{"id":15900,"date":"2021-06-10T10:03:41","date_gmt":"2021-06-10T05:03:41","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15900"},"modified":"2021-06-10T10:03:41","modified_gmt":"2021-06-10T05:03:41","slug":"sharqshunoslik-sohasi-bugungi-kun-taraqqiyoti-bosqichida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz","title":{"rendered":"SHARQSHUNOSLIK SOHASI BUGUNGI KUN TARAQQIYOTI BOSQICHIDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dunyo taraqqiyotining oqimi ko\u02bbrsatib turganidek, XXI asr Sharq asri bo\u02bblib bormoqda. Bu fikrni rivojlanish ko\u02bbrsatkichlariga ko\u02bbra baholovchilar ko\u02bbp. Ammo bu asrni uchinchi renessans deb ta\u02bcriflovchilar ham yo\u02bbq emas. Bundan ko\u02bbrinadiki, Sharq allomalarining tafakkuri samarasi bo\u02bblgan insoniyat yutuqlariga bot-bot murojaat qilinayotgan hozirgi kunlarda fanda ham, tafakkur kengligida ham, falsafiy mushohadada ham sharqona yondashuvlar ustun kelmoqda\u2026 Bu yondashuvlarning to\u02bbg\u02bbriligini yoki xolisligini manbalarga tayangan holda, ilmiy asosda o\u02bbrganish, tadqiq etish turli fan sohalarida yangidan yangi xulosalarni keltirib chiqarayotgani ham sir emas.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharq allomalarining ilmiy merosini o\u02bbrganmasdan turib, ziyoli yoshlarni tarbiyalash, o\u02bbzimiz kutayotgandek, davr talablariga javob beradigan mutaxassislarni ham tayyorlash mushkul. Shu sababli ham sharqshunos mutaxassislarni tayyorlashni kuchaytirish masalasi bugungi kun tartibiga alohida dolzarb masala sifatida chiqdi. Davlatimiz rahbari 2020 yil 16 aprel kuni \u201cSharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarorini imzoladi. Mazkur qaror, eng avvalo, sharqshunoslik sohasiga berilayotgan katta e\u02bctiborning samarasi, deb bilaman. Bugungi kunda Sharq mamlakatlarining dunyodagi mavqei har tomonlama ortib borayotganligi mamlakatimiz sharqshunosligi oldiga yangi vazifalarni qo\u02bbyib, yangi mas\u02bculiyat bilan ilmiy izlanishlarni olib borish, ta\u02bclim jarayonini ham tubdan qayta ko\u02bbrib chiqish zaruratini ko\u02bbrsatmoqda. Bu muhim omil.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimizning qarori asosida ta\u02bclim muassasamizga universitet maqomi berilishi o\u02bbzbek sharqshunosligining jahonga chiqishiga keng yo\u02bbl ochib beradigan qadam bo\u02bbldi, deya olamiz. Bu albatta, jamoaga juda katta mas\u02bculiyatni yuklaydi. O\u02bbzbekistonning Sharq mamlakatlari bilan ikki va ko\u02bbp tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi, sharq tillari bo\u02bbyicha malakali mutaxassislar, jahonda ro\u02bby berayotgan jarayonlarni to\u02bbg\u02bbri talqin qila oladigan tahliliy tafakkurga, kompleks bilimlarga ega kadrlarni tayyorlash vazifasini bajaruvchi TDSHU endilikda zamonaviy oliy ta\u02bclim muassasasi sifatida jahon ilm fani va ta\u02bclim jarayonlariga dadil kirib bora oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sharqshunos mutaxassis Sharq mamlakatlarining tillari, tarixi, madaniyati, moddiy va ma\u02bcnaviy merosi, iqtisodiyoti, siyosati, xalqaro maydondagi nufuzini o\u02bbrganish uchun har tomonlama bilimga ega bo\u02bblishi lozim. Albatta, uzoq o\u02bbtmishga va boy milliy-ma\u02bcnaviy qadriyatlarga ega yurtimiz tarixini xolis manbalar asosida o\u02bbrganish muhim ahamiyatga ega. Qarorda aynan ushbu masalada ham jamoa oldiga qator vazifalar qo\u02bbyilgan bo\u02bblib, bu vazifalarni amalga oshirish jarayoni asrlar davomida saqlanib kelayotgan qo\u02bblyozma manbalarni o\u02bbrganish bo\u02bbyicha yosh sharqshunos-manbashunoslarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va bu orqali mamlakatimiz va millatimizni dunyoga targ\u02bbib etish bilan bog\u02bbliq faoliyatni kuchaytirishimizni taqozo etadi. Bu ishlarni kengaytirish maqsadida Mumtoz filologiya kafedrasi bazasida adabiy manbashunoslik va matnshunoslik ta\u02bclim yo\u02bbnalishi ochilishi, Sharq sivilizatsiyasi va tarixi fakultetida yangi \u201cManbashunoslik va tasavvuf germeneftikasi\u201d kafedrasi tashkil etilayotgani, \u201cMarkaziy Osiyo xalqlari tarixi\u201d kafedrasi bazasida Etnologiya, etnografiya va antropologiya\u201d magistratura mutaxassisligining ochilgani ham bu maqsadlarga