{"id":15211,"date":"2021-05-07T09:19:11","date_gmt":"2021-05-07T04:19:11","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15211"},"modified":"2021-05-07T09:19:11","modified_gmt":"2021-05-07T04:19:11","slug":"bog%ca%bbistoniylar-xonadoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz","title":{"rendered":"BOG\u02bbISTONIYLAR XONADONI"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom tarixida islom ilmlarining ma\u02bclum bir yo\u02bbnalishida olimlar sulolasi shakllangan. Shu o\u02bbrinda buyuk mutasavvif Shayx Umar Bog\u02bbistoniy (XIII-XIV asr) va uning o\u02bbg\u02bbli Shayx Xovandi Tahur (XIV asr), naqshbandiya tariqatining yirik siymosi Xoja Ubaydullo Ahror (1404-1491) nomlarini alohida qayd etish mumkin. Bu ulug\u02bb siymolar bevosita Shayx Umar Valiy Bog\u02bbistoniy xonadoni vakillari sanaladi. Tarixiy manbalarda Bog\u02bbistoniylar xonadoni sifatida e\u02bctirof etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Toshkent viloyati Bo\u02bbstonliq tumani Nanay va Birchmulla qishloqlari oralig\u02bbida Bog\u02bbiston qishlog\u02bbi, ya\u02bcni \u201cbog\u02bblar o\u02bblkasi\u201d joylashgan. Bog\u02bbiston Umar Valiy majmuasi yoki Mozori Shaxmar buva ziyoratgohi bo\u02bblib, u Mozorsoy va Pskom daryolari kesishgan joyda, qishloqning g\u02bbarbiy qismida joylashgan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tasavvuf ahllari orasida Toshkent viloyatining Bog\u02bbiston qishlog\u02bbida tug\u02bbilgan, Bahouddin Naqshbandning ehtiromiga sazovor bo\u02bblgan Shayx Umar Bog\u02bbistoniy ham bor. U o\u02bbz davrining yirik olimi va shayxi edi. Shayx Umar Bog\u02bbistoniyning tug\u02bbilgan yili noma\u02bclum, vafoti esa 691\/1291 yilda yuz bergan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Umar Bog\u02bbistoniy ilm o\u02bbrganish niyatida Buxoroga boradi va u yerda Shayx Hasan Bulg\u02bboriy bilan uchrashib, murid bo\u02bbladi. Shayx Umar Bog\u02bbistoniy uch yillik xizmat ichida Hasan Bulg\u02bboriydan ta\u02bclim oladi va kasbu kamolot hosil qiladi. U Shayx Hasan Bulg\u02bboriy qo\u02bblida valoyat darajasini topgani tufayli o\u02bbz piri kabi Shayx nomiga musharraf bo\u02bblgan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn3\" name=\"_ftnref3\"><sup>[3]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u00a0 Shayx Umar Bog\u02bbistoniy tasavvufda kamolga yetgandan keyin vatani Bog\u02bbis\u00adtonga qaytib keladi va xalqni ilmu irfonga targ\u02bbib qila boshlaydi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">U Shayx Xovandi Tahurning otasi. Shayx Xovandi Tahur tariqat ilmining ilk saboqlarini o\u02bbz otasidan olgan. Shayx Umar Bog\u02bbistoniyning nasabnomasiga qaraganda, o\u02bbn olti ota-bobo bilan Payg\u02bbambarimiz Muhammad alayhissalomdan keyin chahoryorlarning ikkinchisi \u2013 Hazrat Umar ibn Xattobga borib tutashadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu haqda Mavlono Muhammad Qozining \u201cSilsilat ul-orifin va tazkirat us-siddiqin\u201d asarida ham ta\u02bckidlangan: \u201cBizning Hazrati Xojamiz (Xoja Ahror)ning onalari Xoja Dovudning qizlari bo\u02bblgan. U Shayx Xovandi Tahurning o\u02bbg\u02bbillari bo\u02bblgan. U zot esa Hazrati Shayx Umar Bog\u02bbistoniyning farzandi. Ular esa o\u02bbn olti vosita ila Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhumaga yetishadilar. Xoja Dovudning onalari esa ota tarafdan sayyida (sayyidzoda) bo\u02bblgan. Shayx Xovandi Tahurning onalari ham sayyidalardan bo\u02bblgan\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn4\" name=\"_ftnref4\"><sup>[4]<\/sup><\/a><sup>.