{"id":16718,"date":"2021-07-23T15:17:57","date_gmt":"2021-07-23T10:17:57","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16718"},"modified":"2021-07-26T10:37:13","modified_gmt":"2021-07-26T05:37:13","slug":"ajdodlar-m%d0%b5rosini-tadqiq-etuvchi-noyob-platforma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz","title":{"rendered":"AJDODLAR M\u0415ROSINI TADQIQ ETUVCHI NOYOB PLATFORMA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>XALQARO KONF\u0415R\u0415NSIYA<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nufuzli xalqaro konferensiyada O\u02bbzbekistonda kechayotgan diniy-ma\u02bcrifiy islohotlar buyuk allomalar ilmiy merosini yanada keng o\u02bbrganish imkoniyatini oshirayotgani e\u02bctirof etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqandda 15 iyul kuni \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d asarining jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qadimiy va nodir qo\u02bblyozma nusxalari\u201d mavzuida xalqaro konferensiya bo\u02bblib o\u02bbtdi. Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Islom hamkorlik tashkilotining Ta\u02bclim, fan va madaniyat masalalari bo\u02bbyicha xalqaro tashkiloti, Islom tarixi, san\u02bcati va madaniyatini tadqiq etish mar\u00adkazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjuman ishtirokchilari mamlakatimizda buyuk muhaddis Imom Buxoriy va boshqa mutafakkir allomalar qoldirgan boy ma\u02bcnaviy xazinani asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga to\u02bbla-to\u02bbkis yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Dunyoviy ilmlarning ko\u02bbhna beshigi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalo, konferensiya islom olamining buyuk siymosi, muhaddislar sultoni Imom Buxoriy tavallud topgan sana arafasida tashkil etilishining o\u02bbziga xos ramziy ma\u02bcnosi bor. Chunki yangi O\u02bbzbekistonga ko\u02bbhna moziy sarhadlaridan ziyo taratib, abadiy yashayotgan bu ulug\u02bb zot kabi buyuk allomalari bilan chin ma\u02bcnoda faxr etish yarashadi. Holbuki, asosiy qismi hozirgi O\u02bbzbekiston hududiga to\u02bbg\u02bbri keladigan qadimgi Movarounnahr nafaqat islomiy, balki dunyoviy ilmlarning ham haqiqiy beshigi bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Konferensiyada 10 dan ziyod xalqaro tashkilot va xorijiy davlatning 40 ga yaqin taniqli ilohiyotchi olimi va mamlakatimizning yetakchi islomshunos mutaxassislari qatnashgani xalqaro va mahalliy ekspertlar hamjamiyatining anjuman mavzusiga bo\u02bblgan katta qiziqishidan dalolat beradi. Konferensiya ishini ekspertlar, mustaqil tadqiqotchilar va tinglovchilar jami 106 nuqtadan turib kuzatib borgani fikrimizni isbotlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ishtirokchilar fikricha, O\u02bbzbekistonda diniy-ma\u02bcrifiy yo\u02bbnalishdagi islohotlar salmoq jihatidan yetakchi o\u02bbrinlarni egallamoqda. Bu esa, ulug\u02bb ajdodlarimizning siyrati, ularning o\u02bblmas asarlari va chuqur ilmiy g\u02bboyalarini yanada izchil o\u02bbrganish, mufassal tadqiq va keng targ\u02bbib etish mas\u02bculiyatini yuklaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Konferensiya ochilishida Ta\u02bclim, fan va madaniyat masalalari bo\u02bbyicha Islom tashkiloti (ICESCO) Bosh direktori Salim Muhammad al-Malik ham so\u02bbzga chiqib, Movarounnahrdan ko\u02bbplab allomalar yetishib chiqqani, ular nafaqat islom, bal\u00adki butun bashariyat sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo\u02bbshganini ta\u02bckidladi. Notiq \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d haqida so\u02bbzlar ekan, uning dunyoda eng ko\u02bbp sharh yozilgan asar ekanini, bugungi kunda ham nufuzli o\u02bbquv dargohlarida akademik tadqiqotlarning bosh mavzusi bo\u02bblib qolayotganini ta\u02bckidladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqaro