{"id":15696,"date":"2021-05-31T10:55:08","date_gmt":"2021-05-31T05:55:08","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15696"},"modified":"2021-05-31T16:06:44","modified_gmt":"2021-05-31T11:06:44","slug":"imom-buxoriy-nasafda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz","title":{"rendered":"IMOM BUXORIY NASAFDA"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning o\u02bbz davrida islom olamida hadis ilmi rivoji uchun qilgan xizmatlari beqiyos ekanligi barchaga ma\u02bclum. Olimning o\u02bbz o\u02bblkasida ham ilm ahli orasida katta obro\u02bbga ega bo\u02bblganligini uning Nasafdagi hadis ilmi rivojiga qo\u02bbshgan hissasidan yana bir bor ko\u02bbrish mumkin. Zero, Nasafda hadis ilmi taraqqiyotining ilk davri Imom Buxoriyning hayoti yillariga to\u02bbg\u02bbri keladi. Nasaf Movarounnahrda Samarqand va Buxorodan keyin ilm-ma\u02bcrifat jihatidan gullab-yashnagan shaharlardan biri bo\u02bblib, u yerdan ko\u02bbplab olim va muhaddislar yetishib chiqqanlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasafdagi hadis ilmining taraqqiyoti haqida Movarounnahr ilmiy muhiti tarixiga oid manbalardan bo\u02bblgan Abu Hafs an-Nasafiyning (1068-1142) \u201cal-Qand fi zikri ulamoi Samarqand\u201d hamda Abu Sa\u02bcd as-Sam\u02bconiyning (1113-1167) \u201cal-Ansob\u201d asarlarida ko\u02bbplab ma\u02bclumotlar mavjud. Bu manbalarning bergan ma\u02bclumotlariga ko\u02bbra, VIII asrdan XII asrgacha o\u02bbtgan vaqt mobaynida Movarounnahrda 3000 dan ortiq ko\u02bbzga ko\u02bbringan muhaddislar yashab, o\u02bbz faoliyatlarini olib borgan bo\u02bblsalar, ulardan 1000 dan ortig\u02bbi Samarqandda, 600 dan ortig\u02bbi Buxoroda, 400 dan ortig\u02bbi Nasafda, 70 dan ortig\u02bbi Shoshda, 60 dan ortig\u02bbi Farg\u02bbonada, 60 dan ortig\u02bbi Keshda, 50 dan ortig\u02bbi Termizda, 40 dan ortig\u02bbi Xorazmda, shu bilan birga Ustrushana, Dabusiya, Kushoniya va boshqa mintaqalarda faoliyat olib borgan muhaddislardir. Keltirilgan ma\u02bclumotdan Nasaf hadis ilmida mintaqadagi eng yirik markazlar Samarqand va Buxorodan keyingi o\u02bbrinda turgan ekanligi ma\u02bclum bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasafda ilm taraqqiyotining yuqori darajada bo\u02bblishining asosiy sabablaridan biri bu shaharning ko\u02bbhna tarixga ega ekanligidadir. Unga ta\u02bcrif berilganda XII asrda yashagan marvlik jahongashta olim Abu Sa\u02bcd as-Sam\u02bconiyning aytgan so\u02bbzlarini keltirish o\u02bbrinlidir:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Nasaf Movarounnahr shaharlaridan biri bo\u02bblib, uni Naxshab deb ham ataydilar. Men u yerda ikki oycha yashab, ulamolaridan hadis eshitdim. Nasafdan har bir ilm sohasida ko\u02bbplab olimlar chiqqan bo\u02bblib, ularning son-sanog\u02bbi yo\u02bbq. Abu Tammom Hubayb ibn Avs o\u02bbzining xalifa al-Mu\u02bctasimga yozgan qasidasida Nasaf haqida bunday deydi:<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rum sendan o\u02bbz yerto\u02bblasida turib dahshatga tushadi,<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turklar esa Nasaf ortidan turib sendan qo\u02bbrqadi.