<\/sup><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Xovandi Tahurning dunyoga kelishlari va ismlari haqida turli rivoyatlar mavjud. Shunday rivoyatlardan birini XVII asrda yashab o\u02bbtgan olim Shayx as-Siddiqiy (vaf. 1087\/1676) \u201cLamahot min nafahot al-quds\u201d asarida bunday keltiradi: \u201cShayx Zayniddin Ko\u02bbyiorifon Toshkandiy aytganlarki, farzand talab bo\u02bblganlar bizning mozorimizni ziyorat qilib, shu yerda Yaratgandan far\u00adzand tilasa, albatta, niyatiga yetgusidir\u201d. Shunga binoan Shayx Umar Bog\u02bbistoniy umr yo\u02bbldoshlari bilan Shayx Zayniddinning mozorlariga ziyoratga kelib, qabrlari oldida Alloh taolodan farzand so\u02bbraganlar. Vaqt-soati kelib, Alloh taoloning inoyati bilan ular farzandli bo\u02bblishadi. Shayx Umar uni Shayx Zayniddin mozorlariga olib boradilar. U yerda kabutarlar chaqaloqni ko\u02bbrib, \u201cat-tahur, at-tahur\u201d deb sayray boshlashadi. Shayx Umar buni tug\u02bbilgan o\u02bbg\u02bbliga bashorat deb biladi va chaqaloqqa \u201cTahur\u201d deya ism qo\u02bbyadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ushbu voqeani rus sharqshunosi A.Semyonov 1914 va 1916 yillari yozgan maqolalarida ham qayd etgan. Shayx Umar chaqaloqni Zayniddin maqbarasiga olib kelganda, bu yerda yurgan bir to\u02bbda kabutarlar havoga ko\u02bbtariladi va ularning uchishi, ovozidan \u201ctahur\u201d so\u02bbzi quloqqa chalinadi. Shayx Umar o\u02bbg\u02bbliga qo\u02bbygan Xovand ismi yoniga Tahurni ham qo\u02bbshadi. Xovand so\u02bbzi \u201cxudovand\u201d so\u02bbzining qisqartmasi bo\u02bblib, xudojo\u02bby degan ma\u02bcnoni anglatadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tarixchi Faxriddin Ali Safiy Shayx Xovandi Tahur haqida \u201c\u2026o\u02bbz otasining tarbiyati va inoyatining soyasi ostida valoyat ahlining oliy darajasiga yetishdi\u2026\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn5\" name=\"_ftnref5\"><sup>[5]<\/sup><\/a>\u00a0deb yozgan. \u201cRashahot\u201d asarida yozilishicha, Shayx Umar Valiy Bog\u02bbistoniy\u00a0 kamtarona hayot kechirishi bilan odamlarga ibrat bo\u02bblgan. U dehqonchilik va bog\u02bbdorchilik ishlari bilan shug\u02bbullangan va o\u02bbz kasb-koridan halol tirikchilik qilgan. U katta mulla yoki katta so\u02bbfiy bo\u02bblishni o\u02bbziga sharaf deb bilmagan va shuhrat orqasidan quvmagan: oddiy, biroq haqiqiy inson bo\u02bblishga intilganki, biz buni o\u02bbg\u02bbli Xovandi Tahurga qilgan nasihatidan ko\u02bbramiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Faxriddin Ali Safiyning \u201cRashahot\u201d kitobida uning o\u02bbz o\u02bbg\u02bbli Xovandi Tahurga aytgan quyidagi so\u02bbzlarini keltiradi: \u201cTahur, mulla bo\u02bblma, so\u02bbfi bo\u02bblma, u bo\u02bblma, bu bo\u02bblma, musulmon bo\u02bbl\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn6\" name=\"_ftnref6\"><sup>[6]<\/sup><\/a>. Shayx Umar Valiy Bog\u02bbistoniyning ushbu so\u02bbzlari hozirgi kunda ham o\u02bbz ahamiyatini yo\u02bbqotmagan. Shu nasihat o\u02bblaroq Shayx Xovandi Tahur sohib karomat shayxlar orasida yuksak maqomga erishgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Umar Bog\u02bbistoniyning biror bir asar yoki kitob bitganlari haqida ma\u02bclumot yo\u02bbq. Lekin u zotning hikmatli so\u02bbzlari yozma va og\u02bbzaki holda saqlanib qolgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Jumladan, bir rivoyatda bunday deyiladi: \u00abBir kishi tariqat sirlarini o\u02bbrganish uchun olis yerdan Shayx Umarning oldilariga keladi. Shayx Umar u kishidan so\u02bbraydilar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Sen yashaydigan joyda masjid bormi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aytadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Bor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana so\u02bbraydilar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Islom ahkomlarini bilasanmi?