{"id":16389,"date":"2021-07-07T16:20:46","date_gmt":"2021-07-07T11:20:46","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16389"},"modified":"2021-07-07T16:20:46","modified_gmt":"2021-07-07T11:20:46","slug":"diniy-bag%ca%bbrik%d0%b5nglik-va-millatlararo-totuvlik-tinchligimiz-garovi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz","title":{"rendered":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK \u2013 TINCHLIGIMIZ GAROVI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mamlakatimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, fuqarolarga o\u02bbz e\u02bctiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o\u02bbrtasida qadimiy mushtarak an\u02bcanalarni rivojlantirishga alohida e\u02bctibor qaratilmokda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta\u02bcminlash uchun barcha huqukiy asoslar hamda zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizda \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo\u02bblib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e\u02bctiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat\u02bci nazar, qonun oldida tengdirlar\u201d, deb belgilab qo\u02bbyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbekistonda istiqomat qilayotgan fuqarolar qaysi dinga mansubligidan qat\u02bci nazar, birgalikda, tinch va osoyishta sharoitda, yurtimiz ravnaqi uchun faoliyat yuritib kelmokda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi. Natijada yurtimizda vijdon erkinligiga doir huquqiy asoslar yanada takomillashdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tarixdan ma\u02bclumki, qaysi jamiyat hayotida diniy bag\u02bbrikenglik tamoyillari o\u02bbz ifodasini topsa, o\u02bbsha jamiyatda o\u02bbzaro hurmat va samimiyat barqaror bo\u02bblib, insonlar tinch-osoyishta hayot kechiradi. Tinchliksiz taraqqiyot va farovonlik bo\u02bblmagani kabi diniy bag\u02bbrikengliksiz tinchlik mustahkam emas. Shu bois, insoniyat Yer yuzida hayot kechirishni boshlaganidan buyon bag\u02bbrikenglik tamoyillariga amal qilib yashashga ehtiyoj sezadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Markaziy Osiyo, xususan, O\u02bbzbekiston hududi qadim asrlardan xilma-xil din- larga e\u02bctiqod qiluvchi xalqlar yashagan o\u02bblkadir. O\u02bbzbekistonning jug\u02bbrofiy nuqtai nazaridan muhim savdo yo\u02bbllari chorrahasida joylashgani, ko\u02bbplab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar rivojlangani yerli xalqlarning diniy va ma\u02bcnaviy hayotiga, shuningdek, Movarounnahrdagi urf-odatlar ham o\u02bbzga yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta\u02bcsir ko\u02bbrsatgan. Bu esa o\u02bbziga xos millatlararo hamjihatlik va diniy bag\u02bbrikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bo\u02bblib xizmat qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Diniy bag\u02bbrikenglik namunalarini yurtimizda yashab o\u02bbtgan buyuk ajdodlarimiz hayotida ham ko\u02bbplab ko\u02bbrishimiz mumkin. Jumladan, buyuk sarkarda Amir Temur bobomizning qo\u02bbshini tarkibida yahudiy va yana boshqa dinga mansub askarlar ham xizmat qilgani yoki Soxibqironning bosh farzandi Mironshoh o\u02bbsha paytdagi Fransiya, Ispaniya hamda Angliya kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalar uchun mas\u02bcul etib tayinlangani fikrimiz tasdig\u02bbidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Hindiston xalqi bugungi kungacha Zahiriddin Muhammad Bobur va uning av- lodlarini hurmat bilan yodga oladi. Sababi, boburiylar davlatni adolat hamda diniy bag\u02bbrikenglik asosida boshqargan edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muqaddas islom dinimizda ham \u201cbag\u02bbrikenglik\u201d tushunchasi diniy istilohda \u201cmuruvvat\u201d degan ma\u02bcnoni anglatib, keng ma\u02bcnoda chirkin narsalar va voqealar qarshisida go\u02bbzallikni ustun qo\u02bbyib, mehribonlik qilish hamda har bir voqelikka go\u02bbzallik nuqtai nazaridan yondashish, e\u02bctiqod, madaniyat, an\u02bcanalarga nisbatan hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo\u02bblish demakdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Boshqa dinlar singari islom dini ham