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, Nasaf IX asrda Abbosiylar xalifaligining turklar bilan chegaradosh hududlarida joylashgan edi. Bu shahar XIV asrdan boshlab hozirgacha saqlanib qolgan \u201cQarshi\u201d nomini oldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qarshi \u2013 Sharqiy Turkistondagi mahalliy tillarning biridan olingan va keyinchalik mo\u02bbg\u02bbul tiliga kirgan uyg\u02bburcha so\u02bbz bo\u02bblib, \u201cqasr\u201d, \u201csaroy\u201d ma\u02bcnolarini beradi. Naxshab yoki Nasaf o\u02bbzining hozirgi nomini shahardan ikki farsax (11520 m.) masofada Chig\u02bbatoy xoni Kebek Xon (1318-1326) uchun qurilgan va keyinchalik nom-nishonsiz yo\u02bbqolib ketgan saroy nomidan olgan. U yerdan oqib o\u02bbtgan daryo Qarshi-Daryo deb atalgan. Shahar o\u02bbtmishda mingdan ortiq xonadoni, 16 ta masjidi, 3 ta karvonsaroyi 12 ta madrasasi bo\u02bblgan muhim savdo markazlaridan edi. Unda gilam, egar va bronza idishlar ishlab chiqarilgan. Imom Buxoriyning bu shaharga kelishi Nasaf ilm ahli uchun ham, olimning o\u02bbzi uchun ham juda foydali bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy Nasaf ulamolariga alohida ehtirom bilan qaradi. Nasaflik muhaddislarning ishonchli ekanligiga guvohlik berib, boshqalarni ulardan hadis eshitishga chaqirdi. Buxorolik muhaddisning ehtiromiga sazovor bo\u02bblgan ana shunday olimlardan biri Nasafda 50 yildan ortiq vaqt mobaynida qozilik vazifasini ado etgan Abu Zayd Tufayl ibn Zayd an-Nasafiydir (802-892).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Zayd an-Nasafiy o\u02bbz yurtida hadis ilmining rivojlanishiga katta hissa qo\u02bbshgan faqih-ulamolardandir. Bu davrda hadislarni otadan-bolaga, avloddan-avlodga uzatib rivoyat qilish an\u02bcanaga aylangan bo\u02bblib, Nasafda bu yo\u02bbldan borgan juda ko\u02bbp muhaddis oilalari bor edi. Bunda hadis ulamolari boshlang\u02bbich bilimni ustoz sifatida o\u02bbz otalari yoki bobolaridan olar edilar. Abu Zayd Nasafdagi ana shunday muhaddis oilalaridan birining bobokaloni edi. Uning an\u02bcanalarini davom ettirgan ikki o\u02bbg\u02bbli \u2013 Abu Solih Xalaf ibn Tufayl an-Nasafiy (vafoti 908 y.) va Abu Homid Zayd ibn Tufayl an-Nasafiy (873-957), nevarasi va shogirdi o\u02bbg\u02bbli Abu Solihning farzandi mashhur Abu Ya\u02bclo Abdulmu\u02bcmin ibn Xalaf an-Nasafiy (873-957) ham Nasafda hadis ilmini rivojlantirishda katta xizmat qilib, o\u02bbz ota-bobolarining ishini davom ettirdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tabiatan juda muloyim bo\u02bblgan Abu Zayd Imom Buxoriy Nasafdaligi chog\u02bbida unga juda katta hurmat-ehtirom ko\u02bbrsatdi. Imom Buxoriy Nasafdan chiqqan kuni Abu Zayd haqidagi o\u02bbz fikrini bunday ifodalaydi: \u201cIlm ahlidan ismlari Abdulloh bo\u02bblgan mingta shayxni ko\u02bbrdim, ammo ular orasida shayxingiz Tufayl ibn Zayddan odobliroq kishini uchratmadim\u201d. Abu Zayd fiqh ilmi bilan birga hadis ilmini ham puxta egallagan edi. Imom Buxoriy olimning hadis ilmida ishonchli roviy ekanligiga guvohlik berib bunday deydi: \u201cTufayl ibn Zayddan Yahyo ibn Bukayr hadislarini eshitinglar\u201d. Buyuk muhaddisning ushbu aytgan so\u02bbzlaridan yana bir narsa ayon bo\u02bbladi: Yahyo ibn Bukayr misrlik muhaddis bo\u02bblib, Imom Buxoriy undan Misrdaligi chog\u02bbida hadis eshitgan bo\u02bblishi kerak. Abu Zayd ana shu Imom Buxoriyning nazariga tushgan olimdan ham dars olganligi uning hadis ilmiga bo\u02bblgan e\u02bctiborini yanada oydinlashtiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasafda hadis ilmining ilk davri IX asrning boshlariga borib taqaladi. Unga asos solinishida Marv ulamolarining hissasi katta. Uning ilk vakillaridan biri Abu Umayr Ubayd ibn Muso al-Marvaziy an-Nasafiydir (v. 844 y.). Abu Umayr al-Marvaziy Nasaf ahliga faroiz, sunan, ahkom ilmlarini o\u02bbrgatdi va u yerda hadis rivoyat qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasaf muhaddislarining o\u02bbziga xos tomoni shunda ediki, ular zohidlikka ko\u02bbproq e\u02bctibor qaratar edilar. Zohidlik deganda ular tarkidunyochilikni emas, balki