{"id":16308,"date":"2021-07-02T17:31:46","date_gmt":"2021-07-02T12:31:46","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16308"},"modified":"2021-07-02T17:31:46","modified_gmt":"2021-07-02T12:31:46","slug":"moturidiylik-ta%ca%bclimotining-buxoroda-taraqqiy-etishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz","title":{"rendered":"MOTURIDIYLIK TA\u02bcLIMOTINING BUXORODA TARAQQIY ETISHI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qadimdan ilm-ma\u02bcrifat markazlaridan biri bo\u02bblgan Buxoro bugungi kunda ham islom olamida bebaho qo\u02bblyozma asarlar qoldirgan buyuk allomalari, go\u02bbzal va betakror tarixiy obidalari bilan jahon ilm ahlining e\u02bctirofiga sazovor bo\u02bblib kelmoqda. Tarixda \u201cQubbatul islom\u201d deya nomlangan aynan shu tabarruk zaminda Abu Hafs Kabiyr Buxoriy, Imom Buxoriy, Ibrohim Saffor Buxoriy, Nuriddin Sobuniy Buxoriy, Muhammad ibn Abu Bakr Buxoriy va boshqa ko\u02bbplab islom bilimlari rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshgan allomalar yashab ijod qilishgan. Bunday buyuk zotlarning boy ilmiy-ma\u02bcnaviy merosini o\u02bbrganish borasida hozirda samarali ishlar olib borilmoqda. Ammo hanuzgacha ilm ahliga, xalqimizga nomlari tanish bo\u02bblmagan, dunyo fondlarida o\u02bbz tadqiqotchisini kutib yotgan allomalarimizning tarixiy, ilmiy merosini topish va tadqiq qilish ishlarini yanada rivojlantirish bugungi kun tadqiqotchilari oldida turgan dolzarb vazifadir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbrta asrlarda Buxoroda hanafiylik mazhabi va moturidiy kalom maktabining rivojlanishiga Buxorolik allomalar ham munosib hissa qo\u02bbshishgan. Quyida Buxoro zaminidan yetishib chiqib, fiqh va kalom ilmlari sohasida ulkan ilmiy meros qoldirgan zabardast allomalar haqida to\u02bbxtalamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ma\u02bclumki, Moturidiy aqidasi va uning g\u02bboyalari uning vafotidan so\u02bbng, shogirdlari va izdoshlari tomonidan keng yoyilgan. Bu o\u02bbrinda buyuk mutakallim Abu Muin Nasafiyning xizmatlari beqiyos. Abu Muin Nasafiy Samarqand va Buxoroda ta\u02bclim olib, keyin muayyan vaqt dars berish uchun ushbu shaharlarda yashagan. U zot Buxoroda bo\u02bblgan vaqtda u kishidan Ibrohim Saffor Buxoriy va Nuriddin Sobuniy Buxoriylar kalom ilmidan ta\u02bclim olishgan.<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn1\" name=\"_ftnref1\">[1]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Manbalarda Muhammad ibn Abu Bakr Imomzoda Buxoriy nomli alloma ham Buxoroda moturidiylik ta\u02bclimotini tarqalishida hissa qo\u02bbshgan olimlar qatorida zikr qilingan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ibrohim Saffor Buxoriy o\u02bbz davrida zamondoshlari orasida hanafiy fiqhini yaxshi bilganligi uchun\u00a0<em>\u201cFaqih\u201d<\/em>,\u00a0<em>\u201cZohid\u201d<\/em>\u00a0,\u00a0<em>\u201cRuknul islom\u201d\u00a0<\/em>kabi unvonlarga sazovor bo\u02bblgan. Mutakallimning hayoti va ilmiy-ma\u02bcnaviy merosi, xususan, kalom ilmiga oid ta\u02bclimoti moturidiyya madrasasi asosida tadbiq etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Saffor Buxoriyning otasi, bobosi va katta bobolari ham hanafiy fiqh ilmi sohasida ulkan salohiyatga ega olimlardan bo\u02bblishgan.