azaldan insoniyatga asl muruvvatni, dindoshlariga, hatto g\u02bbayridinlar (islomdan boshqa dinga e\u02bctiqod qiluvchilar)ga ham ehtirom hamda bag\u02bbrikenglik bilan munosabatda bo\u02bblishni o\u02bbrgatib kelgan va kelmoqda. Ma\u02bclumki, islom o\u02bbzidan avvalgi samoviy dinlarni shunchaki hurmat qilish bilan cheklanmay, o\u02bbsha din vakillariga cheksiz muruvvatlar ko\u02bbrsatgan. Ularning haq-huquqlarini shariat qonunlari bilan mustaxqamlab qo\u02bbygan. Madaniyat va an\u02bcanalariga ehtirom bilan qaragan. Asrlar davomida bu qoidalarga amal qilib yashagan musulmonlar bir-birlariga va hatto oralarida yashaydigan g\u02bbayridinlarga, ahli zimmaga ham muruvvatning mislsiz namunalarini ko\u02bbrsatib, butun insoniyatga ibrat bo\u02bblishdi. Chunki bu Alloh taoloning amri hamda Rasulining ummatga bergan ko\u02bbrsatmasi edi. Alloh taolo \u201cMoida\u201d surasida shunday marhamat qiladi: \u201cEy imon keltirganlar! Alloh uchun (to\u02bbg\u02bbrilikda) sobit turuvchi, odillik bilan guvohlik beruvchi bo\u02bblingiz: biror qavm (kishilari)ni yoqtirmaslik sizlarni ularga nisbatan adolatsizlik qilishga undamasin!\u201d<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadisda esa: \u201cKim ahli zimmaga biror zahmat yetkazsa, qiyomat kuni meni o\u02bbzining dushmani sifatida ko\u02bbradi\u201d, deb marhamat qilganlar. Aynan ana shu hadisni e\u02bctiborga olgan holda hazrati Umar roziyallohu anhu Amr ibn Os roziyallohu anhuni Misrni fath qilishga yuborayotib: \u201cEhtiyot bo\u02bbling! Yana Rasululloh sallollohu alayhi vasallamni o\u02bbzingizga dushman qilib qo\u02bbymang\u201d, deb ogohlantirgandilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kur\u02bconi karimning bir necha oyatlarida millatlararo totuvlik, hamjihatlik, diniy bag\u02bbrikenglik masalalari keng yoritilgan. Jumladan, \u201cOli Imron\u201d surasida: \u201cAyting (Ey, Muhammad!): \u201cAllohga, bizga nozil qilingan narsa (Qur\u02bcon)ga va Ibrohim, Ismoil, Is\u02bchoq, Ya\u02bcqub va (uning) avlodlariga nozil kilingan narsalarga, Muso va Iso hamda barcha payg\u02bbambarlarga Parvardigorlari tomonidan berilgan narsa (vahiy)ga imon keltirdik. Ularning orasida birortasini (tasdiqlashda) farq qilmaymiz va biz Uning o\u02bbzigagina bo\u02bbyin sunuvchilarmiz\u201d, deya marhamat qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shu suraning oxirgi oyatida esa: \u201cEy, imon keltirganlar! Sabr qilingiz, bag\u02bbrikeng bo\u02bblingiz va (Alloh yo\u02bbliga) taxt bo\u02bblib turingiz va Allohdan qo\u02bbrqingiz, zora (oxiratda) najot topsangiz!\u201d deb amr qilingan. Kur\u02bconi karim o\u02bbzidan oldingi muqaddas kitoblar Zabur, Tavrot, Injilni tan olishga, ahli kitoblarni, ya\u02bcni boshqa din vakillarini hurmat qilishga chaqiradi. Odamlarni o\u02bbzaro mehr-muhabbat, xamkorlikka chorlab, fitna, nifoq va nizo- larning xar qanday ko\u02bbrinishini yengib o\u02bbtishga da\u02bcvat etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Muqaddas dinimiz tarixidan ham bag\u02bbrikenglikning yuksak ko\u02bbrinishiga namuna bo\u02bbla oladigan misollarni ko\u02bbplab keltirish mumkin. Jumladan, Payg\u02bbambar sallollohu alayhi vasallam Madinaga hijrat etganlaridan so\u02bbng, u yerdagi yahudiylar bilan ahdnoma tuzib, tinch-totuv va jamiyat manfaati uchun hamkorlik asoslarini belgilab, unga amal qilib yashadilar. Shuningdek, Xaybar g\u02bbazotida musulmonlarga o\u02bblja tushgan narsalar ichida Tavrotdan bir qancha sahifalar ham bor edi. Yahudiylar kelib, Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan o\u02bbsha sahifalarni qaytarib berishni so\u02bbradi. Payg\u02bbambar alayhissalom ularni yahudiylarga qaytarib berishga amr qildilar. Zero, boshqa din vakillarining qadriyatlarini e\u02bczozlash islom dinining go\u02bbzal ahloqlaridandir. Shuning uchun yahudiylar uchun muqaddas hisoblangan sa- hifalarga zarracha ziyon yetkazilmay o\u02bbzlariga qaytarildi. Bu voqealar islomdagi diniy bag\u02bbrikenglikning yorqin dalilidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Voqidiy va Ibn Asokir Abdulloh ibn Abu Hudrad Aslamiydan rivoyat qilinadi: \u201cUmar ibn Xattob roziyallohu anhu bilan Jobiyaga keldik. U kishi axli zimmadan bir cholning taom tilanib yurganini ko\u02bbrib qolib, uning kimligini so\u02bbradilar. \u201cU ahli zimmadan, yoshi ulg\u02bbayib, zaiflashib qolgan\u201d, deyildi. Umar roziyallohu anhu uning zimmasidagi jizyani bekor qildilar. Keyin: \u201cUndan jizya olib, zaiflashgan chog\u02bbida taom tilantirib qo\u02bbydingizmi?!