muloyimlik, xushmuomalalik, ozga sabr qilib, asosiy e\u02bctiborni ilmga sarflashni nazarda tutar edilar. Bunda ularga Xuroson ulamolari o\u02bbrnak bo\u02bbldilar. Nasafda hadis ilmining ilk davri namoyandalaridan biri Abu Abd ar-Rahmon Muoz ibn Ya\u02bcqub an-Nasafiy al-Kosoniy (IX asr) balxlik muhaddis Hotim ibn Unvon al-Asamm az-Zohiddan zohidlikka oid rivoyatlarni keltiradi. U 834 yili Nasafda jome\u02bc masjidi qurdirdi. Bu masjid, Abu Hafs an-Nasafiyning guvohlik berishicha, XII asrda ham mavjud bo\u02bblgan. Shu bilan birga, bir rabot qurdirib, yoniga quduq qazitdi va tahorat uchun joy tayyorlatdi. Bu inshootlar joylashgan ko\u02bbcha \u201cAbu Abd ar-Rahmon az-Zohid uyi\u201d, XII asrda esa \u201cZohidlar ko\u02bbchasi\u201d deb atalardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy Nasafdaligi chog\u02bbida undan bir qancha muhaddislar dars oldilar, uning o\u02bbzi ham Nasaf ulamolaridan ancha ta\u02bcsirlandi. Buyuk muhaddis ba\u02bczi amirlar tomonidan qadrlanmay, turgan yeridan badarg\u02bba qilingan bo\u02bblsa-da, ilm ahli orasida juda e\u02bczozda edi. Xususan, Nasaf ulamolari uning o\u02bbz uylarida mehmon bo\u02bblishini, o\u02bbzlari esa uning xizmatida hozir turishni o\u02bbzlariga sharaf deb bilar edilar. Abu Zaydning uyida mehmon bo\u02bblib turgan Ahyad al-Ajir (IX asr) Nasafda Imom Buxoriy bilan uchrashganini faxrlanib zikr etadi. Jibril ibn Avn al-Ofuroniy (IX asr) Imom Buxoriyga Nasafda kotiblik va hamrohlik qilib uning xizmatida bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriydan hadis rivoyat qilgan yana bir nasaflik muhaddis Abu Ahmad Tolib ibn Ali an-Nasafiydir (v. 901 y.). Nasafdagi yana bir muhaddis oilasining boshlig\u02bbi bo\u02bblgan bu olim Imom Buxoriydan eshitgan hadislarini o\u02bbz o\u02bbg\u02bbli Abu-l-Husayn Muhammad ibn Tolib an-Nasafiyga (IX-X asr) o\u02bbrgatdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriyning \u201cal-Jomi\u02bc as-Sahih\u201dini undan rivoyat qilib, kelajak avlodga yetkazishda ham olimning nasaflik shogirdlari qilgan xizmatlarini alohida ta\u02bckidlash lozim. Ulardan biri Nasafdagi yana bir muhaddislar oilasining boshlig\u02bbi, Abu Zaydning maslakdosh va as\u02bchoblaridan bo\u02bblgan, as\u02bchob al-hadis namoyandasi, ahl as-sunna fiqhi olimi hamda Qur\u02bconga tafsir yozgan mufassir, Nasafda qodi al-qudot lavozimida ishlagan Abu Is\u02bchoq Ibrohim ibn Ma\u02bcqal an-Nasafiy as-Sanjoniydir (v. 906-907 y.). U Imom Buxoriyning \u201cSahih\u201dini muallifning o\u02bbzidan rivoyat qilgan roviylardan biridir. U ilm talabida Xuroson, Iroq, Shom, Misr kabi musulmon dunyosining turli hadis markazlarida bo\u02bblib, u yerlik muhaddislardan hadis o\u02bbrgandi. Shu bilan birga undan nasaflik hamda xorijlik muhaddislar hadis o\u02bbrgandilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abu Is\u02bchoq Imom Buxoriyning hadislarini o\u02bbz o\u02bbg\u02bbli Abu Usmon Said ibn Ibrohim ibn Ma\u02bcqal ar-Rais an-Nasafiyga (v. 952 y.) yetkazib, uni zamonaning eng yetuk olimlaridan qilib tarbiyaladi. Abu Zayd va Abu Is\u02bchoq orasidagi do\u02bbstlik samimiy bo\u02bblib, bu aloqalarni ularning farzandlari ham davom ettirdilar. Ar-Rais Abu Usmon an-Nasafiy otasi hayotligi chog\u02bbida Abu Zaydning nevarasi o\u02bbz zamonasining ko\u02bbzga ko\u02bbringan olimi Abu Ya\u02bclo Abdulmu\u02bcmin ibn Xalaf bilan birgalikda Balx, Iroq, Makkai Mukarrama, Yamanning San\u02bco shaharlariga safar qildi. Har bir ziyorat qilgan joyida u o\u02bbsha shahar ahliga hadis rivoyat qilar, ulardan ham o\u02bbzi hadis o\u02bbrganardi. Yoshi ulg\u02bbayganda Samarqand