{"id":15369,"date":"2021-05-13T19:26:30","date_gmt":"2021-05-13T14:26:30","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15369"},"modified":"2021-05-13T19:26:30","modified_gmt":"2021-05-13T14:26:30","slug":"muborak-ramazon-hayiti-shodiyonalari-diniy-qadriyatlar-azaliy-urf-odatlar-va-o%ca%bblmas-an%ca%bcanalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz","title":{"rendered":"MUBORAK RAMAZON HAYITI SHODIYONALARI: diniy qadriyatlar, azaliy urf-odatlar va o\u02bblmas an\u02bcanalar"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bismillahir rohmanir rohiym.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi hamda o\u02bbz nomimdan yurtimizdagi barcha mo\u02bbmin-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklayman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu qutlug\u02bb ayyomda barchamiz, avvalo, shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa shukronalar aytamiz. Muqaddas Ramazon oyida tutgan ro\u02bbzalarimiz, ibodatlarimiz qabul bo\u02bblishini Haq taborak va taolodan so\u02bbraymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon hayiti musulmonlarning eng ulug\u02bb ayyomlaridan biridir. U Ramazon oyi tugab, Shavvol oyi boshlanganida nishonlanadi. Ramazon hayiti \u201cIydul fitr\u201d deb ham ataladi va ro\u02bbzaning tugashini bildiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darvoqe, \u201ciyd\u201d so\u02bbzi arab tilida \u201cqayta-qayta takrorlanish\u201d, \u201cfoyda-manfaat\u201d, degan ma\u02bcnolarni anglatadi. Hayit bayrami har yili takror va takror kelgani va unda Alloh taoloning ne\u02bcmatlari bandalariga serob bo\u02bblgani uchun \u201ciyd\u201d deb nomlangan. Ba\u02bczi ulamolar: \u201cBu bayram insonlarga ularning qiyinchilik va g\u02bbam-tashvishlariga qaramasdan har yili ularga xursandchilik va shodlik bilan qayta-qayta kelgani uchun \u201ciyd\u201d deb nomlangan\u201d, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cFitr\u201d esa \u201cog\u02bbiz ochish\u201d, \u201ctaomlanishni boshlash\u201d deganidir. Demak, \u201cIydul fitr\u201d ro\u02bbzadan chiqib, taomlanishga o\u02bbtish kunidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayit kuni qayta tug\u02bbilish ramzi hamdir. Ramazonda inson jismini, ruhini poklaydi hamda nafsini tarbiya qiladi, kelajakda uni faqat Allohga ma\u02bcqul amallarni bajarishga undaydi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: \u201cAlbatta, Alloh taolo sizlarga Ramazon oyi ro\u02bbzasini farz qildi. Men sizlarga uning kechalarini qoim qilishni sunnat qildim. Kim uning ro\u02bbzasini tutsa va kechalarini qoim qilsa, gunohlaridan onasi tuqqan kungidek forig\u02bb bo\u02bbladi\u201d, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shubhasiz, Hayit bayrami \u2014 ulug\u02bb ayyom. Uning xalqimiz ma\u02bcnaviy hayotida tutgan o\u02bbrni hamda jamiyatimizda saxiylik, shukronalik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi ahamiyati beqiyosdir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>HAYIT TARIXI<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon hayitining paydo bo\u02bblishi va nishonlanishi Hazrati Payg\u02bbambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilan uzviy bog\u02bbliq. Hijratning ikkinchi yilidan buyon Ramazon hayiti ulug\u02bb ayyom sifatida nishonlab kelinadi. Mazkur ibodatning tantanasi o\u02bblaroq Ramazon hayiti Alloh taolo tomonidan musulmonlar uchun bayram qilib berildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida shahar ahli ikki kunda o\u02bbyin-kulgi qilar edilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBu ikkisi qanday kun?