{"id":15263,"date":"2021-05-09T16:01:03","date_gmt":"2021-05-09T11:01:03","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15263"},"modified":"2021-05-09T16:01:03","modified_gmt":"2021-05-09T11:01:03","slug":"oilada-axloqiy-tarbiya-masalalarining-dolzarbligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz","title":{"rendered":"OILADA AXLOQIY TARBIYA MASALALARINING DOLZARBLIGI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insonning taqdiri, kelajak hayotidagi yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizligi, baxtli yoki baxtsizligi, kasb tanlashi, hattoki kayfiyati, uning oilaviy muhiti bilan bog\u02bbliqdir. Oilaning taqdiri esa insonning o\u02bbziga bog\u02bbliq. Jamiyatning ma\u02bcnaviy qiyofasi oilalarning qandayligiga bog\u02bbliqligi azaliy haqiqat. Chunki, oila jamiyatning ijtimoiy-ma\u02bcnaviy bo\u02bbg\u02bbini, kichik bir vakili bo\u02bblib, aynan oila zaminida xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi. Agar oilada tartib-intizom bo\u02bblsa, uning a\u02bczolari shu xislatlarini xizmat jarayoniga ko\u02bbchiradi va ijtimoiy mehnat faoliyatlarida qo\u02bbllaydilar. Bu esa, ularning o\u02bbz xizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishlariga sabab bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Oila bu odobi axloq, xushmuomlalik, mehnatsevarlik asosida qurilgan bo\u02bblishi, insonlar o\u02bbrtasidagi munosabat va muloqotlarda o\u02bbta muhim va shaxsning fe\u02bcl-atvori, yurish-turishida alohida ahamiyat kasb etadi. Agar oila o\u02bbz farzandini Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalasa, bu his-tuyg\u02bbu unga butun hayoti davomida hamroh bo\u02bbladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev \u201cZamonaviy bilim va ko\u02bbnikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o\u02bbz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg\u02bbayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>,\u201d \u2013 degan edi. Sharq mutafakkirlari merosida ta\u02bclim-tarbiya, xususan, oilaviy tarbiya masalalariga keng o\u02bbrin berilgan. Ular bolalarni tarbiyalashni jamiyat taqdirini, millatning kelajagini belgilaydigan asosiy mezon deb hisoblaganlar. Ularning pedagogik qarashlari zamirida ijtimoiy ideal sifatida komil inson g\u02bboyasi yotadi. Ular tarbiyada ijtimoiy va biologik tomonlarning o\u02bbzaro munosabati haqida to\u02bbxtalib, tarbiyada irsiyat va muhit ta\u02bcsiri birdek ekanligi, tan va ruh sog\u02bblomligining birligi kabi masalalarni o\u02bbrtaga tashlaydilar. Ularning aqliy, mehnat, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyaning birligi hamda ularni amalga oshirish yo\u02bbllari haqidagi va oilada bolalar tarbiyasi haqidagi fikrlari mazkur muammolarning ko\u02bbpgina jihatlarini qamrab oladi va ular muayyan tarbiyashunoslik bo\u02bbyicha qarashlar tizimini tashkil etadi. Ana shunday durdona asarlardan biri A.Fitratning \u201cOila\u201d asaridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, A.Fitrat o\u02bbzining mazkur asarida farzand tarbiyasida aqliy tarbiya, badan tarbiya va axloqiy tarbiyaning o\u02bbrni muhimligini ta\u02bckidlaydi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>. Mazkur uchta tarbiyaning eng muhimi axloqiy tarbiya hisoblanadi. O\u02bbzingiz xohlaganingizcha bolangizning aqliy va badan tarbiyasi bilan mashg\u02bbul bo\u02bblishingiz mumkin va qo\u02bblingizdan kelguncha uni dono va baquvvat qiling<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn3\" name=\"_ftnref3\"><sup>[3]<\/sup><\/a>. Lekin axloqiy tarbiya talab darajasida bo\u02bblmasa, aqli va jismoniy kuchini o\u02bbzi yoki atrofdagilar zarariga ishlatadi. Binobarin, bolaning aqliy va jismoniy tarbiyasi samarasiz qolmasligi uchun farzandning axloqiy tarbiyasi bilan jiddiy shug\u02bbullanib ko\u02bbp harakat qilish lozimligini ta\u02bckidlaydi, \u2013 A.Fitrat.