{"id":15242,"date":"2021-05-08T12:25:18","date_gmt":"2021-05-08T07:25:18","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15242"},"modified":"2021-05-08T12:25:18","modified_gmt":"2021-05-08T07:25:18","slug":"al-jomi%ca%bc-as-sahih-haqiqat-ko%ca%bbzgusi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz","title":{"rendered":"\u201cAL-JOMI\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 HAQIQAT KO\u02bbZGUSI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haq va botil chegaralarini yaratganlariga aniq ayon etgan behad mehribon, beadad rahmli zot bo\u02bblmish Haq taologa mislsiz hamdu sanolar bo\u02bblsin! Ul Yolg\u02bbiz-Yagonaning omonatiga amin bo\u02bblgan habibi, sevimli yo\u02bblboshchimiz Muhammad (s.a.v.) hazratlariga, ul zoti bobarakotning muqaddas ahli oilalariga, izzatli suhbatdoshlariga salom va salavotlar bo\u02bblsin!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Insoniyat tarixidagi eng komil shaxs va yulboshchi bo\u02bblmish sevimli Payg\u02bbambarimiz Muhammad (s.a.v.) o\u02bbgitlari, pand-nasihatlari, ogohlantirishlari xususida juda katta ishonchli ilmiy ma\u02bclumot yiqqan va buning natijasida islom dini manbalari pokligi muhofazasidagi xizmatlari butun dunyoda e\u02bctirof etilgan vatandoshimiz Hazrat Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (r.a.) asarlarining har biri alohida tarixiy qimmatga ega. Bular orasida \u201cAl-Jomi\u02bc as-Sahih\u201d hadislar to\u02bbplami insoniyat uchun ma\u02bcrifiy-axloqiy dastur bo\u02bblib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">To\u02bbplamda keltirilgan eng ishonchli hadisi shariflardan Hazrati Payg\u02bbambarimiz Rasuli akram (s.a.v.)ning yuksak insoniy fazilatlar egasi bo\u02bblganliklari ayonlashadi. Ammo uzoq yillar jamiyatimizda ateizm baland mavqe\u02bc tutgan siyosiy tuzum hukmronligi davrida muqaddas islom dini va uning rahnamosi bo\u02bblmish yorqin tarixiy siymo shaxsiyati va faoliyatiga noxolis baho berildi. Bu o\u02bbsha davrda fan va jamiyat ijtimoiy tafakkurini boshqarib turgan yetakchi kommunistik mafkura talablaridan biri edi. Eng achinarli tomoni shundaki, Qur\u02bconi karim va hadisi shariflarning asl mazmunidan bexabar bo\u02bblgan turli millatlarga mansub \u201colim\u201dlar ham ushbu \u201csiyosiy qolip\u201dga tushib, ilm-fanning noto\u02bbg\u02bbri yo\u02bbnalishga tushib qolishiga sababchi bo\u02bbldilar. Fikrimizning isboti uchun bir misol keltirmoqchimiz. Chunki biz tilga olayotgan asar universitetlar filologiya yo\u02bbnalishlari talabalarining zaruriy adabiyotlari qatorida bo\u02bblib, undagi haqiqatga zid\u00a0 fikrlardan har bir talaba imkoni darajasida xabardor bo\u02bbla oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ozarbayjonlik faylasuf olim Mirzo Fatali Oxundov kitobida soxta hadislardan birini keltirib, Hazrati Payg\u02bbambarimiz Rasuli akram (s.a.v.)ning hayotlarida sodir bo\u02bblgan bir hodisani muhokama etadi [4:113-122]. U Rasuli akram (s.a.v.)ning ammalarining qizi Zaynab binti Jahshga uylanishlaridan oldin go\u02bbyoki sodir bo\u02bblgan ba\u02bczi voqealar haqida ma\u02bclumot beradi. O\u02bbquvchi bu masalada to\u02bbliq tasavvur hosil qilishi uchun asardan olingan parchani tarjimasiz keltirishni lozim topdik: \u201cPochemu sam prorok ne posledoval tochnomu sm\u044bslu stixa (Qur\u02bconi karimni nazarda tutmoqda \u2013 S.D.) o zatvornichestve, po kotoromu vsem pravovern\u044bm povelevayetsya zakr\u044bvat glaza pri vstreche s jen\u0449inami, kogda on uvidel jenu Zeyda kupayu\u0449yeysya? Naprotiv, on \u2026 razglyadel yeyo \u2026 i rasxvalil \u2026 gromoglasno, potom ustanovil sleduyu\u0449yee uzakoneniye, priznavayemoye i sunnitami i shiitami v shariatskix knigax: \u201cYesli prorok uvidet kakuyu-nibud jen\u0449inu i polyubit yeyo, to muj yeyo obyazan razvestis s neyu i ustupit yeyo