anjuman yalpi majlisida, shuningdek, Imom Buxoriy shaxsining komillik nuqtai nazaridan yuksak darajasi ham alohida qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san\u02bcati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) Bosh direktori Mahmud Erol Kilich: \u201cIslom ilmlari rivojida asosiy o\u02bbrin tutgan allomalarni haqli ravishda yetuk siymolar sirasida ko\u02bbramiz. Umrini shunday sharafli ishga bag\u02bbishlagan Imom Buxoriyning hayot yo\u02bbli va mashaqqatli ijodi, uning xizmatlari tufayli erishilgan yangi bilimlar mohiyatini jahon bo\u02bbylab kengroq taratishni ota yurtimiz \u2014 O\u02bbzbekistondagi hamkasblarimiz ishtirokisiz amalga oshirishni imkonsiz deb bilamiz\u201d, dedi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ilmu ma\u02bcrifatda yetuk sivilizatsiya markazi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Misrning Al-Azhar islom tadqiqotlari majmuasi Bosh kotibi Muhammad Nazir Ayyad yalpi majlis muhokamalariga yakun yasab, Movarounnahr mutafakkirlarining ulkan xizmatlari samarasi o\u02bblaroq, bu qutlug\u02bb zamin faqat jug\u02bbrofiy nom emas, ilmu ma\u02bcrifatda yetuklikka erishgan alohida bir sivilizatsiya makoni sifatida ham shuhrat qozonganini ta\u02bckidladi. Uning ta\u02bckidlashicha, yurtimizdan yetishib chiqqan olimlar islomiy va dunyoviy ilmlarni boshqacha nazar va o\u02bbzgacha yondashuv bilan o\u02bbrganib, olamshumul natijalarga erishgan. Insoniyat bugungi kunda ham ana shu ilmlarga ehtiyoj sezmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yalpi majlis yakunida \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d asarining jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qadimiy va nodir qo\u02bblyozma nusxalari\u201d deb nomlangan taqdimot namoyish etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shundan so\u02bbng konferensiya o\u02bbz ishini 3 ta sho\u02bbbaga bo\u02bblingan holda davom ettirdi. \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d asarining jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qadimiy va nodir qo\u02bblyozma nusxalari\u201d, \u201cImom Buxoriy ilmiy merosi va hozirgi zamon\u201d, \u201cMovarounnahr ulamolarining islom sivilizatsiyasi rivojiga qo\u02bbshgan hissasi\u201d sho\u02bbbalarida alloma hayoti va ilmiy-ma\u02bcnaviy merosiga doir jami 55 ta ilmiy ma\u02bcruza tinglandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ibratli hayot tarzi taqvoning oliy namunasidir<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchi xulosa. O\u02bbzbekiston diyorini islom ilmlari markazi sifatida e\u02bctirof etish o\u02bbrinlidir. Islom dunyosida umume\u02bctirof etilgan ayni bir haqiqat \u2014 eng ishonchli hisoblangan olti mashhur hadis to\u02bbplamidan to\u02bbrttasi Movarounnahr allomalari tomonidan jamlangani buning yaqqol dalili. Imom Buxoriy esa, ushbu allomalarning eng ulug\u02bbi \u2014 muhaddislar sultoni e\u02bctirofidagi yagona zot.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur fikrni Misrning Al-Azhar islom tadqiqotlari majmuasi Bosh kotibi Muhammad Nazir Ayyad yakdillik bilan tasdiqladi: \u201cImom Buxoriy butun dunyo ulamolarining hurmat va ehtiromiga sazovor bo\u02bblgan ulug\u02bb zotdir. Allomaning 16 yil davomida Payg\u02bbambarimiz alayhissalom sunnatlariga doir eng ishonchli hadislarni jamlash uchun ilm yo\u02bblida chekkan zahmati bir necha o\u02bbn kishining hayotiga tatiydi. Uning shaxsiyati, ibratli hayot tarzi taqvoning oliy namunasidir\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universi\u00adteta professori Farhat Go\u02bbkche yuqoridagi fikrni davom ettirib: \u201cMenga berilgan imkoniyatdan foydalanib, muhaddislar imomi Muhammad ibn Ismoil Buxoriy hazratlarining xulqu maqomatlariga ikki og\u02bbiz