{"id":16181,"date":"2021-06-24T19:00:01","date_gmt":"2021-06-24T14:00:01","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=16181"},"modified":"2021-06-24T19:04:03","modified_gmt":"2021-06-24T14:04:03","slug":"siyar-a%ca%bclamun-nubalo-asarida-imom-buxoriy-siyrati-4-qism","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cSIYAR A\u02bcLAMUN NUBALO\u201d ASARIDA IMOM BUXORIY SIYRATI (4-QISM)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Olimlarning Imom Buxoriy sha\u02bcnlariga aytgan so\u02bbzlari<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: \u201cDo\u02bbstlarimdan biri: \u201cMuhammad ibn Salomning huzurlarida edim. Muhammad ibn Ismoil kirib keldilar. Chiqib ketganlaridan so\u02bbng Muhammad ibn Salom: \u201cShu bola qachon huzurimga kirsa sarosimaga tushaman. Hadis va boshqa ilmlar menda chalkashib ketadi. Chiqib ketguniga qadar qo\u02bbrqib turaman\u201d, dedilar\u201d, deb aytdilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ja\u02bcfar aytganlar: \u201cMenga o\u02bbrtoqlarimdan biri: \u201cAbu Abdulloh Buxoriy Abu Is\u02bchoq Surmoriyning ziyoratlariga bordilar. U kishining huzurlaridan chiqqach, Abu Is\u02bchoq: \u201cKimki haqiqiy va rostgo\u02bby faqihni ko\u02bbrmoqchi bo\u02bblsa, mana shu odamga qarasin\u201d, dedilar. Imom Buxoriy kirganlarida u kishini yonlariga o\u02bbtqazdilar\u201d, dedi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Sa\u02bcid ibn Ja\u02bcfar aytganlar: \u201cAhmad ibn Harb Naysoburiy vafot qilganlarida, Muhammad ibn Ismoil va Is\u02bchoq ibn Rohavayh Naysoburda janoza ketidan borayotgan edilar. Naysoburlik ma\u02bcrifat ahlining ularga qarab: \u201cMuhammad Is\u02bchoqdan ko\u02bbra faqihroq\u201d, deb gapirayotganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umar ibn Hafs Ashqar aytganlar: \u201cAbdonning Muhammad ibn Ismoilni qo\u02bbllari bilan ko\u02bbrsatib: \u201cKo\u02bbzim bilan mana shu yigitdan ko\u02bbra donoroqni ko\u02bbrmadim\u201d, deganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Solih ibn Mismor Marvaziy aytganlar: \u201cNu\u02bcaym ibn Hammodning: \u201cMuhammad ibn Ismoil bu ummatning faqihidirlar\u201d, deganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibrohim ibn Xolid Marvaziy aytganlar: \u201cMusaddad: \u201cEy Xuroson ahli, boshqa birovni Muhammad ibn Ismoildan ustun qo\u02bbymanglar\u201d, der edilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muso ibn Qurayshdan eshitdim: \u201cAbdulloh ibn Yusuf imom Buxoriyga: \u201cEy Abu Abdulloh, shu kitoblarimni ko\u02bbrib, nuqsonlari to\u02bbg\u02bbrisida menga xabar bering\u201d, deganlarida, imom Buxoriy: \u201cXo\u02bbp\u201d, dedilar\u201d.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Menga Muhammad ibn Ismoil aytdilar: \u201cQachon men Sulaymon ibn Harbning huzurlariga kirsam, u kishi: \u201cShu\u02bcbaning xatolarini bizga aniqlab bering\u201d,\u00a0 derdilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy aytdilar: \u201cHadis sohiblari to\u02bbplandilar. Mendan Ismoil ibn Abu Uvaysning huzurlariga borib hadis matnlaridagi qo\u02bbshimchalarni o\u02bbqib berishimni so\u02bbrashdi. Rozi bo\u02bbldim. Ismoil xizmatkor qizni chaqirib, bir hamyon dinor olib chiqishni buyurdilar. Uni menga berib: \u201cEy Abu Abdulloh, buni ularga bo\u02bblib bering\u201d, dedilar. Shunda men: \u201cBu qavm sizdan hadis eshitmoqchi edi-ku\u201d, dedim. U kishi: \u201cMen sening bu talabingni bajaraman. Lekin dinorlarni qo\u02bbshimcha qilib, ular oldida sening obro\u02bbyingni ko\u02bbtarmoqchiman\u201d, dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Menga Hoshid ibn Ismoil aytganlar: \u201cMuhammad ibn Ismoil Sulaymon ibn Harbning huzurlariga kelganlarida, u kishi Buxoriyga qarab: \u201cVaqti kelib, buning dong\u02bbi