{"id":15561,"date":"2021-05-22T14:21:31","date_gmt":"2021-05-22T09:21:31","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15561"},"modified":"2021-05-22T14:21:31","modified_gmt":"2021-05-22T09:21:31","slug":"forobiy-d%d0%b5ydiki","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz","title":{"rendered":"FOROBIY D\u0415YDIKI\u2026"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Buyuk alloma bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy O\u02bbrta asrlar davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarini o\u02bbz ichiga olgan 160dan ortiq risola yaratib, haqli ravishda \u201cMuallimi soniy\u201d yoki \u201cSharq Arastusi\u201d unvonini qozongan. Forobiyning ilmiy merosi bugungi kunda ham ko\u02bbplab mamlakatlarda alohida e\u02bctibor bilan o\u02bbrganilayotgani uning asarlari zamonlar osha o\u02bbz dolzarbligi va ahamiyatini yo\u02bbqotmay kelayotganidan darak beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tahririyatimiz allomaning shoh asarlaridan bo\u02bblmish \u201cFozil odamlar shahri\u201d risolasidan ayrim qaydlarni keltirib, bugungi hayotimizning manzaralarini, aniqrog\u02bbi, XXI yuz yillik bashariyatining qiyofasini 11 asr avval yashab o\u02bbtgan buyuk Forobiy bitiklari vositasida ifodalashga qaror qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarda fozillar shahri aholisi uchun umumiy bo\u02bblgan xususiyatlar haqida so\u02bbz borar ekan, fozil inson hodisalarni (yaxshi-yomonni) isbotlash yo dil sezgisi bilan bilib olishi, bundaylar donishmand bo\u02bblishi ta\u02bckidlanadi. Ixlos bilan donishmandlarga ergashganlar ularning bilimlarini o\u02bbzlashtiradi. Qolganlar ergashganlarning tasavvurlaricha taqlid orqali bilim oladi. Shunda umumiy hilqatlar haqida hech qanday bahsga, soxta donolik va noto\u02bbg\u02bbri tushunchalarga asoslangan munozaralaru ular yakunida qabul qilinadigan ters xulosalarga o\u02bbrin qolmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jaholatdagi shahar odamlari esa boshqa toifadir. Ular dunyo saodatini obro\u02bb-izzat va mol-dunyo hamda ular keltiruvchi rohatlardan iborat bilgani uchun fozillar shahri qonunlarini buzish, haqiqatga aloqador narsalardan uzoqlashish, fozil xususiyat va tasavvurlarni boshqacha aks ettirishga urinadi. Chunki, tor doiradagi johil va tuban maqsadlariga erishishda ularga hech kim to\u02bbsqinlik qilmasligi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forobiy bunday toifa odamlarni fazilatli shaharlar jamoalariga qabul qilmaslik zarurligini uqtiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugungi O\u02bbzbekiston jamiyatini oladigan bo\u02bblsak, obyektiv nuqtai nazardan mamlakatimiz fozil shahardir. Yurtimizda boshqaruv qobiliyatiga ega imomlar (rahbarlar), odamlarga hodisalarni to\u02bbg\u02bbri bildiradigan donishlar (barcha darajadagi ustozlar), fozil odamlar \u2013 hammasi mavjud. Lekin shular qatorida jaholatdagi shahar odamlari ham yonma-yon yashamoqdaki, bu ko\u02bbplab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Aholi orasida yakkam-dukkam uchraydigan ana shunday toifa vakillari butun jamiyatni \u201cfazilatli\u201d maqomdan \u201cjohil\u201d darajasiga tushirmoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barchamiz ommaviy axborot vositalari orqali mas\u02bculiyatsiz rahbarlar, korrupsionerlar, jinoyatchilar va boshqa turdagi johil toifa to\u02bbg\u02bbrisidagi xabarlar bilan tanishamiz. Masalan, ijtimoiy barqarorlik va jamiyat istiqbolining tamalini tashkil etuvchi ta\u02bclim-tarbiya va sog\u02bbliqni saqlash tizimlarida ro\u02bby berayotgan xunuk hodisalar mamlakatimizni fazilat yo\u02bblidan jaholat yo\u02bbliga burishga intilayotganlar yo\u02bbq emasligini, bunday hodisalarning takror-takror yuz berishi esa johillarning safi toraymayotganini bildiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kimdir buni globallashuv ta\u02bcsiridagi iqtisodiy