{"id":16695,"date":"2021-07-23T11:53:59","date_gmt":"2021-07-23T06:53:59","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16695"},"modified":"2021-07-23T11:53:59","modified_gmt":"2021-07-23T06:53:59","slug":"kamolot-sari-yoxud-uchinchi-renessansning-ilmiy-ma%ca%bcnaviy-poydevori-mustahkamlanmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz","title":{"rendered":"KAMOLOT SARI yoxud Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevori mustahkamlanmoqda"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ezgu niyat bilan yerga qadalgan har qanday urug\u02bb, ekilgan har bir ko\u02bbchat, albatta, ko\u02bbkaradi, unib-o\u02bbsadi. Jamiyatimiz taraqqiyotining beshta strategik yo\u02bbnalishida o\u02bbz ifodasini topgan ezgu maqsadlarga mos ravishda 2017 yilda asos solingan O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ham o\u02bbtgan yillar davomida murg\u02bbak niholdan yetuk mevali daraxtga aylanish yo\u02bblini bosib o\u02bbtdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 23 iyunda \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O\u02bbzbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qaror imzolanganidan boshlab o\u02bbtgan qisqa davrda markazda e\u02bctiborga molik ishlar amalga oshirildi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom madaniyati markazi Islom sivilizatsiyasi markazi deb ataldi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy-tarixiy konsepsiyasi yaratildi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">markazning ilmiy-boshqaruv jamoasi, asosan, yosh, iqtidorli mutaxassislar hisobiga shakllantirildi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi jahonning o\u02bbttizga yaqin turdosh ilmiy muassasasi bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">mingga yaqin nodir qo\u02bblyozma va toshbosma asar, o\u02bbttiz mingga yaqin zamonaviy asar va yuz mingga yaqin elektron kitobni o\u02bbzida jam qilgan kutubxona shakllantirildi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">markazning ilmiy-ommabop jurnali chop etila boshlandi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">eng muhimi, Islom sivilizatsiyasi marka\u00adzi jamoasi o\u02bbzbek xalqining buyuk ajdodlari Xorazmiy, Farg\u02bboniy, Buxoriy, Termiziy, Moturidiy, Nasafiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug\u02bbbek kabi mutafakkir va olimlarning bebaho merosini izchil o\u02bbrganish hamda keng miqyosda targ\u02bbib qilishga kirishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom sivilizatsiyasi markazi mutaxassislari mamlakatning boshqa turdosh muassasalari bilan hamkorlikda uzoq va yaqin o\u02bbtmishda buyuk ajdodlarimiz islom va jahon tamadduniga qo\u02bbshgan bebaho va buyuk hissasi asosida islom dinining ezgulik, insonparvarlik, ilm-fanga da\u02bcvat qiluvchi, bag\u02bbrikenglik hamda bunyodkorlik mohiyatini ko\u02bbrsatib berish va keng targ\u02bbib qilishni yo\u02bblga qo\u02bbydilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mamlakatimiz tarixida so\u02bbnggi yillarda ro\u02bby bergan buyuk o\u02bbzgarishlar, xalqimiz va jahon jamoatchiligi e\u02bctirof etayotgan xalqni rozi qilish, O\u02bbzbekistonni jahonning yetakchi mamlakatlari qatoriga olib chiqish yo\u02bblidagi islohotlar va shiddat bilan o\u02bbzgarayotgan zamon Islom sivilizatsiyasi markazi oldiga ham yangi maqsad va vazifalarni qo\u02bbyishni taqozo qilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbarining 2021 yil 16 iyuldagi \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori shu munosabat bi\u00adlan qabul qilindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qaror markazning \u201cUchinchi Renessans \u2014 Yangi O\u02bbzbekiston\u201d g\u02bboyasini, ilmiy-ma\u02bcnaviy va ma\u02bcrifiy merosni, yangi zamon avlodini, shakllantirishda faol ishtirok etuvchi, mamlakat tarixining yangi yuksalish davrida shonli o\u02bbtmish yutuqlaridan buyuk kelajak poydevorini qurishda foydalanishni ilmiy asosda