{"id":15814,"date":"2021-06-04T11:44:10","date_gmt":"2021-06-04T06:44:10","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15814"},"modified":"2021-06-04T11:44:10","modified_gmt":"2021-06-04T06:44:10","slug":"o%ca%bbrta-asrlarda-samarqandda-diniy-ilmlarning-rivojlanishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz","title":{"rendered":"O\u02bbrta asrlarda Samarqandda diniy ilmlarning rivojlanishi"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Qur\u02bconi karim Alloh taoloning muborak kalomi, Islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy manbaidir. Kalomi sharifni yaxshi bilmagan, tushunmagan kishilarning asl hidoyat yo\u02bblidan, haq yo\u02bbldan chalg\u02bbishi, turli oqim va harakatlarga aldanib qolishi, missionerlar va soxta mazhablar ta\u02bcsiriga tushib qolishi oson kechadi. Shuning uchun xalqimizni iloji boricha Qur\u02bconi karim bilan yaqindan tanishtirish, unga bag\u02bbishlangan asarlarni ko\u02bbproq targ\u02bbib qilish hozirgi paytdagi muhim vazifalardan biri deb e\u02bctirof etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Ilmlarning ulug\u02bbi xisoblangan islomiy e\u02bctiqod ta\u02bclimotidan iborat bo\u02bblgan kalom ilmi va uning Samarqandga va bu qadim shahar timsolida bugungi O\u02bbzbekiston xududiga kirib kelishi va rivojlanishi yetarli ilmiy dalillar hamda jonli tarixiy misollar bilan ko\u02bbrsatilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo Qur\u02bconi karimda buyuk martabani kimga berishini va uning maqomi naqadar yuksak ekanligi haqida bunday marhamat qiladi: \u201c<strong><em>Alloh kimni hidoyatga yo\u02bbllashni iroda etsa, uning ko\u02bbksi (qalbi)ni Islom uchun (keng) ochib qo\u02bbyadi. Kimni adashtirishni iroda qilsa, ko\u02bbksini go\u02bbyo osmonga ko\u02bbtarilib ketayotgandek, tor va siqiq qilib qo\u02bbyadi. Shunday qilib, Alloh imon keltirmaydiganlarga (loyiq) jazoni\u00a0ravo ko\u02bbrgay<\/em><\/strong><em>\u201d<\/em><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15805#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><em><sup><strong>[1]<\/strong><\/sup><\/em><\/a><em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu to\u02bbg\u02bbrida Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cAlbatta, Alloh taolo ummatimni zalolatda birlashtirmaydi\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15805#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>,\u00a0<\/em><\/strong>dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam:\u00a0<strong><em>\u201cAlloh bir kishiga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo\u02bbyadi\u201d<\/em><\/strong><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15805#_ftn3\" name=\"_ftnref3\"><sup>[3]<\/sup><\/a><strong><em>,\u00a0<\/em><\/strong>deb aytadilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alloh taolo kalom ilmini o\u02bbz ichiga oluvchi ilmning fazilatlari va uning martabasi haqida Qur\u02bconi karimda bunday marhamat qiladi:\u00a0<strong><em>\u201cU O\u02bbzi xohlagan kishilarga hikmat (payg\u02bbambarlik yoki Qur\u02bcon ilmi) beradi. Kimga (mazkur) hikmat berilgan bo\u02bblsa, demak, unga ko\u02bbp yaxshilik berilibdi. Bundan faqat oqil kishilargina eslatma olurlar\u201d<\/em><\/strong><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15805#_ftn4\" name=\"_ftnref4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Mazkur oyat tafsiri haqida Ibn Abbos roziyallohu anhumo fikr va mulohazalar bildirib: \u201cUshbu oyatdagi hikmatdan murod, halol va harom ilmini bilishdir\u201d, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Yer yuzining sayqali deb tan olingan Samarqandda va butun diyorimizda hadis ilmining paydo bulishi Imom Buxoriy faoliyati va beqiyos xizmatlari asosida talqin etilgan bo\u02bblsa, aqoid ilmining taraqqiyoti Imom Moturidiy faoliyati va o\u02bblmas ta\u02bclimoti asosida Imom Nasafiyning \u201cKitobul Qand\u201d asaridan keltirilgan misollar bilan bayon etiladi. Shuningdek, asarda sog\u02bblom va najotkor yo\u02bbl hisoblangan ahli sunna val jamoa e\u02bctiqodi hamda kalom ilmida mavjud bo\u02bblgan turli oqimlarning hollari qiyosiy dalillar