{"id":15433,"date":"2021-05-17T09:25:27","date_gmt":"2021-05-17T04:25:27","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15433"},"modified":"2021-05-17T11:16:43","modified_gmt":"2021-05-17T06:16:43","slug":"so%ca%bbfi-ollohyor-ijodiyotiga-nazar-markazning-manbalar-xazinasida-saqlanayotgan-nusxalari-misolida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz","title":{"rendered":"SO\u02bbFI OLLOHYOR IJODIYOTIGA NAZAR (Markazning Manbalar xazinasida saqlanayotgan asarlari nusxalari misolida)"},"content":{"rendered":"<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uzoq va shonli tarixga ega bo\u02bblgan o\u02bbzbek xalqi azaldan o\u02bbzining yuksak madaniyati, go\u02bbzal qadriyatlari, boy ilmiy merosi bilan butun jahon e\u02bctiborini jalb etib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillik o\u02bbtmishimizni, xalqimizning boy madaniyatini manbalar asosida chuqur va mukammal o\u02bbrganish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Sobiq Ittifoq davrida o\u02bbzbek xalqining o\u02bbtmishi, bir yoqlama yoritilgan edi. Ayniqsa, dini va u bilan bog\u02bbliq ayrim masalalarni o\u02bbrganish nazardan chetda qoldi. Bugungi kunda Vatan tarixini o\u02bbrganar ekanmiz, bunda xalqning o\u02bbtmishdagi diniy-madaniy hayotini tadqiq etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mustaqillikka erishilganidan so\u02bbng, oldin yashab ijod etgan olimlar, shoirlar, muhaddislar va shu bilan birga, tasavvuf namoyandalarining hayoti va bebaho asarlari tadqiq etila boshladi. Muqaddas ziyoratgohlar qayta ta\u02bcmirlandi. Ularga e\u02bctibor yanada kuchaydi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bblkamiz tarixida ilm-fan turli ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta\u02bcsirida rivojlanib bordi. Xususan, islom ilmlarining XVII-XIX asrlardagi taraqqiyoti tasavvuf namoyandalarining faol ilmiy izlanishlari, safarlari bilan bog\u02bbliq bo\u02bblgan. Buning uchun ulamolardan diniy ilmlar bilan bir qatorda, ijtimoiy, mantiqiy, falsafiy ilmlarni bilish talab etilardi. Islom dini ta\u02bclimotining ravnaqi va targ\u02bbibotining kengayishida Samarqand shahri muhim o\u02bbrin egalladi, desak, mubolag\u02bba bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XVII-XIX asrlarda Samarqandda dunyoviy fanlar bilan birga, diniy bilimlar ham keng rivojlandi. So\u02bbfi Ollohyor, Musoxonxoja Dahbediy, Valixon Eshon Urgutiy, Sayyid Ahmad Vasliy, Sultonxon To\u02bbra Ado, Naqib To\u02bbg\u02bbral kabi ulamolar islom ta\u02bclimotining rivojiga ulkan hissa qo\u02bbshdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvuf yo\u02bbnalishida Ahmad Sirhindiy, Hoja Habibulloh Buxoriy, mavlono Muhammadi Imlo, Musoxonxoja Dahbediy, Muhammad Islom shayx Karruxiy, Muhammad Sharif xoja ibn Atoulloh xoja shayxulislom kabi tariqat arboblari bilan bir qatorda, So\u02bbfi Ollohyor (1663, Kattaqo\u02bbrg\u02bbon bekligi Minglar qishlog\u02bbi \u2013 1724, Denov) ham bir vaqtning o\u02bbzida bir necha tariqatlar mujassamligida faoliyat ko\u02bbrsatgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbfi Ollohyorning hayoti va ijodiga oid manbalarni o\u02bbrganish borasida bugungi kunga qadar ko\u02bbplab tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, Bo\u02bbriboy Ahmedov, Sadriddin Salim Buxoriy, Komilxon Kattayev, Bobur Aminov, Abdusattor Jumanazarov, Mas\u02bcudxon Ismoilov, Abrorxon Akbarov, Mehrojiddin Amonov kabi tadqiqotchi olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilganini aytib o\u02bbtish mumkin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ajdodlarimiz muayyan bir asarni yozish uchun ko\u02bbplab va turli sohalarga oid ilmlarni o\u02bbrgangan. Xususan, So\u02bbfi Ollohyor o\u02bbzining \u201cMaslakul muttaqin\u201d (\u201cTaqvodorlar maslagi\u201d) nomli kitobini yozish jarayonida ko\u02bbpgina olimlarning asarlari bilan tanishib, ulardan unumli foydalanganining guvohi bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbfi Ollohyor \u2013 tariqat arbobi va mutasavvif shoir. Shayxlar maktabi va Buxorodagi Jo\u02bbybor shayxlari dargohida ta\u02bclim olgan. O\u02bbz davrining barcha asosiy ilmlarini egallagan, arab va fors tillarini o\u02bbrgangan. Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan boj mahkamasiga to\u02bbra etib tayinlangan. Darveshona fe\u02bcl, shoirona ko\u02bbngil sohibi bo\u02bblgan So\u02bbfi Ollohyor bu lavozimdan tezda iste\u02bcfo berib, o\u02bbz davrining mashhur shayxi Navro\u02bbzga shogird tushgan, tariqat talablarini bajarib, shayxlik martabasiga ko\u02bbtarilgan, valiulloh (karomat sohibi) bo\u02bblib yetishgan [4: 202].<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oriflik maqomiga yetgan So\u02bbfi Ollohyor fiqh, aqoid va odob-axloq masalalariga oid bir nechta asar yozgan. Ular asosan nazmda bayon etilgan bo\u02bblib, ma\u02bcrifatparvar xalqimiz orasida keng tarqalgan [2: 5].<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan So\u02bbfi Ollohyor ijodining asosiy yo\u02bbnalishi islom ma\u02bcrifatini keng xalq orasiga yoyish va tasavvufning insoniy kamolot bilan bog\u02bbliq g\u02bboyalarini targ\u02bbib qilishdan iborat edi. U \u201cMaslak ul-muttaqin\u201d (\u201cTaqvodorlar maslagi\u201d), \u201cMurodul orifin\u201d (\u201cOriflar murodi\u201d), \u201cMahzanul mute\u02bcin\u201d (\u201cItoatkorlar xazinasi\u201d) asarlarini forsiy, \u201cSabotul ojizin\u201d (\u201cOjizlar saboti\u201d), \u201cFavzun najot\u201d (\u201cNajot tantanasi\u201d) masnaviylarini turkiyda yozgan. Forsiy va turkiyda bitilgan boshqa she\u02bcrlari ham mavjud. \u201cMevalar munozarasi\u201d nomli manzuma ham unga nisbat beriladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbfi Ollohyorning shoh asari \u201cMaslakul muttaqin\u201d bo\u02bblib, 135 ta katta kichik bob, 12 ming baytdan iborat. Ilohiy ma\u02bcrifatning badiiy talqiniga bag\u02bbishlangan bu asar el orasida shuxrat topganidan so\u02bbng, do\u02bbstu yaqinlari undan turkiy tilda ham shunday bir kitob yozishni iltimos qiladilar. Bunga javoban u \u201cMaslakul muttaqin\u201dni birmuncha qisqartirib, turkiyda nazmda bitgan va \u201cSabotul ojizin\u201d, deb nom bergan. O\u02bbzbek falsafiy didaktik adabiyotining yetuk namunasi bo\u02bblmish ushbu asar orqali tasavvuf ta\u02bclimotining ma\u02bcnaviy-axloqiy masalalari keng yoritish bilan birga turkiy tasavvuf adabiyoti rivojiga katta hissa qo\u02bbshgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbfi Ollohyor o\u02bbz asarlarida islom ahkomlari, tariqat talablari, insoniy komillik shartlarini birma bir ta\u02bcriflab bergan. Axloqiy-ta\u02bclimiy ahamiyati jihatidan, xususan, \u201cMaslakul muttaqin\u201d va \u201cSabotul ojizin\u201d asarlari maktab va madrasalarda asosiy darsliklar qatorida o\u02bbqitilib kelgan. Uning diniy-tasavvufiy ruhdagi pand-u hikmatga yo\u02bbg\u02bbrilgan asarlari nafaqat Turkiston, balki Qashqardan tortib Etel (Volga), Yoyiq (Ural) daryolari vohalari, Hojitarxon (Astraxan), Bulg\u02bbor, Orenburg va boshqa mintaqalarda yashovchi xalqlar orasida ham keng tarqalgan. Ular ko\u02bbp nusxalarda ko\u02bbchirilgan. XIX asrning oxirlariga kelib esa, Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va boshqa shaharlarda toshbosma yo\u02bbli bilan bir necha marta nashrdan chiqqan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">So\u02bbfi Ollohyor asarlari ko\u02bbplab xorijiy tillarga tarjima qilingan, ularga bag\u02bbishlab sharhlar yozilgan, lug\u02bbatlar tuzilib, u qo\u02bbllagan tasavvufiy istiloh va timsollar keng sharhlangan. Asarlarining qo\u02bblyozma va toshbosma nusxalari ko\u02bbpgina qo\u02bblyozma fondlarida saqlanib kelmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi manbalar xazinasida ham \u2116 MR 12, 43, 61, 66 raqamlari ostida \u201cMaslakul muttaqin\u201d asarining bir necha qo\u02bblyozma nusxasi mavjud. Shuningdek \u201cSabotul ojizin\u201d asari\u00a0 inv. \u2116 MR 199\/II raqami ostida saqlanmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu fonddagi inv. \u2116 MR 12 raqamli \u201cMaslakul muttaqin\u201d asari nusxasi jami 437 sahifadan iborat (1<sup>a<\/sup>-437<sup>b<\/sup>) \u00a0bo\u02bblib, o\u02bblchami \u2013 29&#215;21\u00a0<em>sm.<\/em>\u00a0matn o\u02bblchovlari \u2013 22&#215;11\u00a0<em>sm.<\/em>\u00a0Nasta\u02bcliq xatida, 15 misradan qilib bitilgan. Mistara, poygir, siyohi qora, bob va fasllar qizil siyohda belgilangan. Sharq qog\u02bbozi, kurrosa-8, muqovasi-jigarrangda. Nusxa to\u02bbliq emas.