to\u02bbxtalib o\u02bbtsam. Ul zotning hayotini o\u02bbrganar ekanmiz, go\u02bbzal xulqi, kamtarligi va tavozesi barchamizda uning ilmiy merosi bilan bir qatorda, shaxsiyatiga ham cheksiz hurmat-ehtirom uyg\u02bbotadi\u201d, deya to\u02bblqinlanib gapirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Al-Azhar islom tadqiqotlari majmuasi kotibiyati mudiri Muhammad Vardaniy konferensiyaning birinchi xulosasiga yakun yasadi: \u201cAlloma o\u02bbz asarlarini yuksak darajada mas\u02bculiyat, roviylarga hech bir muhaddis qo\u02bbymagan qat\u02bciy talablar bilan yondashib yozganini zamondoshlari takror-takror qayd etgan. Shu sababli hech bir hadisshunos Imom Buxoriyning martabasiga erisha olmagan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, islom tarixiga nazar solsak, musulmon ummati Muhammad alayhissalomning muborak hayoti va islom ta\u02bclimotini sinchkovlik bilan o\u02bbrgangan. Ular orasida muhaddislar sultoni \u2014 Imom Buxoriyning tutgan o\u02bbrni beqiyosdir. Uning \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d to\u02bbplami diniy ahkomlar va axloqiy ko\u02bbrsatmalarning asosiy manbai sifatida tan olingan. Aynan shu e\u02bctirof konferensiya ishtirokchilarining ikkinchi xulosasiga yo\u02bbl ochdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchi xulosa. Imom Buxoriyning ma\u02bcnaviy merosi, xususan, \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d asari islom dinining asl mohiyatini, insonparvarlik va bag\u02bbrikenglik g\u02bboyalarini o\u02bbzida aks ettirgan muhim manbadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haqiqatan ham, muhaddislikda \u201csahih\u201d yo\u02bbnalishi asoschisi hisoblanmish Imom Buxoriy minglab islom ulamolaridan 600 mingdan ortiq hadis to\u02bbplab, ular orasidan 7275 ta eng ishonchlisini saralab olib, \u201cAl-Jome as-sahih\u201d kitobiga kiritgan. Mazkur asar hadis to\u02bbplamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ko\u02bbplab muammolarga yechim topadigan noyob manba<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Malayziyaning Islomni anglash instituti ilmiy xodimi Muhammad Mustaqim Malikning so\u02bbzlariga ko\u02bbra, \u201cSahih ul-Buxoriy\u201dning mo\u02bbtabarligi shundaki, ushbu asar uzoq o\u02bbtmishda yozilgan manba bo\u02bblishiga qaramay, undan insoniyat bugungi kunda duch kelayotgan ko\u02bbplab muammolarga ham yechim topishi mumkin. Xususan, COVID-19 pandemiyasi tarqalishining oldini olishda zamonaviy tibbiyot qo\u02bbllayotgan \u2014 \u201cepi\u00addemiya o\u02bbchoqlariga borishdan saqlanish, ijtimoiy masofani saqlash, kasallanganlarni alohidalash\u201d kabi choralar Payg\u02bbambarimiz alayhissalom tomonidan tavsiya etilganini ko\u02bbrish mumkin. Imom Buxoriy buni o\u02bbz asariga kiritish chog\u02bbida kelajak avlodlarni o\u02bbylagan bo\u02bblishi ehtimoldan xoli emas\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Notiqning bu so\u02bbzlari asarning bugungi kun uchun ham dolzarb qiymati, ayniqsa, butun jahon koronavirus nomli ko\u02bbrinmas yov bilan kurashayotgan ayni paytdagi yuksak ahamiyatini ham tasdiqlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mohiyat jihatidan \u201cAl-Jome as-sahih\u201d to\u02bbplami chin ma\u02bcnoda Qur\u02bconi karimdan keyin islom dinining ikkinchi muqaddas manbai hisoblanadi. Hadis keltirib, uning manbasi sifatida Imom Buxoriy ko\u02bbrsatiladigan bo\u02bblsa, uning ishonchliligi xususida hech bir shubha qolmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Imom Buxoriy 600 ming hadis orasidan eng sahihlarini saralab, ularni illatlilardan xalos etgan. Soddaroq aytadigan bo\u02bblsak, buyuk muhaddis hadislarni \u201cdavolagan\u201d, \u2014 deydi Turkiyaning Ibn Xaldun universiteti professori Muhyiddin Avvoma.