{"id":15631,"date":"2021-05-27T08:48:51","date_gmt":"2021-05-27T03:48:51","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15631"},"modified":"2021-05-27T16:43:11","modified_gmt":"2021-05-27T11:43:11","slug":"hidoyat-imomi-abu-mansur-moturidiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz","title":{"rendered":"HIDOYAT IMOMI ABU MANSUR MOTURIDIY"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston qadimdan ilm-ma\u02bcrifat diyori, sivilizatsiyalar kesishgan chorraha, taraqqiyot o\u02bbchog\u02bbi bo\u02bblib kelgan. Men, \u201cHidoyat imomi Abu Mansur Moturidiyning hayot yo\u02bbli\u201d kitobi muallifi sifatida aytishim mumkinki, aniq tarixiy va ilmiy faktlar O\u02bbzbekiston diyori tarixan yuksak ilmiy salohiyatga ega bo\u02bblganini ko\u02bbrsatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buxoro va Samarqand Somoniylar davlatidagi asosiy ilm-fan markazlaridan edi. Ayniqsa, Bu\u00adxoro madaniy taraqqiyot jihatidan davlatning eng muhim shahri sanalgan. Buxoro vasfida buxorolik mashhur olimlardan biri, \u201cYatimat-ud dahr\u201d kitobi muallifi Abu Mansur Saolabiy quyidagilarni yozadi: \u201cU ulug\u02bbvorlik yurti, saltanat qiblasi, zamon ulug\u02bblari yig\u02bbilgan makon, yer ahli adiblari yulduzlarining chiqar joyi va za\u00admon fozillari to\u02bbplangan yerdir\u201d. Shuning uchun ham Buxorodan ko\u02bbra, aholisi ilm ahliga ehtiromliroq biror shahar ko\u02bbrilmagan. Somoniylar davrida Buxoro shahridagi ilmiy yuksalish ko\u02bbplab ilmiy muassasalar faoliyatida namoyon bo\u02bblgan. Olimlar munozara uchun ilmiy muassasalarda to\u02bbplanishar, bunday mashvaratlar ba\u02bczi hollarda amirning qarorgohida ham o\u02bbtkazilardi. Rivoyat qilinishicha, amir Ismoil ibn Ahmad olimlarni o\u02bbziga yaqin tutar, munozaralarini diqqat bilan tinglar edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Samarqand shahri ham ulkan ilmiy taraqqiyotning guvohi bo\u02bblgan ko\u02bbhna zamindir. Samarqandda yuksalgan ilmlar va bu zamindan yetishib chiqqan Abu Mansur Moturidiy, Lomishiy Samarqandiy, Alouddin Samarqandiy, Alouddin Usmandiy Samarqandiy, Badruddin Samarqandiy, Sa\u02bcdiddin Taftazoniy, Mirzo Ulug\u02bbbek, Ali Qushchi singari dunyoga mashhur allomalar Samarqandni ham Buxoro kabi tolibi ilmlar uchun qiblaga aylantirganidan dalolat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Movarounnahr mintaqasi islom ummatining ko\u02bbzga ko\u02bbringan ko\u02bbplab ulamolarini yetishtirdi. Ularning turli fanlar bo\u02bbyicha yozgan asarlari bu diyordagi ulkan ilmiy muhitning samarasi edi. Xususan, oltita ishonchli hadis to\u02bbplami ichidan uchtasining sohiblari Movarounnahrda tug\u02bbilgani va shu yerda yashab ijod qilgani fikrimizning yaqqol isbotidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi kunda ham O\u02bbzbekiston jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan ana shunday ulug\u02bb maqomni saqlab qolishga, yuksak taraqqiyot cho\u02bbqqisini qayta zabt etishga intilmoqda. Men birinchi bor O\u02bbzbekistonga 2020 yilning mart oyida O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqand shahrida o\u02bbtkazilgan \u201cImom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta\u02bclimoti: o\u02bbtmish va bugun\u201d mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan edim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu yerda davlat tomonidan ilmiy-ma\u02bcrifiy sohaga berilayotgan e\u02bctiborni ko\u02bbrib hayratlandim. Ushbu anjumandan keyin O\u02bbzbekiston Prezidenti qaroriga asosan, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilayotgani haqida xabardor bo\u02bbldim va ilmiy faoliyatimni yurtingizda davom ettirishga qaror qildim. Ta\u02bckidlashim zarurki, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi olamshumul voqea bo\u02bblib, bu yangilikni dunyo afkor ommasi, taniqli ulamolar katta mamnuniyat bilan qarshi oldi. Chunki bugungi kunda Imom Moturidiyning ilmiy merosini o\u02bbrganishga butun dunyoda katta qiziqish bildirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Moturidiylik ta\u02bclimoti sunniylik yo\u02bbnalishidagi ikki yirik maktabning biri bo\u02bblib, u o\u02bbz