bilan tahlil qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Shuningdek, Zarafshon vohasida joylashgan Samarqand Buyuk ipak yo\u02bblidagi muazzam maskan, Xitoy bilan Rumni, Hindiston bilan shimoliy mamlakatlarni, jumladan, Rusiyani bog\u02bblab turgan qadimiy shaharlardan bo\u02bblgan. VIII asrning boshlaridayoq bu yerda ilm-fan, hunarmandchilik, amaliy san\u02bcat yuksak rivoj topdi, O\u02bbrta Osiyoning yirik ilmiy va madaniy markazlaridan biri maqomini oldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">X asrga kelib, Samarqand Movarounnahr miqyosida yirik va yetakchi Islom ilmi markazlaridan biriga aylandi, hadis ilmi barq urib ravnaq topdi. Bu zamin farzandlari bo\u02bblmish Abu Muqotil Samarqandiy, Abu Muhammad Dorimiy va Abu Hafs Nasafiy kabi yirik olimlar kalom ilmining rivojiga katta hissa qo\u02bbshdilar.<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15805#_ftn5\" name=\"_ftnref5\"><sup>[5]<\/sup><\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bu muazzam kentda buyuk shayx Yusuf Hamadoniy asos solgan Xojagon tariqati bir tomondan, din va shariat ikkinchi tomondan, falsafa va tabiiy fanlar bilan uyg\u02bbunlashgan o\u02bbziga xos murakkab ta\u02bclimot ekani, bu tariqat insonning ichki olami, undagi yashirin qobiliyatlarni ochish uchun fan taraqqiyotiga kuchli ta\u02bcsir etishi bilan hali-hamon qalblarga muborak nur baxsh etib kelayotir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Samarqand zaminida tug\u02bbilib o\u02bbsgan yana bir buyuk inson Abu Mansur Moturidiy kalom ilmi bilan birga hadis va fiqh ilmi ravnaqiga ulkan hissa qo\u02bbshgan. U zot hanafiy mazhabi fiqhini mukammal o\u02bbrganib, o\u02bbz aqidaviy ta\u02bclimotini yaratdi. Bu davrda islom olamida e\u02bctiqod masalasida bir-biriga qarama-qarshi firqalar o\u02bbrtasida xatarli munozaralar kuchaygan edi. Imom Moturidiy o\u02bbz aqlu zakovati, Qur\u02bcon oyatlari, Payg\u02bbambarimiz Muhammad alayhissalom hadislari asosida islom aqidasini parokandalik va buzilishlardan saqlab qoldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">IX-X asrlarning murakkab sharoitida Samarqandda Islom huquqshunosligi \u2013 fiqh ilmi ham rivoj topdi. Sadrul Islom Bazdaviy (Pazdaviy) usul va furu\u02bc bo\u02bbyicha salohiyatli olim sifatida hanafiy mazhabi peshvosi darajasiga ko\u02bbtarildi. Ulamolardan Alouddin Samarqandiy hanafiy huquqshunosligi taraqqiyotiga muhim hissa qo\u02bbshgan bo\u02bblsa, Abu Lays Nasr ibn Muhammad Samarqandiy tafsir, fiqh, e\u02bctiqod \u2013 kalom ilmi bo\u02bbyicha ko\u02bbplab o\u02bblmas asarlar qoldirdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">O\u02bbrta Osiyoga hadis ilmining kirib kelishi, islom ilohiyotining rivojlanishi, bunda samarqandlik olimlar va muhaddislarning qo\u02bbshgan hissasi hali ko\u02bbp o\u02bbqib-o\u02bbrganilishi, tadqiq etilishi zarur. Ushbu kamtarona izlanishga islom tarixi va aqoidiga oid mo\u02bbtabar manbalar, jumladan, Najmuddin Umar ibn Muxammad ibn Ahmad Nasafiyning \u201cAl-Qand fiy zikri ulamoi Samarkand\u201d (\u201cSamarqand ulamolari xotirasiga doir qand (dek) shirin kitob)\u201d asari asos qilib olingan. Asarda samarqandlik mashhur kishilar hayoti va faoliyati hamda ular rivoyat qilgan hadislar xususida juda qimmatli ma\u02bclumotlar jamlangan. Unda Movarounnahr tarixi, geografiyasi, toponimikasi (joy nomlari) hamda islom tarixiga doir muhim ma\u02bclumotlarni ham uchratish mumkin. \u201cSamarqandiya\u201d nomi bilan nashr etilgan bu asar<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15805#_ftn6\" name=\"_ftnref6\"><sup>[6]<\/sup><\/a>\u00a0Samarqandda muhaddislik faoliyatini olib borgan Balx, Nishopur, Marv, umuman, Xuroson yoki arab mamlakatlaridan kelgan ko\u02bbplab ulamolar haqida qimmatli ma\u02bclumotlar keltirilgani bilan, ayniqsa, ahamiyatlidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Usmonxon Alimovning<strong>\u00a0\u201c<\/strong>IX-XI asrlarda Samarqandda kalom ilmining rivojlanishi\u201d asarida IX-XI asrlarda Samarqand muhitida kalom ilmida mavjud oqimlar va ularning ta\u02bclimotlari, Samarqandda ahli sunna val jamoa aqoidiga asoslangan Moturidiya