<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn2\" name=\"_ftnref2\">[2]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tabaqot kitoblarida Saffor Buxoriyni 460\/1065 yilda Buxoroda tug\u02bbilganligi qayd etilgan. Uning vafoti haqida aksar manbalarda 534\/1139 sana zikr qilinadi. Alloma 74 yil umr ko\u02bbrib, rabiy\u02bcul avval oyining 26-kunida Buxoroda vafot etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Saffor Buxoriy otasi Ismoil ibn Abu Nasr (vaf.461\/1069), Abu Hafs Umar ibn Mansur ibn Bazzoz (vaf.466\/1074), Abu Muhammad Abdulaziz Kirmoniy, Abu Muhammad Fazl Karudiy va Abu Ya\u02bcqub Sayyoriy kabi olimlardan ta\u02bclim olgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdulkarim Sam\u02bconiy (vaf. 562\/1166), Abu Muhomid Qavomiddin Hammod ibn Ibrohim Saffor (vaf. 576\/1180), Abulmafoxir Hasan ibn Mansur O\u02bbzgandiy Farg\u02bboniy (vaf. 592\/1196) va Abu Abdulloh Nosiriddin O\u02bbshiylar Saffor Buxoriyning shogirdlari bo\u02bblishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Saffor Buxoriy kalom ilmiga oida \u201cTalxisul adilla li qavoidi tavhid (Tavhid qoidalari haqida dalillarning qisqacha mazmuni)\u201d va \u201cRisola fil kalom\u201d (Kalom ilmi haqida risola)\u201d nomli asar yozib qoldirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazkur asarlarining qo\u02bblyozma nusxalari hozirgi kunda Turkiya, Misr, Buyuk Britaniya, Germaniya, Bag\u02bbdod, Madrid va Parij kitob fondlarida saqlanmoqda<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn3\" name=\"_ftnref3\">[3]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Saffor Buxoriyning asarlari ilm ahli tomonidan yuksak baholanib, hatto hozirgi kunda sharq va g\u02bbarb sharqshunos, islomshunos va kalom ilmiga qiziquvchilar orasida katta obro\u02bb-e\u02bctiborga ega. Xususan, allomaning \u201cTalxisul adilla\u201d asari bir necha bor sharq va g\u02bbarb kalomshunoslari tomonidan tadqiq etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">2019 yil G\u02bbofur G\u02bbulom nashriyotida allomaning \u201cRisola fil kalom\u201d asari o\u02bbzbek tiliga o\u02bbgirilib nashr etildi. Allomaning kalom ilmiga oid mazkur ikki asarining elektron qo\u02bblyozma nusxasi hozirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qo\u02bblyozmalar fondida saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Nuriddin Sobuniy ham Buxoroda moturidiylik ta\u02bclimotini keng yoyilishiga hissa qo\u02bbshgan ulamolaridan biri bo\u02bblib, uning to\u02bbliq ismi Ahmad ibn Mahmud ibn Abu Bakr, kunyasi Abu Muhammad. Ko\u02bbpincha tabaqot kitoblarida uning ismiga \u201cImom\u201d va \u201cNuriddin\u201d laqablari qo\u02bbshib aytiladi. Kalomga oid manbalarda esa uning ismini ko\u02bbp hollarda \u201cNuriddin Sobuniy\u201d deb zikr qilishgan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn4\" name=\"_ftnref4\">[4]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sobuniyning hayoti haqida ma\u02bclumotlar ko\u02bbp bo\u02bblmasa-da, uning boy oilaga mansub bo\u02bblib, sovun ishlab chiqarish hunari bilan shug\u02bbullanganligi sababli bu oilaga \u201cSobuniy\u201d nisbasi berilganligi manbalarda yozilgan. Sobuniy Abu Yusr Pazdaviy (vaf. 493\/1099 y.), Alouddin Samarqandiy (vaf. 539\/1144 y.), Alouddin Usmandiy (vaf. 552\/1157 y.) va Ibrohim Saffor Buxoriy Hanafiy (vaf.534\/1139 y.) kabi allomalar bilan zamondosh