proroku\u201d. Vot do chego prostirayetsya pozor! Chto skajet drug i nedrug pri chtenii podobnogo uzakoneniya otnositelno vashego proroka \u2026\u201d [4:117]. Muallif kitobida keltirgan hadisining qaysi manbadan olinganligi haqida hech narsa demaydi. Bu fikrlarni tojik olimi M.Rajabov ham \u201cAbduraxman Djami i tadjikskaya filosofiya XV veka\u201d [5:148] nomli kitobida o\u02bbzining ateistik nuqtai nazarini tasdiqlash maqsadida keltiradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, agar biror asar o\u02bbz davri uchungina xizmat qilib, keyin tarixdan o\u02bbchib ketsa, uning foyda-ziyonini muhokama etishning zarurati qolmaydi. Ammo ko\u02bbrinayotganidek, ancha katta jug\u02bbrofiy hududga yoyilib, boshqa mualliflar noxolis fikrlarini isbotlash uchun ham zamin yaratib, mutafakkir allomalarimiz ijodlariga daxldor sohalarda hanuz o\u02bbquvchilarni to\u02bbg\u02bbri e\u02bctiqoddan chalg\u02bbitib turgan asarlarga bugun xolisona ilmiy baho berish maqsadga muvofiq ko\u02bbrinadi. Chunki bunday mazmundagi uydirmalar o\u02bbsib kelayotgan yosh avlodni yana asoratga solishi, haqiqatan chalg\u02bbitishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Keltirilgan parcha mazmunidan ma\u02bclum bo\u02bblayotganidek, M.F.Oxundov \u201cZaydning xotini\u201d deganda Rasuli akram (s.a.v.)ning ammalari Umaymaning qizi Zaynab binti Jahshni nazarda tutmoqda. Bu voqea Qur\u02bconi karimga yozilgan qator tafsirlarda keltirilishicha, bunday sodir bo\u02bblgan: \u201cPayg\u02bbambarimiz Zaynabni o\u02bbzlarining asrab olgan o\u02bbg\u02bbillari Zayd ibn Xorisaga xotinlikka so\u02bbrab sovchi bo\u02bblib borganlarida u unamasdan: \u201cYo Rasullulloh, axir men Qurayshning eng oliy nasabli ayollaridan bo\u02bblsam, Zayd esa kuni kecha ozod bo\u02bblgan qul bo\u02bblsa, qanday qilib u menga munosib bo\u02bblsin\u201d, deydi. Shunda payg\u02bbambar alayhissalomga \u201cAhzob\u201d surasining 36-oyati nozil bo\u02bblgach, noiloj qolib, o\u02bbz roziligini beradi va Zaydga nikohlanadi. Lekin Zayd bilan Zaynabning turmushi yaxshi bo\u02bblmaydi. Chunki, Zaynab eriga nopisandlik bilan muomalada bo\u02bblar va mudom unga o\u02bbzining oliynasabligini pesh qilaverar edi. Oxir-oqibat, Zayd payg\u02bbambarning oldiga Zaynab haqida shikoyat qilib kelib, u bilan ortiq yashay olmasligini aytadi. Darvoqe\u02bc, bu orada Alloh taolo tomonidan payg\u02bbambar alayhissalomga vahiy kelgan bo\u02bblib, unda Zayd Zaynab bilan ajrashib ketishlari va payg\u02bbambar Zaynabga uylanishlari haqida xabar berilgan edi. Lekin payg\u02bbambar alayhissalom odamlarning \u201cMuhammad o\u02bbzi asrab olgan o\u02bbg\u02bblining xotiniga uylandi\u201d, deb ta\u02bcna qilishlaridan cho\u02bbchib, bu vahiyni oshkor qilmay kelardilar. Shuning uchun ham Zayd xotini bilan ajrashmoqchi ekanini bildirganida unga sabr qilishni maslahat beradilar. \u201cAhzob\u201d surasining 37-38-oyatlarida Alloh taolo o\u02bbz payg\u02bbambariga mana shu\u00a0 ishi uchun tanbeh beradi. Shuning uchun payg\u02bbambar alayhissalom bu ayolga uylanadilar\u201d [1:307].<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">M.F. Axundov asarida ushbu voqeaga taalluqli bo\u02bblib, Payg\u02bbambarimiz alayhissalomga nisbat berilgan \u201cAgar payg\u02bbambar biror ayolni ko\u02bbrsa va sevib qolsa, uning eri u bilan ajrashmog\u02bbi lozim\u201d, degan hadisning yolg\u02bbon, uydirma ekanligini Hazrati Imom Buxoriy (r.a.) asarlarining o\u02bbziyoq inkorga o\u02bbrin qoldirmay tasdiqlaydi. Shu qabilidagi masalalar yechimida, ayniqsa \u201cAl-Jomi\u02bc as-Sahih\u201d asarining tarixiy-ilmiy qimmati yaqqol namoyon bo\u02bbladi. Alloma ushbu asarida Rasululloh (s.a.v.) hadisi shariflarini mazmuniga ko\u02bbra kitoblar va boblarga bo\u02bblib keltirar ekan, ularning sahihligi darajasini hadis ilmi qoidalariga muvofiq roviylarning sanadini aniq keltirish bilan tasdiqlashni maqsad qiladi.