{"id":16596,"date":"2021-07-16T18:48:45","date_gmt":"2021-07-16T13:48:45","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16596"},"modified":"2021-07-16T18:48:45","modified_gmt":"2021-07-16T13:48:45","slug":"o%ca%bbzbekiston-respublikasi-vazirlar-mahkamasi-huzuridagi-o%ca%bbzbekistondagi-islom-sivilizatsiyasi-markazi-faoliyatini-yanada-takomillashtirishga-doir-qo%ca%bbshimcha-chora-tadbirlar-to%ca%bbg","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida"},"content":{"rendered":"<h4 class=\"mt0\" style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i<\/span><\/h4>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xalqning bunyodkorlik qudrati jo\u02bbsh urgan hozirgi zamonda Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevorini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatning islom sivilizatsiyasini rivojlantirish borasidagi rolini yanada oshirish hamda buyuk allomalarning jahon tamadduniga qo\u02bbshgan hissasini milliy va xalqaro miqyosda ommalashtirish maqsadida:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">1.Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Madaniyat vazirligining\u00a0<strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini<\/strong>\u00a0(keyingi o\u02bbrinlarda \u2013 Markaz):<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cUchinchi Renessans \u2013 Yangi O\u02bbzbekiston\u201d<\/strong>\u00a0g\u02bboyasini keng targ\u02bbib qiluvchi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">mamlakat tarixining\u00a0<strong>yangi yuksalish davridagi yutuqlarini ilmiy asosda o\u02bbrganuvchi<\/strong>, uni\u00a0<strong>keng jamoatchilikka yetkazib beruvchi<\/strong>;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">moddiy madaniy meros namunalarini,\u00a0<strong>islom dini bilan bog\u02bbliq qadimiy\u00a0<\/strong>va<strong>\u00a0boy an\u02bcanalarni targ\u02bbib qiluvchi ilmiy-ma\u02bcrifiy maskanga aylantirish<\/strong>\u00a0to\u02bbg\u02bbrisidagi taklifi ma\u02bcqullansin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2. Quyidagilar Markazning\u00a0<strong>yangilangan asosiy vazifalari<\/strong>\u00a0etib belgilansin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">muqaddas islom dini bilan bog\u02bbliq\u00a0<strong>boy merosni ilmiy tadqiq etish<\/strong>, uning Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi rivojidagi o\u02bbrnini\u00a0<strong>innovatsion usullar orqali targ\u02bbib qilish<\/strong>;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekistonda yuz bergan\u00a0<strong>umummilliy yuksalishlar<\/strong>,\u00a0<strong>tarixiy renessanslarning ildizlari<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>mazmun-mohiyatini<\/strong>\u00a0mamlakat aholisi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish bo\u02bbyicha zarur choralarni ko\u02bbrish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">buyuk ajdodlarning\u00a0<strong>jahon tamadduni<\/strong>,\u00a0<strong>diniy<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>dunyoviy<\/strong>\u00a0<strong>ilmlar rivojiga qo\u02bbshgan hissasini<\/strong>\u00a0eng zamonaviy usullar va vositalar orqali\u00a0<strong>yoritib borish<\/strong>;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">yoshlarni\u00a0<strong>ilm-ma\u02bcrifatga da\u02bcvat etadigan<\/strong>,\u00a0<strong>milliylik va diniylik o\u02bbrtasidagi uyg\u02bbunlik mohiyatini keng targ\u02bbib qilishga<\/strong>\u00a0qaratilgan media mahsulotlar, ilmiy ishlanma va tavsiyalarni tayyorlash;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">ziyorat turizmining ilmiy asoslari bo\u02bbyicha\u00a0<strong>yetarli nazariy bilim va amaliy ko\u02bbnikmalarga ega gid-tarjimonlarni tayyorlash<\/strong>\u00a0hamda ularning\u00a0<strong>malakasini tizimli oshirib borishni<\/strong>\u00a0ta\u02bcminlash;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">ilm-fanning jadal taraqqiyotini ko\u02bbrsatib beruvchi\u00a0<strong>sermazmun eksponatlar fondi<\/strong>,\u00a0<strong>qo\u02bblyozma<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>zamonaviy nashrlardan iborat boy kutubxonalar tizimini shakllantirish<\/strong>\u00a0hamda ularning\u00a0<strong>jahon muzeylari<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>kutubxonalari tarmog\u02bbiga ulanishini<\/strong>\u00a0ta\u02bcminlash;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekiston xalqining islom sivilizatsiyasiga qo\u02bbshgan hissasi bo\u02bbyicha\u00a0<strong>fundamental tadqiqotlar dasturlari<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>ilmiy loyihalarni<\/strong>\u00a0<strong>ishlab<\/strong>\u00a0<strong>chiqish<\/strong>\u00a0va ularning amalga oshirilishini qo\u02bbllab-quvvatlash;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>islom sivilizatsiyasini tadqiq etish sohasining dolzarb ilmiy-nazariy<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>uslubiy<\/strong>\u00a0<strong>masalalariga bag\u02bbishlangan<\/strong>\u00a0konferensiyalar, simpoziumlar, ko\u02bbrgazmalar va ilmiy ma\u02bcruzalar, seminar-treninglar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma\u02bcrifiy