bo\u02bblgan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn5\" name=\"_ftnref5\">[5]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Nuriddin Sobuniyning asarlari ko\u02bbpchilik olimlar ixtilofda bo\u02bblgan, kalomga tegishli masalalarni tushunarli, sodda tilda va yengil uslubda yozilganligi bilan ajralib turadi. Ba\u02bczi olimlar o\u02bbzlarining asarlarini yozishda Sobuniyning kitoblaridan naqllar, iboralar va dalillar keltirishgan. Manbalarda Nuriddin Sobuniy va shayx Rashididdin o\u02bbrtasida ilmiy munozaralar bo\u02bblib o\u02bbtgani haqida ma\u02bclumotlar mavjud. Bu shundan dalolat beradiki, Sobuniy fors tilini ham yaxshi bilgan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn6\" name=\"_ftnref6\">[6]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Nuriddin Sobuniy kalom ilmini ustozi Abu Muin Nasafiydan uning \u201cTabsiratul adilla\u201d asari asosida o\u02bbrgangan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn7\" name=\"_ftnref7\">[7]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Taniqli Ash\u02bcariy olim Faxriddin Roziy Nuriddin sobuniy bilan kalom ilmi sohasida juda ko\u02bbp bor munozaralar olib borgan. Xususan, \u201cAllohni ko\u02bbrish\u201d, \u201ctakvin va mukavvan\u201d va \u201cBoqiylik\u201d masalasida Roziy va Sobuniy uzoq bahslashgani manbalarda keltirilgan. Bundan ko\u02bbrinadiki, Roziy Sobuniyni o\u02bbziga munosib raqib deb e\u02bctirof etgan va uni Abu Muin Nasafiyning shogirdi ekanini tan olgan. Hatto, unga qarata \u201cEy kishi! Men Abu Muin Nasafiyning \u201cTabsiratul adilla\u201d asarini o\u02bbqib, tahqiq va tadqiq borasida undan afzali yo\u02bbq ekaniga amin bo\u02bbldim\u201d degan.<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn8\" name=\"_ftnref8\">[8]<\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sobuniyning ilmiy ijodida moturidiylik qarashlari yetakchilik qiladi. U asarlarida turli chalkash va tortishuvli masalalarni ajoyib tushunarli tilda bayon qilgan bo\u02bblib, Abu Mansur Moturidiy va Abu Muin Nasafiyning qarashlarini umumiy ma\u02bcnoda qabul qilib asoslashga harakat qilgan, moturidiylikning tizimli mazhab holiga kelishi uchun katta xizmat qilgan. Kalom ilmidan boshqa yo\u02bbnalishda asar yozmagan bo\u02bblsa-da, kitoblarining ma\u02bclum bir qismi ko\u02bbp bora ko\u02bbchirilishini hisobga olsak, Sobuniyning olimlar orasida e\u02bctiborga ega bo\u02bblganligi ma\u02bclum bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Nuriddin Sobuniy 1184 yil 30 may kuni (hijriy 580 yil safar oyining o\u02bbn oltinchi kuni) asr namozidan so\u02bbng, olamdan o\u02bbtgan va Buxorodagi \u201cyetti qozi\u201d qabristoniga dafn etilgan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn9\" name=\"_ftnref9\">[9]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sobuniyning\u00a0<em>\u201cBidoya fi usulid din\u201d \u201c<\/em>Boshlang\u02bbich din asoslari\u201d,\u00a0<em>\u201cKifoya fil hidoya\u201d \u201c<\/em>Hidoya haqida muxtasar kitob\u201d va\u00a0<em>\u201cAl-muntaqo min ismatil anbiyo\u201d \u201c<\/em>Gunohlardan holi bo\u02bblish faqat payg\u02bbambarlarga xos\u201d nomli asarlari bizgacha yetib kelgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sobuniyning mazkur asarlarinig ikkita elektron qo\u02bblyozma nusxasi Turkiyaning \u201cLalale\u201d va Saudiya Arabistonidagi \u201cPodshoh Abdulaziz\u201d