\u201d deb so\u02bbradilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cJohiliyatda o\u02bbynaydigan kunimiz edi\u201d, deyishdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: \u201cAlbatta, Alloh sizlarga bu ikkisi o\u02bbrniga ulardan ko\u02bbra yaxshi \u2014 Qurbonlik kuni va Fitr kunini berdi\u201d, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qurbon va Ramazon hayitlari Allohning bandalariga farz qilgan ulug\u02bb ibodatlari: Ramazon ro\u02bbzasi va Haj ibodati ado etib bo\u02bblingan kunning ertasiga nishonlanadi. Alloh taolo bandalarini mana shunday ulug\u02bb ibodatlarni ado etishga muyassar qilgani uchun ham uning shukronasiga ikki rakaat hayit namozini o\u02bbqishni vojib qildi. Alloh taolo Qur\u02bconi karimda bunday marhamat qiladi: \u201cBas, Robbingiz uchun namoz o\u02bbqing va (tuya) so\u02bbyib qurbonlik qiling\u201d (\u201cKavsar\u201d surasi, 2-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: \u201cHar bir qavmning o\u02bbz bayrami bor, bu (Iyd kuni) bizning bayramimizdir\u201d, deganlar. Mo\u02bbmin-musulmonlar Hayit bayramini yaqinlari davrasida o\u02bbtkazadilar. Ayniqsa, ota-onalarga yanada xushmuomala bo\u02bblib, xursandchilik ulashishadi. Ularning duolarini olishadi. Shuningdek, muhtojlar va bemorlar holidan xabar olish, bolalarga shodlik ulashish, ularning qalblariga quvonch olib kirish katta savob amallardan biri. Hofiz ibn Hajar rahimahulloh: \u201cHayit kunlari shodlikni izhor qilish dinning shiorlaridandir\u201d, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>HAYIT HIKMATI<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iyd \u2014 Alloh taologa qilingan toat-ibodatlar tufayli U Zotning bandalariga ko\u02bbrsatgan rahmatu mag\u02bbfirati boisidan xursandchilik izhor qilish uchun bir munosabatdir. Alloh taolo: \u201cAllohning fazli va rahmati ila. Ana shu bilan xursand bo\u02bblsinlar. U ular jamlaydigan narsalardan yaxshidir\u201d, deb ayt\u201d, degan (\u201cYunus\u201d surasi, 58-oyat).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iyd ulug\u02bb ibodatni ado qilgandan so\u02bbng bandalarga taqdim qilingan o\u02bbziga xos rabboniy ziyofatdir. Iydul fitr \u2014 Ramazon hayiti bayrami Alloh taolo bandalariga Ramazon oyida farz qilgan ro\u02bbza ibodati ado qilinganidan keyin keladi. Banda Ramazonda Allohning roziligi uchun, U Zotning amri bo\u02bblgani uchun yegulikdan, ichimlikdan va ro\u02bbzani ochib yuboradigan boshqa narsalardan o\u02bbzini tiyadi. Shuning uchun Alloh taolo O\u02bbzining fazli, mag\u02bbfirati va bu ibodatga loyiq ko\u02bbrganidan xursand bo\u02bblsinlar, deb bandalarini Iydul fitr ziyofatiga taklif etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayit bayrami \u2014 inson sha\u02bcni va qadrining nechog\u02bbli yuksakligini ko\u02bbrsatuvchi xayr-saxovat, mehr-muruvvat ayyomi, dillardagi gina-kuduratlar zavolga ketib, o\u02bbrnini unsu ulfat, do\u02bbstlik va hamjihatlik egallovchi, Hazrat Alisher Navoiy ta\u02bcrifidagi kabi so\u02bbz va ko\u02bbz ozodaligi, til va dil pokligi bayramidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayit bayrami shukrona mavsumidir. Inson o\u02bbziga ato etilgan ne\u02bcmatlarga shukr qilishi vojib ekani buyuk allomalar tomonidan ta\u02bckidlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">HAYIT FAZILATLARI<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Arafa kuni kechasi, ya\u02bcni hayit kuniga o\u02bbtar kechasini zikru tasbih va duoi istig\u02bbfor bilan bedor o\u02bbtkazish savobli amallardandir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: \u201cKimki Ramazon va Qurbon hayitining kechasini bedor o\u02bbtkazsa, qalblar o\u02bbladigan kunda uning qalbi o\u02bblmaydi\u201d, deganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayit kunining tongidan g\u02bbusl qilib, xushbo\u02bby atirlar sepib va eng go\u02bbzal, yangi yoki toza kiyimlarimizni kiyib, hayit namozi o\u02bbqilguncha hech narsa yemay, namozgohga bormog\u02bbimiz sunnat amaldir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayit kunlari duolar qabul qilinadigan kundir. Bu kunda ba\u02bczi joylarda odamlar urf qilib, to\u02bbp-to\u02bbp bo\u02bblib qabristonga, azador xonadonlarga borishi, yig\u02bbisig\u02bbi qilishi shar\u02bcan durust emas. Bunday noshar\u02bciy amallardan qaytaylik, o\u02bbzimizni ortiqcha bid\u02bcat amallardan saqlaylik. Buning o\u02bbrniga Allohning tinchlik, xotirjamlik kabi ne\u02bcmatlariga shukr qilib, erta tongdan hayit namozini ado etib, ko\u02bbpchilik bilan qo\u02bbllarimizni duoga