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umumiy jihatdan islomni anglashning ikki asosiy usuli mavjud bo\u02bblib, ulardan asosiysi Qur\u02bconni o\u02bbqish va o\u02bbrganishdir. Imom Buxoriy asari orqali islomni in\u02bcikos etish yana bir usuldir. Chunki unda Payg\u02bbambarimiz alayhissalomning eng ishonchli sunnatlari mujassamdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Mahfuza Alimova asarning yuksak qiymati uning o\u02bbquvchi tomonidan nisbatan oson o\u02bbzlashtirilishida ham ekanini alohida qayd etdi: \u201cOliy isnodli hadislar o\u02bbrganilar ekan, Imom Buxoriy tanlagan usul naqadar mukammalligiga yana bir bor guvoh bo\u02bblamiz. \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d jome uslubida yozilgan bo\u02bblib, roviylar emas, mavzular bo\u02bbyicha kitoblar va boblarga ajratilgani uning eng murakkab, ta\u02bcbir joiz bo\u02bblsa, akademik tadqiqot ekanini, o\u02bbsha davrgacha misli ko\u02bbrilmagan jur\u02bcat va shijoat samarasi bo\u02bblganini namoyon etadi. Mehnati shu qadar og\u02bbir bo\u02bblgani uchun ham ushbu asar juda qulay va oson o\u02bbqib o\u02bbrganiladi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Germaniyalik olimlarni hayratga solgan qo\u02bblyozmalar<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Konferensiyaning ishtirokchi mehmonlari, ayniqsa, mazkur asar qo\u02bblyozmalari saqlanayotgan mamlakatlar vakillari ulkan tarixiy qiymatga ega nodir xazina aynan ularning vatanida joy egallaganidan faxr tuyishlarini bildirdilar. Germaniyaning Leypsig universiteti professori Stefani Brinkman so\u02bbzlariga e\u02bctibor bering: \u201cImom Buxoriy asarlarining XV asrga oid qo\u02bblyozma nusxalari Germaniyaning Leypsig universitetida saqlanishi biz uchun sharafdir. Bu germaniyalik olimlarni yangi-yangi izlanishlarga undaydi. O\u02bbrta asrlarga oid ushbu qo\u02bblyozma asarlarning mukammalligi bizni doimo hayratga soladi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy ajdodimiz ekani esa, bizga iftixor bag\u02bbishlaydi. Shuning uchun asarni o\u02bbrganish, undagi hadislar va ular mohiyatini yosh avlod ongiga yetkazish, odamlar ma\u02bcnaviyatini aynan shu ziynat bilan bezash hammadan ham ko\u02bbra biz uchun g\u02bboyat qadrli va alohida qiymatga ega. Bu esa, konferensiyaning uchinchi xulosasiga asos bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchi xulosa. O\u02bbzbekistonda milliy va diniy qadriyatlarni rivojlantirish, tinchlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Taassuf bilan aytish kerakki, uzoq yillar mintaqamizda ateizm baland mavqe tutgan siyosiy tuzum hukmronligi davrida muqaddas islom dini va uning namoyandalaridan bo\u02bblmish ulug\u02bb tarixiy siymo \u2014 Imom Buxoriy shaxsiyati va faoliyatiga noxolis baho berildi. Bu o\u02bbsha davrda fan va jamiyatning ijtimoiy tafakkurini boshqarib turgan hukmron mafkura talablaridan biri edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shukrlar bo\u02bblsinki, Alloh taolo bizga ajdodlarimiz nomi va ularning boy ma\u02bcnaviy-ma\u02bcrifiy, yuksak ilmiy qiymatdagi \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d kabi shoh asarlarini qaytarib berdi. Chunki buyuk ajdodlar merosi, avvalo, uning bevosita avlodlariga tegishlidir. Buning uchun tarixiy asoslar yetarli.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cTarixdan bilamizki, O\u02bbrta Osiyoga islom dinining kirib kelishi ummaviylar davriga borib taqaladi. O\u02bbsha yillardan boshlab, bu sharofatli zaminda islomiy va dunyoviy ilmlar keng ko\u02bblamda rivojlandi. Movarounnahrdan yetishib chiqqan olimlar nafaqat islom dunyosi, balki butun jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshganini alohida ta\u02bckidlashni istardim. Buyuk ajdodlaringiz ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish, tadqiq etish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir\u201d, dedi Malayziya xalqaro islom universiteti professori Muhammad Said.