jarayonlar, kimdir \u201commaviy madaniyat\u201d yoki shunga o\u02bbxshash zamonaviy muammolar ta\u02bcsiriga yo\u02bbyishi mumkin. Lekin Forobiy bobomiz 11 asr avval bashariyatni bunday illatlar ilgaridan tashvishga solib kelganini qayd etgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xususan, alloma \u201cFozil odamlar shahri\u201dda jaholatdagi shaharlarning bir necha turlarini keltiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Zaruriy ehtiyojlar shahri<\/strong>\u00a0aholisi faqat badan uchun zarur bo\u02bblgan narsalar \u2013 oziq-ovqat, ichimlik, kiyim-kechak, turar joy, shahvoniyatni qondirish kabilarga erishish uchun bir-biriga yordam beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ayirbosh qiluvchilar shahri<\/strong>\u00a0odamlari mol-dunyoga erishishda o\u02bbzaro ko\u02bbmaklashishni hayotining asosiy maqsadi deb biladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Razolat shahri<\/strong>\u00a0aholisi yeyish-ichish, jismoniy lazzat, aysh-ishrat va kayf-safoda rohat topishga intiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Obro\u02bbparastlar shahri<\/strong>da odamlar bir-birini maqtab, ko\u02bbkka ko\u02bbtarishni yaxshi ko\u02bbradi. O\u02bbzga xalqlar ularni ulug\u02bblashini istaydi, begonalar oldida ulug\u02bbvor, shavkatli ko\u02bbrinishni xohlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Benomuslar shahri<\/strong>\u00a0aholisi yaxshi-yomonni faqat tilda ajratib, amalda teskarisini qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Beqaror shahar<\/strong>dagi odamlarning qarash va amallari avvalroq fozillarga o\u02bbxshash bo\u02bblgan, keyinchalik begona g\u02bboyalar kirib kelib, ularni butunlay o\u02bbzgartirib yuborgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forobiy\u00a0<strong>shahvatparastlar shahri<\/strong>,\u00a0<strong>amalparast va hokimiyatparastlar shahri<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>adashgan shahar<\/strong>\u00a0haqida ham to\u02bbxtalib o\u02bbtadi. Yuqoridagilarga qisqacha izoh berilgan esa-da, keyingilar uchun buning hojati bo\u02bblmasa kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xo\u02bbsh, jaholatdagi shaharlar odamlarining sifatlari bilan tanishar ekansiz, ko\u02bbz oldingizda muayyan zamondoshlaringiz gavdalandimi? Forobiy davri bilan hozirgi kun o\u02bbrtasida aniq parallellar vujudga keldimi? Javobingiz \u2013 \u201cha\u201d. Taassufki, bu savollarga hammamiz boshni yerga xam qilib, tasdiq javobini berishdan o\u02bbzcha ilojimiz yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu bois ham jaholat illatlarini birma-bir sanab o\u02bbtgan ulug\u02bb alloma zalolat botqog\u02bbiga botmaslik uchun odamlarning birlashuv va o\u02bbzaro yordamga ehtiyoji borligi haqida so\u02bbz yuritadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Forobiyning yozishicha, har bir inson tabiatiga ko\u02bbra o\u02bbz ehtiyojlarini qondirish va kamol topish uchun juda ko\u02bbp narsalarga muhtoj bo\u02bbladi. U hamma narsani o\u02bbzi hosil qila olmagani bois turli kasbdagi boshqa insonlar xizmatiga ehtiyoj sezadi. Shu tariqa odamlar jamoalarga birlashadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu jamoalar to\u02bbliq va to\u02bbliqsiz bo\u02bbladi. To\u02bbliq jamoalar uch turga bo\u02bblinadi \u2013 buyuk (butun yer yuzi aholisi), o\u02bbrtacha (xalq) va kichik (shahar). Qishloq, mahalla va oilalar to\u02bbliqsiz jamoalardir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Eng yaxshi ne\u02bcmatlar va eng mukammal narsalar shahardan topiladi. Undan kichik jamoalarda kamolotga yetish imkoniyati kam bo\u02bbladi. Negaki, ta\u02bclim-tarbiya, sog\u02bbliqni saqlash, sanoat, xizmat ko\u02bbrsatish, hokimiyat va hokazo masalalar bilan shug\u02bbullanuvchi muassasalar faqat shaharlardagina mukammal tarzda tashkil topadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ne\u02bcmatlarga