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cSabotul ojizin\u201d. O\u02bblchami 23&#215;14\u00a0<em>sm<\/em>. Matn o\u02bblchovlari \u2013 17&#215;10\u00a0<em>sm<\/em>. Jami 61 sahifadan iborat. Nasta\u02bcliq xatida, 11 misradan qilib sharq qog\u02bbozida bitilgan [1: 354].<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu tadqiqot davomida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi manbalar xazinasida So\u02bbfi Ollohyorning \u201cMaslakul muttaqin\u201d asarining 4 nusxasi va \u201cSabotul ojizin\u201d asarining 1 ta nusxasi mavjudligi ma\u02bclum bo\u02bbldi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cMaslakul muttaqin\u201d asari islom qonunshunosligiga oid turli mulohazalardan tarkib topgan. Muallif asarni tasnif etishda ko\u02bbpgina fiqhiy manbalardan foydalanganini ilg\u02bbab olish mumkin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Unda boshqa fiqhiy kitoblarda kelganidek iymon bo\u02bblimidan boshlanib, haj bo\u02bblimiga qadar islomiy masalalar birma-bir bayon etilgan. Asarning oxirida muallif aytganidek, o\u02bbzi haj amalini bajarmagani sababidan haj bo\u02bblimini yozmagan [3: 416].<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom tarixi va manbashunosligiga oid qimmatli ma\u02bclumotlarni o\u02bbzida mujassamlashtirgan bunday nodir qo\u02bblyozmalarning saqlanib kelayotgani va tadqiq etilayotgani ularning ilmiy-ma\u02bcnaviy ahamiyati yuksakligidan dalolatdir.<\/span><\/p>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:<\/strong><\/span><\/div>\n<ol>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Imom Buxoriy xalqaro markazi Qo\u02bblyozmalar katalogi \/ G\u02bboya muallifi Sh. Ziyodov. \u2013 Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2018. \u2013 B. 688<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">So\u02bbfi Ollohyor. \u201cSabotul ojizin\u201d sharhi [matn] \/ S. Allohyor: sharhlab nashrga tayyorlovchilar: M. Ismoilov va A. Akbarov. \u2013 Samarqand: Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2018. \u2013 B.\u00a0 528<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">So\u02bbfi Ollohyor. Maslakul muttaqin. Nashrga tayyorlovchilar S.Sayfulloh va Akram Dehqon. T.: 2016. \u2013 B. 492<\/span><\/div>\n<\/li>\n<li>\n<div><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">O\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi. 8-jild. Solnoma- To\u02bbytepa. Tahrir hay\u02bcati: A.Azizxo\u02bbjayev, B.Alimov, M.Aminov va b. \u2013T.; \u201cO\u02bbzbekiston milliy ensiklopediyasi\u201d Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. \u2013 B. 703.<\/span><\/div>\n<\/li>\n<\/ol>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Dildora MUSINOVA,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Uzoq va shonli tarixga ega bo\u02bblgan o\u02bbzbek xalqi azaldan o\u02bbzining yuksak madaniyati, go\u02bbzal qadriyatlari, boy ilmiy merosi bilan butun jahon e\u02bctiborini jalb etib kelmoqda. Mustaqillik o\u02bbtmishimizni, xalqimizning boy madaniyatini manbalar asosida chuqur va mukammal o\u02bbrganish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Sobiq Ittifoq davrida o\u02bbzbek xalqining o\u02bbtmishi, bir yoqlama yoritilgan edi. Ayniqsa, dini va u bilan bog\u02bbliq &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15430,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>SO\u02bbFI OLLOHYOR IJODIYOTIGA NAZAR (Markazning Manbalar xazinasida saqlanayotgan asarlari nusxalari misolida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"SO\u02bbFI OLLOHYOR IJODIYOTIGA NAZAR (Markazning Manbalar xazinasida saqlanayotgan asarlari nusxalari misolida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Uzoq va shonli tarixga ega bo\u02bblgan o\u02bbzbek xalqi azaldan o\u02bbzining yuksak madaniyati, go\u02bbzal qadriyatlari, boy ilmiy merosi bilan butun jahon e\u02bctiborini jalb etib kelmoqda. Mustaqillik o\u02bbtmishimizni, xalqimizning boy madaniyatini manbalar asosida chuqur va mukammal o\u02bbrganish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Sobiq Ittifoq davrida o\u02bbzbek xalqining o\u02bbtmishi, bir yoqlama yoritilgan edi. Ayniqsa, dini va u bilan bog\u02bbliq &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-05-17T04:25:27+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-05-17T06:16:43+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/sufiOllohyor.