{"id":15395,"date":"2021-05-15T13:56:57","date_gmt":"2021-05-15T08:56:57","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15395"},"modified":"2021-05-15T14:26:21","modified_gmt":"2021-05-15T09:26:21","slug":"ham-farzimiz-ham-qarzimiz-ham-burchimiz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz","title":{"rendered":"HAM FARZIMIZ, HAM QARZIMIZ, HAM BURCHIMIZ!"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Bismillahir rohmanir rohim!<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cEy imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro\u02bbza tutish farz qilindi, shoyad (u sababli)\u2008taqvoli bo\u02bblsangiz. Sizlardan kim bu oyda hozir bo\u02bblsa, unda ro\u02bbza tutsin\u201d\u00a0<em>(Baqara surasi 183-oyat)<\/em><\/strong>\u00a0deb marhamat qilib, muborak Ramazoni sharif oyining ro\u02bbzasini sizu bizga mehr-muruvvat tariqasida farz qilgan Parvardigori olamga behisob hamdu sanolarimiz bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>\u200e<\/em><\/strong><strong><em>\u201cKim Ramazon ro\u02bbzasini imon bilan, savob umidida tutsa, o\u02bbtgan gunohlari mag\u02bbfirat qilinadi\u201d<\/em><\/strong>\u00a0<em>(Imom Buxoriy rivoyati)<\/em>\u00a0deb marhamat qilgan habibimiz, ko\u02bbzimiz nuri, boshimiz toji Janobi Payg\u02bbambarimiz Muhammad Mustafo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga cheksiz salavot-shariflarimiz va salomlarimiz bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>\u00a0<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Qadrli yurtdoshlar!<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kechagina orziqib kutilgan \u201coylar sultoni\u201d muborak Ramazoni sharifni intiqib kutib olgan edik\u2026 Bugun esa bu qutlug\u02bb oyni kuzatib qo\u02bbymoqdamiz\u2026 Mehribon Parvardigorimizga beadad shukrlarki, muborak Ramazoni sharif ro\u02bbzasini ado etishni nasib qildi. Mo\u02bbmin-musulmonlarimiz subhidamda saharlik dasturxoni atrofida jamuljam bo\u02bblib, qalblaridagi eng buyuk orzular, ezgu maqsadlar ro\u02bbyobga chiqishini Yaratgandan so\u02bbradilar. Xuddi shunday fayzli oqshomlarda iftorlik qilib, taroveh namozlariga oshiqdilar, Qur\u02bconi karimni eshitib, ko\u02bbzlarida halqalangan yoshlar bilan Olamlar Parvardigoriga munojotlar qildilar. Zero,\u00a0<u>Muborak Ramazoni sharif oyi \u2013 duolar shak-shubhasiz ijobat bo\u02bbladigan oydir<\/u>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ming shukrlar bo\u02bblsinki, bu yil mamlakatimiz bo\u02bbyicha 2000 mingdan ziyod masjidlarimizda taroveh namozlari o\u02bbqildi, 1400 ga yaqin masjidda xatmi Qur\u02bconlar bo\u02bblib o\u02bbtdi. Yurtimizdagi qorilarimiz yildan-yilga ko\u02bbpayib borishi bilan birga, xorij mamlakatlarida, xususan, Amerika Qo\u02bbshma Shtatlari, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina davlatlarida xatmi Qur\u02bconga ham o\u02bbtdilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimiz mehr-oqibat, o\u02bbzaro hurmat va hamjihatlik singari o\u02bbziga xos zzgu fazilatlarni asrlar davomida qadrlab keladi. Ayniqsa, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug\u02bblashdek ezgu amallar so\u02bbnggi yillarda yanada rivojlanib, taraqqiy etib, yangicha ma\u02bcno-mazmun kasb etib bormoqda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muborak Ramazoni sharif oyi xalqimizning ma\u02bcnaviy-ruhiy hayotida alohida o\u02bbrin tutadi. \u201cO\u02bbzbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrik\u201dlarida muhtaram Yurtboshimiz har birimizga qarata shunday dedilar:\u00a0<em>\u201c\u2026<u>Islom dini \u2013 avvalo, tinchlik va do\u02bbstlik, ahillik va birdamlik, bilim va ma\u02bcrifat dinidir. Mana shu oliy haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz lozim.<\/u><\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Bugungi osuda hayotimizning qadriga yetish, jamiyatimizda hukm surayotgan turli millatlar va elatlar, diniy konfessiyalar o\u02bbrtasidagi bag\u02bbrikenglikni, fuqarolar orasidagi o\u02bbzaro hurmat, mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash\u00a0<\/em><em><u>barchamizning asosiy burchimizdir<\/u><\/em><em>.