<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Aytadi:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Bilaman.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunda Shayx Umar aytadilar:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u2013 Unday bo\u02bblsa, bu yerga kelib nima qilarding? Ibodat ahkomi ma\u02bclum bo\u02bblsa, ibodat joyi ma\u02bclum bo\u02bblsa, qaytib bor-da, o\u02bbsha ishing bilan shug\u02bbullanaver\u00bb.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazkur mazmunda Shayx Umar Valiy Bog\u02bbistoniyning quyidagi hikmatli so\u02bbzlari ham omma orasida keng tarqalgan:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">\u201cBiz muridning ko\u02bbnglini boshqa narsalardan bo\u02bbshatib, uni tavhid (yolg\u02bbiz Alloh) tomoniga qaratamiz. Bularning hammasini Alloh qiladi, biz sababchimiz xolos\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn7\" name=\"_ftnref7\"><sup>[7]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Umar Valiy maqbarasi so\u02bblim bog\u02bbda joylashgan. Qadimiy bog\u02bbda ikki muqaddas dargoh mavjud: Shayx Umar Valiy mozori va Shayx Dovud mozori. Binoning kirish qismida qayroq (toshdan qabrtosh) o\u02bbrnatilgan, unda arab tilidagi yozuvlar bor. Shayx Dovudning maqbarasi tabarruk archa daraxti ostidan joy olgan. Mahalliy aholining rivoyatiga ko\u02bbra, bog\u02bbdagi daraxtlarning Xoja (Xo\u02bbja) Ahror<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn8\" name=\"_ftnref8\"><sup>[8]<\/sup><\/a>ning o\u02bbzi o\u02bbtqazgan va uning yaxshi niyatlari timsoli hisoblanadi. Shu bois, bugunga qadar mahalliy aholi qadimiy daraxtlarni boqiy hayot va serhosillik timsoli sifatida ardoqlashadi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn9\" name=\"_ftnref9\"><sup>[9]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumki, tariqatda pirlar kamolga erishgan, piri komil bo\u02bblishlari kerak, shundagina ular muridini\u00a0 kamolotga yetkaza oladilar. Agar pir noqis bo\u02bblsa, muridi ham kamolotsiz qoladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Xovandi Tahurning quyidagi so\u02bbzlari ham haqiqiy insoniylik va olijanoblik tuyg\u02bbularini uyg\u02bbotadi: \u201cBor\u00adg\u02bbil-da, dushmanning ko\u02bbnglini top.\u00a0 Do\u02bbst\u00adning ko\u02bbnglini sinashga esa qanday ehtiyoj bor?!\u201d. Ya\u02bcni, dushmanning ko\u02bbnglini topib tinchlik yo\u02bblini tut, do\u02bbstlarni esa sinashga ehtiyoj yo\u02bbq, chunki ular bunday sinovlardan o\u02bbtishgan. Agar sen dushman deb sanagan odamning ko\u02bbnglini topa oladigan kishi bo\u02bblsang, do\u02bbstlar ko\u02bbngliga allaqachon yo\u02bbl topgansan. Shunday ekan, do\u02bbstlarni zaruratsiz imtihon qilma, chunki bu narsa ularda shubha uyg\u02bbotadi va natijada do\u02bbstlikka putur yetadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bunday olijanob fikrlar xoja Hofiz Sheroziy she\u02bcriyatida ham uchraydi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn10\" name=\"_ftnref10\"><sup>[10]<\/sup><\/a>:\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Osoyishi du giti tafsiri in du harf ast,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bo do\u02bbston muruvvat, bo dushmanon madoro.