{"id":15201,"date":"2021-05-06T10:59:40","date_gmt":"2021-05-06T05:59:40","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15201"},"modified":"2021-05-06T10:59:40","modified_gmt":"2021-05-06T05:59:40","slug":"muhammad-rizo-ogahiy-m%d0%b5rosi-milliy-ma%ca%bcnaviy-mulk","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz","title":{"rendered":"MUHAMMAD RIZO OGAHIY M\u0415ROSI \u2013 MILLIY MA\u02bcNAVIY MULK"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>A<\/strong><strong>yni damlarda yurtimizda \u201c\u2026matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali o\u02bbrganilmagan ko\u02bbpgina qatlamlarini ochib berishga yo\u02bbnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e\u02bctibor qaratilayotgani\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn1\" name=\"_ftnref1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>\u00a0soha mutaxassislaridan zamon talablaridan kelib chiqib o\u02bbz faoliyati samaradorligini oshirishni taqozo qilmoqda.<\/strong><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi \u201cMuhammad Rizo Erniyozbek o\u02bbg\u02bbli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi 238-son qarorining e\u02bclon qilinishi milliy ma\u02bcnaviy merosimizning katta va ko\u02bblamli qismi tadqiqi va targ\u02bbibida yangi bosqich uchun asos bo\u02bbldi, deyish mumkin.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shuni alohida ta\u02bckidlash lozimki, ogahiyshunoslik tushunchasi ma\u02bclum bir shaxs merosi tadqiq va targ\u02bbibidan iborat emas. Umuman, shunday insonlar borki, ularning merosini o\u02bbrganish butun davr yoki davrlarni jiddiy o\u02bbrganish, shuningdek, qator sohalar tutashligini talab qiladi. Shundan xulosa chiqarish mumkinki, biror fenomen ijodkorning ta\u02bcsir doirasi, ulug\u02bbvorlik mezonlari uning kelgusi avlodga qay darajada ko\u02bblamli meros qoldirgani bilan o\u02bblchanadi. Shuning uchun navoiyshunoslik faqat Alisher Navoiy shaxsiyati bilan cheklanmay, o\u02bbzbek adabiyotining barcha davrlari, ijtimoiy fanlarning deyarli barcha sohalari bilan bog\u02bbliq bo\u02bblgani kabi o\u02bbzida asosan Muhammad Rizo Ogahiy merosi tadqiqini nazarda tutuvchi ogahiyshunoslik o\u02bbzbek adabiyoti, tili, xalqimiz tarixi, tarjimashunoslik, manbashunoslik, matnshunoslik, pedagogika, etika, estetika kabi qator sohalarni ham qamrab oladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ogahiyshunoslik tarixiga nazar tashlasak, jahon ijtimoiy fanlarida Munis va Ogahiyning tarixiy asarlari bilan bog\u02bbliq ilmiy izlanishlar Xiva xonligi tarixini o\u02bbrganish kontekstida olib borilgan. Jumladan, A.N.Samoylovich qoraqalpoqlar, P.P.Ivanov turkmanlar va qoraqalpoqlar, N.Mingulov qozoqlar tarixini yoritish maqsadida bu asardan rus tilida parchalar e\u02bclon qilganlar<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn2\" name=\"_ftnref2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>. A.D.Kalmikov o\u02bbzining \u201cXiva\u201d asarida \u201cFirdavs al-iqbol\u201ddan ayrim tarjimalarni keltirgan. B.V.Lunin Xorazm tarixini o\u02bbrgangan olimlar haqidagi maqolasida asar va uning o\u02bbrganilishiga umumiy sharh bergan. Ba\u02bczi manbalarda qo\u02bblyozmaning tavsifi ham keltirilgan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn3\" name=\"_ftnref3\"><sup>[3]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Rus harbiy ekspeditsiyasining tarkibida bo\u02bblgan sharqshunos A.L.Kunn Xorazm qo\u02bblyozmalarining katta qismi olib ketilishida qatnashgan va \u201cTashkentskiye vedomosti\u201dda ular haqida dastlabki ma\u02bclumotni bergan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn4\" name=\"_ftnref4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>. A.Kunn qo\u02bblyozmalarni Sankt-Peterburg Osiyo muzeyiga topshiradi (1874). Keyinchalik unda mavjud qo\u02bblyozmalar haqida nemis olimi K.Seleman (S.Seleman) ham ma\u02bclumot beradi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn5\" name=\"_ftnref5\"><sup>[5]<\/sup><\/a>. G.Xalliyeva ta\u02bckidlaganidek, V.V.Bartoldgacha bu asar bilan yaxshi tanish bo\u02bblgan kitobxon pastor Amirxanyansdir. 