{"id":15294,"date":"2021-05-10T18:23:42","date_gmt":"2021-05-10T13:23:42","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15294"},"modified":"2021-05-10T18:23:42","modified_gmt":"2021-05-10T13:23:42","slug":"urush-davri-xotiralari-bekitilgan-qora-xat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz","title":{"rendered":"Urush davri xotiralari\u2026 (Bekitilgan qora xat)"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Urush haqida,\u00a0 yurtdoshlarimizning\u00a0 frontdagi\u00a0 mislsiz\u00a0 jasorati, burchga,\u00a0 Vatanga,\u00a0 oilasiga, seviklisiga\u00a0 sadoqati\u00a0 to\u02bbg\u02bbrisidagi\u00a0 gaplarni biz ko\u02bbproq kinolarda ko\u02bbramiz. Biz\u00a0 va\u00a0 bizdan\u00a0 keyingi avlodlarimiz\u00a0 urush\u00a0 yillaridan\u00a0 tobora\u00a0 uzoqlashganimiz\u00a0 sari\u00a0 jangchilarning\u00a0 hamda\u00a0 front\u00a0 ortidagi\u00a0 kishilarning\u00a0 oliy\u00a0 insoniy\u00a0 fazilatlarini\u00a0 kitoblarda o\u02bbqiymiz. Ayni bolalik pallasi ikkinchi jahon urushi davriga to\u02bbg\u02bbri kelgan qanchadan qancha yutdoshlarimiz bo\u02bblgan. Ularning ba\u02bczilarigina bugun munkillab, 90 yoshni qoralab qarilik gashtini surishmoqda. Ular bilan suhbatlashganimizda bu\u00a0 qirg\u02bbinning\u00a0 hali\u00a0 tesha\u00a0 tegmagan\u00a0 mavzulari\u00a0 va\u00a0 aytib\u00a0 tugatilmagan\u00a0 xotiralari borligiga amin bo\u02bblmasdan boshqa choramiz yo\u02bbq. Oradan ancha\u00a0 yillar o\u02bbtgan bo\u02bblsa ham\u00a0u damlar\u00a0hamon chuqur qayg\u02bbu bilan eslanadi. Bu mavzuda savol qilganimiz uchun ba\u02bczan faxriy keksalarimizning og\u02bbriqli nuqtalarini qo\u02bbzg\u02bbab qo\u02bbymayapmizmi, degan istihola qalbimizni egallaydi. Nima bo\u02bblganda ham bugungi yoshlar urushning nimaligini, qanday asoratlar keltirib chiqarish mumkinligini hamda tinchlikning qadrini bilish zarurligini his etib, xotirlay olsa, biz bundan mamnunmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu hali\u00a0 ham\u00a0 adiblar, tarixchilar, faylasuflar, pedagoglar tomonidan\u00a0 to\u02bbla\u00a0 o\u02bbrganilmagan\u00a0 bir mavzudir.\u00a0 Olti\u00a0 yoshdan\u00a0 dalada\u00a0 boshoq\u00a0 tergan,\u00a0 sakkiz yoshda\u00a0 ot yetaklab\u00a0 paykal oralagan,\u00a0 o\u02bbn yoshidan\u00a0 ketmon bilan\u00a0 g\u02bbo\u02bbzani\u00a0 chopiq \u00a0qilgan,\u00a0 o\u02bbn ikki yoshidan imoratga\u00a0 g\u02bbisht\u00a0 tergan\u00a0 bolalar keyinchalik,\u00a0 mamlakatimiz\u00a0 mustaqilligining\u00a0 qaror topishida ham munosib hissa qo\u02bbshishdi, desak mubolag\u02bba bo\u02bblmaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xalqimizda, \u201cOtasiz\u00a0 yetimlik \u2013 gul\u00a0 yetimlik\u201d, deb bejiz aytilmagan. Urush va undan keyingi yillar beva onalar halok bo\u02bblgan erlari o\u02bbrniga oilada erkak vazifasini bajarishgan.