mo\u02bbtadilligi bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi shuki, Imom Moturidiy o\u02bbz ta\u02bclimotini davrning ijtimoiy-siyosiy jihatlarini ham hisobga olgan holda yaratgan. Shuning uchun moturidiylik ta\u02bclimotini o\u02bbrganishga qiziqish katta. Bu ta\u02bclimot dunyoning ko\u02bbplab yirik ta\u02bclim muassasalarida, xususan, al-Azhar universitetida ham o\u02bbqitiladi. Bugungi kunga qadar al-Azhar universitetida moturidiylik ta\u02bclimoti bo\u02bbyicha 150 dan ziyod ilmiy ish chop etilgan bo\u02bblib, ayni paytda bajarilayotgan ilmiy izlanishlar soni bundan bir necha barobar ziyoddir. Qayd etish kerakki, Buyuk Britaniyaning nufuzli Oksford universiteti ham moturidiylik ta\u02bclimotining bugungi ahamiyati juda katta ekanini alohida e\u02bctirof etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekistondagi Imom Moturidiy ilmiy-tadqiqot markazi islom dinining insonparvarlik mohiyatini, ma\u02bcrifiy jihatlarini ilmiy asosda o\u02bbrganadigan va tadqiqotlar olib boradigan, tadqiqot natijalarini xalqaro jamoatchilikka yetkazadigan nufuzli xalqaro muassasalardan biri bo\u02bblishiga ishonaman. Shuningdek, hozirgi vaqtda islom olami Imom Moturidiyning ilmiy merosi, moturidiylik ta\u02bclimoti va uning ezgu g\u02bboyalarini targ\u02bbib qiladigan ana shunday ilmiy markazga katta ehtiyoj sezmoqda. O\u02bbzbekiston bu sohada tajribaga ega. Chunki O\u02bbzbekiston qadimdan ilm-ma\u02bcrifat markazi bo\u02bblgan, ishonchim komilki, bundan keyin ham ana shu yuksak maqomni saqlab qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz Imom Moturidiy ta\u02bclimotini keyingi avlodlarga sof holda yetkazishimiz zarur. Moturidiylik aqida va kalom ilmi borasida dunyodagi eng kuchli maktablardan biri bo\u02bblgan. Bu maktabning tarixi uzoq o\u02bbtmishga borib taqaladi. Xususan, moturidiylik ta\u02bclimoti islom tarixidagi zabardast olim Abu Hanifadan o\u02bbtib kelayotgan ulkan meros hisoblanadi. Hozir moturidiylik maktabi ilmiy merosini tiklash vaqti keldi. Chunki bu maktab ta\u02bclimotidan uzoqlashish natijasida turli g\u02bbarazli kuchlar va ekstremistik oqimlar faoliyati kuchaya boshladi. Dunyo miqyosida diniy ixtiloflar murakkablashib, mutaassib oqimlar faoliyati tobora kuchayib bormoqda. Ana shunday mafkuraviy kurash jarayonida yoshlarni islomning an\u02bcanaviy ta\u02bclimotiga zid bo\u02bblgan yot g\u02bboyalardan himoya qilish, xususan, ilgari surilayotgan noto\u02bbg\u02bbri aqida va tushunchalarni moturidiylik ta\u02bclimoti asosida tuzatish dolzarb ahamiyatga ega. Imom Moturidiyning \u201cKitab at-tavhid\u201d, \u201cTa\u02bcvilot ahl as-sunna\u201d asarlarini tarjima qilish, o\u02bbrganish va yoshlarga yetkazish orqali ularni turli g\u02bbarazli kuchlarning yot g\u02bboyalari xurujidan saqlab qolish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hozirgi vaqtda dunyo musulmonlarining taxminan 40 foizi ushbu ta\u02bclimot vakillari sanaladi. Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Moturidiyning ilmiy merosini chuqur o\u02bbrganish va keng miqyosda targ\u02bbib qilishda nihoyatda katta imkoniyatga ega. Qolaversa, O\u02bbzbekiston hukumati mazkur xalqaro markaz faoliyati uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bergan. Mening istagim \u2014 dunyodagi barcha musulmon ummati fiqh, aqida va tasavvuf ilmlarini O\u02bbzbekistondagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati orqali o\u02bbrganishlari kerak. Bu mening orzuim, ushbu orzuim amalga oshishini istayman va bunga ishonaman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu markaz nafaqat O\u02bbzbekistonda, balki butun islom olamida ulkan ilmiy taraqqiyot poydevori sifatida xizmat qiladigan dargoh bo\u02bblib qolishiga tilakdoshman.