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Axloqiy tarbiya \u2013 odam axloqini kamolga yetkazish demakdir, ya\u02bcni odamni shunday tarbiya qilish kerakki, fe\u02bcli va amali o\u02bbziga ham, boshqalarga ham foydali va manfaat keltiradigan bo\u02bblsin. Boshqacha aytganda, odamning fe\u02bcli va harakatida yaxshi fazilatlarni tarbiyalash demakdir. Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi yangi bosqichi oilaviy tarbiyada milliy qadriyatlardan foydalanishning zamonaviy mezonlarini o\u02bbrtaga tashlamoqda. Bu mezonlar vatanparvarlik, milliy g\u02bburur, milliy ong, milliy o\u02bbz-o\u02bbzini anglash, milliy tafakkur, milliy tarbiya kabi tushunchalarda o\u02bbz ifodasini topgan bo\u02bblib, ular tarbiya jarayonining bugungi kunda rivojlanishi uchun muayyan tarzdagi bir maqsadga qaratilganini ta\u02bcminlaydi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn4\" name=\"_ftnref4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Abdurauf Fitrat axloqiy tarbiyani jismoniy va aqliy tarbiyadan keyingi \u2013 uchinchi bo\u02bbg\u02bbin tarbiya sifatida uqtirib, u \u201cInsonni komil, chiroyli axloq egasi, jamiyatga foydasi tegadigan a\u02bczo qilib shakllantirish\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn5\" name=\"_ftnref5\"><sup>[5]<\/sup><\/a>, deb uni amalga oshirishning quyidagi tizimini taklif qiladi.<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bolaga hikoyatlar vositasida axloq qoidalarini tushuntirish. A.Fitrat Shayx Muslihiddin Sa\u02bcdiyning (XIII asr) maslagi va hikoyatlarini tavsiya qiladi, uning \u201cGuliston\u201d va \u201cBo\u02bbston\u201d asarlarida kichik hikoyatlar vositasida axloq qoidalarini bayon qiladi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn6\" name=\"_ftnref6\"><sup>[6]<\/sup><\/a>.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarbiyachining o\u02bbzi ibrat bo\u02bblishi lozimligi. Tarbiyachining so\u02bbzi bilan xatti-harakati uyg\u02bbun bo\u02bblib, u xatti-harakati bilan barchaga ibrat, o\u02bbrnak namuna bo\u02bblmog\u02bbi lozim. Bu borada olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda \u201cshaxsning ma\u02bcnaviy-axloqiy kamolotida ibrat muhim o\u02bbrin tutadi, inson fe\u02bcl-atvorini faqat pand-nasihat, dashnom va va\u02bcz aytishlar emas, balki munosabat va ibrat shakllantiradi\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn7\" name=\"_ftnref7\"><sup>[7]<\/sup><\/a>, jumladan, axloqiy ong, axloqiy xatti-harakat va axloqiy munosabat uyg\u02bbun holda in\u02bcikos etadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yomonlarning yomonligini ko\u02bbrsatib, yaxshilarning yaxshiligini uqtirib borishda muayyan ijtimoiy tuzum va muhitni hisobga olish, ya\u02bcni axloqiy tarbiya real voqelik va amaliy jihatlari bilan ma\u02bcnaviy-axloqiy muhitni muayyan darajada barqarorlashtiradi. Demak, axloqiy tarbiyani ongli va maqsadli olib borish funksionalligini ta\u02bcminlash insonda ezgu axloqni shakllantirishga asos bo\u02bbladi. Muayyan ma\u02bcnaviy-axloqiy fazilatlarning tizimli tahlili jamiyat ma\u02bcnaviy-axloqiy muhiti taraqqiyotiga rivojlantiruvchi ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi. Jumladan, karamlilik \u2013 saxovat, yaxshilik, demakdir. Bu halol va pok, mehnatkash, mehribon bo\u02bblish va vijdon amriga bo\u02bbysunib yashashdir. Karamlilik ma\u02bcnaviy-axloqiy poklanish, nogironlarga, yetim-yesirlarga xayri-ehson, yaxshilik qilish, ularning ko\u02bbnglini ko\u02bbtarish, moddiy yordam berish kabi insoniy fazilatlarni qamrab oladi. A.Fitrat uni \u201codamlarga yaxshilik qilib, millatni yuksaltirish\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn8\" name=\"_ftnref8\"><sup>[8]<\/sup><\/a>, deb tushuntiradi.