\u00a0 Otasiz\u00a0 o\u02bbsgan\u00a0 o\u02bbg\u02bbil bolalar \u2013 tezroq erkak bo\u02bblib, qizlar \u2013 iffatli\u00a0 kelinchak bo\u02bblishga majbur bo\u02bblgan. Ular aqlini\u00a0 tanishlari\u00a0\u00a0 bilanoq,\u00a0 otalari\u00a0 o\u02bbrniga\u00a0 mehnatga jalb etilgan.\u00a0 Ularni\u00a0 hayot shunday\u00a0 qilib\u00a0 tarbiyalagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Urushda\u00a0 halok\u00a0 bo\u02bblganlarning\u00a0 uyiga\u00a0 \u201cqora\u00a0 xat\u201d\u00a0 kelgan.\u00a0 Pochta\u00a0 xodimlari\u00a0 bunday\u00a0 xatlarni\u00a0 eltib\u00a0 berishdan\u00a0 qo\u02bbrqishgan. Qaysi eshikka xat\u00a0 kelsa,\u00a0 biror\u00a0 daqiqadan\u00a0 so\u02bbng,\u00a0 bu yerdan\u00a0 dod-faryod\u00a0 ovozi\u00a0 eshitilgan.\u00a0 Shuning uchun\u00a0 xatlarni, asosan, ruslar\u00a0 tashir ekan.\u00a0 Pochtalonni\u00a0 esa \u201cshumqadam\u201d deyishar ekan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bugun o\u02bbsha mash\u02bcum urush davri bolalari \u00a0bo\u02bblgan bobolar,\u00a0 momolarning\u00a0 nomlari\u00a0 mangu, jasoratlari\u00a0 unutilmasdir. Urush\u00a0 tufayli\u00a0 o\u02bbsha\u00a0 vaqtda 6 yarim million\u00a0 aholisi bo\u02bblgan O\u02bbzbekistondan\u00a0 1.433.230 nafar odam\u00a0 frontga\u00a0 safarbar\u00a0 qilingan. Shulardan: 420 ming\u00a0 kishi\u00a0 halok bo\u02bblgan. 120 ming\u00a0 nafari bedarak\u00a0 ketgan.\u00a0 640 ming\u00a0 kishi\u00a0\u00a0 esa nogiron\u00a0 bo\u02bblib\u00a0 qaytgan! Holbuki, ularning\u00a0 hammasi urushga ketayotib tog\u02bbni\u00a0 ursa \u00a0talqon \u00a0qiladigan\u00a0 norg\u02bbul\u00a0 yigitlar\u00a0 bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu\u00a0 raqamlar\u00a0 ortida\u00a0 shuncha\u00a0 tul\u00a0 qolgan\u00a0 ayollar,\u00a0 qizlarning\u00a0 bo\u02bblganini,\u00a0 yuz minglab farzandidan\u00a0 ayrilgan\u00a0 ota-onalarni,\u00a0\u00a0 otasiz\u00a0 qolgan\u00a0 yetim bolalarni\u00a0 ham\u00a0 o\u02bbylab\u00a0 ko\u02bbring!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ular\u00a0 ham birin-ketin\u00a0 o\u02bbtib\u00a0 ketishyapti. To\u02bbg\u02bbri,\u00a0 otalar\u00a0 jang qilishgan,\u00a0 ammo, urush\u00a0 azobini\u00a0 onalar\u00a0 ko\u02bbproq\u00a0 tortishgan desak, yanglishmagan bo\u02bblamiz. Ona\u00a0 bunday\u00a0 e\u02bczozga\u00a0\u00a0 qahramon\u00a0 erlari\u00a0 bilan\u00a0 barobar\u00a0 sazovor zotdir!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong><em>Shu va shunga yaqin mulohazalar haqida aynan bolaligi urush va undan keyingi yillarga to\u02bbg\u02bbri kelgan otaxonlar bilan suhbatlashganimizda qalbimiz g\u02bburur va iftifor tuyadi. 1937 yil\u00a0 26 sentyabr kuni Toshkent shahrida tug\u02bbilgan jurnalist va publitsist Anvar aka TOJIYEV ham shunday ustoz otaxonlardan biridir. Anvar aka urushning mash\u02bcum tarixiy voqealarini so\u02bbzlar ekan, o\u02bbzining boshidan o\u02bbtkazganlarini ham gapirib berdi.