\u201d deb, Baytu-l-moldan o\u02bbn dirham nafaqa joriy qildilar. Uning oilasi bor edi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Kur\u02bconi karim bizlarga ta\u02bclim bergan yana bir muhim haqiqat, bu, boshqa din vakillari, ya\u02bcni nasroniylar va yahudiylar ibodat qiladigan joylarga chu- qur ehtirom hamda hurmat bilan munosabatda bo\u02bblmoqliqdir. Kur\u02bconning xabariga ko\u02bbra, ahli kitoblar ibodat qiladigan joylar, ya\u02bcni monastirlar (rohiblar uzlatga chekinadigan ibodatxona), butxona (nasroniylar ibodatxonasi) va sinagogalar (yahudiylar ibodatxonasi) Alloh taoloning himoyasidadir. \u201cHaj\u201d surasida: \u201cAgar Alloh odamlarning ba\u02bczilarini ba\u02bczilari bilan daf etib turmas ekan, albatta Alloh nomi ko\u02bbp zikr qilinadigan (rohiblarning) uzlatgohlari, (nasroniylarning) butxonalari, (yahudiylarning) ibodatxonalari va (musulmonlarning) masjidlari vayron qilingan bo\u02bblur edi. Albatta, Alloh O\u02bbziga (diniga) yordam beradiganlarga yordam berur. Shubhasiz, Alloh kuchli va qudratlidir\u201d, deyilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ushbu oyat har bir musulmonga ahli kitoblar ibodat qiladigan joylarni chu- qur hurmat va himoya qilish muhimligini ochiq-oydin ko\u02bbrsatib qo\u02bbygan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Dinlararo bag\u02bbrikenglik g\u02bboyasi nafaqat dindorlarning, balki butun jamiyat a\u02bczolarining ezgulik yo\u02bblidagi hamkorligini nazarda tutadi hamda tinchlik va barqarorlikning muhim sharti hisoblanadi. Azal-azaldan yurtimizning yirik shaharlarida masjid, cherkov xamda sinagogalar o\u02bbz ibodatchilariga emin-erkin xizmat ko\u02bbrsatib kelgani, tariximizning og\u02bbir sinovli damlarida xam diniy asosda hech qanday mojaro kelib chiqmaganligi xalqimizning dinlararo bag\u02bbrikenglik borasida ulkan tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi. Shu bois ham O\u02bbzbekistonda tom ma\u02bcnoda diniy bag\u02bbrikenglikning yuksak an\u02bcanalariga amal qilinayotgani jahon hamjamiyati tomonidan e\u02bctirof etilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yahudiylar jamoasining vakillaridan biri R. Beneman shu haqda to\u02bbxtalar ekan, Buxoroda dastlabki sinagoga VIII asrdayoq qurilganini, boshqa din vakillari bilan bir qatorda o\u02bbz dinlariga erkin e\u02bctiqod qilish uchun o\u02bbsha paytdayoq yetarli shart-sharoit yaratib berilganini ta\u02bckidlab, \u201cO\u02bbrta asr Yevropasi va Vizantiya imperiyasida quvg\u02bbin qilingan yahudiylik Markaziy Osiyoda boshqa dinlar bilan bir xil huquqqa ega edi\u201d, deb yozadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbzbek xalqining bag\u02bbrikengligi, turli e\u02bctiqod va madaniyatlarga hurmat bilan qarashi millat hamda elat vakillari tomonidan chuqur samimiyat bilan e\u02bctirof etilmoqda. Hozirgi vaqtda yurtimizda 130 dan ortiq millat vakillari, 16 ta diniy konfessiya, 2200 dan ortiq diniy tashkilotlarning diniy bag\u02bbrikenglik asoslariga rioya qilgan holda o\u02bbzaro tinch-totuvlikda umrguzaronlik qilayotgani so\u02bbzimizning yaqqol dalilidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Demak, jamiyatning rivojlanishi, tinchlik xamda osoyishtalik, totuvlik va hamjihatlik qaror topishi insonlarning o\u02bbzaro mehr-oqibatli bo\u02bblishi, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilishi, qarindoshchilik hamda qo\u02bbshnichilik haqlariga rioya etishi, o\u02bbzga din vakillariga bag\u02bbrikengligiga chambarchas bog\u02bbliq. Zero, millatlararo totuvlik, diniy bag\u02bbrikenglik va hamjihatlik fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy mezonlaridan biri bo\u02bblib, ushbu tamoyillar yurtimiz taraqqiyoti hamda tinchligining garovidir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Otabek