ta\u02bclimotining yuzaga kelishi, Ash\u02bcariya va Moturidiya kabi ikki sog\u02bblom ta\u02bclimotning o\u02bbxshash va ba\u02bczi farqli jihatlari, yengil (lafziy) ixtiloflar, mutakallimlar o\u02bbrtasidagi aqliy va naqliy dalillar, Moturidiya ta\u02bclimotining noto\u02bbg\u02bbri oqimlarga qattiq zarba beradigan qurol bo\u02bblib qolgani xususidagi xolis qarashlar bayon etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Binobarin Moturidiya ta\u02bclimotining bugungi kundagi ahamiyati haqida shuni ta\u02bckidlash lozimki, aqidaviy ziddiyatlar jamiyatning tanazzulga yuz tutishiga olib keluvchi eng birlamchi omildir. G\u02bbarazli kuchlar o\u02bbz maqsadi yo\u02bblida erkin harakat qilishi uchun foydalanadigan vositalaridan biri xalqlar, millatlar orasiga e\u02bctiqodiy qarama-qarshilik solib qo\u02bbyishdan iborat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Bugungi kunda ana shunday bo\u02bblinish, millatlar orasini buzib yuborish singari ishlarning eng asosiysi diniy ekstremizm ko\u02bbrinishida namoyon bo\u02bblmoqda. Islom dini niqobi ostida \u201cjihod\u201d, \u201chijrat\u201d, \u201ctakfir\u201d, \u201cxalifalik\u201d singari chaqiriqlar bilan g\u02bbarazli maqsadni ko\u02bbzlagan kuchlar tomonidan millatlar orasiga rahna solinyapti. Dinga e\u02bctiqod qiluvchilar bu aldovlarga uchib, qo\u02bbliga qurol olmoqda, bir-biri va tinch aholi umriga zomin bo\u02bblmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">E\u02bctiqodiy birdamlikning naqadar muhim ekanini chuqur idrok etgan Imom Moturidiy ming yillar oldin yozib qoldirgan asarlarida to\u02bbg\u02bbri aqida me\u02bcyorlarini belgilab bergan va ular orqali nafaqat Islom olami, balki butun insoniyatni o\u02bbzaro ittifoqda yashashga chorlagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Foydalanilgan adabiyotlar ro\u02bbyxati:<\/strong><\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Abdulaziz Mansur. Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri. \u201cToshkent islom universiteti\u201d. T.: \u2013 2004.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriyning \u201cAl-Jomi\u02bc as-Sahih\u201d asari.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sahihul Muslim asari.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Sunani Termiziy asari.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Imom Buxoriy saboqlari. Jurnal. 2017\/4.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Miftahus saodat. J. 2.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\">Alimov U. IX-XI asrlarda Samarqandda kalom ilmining rivojlanishi. \u2013B. 5.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Abduhalim MUHIDDINOV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-size: 14pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15805#_ftnref1\" name=\"_ftn1\">[1]<\/a>\u00a0Qur\u02bconi karim ma\u02bcnolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. \u2013T.: TIU, 2004. An\u02bcom surasi, 125-oyat. \u2013B.144.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15805#_ftnref2\" name=\"_ftn2\">[2]<\/a>\u00a0Imom Termiziy rivoyati. Sunanu-t-Termiziy \u21162167 Hadis.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15805#_ftnref3\" name=\"_ftn3\">[3]<\/a>\u00a0Muttafaqul alayh ya\u02bcni, Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15805#_ftnref4\" name=\"_ftn4\">[4]<\/a>\u00a0Baqara surasi, 269-oyat. \u2013B. 45.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15805#_ftnref5\" name=\"_ftn5\">[5]<\/a>\u00a0Alimov U. IX-XI asrlarda Samarqandda kalom ilmining rivojlanishi. \u2013T.: O\u02bbMI va Movarounnahr, 2008. \u2013B. 3.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-size: 12pt; font-family: 'times new roman', times, serif;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15805#_ftnref6\" name=\"_ftn6\"><strong><sup>[6]<\/sup><\/strong><\/a>\u00a0Alimov U. IX-XI asrlarda Samarqandda kalom ilmining rivojlanishi. \u2013B. 5.