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">A.Fitrat shijoat fazilatini izohlab shunday yozadi: \u201cMening orzuim, falon jamoani pismadon g\u02bbayrishar\u02bciy ishdan man\u02bc etishdir\u2026. Bu esa mening ishim, birov meni bu vazifadan man\u02bc etolmaydi, chunki bu mening huquqimdir\u2026 Aslida komil inson bunday mushkilot va bema\u02bcni to\u02bbsiqlar andishasiga bormay erkinlik bilan haq-huquqlaridan foydalanadi va o\u02bbz vazifalarini bajo keltiradi\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn9\" name=\"_ftnref9\"><sup>[9]<\/sup><\/a>. Zero, shijoat insoniylik sharafi bo\u02bblib, u insonga qadr-qimmat ato qiladi. Shijoatning haqiqati qalbning matonatidan, ruhning salomatligidan iborat. Bu axloqiy fazilat zamirida maqsadlar sari intilish tuyg\u02bbusi mavjud. Har bir shaxsda mazkur tuyg\u02bbu shakllantirilishi, uning ongi va qalbiga mazkur fazilat urug\u02bbi sepilishi kerak.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcnaviy-axloqiy fazilatlar zanjirining keyingi halqasini sabotlilik fazilati tashkil etadi. U \u2013 ulug\u02bb maqsadga yetishish uchun qat\u02bciy harakatdir. Ulug\u02bb ishlar va buyuk maqsadlarga intilgan odamni hech bir qiyinchilik va to\u02bbsiqlar to\u02bbxtata olmaydi, balki besabr va shoshqaloq insonlar hayotda o\u02bbz maqsadlarini amalga oshira olmaydi, natijada, jamiyat ma\u02bcnaviy-axloqiy muhitiga raxna soluvchi illatlar ildiz otishiga sabab bo\u02bbladi. Olimlar sabotlilik fazilati jamiyatda mo\u02bbtadil muhitni qaror toptishrishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta\u02bckidlab, ushbu fazilat, avvalo, har bir kishida, qolaversa, ijtimoiy faol va albatta, tarbiya ishi bilan shug\u02bbullanuvchilarda bo\u02bblishi kerakligini ta\u02bckidlab, kishida sabotlilik fazilatini shakllantirish izchil va uzviy amalga oshiriladigan iroda quvvati va halol mehnatni talab qiladi. Bu fazilat insonni kashfiyotga boshlaydi. A.Fitrat bunga qiziqarli bir hikoyatni misol keltiradi. Xorun ar-Rashid (IX asr) zamonida musulmon madaniyati rivojlandi. Hatto, soat ixtiro qilindi. Xorun ar-Rashid ulardan birini Franso (Fransiya) hukmdoriga yubordi. Hukmdor ajoyib sovg\u02bbadan hayratga tushdi, soatni ayonlariga ko\u02bbrsatdi. Ayonlari hayratda qolib, xulosa qildilarki: \u201cAhli islom qutining ichiga shaytonni solib yuborganlar\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn10\" name=\"_ftnref10\"><sup>[10]<\/sup><\/a>. A.Fitrat xulosa qiladiki, bugun endi fransolar sabot bilan rivojlanib, sanoatdagi ixtirolari bilan shaytonni hayratga solmoqdalar. Yana bir ma\u02bcnaviy-axloqiy fazilat halimlilik bo\u02bblib, odamni odamga birodar va do\u02bbst qiluvchi, yaxshilik va ezgulikka chorlovchi xususiyatga ega. A.Fitrat \u201cKomilu olim insonlar nafslarini (o\u02bbzliklarini) shunday tarbiyalaydilarki, natijada, afv va madora, muloyimlik odatlariga aylanadi\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn11\" name=\"_ftnref11\"><sup>[11]<\/sup><\/a>\u00a0deb yozadi. Demak, halimlik afv (kechirimlilik); murosa (kelishuvchanlik); muloyimlik (mo\u02bbtadillik) kabi xulqlarni shakllantirish orqali yuzaga keladi. O\u02bbzligida halimlik fazilati bo\u02bblgan kishi ruhan kuchli, xushxulq, nodonlikka qarshi kurashuvchi tinchliksevar insondir. Halimlikni mazmunan to\u02bbldiruvchi fazilat sadoqatlilik va sadoqat ko\u02bbrsatish, ya\u02bcni insoniy va fuqarolik huquqlarimizdan foydalanish, barcha burch va vazifalarimizni hazrati inson mavqeiga munosib bajarishni anglatadi. Sadoqat ijtimoiy axloq tizimi sifatida insonni ikki olamda baxtga yetaklovchi va ma\u02bcnaviy-axloqiy omildir. \u201cBu dunyoda mo\u02bbtabar, oxiratda baxtiyor bo\u02bblishni istaganlar, \u2013 deb yozadi A.Fitrat, \u2013 o\u02bbzlarida