o\u02bbrganib, keng jamoatchilikka yetkazib beradigan, islom dini bilan bog\u02bbliq milliy qadriyat va an\u02bcanalarni targ\u02bbib qiluvchi ilmiy-ma\u02bcrifiy maskanga aylanishi uchun huquqiy asos yaratmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu muhim hujjatda muqaddas islom dini bilan bog\u02bbliq boy merosni ilmiy tadqiq etish, uning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojidagi o\u02bbrnini innovatsion usullar orqali targ\u02bbib qilish, ko\u02bbhna Movarounnahr zaminida sodir bo\u02bblgan umummilliy yuksalishlar, tarixiy renessanslarning ildizlari va mazmun-mohiyatini mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish bo\u02bbyicha zarur choralarni ko\u02bbrish, buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduni, dunyoviy va diniy ilmlar rivojiga qo\u02bbshgan hissasini eng zamonaviy usul va vositalar orqali yoritib borish, yoshlarni ilm-ma\u02bcrifatga da\u02bcvat etadigan, milliylik va diniylik o\u02bbrtasidagi uyg\u02bbunlik mohiyatini keng targ\u02bbib qilishga qaratilgan media mahsulotlar, ilmiy ishlanma va tavsiyalar tayyorlash markazning asosiy vazifalari etib belgilandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, endilikda ushbu muassasa ziyorat turizmining ilmiy asoslari bo\u02bbyicha yetarli nazariy bilim va amaliy ko\u02bbnikmaga ega gid-tarjimonlar tayyorlash, ularning malakasini tizimli oshirib borish, ilm-fanning jadal taraqqiyotini ko\u02bbrsatib beruvchi sermazmun eksponatlar fondi, qo\u02bblyozma va zamonaviy nashrlardan iborat boy kutubxonalar tizimini shakllantirish va ularning jahon muzeylari, kutubxonalari tarmog\u02bbi o\u02bbrtasidagi mustahkam aloqasini ta\u02bcminlash, o\u02bbzbek xalqining islom sivilizatsiyasi ravnaqiga qo\u02bbshgan hissasi bo\u02bbyicha fundamental tadqiqotlar dasturlari va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini qo\u02bbllab-quvvatlash bilan shug\u02bbullanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Markazda islom sivilizatsiyasini tadqiq etish sohasining dolzarb ilmiy-nazariy va uslubiy masalalariga bag\u02bbishlangan milliy va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, simpoziumlar, ko\u02bbrgazmalar va ilmiy ma\u02bcruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma\u02bcrifiy tadbirlar doimiy asosda tashkil etib boriladi, yurtimizdagi muzey va kutubxonalar xodimlarining kasbiy mahorat va salohiyatini oshirish bo\u02bbyicha ilmiy-amaliy va uslubiy treninglar yo\u02bblga qo\u02bbyiladi. Shu tariqa O\u02bbzbekiston va dunyo ilmiy jamoatchiligi bu yo\u02bbnalishdagi yangi tadqiqotlar natijalaridan boxabar bo\u02bblib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yerda islom tarixi va madaniyati yo\u02bbnalishiga oid bilimlarni oshirish, qadimiy qo\u02bblyozma va toshbosma asarlarni ta\u02bcmirlash, qog\u02bboz tayyorlash, muqovasozlik, xattotlik san\u02bcatini tiklash, islom manbalarini o\u02bbrganish bo\u02bbyicha tashkil etiladigan o\u02bbquv kurslari nafaqat tadqiqotchilarimiz, balki butun xalqimiz uchun ilhom va ijod manbai bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cUchinchi Renessans \u2013 Yangi O\u02bbzbekiston\u201d g\u02bboyasining mazmun-mohiyati, uning ilm-fan rivoji, dinlararo va millatlararo bag\u02bbrikenglikni ta\u02bcminlashdagi roli va ahamiyati jamoatchilik orasida keng targ\u02bbib qilinishi yurtimizdagi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga, ilmiy yutuqlarga intilish yo\u02bblidagi sa\u02bcy-harakatlarni yanada faollashtirishga, xalqaro ilmiy-madaniy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga keng yo\u02bbl ochadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarorga muvofiq, ajdodlarimiz ilmiy merosini tadqiq etish va yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ\u02bbib qilish bo\u02bbyicha ishlab chiqiladigan \u201cyo\u02bbl xaritasi\u201d belgilangan vazifalarni tizimli ravishda, barcha manfaatdor idora va tashkilotlarning yaqin hamkorligi