ochsak, qalbimizdagi istaklarimizni Yaratgandan so\u02bbrasak, insha-Alloh, buning savobi o\u02bbzimizga ham, bizdan umidvor bo\u02bblib yotganlarga ham yetib boradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">HAYIT NAMOZI<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo musulmonlarga hayit namozini o\u02bbqishni vojib qildi. Hayit namozi tufayli musulmonlarning do\u02bbstligi, qardoshligi yanada mustahkamlanadi. Ro\u02bbza va Qurbon hayiti kunlari bir yerga jam bo\u02bblib, diniy aloqalari kuchayadi. Payg\u02bbambar alayhissalom musulmonlarni yig\u02bbib, ikki rakaat namoz o\u02bbqir, ularning safini yanada jipslashtirib, g\u02bbanimlarni yengishda Allohdan madad so\u02bbrab iltijo qilardilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xutba o\u02bbqib, do\u02bbstlik, birodarlikni rag\u02bbbatlantirib, dolzarb masalalarni aytib o\u02bbtardilar. Namozdan keyin musulmonlar bir-birini tabriklar, masjiddan chiqqan kambag\u02bbal, beva-bechoralarga ro\u02bbzai fitr sadaqasini berishar, qalblari shodlikka to\u02bblib-toshardi. Alloh taolodan bizni ham do\u02bbst-birodar qilishini so\u02bbraymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">HAYIT AN\u02bcANALARI<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayit kunlarida tabarruk otaxon, munis onaxonlarga yimon, yoshlarga tavfiqu hidoyat tilanadi. Qarindosh-urug\u02bblar, yoru birodarlar ziyorat qilinadi, beva-bechoralar holidan xabar olinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayit kunlari oila ichida ham bayram kayfiyatini tiklash kerak. Uyga qilinadigan xarajatlarni odatdagidan yaxshiroq qilish darkor. Iloji bo\u02bblsa, ularga sovg\u02bba va maxsus hadyalar ulashilsa, yanada yaxshi bo\u02bbladi. Hayit kunlarida bemorlarning holidan xabar olish, ularning ham hayitni nishonlashlariga ko\u02bbmaklashish ayni savob ish bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayit kunlari silai rahm qilish, qarindosh-urug\u02bb, keksalar va bemorlarni, quda-andalarni ziyorat qilish har qachongidan ham ko\u02bbra ta\u02bckidlangan bo\u02bblib, savobi ko\u02bbproq bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Farzandlarimiz yil davomida hayitni eslab yursin, uni orziqib kutsin, uning buyukligini his qila bilsin, ana shunda yaxshi bo\u02bbladi. Bu kabi ishlar farzandlarimiz ongida milliy-diniy qadriyatlarimizga nisbatan ehtirom tuyg\u02bbusi shakllanishiga, ularning Vatan va millatga haqiqiy sadoqatli insonlar bo\u02bblib tarbiya topishida muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tanish-bilish, yoru do\u02bbst va har bir ko\u02bbringan musulmon kishini hayit bilan tabriklab, ularga xursandchilik va shodlik izhor qilish kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayit arafasida qo\u02bbni-qo\u02bbshnilarga mehr-muruvvat ko\u02bbrsatish bilan birga moddiy yordamga muhtoj kishilar, ya\u02bcni kam ta\u02bcminlangan oilalarga xayr-ehson qilinsa, ularning xonadonlariga ham bayram shukuhi kirib borgan bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bolalar hayit kuni hayitlik sovg\u02bba-salomlari bilan siylangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Darhaqiqat, mo\u02bbmin-musulmonlar Ramazon hayiti bayramiga oldindan tayyorgarlik ko\u02bbra boshlaydilar. Bayramdan bir necha kun oldin hovlilar, ko\u02bbcha-ko\u02bby saranjom-sarishta qilinadi. Uyni yangi buyumlar bilan bezashga, chiroyli uy-ro\u02bbzg\u02bbor buyumlari sotib olishga alohida e\u02bctibor qaratiladi. Kishilar yangi liboslar kiyishga harakat qiladi. Qolaversa, tarixiy qadamjolar, qabristonlar ham tozalanib, ziyoratchilarning kelib-ketishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">HAYIT ODOBLARI<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon hayiti va Qurbon hayiti kunlarida har bir musulmon o\u02bbz xursandchiligi, saxovati va yuksak odob-axloqini har qachongidan ko\u02bbra ko\u02bbproq izhor qilishi kerak. Shuning uchun ulamolarimiz mazkur bayram kunlarida musulmon kishi uchun zarur bo\u02bblgan ba\u02bczi amallarni tavsiya qilganlar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014hayit