sidq (sadoqat M.Q.)ni paydo qilib, doimiy odatlariga aylantirishlari kerak. Ijtimoiy aloqalarning yagona nazoratchisi sidqu sadoqatdir\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn12\" name=\"_ftnref12\"><sup>[12]<\/sup><\/a>. Kishi o\u02bbzligidagi sadoqat tuyg\u02bbusi bilan ijtimoiy foydali shaxsga aylanadi. Sadoqat ezgu ishlarga fidoyi bo\u02bblish natijasida shakllanadi. Shu ma\u02bcnoda, sadoqatli kishi haqiqatgo\u02bby shaxs sifatida talqin qilinadi. Agar oilada sadoqat bo\u02bblmasa, u uyda osoyishtalik ham bo\u02bblmaydi, shu boisdan, u avvalo mikro muhitdagi axloqiy harakat va munosabatlarda namoyon bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bcnaviy-axloqiy fazilatlar uzviyligi va funksionalligini ta\u02bcminlashda qanoatning o\u02bbziga xos o\u02bbrni bo\u02bblib, u insonni voqeiylikda halol mehnat orqali topilgan ne\u02bcmatlarga shukur qilib yashash orqali insoniy martabani saqlash va yaxshilikka intilishdir. O\u02bbz davrida A.Fitrat o\u02bbz zamonida tarkib topgan qanoat talqinini tanqid qilib, \u201cBiz turkistonliklarda ajib bir holat borki, axloqiy fazilatlarni va shar\u02bciy amrlarni yo bilmasdan, yo bilib, ya\u02bcni qasddan xato, g\u02bbalati tushunamiz. Masalan, bugun uyda o\u02bbtirib, hech yerga chiqmay, sa\u02bcy-harakat qilmay, qotgan nonga rozi bo\u02bblishlikni qanoat deb o\u02bbylaymiz\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn13\" name=\"_ftnref13\"><sup>[13]<\/sup><\/a>deb yozgan. Bu qanoat emas, balki tanballik va noshudlikdir. Qanoat ma\u02bcnaviy-axloqiy fazilat sifatida mavjud narsalarga shukur qilish, nafsni jilovlash zamirida axloqiy ong, axloqiy xatti-harakat va axloqiy munosabat orqali o\u02bbzi va xalqiga manfaat keltiruvchi faoliyatdir. U insoniylikni saqlovchi mezon, axloqning tarkibiy qismi sifatida mavjud ma\u02bcnaviy-axloqiy muhitni shakllantirish va rivojlantirishda axloqiy nazorat, axloqiy boshqaruv va axloqiy tarbiya vazifasini bajaradi. Chunki yuqorida keltirilgan zanjir xalqalari tizimida axloq ijtimoiy ongning tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy muhitda ijtimoiy tarbiyani amalga oshiradi. Qizig\u02bbi shundaki, axloqni ijtimoiy tarbiya va ongning hosilasi sifatida tushunish islom madaniyatida ham bo\u02bblgan. Abu Nasr Forobiy ilmli, aqlli bo\u02bblishni axloq fazilatisiz tasavvur qilmagan, \u201cbilim, aql, albatta, yaxshi axloq bilan bezalmog\u02bbi lozim\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn14\" name=\"_ftnref14\"><sup>[14]<\/sup><\/a>, deydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bizningcha, shaxsni ma\u02bcnaviy-axloqiy tarbiyalashda quyidagi axloqiy me\u02bcyorlarga asoslanish kutilgan samarani beradi:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shaxs irodasini shakllantirish. Iroda ichki his-tuyg\u02bbu, ammo muhim insoniy fazilatdir. Iroda kishida bilish, his qilish va chiniqish quvvatini hosil qiladi. Iroda vositasida shaxs olam va odamni, voqea va hodisalarni anglab yetadi, haqiqatni teran his qiladi, yaxshilik va yomonlik ta\u02bcsirida bardoshlilik ko\u02bbnikmasini hosil qiladi. \u201cShaxsda iroda o\u02bbz-o\u02bbzidan paydo bo\u02bblmaydi, balki u muayyan vaqt davomida shakllantiriladi. Faylasuf olim I.Saifnazarov o\u02bbz tadqiqotlarida ma\u02bcnaviy barkamollikka erishish mumamosini tadqiq etar ekan, \u201c\u2026komillik uning ko\u02bbnglidagi, irodasidagi tabiiy intilishga asoslanishi kerak\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn15\" name=\"_ftnref15\"><sup>[15]<\/sup><\/a>\u00a0deydi, demak, irodali shaxs jamiyatning ongli individi sifatida faoliyat ko\u02bbrsatadi, buning aksi bo\u02bblgan irodasiz kishi esa ongsiz, mute va o\u02bbzgalarga qul sifatida shakllanadi. Inson ma\u02bcnaviy-axloqiy jihatdan yuksalishi natijasida uning irodasi ham kuchayadi.