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni: \u201cIkki jahonning osoyishtaligi bu ikki so\u02bbzning ma\u02bcnosidan iborat: do\u02bbstlarga muruvvat ko\u02bbrsatish-u, dushmanlar bilan\u00a0 murosa qilish\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Xovandi Tahur nafaqat nasrda, balki nazmda ham ijod qilganlar. Uning baytlarini Xoja Ahror \u00adValiy quyi\u00addagicha keltiradilar<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn11\" name=\"_ftnref11\"><sup>[11]<\/sup><\/a>:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nigohboni du chashm ast chashmi dildori,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Nigohdor nazar az ruhi digar yori.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Holo mabod, ki chashmash ba chashmi tu nigarad,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Daruni chashmi tu binad xayoli ag\u02bbyori.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni: \u201cDildorning ko\u02bbzi ikki ko\u02bbzing\u00adni kuzatib turuvchidir. Nigohingni o\u02bbzga yor jamoliga tushishidan\u00a0 saqla. Ehtiyot bo\u02bblki, ko\u02bbzi ko\u02bbzingga boqqanda, ko\u02bbzingda boshqaning xayoli borligini ko\u02bbrmasin\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sher zod beshai ishqam qaviy dar kori xesh,<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">K-av harifi man, biyo to zo\u02bbrbozu bingarad.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Mazmuni: \u201cIshqim changalzori o\u02bbz ishida puxta sherni tug\u02bbdi, Ey, raqibim, kel, uning kurashini ko\u02bbr\u201d.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Xovandi Tahur haqidagi ma\u02bclumotlar bir necha manbalarda uchraydi. Ulardan XV va XVII asr boshlarida bitilgan Sayyid Abdulavvalning \u201cMasmuot\u201d (\u201cEshitilganlar\u201d), Muhammad Qozining \u201cSilsilat ul-orifin\u201d (\u201cOriflar silsilasi\u201d), Ali Safiyning \u201cRashahot aynil-hayot\u201d (\u201cHayot chashmasining qatralari\u201d), Oliy shayx Siddiqiyning \u201cLamahot min nafahotil-quds\u201d (\u201cTabarruk shabadalardan lahzalar\u201d). Bulardan tash\u00adqari XIX asr\u00adda noma\u02bclum muallifning ikki betdan iborat risolasi hamda Muhammadjon O\u02bbrazayevning \u201cHazrati Shayx Xovandi Tahur\u201d nomli bir betli, o\u02bbzbek tilidagi ma\u02bclumotlari ham borligi xabar qilinadi. 1915 yilda esa, A.A.Semyonov \u201cToshkentlik Shayx Xovandi Tahur va unga nisbat beriladigan kuloh\u201d nomli maqolani ham nashr ettirgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">XX asrning o\u02bbrtalarida akademik M.Ye.Masson \u201cShayx Xovandi Tahur\u201d yodgorlik majmuasida tadqiqotlar olib borgan va o\u02bbzining kitobida Shayx Xovandi Tahur va shu nom bilan ataluvchi yodgorlik majmuasi haqida ma\u02bclumotlar bergan. Arxitektor olim Abdujabbor Yahyoyev ham majmuadagi yodgorlik binolarini o\u02bbrganib maqolalar yozgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ma\u02bclumotlarga qaraganda, Shayx Xovandi Tahur qabrlari ustiga XV asr boshlarida Xoja Ahror Valiy\u00a0 tomonidan maqbara qurilgan. Maqbara xaroba holga tushib qolganda, XVIII\u2013XIX asrlarda qayta ta\u02bcmirlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Umar Valiy Bog\u02bbistoniy xonadoni yana bir vakili Xoja Ahror hazratlari naqshbandiya tari\u00adqati\u00adning yirik namoyandasi, ayni paytda ushbu tariqat\u00ad\u00adning \u201cDil ba yoru, dast ba kor\u201d (\u201cQalbing Allohda, qo\u02bb\u00adling mehnatda bo\u02bblsin\u201d) degan purhikmat shiorini amalda yuksak maqomga\u00a0 yetkazgan shaxs sifatida butun islom olamida shuhrat e\u02bctirof qilinadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ahli tariqat peshvosi, yaxshilarning qutbi va avliyosi, xalqning rahnamosi va g\u02bbamxo\u02bbriga aylangan bu betakror shaxs haqida bir necha manbalarda qimmatli ma\u02bclumotlar keltirilgan. Jumladan, Faxriddin Ali Safiy\u00a0 \u201cRashahot\u201d asarida xabar