tadbirlarni doimiy tashkil etib borish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">islom sivilizatsiyasi yo\u02bbnalishida amalga oshirilgan\u00a0<strong>yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni xabardor qilib borish<\/strong>, respublika muzeylari va kutubxonalarida ishlayotgan xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish bo\u02bbyicha\u00a0<strong>ilmiy-amaliy\u00a0<\/strong>va\u00a0<strong>uslubiy treninglarni<\/strong>\u00a0yo\u02bblga qo\u02bbyish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>islom tarixi<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>madaniyati yo\u02bbnalishiga oid bilimlarni oshirish<\/strong>,\u00a0<strong>qadimiy qo\u02bblyozma<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>toshbosma asarlarni<\/strong>\u00a0<strong>ta\u02bcmirlash<\/strong>, qog\u02bboz, kitobat, muqovasozlik, xattotlik san\u02bcatini tiklash,\u00a0<strong>islom manbalarini o\u02bbrganish\u00a0<\/strong>bo\u02bbyicha\u00a0<strong>o\u02bbquv kurslarini<\/strong>\u00a0tashkil etish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>\u201cUchinchi Renessans \u2013 Yangi O\u02bbzbekiston\u201d<\/strong>\u00a0g\u02bboyasining mazmun-mohiyatini, jumladan, uning\u00a0<strong>ilm-fan rivoji<\/strong>,\u00a0<strong>dinlararo<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>millatlararo<\/strong>\u00a0<strong>bag\u02bbrikenglikni<\/strong>\u00a0<strong>ta\u02bcminlashdagi roli<\/strong>\u00a0va ahamiyatini jamoatchilik orasida keng targ\u02bbib qilish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>3. Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo\u02bbshgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq etish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ\u02bbib qilish bo\u02bbyicha \u201cYo\u02bbl xaritasi\u201d<\/strong>\u00a0(keyingi o\u02bbrinlarda \u2013 \u201cYo\u02bbl xaritasi\u201d) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cYo\u02bbl xaritasi\u201dda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o\u02bbz vaqtida va sifatli bajarilishini ta\u02bcminlashda tegishli\u00a0<strong>vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari shaxsan mas\u02bcul etib belgilansin<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">4. Markaz huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo\u02bblmagan\u00a0<strong>O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamg\u02bbarmasi<\/strong>\u00a0(keyingi o\u02bbrinlarda \u2013 Jamg\u02bbarma) tashkil etilsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Belgilansinki, Markaz direktori Jamg\u02bbarma mablag\u02bblarining\u00a0<strong>tasarruf etuvchisi<\/strong>\u00a0hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">5. Quyidagilar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">a)\u00a0<strong>Jamg\u02bbarma mablag\u02bblarini shakllantirishning asosiy manbalari<\/strong>\u00a0etib belgilansin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Davlat byudjeti mablag\u02bblari;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning\u00a0<strong>texnik ko\u02bbmak mablag\u02bblari<\/strong>\u00a0va grantlari;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>homiylik<\/strong>\u00a0xayriyalari;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">b)\u00a0<strong>Jamg\u02bbarma mablag\u02bblari sarflanadigan yo\u02bbnalishlar<\/strong>\u00a0etib belgilansin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar va hujjatlarni xarid qilish orqali\u00a0<strong>Markaz kitob fondini kengaytirish<\/strong>;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>ilmiy tadqiqotlarga<\/strong>\u00a0ko\u02bbmaklashish, tadqiqot ishlarini qo\u02bbllab-quvvatlash uchun\u00a0<strong>grantlar ajratish<\/strong>;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>ijtimoiy<\/strong>,\u00a0<strong>ilmiy<\/strong>,\u00a0<strong>ma\u02bcnaviy<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>ma\u02bcrifiy<\/strong>\u00a0<strong>tadbirlarni<\/strong>\u00a0tashkil etish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>kadrlarni tayyorlash<\/strong>,\u00a0<strong>qayta tayyorlash<\/strong>\u00a0va ularning\u00a0<strong>malakasini<\/strong>\u00a0<strong>oshirish<\/strong>\u00a0dasturlarini amalga oshirish, shuningdek,\u00a0<strong>konferensiyalar<\/strong>,\u00a0<strong>seminarlar<\/strong>\u00a0va boshqa tadbirlarni, shu jumladan,\u00a0<strong>xorijiy mamlakatlarda tashkil qilish<\/strong>;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz faoliyati uchun zarur bo\u02bblgan\u00a0<strong>multimedia<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>tarmoq qurilmalari<\/strong>\u00a0hamda dasturiy ta\u02bcminotlarni xarid qilish, Markaz faoliyatiga\u00a0<strong>zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy<\/strong>\u00a0<strong>etish<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz\u00a0<strong>ikki oy muddatda<\/strong>\u00a0Jamg\u02bbarma mablag\u02bblarini\u00a0<strong>shakllantirish<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>ulardan foydalanish tartibi to\u02bbg\u02bbrisidagi<\/strong>\u00a0nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">6.