va Buxoro kabi madaniyat markazlaridagi muhaddislar siqa (ishonchli), jalil (ulug\u02bb) muhaddis sifatida undan dars oldilar. Umrining oxirida Samarqandda yashadi va o\u02bbsha yerda vafot etdi. Unga Amir Abu Mansur Abdulloh ibn Maslama janoza o\u02bbqidi va uni Ona-vatani Nasafga olib borib dafn etdilar. Uning bunday katta muvaffaqiyatlarga erishishida o\u02bbz otasidan Imom Buxoriy ilmlarini olganligi ham katta rol o\u02bbynadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jomi\u02bc as-Sahih\u201dni Imom Buxoriydan eshitib rivoyat qilgan nasaflik muhaddislardan \u2013 Nasaf yaqinidagi Tuban qishlog\u02bbining dehqoni Abu-l-Fadl Ja\u02bcfar ibn Muhammad ibn al-Abbos at-Tubaniy (v. 891-892 yildan keyin), Imom Abu Muhammad Hammod ibn Shokir an-Nasafiy (v. 923-924 y.) hamda Xalaf ibn Shohid an-Nasafiydir (v. 308\/920). Oxirgi roviy Nasaf va Samarqand orasida pochtalonlik qilgan. O\u02bbz xizmatini o\u02bbtash jarayonida \u201cSahih\u201dni Samarqand ahliga eshittirgan. Ushbu ma\u02bclumotdan Imom Buxoriy umrining oxirida Samarqandga kirib, u yerda hadis ilmidan dars berish imkoniga ega bo\u02bblmagan bo\u02bblsa-da, Nasaf ulamolari Imom Buxoriyning hadislarini ushbu shahar ahliga yetkazishda sharafli xizmat ko\u02bbrsatganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhammad ibn Ismoildan tashqari Buxorodan Nasafga yana ko\u02bbplab muhaddislar kelgandilar. Ular Nasafda muqim yashab qoldilar va ularning avlodlari o\u02bbsha yerda hadis ilmini rivojlantirishga xizmat qildilar. Ulardan biri bobokaloni buxorolik bo\u02bblib, o\u02bbzi Nasafda tug\u02bbilgan va unda yashab, vafot etgan muhaddis \u2013 Abu-l-Husayn Tohir ibn Mahmud ibn an-Nadr an-Nasafiy (v. 902 y.) edi. Abu-l-Husayn zamonasining ko\u02bbzga ko\u02bbringan muhaddislaridan bo\u02bblib, oilasidan ham ko\u02bbpchilik hadis bilan shug\u02bbullangan. Uning amakivachchasi Abdulloh ibn Abduya ibn an-Nadr (IX asr) ham zamonasining imomlaridan edi. Abu-l-Husayn Iroq va Shom shaharlarida safarda bo\u02bbldi. Hishom ibn Ammor, Muhammad ibn al-Musaf\u00adfo, Iso ibn Yunus ar-Ramliy kabi Xuroson ulamolarining an\u02bcanalarini o\u02bbrganib, nafaqat Nasaf, balki butun Movarounnahrda hadis ilmining rivojiga katta hissa qo\u02bbshdi. Nasaflik olimlardan Muhammad ibn Tolib, Abdulmu\u02bcmin ibn Xalaf, Muhammad ibn Zakariyo, Ahmad ibn Muhammad at-Tadyoniy an-Nasafiy hamda Buxoro maktabidan Abdulloh ibn Ya\u02bcqub al-Horisiy va Abdulloh ibn Muhammad Buxoriy undan hadis o\u02bbrgandilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nasafda Imom Buxoriy va as\u02bchoblarining ishini davom ettirgan muhaddis ulamolar haqida Abu-l-Abbos Ja\u02bcfar ibn Muhammad al-Mustag\u02bbfiriy an-Nasafiy o\u02bbz asarini yozdi. Abu Hafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy uning ishini davom ettirib, o\u02bbzining \u201cal-Qand fi zikr ulamoi Samarqand\u201d kabi movarounnahrlik minglab muhaddislar haqida ma\u02bclumot bergan o\u02bbzining qimmatbaho ilmiy merosini qoldirdi. Aynan ana shu ajdodlarimizdan qolgan ma\u02bcnaviy meros orqali biz hozir o\u02bbtmishimiz ma\u02bcnaviyati tarixidan boxabar bo\u02bblmoqdamiz.