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"455\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz\",\"name\":\"SO\u02bbFI OLLOHYOR IJODIYOTIGA NAZAR (Markazning Manbalar xazinasida saqlanayotgan asarlari nusxalari misolida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/sufiOllohyor.jpg\",\"datePublished\":\"2021-05-17T04:25:27+00:00\",\"dateModified\":\"2021-05-17T06:16:43+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/sufiOllohyor.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/sufiOllohyor.jpg\",\"width\":660,\"height\":455,\"caption\":\"\u0421\u045e\u0444\u0438 \u041e\u043b\u043b\u043e\u04b3\u0451\u0440. \u041c\u0430\u0441\u043b\u0430\u043a\u0443\u043b \u043c\u0443\u0442\u0442\u0430\u049b\u0438\u0439\u043d. \u049a\u045e\u043b\u0451\u0437\u043c\u0430. \u0418\u0411\u0425\u0418\u0422\u041c \u043c\u0430\u043d\u0431\u0430\u043b\u0430\u0440 \u0445\u0430\u0437\u0438\u043d\u0430\u0441\u0438. \u2116-43.\"},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"SO\u02bbFI OLLOHYOR IJODIYOTIGA NAZAR (Markazning Manbalar xazinasida saqlanayotgan asarlari nusxalari misolida)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"SO\u02bbFI OLLOHYOR IJODIYOTIGA NAZAR (Markazning Manbalar xazinasida saqlanayotgan asarlari nusxalari misolida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"SO\u02bbFI OLLOHYOR IJODIYOTIGA NAZAR (Markazning Manbalar xazinasida saqlanayotgan asarlari nusxalari misolida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Uzoq va shonli tarixga ega bo\u02bblgan o\u02bbzbek xalqi azaldan o\u02bbzining yuksak madaniyati, go\u02bbzal qadriyatlari, boy ilmiy merosi bilan butun jahon e\u02bctiborini jalb etib kelmoqda. Mustaqillik o\u02bbtmishimizni, xalqimizning boy madaniyatini manbalar asosida chuqur va mukammal o\u02bbrganish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Sobiq Ittifoq davrida o\u02bbzbek xalqining o\u02bbtmishi, bir yoqlama yoritilgan edi. Ayniqsa, dini va u bilan bog\u02bbliq &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-05-17T04:25:27+00:00","article_modified_time":"2021-05-17T06:16:43+00:00","og_image":[{"width":660,"height":455,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/sufiOllohyor.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz","name":"SO\u02bbFI OLLOHYOR IJODIYOTIGA NAZAR (Markazning Manbalar xazinasida saqlanayotgan asarlari nusxalari misolida) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/sufiOllohyor.jpg","datePublished":"2021-05-17T04:25:27+00:00","dateModified":"2021-05-17T06:16:43+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/sufiOllohyor.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/sufiOllohyor.jpg","width":660,"height":455,"caption":"\u0421\u045e\u0444\u0438 \u041e\u043b\u043b\u043e\u04b3\u0451\u0440. \u041c\u0430\u0441\u043b\u0430\u043a\u0443\u043b \u043c\u0443\u0442\u0442\u0430\u049b\u0438\u0439\u043d. \u049a\u045e\u043b\u0451\u0437\u043c\u0430. \u0418\u0411\u0425\u0418\u0422\u041c \u043c\u0430\u043d\u0431\u0430\u043b\u0430\u0440 \u0445\u0430\u0437\u0438\u043d\u0430\u0441\u0438. \u2116-43."},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15433&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"SO\u02bbFI OLLOHYOR IJODIYOTIGA NAZAR (Markazning Manbalar xazinasida saqlanayotgan asarlari nusxalari misolida)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15433"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15433"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15433\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15441,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15433\/revisions\/15441"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15430"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15433"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15433"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15433"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}