berishicha, Xoja Ahrorning katta bobosi Xoja Shahobiddin Shoshiy dehqonchilik va savdo-sotiq bilan shug\u02bbullangan. O\u02bblimi yaqin ekanligini his qilgan Xoja Shahobiddin o\u02bbzining barcha qavm-qarindoshlarini rozi-rizolik so\u02bbrash uchun chaqirtiradi. U paytda Xoja Ahror juda kichik bo\u02bblib, uni xirqa (darveshlar kiyimi)ga o\u02bbrab olib kelishadi. Xoja Shahobiddin go\u02bbdak Ubaydullohga nazari tushib, hayajonlanib, ko\u02bbzlari yoshga to\u02bblib,\u00a0 bolaning peshonasiga qo\u02bbllarini tekkizib, bunday deydi: \u201cBu bola kelajakda dunyoni egallaydi, shariatni tarqatadi, tariqatga rivoj beradi, hukmdorlar uning aytganlarini bajaradilar. O\u02bbtgan barcha shayxlar ko\u02bbrsata olmagan karomatlarni bashorat etadi\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn12\" name=\"_ftnref12\"><sup>[12]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoja Ahror hijriy 806 yil ramazon oyida (1404 milodiy yil, mart) Shosh \u2013 Toshkent viloyati muzofotlaridan biri bo\u02bblgan\u00a0 Bog\u02bbistonda dunyoga kelgan. Uning otasi Xoja Mahmud va bobolari ma\u02bcrifatli kishilar bo\u02bblib, dehqonchilik va tijorat bilan shug\u02bbullanishgan. Onasi esa Xoja Dovudning qizi bo\u02bblgan. Xoja Dovud esa Shayx Xovandi Tahurning o\u02bbg\u02bblidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoja Ahror boshlang\u02bbich ma\u02bclumotni Toshkent mad\u00adrasalarida oladi. 20 yoshdan o\u02bbtganda, tog\u02bbasi Xoja Ibrohim uni Samarqandga olib boradi. Bu yerda u turli fanlardan ta\u02bclim oladi. Xoja Ahror ko\u02bbpincha tasavvuf ilmiga qiziqar edi.\u00a0 Bu qiziqish uni Hirotga yetaklaydi. Shu maqsadda 24 yoshida Hirotga borib, tasavvuf tariqati vakillari bilan uchrashadi. Ulardan biri tabrizlik mashhur orif va shoir Sayyid Qosim Anvor (vaf. 1433) edi. Shuningdek, Xoja Ahror Bahouddin Umar (vaf. 1453), Shayx Zayniddin Xavofiy (vaf. 1439) huzurida ham bo\u02bbladi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn13\" name=\"_ftnref13\">[13]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Sulton Abu Sa\u02bcid Mirzo va uning o\u02bbg\u02bbli Sulton Ahmad Mirzo hukmronligi davrida Xoja Ubaydullohning mavqei oshadi. Bu borada Amin Ahmad Roziy \u201cHaft iqlim\u201d asarida bunday yozgan: \u201cXoja Nosiriddin Ubaydulloh Turkiston va Movarounnahrning tamomi mashoyixlaridan ko\u02bbra obro\u02bb, buyuklik, ergashuvchilarining va boyligining ko\u02bbpligi jihatidan ustun, mumtoz va mustasno bo\u02bblgan edilar. Yoshligida Mavlono Ya\u02bcqub Charxiy va Mavlono Nizomiddin Xomushdan irshod topganlar\u2026 Chunonchi, zamona sultonlari va farmoni o\u02bbtuvchi xoqonlari unga nisbatan irodat va ixlosini ziyoda qilganlar. Har bir gap u tomonidan aytiladigan bo\u02bblsa, yashirin duru gavhar yanglig\u02bb hushli quloqlariga zeb qilib olganlar. Xususan, Mirzo Sulton Abu Said mulku millatning jami ishlarida u bilan mashvarat qilardi, savobnamo ra\u02bcyiga qarshi bormasdi. Oldilarida nihoyatda niyozmandlik ila piyoda yurardi\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn14\" name=\"_ftnref14\">[14]<\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xoja Ahror qalamiga mansub uch risola bizgacha yetib kelgan. Ulardan biri \u201cFaqarot ul-orifin\u201d (\u201cOriflar so\u02bbzlaridan parchalar\u201d) nomi bilan mashhur bo\u02bblib, unda Xoja Ahrorning\u00a0 va ba\u02bczi boshqa tasavvuf namoyandalarining tariqatga oid fikrlaridan namunalar keltirilgan. Ikkinchi risola \u2013 \u201cVolidiya\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftn15\" name=\"_ftnref15\"><sup>[15]<\/sup><\/a>\u00a0(\u201cOtaga bag\u02bbishlov\u201d) deb atalgan bo\u02bblib, unda tariqat