<\/em><\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Otam Tojiyev\u00a0 Zohidni 1942 yilning\u00a0 21 yanvar kuni qarindosh-urug\u02bblar ila yig\u02bbi-sig\u02bbi va duoyi-fotiha\u00a0 bilan\u00a0 urushga\u00a0 kuzatdik.\u00a0 Osmon ayoz, kun\u00a0 juda sovuq edi. Hovlida\u00a0 otam\u00a0 kuzatishga\u00a0 kelgan\u00a0 o\u02bbrtoqlari\u00a0 bilan\u00a0 gaplashib\u00a0 turgan\u00a0 holatlari hamon xotiramda\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbsha paytda\u00a0 ukam \u2013 Rustam\u00a0 endi\u00a0 emaklayotgan go\u02bbdak edi\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Urush\u00a0 tugadi,\u00a0 ammo\u00a0 otamdan\u00a0 hech qanday\u00a0 darak\u00a0 bo\u02bblmadi. Oradan bir necha yil o\u02bbtib,\u00a0 Kalinin\u00a0 frontining\u00a0 allaqaysi\u00a0 qismida\u00a0 bo\u02bblib o\u02bbtgan\u00a0 jangda\u00a0 otamning\u00a0 qahramonlarcha\u00a0 halok\u00a0 bo\u02bblganini bilganmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizning\u00a0 uyga ham\u00a0 \u201cqora xat\u201d\u00a0 kelgan. Uni olgan qarindoshlarmizdan biri ich-ichidan\u00a0 kuygan\u00a0 bo\u02bblsa ham,\u00a0 fig\u02bbonini\u00a0 yuzaga\u00a0 chiqarmagan. Xatni yashirgan.\u00a0 Odatda bunday xatlar\u00a0 namatlarning\u00a0 tagiga yashirilardi.\u00a0 Xatni\u00a0 katta amakim\u00a0 ko\u02bbrib\u00a0 qolgan bo\u02bblsa ham uyda\u00a0 yig\u02bbi-sig\u02bbi,\u00a0 aza\u00a0 ochilishiga\u00a0 yo\u02bbl\u00a0 qo\u02bbymay yana bekitgan.\u00a0 Uydagilarning hammasi, hatto, onam\u00a0 ham\u00a0 bu\u00a0 xatdan\u00a0 xabardor\u00a0 bo\u02bblsa-da, urush\u00a0 tugashini, otamning\u00a0 yaradorlar\u00a0 yoki\u00a0 bedarak\u00a0 ketganlar\u00a0 safidan\u00a0 chiqishidan\u00a0 umid qilib yashagan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu\u00a0 vaqtda\u00a0 hovlimizdan\u00a0 to\u02bbrt kishi\u00a0 front va front orti\u00a0 ishlariga\u00a0 safarbar\u00a0 etilgan.\u00a0 Uch kishi\u00a0 halok bo\u02bblgan,\u00a0 yana biri \u2013 17 yoshli\u00a0 amakim og\u02bbir\u00a0 jarohat\u00a0 olib\u00a0 qaytgan. Otamning\u00a0 yagona\u00a0 bojasi \u00a0Abduhamid\u00a0 amakim\u00a0 otamdan\u00a0 bir\u00a0 kun\u00a0 keyin\u00a0 urushga\u00a0 kuzatilganida,\u00a0 onamning\u00a0 yagona\u00a0 singlisi\u00a0 hali\u00a0 birinchi\u00a0 farzandiga\u00a0 homilador\u00a0 bo\u02bblgan.\u00a0 Farzand\u00a0 tug\u02bbilganida,\u00a0 amakim\u00a0 Harkov\u00a0 yaqinidagi jangda\u00a0 qatnashayotgan\u00a0 edi. U\u00a0 odamning\u00a0 hayot\u00a0 yo\u02bbli ham\u00a0 og\u02bbir va\u00a0 iztirobli\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cQora xat\u201dning\u00a0 izi\u00a0 yo\u02bbqolgan.\u00a0 Xonadonimizda\u00a0 otamga\u00a0 atab aza\u00a0 ochilmadi. Hamma\u00a0 so\u02bbnggi\u00a0 daqiqalargacha\u00a0 \u201ctirikdir, kelib\u00a0 qolar\u201d degan\u00a0 umid bilan yashadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Onam 24 yoshida\u00a0 ikki\u00a0 farzandi\u00a0 bilan qolib,\u00a0 sabr-toqat\u00a0 ila\u00a0 otamni\u00a0 kutdi.