<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15239#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Asarda xabar berilishicha, Muhammad rasululloh (s.a.v.) nihoyatda xushxulq, hayo bobida hatto xotin-qizlardan ham ustun bo\u02bblganlar: \u201cMasruq bunday deydilar: \u201cAbdulloh ibn Amr Muoviya birlan Ko\u02bbfaga kelganida huzuriga kirdik. Shunda u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni eslab: \u201cUl zot badxulq ham, shaloqso\u02bbz ham emas edilar\u201d, dedi. Keyin yana: \u201c\u201dOralaringizda eng yaxshingiz \u2013 xulqi yaxshingizdir!\u201d degan edilar, dedi.\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasululloh (s.a.v.) inson ayniqsa o\u02bbz ko\u02bbzini va tilini harom qilingan, makruh narsalardan ehtiyotlashi lozimligini qayta-qayta ta\u02bckidlaganlar. Jumladan, \u201cIbn Abbos rivoyat qiladilar: \u2026 Ko\u02bbzning zinosi \u2013 (o\u02bbzga ayolga) qaramoqdur, tilning zinosi ersa (o\u02bbzga ayolni orzulab) gapirmoqdur\u201d. Yana bir hadis bunday keltiriladi: \u201cAbu Hurayra rivoyat qiladilar: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam: \u201c\u2026 Birov ruxsatingsiz uyingga mo\u02bbralasa-yu, tosh otib ko\u02bbzini chiqarsang, gunohkor bo\u02bblmag\u02bbaysan!\u201d dedilar\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rasuli akram (s.a.v.)ning zavjai muhtaramalari Oisha onamiz (r.a.)dan ham payg\u02bbambarning bu sohadagi fazilatlari haqida ko\u02bbp hadislar rivoyat qilinadi. Chunonchi, ularning aytishlaricha: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam \u2026 ayollar bay\u02bcatini og\u02bbzaki (qo\u02bbl olmay) qabul qilar edilar. Janob Rasulullohning muborak qo\u02bbllari o\u02bbz ayollaridan bo\u02bblak birorta begona ayolning qo\u02bbliga tegmagandur!\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAbu Sa\u02bcid al-Xudriy rivoyat qiladilar: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam ichkaridagi bokira qizdan ham hayoliroq edilar, agarda ko\u02bbzlari biror makruh narsaga tushsa, (uyalganlarini) yuzlaridan bilib olar edik.\u201d Faylasuf Axundov sharhlagan \u201chadis\u201dning yolg\u02bbon va uydirma ekanligini dunyo muhaddis va islomshunos olimlari tomonidan tan olingan \u201cAl-Jomi\u02bc as-Sahih\u201ddagi ushbu hujjatning o\u02bbziyoq tasdiqlaydi. Soxta hadis raddi uchun mo\u02bbtabar asardan yana bir hujjat keltiramiz. Rasuli akram (s.a.v.) o\u02bbzlari ilmlariga amal qilib, xuddi shunday chiroyli amal qilishni barcha mo\u02bbminlardan talab qilar edilar. Jumladan, quyidagi voqea e\u02bctiborlidir: \u201cIbn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbon hayiti kuni Fazl ibn Abbosni ulovlariga mingashtirib oldilar. Fazl chiroyli yigit edi. Janob Rasululloh ulovlarini to\u02bbxtatib odamlarga fatvo ayta boshladilar. Shunda Xas\u02bcam qabilasidan bo\u02bblgan bir go\u02bbzal ayol\u00a0 janob Rasulullohdan bir masala xususida fatvo so\u02bbradi. Fazl uning husniga mahliyo bo\u02bblib termulib qoldi. Janob Rasululloh o\u02bbgirilib Fazlning ayolga termulib turganini ko\u02bbrdilar-da, orqalariga qo\u02bbllarini uzatib, Fazlning jag\u02bbidan ushlab yuzini boshqa tarafga qaratib qo\u02bbydilar.