kelsak, ular erkin istak-iroda va erkin tanlov bilan hosil qilinadi. Ajabki, yomonliklar ham erkin istak-iroda va erkin tanlov bilan sodir etiladi. Demak, istak-niyat yaxshi bo\u02bblsa, shahar aholisi ma\u02bcnaviy kamol topadi, farovonlikka erishadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cHaqiqiy baxt-saodatga yetishuv yo\u02bblida bir-biriga yordam berib, yaxshi amallar qiladigan insonlar shahri fozila shahar, ya\u02bcni fozil odamlar shahridir. Inson barcha a\u02bczolari solim, butun, mukammal ishlab turganida sog\u02bblom bo\u02bblganiday, butun aholisi go\u02bbzal xulqli bo\u02bblgan, yaxshi amallar qiladigan va bir-biriga yordam beradigan shahar fozil odamlar shahridir\u201d<\/strong>, deydi Forobiy.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jamiyatni inson tanasiga qiyoslaganicha fikrini davom ettirar ekan, ulug\u02bb alloma badan a\u02bczolarining hammasiga rais-yurakka bo\u02bbysunsa-da, tabiatiga ko\u02bbra bir-biridan farqlanishini qayd etadi. Ya\u02bcni, a\u02bczolar yurakka yaqinlik jihatidan turli mavqe va darajalarga ega bo\u02bbladi. Ba\u02bczilari rais-a\u02bczoga (mamlakat rahbariga) to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri (vazirlar, hokimlar), ayrimlari bilvosita bog\u02bblangan bo\u02bbladi. So\u02bbng ularga xizmat qiluvchilar, keyin ularga xizmat qiluvchilar va yana xizmat qiluvchilar bo\u02bbladi. Yuqori mavqedagilarning faoliyati og\u02bbirroq, qamrovliroq va muhimroq, quyiroq darajadagilarniki yengilroqdir. Inson tanasida hamma a\u02bczolar o\u02bbzaro muvofiq ishlaganida harakat mukammal bo\u02bblgani kabi shaharda ham odamlarning tabiati, qobiliyati, istak-irodasi, san\u02bcat-hunariga mos ravishda o\u02bbzaro maqbul va ma\u02bcqul faoliyat yo\u02bblga qo\u02bbyilsa, u fozil shahar bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu o\u02bbrinda tana a\u02bczolaridan birini ustun, boshqasini ahamiyatsiz deb ajratmaslik kerak, albatta. Chunki, birining ishini ikkinchisi qila olmaydi \u2013 ko\u02bbz ko\u02bbradi, quloq eshitadi, qo\u02bbl mehnat qiladi, oyoq yuradi. Odam qaysidir a\u02bczosi bo\u02bblmasa ham yashayverishi mumkin. Lekin mukammalik haqida so\u02bbz borar ekan, zamonaviy tibbiyotning quyidagi yangiligiga e\u02bctiboringizni qaratmoqchimiz \u2013 jimjiloq bo\u02bblmasa, panjaning kuchi 80 foiz kamayar ekan. Bu tajribada isbotlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimizning dono naqlini ham eslab o\u02bbtib joiz \u2013 podani kimdir boqishi kerak, aks holda, ya\u02bcni hamma olim bo\u02bblib ketaversa, go\u02bbshtsiz qolamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hamma kasb ham keraklidir. Sochimizni qirtishlash uchun qassobga, non olish uchun avtomobil ustaxonasiga bormaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hammasining o\u02bbz o\u02bbrni, o\u02bbz ahamiyati bor. Gap insonning o\u02bbziga borib taqalyapti. Fozil odamlar shahrini barpo etish har bir inson fozil yo johil bo\u02bblishiga bog\u02bbliq bo\u02bblib qolyapti. Bugungi kunda \u201cbuyuk kelajak\u201d, \u201cyorqin istiqbol\u201d kabi turli atamalar bilan ifodalanadigan farovon jamiyatning Forobiycha istilohi\u00a0<strong>fozil odamlar shahri<\/strong>dir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kim uning a\u02bczosi bo\u02bblishni istasa, marhamat, niyati va fe\u02bcli bilan buni namoyon etsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kimki, jaholatdagi shahar qusurlarini tashib yuraveraman desa, nachora\u2026 fozillik yo\u02bblida hammani ortga tortaveradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa o\u02bbzingizdan.