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shaxsni haqiqatgo\u02bby qilib voyaga yetkazish. Haqiqatgo\u02bbylik muhim axloqiy qadriyat sifatida shaxsning ma\u02bcnaviy \u2013 axloqiy qiyofasida alohida o\u02bbrin tutadi. Haqiqatga intilish shaxsni jamiyatda o\u02bbz o\u02bbrnini topishiga yordam beradi. Shu ma\u02bcnoda, haqiqatgo\u02bbylik shaxs xarakterini shakllantiruvchi omillardan biridir.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shaxsni insonparvar qilib voyaga yetkazish. Insonparvarlik shaxs faoliyatiga ta\u02bcsir ko\u02bbrsatuvchi va uni baholovchi muhim axloqiy tamoyillardan biri. Shaxs o\u02bbz faoliyatida insonparvarlik fazilatini namoyon qilmas ekan, u jamiyatning ilg\u02bbor kishisiga aylana olmaydi. Zero, jamiyatimiz rivojining hozirgi bosqichida ma\u02bcnaviy-axloqiy tarbiya muhim o\u02bbrin tutadi. Chunki jamiyatimiz demokratik qadriyatlarni qabul qilib borgan sari uning a\u02bczolarini \u201ctarbiyalovchi\u201d da\u02bcvogarlar ko\u02bbpayib bormoqda. Ayniqsa, turli diniy oqimlar o\u02bbz mutaassibona, illyuzionizm xususiyatiga boy tarbiya yo\u02bbllarini tiqishtirishga urinishmoqda. Bunday sharoitda ma\u02bcnaviy-axloqiy tarbiya yo\u02bbnalishlarini aniq belgilab olish dolzarb masala hisoblanadi. Shu ma\u02bcnoda, ma\u02bcnaviy-axloqiy tarbiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi: maqsadlilik, onglilik, samaradorlik.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston sharoitida jamiyat ma\u02bcnaviy-axloqiy muhitining asoslari va me\u02bcyorlari o\u02bbziga xos xarakterda bo\u02bblishi bilan diqqatni tortadi. Bu borada O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi \u201cJamiyatda ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhitni sog\u02bblomlashtirish, mahalla institutini yanada qo\u02bbllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi PF-5938 sonli Farmoni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur Farmonda quyidagilar nazarda tutiladi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 jamiyat va oilada sog\u02bblom va barqaror ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta\u02bcminlashning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tubdan isloh qilish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 jamiyatda \u201cObod va xavfsiz mahalla\u201d tamoyilining to\u02bblaqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko\u02bbmaklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhitni sog\u02bblomlashtirishda fuqarolarning o\u02bbzini o\u02bbzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o\u02bbrnatish;<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 oila institutini mustahkamlash bo\u02bbyicha, eng avvalo, \u201cSog\u02bblom oila \u2013 sog\u02bblom jamiyat\u201d g\u02bboyasini hayotga tatbiq etishga yo\u02bbnaltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, notinch va muammoli oilalarga manzilli ko\u02bbmaklashishni tashkil etish<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn16\" name=\"_ftnref16\"><sup>[16]<\/sup><\/a>\u00a0kabi masalalarni atroflicha hal qilish nazarda tutilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston sharoitida jamiyat ma\u02bcnaviy-axloqiy muhitining asoslari va me\u02bcyorlarini belgilashda falsafiy fikr tajribalaridan unumli foydalanish lozim. Misol uchun, donishmand Arastu deydi: \u201cUch omil odamlarni yaxshi va ezgu xislatli qiladi: tabiat, odat va aql. Bu omillar insonda uyg\u02bbun holda mavjud bo\u02bblishi kerak\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftn17\" name=\"_ftnref17\"><sup>[17]<\/sup><\/a>. Nazarimizda, bu fikr e\u02bctiborga loyiq. Unga ko\u02bbra, inson tabiatni anglashi va uning hayoti tabiat qonuniyatlariga bog\u02bbliqligini tushunmoq lozim. U