\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Hazrati sevimli Payg\u02bbambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayo, ibo bobida nihoyatda rashkli edilar: \u201cAbdulloh ibn Mas\u02bcud (r.a.) rivoyat qilishlaricha,\u00a0 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: Alloh taolodan ko\u02bbra rashkliroq zot yo\u02bbqdur, shul boisdan ham ul fahsh ishlarni man\u02bc qildi\u2026\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cAl-Jomi\u02bc as-Sahih\u201dda keltirilgan ushbu ma\u02bclumotlar Hazrati Rasuli akram (s.a.v.)ning komil husni xulqlariga oid manbasi ko\u02bbrsatilmagan va turli darajadagi soxta, to\u02bbqilgan \u201chadis\u201dlarni batamom rad etadi. Zero, Muhammad amin \u2013 ishonchli, deya ta\u02bcriflan\u00ad\u00adgan Payg\u02bbambarimiz o\u02bbzlari tashviq etgan islom diniga eng avvalo o\u02bbzlari bekamu ko\u02bbst amal qiluvchilardan edilar. Bu isbot talab qilmas darajadagi haqiqat Imom Buxoriy hazratlarining (r.a.) barcha asarlarida tilga olinadi. Qur\u02bconi karimning \u201cNur\u201d surasi 30-oyati karimasida bu borada ul zoti bobarakotga bunday ko\u02bbrsatma berilgan: \u201c(Ey Muhammad), mo\u02bbminlarga ay\u00adting, ko\u02bbzlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to\u02bbs\u00adsinlar va avratlarini (haromdan saqlasinlar)! Mana shu ular uchun eng toza (yo\u02bbldir). Albatta, Alloh ular qilayotgan hunarlardan xabardordir.\u201d Hazrati Rasuli akram (s.a.v.)ning ushbu ilohiy buyruqqa umr bo\u02bbyi amal qilganliklarini yuqorida keltirganimiz kabi yuzlab hadislar, tarixiy asarlardagi yuzlab ma\u02bclumotlar bilan isbotlab berish mumkin. Ammo buning raddini kim isbotlab bera oladi?!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Buxoriy hazratlarining \u201cAl-Adab al-Mufrad\u201d asarida Rasuli akram (s.a.v.)ning Yaratgandan xulqlarining go\u02bbzal bo\u02bblishini so\u02bbraganliklari Abdulloh ibn Amr (r.a.)dan rivoyat qilinadi: \u201cRasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilganlarida ko\u02bbpincha: \u201cAllohim! Men sendan sihat-salomatlikni, iffatni, omonatni, husni xulqni va qadarga rozi bo\u02bblishni so\u02bbrayman\u201d, der edilar\u201d. Afiflik \u2013 har bir odam uchun lozim bo\u02bblgan, uning sharafini ko\u02bbtaradigan xislatdir. Rasuli akram (s.a.v.) iffatda hammaga o\u02bbrnak bo\u02bblgan bo\u02bblsalar-da, Haq taolodan iffat so\u02bbrab ko\u02bbp duo qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Haq taolo o\u02bbz Rasuli haqidagi mukammal ta\u02bcrifni Qur\u02bconi karimning Qalam surasi 4-oyati karimasida O\u02bbzi marhamat qilgan: \u201cVa albatta, sen ulkan xulqdasan.\u201d<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom dini, ma\u02bclum bo\u02bblganidek, insoniyatni faqat yaxshilikka undovchi, to\u02bbg\u02bbri, pok yo\u02bblga hidoyat etuvchi dindir.\u00a0 Uni tashviq etgan sevimli Payg\u02bbambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning maqsadlari ham bashar farzandlari uchun to\u02bbg\u02bbrilikka xizmat qiluvchi, xuddi o\u02bbzlari singari pok va beg\u02bbubor bo\u02bblgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Albatta, ul tabarruk zotga behuda tosh otish shabko\u02bbr siyosiy maddohlarning past niyatlarini amalga oshirishlari uchun o\u02bbylab topilgan bir vosita edi. Islom dini insonlarni toat-ibodatga buyurar ekan, bu ularning ma\u02bcnaviy poklanishlari uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega bo\u02bblgan mashg\u02bbulotlardan biridir. Qur\u02bconi karimning \u201cAhzob\u201d surasi 73-oyati karimasida \u201cAlloh \u2026 mo\u02bbmin va mo\u02bbminalarning tavba-tazarrularini qabul qilib (gunohlarini mag\u02bbfirat qilish uchun Odam bolalariga islom shariatidagi toat-ibodatlarni) yukladi\u201d, deb yozilgan. Demak, Hazrati Muhammad Mustafo (s.a.v.) ham inson farzandining gunohlardan, illatlardan uzoq bo\u02bblishi uchun tinmay zimmalaridagi yuksak vazifani ado etganlar. Ul zoti muborak mo\u02bbminlarning fazilatlarini kamolga yetkazish uchun kurrai zaminga tushgan ilohiy inoyat edilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Muxtasar so\u02bbz shundan iboratki, avvalo, so\u02bbz yuritilgan masala muhokamasi aslo \u201ceski gapni qo\u02bbzg\u02bbab\u201d, fitnaga eshik ochish ma\u02bcnosida tushunilmasligi lozim. Ilm-fan taraqqiyoti tarixga oid har qanday ma\u02bclumotning to\u02bbg\u02bbri, mukammal, haqqoniy bo\u02bblishi va unga qo\u02bbyilgan oxirgi nuqta albatta haq so\u02bbzdan iborat bo\u02bblishini talab etadi. Bu talabga rioya etish uchun esa Vatanimiz ma\u02bcnaviy xazinasidagi imkoniyat nihoyatda katta.