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Durbek RAHIMJ\u041eNOV,<\/span><\/strong><br \/>\n<strong><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">tarix fanlari nomzodi, dotsent<\/span><\/strong><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning o\u02bbz davrida islom olamida hadis ilmi rivoji uchun qilgan xizmatlari beqiyos ekanligi barchaga ma\u02bclum. Olimning o\u02bbz o\u02bblkasida ham ilm ahli orasida katta obro\u02bbga ega bo\u02bblganligini uning Nasafdagi hadis ilmi rivojiga qo\u02bbshgan hissasidan yana bir bor ko\u02bbrish mumkin. Zero, Nasafda hadis ilmi taraqqiyotining ilk davri Imom Buxoriyning hayoti yillariga to\u02bbg\u02bbri keladi. Nasaf &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15694,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>IMOM BUXORIY NASAFDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"IMOM BUXORIY NASAFDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning o\u02bbz davrida islom olamida hadis ilmi rivoji uchun qilgan xizmatlari beqiyos ekanligi barchaga ma\u02bclum. Olimning o\u02bbz o\u02bblkasida ham ilm ahli orasida katta obro\u02bbga ega bo\u02bblganligini uning Nasafdagi hadis ilmi rivojiga qo\u02bbshgan hissasidan yana bir bor ko\u02bbrish mumkin. Zero, Nasafda hadis ilmi taraqqiyotining ilk davri Imom Buxoriyning hayoti yillariga to\u02bbg\u02bbri keladi. Nasaf &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-05-31T05:55:08+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-05-31T11:06:44+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/nasafda1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"8 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz\",\"name\":\"IMOM BUXORIY NASAFDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/nasafda1.jpg\",\"datePublished\":\"2021-05-31T05:55:08+00:00\",\"dateModified\":\"2021-05-31T11:06:44+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/nasafda1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/nasafda1.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"IMOM BUXORIY NASAFDA\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"IMOM BUXORIY NASAFDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"IMOM BUXORIY NASAFDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning o\u02bbz davrida islom olamida hadis ilmi rivoji uchun qilgan xizmatlari beqiyos ekanligi barchaga ma\u02bclum. Olimning o\u02bbz o\u02bblkasida ham ilm ahli orasida katta obro\u02bbga ega bo\u02bblganligini uning Nasafdagi hadis ilmi rivojiga qo\u02bbshgan hissasidan yana bir bor ko\u02bbrish mumkin. Zero, Nasafda hadis ilmi taraqqiyotining ilk davri Imom Buxoriyning hayoti yillariga to\u02bbg\u02bbri keladi. Nasaf &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-05-31T05:55:08+00:00","article_modified_time":"2021-05-31T11:06:44+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/nasafda1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"8 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz","name":"IMOM BUXORIY NASAFDA - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/nasafda1.jpg","datePublished":"2021-05-31T05:55:08+00:00","dateModified":"2021-05-31T11:06:44+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/nasafda1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/nasafda1.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15696&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"IMOM BUXORIY NASAFDA"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15696"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15696"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15696\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15708,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15696\/revisions\/15708"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15694"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15696"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15696"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15696"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}