yo\u02bbliga kirgan\u00a0 kishining odob-axloqi, faqr va fano tushunchalari haqida so\u02bbz boradi. Ushbu risolani Zahiriddin Muhammad Bobur fors tilidan o\u02bbzbek tiliga she\u02bcriy tarjima qilgan. Uchinchi risola \u2013 \u201cHavroiya\u201d deb atalib, mashhur mutasavvif shoir Abu Sa\u02bcid Abulxayrning \u201cHavro\u201d (\u201cHurlar\u201d yoki \u201cFarishtalar\u201d) so\u02bbzi bilan boshlanuvchi bir ruboiysini sharhlashga bag\u02bbishlangan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuningdek, Xoja Ahrorning o\u02bbz zamondoshlariga \u00adyozgan bir necha ruq\u02bca-nomalari ham bizgacha yetib kelgan. Ulardan eng muhimi, \u201cMajmuai murosalot\u201d deb nomlangan. To\u02bbplam Alisher Navoiy buyrug\u02bbi bilan tuzilgan va shuning uchun \u201cNavoiy to\u02bbplami\u201d ham deb ataladi. O\u02bbz navbatida tarix fanlari doktori A.O\u02bbrinboyev amerikalik olima, Nyu-Jersi universiteti professori Jo Enn Gross bilan hamkorlikda bu nomalarni ingliz tiliga o\u02bbgirgan. Uning \u201cXoja Ubaydulloh Ahrorning xatlari va uning muridlari\u201d nomli kitobi 2002 yilda Gollandiyaning dunyoga mashhur \u201cBrill\u201d nash\u00adriyotida chop etilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Xulosa qilib aytganda, Shayx Umar Valiy Bog\u02bbis\u00adtoniy xonadoni vakillari nafaqat yurtimizda, balki butun Markaziy Osiyoda avliyo sifatida ulug\u02bblangan. Bu holatni quyidagi omillarda ko\u02bbrish mumkin:<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Umar Valiy Bog\u02bbistoniy xonadoni\u00a0 o\u02bbzining kamtarona hayot yo\u02bbllari, ilmiy-ma\u02bcnaviy o\u02bbgitlari bilan insonlarni mehr-oqibat, halollik, kamtarlik, saxovat, komillik kabi qadriyatlarga chorlashgan. Mazkur xonadon vakillari naqshbandiya tariqatining \u201cDil ba yoru, dast ba kor\u201d (\u201cQalbing Allohda, qo\u02bbling mehnatda bo\u02bblsin\u201d) degan so\u02bbzlarini o\u02bbzining hayot mezoniga aylantirgan. Xoja Ahror esa bu purhikmat shiorni amalda yuksak maqomga\u00a0 yetkazgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shayx Umar Bog\u02bbistoniy xonadoni\u00a0 ulug\u02bb siymolari ibratli hayot yo\u02bbli va sermazmun faoliyati, ilmiy-ma\u02bcnaviy o\u02bbgitlari, nasihatlari bilan hozirgi kunda ham komil inson tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>\u00a0Toshkent atroflari bo\u02bbylab \u2013 Po okrestnostyam Tashkenta \u2013 Round outskirts of town Tashkent \/ Sostaviteli: V. Artemyev, A.Urmanova pri uchastii N.Nijevskoy, V. Gaziyeva. \u2013 T.: Tashkentboshplanliti, 2012. \u2013 S.89.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref2\" name=\"_ftn2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>\u00a0Qarang: Faxruddin Ali Safiy. Rashahotu aynil-hayot (Obi hayot tomchilari) \/ Nashrga tayyorlovchilar M. Hasaniy va B. Umrzoq.\u00a0 \u2013 T.: Abu Ali ibn Sino, 2004. 270\u2013272-betlar; Mahmud Hasaniy, Karomat Qilicheva. Shayx Xovandi Tahur. -T.:2004. B.5.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref3\" name=\"_ftn3\"><sup>[3]<\/sup><\/a>\u00a0Mahmud Hasaniy, Karomat Qilicheva. Shayx Xovandi Tahur. -T.:2004. 6-b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref4\" name=\"_ftn4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>\u00a0Mavlono Muhammad Qozi. \u201cSilsilat ul-orifin va tazkirat us-siddiqin\u201d.\u00a0 Sharq qo\u02bblyozmalari markazi, qo\u02bblyozma \u2116 6114.\u00a0 41 a- sahifa.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref5\" name=\"_ftn5\"><sup>[5]<\/sup><\/a>\u00a0Mahmud Hasaniy, Karomat Qilicheva. Shayx Xovandi Tahur. -T.:2004. 