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ikkinchidan, biz ta\u02bclim tizimimiz o\u02bbquv jarayonlarida hamon foydalanib turgan o\u02bbtgan asrda yaratilgan bir qator ilmiy adabiyotlardagi bahsli masalalarga islomiy madaniyat bilan xolisona ilmiy munosabat bildirib, tuzatishlar kiritib qo\u02bbymog\u02bbimiz ham maqsadga muvofiq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Uchinchidan, donishmand bobokalonimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy hazratlarining (r.a.) \u201cAl-Jomi\u02bc as-Sahih\u201d asari dunyo-da faol istifoda etilayotgan bir necha xorijiy tillarga tarjima qilinib, nashr ettirilmog\u02bbi lozim. Alhamdulillahi robbil-olamiyn!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><strong>FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR<\/strong><\/span><\/div>\n<div>\n<ol style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qur\u02bconi karim. \u2013 T.: \u201dCho\u02bblpon\u201d, 1992. Tarjimon va izohlar muallifi Alouddin Mansur.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Qur\u02bconi karim. \u2013 T.: \u201dMa\u02bcnaviyat\u201d, 2002. Tarjimon, sharhlar va izohlar muallifi Shayx Abdulaziz Mansur.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Abu Abdulloh ibn Ismoil al-Buxoriy. \u201cHadis. Al-Jomi\u02bc as-Sahih\u201d. 4,3,2,1 jildlar. \u2013 T.: Qomuslar bosh tahririyati. 1992-1997.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Mirzo Fatali Axundov. Izbrann\u044bye filosofskiye proizvedeniya. \u2013 M., 1962.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Rajabov M. Abduraxman Djami i tadjikskaya filosofiya XU veka. \u2013 Dushanbe,1968.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Salohiy D. Hurriyat harorati. \u2013 T.: \u201cFan\u201d nashriyoti, 2007.<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\">Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Odoblar xazinasi. Imom Buxoriy \u201cAl-Adab al-Mufrad\u201d kitobining sharhi. 2-juz. \u2013 T.: \u201cHILOL-NASHR\u201d, 2017.<\/span><\/li>\n<\/ol>\n<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15239#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>\u00a0Quyida keltiriladigan barcha hadisi shariflar matnlari Abu Abdulloh ibn Ismoil al-Buxoriy Hazratlari (r.a.)ning Toshkentda \u201cQomuslar bosh tahririyati\u201d nashriyotida 1992-1997-yillarda chop etilgan \u201cHadis. Al-Jomi\u02bc as-Sahih\u201d asarining 4,3,2,1- jildlaridan aynan ko\u02bbchirilgan.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Dilorom SALOHIY<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>filologiya fanlari doktori,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Samarqand davlat universiteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi professori<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Haq va botil chegaralarini yaratganlariga aniq ayon etgan behad mehribon, beadad rahmli zot bo\u02bblmish Haq taologa mislsiz hamdu sanolar bo\u02bblsin! Ul Yolg\u02bbiz-Yagonaning omonatiga amin bo\u02bblgan habibi, sevimli yo\u02bblboshchimiz Muhammad (s.a.v.) hazratlariga, ul zoti bobarakotning muqaddas ahli oilalariga, izzatli suhbatdoshlariga salom va salavotlar bo\u02bblsin! Insoniyat tarixidagi eng komil shaxs va yulboshchi bo\u02bblmish sevimli Payg\u02bbambarimiz Muhammad (s.a.v.) &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15240,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>\u201cAL-JOMI\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 HAQIQAT KO\u02bbZGUSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"\u201cAL-JOMI\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 