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Binobarin, diniy qadriyatlarimizni, milliy o\u02bbzligimizni ulug\u02bblab yashash bilan birga, davr talabi bo\u02bblgan zamonaviy ilm-fan yutuqlari, axborot texnologiyalarini egallashga alohida e\u02bctibor qaratishimiz, yosh avlodimizni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashimiz kerak.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Hurmatli ulamolarimiz, imom-xatiblarimiz, ota-onalar, ustoz-murabbiylar, muhtaram nuroniylarimiz \u2013 keng jamoatchilik yaqin hamkorlikda bu borada yanada faol va samarali ish olib boradilar, deb ishonaman\u201d<\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>\u201cMen ham shu xalqning farzandiman, shu yurtning bolasiman!\u201d degan har bir inson uchun Prezident bildirgan o\u02bbta katta ishonch va juda ham yuksak hurmatni oqlash \u2013 ham farzi, ham qarzi, ham burchidir<\/u>!\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muqaddas islom dinining ustunlaridan biri bo\u02bblgan bu fayzu barakotli oy o\u02bbzining shukuh va tarovati bilan kishilarni hidoyatga chorlaydi. Muborak Ramazon hayiti yurtimizda umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi yurtimizda muqaddas dinimizga davlatimiz, hukumatimiz tomonidan ko\u02bbrsatilayotgan g\u02bbamxo\u02bbrlikning amaldagi yorqin ifodasidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muborak Ramazoni sharif oylari davomida xayriya tadbirlari doirasida kam ta\u02bcminlangan, boquvchisini yo\u02bbqotgan, ehtiyojmand oilalarga sahovatpesha va savobtalab yurtdoshlarimiz tomonlaridan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Shuningdek, 9 may \u2013 Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, nuroniylar holidan xabar olinib, Mehribonlik, Muruvvat va Sahovat uylariga moddiy va ma\u02bcnaviy yordamlar ko\u02bbrsatildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xayr-sahovat, mehr-muruvvat oyi bo\u02bblmish muborak Ramazoni sharifda mo\u02bbmin-musulmonlarning himmati baland, shijoati yuksak bo\u02bbldi, qarindosh-urug\u02bblar, qo\u02bbni-qo\u02bbshnilar, keksalar, bemorlar, muhtojlar ko\u02bbngli olinib, Alloh taolo farz qilgan zakotlar ado etilib, fitr sadaqa hamda fidyalar berildi.<\/span><br \/>\n<span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhtaram azizlar, yil davomida mana shunday oliyhimmatlik va qo\u02bbli ochiqlik qilishda bardavom bo\u02bblaylik!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>\u00a0<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Muhtaram azizlar!<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muborak Ramazon hayiti \u2013 ezgu amallar ayyomidir! Uni o\u02bbzaro mehr-oqibat, bag\u02bbrikenglik va sahovat ruhida kutib olishda fuqarolarning o\u02bbzini o\u02bbzi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari juda ham faol ishtirok etmoqdalar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu ulug\u02bb ayyom millatimiz ma\u02bcnaviyatiga xos mehr-oqibat, ahillik, o\u02bbzaro hurmat-izzat singari fazilatlarni yurtdoshlarimiz qalbida yanada mustahkamlab, yosh avlod ongiga singdirib, ertangi kunimizning yanada charog\u02bbon bo\u02bblishini, ezgu maqsadlarimiz ijobatini ta\u02bcmin etish uchun qulay fursatdir. Shu bois,\u00a0<u>eng katta boylik \u2013 tinchlikni mustahkamlash, uni doimo asrash har birimizning burchimizdir<\/u><u>!<\/u><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muborak Ramazon hayitining xalqimiz ma\u02bcnaviy hayotida tutgan o\u02bbrni va ahamiyatini targ\u02bbib etish, yosh avlodni istiqlol g\u02bboyasiga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ\u02bbibot tadbirlari tashkil etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chinakam Qur\u02bcon va sabr oyi, ibodat oyi bo\u02bblgan muborak Ramazoni sharifning fayzi, shukuhi kelasi muborak Ramazoni sharif oyigacha tatisin. Bu oyda kurrai zaminga butun borliqdan rahmat nurlari, mag\u02bbfirat nurlari yog\u02bbiladi, chunki fayzli Ramazon oqshomlarida masjidlarimiz to\u02bblib-toshib, taroveh namozlarida Qur\u02bcon tilovatlari o\u02bbqiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu oyda yer yuziga barakot yog\u02bbiladi. Chunki