11-b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref6\" name=\"_ftn6\"><sup>[6]<\/sup><\/a>\u00a0Faxruddin Ali Safiy. Rashahotu aynil-hayot (Obi hayot tomchilari) \/ Nashrga tayyorlovchilar M. Hasaniy va B. Umrzoq.\u00a0 \u2013 T.: Abu Ali ibn Sino, 2004. 271-bet. Yana qarang: Mahmud Hasaniy, Karomat Qilicheva. Shayx Xovandi Tahur. \u2013 T.: 2004.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref7\" name=\"_ftn7\"><sup>[7]<\/sup><\/a>\u00a0Qarang: Faxruddin Ali Safiy. Rashahotu aynil-hayot (Obi hayot tomchilari) \/ Nashrga tayyorlovchilar M.Hasaniy va B.Umrzoq.\u00a0 \u2013T.:Abu Ali ibn Sino, 2004. -B.270\u2013272.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref8\" name=\"_ftn8\"><sup>[8]<\/sup><\/a><sup>8<\/sup>\u00a0Xoja Ahror Shayx Umar Valiy Bog\u02bbistoniyning avlodi sanaladi. Shayx Xovandi Tohur Shayx Umar Valiyning farzandi bo\u02bblib, Xoja Ahrorning onasi Xoja Dovudning qizi bo\u02bblgan. Xoja Dovud esa Shayx Xovandi Tahurning o\u02bbg\u02bblidir.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref9\" name=\"_ftn9\"><sup>[9]<\/sup><\/a>\u00a0Atroflari Toshkent buylab \u2013 Po okrestnostyam Tashkenta \u2013 Round outskirts of town Tashkent \/ Sostaviteli: V. Artemyev, A.Urmanova pri uchastii N.Nijevskoy, V.Gaziyeva. \u2013T.: TASHK\u0415NTBOSHPLANLITI, 2012. 89-s.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref10\" name=\"_ftn10\"><sup>[10]<\/sup><\/a>\u00a0Valixo\u02bbjayev B.\u00a0 Shayx Xovandi Tahur \/\/ Muloqot, 1998, 2-soni.\u00a0 53-b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref11\" name=\"_ftn11\"><sup>[11]<\/sup><\/a>\u00a0Faxruddin Ali Safiy. Shayx Xovandi Tahur \/\/ Rashahotu aynil-hayot. . -T.: Abu Ali ibn Sino, 2004.\u00a0 274-b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref12\" name=\"_ftn12\"><sup>[12]<\/sup><\/a>\u00a0Qarang:\u00a0 Rashahot. Lakhnav nashri. -B.218-219; Karimov E. Xo\u02bbja Ahror hayoti va faoliyati. -T.: Ma\u02bcnaviyat, 2003. -B.13.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref13\" name=\"_ftn13\"><sup>[13]<\/sup><\/a>\u00a0Islam na territorii b\u044bvshey Rossiyskoy imperii. Ensiklopedicheskiy slovar. T.I. -M.: Vostochnaya literatura, 2006. -S.43; Qarang: Ma\u02bcnaviyat yulduzlari. Xoja Ahror \/A.O\u02bbrinboyev. \u2013T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2001. -B.204 \u2013 208.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref14\" name=\"_ftn14\"><sup>[14]<\/sup><\/a>\u00a0Amin Ahmad Roziy. Haft iqlim. Sharq qo\u02bblyozmalari markazi qo\u02bblyozma \u2116 617. 520<sup>b\u00a0<\/sup>sahifa.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15208#_ftnref15\" name=\"_ftn15\"><sup>[15]<\/sup><\/a>\u00a0Qarang: Xoja Ubaydulloh Ahror. Risolai volidiya \/ Nashrga tayyorlovchi: H.Hasanov. \u2013T.: Toshkent islom universiteti, 2004. -52 b; Mirzo Kenjabek. Dunyoning murshidi. -T.: Fan, 2004. -52 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ne\u02bcmatullo MUHAM\u0415DOV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston xalqaro islom akademiyasi<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>\u201cIslom tarixi va manbashunosligi IRCICA\u201d kafedrasi mudiri,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix fanlari doktori, dotsent<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Islom tarixida islom ilmlarining ma\u02bclum bir yo\u02bbnalishida olimlar sulolasi shakllangan. Shu o\u02bbrinda buyuk mutasavvif Shayx Umar Bog\u02bbistoniy (XIII-XIV asr) va uning o\u02bbg\u02bbli Shayx Xovandi Tahur (XIV asr), naqshbandiya tariqatining yirik siymosi Xoja Ubaydullo Ahror (1404-1491) nomlarini alohida qayd etish mumkin. Bu ulug\u02bb siymolar bevosita Shayx Umar Valiy Bog\u02bbistoniy xonadoni vakillari