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Madina MASHRABXON<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Buyuk alloma bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy O\u02bbrta asrlar davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarini o\u02bbz ichiga olgan 160dan ortiq risola yaratib, haqli ravishda \u201cMuallimi soniy\u201d yoki \u201cSharq Arastusi\u201d unvonini qozongan. Forobiyning ilmiy merosi bugungi kunda ham ko\u02bbplab mamlakatlarda alohida e\u02bctibor bilan o\u02bbrganilayotgani uning asarlari zamonlar osha o\u02bbz dolzarbligi va ahamiyatini yo\u02bbqotmay kelayotganidan darak &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15559,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>FOROBIY D\u0415YDIKI\u2026 - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"FOROBIY D\u0415YDIKI\u2026 - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Buyuk alloma bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy O\u02bbrta asrlar davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarini o\u02bbz ichiga olgan 160dan ortiq risola yaratib, haqli ravishda \u201cMuallimi soniy\u201d yoki \u201cSharq Arastusi\u201d unvonini qozongan. Forobiyning ilmiy merosi bugungi kunda ham ko\u02bbplab mamlakatlarda alohida e\u02bctibor bilan o\u02bbrganilayotgani uning asarlari zamonlar osha o\u02bbz dolzarbligi va ahamiyatini yo\u02bbqotmay kelayotganidan darak &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-05-22T09:21:31+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/farabiy.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"510\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz\",\"name\":\"FOROBIY D\u0415YDIKI\u2026 - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/farabiy.jpg\",\"datePublished\":\"2021-05-22T09:21:31+00:00\",\"dateModified\":\"2021-05-22T09:21:31+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/farabiy.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/farabiy.jpg\",\"width\":660,\"height\":510},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"FOROBIY D\u0415YDIKI\u2026\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"FOROBIY D\u0415YDIKI\u2026 - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"FOROBIY D\u0415YDIKI\u2026 - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Buyuk alloma bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy O\u02bbrta asrlar davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarini o\u02bbz ichiga olgan 160dan ortiq risola yaratib, haqli ravishda \u201cMuallimi soniy\u201d yoki \u201cSharq Arastusi\u201d unvonini qozongan. Forobiyning ilmiy merosi bugungi kunda ham ko\u02bbplab mamlakatlarda alohida e\u02bctibor bilan o\u02bbrganilayotgani uning asarlari zamonlar osha o\u02bbz dolzarbligi va ahamiyatini yo\u02bbqotmay kelayotganidan darak &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-05-22T09:21:31+00:00","og_image":[{"width":660,"height":510,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/farabiy.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz","name":"FOROBIY D\u0415YDIKI\u2026 - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/farabiy.jpg","datePublished":"2021-05-22T09:21:31+00:00","dateModified":"2021-05-22T09:21:31+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/farabiy.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/farabiy.jpg","width":660,"height":510},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15561&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"FOROBIY D\u0415YDIKI\u2026"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15561"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15561"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15561\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15563,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15561\/revisions\/15563"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15559"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15561"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15561"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15561"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}