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan xayrli amal<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi kunda yangi O\u02bbzbekiston diniy-ma\u02bcrifiy sohada islohotlarni izchil davom ettirib, o\u02bbz fuqarolarining vijdon va e\u02bctiqod erkinligini to\u02bbla ta\u02bcminlaydigan va islomning insonparvarlik va taraqqiyparvarlik mohiyatini baralla tarannum qiladigan mamlakatga aylandi. Yurtimizning bu borada jahon miqyosida oshib borayotgan salohiyati konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan e\u02bctirof etilishi bilan birga, hamkorlikda hayotga tatbiq etilishi lozim bo\u02bblgan amaliy takliflar ham bildirildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir so\u02bbz bilan aytganda, O\u02bbzbekiston o\u02bbz Prezidenti rahbarligida ijtimoiy-ma\u02bcnaviy jabhada milliy an\u02bcanalariga sodiq qolgan holda, ilmni rag\u02bbbatlantirish yo\u02bblida shahdam odimlamoqda. Biz islom ta\u02bclimotini ma\u02bcnaviy qadriyatlarning yaxlit tizimi, mushtarak hayot, xulq-atvor va fikrlash tarzi deb qabul qilamiz hamda shu tarzda o\u02bbz hayotimizga chuqur singdirganmiz. Shuning uchun islom dinining asl mohiyatini tadqiq etish, undagi ezgulikka yo\u02bbg\u02bbrilgan g\u02bboyalarni asl ma\u02bcnosida targ\u02bbib qilishga alohida e\u02bctibor qaratyapmiz. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishidan ko\u02bbzlangan asosiy maqsad ham shu. Bu esa, nihoyat, konferensiyaning oxirgi xulosasini keltirib chiqardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbrtinchi xulosa. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Movarounnahrdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy merosini tadqiq etish, mazmun-mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazishda o\u02bbziga xos plat\u00adforma bo\u02bblib xizmat qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markazda, odatda, jo\u02bbshqin bahs va munozaralarga boy tarzda o\u02bbtadigan bu kabi muhim va nu\u00adfuzli anjumanlarga davomli ravishda mezbonlik qilish odat tusiga kirgan. Shu sabab ishtirokchilar markaz faoliyati va uning erishayotgan yutuqlari to\u02bbg\u02bbrisida ko\u02bbplab ma\u02bclumotga ega bo\u02bbldilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014 Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini islomiy ilmiy meros va, umuman, sunnatni muhofaza qilish uchun ta\u02bcsis etilgan muassasa deb ham bilaman, \u2014 dedi Turkiyaning Marmara universiteti professori Ayshe Shehyar xonim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Zohidjon Islomov so\u02bbzlariga ko\u02bbra, bugungi kunda 33 mamlakatdagi yetmishdan ziyod fondda \u201cSahih ul-Buxoriy\u201dning 820 ta qo\u02bblyozmasi saqlanayotgani aniqlangan. Ularning nusxalarini jamlash, tadqiq etish va keng jamoatchilikka taqdim qilish Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va boshqa shunday muassasalar oldida turgan dolzarb vazifa, xalqimiz asrlar davomida orzu qilib kelgan xayrli amaldir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha ishtirokchilar tomonidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Movarounnahrdan yetishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar hayoti va ilmiy merosini tadqiq etish, mazmun-mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazishda o\u02bbziga xos platforma vazifasini bajarayotgani birdek qayd etildi. Xususan, anjuman bu yo\u02bbldagi xayrli sa\u02bcy-harakatlardan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekistondagi islohotlarning yorqin natijalaridan mamnunmiz!