\u00a0 Umr\u00a0 bo\u02bbyi\u00a0 \u201cKompressor\u201d zavodida\u00a0 oddiy\u00a0 ishchi\u00a0 bo\u02bblib\u00a0 ishlab,\u00a0 bolalarni (bizni)\u00a0 voyaga\u00a0 yetkazdi. Urush\u00a0 yillari va\u00a0 undan\u00a0 keyingi\u00a0 moddiy\u00a0 va\u00a0 ma\u02bcnaviy\u00a0 qiyinchiliklar\u00a0 o\u02bbz\u00a0 ta\u02bcsirini\u00a0 ko\u02bbrsatdi.\u00a0 Kichik\u00a0 nevarasining\u00a0 aytishicha,\u00a0 uyda\u00a0 hech kim\u00a0 yo\u02bbqligida\u00a0 onam\u00a0 otamning\u00a0 suratini\u00a0 qo\u02bbliga\u00a0 olib,\u00a0 uzoq\u00a0 tikilar\u00a0 ekan. So\u02bbng, nevarasiga\u00a0 \u201cBobong \u2013 katta\u00a0 komandir.\u00a0 Yaqinda\u00a0 kelib\u00a0 qoladi\u201d\u00a0 der\u00a0 ekan. Demak, bilardikki, onam\u00a0 hamon\u00a0 otamni\u00a0 kutardi!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hammamizni\u00a0 umid\u00a0 bilan\u00a0 kutishga\u00a0 da\u02bcvat\u00a0 qilardi. Salkam\u00a0 ellik yil\u00a0 shu zaylda\u00a0 o\u02bbtsa ham, kutar\u00a0 edilar.\u00a0 U kishiga\u00a0 qo\u02bbshilib,\u00a0 biz ham\u00a0 otamizning\u00a0 kelishidan\u00a0 umidvor yashadik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mening fikrimcha, onam kabi urush davri\u00a0 ayollarining,\u00a0 sadoqat\u00a0 sohibalarining\u00a0 bardoshi\u00a0 oldida ertaklardagi\u00a0 vafo\u00a0 haqidagi\u00a0 afsonalar\u00a0 ham hech gap emasdi. Bunga\u00a0 Alloh\u00a0 shohid!\u00a0 Bunga\u00a0 biz tiriklar\u00a0\u00a0\u00a0 guvohmiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aytishlaricha, urushdan\u00a0 keyingi davrda\u00a0 bir\u00a0 kishi\u00a0 onamga \u00a0odam\u00a0 qo\u02bbydirib, turmushga chiqishi uchun roziligini\u00a0 so\u02bbragan ekan.\u00a0 Shunda onam: \u201cXo\u02bbjayinim\u00a0 kelib\u00a0 qolsalar, ikki\u00a0 dunyoim\u00a0 kuyadi-ku!\u00a0 Menga\u00a0 bu\u00a0 dunyoning\u00a0 farog\u02bbati\u00a0 kerakmas.\u00a0 Nima bo\u02bblsa, peshonamdan\u00a0 ko\u02bbrdim, kutaman!\u201d\u00a0 degan\u00a0 ekanlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Onam\u00a0 umrining\u00a0 oxirida,\u00a0 oz muddat\u00a0 qarilik\u00a0 nafaqasini\u00a0 oldilar. Frontda\u00a0 halok\u00a0 bo\u02bblgan\u00a0 otam uchun\u00a0 ham nafaqa\u00a0 olishni\u00a0 istamadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mash\u02bcum\u00a0 urush\u00a0 tufayli, 47 yillik\u00a0 ayriliqdan\u00a0 so\u02bbng onam\u00a0 ham olamdan\u00a0 o\u02bbtdi. Men ham onam\u00a0 vafot etgan kuni otamning ham\u00a0 halok\u00a0 bo\u02bblganini\u00a0 his etdim. Shu kuni menga yer\u00a0 kurrasini\u00a0 aylantirib\u00a0 turgan bir kuch go\u02bbyo to\u02bbxtab\u00a0 qolganday\u00a0 tuyuldi. Otamning\u00a0 rasmini\u00a0 ham onamning qabriga qo\u02bbshib\u00a0 dafn etdik. Har\u00a0 ikkovlariga\u00a0 bitta\u00a0 qabrtosh\u00a0 o\u02bbrnatdik.