<\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qur\u02bconi karim Alloh taoloning muborak kalomi, Islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy manbaidir. Kalomi sharifni yaxshi bilmagan, tushunmagan kishilarning asl hidoyat yo\u02bblidan, haq yo\u02bbldan chalg\u02bbishi, turli oqim va harakatlarga aldanib qolishi, missionerlar va soxta mazhablar ta\u02bcsiriga tushib qolishi oson kechadi. Shuning uchun xalqimizni iloji boricha Qur\u02bconi karim bilan yaqindan tanishtirish, unga bag\u02bbishlangan asarlarni ko\u02bbproq targ\u02bbib &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15812,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>O\u02bbrta asrlarda Samarqandda diniy ilmlarning rivojlanishi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"O\u02bbrta asrlarda Samarqandda diniy ilmlarning rivojlanishi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Qur\u02bconi karim Alloh taoloning muborak kalomi, Islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy manbaidir. Kalomi sharifni yaxshi bilmagan, tushunmagan kishilarning asl hidoyat yo\u02bblidan, haq yo\u02bbldan chalg\u02bbishi, turli oqim va harakatlarga aldanib qolishi, missionerlar va soxta mazhablar ta\u02bcsiriga tushib qolishi oson kechadi. Shuning uchun xalqimizni iloji boricha Qur\u02bconi karim bilan yaqindan tanishtirish, unga bag\u02bbishlangan asarlarni ko\u02bbproq targ\u02bbib &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-06-04T06:44:10+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_42.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"330\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz\",\"name\":\"O\u02bbrta asrlarda Samarqandda diniy ilmlarning rivojlanishi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_42.jpg\",\"datePublished\":\"2021-06-04T06:44:10+00:00\",\"dateModified\":\"2021-06-04T06:44:10+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_42.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_42.jpg\",\"width\":660,\"height\":330},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"O\u02bbrta asrlarda Samarqandda diniy ilmlarning rivojlanishi\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"O\u02bbrta asrlarda Samarqandda diniy ilmlarning rivojlanishi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"O\u02bbrta asrlarda Samarqandda diniy ilmlarning rivojlanishi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Qur\u02bconi karim Alloh taoloning muborak kalomi, Islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy manbaidir. Kalomi sharifni yaxshi bilmagan, tushunmagan kishilarning asl hidoyat yo\u02bblidan, haq yo\u02bbldan chalg\u02bbishi, turli oqim va harakatlarga aldanib qolishi, missionerlar va soxta mazhablar ta\u02bcsiriga tushib qolishi oson kechadi. Shuning uchun xalqimizni iloji boricha Qur\u02bconi karim bilan yaqindan tanishtirish, unga bag\u02bbishlangan asarlarni ko\u02bbproq targ\u02bbib &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-06-04T06:44:10+00:00","og_image":[{"width":660,"height":330,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_42.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz","name":"O\u02bbrta asrlarda Samarqandda diniy ilmlarning rivojlanishi - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_42.jpg","datePublished":"2021-06-04T06:44:10+00:00","dateModified":"2021-06-04T06:44:10+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_42.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/06\/bukhari_buxoriy2021_42.jpg","width":660,"height":330},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15814&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"O\u02bbrta asrlarda Samarqandda diniy ilmlarning rivojlanishi"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15814"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15814"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15814\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15815,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15814\/revisions\/15815"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15812"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15814"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15814"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15814"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}