kutubxonasidan Markaz qo\u02bblyozmalar fondiga olib kelindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Uning asarlari bugungi kunda ham islomshunoslik yo\u02bbnalishida kalom darslarida o\u02bbqitilishi bilan alohida e\u02bctiborga sazovor bo\u02bblib, kalom ilmining barcha masalalaridan xabardor bo\u02bblishni istagan o\u02bbquvchi uchun eng qulay manbalardan biri bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Tarixda \u201cImomzoda\u201d nomi bilan tanilgan Muhammad ibn Abu Bakr Buxoriy hanafiylik va moturidiylik ta\u02bclimoti Buxoroda taraqqiy etishida xizmat qilgan allomalardan hisoblanadi. Alloma Buxoro markazidan 4 farsax (23 km) uzoqlikda joylashgan \u201cSharg\u02bb\u201d qishlog\u02bbida hijriy 491, milodiy 1098 yilda tavallud topgan\u00a0<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn10\" name=\"_ftnref10\">[10]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloma\u00a0<em>\u201cImomzoda\u201d, \u201cSharg\u02bbiy\u201d, \u201cJug\u02bbiy\u201d, \u201cJarg\u02bbiy\u201d, \u201cRuknul islom\u201d, \u201cVoiz\u201d, \u201cMuftiy ahli Buxoro\u201d, \u201cMajdud din\u201d<\/em>\u00a0va\u00a0<em>\u201cSadiydud din\u201d<\/em>\u00a0kabi laqablar bilan laqablangan. U bir muddat Buxoroda muftiylik vazifasida ham faoliyat olib borib, fiqh, kalom, tasavvuf va adabiyot ilmlarida yetuk alloma bo\u02bblgan\u00a0<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn11\" name=\"_ftnref11\">[11]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imomzoda Abul Fazl Zaranjariy (v.512), Abu Bakr Surxakatiy (v.518), Roziyyuddin Nishopuriy (v.585) va Xoja Yusuf Hamadoniy (v.535)lardan fiqh va kalom ilmlarini o\u02bbrgangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Burhonul islom Zarnujiy (v.610), Shamsul aimma Kardariy (v.642), Jamoliddin Mahbubiy Buxoriy (v.630), Ahmad ibn Abdulmalik ibn Umar ibn Abdulaziz va Sa\u02bcduddin Muhammad ibn Muhammad Avfiylar Imomzodaning shogirdlari bo\u02bblgan\u00a0<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn12\" name=\"_ftnref12\">[12]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imomzoda Buxoriy Mavarounnahrda Imom Moturidiydan keyin uning ta\u02bclimotini tarqatgan va rivojlanishiga o\u02bbzlarining hissasini qo\u02bbshgan Abul Hasan Sirojiddin Ali Farg\u02bboniy O\u02bbshiy (v.575) va Nuriddin Sobuniy Buxoriy (v.580) bilan zamondosh bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abu Muin Nasafiy (v.508), Ibrohim Saffor Buxoriy (v.534), Abu Hafs Najmiddin Umar Nasafiy (v.537), Abu Bakr Alouddin Samarqandiy (v.539), Abu Sano Mahmud Lomishiy (v.539) va Abul Fath Alouddin Usmandiy (v.552) kabi faqih va mutakallim allomalarni o\u02bbzining shayxlari deb e\u02bctirof etgan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imomzoda Buxoriy Buxoroni Mo\u02bbg\u02bbullar tomonidan bosib olingan dastlabki yillarda, ya\u02bcni hijriy 573, milodiy 1177 yilda vafot etgan. Uning qabri va qayerda dafn etilgani to\u02bbg\u02bbrisida aniq ma\u02bclumotlar berilmagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Allomaning ilmiy merosiga oid uchta asar aniqlandi. Ular : \u201cShir\u02bcatul islom\u201d, \u201cUqudul aqoid\u201d va \u201cG\u02bbaroibul Qur\u02bcon\u201d asarlaridir. Turkiyalik olim Rajab Jiji Imomzodaning \u201cShurutus solat\u201d nomli kitobi ham borligini qayd etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cShir\u02bcatul islom\u201d asarining qo\u02bblyozma nusxalari Turkiya, Saudiya Arabistoni, Falastin, Hindiston, Misr va O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi \u201cAbu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik\u201d institutida to\u02bbrtta nusxasi saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">\u201cUqudul aqoid\u201d kitobi nazmiy uslubda yozilgan bo\u02bblib, uning qo\u02bblyozma nusxasi Turkiya, Misr, Saudiya Arabistoni, Suriya va Britaniya kitob fondlarida saqlanib kelmoqda. Manzumaning to\u02bbliq nomi \u201cUqudul aqoid fi fununil favoid\u201d \u201cFoydali ilmlardagi e\u02bctiqod marjonlari\u201d bo\u02bblib, ushbu asar moturidiy aqidasi bo\u02bbyicha yozilgan manzumalar orasida eng uzuni va yozilish tarixiga ko\u02bbra ikkinchi o\u02bbrinda turadi. Asar 770 baytdan iborat. Manzuma muallifi yashagan davr va shu davrda Buxorodagi diniy vaziyatdan kelib chiqib, 560 hijriy 1164-1165 yillarda Sirojiddin O\u02bbshiy (v.575)ning \u201cBad\u02bcul amoliy\u201d manzumasidan 7-8 yil oldin yozilgan degan xulosaga kelindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imomzodaning ushbu asari e\u02bctiqodiy masalalarga bag\u02bbishlangan bo\u02bblib, sodda va tushunarli tarzda nazmiy uslubda yozilgan. Asarda ba\u02bczi aqidada adashgan mazhablar, falsafiy mushohada qiluvchilar, dahriylar, munajjimlar, bid\u02bcatchi firqalardan bo\u02bblmish jahmiylar, botiniylar, jabariylar, mushabbihachilar, rofiziylar, qadariylar va mo\u02bbtaziliylarga moturidiylik ta\u02bclimoti asosida raddiyalar berilgan. Ushbu raddiyalar hozirgi kundagi aqidada adashgan ba\u02bczi toifalarning botil da\u02bcvolariga asosli raddiya bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Asarning oltita elektron qo\u02bblyozma nusxalari hozirda Markaz qo\u02bblyozmalar fondida saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Xulosa qilib aytganda, yurtimizda hanafiylik mazhabi va moturidiylik aqidasi rivojida buxorolik allomalarning hissasi beqiyos bo\u02bblgan. Mazkur allomalarimiz ilmiy meroslari sofdil, ixlosmand xalqimiz va yoshlarimiz turli yot oqimlar ta\u02bcsiriga tushib qolmasligida muhim manba bo\u02bblib xizmat qiladi. Bugungi kunda islomshunos va tadqiqotchi olimlarimiz bor kuch-g\u02bbayrati bilan mana shunday zabardast allomalarimiz hayoti va ilmiy merosini o\u02bbrganib, xalqimizga tanitish yo\u02bblida tizimli tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Tohir EVADULLAYEV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-<\/strong><strong>tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">_________________________________________________________________<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Ziyodov Sh. Abu Mansur Moturidiy va uning \u201cKitob at-Ta\u02bcvilot\u201d asari. T.:, 2009. B.101; Oqilov S. Abul Muin Nasafiy ilmiy merosi va Moturidiya ta\u02bclimoti. Monografiya. T.:, 2008. B.58.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Muhammad ibn Abdulhay Laknaviy. Al-favoidul bahiyya fi tarojim al-hanafiyya. Qohira. 1906. B.7.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Ibodullayev T. Ibrohim Saffor Buxoriy hayot va ilmiy merosi (Risola fil kalom).: T, 2019. B.67-71.