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ahmad DAMANHURI,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bosh ilmiy xodimi,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Misr Arab Respublikasining al-Azhar universiteti doktori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2021 yil 27 may, \u2116 106 (362)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston qadimdan ilm-ma\u02bcrifat diyori, sivilizatsiyalar kesishgan chorraha, taraqqiyot o\u02bbchog\u02bbi bo\u02bblib kelgan. Men, \u201cHidoyat imomi Abu Mansur Moturidiyning hayot yo\u02bbli\u201d kitobi muallifi sifatida aytishim mumkinki, aniq tarixiy va ilmiy faktlar O\u02bbzbekiston diyori tarixan yuksak ilmiy salohiyatga ega bo\u02bblganini ko\u02bbrsatadi. Buxoro va Samarqand Somoniylar davlatidagi asosiy ilm-fan markazlaridan edi. Ayniqsa, Bu\u00adxoro madaniy taraqqiyot jihatidan davlatning eng muhim &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15629,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>HIDOYAT IMOMI ABU MANSUR MOTURIDIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"HIDOYAT IMOMI ABU MANSUR MOTURIDIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"O\u02bbzbekiston qadimdan ilm-ma\u02bcrifat diyori, sivilizatsiyalar kesishgan chorraha, taraqqiyot o\u02bbchog\u02bbi bo\u02bblib kelgan. Men, \u201cHidoyat imomi Abu Mansur Moturidiyning hayot yo\u02bbli\u201d kitobi muallifi sifatida aytishim mumkinki, aniq tarixiy va ilmiy faktlar O\u02bbzbekiston diyori tarixan yuksak ilmiy salohiyatga ega bo\u02bblganini ko\u02bbrsatadi. Buxoro va Samarqand Somoniylar davlatidagi asosiy ilm-fan markazlaridan edi. Ayniqsa, Bu\u00adxoro madaniy taraqqiyot jihatidan davlatning eng muhim &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-05-27T03:48:51+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-05-27T11:43:11+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz270521.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"4 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz\",\"name\":\"HIDOYAT IMOMI ABU MANSUR MOTURIDIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz270521.jpg\",\"datePublished\":\"2021-05-27T03:48:51+00:00\",\"dateModified\":\"2021-05-27T11:43:11+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz270521.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz270521.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"HIDOYAT IMOMI ABU MANSUR MOTURIDIY\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"HIDOYAT IMOMI ABU MANSUR MOTURIDIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"HIDOYAT IMOMI ABU MANSUR MOTURIDIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"O\u02bbzbekiston qadimdan ilm-ma\u02bcrifat diyori, sivilizatsiyalar kesishgan chorraha, taraqqiyot o\u02bbchog\u02bbi bo\u02bblib kelgan. Men, \u201cHidoyat imomi Abu Mansur Moturidiyning hayot yo\u02bbli\u201d kitobi muallifi sifatida aytishim mumkinki, aniq tarixiy va ilmiy faktlar O\u02bbzbekiston diyori tarixan yuksak ilmiy salohiyatga ega bo\u02bblganini ko\u02bbrsatadi. Buxoro va Samarqand Somoniylar davlatidagi asosiy ilm-fan markazlaridan edi. Ayniqsa, Bu\u00adxoro madaniy taraqqiyot jihatidan davlatning eng muhim &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-05-27T03:48:51+00:00","article_modified_time":"2021-05-27T11:43:11+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz270521.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"4 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz","name":"HIDOYAT IMOMI ABU MANSUR MOTURIDIY - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz270521.jpg","datePublished":"2021-05-27T03:48:51+00:00","dateModified":"2021-05-27T11:43:11+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz270521.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz270521.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15631&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"HIDOYAT IMOMI ABU MANSUR MOTURIDIY"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15631"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15631"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15631\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15632,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15631\/revisions\/15632"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15629"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15631"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15631"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15631"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}