tirik mavjudot sifatida tabiatdan tashqarida yashay olmaydi va shu sababli tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo\u02bblishi kerak. Shuningdek, inson o\u02bbzi mansub bo\u02bblgan xalqning odatlarini o\u02bbzlashtirmasdan jamiyat a\u02bczosi bo\u02bbla olmaydi. U o\u02bbz jamiyatining to\u02bblaqonli a\u02bczosi bo\u02bblishi uchun xalqining odatlari, an\u02bcanalari va madaniyatini bilishi darkor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu ikki narsa insonning aqlli bo\u02bblishini taqozo etadi. Aqlli bo\u02bblish har bir munosabat va faoliyatda me\u02bcyor hamda tartibga rioya qilish demakdir. Shu ma\u02bcnoda, inson nazariy bilganlarini amaliyotga tatbiq eta olishi lozim.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Zero, Arastuning bu fikri milliy jamiyat ma\u02bcnaviy-axloqiy muhiti asoslarini belgilashda uch muhim jihatga e\u02bctibor berish lozimligini ko\u02bbrsatadi. Bular:<\/span><\/p>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tabiiylik. 2. Odatlilik. 3. Aqllilik.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, jamiyat ma\u02bcnaviy-axloqiy muhitiga oid axloqiy kategoriyalar o\u02bbziga xos xususiyatlarga ega. Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi xulosaga kelish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Birinchidan, ma\u02bcnaviy-axloqiy muhitda insonlarning o\u02bbzaro ma\u02bcnaviy hamkorligi muhim o\u02bbrin tutadi. Bunda shaxsning yaxshi-yomonni farqlashi, vijdonli, or-nomusli bo\u02bblishi va baxtli yashashga intilish ko\u02bbnikmalarini hosil qilishi maqsadga muvofiq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchidan, shaxsni ma\u02bcnaviy-axloqiy muhitda o\u02bbzaro ma\u02bcnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash asosiy masalalardan biri. Bunda shaxsning irodasini mustah\u00adkamlash, uni haqiqatgo\u02bby va insonparvar qilib voyaga yetkazish asosiy maqsad hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchidan, ma\u02bcnaviy-axloqiy muhitda shaxsda mas\u02bculiyat hissini tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu o\u02bbrinda shaxsda adolat, majburiyat va hayotsevarlik tuyg\u02bbu hamda ko\u02bbnikmalarini hosil qilish asosiy masalalardan biridir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Umuman, jamiyat ma\u02bcnaviy-axloqiy muhiti, qadriyatlari axloqiy kategoriyalari asosini, umuminsoniy va milliy fazilatlar negizini yaxshilik va yomonlikni farqlash, vijdon, or-nomus, iroda, haqiqat, insonparvarlik, adolat, majburiyat va hayotsevarlik kabi insoniy fazilat va xislatlar tashkil etadi. O\u02bbzida bu fazilatlarni mujassamlashtirgan ushbu uyg\u02bbunlik jamiyatda ijtimoiy tartiblar, huquq, odob me\u02bcyorlarini anglab olishga, unga rioya qilgan holda ijtimoiy hayotni qadrlashga olib keladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>\u00a0O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni \u201cYoshlar \u2013 kelajagimiz\u201d Davlat dasturi to\u02bbg\u02bbrisida.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qonun hujjatlari ma\u02bclumotlari milliy bazasi, 28.06.2018 y., 06\/18\/5466\/1527-son<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref2\" name=\"_ftn2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>\u00a0Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. T.: Ma\u02bcnaviyat, 2000. B-83.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref3\" name=\"_ftn3\"><sup>[3]<\/sup><\/a>\u00a0Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. T.: Ma\u02bcnaviyat, 2000. B-83.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref4\" name=\"_ftn4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>\u00a0http:\/\/muzaffar.uz\/psixologiya-va-salomatlik\/3494-oila-manaviy-axloqiy-tarbiya-uchogi.html<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref5\" name=\"_ftn5\"><sup>[5]<\/sup><\/a>\u00a0Abdurauf Fitrat. Najot yo\u02bbli \/ Sh.Vohidov tarjimasi. \u2013 Toshkent: Sharq, 2001. \u2013 B.157.