muborak Ramazoni sharifning imtiyozlaridan foydalanib, ajru savoblarni minglab chandon oshirib olish niyatida zakot, fitr, fidya kabi moliyaviy ibodatlar, sadaqalar, xayru ehsonlar aynan shu oyda ko\u02bbproq ado etiladi. Alloh taoloning sinovida matonat ko\u02bbrsatayotgan muhtojlar, ko\u02bbngli yarimlar, rizqi tor odamlarga mehr-muruvvat ko\u02bbrsatiladi, bemorlar, nuroniy otaxon-onaxonlar ziyorat qilinadi, arazlashganlar yarashtiriladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir oylik ertayu kech qilingan ana shunday qizg\u02bbin ibodatlarga mukofot o\u02bblaroq, gunohlarimiz mag\u02bbfirat qilinib, aybu nuqsonlarimiz kechirilib, ularning o\u02bbrnilariga behisob-behisob savoblar yoziladi. Shuning uchun ham\u00a0<strong><em>bu oyning avvali \u2013 rahmat, o\u02bbrtasi \u2013 mag\u02bbfirat, nihoyasi esa \u2013 do\u02bbzaxdan najotdir<\/em><\/strong>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taoloning eng ulug\u02bb farishtasi Hazrati Jabroil alayhissalom aytar ekanlar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201c<em>Agar Alloh taolo menga \u201cdaryo, dengiz, okeanlarda qancha suv borligini o\u02bblchab kel\u201d, desa, o\u02bblchab kela olaman.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Agar \u201csahroyu, cho\u02bbllarda qancha tuproq zarrasi borligini sanab kel\u201d, desa, sanab kela olaman.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Agar dunyodagi hamma o\u02bbsimlik va daraxtlardagi barglarini sonini sanashni buyirsa, uni ham uddasidan chiqaman\u2026<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Lekin Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ro\u02bbzador ummatlariga beriladigan savobini aslo sanay olmadim!<\/em>\u201c<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mehribon Parvardigorimiz hammalarimizga ham mana shunday ulug\u02bb va beqiyos savoblaridan ato etsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Barcha yurtdoshlarimizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy qutlaymiz! Alloh taolo bu ulug\u02bb oyda o\u02bbqilgan Qur\u02bcon tilovatlari sharofatidan yurtimizga fayzu ilohiy, xayr-baraka yog\u02bbdirsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhtaram azizlar, bunday fazilatli ulug\u02bb muborak kunlarni g\u02bbanimat bilib, yurtimizning, el-xalqimizning, oilamizning, yaqinlarimizning, Yer yuzidagi barcha insonlarning haqlariga Yaratgandan yaxshi tilaklar so\u02bbraylik\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mehribon Parvardigorimiz oilaviy hayot, o\u02bbqish, ish, dehqonchilik, kasb-korlarimizda ko\u02bbpdan-ko\u02bbp omadlar, muvaffaqiyatlar, xayr-barakalar, baxt-saodatlar, xursandchiliklar ato etsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimiz boshidan koronavirus balosini tezroq ko\u02bbtarsin! Yurtimizni tinch, osmonimizni musaffo, xalqimiz hayotini, turmushini bundan-da ma\u02bcmur va farovon aylasin! Mehribon Parvardigorimiz kelasi muborak Ramazoni sharif oylariga ham sihat-salomatlikda, tinchlik-xotirjamlikda, huzur-halovatda, bag\u02bbributunlikda yetishimizni nasib qilsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iloho jannatmakon yurtimiz tinchligi, aziz Vatanimiz ravnaqi, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi, muborak dinimiz kamoloti yo\u02bblida olib borilayotgan barcha xayrli ishlarda Alloh taolo madadkor bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Parvardigori olam barcha bemorlarimizga O\u02bbzi shifosini bersin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Koronavirus infeksiyasini tez fursatda daf etib, turli balo-qazo, ofatu kulfat, dardlardan, turli viruslardan O\u02bbzi asrasin!