\u00a0 Otam va onamga\u00a0 janoza ham, aza ham\u00a0 birga\u00a0 o\u02bbtkazildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ular\u00a0 biz uchun, bizdan\u00a0 keyingi\u00a0 avlodlar uchun\u00a0 yer yuzining\u00a0 shamchirog\u02bbi, quyoshi, yulduzi, qo\u02bbyingki,\u00a0 butun\u00a0 borlig\u02bbi\u00a0 bilan bir timsoldir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<strong>Munojot<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2026Onam\u00a0 vafotidan\u00a0 bir hafta oldin\u00a0 kichik\u00a0 o\u02bbg\u02bblimga\u00a0 kelin\u00a0 oldim. To\u02bbyda\u00a0 onamning\u00a0 o\u02bbzi bosh-qosh bo\u02bbldi.\u00a0 To\u02bbyga\u00a0 kelgan\u00a0 yaqinlarimiz\u00a0 onam\u00a0 o\u02bbtirgan\u00a0 xonaga\u00a0 kirib, u kishini\u00a0 ziyorat etishar, to\u02bby\u00a0 bilan\u00a0 tabriklab,\u00a0 duo\u00a0 olishardi.\u00a0 To\u02bby\u00a0 ko\u02bbp qavatli\u00a0 uylar\u00a0 orasidagi\u00a0 hovlida\u00a0 bo\u02bblgani uchun,\u00a0 onam\u00a0 tantanalarni\u00a0 yuqoridan\u00a0\u00a0 yaxshi\u00a0 ko\u02bbra olmadi. To\u02bby\u00a0 tugab,\u00a0 odamlar\u00a0 tarqala boshlagach, taniqli\u00a0 hofiz Muhammadjon\u00a0 Karimovdan\u00a0\u00a0\u00a0 onam\u00a0 oldiga\u00a0 kirib,\u00a0 bir\u00a0 juft\u00a0 qo\u02bbshiq\u00a0 aytib\u00a0 berishini\u00a0 iltimos\u00a0 qildim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz\u00a0 darhol\u00a0 dutorini olib,\u00a0 yuqoriga chiqdi.\u00a0 Bu\u00a0 daqiqalarni\u00a0 men\u00a0 bir umr\u00a0 unitolmayman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">San\u02bcatkor\u00a0 o\u02bbz\u00a0 mahorati\u00a0 bilangina emas, ayni\u00a0 vaqtda,\u00a0 odamlar\u00a0 qalbiga\u00a0 yo\u02bbl\u00a0 topa olishi\u00a0 bilan\u00a0 \u201csan\u02bcatkor\u201d\u00a0 degan\u00a0 nomga\u00a0 sazovordir.\u00a0 Muhammadjon\u00a0 aka onamni ko\u02bbrib,\u00a0 vaziyatni\u00a0 darhol\u00a0 tushundi. Onamga\u00a0 atab\u00a0 mumtoz\u00a0 san\u02bcatimizning\u00a0 durdonasi\u00a0 bo\u02bblgan ikki\u00a0 qo\u02bbshiq\u00a0 ijro etdi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Kecha\u00a0 kelgumdir\u00a0 debon,\u00a0 ul\u00a0 sarvu\u00a0 gulru\u00a0 kelmadi,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Ko\u02bbzlarimga\u00a0 kecha\u00a0 tong\u00a0 otguncha\u00a0 uyqu\u00a0 kelmadi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Lahza-lahza\u00a0 chiqdim-u,\u00a0 chekdim\u00a0 yo\u02bblida\u00a0 intizor,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Keldi\u00a0 jon\u00a0 og\u02bbzimga-yu ul\u00a0 sho\u02bbxi\u00a0 badhu\u00a0 kelmadi.<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu\u00a0 qo\u02bbshiq\u00a0 go\u02bbyo onam haqida edi\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Frontda\u00a0 halok\u00a0 bo\u02bblgan\u00a0 erini\u00a0 qirq yetti yildan beri yo\u02bbliga\u00a0 ko\u02bbz tikib\u00a0 kutgan\u00a0 sadoqat\u00a0 sohibasining\u00a0 nolasi\u00a0 edi\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muhtasham shoirimiz Abdulla\u00a0 Oripov aytganidek,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Kuyi shunday bo\u02bblsa, g\u02bbamning o\u02bbziga<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>Qanday\u00a0 chiday\u00a0 olgan odamzot!