chiqadi\u201d, dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalaf Xayyomning aytishlaricha, u kishiga Is\u02bchoq ibn Ahmad ibn Xalaf, u kishiga Ahmad ibn Abdusalom aytganlar: \u201cAli ibn Madiniyga Buxoriyning: \u201cMen Ali ibn Madiniydan boshqa hech kimning oldida o\u02bbzimni past his qilmaganman\u201d, degan so\u02bbzlarini aytganimizda, u kishi: \u201cUning gapini qo\u02bbyinglar. Muhammad ibn Ismoil hali o\u02bbzidek olimni uchratmagan\u201d, \u2013\u00a0 dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: \u201cImom Buxoriyning: \u201cAmr ibn Ali Fallosning shogirdlari men bilan bir hadis ustida tortishdilar. Men: \u201cUnaqa hadisni bilmayman\u201d, dedim. Ular: \u201cBuxoriyning ham bilmaydigan hadislari bor ekan-da\u201d, deb xursand bo\u02bblib, Amrning oldiga borib bu haqda xabar berganlarida, u kishi: \u201cMuhammad ibn Ismoil bilmaydigan hadis hadis emas\u201d, debdilar\u201d, deganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahmad ibn Zav aytganlar: \u201cAbu Bakr ibn Abu Shayba va Muhammad ibn Abdulloh ibn Numayrning: \u201cMuhammad ibn Ismoildek kishini ko\u02bbrmaganmiz\u201d, deganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal otalaridan eshitganlar: \u201cXuroson Muhammad ibn Ismoilga o\u02bbxshash (boshqa bir) ulug\u02bb olimni voyaga yetkazmagan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Ibrohim Bushanjiy aytganlar: \u201c228 yilda Bundor Muhammad ibn Bashshorning: \u201cYurtimizga Muhammad ibn Ismoildek kishi kelmadi\u201d, deganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0Hoshid ibn Ismoil aytganlar: \u201cBasrada edim. Muhammad ibn Ismoilning kelishlarini eshitib qoldim. U kishi kelganlarida Bundor: \u201cBugun faqihlar sayyidi keldilar\u201d, dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammadning aytishlaricha, Muhammad ibn Bashshor imom Buxoriyga: \u201cSiz yonimga kelmasangiz, o\u02bbzimni erkin his qilolmayman. Hadislarimdan darajamni past qiladigan biror nuqson topishingizdan hayiqaman. Agar yonimga kelib, hadislarimni nazardan o\u02bbtkazsangiz, hadikdan qutulib, ko\u02bbnglim xotirjam bo\u02bbladi\u201d, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: \u201cIbrohim ibn Xolid Marvaziyning: \u201cAbu Ammor Husayn ibn Huraysning imom Buxoriyni maqtab: \u201cMen uning tengini bilmayman. Go\u02bbyo u faqat hadis uchungina yaralgandek\u201d, deganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz Abu Quraysh Muhammad ibn Jum\u02bca aytganlar: \u201cMuhammad ibn Bashshorning: \u201cDunyoda mukammal hadis bilimdonlari to\u02bbrtta: Rayda Abu Zur\u02bca, Samarqandda Dorimiy, Buxoroda Muhammad ibn Ismoil, Naysoburda Muslim\u201d, deganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Umar ibn Ash\u02bcas Paykandiy aytganlar: \u201cAbdulloh ibn Ahmad ibn Hanbaldan eshitdim. U kishi otalarining: \u201cXuroson ahlining hadisda bilimdonligi to\u02bbrt kishi bilan mukammal bo\u02bbldi: Abu Zur\u02bca Roziy, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Abdulloh ibn Abdurahmon Samarqandiy, Hasan ibn Shujo\u02bc Balxiy\u201d, deganlarini eshitgan ekanlar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Ash\u02bcas aytganlar: \u201cAbdulloh ibn Ahmad ibn Hanbalning so\u02bbzlarini Muhammad ibn Aqiyl Balxiyga aytib berdim. Ibn Shujo\u02bc Balxiyni haddan ziyod maqtadilar. \u201cUnday bo\u02bblsa, nima uchun mashhur bo\u02bblmaganlar?\u201d deb so\u02bbradim. \u201cUmrlari qisqa bo\u02bblgan\u201d, deb javob berdilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hasan ibn Shujo\u02bc Balxiy ilm talabida yurt kezganlar. Makkiy ibn Ibrohim, Ubaydulloh ibn Muso va Abu Mus\u02bchirdan hadis eshitganlar. 