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ibrohimjon \u00a0INOMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi o\u02bbrinbosari<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"http:\/\/muslim.uz\/index.php\/maqolalar\/item\/26776\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>muslim.uz<\/strong><\/a><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir rohmanir rohim! \u201cEy imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro\u02bbza tutish farz qilindi, shoyad (u sababli)\u2008taqvoli bo\u02bblsangiz. Sizlardan kim bu oyda hozir bo\u02bblsa, unda ro\u02bbza tutsin\u201d\u00a0(Baqara surasi 183-oyat)\u00a0deb marhamat qilib, muborak Ramazoni sharif oyining ro\u02bbzasini sizu bizga mehr-muruvvat tariqasida farz qilgan Parvardigori olamga behisob hamdu sanolarimiz bo\u02bblsin! \u200e\u201cKim Ramazon ro\u02bbzasini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15389,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>HAM FARZIMIZ, HAM QARZIMIZ, HAM BURCHIMIZ! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"HAM FARZIMIZ, HAM QARZIMIZ, HAM BURCHIMIZ! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Bismillahir rohmanir rohim! \u201cEy imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro\u02bbza tutish farz qilindi, shoyad (u sababli)\u2008taqvoli bo\u02bblsangiz. Sizlardan kim bu oyda hozir bo\u02bblsa, unda ro\u02bbza tutsin\u201d\u00a0(Baqara surasi 183-oyat)\u00a0deb marhamat qilib, muborak Ramazoni sharif oyining ro\u02bbzasini sizu bizga mehr-muruvvat tariqasida farz qilgan Parvardigori olamga behisob hamdu sanolarimiz bo\u02bblsin! \u200e\u201cKim Ramazon ro\u02bbzasini &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-05-15T08:56:57+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2021-05-15T09:26:21+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/burchim.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"550\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"367\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz\",\"name\":\"HAM FARZIMIZ, HAM QARZIMIZ, HAM BURCHIMIZ! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/burchim.jpg\",\"datePublished\":\"2021-05-15T08:56:57+00:00\",\"dateModified\":\"2021-05-15T09:26:21+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/burchim.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/burchim.jpg\",\"width\":550,\"height\":367},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"HAM FARZIMIZ, HAM QARZIMIZ, HAM BURCHIMIZ!\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"HAM FARZIMIZ, HAM QARZIMIZ, HAM BURCHIMIZ! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"HAM FARZIMIZ, HAM QARZIMIZ, HAM BURCHIMIZ! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Bismillahir rohmanir rohim! \u201cEy imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro\u02bbza tutish farz qilindi, shoyad (u sababli)\u2008taqvoli bo\u02bblsangiz. Sizlardan kim bu oyda hozir bo\u02bblsa, unda ro\u02bbza tutsin\u201d\u00a0(Baqara surasi 183-oyat)\u00a0deb marhamat qilib, muborak Ramazoni sharif oyining ro\u02bbzasini sizu bizga mehr-muruvvat tariqasida farz qilgan Parvardigori olamga behisob hamdu sanolarimiz bo\u02bblsin! \u200e\u201cKim Ramazon ro\u02bbzasini &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-05-15T08:56:57+00:00","article_modified_time":"2021-05-15T09:26:21+00:00","og_image":[{"width":550,"height":367,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/burchim.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz","name":"HAM FARZIMIZ, HAM QARZIMIZ, HAM BURCHIMIZ! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/burchim.jpg","datePublished":"2021-05-15T08:56:57+00:00","dateModified":"2021-05-15T09:26:21+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/burchim.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/burchim.jpg","width":550,"height":367},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15395&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"HAM FARZIMIZ, HAM QARZIMIZ, HAM BURCHIMIZ!"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15395"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15395"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15395\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15398,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15395\/revisions\/15398"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15389"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15395"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15395"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15395"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}