kunidan avvalgi tunni ibodat, duo va zikrlar bilan bedor o\u02bbtkazish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayit kuniga o\u02bbtar kechaning ham o\u02bbziga yarasha fazilati bor. Uni butunlay yoki bir qismini, xususan, kechasining uchinchi qismini Qur\u02bcon tilovati, zikr, tasbih va nafl namozlar bilan bedor o\u02bbtkazish ko\u02bbplab yaxshiliklarga, ulkan savoblarga sabab bo\u02bbladi;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014hayit namoziga chiqish oldidan gusl qilish, misvok ishlatish, xushbo\u02bbylik surish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom \u2014 poklik dini. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam \u201cPoklik iymonning yarmidir\u201d, deganlar. Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayit namozi oldidan g\u02bbusl qilar va misvok orqali tishlarini poklar ekanlar;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014chiroyli yangi kiyim kiyish (yangisi bo\u02bblmasa, kiyimlarining eng yaxshisini kiyish).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ham sunnat. Xalqimiz qadimdan ushbu sunnatni go\u02bbzal tarzda amalga oshirib kelgan. Hayit arafalarida kiyim-kechak bozorlarimizda savdo-sotiq qizg\u02bbin avjiga chiqishi ham shundan. Bu ishda Alloh taolo bergan ne\u02bcmatlarga shukr qilish bor. Ammo shuni ham unutmaslik lozimki, ayollarning ziynatlanishlari shariat doirasida va mahramlar davrasida bo\u02bblishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014fitr sadaqasi zimmasiga vojib bo\u02bblgan kishi uni hayit namoziga chiqishdan oldin ado etishi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitr sadaqasi ro\u02bbzaga bog\u02bbliq sadaqalardan bo\u02bblib, har bir jon uchun ikki kilo bug\u02bbdoy qiymatida beriladi. Hadislarda keltirilganidek, \u201cfitr sadaqasini xurmodan bir so\u02bc, arpadan bir so\u02bc miqdorida musulmonlardan qulga ham, hurga ham, erga ham, ayolga ham, kichikka ham, kattaga ham berish farz qilingan. Uni odamlar namozga chiqishidan oldin ado etishga amr qilingan\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fitr sadaqasini berish zakotga qodir kishilarga vojib, boshqalarga ixtiyoriy hisoblanadi. Uni Ramazon oyi davomida berish ham mumkin, ammo afzali hayit namozga chiqishdan oldin berishdir;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014masjidga chiqishdan oldin biror narsa tanovul qilish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon hayitida namozga chiqishdan oldin biror narsa yeb olish \u2014 odob. Rasululloh shunday qilar edilar;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014hayit namozini masjidda jamoat bilan birgalikda ado etish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayit kuni hayit namozini o\u02bbqish bizning hanafiy mazhabimizda vojib deyilgan. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayit namozini uzluksiz o\u02bbqib kelganlar. Undan yuz o\u02bbgirish zalolat deyilgan;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2014hayit namozini ado etgandan keyin ota-ona, qarindosh-urug\u02bblar va yaqinlarni ziyorat qilish.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uzoqlashib ketgan qarindoshlar bilan, ayrim arazlashgan do\u02bbst-yaqinlar bilan hayit bahonasida aloqalarni tiklash, yarashib olish lozim. Zero, silai rahmni uzgan yoki musulmon birodariga gina qilgan kishilarga fazilatli kunlarning yaxshiligi yetmasligi haqida rivoyatlar bor. Shuningdek, hayit kuni yetimlar, miskinlar, faqirlar hamda muhtojlarga yordam qo\u02bblini cho\u02bbzish, ularning holidan xabar olish va mehr ko\u02bbrsatish ham targ\u02bbib qilingan amallardan sanaladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ramazon hayiti bayramini mazkur odoblarga rioya qilgan holda o\u02bbtkazsak, ushbu ulug\u02bb kunni munosib nishonlab, ko\u02bbplab ajru savoblarni qo\u02bblga kiritamiz. Shu bilan birga, xalqimiz orasida ezgulik, mehr-oqibat bardavom bo\u02bblishiga hissa qo\u02bbshgan bo\u02bblamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">HAYIT PAND\u0415MIYA