erishishimizda asos bo\u02bbla oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarorda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida universitet huzurida \u201cSharq madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy-tadqiqot markazi\u201dni hamda \u201cSharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazi\u201dni ochish belgilangan. Mazkur markazlar Sharq xalqlari madaniyati, sharq tillaridagi adabiy, tarixiy, falsafiy manbalarni chuqur o\u02bbrganishga yo\u02bbnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish, yurtimiz qadriyatlari, milliy merosimizni dunyoga targ\u02bbib etish, Sharq mamlakatlarining tarixi, rivojlanish bosqichi, iqtisodiy-siyosiy taraqqiyot xususiyatlarini kompleks tadqiq etish, ayniqsa, O\u02bbzbekistonning Sharq xalqlari bilan o\u02bbzaro munosabatlarini rivojlantirishda o\u02bbz o\u02bbrniga ega bo\u02bbladi, deb o\u02bbylayman. Bunda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida ajratiladigan ilmiy grantlarga ega bo\u02bblish uchun yangi ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, moliyalashtirishga erishish va samarador tadqiqotlarni bajarish zarur bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarorda Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan bir qator vazifalar belgilangan, Jumladan, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmud Zamaxshariy va boshqa buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti, tili, madaniyati va tarixiga oid yozma manbalarni o\u02bbrganish, Universitetning kafedralari filiallarini ochish kabi masalalar ham bor. Aynan akademiyaning Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo\u02bblyozma va toshbosma manbalarning faksimile, foto, skaner nusxalari bilan bepul ta\u02bcminlanishi masalasiga to\u02bbxtalsak, bu ham fan va ta\u02bclim integratsiyasini kuchaytirish yo\u02bblidagi muhim qadam bo\u02bbladi. Dunyo bo\u02bbyicha mamlakat va millat tarixini aks ettiruvchi qo\u02bblyozma manbalar saqlanadigan fondlarda qo\u02bblyozmalarning nusxalarini olishning o\u02bbziga xos tartiblari bor. Bu fondlardagi noyob qo\u02bblyozmalarning tarqalib ketmasligi, noto\u02bbg\u02bbri va ilmiy asoslanmagan nashrlar paydo bo\u02bblishi, talqin va tahlillar ham xolis bo\u02bblmasligining oldini olish, umuman aytganda, bebaho milliy boylikni kelajak avlodlarga yetkazish bilan bog\u02bbliq. Qarorda nazarda tutilgan holatda esa, Universitet talaba va tadqiqotchilari tomonidan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy jamoasi bilan maqsadli tarzda alohida belgilab olingan, o\u02bbrganilishi, ilmiy muomalaga kirishi zarur, dolzarbligi yuqori bo\u02bblgan qo\u02bblyozmalarning elektron nusxalari bilan ishlashni jadallashtirish va qo\u02bbllab-quvvatlash maqsadida hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu uzoq yillardan buyon juda kam qismi o\u02bbrganilgan fonddagi qo\u02bblyozmalarni o\u02bbrganish, ilmiy istifoda etish ko\u02bblamini kengaytiradi hamda talaba yoshlarni bu murakkab jarayonga olib kirishda bir muhim jihat bo\u02bbladi. Mazkur institut olimlari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan ishlar doirasida qo\u02bblyozmalarni saqlash va restavratsiya qilish laboratoriyasiga, xattotlik ishlarini o\u02bbrganishga ham talabalarning jalb etilishi kelajakda nihoyatda qiyin ammo, juda kerakli bo\u02bblgan sohani rivojlantirishda o\u02bbz samarasini beradi, deb ishonaman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bilan birga, Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Tarix instituti, Temuriylar tarixi davlat muzeyi kabi muassasalar bilan hamkorlikni kengaytirish, universitetning manbashunoslik yo\u02bbnalishidagi kafedra\u00adlari filiallarining bugungi kunda rasman tashkil etilgani ham yangi tadqiqotlar uchun sharoitlarni kengaytiradi, albatta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Universitetda ilmiy salohiyatni oshirish eng muhim dolzarb masala. Milliy merosimizni chuqur ilmiy tadqiq etish orqali mamlakatimiz tarixi va kelajagiga daxldor ilmiy manbalarni yaratish va jahon miqyosida targ\u02bbib etish barcha sharqshunoslarning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri bo\u02bblishi kerak.