<strong>\u00a0Markaz huzurida Samarqand qog\u02bbozi, muqovasozlik va xattotlikning qadimiy an\u02bcanalarini tiklash bo\u02bbyicha ustaxona-laboratoriya<\/strong>\u00a0(keyingi o\u02bbrinlarda \u2013 Laboratoriya) tashkil etilsin va Laboratoriya tomonidan o\u02bbtkaziladigan\u00a0<strong>tadqiqot sinovlarining asosiy yo\u02bbnalishlari<\/strong>\u00a02-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Belgilab qo\u02bbyilsinki:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Laboratoriyani tashkil etish<\/strong>, ayrim asbob-uskunalar, hisoblash texnika vositalari, butlovchi materiallar bilan ta\u02bcminlash va ularni o\u02bbrnatish bilan bog\u02bbliq xarajatlar\u00a0<strong>Jamg\u02bbarma mablag\u02bblari<\/strong>, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining\u00a0<strong>texnik ko\u02bbmak mablag\u02bblari (grantlari)<\/strong>\u00a0hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Laboratoriya faoliyatiga sohada yetarli darajadagi bilim va ish tajribasiga ega bo\u02bblgan malakali mutaxassislar\u00a0<strong>Markaz tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb qilinadi<\/strong>\u00a0va ularning\u00a0<strong>gonorari (ish haqi) Jamg\u02bbarma hisobidan to\u02bblanadi<\/strong>;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Laboratoriya tomonidan o\u02bbtkaziladigan tadqiqot sinovlari natijalarini, jumladan, Samarqand qog\u02bbozi, muqovasozlik va xattotlik san\u02bcati\u00a0<strong>ijodiy mahsulini<\/strong>\u00a0<strong>realizatsiya qilishdan tushgan mablag\u02bblar Markaz va Laboratoriya faoliyatini rivojlantirishga sarflanadi<\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">7. Markaz muzeyi ekspozitsiyalari va kutubxonasi fondini shakllantirish, aholidan xarid qilinadigan qo\u02bblyozma, toshbosma, bosma asarlar, tarixiy hujjatlar, eksponatlarni tahlil qilish, saralash, ularning noyobligini aniqlash va baholash bo\u02bbyicha\u00a0<strong>ekspertlik komissiya<\/strong>\u00a0(keyingi o\u02bbrinlarda \u2013 Komissiya) tuzilsin hamda uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz Fanlar akademiyasi, Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda\u00a0<strong>bir oy muddatda<\/strong>\u00a0<strong>Komissiya faoliyatini tashkil etish to\u02bbg\u02bbrisidagi nizom<\/strong>\u00a0loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">8. Markaz va Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tarixiy yozma manbalarni\u00a0<strong>markazlashgan holda saqlash, tadqiq etish, ularning holatini doimiy monitoring qilish<\/strong>\u00a0bo\u02bbyicha\u00a0<strong>mas\u02bcul davlat muassasalari<\/strong>\u00a0etib belgilansin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz\u00a0<strong>bir oy muddatda<\/strong>\u00a0davlat tasarrufidagi barcha muzey, kutubxona, arxiv fondlari va boshqa davlat muassasalaridagi\u00a0<strong>qadimiy<\/strong>\u00a0<strong>qo\u02bblyozma va toshbosma manbalar ro\u02bbyxatini<\/strong>\u00a0shakllantirsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">9. Vazirlar Mahkamasi\u00a0<strong>uch oy muddatda<\/strong>:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz tomonidan taqdim etilgan ro\u02bbyxat asosida tarixiy yozma manbalarning bosqichma-bosqich Markaz\u00a0<strong>tasarrufiga o\u02bbtkazilishi<\/strong>\u00a0bo\u02bbyicha choralarni ko\u02bbrsin;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">islom sivilizatsiyasi va ziyorat turizmining ilmiy asoslari bo\u02bbyicha\u00a0<strong>yetarli nazariy bilim va amaliy ko\u02bbnikmalarga ega gid-tarjimonlarni tayyorlash<\/strong>\u00a0hamda ularning\u00a0<strong>malakasini doimiy oshirib borish<\/strong>\u00a0tizimini yo\u02bblga qo\u02bbyish maqsadida Islom sivilizatsiyasi va ziyorat turizmi yo\u02bbnalishida gid-ekskursovodlarni yetishtirish bo\u02bbyicha Markaz huzurida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etsin;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markazni\u00a0<strong>yuqori malakali, chuqur bilim va amaliy ish tajribasiga ega kadrlar bilan to\u02bbldirish<\/strong>\u00a0choralarini ko\u02bbrsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markaz bilan birgalikda\u00a0<strong>2022 yil 1 yanvarga qadar<\/strong>:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz tarkibidagi kutubxona, arxiv hamda muzeyda saqlanayotgan qo\u02bblyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalarni\u00a0<strong>raqamlashtirish choralarini ko\u02bbrsin<\/strong>;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">raqamlashtirilgan barcha ma\u02bclumotlarni\u00a0<strong>o\u02bbzida aks ettiruvchi<\/strong>\u00a0<strong>mobil ilovani\u00a0<\/strong>ishga tushirsin va aholi orasida uning\u00a0<strong>keng targ\u02bbibotini<\/strong>\u00a0amalga oshirsin;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaz rasmiy veb-sayti, ma\u02bclumotlar bazasi va mobil ilova o\u02bbrtasida\u00a0<strong>ma\u02bclumotlar almashinuvi integratsiyasini<\/strong>\u00a0ta\u02bcminlasin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">11. O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq qo\u02bbshimcha va o\u02bbzgartirishlar kiritilsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">12. Markaz va uning tarkibiy bo\u02bblinmalari\u00a0<strong>Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko\u02bbchasi, 11-uy manzilidagi O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi binosiga<\/strong>\u00a0bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">13. Moliya vazirligi mazkur qarorga asosan joriy yilda ko\u02bbzda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish ishlari uchun 2021 yilgi\u00a0<strong>Davlat byudjeti parametrlari doirasida<\/strong>\u00a0mablag\u02bblar ajratilishini, 2022 yildan boshlab esa kelgusi yillarda amalga oshirishi belgilangan vazifalar uchun\u00a0<strong>Davlat byudjeti parametrlarida zarur mablag\u02bblarning nazarda tutilishini<\/strong>\u00a0ta\u02bcminlasin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">14. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda\u00a0<strong>ikki oy muddatda<\/strong>\u00a0qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar to\u02bbg\u02bbrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etish, tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishga mas\u02bcul hamda shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o\u02bbrinbosari B.A.Musayev va O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.Sh.Minovarov belgilansin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo\u02bbyicha axborot kiritib borilsin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Toshkent shahri,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2021 yil 16 iyul<\/span><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i Xalqning bunyodkorlik qudrati jo\u02bbsh urgan hozirgi zamonda Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevorini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatning islom sivilizatsiyasini rivojlantirish borasidagi rolini yanada oshirish hamda buyuk allomalarning jahon tamadduniga qo\u02bbshgan hissasini milliy va xalqaro miqyosda ommalashtirish maqsadida: 1.Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari bo\u02bbyicha &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":13358,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i Xalqning bunyodkorlik qudrati jo\u02bbsh urgan hozirgi zamonda Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevorini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatning islom sivilizatsiyasini rivojlantirish borasidagi rolini yanada oshirish hamda buyuk allomalarning jahon tamadduniga qo\u02bbshgan hissasini milliy va xalqaro miqyosda ommalashtirish maqsadida: 1.Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari bo\u02bbyicha &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-07-16T13:48:45+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/qaror.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"1024\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"576\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/qaror.jpg\",\"datePublished\":\"2021-07-16T13:48:45+00:00\",\"dateModified\":\"2021-07-16T13:48:45+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/qaror.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/qaror.jpg\",\"width\":1024,\"height\":576},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i Xalqning bunyodkorlik qudrati jo\u02bbsh urgan hozirgi zamonda Uchinchi Renessansning ilmiy-ma\u02bcnaviy poydevorini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatning islom sivilizatsiyasini rivojlantirish borasidagi rolini yanada oshirish hamda buyuk allomalarning jahon tamadduniga qo\u02bbshgan hissasini milliy va xalqaro miqyosda ommalashtirish maqsadida: 1.Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari bo\u02bbyicha &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-07-16T13:48:45+00:00","og_image":[{"width":1024,"height":576,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/qaror.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz","name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/qaror.jpg","datePublished":"2021-07-16T13:48:45+00:00","dateModified":"2021-07-16T13:48:45+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/qaror.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/12\/qaror.jpg","width":1024,"height":576},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16596&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O\u02bbzbekistondagi Islom Sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16596"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=16596"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16596\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16597,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16596\/revisions\/16597"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/13358"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=16596"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=16596"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=16596"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}