<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Chidagan!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Temir, po\u02bblat\u00a0 emas, volfram, molibden, titandan\u00a0 ham\u00a0 chidamli ekan\u00a0 onalarning\u00a0 vujudi!\u00a0 47 yil\u00a0 davomida\u00a0\u00a0 po\u02bblat\u00a0 qotishmalari ham g\u02bbam\u00a0 namida chirib\u00a0 ketardi, deb o\u02bbylayman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Onamning\u00a0 vujudi\u00a0\u00a0 esa\u00a0 bu g\u02bbamga\u00a0 bardosh\u00a0 berdi!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz\u00a0 ikkinchi\u00a0 qo\u02bbshiqni\u00a0 boshladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0<em>Qaro\u00a0 ko\u02bbzim\u00a0 kelu\u00a0\u00a0 mardumlig\u02bb\u00a0 emdi\u00a0 fan\u00a0 qilg\u02bbil,<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Ko\u02bbzum\u00a0 qarosida\u00a0 mardum\u00a0 kibi\u00a0 vatan\u00a0 qilg\u02bbil\u2026<\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Onam\u00a0 atrofida\u00a0 parvona\u00a0 bo\u02bblib\u00a0 turgan\u00a0 singillari,\u00a0 farzandlari,\u00a0\u00a0 kelinlar\u00a0 bir-biridan\u00a0 yashirinib\u00a0 yig\u02bblashardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hofiz\u00a0 xirgoyisi \u2013 onamning\u00a0 otam\u00a0 oldida\u00a0 o\u02bbz\u00a0 qasami,\u00a0 burchini\u00a0 bajargani\u00a0 va\u00a0 marhum\u00a0 jangchi\u00a0\u00a0 ruhiga\u00a0 tilovatdek\u00a0 yangrardi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Qo\u02bbshiq\u00a0 tugadi.\u00a0 Hamma\u00a0 yig\u02bblardi.\u00a0 Faqat\u00a0 onam\u00a0 bardam\u00a0 edi.\u00a0 U kishi\u00a0 hofizni\u00a0 duo\u00a0 qildi. Ataganlarini\u00a0 hofizga\u00a0 tutqazib,\u00a0 menga\u00a0 chopon\u00a0 kiydirishni\u00a0 imo\u00a0 qildi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Onam\u00a0 birinchi \u00a0marta\u00a0 otam\u00a0 jangda\u00a0 halok\u00a0 bo\u02bblganini\u00a0 tan\u00a0 olganini,\u00a0 taqdirga\u00a0 tan\u00a0 berib,\u00a0 umr\u00a0 yo\u02bbldoshi \u2013 jasur\u00a0 jangchi \u00a0yoniga\u00a0 ochiq\u00a0 yuz\u00a0 bilan\u00a0 borishini\u00a0 bizga\u00a0 bildirmoqchi\u00a0 edi, chamamda.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Biz\u00a0 hammamiz buni sezdikki, ushbu onlar onam uchun, otamiz,\u00a0 farzandlari \u00a0va kelgusi\u00a0 avlodlar\u00a0 oldida\u00a0 rozi-rizolik\u00a0 damlari edi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu\u00a0 voqeadan bir hafta o\u02bbtib,\u00a0 payshanba\u00a0 kuni\u00a0 kechqurun\u00a0 onam\u00a0 vafot etdi. Juma\u00a0 kuni\u00a0 Ko\u02bbkcha\u00a0 masjidida\u00a0 onamga\u00a0 qo\u02bbshib,\u00a0 otamga ham\u00a0 janoza\u00a0 o\u02bbqildi.\u00a0 Qabrlari\u00a0 yoniga\u00a0 bitta belgi qo\u02bbyib, gullar ekdik.