HAQIQAT KO\u02bbZGUSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Haq va botil chegaralarini yaratganlariga aniq ayon etgan behad mehribon, beadad rahmli zot bo\u02bblmish Haq taologa mislsiz hamdu sanolar bo\u02bblsin! Ul Yolg\u02bbiz-Yagonaning omonatiga amin bo\u02bblgan habibi, sevimli yo\u02bblboshchimiz Muhammad (s.a.v.) hazratlariga, ul zoti bobarakotning muqaddas ahli oilalariga, izzatli suhbatdoshlariga salom va salavotlar bo\u02bblsin! Insoniyat tarixidagi eng komil shaxs va yulboshchi bo\u02bblmish sevimli Payg\u02bbambarimiz Muhammad (s.a.v.) &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-05-08T07:25:18+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/haqiqatkuzgu.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"383\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"10 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz\",\"name\":\"\u201cAL-JOMI\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 HAQIQAT KO\u02bbZGUSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/haqiqatkuzgu.jpg\",\"datePublished\":\"2021-05-08T07:25:18+00:00\",\"dateModified\":\"2021-05-08T07:25:18+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/haqiqatkuzgu.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/haqiqatkuzgu.jpg\",\"width\":660,\"height\":383},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"\u201cAL-JOMI\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 HAQIQAT KO\u02bbZGUSI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"\u201cAL-JOMI\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 HAQIQAT KO\u02bbZGUSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"\u201cAL-JOMI\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 HAQIQAT KO\u02bbZGUSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Haq va botil chegaralarini yaratganlariga aniq ayon etgan behad mehribon, beadad rahmli zot bo\u02bblmish Haq taologa mislsiz hamdu sanolar bo\u02bblsin! Ul Yolg\u02bbiz-Yagonaning omonatiga amin bo\u02bblgan habibi, sevimli yo\u02bblboshchimiz Muhammad (s.a.v.) hazratlariga, ul zoti bobarakotning muqaddas ahli oilalariga, izzatli suhbatdoshlariga salom va salavotlar bo\u02bblsin! Insoniyat tarixidagi eng komil shaxs va yulboshchi bo\u02bblmish sevimli Payg\u02bbambarimiz Muhammad (s.a.v.) &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-05-08T07:25:18+00:00","og_image":[{"width":660,"height":383,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/haqiqatkuzgu.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"10 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz","name":"\u201cAL-JOMI\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 HAQIQAT KO\u02bbZGUSI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/haqiqatkuzgu.jpg","datePublished":"2021-05-08T07:25:18+00:00","dateModified":"2021-05-08T07:25:18+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/haqiqatkuzgu.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/haqiqatkuzgu.jpg","width":660,"height":383},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15242&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"\u201cAL-JOMI\u02bc AS-SAHIH\u201d \u2013 HAQIQAT KO\u02bbZGUSI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15242"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15242"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15242\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15243,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15242\/revisions\/15243"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15240"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15242"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15242"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15242"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}