SHAROITIDA<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtimizda koronavirus bilan xastalanganlar soni ortib boryapti. Bu esa karantin talablariga og\u02bbishmay rioya qilishimiz shartligini anglatadi. Ramazon hayiti bayramida ham bunga qat\u02bciy amal qilishimiz, bir-birimizni asrab-avaylashimiz kerak bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Koronavirus kasalligi bilan bog\u02bbliq vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda, 2021 yilda Ramazon hayiti namozini masjidning ochiq havodagi maydonlarida (ochiq ayvonlar, masjid hovlisi, masjidga tutash ichki ko\u02bbchalar) ado etish barobarida namozxonlar tibbiy niqobda bo\u02bblish, oraliq masofani saqlash, tana haroratini o\u02bblchash kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilishi joriy etildi. Zero, dinimiz o\u02bbziga ham, o\u02bbzgalarga ham zarar yetkazmaslikka chaqiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Ramazon hayiti munosabati bilan yoshi 65 dan katta va surunkali kasalligi bor shaxslarning salomatliklarini muhofaza qilish maqsadida ularni bayram munosabati bilan masofadan yo\u02bbqlash, jamoaviy tadbirlarga jalb etmaslik tav-siya etildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbLKAMIZDA RAMAZON HAYITI<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hayit xursandchilik, yaxshi kayfiyat va ezgu, savobli ishlardan iborat! Hayit namozini ado etgandan so\u02bbng, avvalo, dunyoga kelishimizga sababchi bo\u02bblgan mehribon ota-onalarimiz, qarindosh-urug\u02bblarimiz hamda yoru birodarlarimizni ziyorat qilamiz. Ulardan hol-ahvol so\u02bbrash va ko\u02bbngillariga xursandchilik kiritishga harakat qilamiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iydul fitr bayram kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu yil O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 may kuni \u201cRamazon hayitini nishonlash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarorni imzoladi. Qarorga ko\u02bbra, O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may \u2014 payshanba kuniga to\u02bbg\u02bbri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, mamlakatimizda 2021 yil 13 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yurtdoshlarimiz Ramazon hayitini katta xursandlik ila qarshi olmoqdalar. Ushbu bayram ma\u02bcnaviy hayotimizning ajralmas qismi bo\u02bblib, unda mo\u02bbmin-musulmonlarning saxiylik, shukronalik, mehr-oqibat kabi fazilatlari yanada kengroq namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yaratgan Parvardigor butun dunyo musulmonlariga Ramazon hayiti bayramini muborak aylasin, butun olamga tinchlik-xotirjamlik ato etsin, ibodatlarimizni dargohida qabul qilsin, ona Vatanimizni yanada obod qilsin, xalqimiz hayotini yanada farovon aylasin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezidentimizni, butun elimizni, dunyodagi mo\u02bbmin-musulmonlarni Iydul fitr \u2014 Ramazon hayiti bayrami bilan yana bir bor qutlaymiz, tinchlik-barqarorlik, qut-baraka, baxt-saodat tilaymiz!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aziz yurtdoshlar, Ramazon hayitingiz muborak bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Usmonxon ALIMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekistan xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba: \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d gazetasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>2021 yil 13 may, \u2116 97 (353)<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bismillahir rohmanir rohiym. O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi hamda o\u02bbz nomimdan yurtimizdagi barcha mo\u02bbmin-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklayman. Ushbu qutlug\u02bb ayyomda barchamiz, avvalo, shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa shukronalar aytamiz. Muqaddas Ramazon oyida tutgan ro\u02bbzalarimiz, ibodatlarimiz qabul bo\u02bblishini Haq taborak va taolodan so\u02bbraymiz. Ramazon hayiti musulmonlarning eng &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15366,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[642],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MUBORAK