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oilaning\u00a0 kattasi \u2013 men\u00a0 otamni\u00a0 ikki-uch\u00a0 marta\u00a0 ko\u02bbrganim\u00a0 xotiramda\u00a0 qolgan. Ammo,\u00a0 farzandlarimiz,\u00a0 nevaralarimiz\u00a0 jangchi\u00a0 bobosini\u00a0 yaxshi\u00a0 bilishadi. Kino yoki\u00a0 rasmlarda\u00a0 qahramon\u00a0 jangchini\u00a0 ko\u02bbrishsa,\u00a0 \u201cana, bobom\u201d,\u00a0 deb\u00a0 chuvillashadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shu tarzda onam Karomat\u00a0 aya\u00a0 va otamning\u00a0 aka-ukalari to bu\u00a0 dunyodan\u00a0 ko\u02bbz\u00a0 yumganlariga\u00a0 qadar umid\u00a0 bilan yashab, eshik\u00a0 poylab o\u02bbtib ketishdi\u2026<strong>\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Abduvohid O\u02bbROZOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><a href=\"https:\/\/hidoyat.uz\/64052\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>hidoyat.uz<\/strong><\/a><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Urush haqida,\u00a0 yurtdoshlarimizning\u00a0 frontdagi\u00a0 mislsiz\u00a0 jasorati, burchga,\u00a0 Vatanga,\u00a0 oilasiga, seviklisiga\u00a0 sadoqati\u00a0 to\u02bbg\u02bbrisidagi\u00a0 gaplarni biz ko\u02bbproq kinolarda ko\u02bbramiz. Biz\u00a0 va\u00a0 bizdan\u00a0 keyingi avlodlarimiz\u00a0 urush\u00a0 yillaridan\u00a0 tobora\u00a0 uzoqlashganimiz\u00a0 sari\u00a0 jangchilarning\u00a0 hamda\u00a0 front\u00a0 ortidagi\u00a0 kishilarning\u00a0 oliy\u00a0 insoniy\u00a0 fazilatlarini\u00a0 kitoblarda o\u02bbqiymiz. Ayni bolalik pallasi ikkinchi jahon urushi davriga to\u02bbg\u02bbri kelgan qanchadan qancha yutdoshlarimiz bo\u02bblgan. Ularning ba\u02bczilarigina bugun munkillab, 90 &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15292,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Urush davri xotiralari\u2026 (Bekitilgan qora xat) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Urush davri xotiralari\u2026 (Bekitilgan qora xat) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Urush haqida,\u00a0 yurtdoshlarimizning\u00a0 frontdagi\u00a0 mislsiz\u00a0 jasorati, burchga,\u00a0 Vatanga,\u00a0 oilasiga, seviklisiga\u00a0 sadoqati\u00a0 to\u02bbg\u02bbrisidagi\u00a0 gaplarni biz ko\u02bbproq kinolarda ko\u02bbramiz. Biz\u00a0 va\u00a0 bizdan\u00a0 keyingi avlodlarimiz\u00a0 urush\u00a0 yillaridan\u00a0 tobora\u00a0 uzoqlashganimiz\u00a0 sari\u00a0 jangchilarning\u00a0 hamda\u00a0 front\u00a0 ortidagi\u00a0 kishilarning\u00a0 oliy\u00a0 insoniy\u00a0 fazilatlarini\u00a0 kitoblarda o\u02bbqiymiz. Ayni bolalik pallasi ikkinchi jahon urushi davriga to\u02bbg\u02bbri kelgan qanchadan qancha yutdoshlarimiz bo\u02bblgan. Ularning ba\u02bczilarigina bugun munkillab, 90 &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-05-10T13:23:42+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/qoraxat.