sanaladi. Tarixiy manbalarda Bog\u02bbistoniylar xonadoni &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15209,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>BOG\u02bbISTONIYLAR XONADONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"BOG\u02bbISTONIYLAR XONADONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Islom tarixida islom ilmlarining ma\u02bclum bir yo\u02bbnalishida olimlar sulolasi shakllangan. Shu o\u02bbrinda buyuk mutasavvif Shayx Umar Bog\u02bbistoniy (XIII-XIV asr) va uning o\u02bbg\u02bbli Shayx Xovandi Tahur (XIV asr), naqshbandiya tariqatining yirik siymosi Xoja Ubaydullo Ahror (1404-1491) nomlarini alohida qayd etish mumkin. Bu ulug\u02bb siymolar bevosita Shayx Umar Valiy Bog\u02bbistoniy xonadoni vakillari sanaladi. Tarixiy manbalarda Bog\u02bbistoniylar xonadoni &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-05-07T04:19:11+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/bogistoniy.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"440\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"12 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz\",\"name\":\"BOG\u02bbISTONIYLAR XONADONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/bogistoniy.jpg\",\"datePublished\":\"2021-05-07T04:19:11+00:00\",\"dateModified\":\"2021-05-07T04:19:11+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/bogistoniy.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/bogistoniy.jpg\",\"width\":660,\"height\":440},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"BOG\u02bbISTONIYLAR XONADONI\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"BOG\u02bbISTONIYLAR XONADONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"BOG\u02bbISTONIYLAR XONADONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Islom tarixida islom ilmlarining ma\u02bclum bir yo\u02bbnalishida olimlar sulolasi shakllangan. Shu o\u02bbrinda buyuk mutasavvif Shayx Umar Bog\u02bbistoniy (XIII-XIV asr) va uning o\u02bbg\u02bbli Shayx Xovandi Tahur (XIV asr), naqshbandiya tariqatining yirik siymosi Xoja Ubaydullo Ahror (1404-1491) nomlarini alohida qayd etish mumkin. Bu ulug\u02bb siymolar bevosita Shayx Umar Valiy Bog\u02bbistoniy xonadoni vakillari sanaladi. Tarixiy manbalarda Bog\u02bbistoniylar xonadoni &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-05-07T04:19:11+00:00","og_image":[{"width":660,"height":440,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/bogistoniy.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"12 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz","name":"BOG\u02bbISTONIYLAR XONADONI - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/bogistoniy.jpg","datePublished":"2021-05-07T04:19:11+00:00","dateModified":"2021-05-07T04:19:11+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/bogistoniy.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/bogistoniy.jpg","width":660,"height":440},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15211&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"BOG\u02bbISTONIYLAR XONADONI"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15211"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15211"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15211\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15212,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15211\/revisions\/15212"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15209"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15211"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15211"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15211"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}