RAMAZON HAYITI SHODIYONALARI: diniy qadriyatlar, azaliy urf-odatlar va o\u02bblmas an\u02bcanalar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MUBORAK RAMAZON HAYITI SHODIYONALARI: diniy qadriyatlar, azaliy urf-odatlar va o\u02bblmas an\u02bcanalar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Bismillahir rohmanir rohiym. O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi hamda o\u02bbz nomimdan yurtimizdagi barcha mo\u02bbmin-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklayman. Ushbu qutlug\u02bb ayyomda barchamiz, avvalo, shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa shukronalar aytamiz. Muqaddas Ramazon oyida tutgan ro\u02bbzalarimiz, ibodatlarimiz qabul bo\u02bblishini Haq taborak va taolodan so\u02bbraymiz. Ramazon hayiti musulmonlarning eng &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-05-13T14:26:30+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz130521.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"587\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz\",\"name\":\"MUBORAK RAMAZON HAYITI SHODIYONALARI: diniy qadriyatlar, azaliy urf-odatlar va o\u02bblmas an\u02bcanalar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz130521.jpg\",\"datePublished\":\"2021-05-13T14:26:30+00:00\",\"dateModified\":\"2021-05-13T14:26:30+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz130521.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz130521.jpg\",\"width\":660,\"height\":587},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MUBORAK RAMAZON HAYITI SHODIYONALARI: diniy qadriyatlar, azaliy urf-odatlar va o\u02bblmas an\u02bcanalar\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MUBORAK RAMAZON HAYITI SHODIYONALARI: diniy qadriyatlar, azaliy urf-odatlar va o\u02bblmas an\u02bcanalar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MUBORAK RAMAZON HAYITI SHODIYONALARI: diniy qadriyatlar, azaliy urf-odatlar va o\u02bblmas an\u02bcanalar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Bismillahir rohmanir rohiym. O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi hamda o\u02bbz nomimdan yurtimizdagi barcha mo\u02bbmin-musulmonlarni, butun xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklayman. Ushbu qutlug\u02bb ayyomda barchamiz, avvalo, shunday fayzli va barakotli kunlarga yetkazgani uchun Alloh taologa shukronalar aytamiz. Muqaddas Ramazon oyida tutgan ro\u02bbzalarimiz, ibodatlarimiz qabul bo\u02bblishini Haq taborak va taolodan so\u02bbraymiz. Ramazon hayiti musulmonlarning eng &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-05-13T14:26:30+00:00","og_image":[{"width":660,"height":587,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz130521.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz","name":"MUBORAK RAMAZON HAYITI SHODIYONALARI: diniy qadriyatlar, azaliy urf-odatlar va o\u02bblmas an\u02bcanalar - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz130521.jpg","datePublished":"2021-05-13T14:26:30+00:00","dateModified":"2021-05-13T14:26:30+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz130521.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/gazeta_uz130521.jpg","width":660,"height":587},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15369&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MUBORAK RAMAZON HAYITI SHODIYONALARI: diniy qadriyatlar, azaliy urf-odatlar va o\u02bblmas an\u02bcanalar"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15369"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15369"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15369\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15370,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15369\/revisions\/15370"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15366"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15369"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15369"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15369"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}