat\u02bciy nazar, dunyoviy ta\u02bclim olish huquqi ta\u02bcminlanishi qayd qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Har qanday shaxsning \u201co\u02bbzicha\u201d aholiga diniy ta\u02bclim berishi \u2013 noan\u02bcanaviy aqidalarning tarqalishiga, mutaxassis bo\u02bblmagan shaxslar tomonidan sof diniy masalalar bo\u02bbyicha biryoqlama tushunchalar berilishiga olib kelishini hayot ko\u02bbrsatmoqda. Bu esa jamiyatda diniy masalalar bilan bog\u02bbliq ixtiloflar kelib chiqishiga, aholining yot g\u02bboya va qarashlar ta\u02bcsiriga tushishiga sabab bo\u02bbladi. Shu bois diniy ta\u02bclim muassasasidan tashqarida diniy ta\u02bclim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilangani ayni muddao bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ko\u02bbp millatli hamda ko\u02bbp konfessiyali yurtimizda diniy bag\u02bbrikenglik masalalariga katta e\u02bctibor berilayotgani bois turli millat va elat vakillari ahil-inoq yashab kelmoqda. \u201cJaholatga qarshi \u2013 ma\u02bcrifat\u201d ustuvor tamoyiliga amal qilinayotir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oqilona din siyosatidan minnatdor kishilar umuminsoniy g\u02bboyalar ostida birlashmoqda. Mamlakatimizda dinlararo bag\u02bbrikenglik nafaqat dindorlarning, balki butun jamiyat a\u02bczolarining ezgulik yo\u02bblidagi hamkorligini yuzaga chiqarib, tinchlik va barqarorlikning muhim shartlaridan biriga aylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qonunning yana bir muhim jihati amaldagi qonunchilik hujjatlarida \u201cibodat libosi\u201d tushunchasining huquqiy ta\u02bcrifi mavjud emasligi sabab jamoat joylarida ibodat libosida yurishga taqiq qonundan chiqarib tashlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu hujjat dono xalqimizning bugungi xohish-istaklariga, hozirgi zamon talablariga, ayni paytdagi davr ehtiyojlariga to\u02bbla-to\u02bbkis javob beradi. Endi hamma gap unga rioya qilishda. Zero, mo\u02bbmin-musulmonlarning yaxshisi ushbu hadisi sharifda go\u02bbzal tarzda ifodalangan: \u201cOxirati deb dunyosini, dunyosi deb oxiratini tark qilgan banda sizlarning yaxshilaringiz emas. Zero, ikkisining jamg\u02bbarishi lozim bo\u02bblgan jihati bor. Odamlarga boqimanda bo\u02bblib qolmanglar (ya\u02bcni ularga zinhor og\u02bbirligingiz tushmasin)!\u201d (Imom Daylamiy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Husayn Voiz Koshifiy: \u201cDavlat va jamiyatni qonun ustuvorligisiz tasavvur qilib bo\u02bblmaydi. Chunki busiz dunyoning muhim ishlarini tartibga solish vazifasini amalga oshirish mumkin emas. Tarbiya va jazo haqidagi qonunlarning bo\u02bblmaganligi davlat faoliyatining buzilishiga va inson huquqlarining kamsitilishiga olib keladi\u201d, degan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Nasr Forobiy esa: \u201cQonunsiz jamiyatda tartib o\u02bbrnatib bo\u02bblmaydi\u201d, deb hisoblaydi. Mutafakkirning fikricha, jamiyatda qonun ustuvor bo\u02bblib, inson huquqlari kafolatlanmasa, o\u02bbzaro bir-birini qo\u02bbllab-quvvatlash tartibga solinmaydi. Chunki har kim o\u02bbz shaxsiy manfaatini ko\u02bbzlab boshqalarga zarar yetkazadi, o\u02bbzaro kurash, buzg\u02bbunchilik va zo\u02bbravonlik kabi illatlar avj oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muxtasar aytganda, yangi qonunda milliy fazilatlarimiz, diniy qadriyatlarimiz yoritilib, asrlar davomida ulug\u02bb ajdodlarimizdan dono xalqimizga betakror meros bo\u02bblib kelayotgan beqiyos ma\u02bcnaviyatimiz ham inobatga olingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qonun yurtimizda diniy bag\u02bbrikenglik va millatlararo totuvlikni ta\u02bcminlash, barqarorlik saqlash, adovat hamda murosasizlikka sabab bo\u02bbluvchi har qanday illatning payini qirqishda muhim huquqiy asos bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ibrohimjon INOMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisining o\u02bbrinbosari<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cXalq so\u02bbzi\u201d gazetasi 2021-yil 23-iyul, 153-son<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buyuk mutakallim alloma, vatandoshimiz Abu Muin Nasafiy hazratlari ezgulik va yovuzlikdan birini tanlash inson hayotining asosini tashkil etishiga e\u02bctibor qaratar ekan, baxtli yoki baxtsizligi ayni shu sabab bilan bog\u02bbliqligini uqtiradi hamda to\u02bbg\u02bbri tanlovning bir ko\u02bbrinishi jamiyatda mavjud qonunlarga itoat qilishda ekanini aytadi. Darhaqiqat, qonunlarga itoat etish va rioya qilish \u2013 totuvlik hamda tinchlikning asosidir. Barcha &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16726,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNING HUQUQIY ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNING HUQUQIY ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Buyuk mutakallim alloma, vatandoshimiz Abu Muin Nasafiy hazratlari ezgulik va yovuzlikdan birini tanlash inson hayotining asosini tashkil etishiga e\u02bctibor qaratar ekan, baxtli yoki baxtsizligi ayni shu sabab bilan bog\u02bbliqligini uqtiradi hamda to\u02bbg\u02bbri tanlovning bir ko\u02bbrinishi jamiyatda mavjud qonunlarga itoat qilishda ekanini aytadi. Darhaqiqat, qonunlarga itoat etish va rioya qilish \u2013 totuvlik hamda tinchlikning asosidir. Barcha &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-07-24T07:28:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/20210724_gazetauz.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz\",\"name\":\"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNING HUQUQIY ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/20210724_gazetauz.jpg\",\"datePublished\":\"2021-07-24T07:28:31+00:00\",\"dateModified\":\"2021-07-24T07:28:31+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/20210724_gazetauz.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/20210724_gazetauz.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNING HUQUQIY ASOSI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNING HUQUQIY ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNING HUQUQIY ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Buyuk mutakallim alloma, vatandoshimiz Abu Muin Nasafiy hazratlari ezgulik va yovuzlikdan birini tanlash inson hayotining asosini tashkil etishiga e\u02bctibor qaratar ekan, baxtli yoki baxtsizligi ayni shu sabab bilan bog\u02bbliqligini uqtiradi hamda to\u02bbg\u02bbri tanlovning bir ko\u02bbrinishi jamiyatda mavjud qonunlarga itoat qilishda ekanini aytadi. Darhaqiqat, qonunlarga itoat etish va rioya qilish \u2013 totuvlik hamda tinchlikning asosidir. Barcha &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-07-24T07:28:31+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/20210724_gazetauz.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz","name":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNING HUQUQIY ASOSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/20210724_gazetauz.jpg","datePublished":"2021-07-24T07:28:31+00:00","dateModified":"2021-07-24T07:28:31+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/20210724_gazetauz.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/20210724_gazetauz.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16727&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNING HUQUQIY ASOSI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16727"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=16727"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16727\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16728,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16727\/revisions\/16728"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/16726"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=16727"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=16727"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=16727"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}