244 yilda vafot etganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasr ibn Zakariyo Marvaziy aytganlar: \u201cQutayba ibn Sa\u02bcidning: \u201cXurosonning yigitlari to\u02bbrtta: Muhammad ibn Ismoil, Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy, Zakariyo ibn Yahyo Lu\u02bclu\u02bciy, Hasan ibn Shujo\u02bc\u201d, deb aytganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ja\u02bcfar Musnidiy aytganlar: \u201cZamonamizning hadis bilimdonlari uchta: Muhammad ibn Ismoil, Hoshid ibn Ismoil, Yahyo ibn Sahl\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad aytganlar: \u201cMenga Ja\u02bcfar ibn Muhammad Firabriy aytdilar: \u201cAbdulloh ibn Munirning shogirdlaridan birlari Buxoroga bir ish bilan keldilar. Qaytib Ibn Munirning yonlariga borganlarida, u kishi: \u201cAbu Abdullohni borib ko\u02bbrdingmi?\u201d deb so\u02bbradilar. U kishi: \u201cYo\u02bbq\u201d, dedilar. Ibn Munir u kishini halqalaridan quvdilar va: \u201cBuxoroga borib Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil bilan uchrashmaganing yaxshi bo\u02bblmabdi\u201d,\u00a0\u00a0 \u2013\u00a0 dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hoshid ibn Ismoil aytganlar: \u201cQutaybaning: \u201cMuhammad ibn Ismoilning zamondoshlari oldidagi sidq va taqvolari Umarning sahobalar oldidagi sidq va taqvolaridek edi\u201d, deganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hoshid ibn Ismoil aytganlar: \u201cAhmad ibn Hanbalning: \u201cXurosondan Muhammad ibn Ismoildek (boshqa bir) kishi bizga kelmadi\u201d, deganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Hotim Roziy aytganlar: \u201cMuhammad ibn Ismoil Iroqqa kelgan olimlarning eng bilimdonidirlar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hokim aytganlar: \u201cHasan ibn Ahmad Shayboniy Muaddaldan eshitdim. U kishi Ahmad ibn Hamdunning: \u201cMuhammad ibn Ismoilni Sa\u02bcid ibn Marvonning janozalarida ko\u02bbrdim. Muhammad ibn Yahyo Zuhliy imom Buxoriydan roviylarning ismlari, kunyalari va hadis illatlari to\u02bbg\u02bbrisida so\u02bbrar edilar. Buxoriy unga o\u02bbsha zahoti, \u201cQul huvallohu ahad\u201dni o\u02bbqigandek javob berardilar\u201d, deganlarini eshitganlar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizga Buxoroda Muhammad ibn Xolid Muttovvi\u02bciy aytdilar. U kishiga Musabbih ibn Sa\u02bcid Buxoriy aytganlar: \u201cAbdulloh ibn Abdurahmon Samarqandiyning: \u201cMen hijozlik va iroqlik olimlarni ko\u02bbrdim. Lekin ular orasida Buxoriy kabi qomusiy olimni ko\u02bbrmadim\u201d, degan so\u02bbzlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Hamdun ibn Rustam aytganlar: \u201cMen Muslim ibn Hajjojdan eshitdim. U kishi Buxoriyning huzurlariga kelib: \u201cUstozlar ustozi, muhaddislar sayyidi, hadis illatlarining tabibi, ijozat bersangiz, oyoqlaringizdan o\u02bbpsam\u201d, deganlar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Iso Termiziy aytganlar: \u201cIroqda va Xurosonda Muhammad ibn Ismoildan ko\u02bbra hadis illatlarini, tarixini, sanadlar ilmini chuqur\u00a0 biladiganini topmadim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Iso Termiziy aytganlar: \u201cMuhammad ibn Ismoil Abdulloh ibn Munirning huzurlarida edilar. Ketayotganlarida Abdulloh ibn Munir u kishiga: \u201cEy Abu Abdulloh, Alloh taolo sizni bu ummatning ko\u02bbrki qilsin\u201d, dedilar. Ustozning shu duolari qabul bo\u02bbldi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ibn Munir katta zohidlardan sanaladilar. U kishi aytdilar: \u201cBuxoriy Iroqdan oxirgi marta Buxoroga kelganlarida, odamlar u kishiga peshvoz chiqdilar, yaxshilik etmoq uchun ko\u02bbp harakat qildilar. Bu gap Buxoriyga aytilganda: \u201cAgar sizlar bizning Basraga kirganimizdagi ehtiromni ko\u02bbrganingizda qanchalar hayratlanardingiz?!