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref6\" name=\"_ftn6\"><sup>[6]<\/sup><\/a>\u00a0Qarang: K.Hoshimov va boshq. Pedagogika tarixi. \u2013 Toshkent: Milliy kutubxona, 2006. \u2013 B. 145-155.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref7\" name=\"_ftn7\"><sup>[7]<\/sup><\/a>\u00a0Qarang: Ochilova B.M. Ajdodlar merosiga ixlosmandlik va shaxs ma\u02bcnaviy-axloqiy kamoloti.: F.f.d-ri ilmiy darajasini olish uchun yozilgan Avtor\u2026..f. \u2013 Toshkent: O\u02bbzMU, 2005. \u2013 22 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref8\" name=\"_ftn8\"><sup>[8]<\/sup><\/a>\u00a0Qarang:Abdurauf Fitrat A. Najot yo\u02bbli \/ Sh.Vohidov tarjimasi. \u2013 Toshkent: Sharq, 2001. \u2013 B.77-82.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref9\" name=\"_ftn9\"><sup>[9]<\/sup><\/a>\u00a0O\u02bbsha manba,. \u2013 B.98.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref10\" name=\"_ftn10\"><sup>[10]<\/sup><\/a>\u00a0Abdurauf Fitrat. Najot yo\u02bbli \/ Sh.Vohidov tarjimasi. \u2013 Toshkent: Sharq, 2001. \u2013 B.10.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref11\" name=\"_ftn11\"><sup>[11]<\/sup><\/a>\u00a0Abdurauf Fitrat. Najot yo\u02bbli \/ Sh.Vohidov tarjimasi. \u2013 Toshkent: Sharq, 2001. \u2013 B.104.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref12\" name=\"_ftn12\"><sup>[12]<\/sup><\/a>\u00a0O\u02bbsha manba. \u2013 B.108.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref13\" name=\"_ftn13\"><sup>[13]<\/sup><\/a>\u00a0Abdurauf Fitrat. Najot yo\u02bbli \/ Sh.Vohidov tarjimasi. \u2013 Toshkent: Sharq, 2001. \u2013 B.111.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref14\" name=\"_ftn14\"><sup>[14]<\/sup><\/a>\u00a0Forobiy A.N. Fozil odamlar shahri. \u2013 Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi, 1996. \u2013 B.14.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref15\" name=\"_ftn15\"><sup>[15]<\/sup><\/a>\u00a0Saifnazarov I. Ma\u02bcnaviy barkamollik va siyosiy madaniyat. \u2013 Toshkent: Sharq, 2001. \u2013 B.26.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref16\" name=\"_ftn16\"><sup>[16]<\/sup><\/a>\u00a0https:\/\/lex.uz\/docs\/4740345<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15260#_ftnref17\" name=\"_ftn17\"><sup>[17]<\/sup><\/a>\u00a0Arastu. Politika. \u2013 M.: M\u044bsl, 1997. \u2013 242 s.<\/span><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0<\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Matluba QAHHAROVA<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cIjtimoiy-gumanitar fanlar\u201d kafedrasi professori,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>falsafa fanlari doktori<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u00a0O\u02bbktam SHAKAROV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cIjtimoiy-gumanitar fanlar\u201d kafedrasi katta o\u02bbqituvchisi, PhD<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Insonning taqdiri, kelajak hayotidagi yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizligi, baxtli yoki baxtsizligi, kasb tanlashi, hattoki kayfiyati, uning oilaviy muhiti bilan bog\u02bbliqdir. Oilaning taqdiri esa insonning o\u02bbziga bog\u02bbliq. Jamiyatning ma\u02bcnaviy qiyofasi oilalarning qandayligiga bog\u02bbliqligi azaliy haqiqat. Chunki, oila jamiyatning ijtimoiy-ma\u02bcnaviy bo\u02bbg\u02bbini, kichik bir vakili bo\u02bblib, aynan oila zaminida xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi. Agar oilada tartib-intizom &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15261,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>OILADA