<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjuman qatnashchilari O\u02bbzbekistonda milliy va diniy qadriyatlarni rivojlantirish, tinchlikni mustahkamlash, millatlararo totuvlik va diniy bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlash borasidagi islohotlarning yorqin natijalariga yuksak baho berdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ishtirokchilar Imom Buxoriyning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini, islom sivilizatsiyasi rivojiga qo\u02bbshgan hissasini chuqur o\u02bbrganish, alloma asarlarini tarjima qilish va sharhlarini o\u02bbrganish asosida tarbiyaviy ahamiyatga doir turkum risolalar chop etish, \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d asarining xorij fondlarida saqlanayotgan qadimiy qo\u02bblyozmalarni aniqlashni davom ettirish, ularning imkon qadar mukammal to\u02bbldirilgan kataloglarini yaratish va xalqaro ko\u02bbrgazmalar tashkil etish borasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan amaliy takliflarni ilgari surdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, ulug\u02bb alloma va mutafakkirlarning ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi asosida yosh avlodni yot va buzg\u02bbunchi g\u02bboyalar ta\u02bcsiridan himoya qilishga qaratilgan xalqaro anjumanlar tashkil qilish, O\u02bbzbekistonning diniy-ma\u02bcrifiy sohani rivojlantirish, mutaassiblik va ekstremizmga qarshi kurashdagi ijobiy tajribasini ommalashtirish ham maqsadga muvofiq ekani ta\u02bckidlandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib, ishtirokchilar tomonidan kelgusida o\u02bbzaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, diniy-ma\u02bcrifiy mavzularga bag\u02bbishlangan xalqaro anjumanlar o\u02bbtkazish, Imom Buxoriy ilmiy merosini chuqur o\u02bbrganish, mazmun-mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, alloma qalamiga mansub asarlarning qadimiy qo\u02bblyozmalarini avaylab-asrash va kelajak avlodga yetkazishga doir tadbirlarni o\u02bbzaro hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Anjuman nihoyasida \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d asarining\u00a0 jahon\u00a0\u00a0 kutubxonalarida\u00a0 saqlanayotgan qadimiy va nodir qo\u02bblyozma nusxalari\u201d mavzuidagi xalqaro konferensiyaning yakuniy bayonoti qabul qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbz yakunida konferensiyaning yana bir ishtirokchisi, Qozog\u02bbistondagi Abu Hanifa ilmiy-tadqiqot markazi direktori, professor Shamshiddin Karimning anjuman davomida bildirgan quyidagi fikrlarini keltirish o\u02bbrinlidir: \u201cAlloma to\u02bbplagan hadislarda mehr-oqibat, insonparvarlik, ota-ona va kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat, halollik va bag\u02bbrikenglik kabi fazilatlar, yosh avlod uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo\u02bblgan o\u02bbgitlar keng o\u02bbrin olgan. Sirasini aytganda, alloma asarlari bugungi kunga qadar musulmon dunyosi uchun ma\u02bcnaviy-axloqiy qo\u02bbllanma bo\u02bblib xizmat qilmoqda va bundan keyin ham shunday bo\u02bblib qoladi\u201d.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Sherzod MAMATOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot kotibi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2021-yil 23-iyul, \u2116147(403)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>XALQARO KONF\u0415R\u0415NSIYA Nufuzli xalqaro konferensiyada O\u02bbzbekistonda kechayotgan diniy-ma\u02bcrifiy islohotlar buyuk allomalar ilmiy merosini yanada keng o\u02bbrganish imkoniyatini oshirayotgani e\u02bctirof etildi. Samarqandda 15 iyul kuni \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d asarining jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qadimiy va nodir qo\u02bblyozma nusxalari\u201d mavzuida xalqaro konferensiya bo\u02bblib o\u02bbtdi. Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Islom hamkorlik tashkilotining Ta\u02bclim, fan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16716,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>AJDODLAR M\u0415ROSINI TADQIQ ETUVCHI NOYOB PLATFORMA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"AJDODLAR M\u0415ROSINI TADQIQ ETUVCHI NOYOB PLATFORMA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"XALQARO KONF\u0415R\u0415NSIYA Nufuzli xalqaro konferensiyada O\u02bbzbekistonda kechayotgan diniy-ma\u02bcrifiy islohotlar buyuk allomalar ilmiy merosini yanada keng o\u02bbrganish imkoniyatini oshirayotgani e\u02bctirof etildi. Samarqandda 15 iyul kuni \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d asarining jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qadimiy va nodir qo\u02bblyozma nusxalari\u201d mavzuida xalqaro konferensiya bo\u02bblib o\u02bbtdi. Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Islom hamkorlik tashkilotining Ta\u02bclim, fan &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-07-23T10:17:57+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-07-26T05:37:13+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/ajdodd.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz\",\"name\":\"AJDODLAR M\u0415ROSINI TADQIQ ETUVCHI NOYOB PLATFORMA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/ajdodd.jpg\",\"datePublished\":\"2021-07-23T10:17:57+00:00\",\"dateModified\":\"2021-07-26T05:37:13+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/ajdodd.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/ajdodd.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"AJDODLAR M\u0415ROSINI TADQIQ ETUVCHI NOYOB PLATFORMA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"AJDODLAR M\u0415ROSINI TADQIQ ETUVCHI NOYOB PLATFORMA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"AJDODLAR M\u0415ROSINI TADQIQ ETUVCHI NOYOB PLATFORMA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"XALQARO KONF\u0415R\u0415NSIYA Nufuzli xalqaro konferensiyada O\u02bbzbekistonda kechayotgan diniy-ma\u02bcrifiy islohotlar buyuk allomalar ilmiy merosini yanada keng o\u02bbrganish imkoniyatini oshirayotgani e\u02bctirof etildi. Samarqandda 15 iyul kuni \u201cSahih ul-Buxoriy\u201d asarining jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qadimiy va nodir qo\u02bblyozma nusxalari\u201d mavzuida xalqaro konferensiya bo\u02bblib o\u02bbtdi. Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Islom hamkorlik tashkilotining Ta\u02bclim, fan &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-07-23T10:17:57+00:00","article_modified_time":"2021-07-26T05:37:13+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/ajdodd.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz","name":"AJDODLAR M\u0415ROSINI TADQIQ ETUVCHI NOYOB PLATFORMA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/ajdodd.jpg","datePublished":"2021-07-23T10:17:57+00:00","dateModified":"2021-07-26T05:37:13+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/ajdodd.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/ajdodd.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16718&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"AJDODLAR M\u0415ROSINI TADQIQ ETUVCHI NOYOB PLATFORMA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16718"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=16718"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16718\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16745,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16718\/revisions\/16745"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/16716"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=16718"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=16718"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=16718"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}