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Mustafo ibn Abdullo Qistantiniy Rumiy Hanafiy. Kashfuz zunun \u02bcan asomiyil kutub val funun. Darul kutubul ilmiyya. Bayrut.1992. J I. B.206; Bekir Topalo\u011flu, \u201cGiri\u015f\u201d, Nureddin es-S\u00e2b\u00fbn\u00ee, M\u00e2tur\u00eediyye Ak\u00e2idi, trc. Bekir Topalo\u011flu, D\u0131me\u015fk 1979, s.19.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Oqilov S. Abul Muin Nasafiy ilmiy merosi va Moturidiya ta\u02bclimoti. Monografiya. \u2013 \u00ad\u00ad\u00ad\u00ad\u00ad\u00ad\u00ad\u00ad\u00adT.: Muharrir, 2008. B.120; Akimkhanov A. \u0130m\u00e2m Ebu Mansur el-M\u00e2tur\u00eed\u00ee ve Ilmi ki\u015fili\u011di \/\/ ULU\u011e B\u0130R \u00c7\u0130NAR \u0130m\u00e2m M\u00e2tur\u00eed\u00ee. Uluslararasi Sempozyum Tebli\u011dler Kitabi. 28-30 Nisan 2014 \u2022 Eski\u015fehir. Yayina Hazirlayan: Ahmet Kartal. Istanbul. \u2013 S.735-741.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref6\" name=\"_ftn6\">[6]<\/a>\u00a0Abu Barokot Nasafiy. Al-E\u02bctimod fil e\u02bctiqod. Maktabat al-Fotih. \u2116-3085. B.35.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref7\" name=\"_ftn7\">[7]<\/a>\u00a0Bulut M. Al-muntaqo min \u02bcismat al-anbiyo. Dor ibn Hazm. Bayrut. 1990. B.11.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref8\" name=\"_ftn8\">[8]<\/a>\u00a0Xulayf F. Munozarotu Faxriddin Roziy fi bilodi Movarounnahr. Bayrut. Dorush sharq. 1966. B.23-24.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref9\" name=\"_ftn9\">[9]<\/a>\u00a0Qurashiy Abdulqodir. Javohirul mudiya fi tabaqotil hanafiya. Haydarobod.1\/124. Ibn Qutlubg\u02bbo. Toj at-Tarojim, Ashur afandi kutubxonasi \u2116-244.B.4.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref10\" name=\"_ftn10\">[10]<\/a>\u00a0Qurashiy Abdulqodir. Javohirul mudiya fi tabaqotil hanafiya. J. I. B. 370, Muhammad Usmon Do\u02bbg\u02bbon. Uqudul aqoid fi fununil favoid. Ammon. Dor al-Fath lid dirasa van nashr, 2018. B.16.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref11\" name=\"_ftn11\">[11]<\/a>\u00a0Zirikliy Xayruddin. Al-A\u02bclom. Bayrut. Dorul ilm lil malayin, J.VI. 1998. B. 54.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref12\" name=\"_ftn12\">[12]<\/a>\u00a0Qurashiy Abdulqodir. Javohirul mudiya fi tabaqotil hanafiya. J.I. B.546, J. II. B. 362.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16305#_ftnref13\" name=\"_ftn13\">[13]<\/a>\u00a0Muhammad Usmon Do\u02bbg\u02bbon. Uqudul aqoid fi fununil favoid. Ammon. Dor al-Fath lid dirasa van nashr, 2018. B.23.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qadimdan ilm-ma\u02bcrifat markazlaridan biri bo\u02bblgan Buxoro bugungi kunda ham islom olamida bebaho qo\u02bblyozma asarlar qoldirgan buyuk allomalari, go\u02bbzal va betakror tarixiy obidalari bilan jahon ilm ahlining e\u02bctirofiga sazovor bo\u02bblib kelmoqda. Tarixda \u201cQubbatul islom\u201d deya nomlangan aynan shu tabarruk zaminda Abu Hafs Kabiyr Buxoriy, Imom Buxoriy, Ibrohim Saffor Buxoriy, Nuriddin Sobuniy Buxoriy, Muhammad ibn Abu Bakr &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16306,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MOTURIDIYLIK TA\u02bcLIMOTINING BUXORODA TARAQQIY ETISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MOTURIDIYLIK TA\u02bcLIMOTINING BUXORODA TARAQQIY ETISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Qadimdan ilm-ma\u02bcrifat