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Gulchehra RIXSIYEVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Dunyo taraqqiyotining oqimi ko\u02bbrsatib turganidek, XXI asr Sharq asri bo\u02bblib bormoqda. Bu fikrni rivojlanish ko\u02bbrsatkichlariga ko\u02bbra baholovchilar ko\u02bbp. Ammo bu asrni uchinchi renessans deb ta\u02bcriflovchilar ham yo\u02bbq emas. Bundan ko\u02bbrinadiki, Sharq allomalarining tafakkuri samarasi bo\u02bblgan insoniyat yutuqlariga bot-bot murojaat qilinayotgan hozirgi kunlarda fanda ham, tafakkur kengligida ham, falsafiy mushohadada ham sharqona yondashuvlar ustun kelmoqda\u2026 Bu &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15898,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SHARQSHUNOSLIK SOHASI BUGUNGI KUN TARAQQIYOTI BOSQICHIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SHARQSHUNOSLIK SOHASI BUGUNGI KUN TARAQQIYOTI BOSQICHIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Dunyo taraqqiyotining oqimi ko\u02bbrsatib turganidek, XXI asr Sharq asri bo\u02bblib bormoqda. Bu fikrni rivojlanish ko\u02bbrsatkichlariga ko\u02bbra baholovchilar ko\u02bbp. Ammo bu asrni uchinchi renessans deb ta\u02bcriflovchilar ham yo\u02bbq emas. Bundan ko\u02bbrinadiki, Sharq allomalarining tafakkuri samarasi bo\u02bblgan insoniyat yutuqlariga bot-bot murojaat qilinayotgan hozirgi kunlarda fanda ham, tafakkur kengligida ham, falsafiy mushohadada ham sharqona yondashuvlar ustun kelmoqda\u2026 Bu &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-06-10T05:03:41+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_45.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"5 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz\",\"name\":\"SHARQSHUNOSLIK SOHASI BUGUNGI KUN TARAQQIYOTI BOSQICHIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_45.jpg\",\"datePublished\":\"2021-06-10T05:03:41+00:00\",\"dateModified\":\"2021-06-10T05:03:41+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_45.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_45.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SHARQSHUNOSLIK SOHASI BUGUNGI KUN TARAQQIYOTI BOSQICHIDA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SHARQSHUNOSLIK SOHASI BUGUNGI KUN TARAQQIYOTI BOSQICHIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SHARQSHUNOSLIK SOHASI BUGUNGI KUN TARAQQIYOTI BOSQICHIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Dunyo taraqqiyotining oqimi ko\u02bbrsatib turganidek, XXI asr Sharq asri bo\u02bblib bormoqda. Bu fikrni rivojlanish ko\u02bbrsatkichlariga ko\u02bbra baholovchilar ko\u02bbp. Ammo bu asrni uchinchi renessans deb ta\u02bcriflovchilar ham yo\u02bbq emas. Bundan ko\u02bbrinadiki, Sharq allomalarining tafakkuri samarasi bo\u02bblgan insoniyat yutuqlariga bot-bot murojaat qilinayotgan hozirgi kunlarda fanda ham, tafakkur kengligida ham, falsafiy mushohadada ham sharqona yondashuvlar ustun kelmoqda\u2026 Bu &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-06-10T05:03:41+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_45.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"5 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz","name":"SHARQSHUNOSLIK SOHASI BUGUNGI KUN TARAQQIYOTI BOSQICHIDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_45.jpg","datePublished":"2021-06-10T05:03:41+00:00","dateModified":"2021-06-10T05:03:41+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_45.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_45.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15900&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SHARQSHUNOSLIK SOHASI BUGUNGI KUN TARAQQIYOTI BOSQICHIDA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15900"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15900"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15900\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15901,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15900\/revisions\/15901"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15898"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15900"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15900"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15900"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}