\u201d dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Ali Solih ibn Muhammad Jazara aytganlar: \u201cMuhammad ibn Ismoil Bag\u02bbdodda ilm darsida o\u02bbtirardilar. Men u kishidan hadis yozib olardim. U kishining majlislarida yigirma mingdan ortiq odam to\u02bbplanardi\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulmo\u02bbmin ibn Xalaf Nasafiy aytganlar: \u201cAbu Ali Solih ibn Muhammaddan Dorimiy, Buxoriy va Abu Zur\u02bca to\u02bbg\u02bbrilarida so\u02bbradim. U kishi: \u201cMuhammad ibn Ismoil hadisda olimroq, Abu Zur\u02bca hifzda o\u02bbtkirroq\u201d, dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Is\u02bchoq ibn Zubrak aytganlar: \u201cMuhammad ibn Idris Roziyning 247 yilda: \u201cSizlarga Xurosondan bir kishi keladi. U yerdan undan hofizrog\u02bbi chiqmagan, Iroqqa undan olimrog\u02bbi kelmagan\u201d, deganlarini eshitdim. Darhaqiqat, bir muddatdan keyin Buxoriy keldilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Sa\u02bcid Hotim ibn Muhammad aytganlar: \u201cHofiz Muso ibn Horun: \u201cAgar butun islom ahli Buxoriydek bir kishini tayyorlamoq uchun yig\u02bbilsalar ham bunga qodir bo\u02bblolmaslar\u201d, deb aytganlar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Faqih Abul Abbos Muhammad ibn Abdurahmon Dag\u02bbuliy aytganlar: \u201cBag\u02bbdod ahli imom Buxoriyga bag\u02bbishlab quyidagi misralarni yozdilar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Siz bo\u02bblsangiz, bu ummat \u2013 yaxshilik uzra mudom,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yo\u02bbqotsa sizni agar, ummat xayrsiz, benom\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">(Kitobdagi she\u02bcrlarning o\u02bbzbekchalashtirilgan nasriy matni mazmunining nazmiy bayoni muharrir Nasrulloh Shukrulloh o\u02bbg\u02bbli qalamiga mansub.)<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Bakr Xatib aytganlar: \u201cAbu Zur\u02bcadan Ibn Lahiy\u02bca to\u02bbg\u02bbrilarida so\u02bbraldi. U kishi aytdilar: \u201cImom Buxoriy u kishining hadislarini olmaganlar\u201d. Yana Muhammad ibn Humayd haqlarida so\u02bbraldi. \u201cAbu Abdulloh u kishining hadislarini ham olmaganlar\u201d, dedilar. So\u02bbngra Abu Abdulloh Buxoriyga bu gap aytilganida, u kishi: \u201cAbu Zur\u02bca azaldan bizga yaxshilik qilib kelgan\u201d, dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahmad ibn Sayyor \u201cTarix\u201d kitoblarida aytganlar: \u201cMuhammad ibn Ismoil Ju\u02bcfiy ilm talab etdilar, olimlar bilan o\u02bbtirdilar, hadis ilmi uchun safar qildilar, shu sohada mohir bilimdon bo\u02bbldilar. Ma\u02bcrifat va hifzda go\u02bbzal faqih edilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdurahmon ibn Abu Hotim aytganlar: \u201cAhmad ibn Sayyorning olim va faqihliklarini eslab, otam ko\u02bbp maqtardilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umar ibn Hafs Ashqar zikr qilganlar: \u201cRajo ibn Murajja Shoshga o\u02bbtayotib Buxoroga kelganlarida bir rabotga tushdilar. Mashoyixlarimiz u kishini ko\u02bbrishga bordilar. Men ham ular bilan bordim. Mendan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil haqlarida so\u02bbradilar. U kishining sog\u02bb-salomatliklari haqida xabar berib: \u201cBugun yoningizga kelsalar kerak\u201d, dedim. Bizga bir necha hadis yozdirdilar. Ilm majlisi tugadi. Lekin Buxoriy kelmadilar. Ikkinchi kuni ham Buxoriy kelmadilar. Uchinchi kuni Rajo aytdilar: \u201cAbu Abdulloh bizni ziyorat qilishni ep ko\u02bbrmagan bo\u02bblsalar kerak. Bizni u kishining huzurlariga olib boringlar. Men safarga chiqib ketmoqchiman\u201d. Rajo istar-istamas yo\u02bblga tushdilar. Jamoamiz bilan Buxoriyning huzurlariga keldik. Rajo: \u201cEy Abu Abdulloh, sizni ko\u02bbrishga mushtoq edim. Biror hadis aytib berishingizni istayman. Men Shoshga chiqib ketyapman\u201d, dedilar. Imom Buxoriy: \u201cMayli, sizningcha bo\u02bblsin\u201d, dedilar. Rajo Ayubdan rivoyat qilingan bir necha hadisni aytdilar. Rajo jim bo\u02bblgan zahoti Abu Abdulloh har bir rivoyat qilingan hadisga javob berardilar. Rajo imom Buxoriyga: \u201cBiz aytmagan biror hadis qoldimi?