AXLOQIY TARBIYA MASALALARINING DOLZARBLIGI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"OILADA AXLOQIY TARBIYA MASALALARINING DOLZARBLIGI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Insonning taqdiri, kelajak hayotidagi yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizligi, baxtli yoki baxtsizligi, kasb tanlashi, hattoki kayfiyati, uning oilaviy muhiti bilan bog\u02bbliqdir. Oilaning taqdiri esa insonning o\u02bbziga bog\u02bbliq. Jamiyatning ma\u02bcnaviy qiyofasi oilalarning qandayligiga bog\u02bbliqligi azaliy haqiqat. Chunki, oila jamiyatning ijtimoiy-ma\u02bcnaviy bo\u02bbg\u02bbini, kichik bir vakili bo\u02bblib, aynan oila zaminida xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi. Agar oilada tartib-intizom &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-05-09T11:01:03+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/oilaa1.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"455\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"12 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz\",\"name\":\"OILADA AXLOQIY TARBIYA MASALALARINING DOLZARBLIGI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/oilaa1.jpg\",\"datePublished\":\"2021-05-09T11:01:03+00:00\",\"dateModified\":\"2021-05-09T11:01:03+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/oilaa1.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/oilaa1.jpg\",\"width\":660,\"height\":455},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"OILADA AXLOQIY TARBIYA MASALALARINING DOLZARBLIGI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"OILADA AXLOQIY TARBIYA MASALALARINING DOLZARBLIGI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"OILADA AXLOQIY TARBIYA MASALALARINING DOLZARBLIGI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Insonning taqdiri, kelajak hayotidagi yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizligi, baxtli yoki baxtsizligi, kasb tanlashi, hattoki kayfiyati, uning oilaviy muhiti bilan bog\u02bbliqdir. Oilaning taqdiri esa insonning o\u02bbziga bog\u02bbliq. Jamiyatning ma\u02bcnaviy qiyofasi oilalarning qandayligiga bog\u02bbliqligi azaliy haqiqat. Chunki, oila jamiyatning ijtimoiy-ma\u02bcnaviy bo\u02bbg\u02bbini, kichik bir vakili bo\u02bblib, aynan oila zaminida xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi. Agar oilada tartib-intizom &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-05-09T11:01:03+00:00","og_image":[{"width":660,"height":455,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/oilaa1.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"12 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz","name":"OILADA AXLOQIY TARBIYA MASALALARINING DOLZARBLIGI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/oilaa1.jpg","datePublished":"2021-05-09T11:01:03+00:00","dateModified":"2021-05-09T11:01:03+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/oilaa1.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/oilaa1.jpg","width":660,"height":455},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15263&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"OILADA AXLOQIY TARBIYA MASALALARINING DOLZARBLIGI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15263"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15263"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15263\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15264,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15263\/revisions\/15264"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15261"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15263"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15263"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15263"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}