MUHAMMADIYEV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>direktori o\u02bbrinbosari<\/strong><\/span><\/div>\n<div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Manba: \u201cXalq so\u02bbzi\u201d gazetasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>2021 yil\u00a07 iyul, \u2116\u00a0142 (7922)<\/strong><\/span><\/div>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, fuqarolarga o\u02bbz e\u02bctiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o\u02bbrtasida qadimiy mushtarak an\u02bcanalarni rivojlantirishga alohida e\u02bctibor qaratilmokda. Millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta\u02bcminlash uchun barcha huqukiy asoslar hamda zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizda \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16385,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK \u2013 TINCHLIGIMIZ GAROVI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK \u2013 TINCHLIGIMIZ GAROVI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Mamlakatimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, fuqarolarga o\u02bbz e\u02bctiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o\u02bbrtasida qadimiy mushtarak an\u02bcanalarni rivojlantirishga alohida e\u02bctibor qaratilmokda. Millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta\u02bcminlash uchun barcha huqukiy asoslar hamda zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizda \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-07-07T11:20:46+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz_070721.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz\",\"name\":\"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK \u2013 TINCHLIGIMIZ GAROVI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz_070721.jpg\",\"datePublished\":\"2021-07-07T11:20:46+00:00\",\"dateModified\":\"2021-07-07T11:20:46+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz_070721.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz_070721.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK \u2013 TINCHLIGIMIZ GAROVI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK \u2013 TINCHLIGIMIZ GAROVI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK \u2013 TINCHLIGIMIZ GAROVI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Mamlakatimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, fuqarolarga o\u02bbz e\u02bctiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o\u02bbrtasida qadimiy mushtarak an\u02bcanalarni rivojlantirishga alohida e\u02bctibor qaratilmokda. Millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta\u02bcminlash uchun barcha huqukiy asoslar hamda zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan. Jumladan, Konstitutsiyamizda \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-07-07T11:20:46+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz_070721.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz","name":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK \u2013 TINCHLIGIMIZ GAROVI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz_070721.jpg","datePublished":"2021-07-07T11:20:46+00:00","dateModified":"2021-07-07T11:20:46+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz_070721.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/gazeta_uz_070721.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16389&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"DINIY BAG\u02bbRIK\u0415NGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIK \u2013 TINCHLIGIMIZ GAROVI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16389"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=16389"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16389\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16390,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16389\/revisions\/16390"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/16385"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=16389"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=16389"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=16389"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}