\u201d dedilar. Buxoriy hadis rivoyat qilishni boshladilar. Rajo hadisning kimdan rivoyat qilinganini so\u02bbraganlarida, sanadlarini keltirardilar. O\u02bbndan ziyod hadis rivoyat qildilar. Bu holni ko\u02bbrib Rajo esankirab qoldilar. Imom Buxoriyning ko\u02bbzlari birdan Rajoning yuzlariga tushib, u kishidagi o\u02bbzgarishni ko\u02bbrib, hadis aytishni to\u02bbxtatdilar. Rajo chiqib ketganlaridan keyin Buxoriy: \u201cMen u kishiga yana shuncha hadis aytmoqchi edim. Lekin men haqimda ko\u02bbngillariga biror gap kelmasin, deb qo\u02bbrqib to\u02bbxtadim\u201d, dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalaf ibn Muhammad aytganlar: \u201cAbu Amr Ahmad ibn Nasr Xaffofning: \u201cMuhammad ibn Ismoil hadis ilmida Is\u02bchoq ibn Rohavayh, Ahmad ibn Hanbal va bulardan boshqalardan yigirma marta ortiqroq biluvchidir. Kimki u kishi to\u02bbg\u02bbrisida biror nojo\u02bbya gap aytsa, mendan unga ming la\u02bcnat bo\u02bblsin. Bizga hadis aytgan Muhammad ibn Ismoil taqvodor, pokiza, olim. Bunaqasini men ko\u02bbrmaganman\u201d deganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Ya\u02bcqub ibn Axram aytganlar: \u201cSheriklarimning: \u201cBuxoriy Naysoburga kelganlarida, u kishini xachir va eshak mingan hamda piyodalardan boshqa to\u02bbrt ming otliq kutib olgan\u201d, deganlarini eshitdim\u201d.\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdulloh ibn Hammod Omuliy: \u201cKoshki men Buxoriyning ko\u02bbksilaridagi\u00a0 bir tuk bo\u02bblsam edi\u201d, deb aytganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: \u201cHoshid ibn Ismoil va yana bir kishining: \u201cBasralik ma\u02bcrifat ahli yoshgina Buxoriyning ortlaridan hadis yozib olmoqlik uchun chopishardi. Hatto iltimos qilib hol-jonlariga qo\u02bbyishmasdi. Minglab odamlar u kishini yo\u02bbllarda o\u02bbtirg\u02bbizib, u kishi rivoyat qilgan hadislarni yozib olishardi. O\u02bbshanda Muhammad yuzlariga hali tuk chiqmagan yosh yigit edilar\u201d, deganlarini eshitdim\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Menga Hasan ibn Ali, u kishiga Abdulloh ibn Umar, u kishiga Abdulavval ibn Iso, u kishiga Abdulloh ibn Muhammad Ansoriy, u kishiga Ahmad ibn Muhammad ibn Ismoil Mahdaviy xabar berganlar. U kishi Xolid ibn Abdulloh Marvaziydan, u kishi Abu Sahl Muhammad ibn Ahmad Marvaziydan, u kishi faqih Abu Zayd Marvaziydan eshitganlar: \u201cMen Ka\u02bcba yaqinida rukn va maqom orasida uxlab yotgan edim. Payg\u02bbambar sollallohu alayhi vasallamni tushimda ko\u02bbrdim. Menga: \u201cEy Abu Zayd, qachongacha Shofe\u02bciyning kitoblarini o\u02bbqiysiz-u, mening kitobimni o\u02bbqimaysiz?\u201d dedilar. Men: \u201cEy rasululloh, sizning kitobingiz qaysi?\u201d deganimda, \u201cMuhammad ibn Ismoilning \u201cAl-Jome\u02bc as-Sahih\u201d kitobi\u201d, deb aytdilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>davomi bor\u2026<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Azizxo\u02bbja INOYATOV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston Xalqaro Islom akademiyasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>mustaqil tadqiqotchisi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Olimlarning Imom Buxoriy sha\u02bcnlariga aytgan so\u02bbzlari Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: \u201cDo\u02bbstlarimdan biri: \u201cMuhammad ibn Salomning huzurlarida edim. Muhammad ibn Ismoil kirib keldilar. Chiqib ketganlaridan so\u02bbng Muhammad ibn Salom: \u201cShu bola qachon huzurimga kirsa sarosimaga tushaman. Hadis va boshqa ilmlar menda chalkashib ketadi. Chiqib ketguniga qadar qo\u02bbrqib turaman\u201d, dedilar\u201d, deb