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"500\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"333\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"7 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz\",\"name\":\"Urush davri xotiralari\u2026 (Bekitilgan qora xat) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/qoraxat.jpg\",\"datePublished\":\"2021-05-10T13:23:42+00:00\",\"dateModified\":\"2021-05-10T13:23:42+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/qoraxat.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/qoraxat.jpg\",\"width\":500,\"height\":333},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Urush davri xotiralari\u2026 (Bekitilgan qora xat)\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Urush davri xotiralari\u2026 (Bekitilgan qora xat) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Urush davri xotiralari\u2026 (Bekitilgan qora xat) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Urush haqida,\u00a0 yurtdoshlarimizning\u00a0 frontdagi\u00a0 mislsiz\u00a0 jasorati, burchga,\u00a0 Vatanga,\u00a0 oilasiga, seviklisiga\u00a0 sadoqati\u00a0 to\u02bbg\u02bbrisidagi\u00a0 gaplarni biz ko\u02bbproq kinolarda ko\u02bbramiz. Biz\u00a0 va\u00a0 bizdan\u00a0 keyingi avlodlarimiz\u00a0 urush\u00a0 yillaridan\u00a0 tobora\u00a0 uzoqlashganimiz\u00a0 sari\u00a0 jangchilarning\u00a0 hamda\u00a0 front\u00a0 ortidagi\u00a0 kishilarning\u00a0 oliy\u00a0 insoniy\u00a0 fazilatlarini\u00a0 kitoblarda o\u02bbqiymiz. Ayni bolalik pallasi ikkinchi jahon urushi davriga to\u02bbg\u02bbri kelgan qanchadan qancha yutdoshlarimiz bo\u02bblgan. Ularning ba\u02bczilarigina bugun munkillab, 90 &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-05-10T13:23:42+00:00","og_image":[{"width":500,"height":333,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/qoraxat.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"7 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz","name":"Urush davri xotiralari\u2026 (Bekitilgan qora xat) - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/qoraxat.jpg","datePublished":"2021-05-10T13:23:42+00:00","dateModified":"2021-05-10T13:23:42+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/qoraxat.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/qoraxat.jpg","width":500,"height":333},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15294&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Urush davri xotiralari\u2026 (Bekitilgan qora xat)"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15294"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15294"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15294\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15295,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15294\/revisions\/15295"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15292"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15294"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15294"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15294"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}