asosida, aniq maqsadlarga yo\u02bbnalgan tarzda bajarish imkonini beradi. Ya\u02bcni markaz oldiga qo\u02bbyilayotgan ulkan vazifalar faqat uning zimmasidagi majburiyat bo\u02bblib qolmay, butun mamlakatning ezgu va ulug\u02bb maqsadi sifatida maydonga chiqadi. Bu orqali ko\u02bbplab idora va tashkilotlarning hamkorligi faollashishi barobarida hamyurtlarimizning jipsligi, bir-biriga xayrixohligi kuchayadi, Vatan taqdiri, uning sha\u02bcnu shavkati uchun mas\u02bcullik, daxldorlik hissi yanada kuchayadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamoatchilikning alohida e\u02bctiborini tortadigan yanabir jihat qarorda ushbu muassasa huzurida O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamg\u02bbarmasi tashkil etilishi belgilab qo\u02bbyilganidir. Ushbu jamg\u02bbarma ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asar va hujjatlarni xarid qilish orqali markaz kitob fondini kengaytirishga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqotlarga ko\u02bbmaklashish, tadqiqot ishlarini qo\u02bbllab-quvvatlash uchun grantlar ajratish, tashkil qilinadigan turli anjumanlarni moliyalashtirish borasida ham yangi imkoniyatlar yaratadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yerda Samarqand qog\u02bbozini tayyorlash, muqovasozlik va xattotlikning qadimiy an\u02bcanalarini tiklash bo\u02bbyicha ustaxonalaboratoriya tashkil etish g\u02bboyasi ham tahsinga sazovor. Samarqand qog\u02bbozi asrlar davomida dovrug\u02bb qozonib kelayotgan bo\u02bblishiga qaramay, hanuzgacha faqat Samarqandning o\u02bbz brendi bo\u02bblib, tor mahalliy va havaskorlik-sayyohlik doirasi bilan cheklanib qolayotgan edi. Uning markazlashgan holda, zamonaviy asbob-uskunalar va hisoblash texnikasi yordamida tadqiq etilishi va tayyorlanishi yana bir milliy qadriyatimizni xalqaro brendga aylantirishga yo\u02bbl ochishi, shubhasiz. Bu Samarqand qog\u02bbozini tayyorlaydigan mutaxassislar hamjamiyatining ham jug\u02bbrofiy, ham miqdoriy kengayishiga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimiz qarori g\u02bboyatda keng ko\u02bblamli maqsadlarni qamragan bo\u02bblib, unda markaz muzeyi ekspozitsiyalari va kutubxonasi fondini shakllantirish, aholidan xarid qilinadigan qo\u02bblyozma, toshbosma, bosma asarlar, tarixiy hujjatlar, eksponatlarni tahlil qilish, saralash, ularning noyobligini aniqlash va baholash bo\u02bbyicha ekspertlik komissiyasi tuzish, tarixiy yozma manbalarni markazlashgan holda saqlash, tadqiq etish, ularning holatini doimiy monito\u00adring qilish bo\u02bbyicha mas\u02bcul davlat muassasasi etib belgilandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu bilan markazga davlat tasarrufidagi barcha muzey, kutubxona, arxiv fondlari va boshqa davlat muassasalaridagi qadimiy qo\u02bblyozma hamda toshbosma manbalar ro\u02bbyxatini shakllantirish vazifasi yuklatiladi. Shu tariqa butun ilmiy-ma\u02bcnaviy merosimizning himoyasi va yagona ilmiy-tadqiqot manbai sifatida shakllanishi ta\u02bcminlanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimizning ushbu qarori yurtimizda ezgu niyatlar bilan amalga oshirilayotgan megaloyihalardan biri \u2014 O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kamoloti yo\u02bblida navbatdagi muhim qadamdir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Shoazim MINOVAROV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2021-yil 20-iyul, \u2116146(402)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ezgu niyat bilan yerga qadalgan har qanday urug\u02bb, ekilgan har bir ko\u02bbchat, albatta, ko\u02bbkaradi, unib-o\u02bbsadi. Jamiyatimiz taraqqiyotining beshta strategik yo\u02bbnalishida o\u02bbz ifodasini topgan ezgu maqsadlarga mos ravishda 2017 yilda asos solingan O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ham o\u02bbtgan yillar davomida murg\u02bbak niholdan yetuk mevali daraxtga aylanish yo\u02bblini bosib o\u02bbtdi. Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 23 iyunda \u201cO\u02bbzbekiston &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16693,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>KAMOLOT SARI yoxud Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevori mustahkamlanmoqda - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"KAMOLOT SARI yoxud Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevori mustahkamlanmoqda - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ezgu niyat bilan yerga qadalgan har qanday urug\u02bb, ekilgan har bir ko\u02bbchat, albatta, ko\u02bbkaradi, unib-o\u02bbsadi. Jamiyatimiz taraqqiyotining beshta strategik yo\u02bbnalishida o\u02bbz ifodasini topgan ezgu maqsadlarga mos ravishda 2017 yilda asos solingan O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ham o\u02bbtgan yillar davomida murg\u02bbak niholdan yetuk mevali daraxtga aylanish yo\u02bblini bosib o\u02bbtdi. Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 23 iyunda \u201cO\u02bbzbekiston &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-07-23T06:53:59+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz230721.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz\",\"name\":\"KAMOLOT SARI yoxud Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevori mustahkamlanmoqda - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz230721.jpg\",\"datePublished\":\"2021-07-23T06:53:59+00:00\",\"dateModified\":\"2021-07-23T06:53:59+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz230721.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz230721.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"KAMOLOT SARI yoxud Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevori mustahkamlanmoqda\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"KAMOLOT SARI yoxud Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevori mustahkamlanmoqda - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"KAMOLOT SARI yoxud Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevori mustahkamlanmoqda - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Ezgu niyat bilan yerga qadalgan har qanday urug\u02bb, ekilgan har bir ko\u02bbchat, albatta, ko\u02bbkaradi, unib-o\u02bbsadi. Jamiyatimiz taraqqiyotining beshta strategik yo\u02bbnalishida o\u02bbz ifodasini topgan ezgu maqsadlarga mos ravishda 2017 yilda asos solingan O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ham o\u02bbtgan yillar davomida murg\u02bbak niholdan yetuk mevali daraxtga aylanish yo\u02bblini bosib o\u02bbtdi. Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 23 iyunda \u201cO\u02bbzbekiston &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-07-23T06:53:59+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz230721.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz","name":"KAMOLOT SARI yoxud Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevori mustahkamlanmoqda - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz230721.jpg","datePublished":"2021-07-23T06:53:59+00:00","dateModified":"2021-07-23T06:53:59+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz230721.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz230721.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16695&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"KAMOLOT SARI yoxud Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevori mustahkamlanmoqda"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16695"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=16695"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16695\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16696,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16695\/revisions\/16696"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/16693"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=16695"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=16695"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=16695"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}