aytdilar\u201d. Abu Ja\u02bcfar &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16097,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cSIYAR A\u02bcLAMUN NUBALO\u201d ASARIDA IMOM BUXORIY SIYRATI (4-QISM) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cSIYAR A\u02bcLAMUN NUBALO\u201d ASARIDA IMOM BUXORIY SIYRATI (4-QISM) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Olimlarning Imom Buxoriy sha\u02bcnlariga aytgan so\u02bbzlari Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: \u201cDo\u02bbstlarimdan biri: \u201cMuhammad ibn Salomning huzurlarida edim. Muhammad ibn Ismoil kirib keldilar. Chiqib ketganlaridan so\u02bbng Muhammad ibn Salom: \u201cShu bola qachon huzurimga kirsa sarosimaga tushaman. Hadis va boshqa ilmlar menda chalkashib ketadi. Chiqib ketguniga qadar qo\u02bbrqib turaman\u201d, dedilar\u201d, deb aytdilar\u201d. Abu Ja\u02bcfar &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-06-24T14:00:01+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-06-24T14:04:03+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_52.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz\",\"name\":\"\u201cSIYAR A\u02bcLAMUN NUBALO\u201d ASARIDA IMOM BUXORIY SIYRATI (4-QISM) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_52.jpg\",\"datePublished\":\"2021-06-24T14:00:01+00:00\",\"dateModified\":\"2021-06-24T14:04:03+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_52.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_52.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cSIYAR A\u02bcLAMUN NUBALO\u201d ASARIDA IMOM BUXORIY SIYRATI (4-QISM)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cSIYAR A\u02bcLAMUN NUBALO\u201d ASARIDA IMOM BUXORIY SIYRATI (4-QISM) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cSIYAR A\u02bcLAMUN NUBALO\u201d ASARIDA IMOM BUXORIY SIYRATI (4-QISM) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Olimlarning Imom Buxoriy sha\u02bcnlariga aytgan so\u02bbzlari Abu Ja\u02bcfar Muhammad ibn Abu Hotim aytganlar: \u201cDo\u02bbstlarimdan biri: \u201cMuhammad ibn Salomning huzurlarida edim. Muhammad ibn Ismoil kirib keldilar. Chiqib ketganlaridan so\u02bbng Muhammad ibn Salom: \u201cShu bola qachon huzurimga kirsa sarosimaga tushaman. Hadis va boshqa ilmlar menda chalkashib ketadi. Chiqib ketguniga qadar qo\u02bbrqib turaman\u201d, dedilar\u201d, deb aytdilar\u201d. Abu Ja\u02bcfar &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-06-24T14:00:01+00:00","article_modified_time":"2021-06-24T14:04:03+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_52.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz","name":"\u201cSIYAR A\u02bcLAMUN NUBALO\u201d ASARIDA IMOM BUXORIY SIYRATI (4-QISM) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_52.jpg","datePublished":"2021-06-24T14:00:01+00:00","dateModified":"2021-06-24T14:04:03+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_52.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_52.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=16181&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cSIYAR A\u02bcLAMUN NUBALO\u201d ASARIDA IMOM BUXORIY SIYRATI (4-QISM)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16181"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=16181"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16181\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16185,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/16181\/revisions\/16185"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/16097"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=16181"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=16181"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=16181"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}