markazlaridan biri bo\u02bblgan Buxoro bugungi kunda ham islom olamida bebaho qo\u02bblyozma asarlar qoldirgan buyuk allomalari, go\u02bbzal va betakror tarixiy obidalari bilan jahon ilm ahlining e\u02bctirofiga sazovor bo\u02bblib kelmoqda. Tarixda \u201cQubbatul islom\u201d deya nomlangan aynan shu tabarruk zaminda Abu Hafs Kabiyr Buxoriy, Imom Buxoriy, Ibrohim Saffor Buxoriy, Nuriddin Sobuniy Buxoriy, Muhammad ibn Abu Bakr &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-07-02T12:31:46+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/bukhari_buxoriy2021_54.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"9 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz\",\"name\":\"MOTURIDIYLIK TA\u02bcLIMOTINING BUXORODA TARAQQIY ETISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/bukhari_buxoriy2021_54.jpg\",\"datePublished\":\"2021-07-02T12:31:46+00:00\",\"dateModified\":\"2021-07-02T12:31:46+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/bukhari_buxoriy2021_54.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/bukhari_buxoriy2021_54.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MOTURIDIYLIK TA\u02bcLIMOTINING BUXORODA TARAQQIY ETISHI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MOTURIDIYLIK TA\u02bcLIMOTINING BUXORODA TARAQQIY ETISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MOTURIDIYLIK TA\u02bcLIMOTINING BUXORODA TARAQQIY ETISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Qadimdan ilm-ma\u02bcrifat markazlaridan biri bo\u02bblgan Buxoro bugungi kunda ham islom olamida bebaho qo\u02bblyozma asarlar qoldirgan buyuk allomalari, go\u02bbzal va betakror tarixiy obidalari bilan jahon ilm ahlining e\u02bctirofiga sazovor bo\u02bblib kelmoqda. Tarixda \u201cQubbatul islom\u201d deya nomlangan aynan shu tabarruk zaminda Abu Hafs Kabiyr Buxoriy, Imom Buxoriy, Ibrohim Saffor Buxoriy, Nuriddin Sobuniy Buxoriy, Muhammad ibn Abu Bakr &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-07-02T12:31:46+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/bukhari_buxoriy2021_54.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"9 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz","name":"MOTURIDIYLIK TA\u02bcLIMOTINING BUXORODA TARAQQIY ETISHI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/bukhari_buxoriy2021_54.jpg","datePublished":"2021-07-02T12:31:46+00:00","dateModified":"2021-07-02T12:31:46+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/bukhari_buxoriy2021_54.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/07\/bukhari_buxoriy2021_54.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16308&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MOTURIDIYLIK TA\u02bcLIMOTINING BUXORODA TARAQQIY ETISHI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16308"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=16308"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16308\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16309,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16308\/revisions\/16309"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/16306"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=16308"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=16308"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=16308"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}