1933 yilda turk olimlari Nesip Azim va Abdulqodir Inan qo\u02bblyozmaning Istanbuldagi nusxasi asosida \u201cFirdavs al-iqbol\u201ddan parchalar e\u02bclon qilganlar va turk ziyolilarini Munis va Ogahiyning tarixiy asaridan qisman voqif qilganlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">V.V.Bartold Ogahiy tarixiy asarlari yuzasidan chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan. Jumladan, 1910 yilda u \u201cFirdavs al-iqbol\u201d qo\u02bblyozmasining umumiy tavsifini berib, uning topilishi va o\u02bbrganilishi tarixini yoritadi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn6\" name=\"_ftnref6\"><sup>[6]<\/sup><\/a>. B.V.Luninning fikriga ko\u02bbra, V.V.Bartold asarning arab alifbosidagi ilmiy-tanqidiy matnini nashrga tayyorlagan. Ammo noma\u02bclum sababga ko\u02bbra bu maqsad amalga oshmagan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn7\" name=\"_ftnref7\"><sup>[7]<\/sup><\/a>. Yu.Bregel V.V.Bartold tahrir qilgan matndan foydalanmagan va u hali hanuz olimning shaxsiy arxivida saqlanmoqda<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn8\" name=\"_ftnref8\"><sup>[8]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Tilshunoslik sohasida ogahiyshunoslik o\u02bbtgan asrning elliginchi yillaridan boshlangan. Ogahiy asarlari til xususiyatlariga bag\u02bbishlangan ilk maqola S.Dolimov tomonidan e\u02bclon qilingan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn9\" name=\"_ftnref9\"><sup>[9]<\/sup><\/a>. Z.Do\u02bbsimovning \u201cOgahiyning \u201cZubda at-tavorix\u201d asarining leksik-grammatik xususiyatlari haqida\u201d maqolasida esa mazkur asarning lisoniy o\u02bbziga xosliklari ko\u02bbrsatib berilgan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn10\" name=\"_ftnref10\"><sup>[10]<\/sup><\/a>. Olim \u201cZubda at-tavorix\u201d, umuman, Ogahiyning barcha tarixiy asarlariga xos bo\u02bblgan leksik va sintaktik xususiyatlar haqida mulohaza yuritar ekan, jumladan, ularda forsiy izofa va izofiy zanjirning keng qo\u02bbllanganligi, murakkab sintaktik qurilmalarda fors tili sintaktik qurilishining ta\u02bcsiri katta ekanligini misollar orqali ko\u02bbrsatib beradi. XVII \u2013 XIX asrlar eski o\u02bbzbek tili morfologik xususiyatlarini tekshirgan A.Matg\u02bboziyev ko\u02bbplab obyektlar qatori Munis va Ogahiy qalamiga mansub \u201cFirdavs al-iqbol\u201d, Ogahiyning \u201cZubda at-tavorix\u201d, \u201cGulshani davlat\u201d, \u201cShohid al-iqbol\u201d kabi asarlarini mavjud qo\u02bblyozmalaridan foydalangan holda tahlilga tortgan<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn11\" name=\"_ftnref11\"><sup>[11]<\/sup><\/a>. H.Dadaboyevning \u201cOgahiy tarixiy asarlaridagi ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimi xususida\u201d nomli maqolasida bayon qilingan nazariy fikr va amaliy takliflar shoir, muarrix va tarjimon ijodkor tili leksikasini o\u02bbrganishda muhim<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn12\" name=\"_ftnref12\"><sup>[12]<\/sup><\/a>. Ogahiyning tarixiy asarlari nashriga ilova lug\u02bbat tuzgan N.Norqulov xizmatlarini ham shoir, muarrix va tarjimon ijodkor asarlari tilida ijtimoiy-siyosiy leksikani o\u02bbrganishga qo\u02bbshilgan o\u02bbziga xos hissa sifatida baholash mumkin<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn13\" name=\"_ftnref13\"><sup>[13]<\/sup><\/a>. Unda Ogahiy tarixiy asarlarida ishlatilgan 400 ga yaqin so\u02bbz izohlangan. Shoir tavalludining 200 yilligi arafasida \u2013 2009 yilda Ogahiyning so\u02bbnggi asari \u201cShohidul-iqbol\u201d nashrdan chiqqan edi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn14\" name=\"_ftnref14\"><sup>[14]<\/sup><\/a>. Asarga ilova qilingan lug\u02bbatda 500 dan ortiq so\u02bbzning izohi berilgan. Keyingi yillarda N.Jabborov tomonidan \u201cZubda at-tavorix\u201d nashr qilinishi, N.Toshevning esa \u201cJome\u02bc ul-voqeoti sultoniy\u201d<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn15\" name=\"_ftnref15\"><sup>[15]<\/sup><\/a>, H.Nazirova \u201cZubda at-tavorix\u201dning ilmiy-tanqidiy nashrini amalga oshirishi Ogahiy tarixiy asarlari nashriga e\u02bctibor kuchayganini ko\u02bbrsatadi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn16\" name=\"_ftnref16\"><sup>[16]<\/sup><\/a>. S.Ro\u02bbzimboyev, A.Ahmedovning N.Jumaxo\u02bbja bilan hamkorlikda hamda I.Bekchon va N.Polvonov tomonidan ham \u201cFirdavs al-iqbol\u201dni nashr qildirgani madaniy-ma\u02bcrifiy hayotimizda muhim voqea bo\u02bbldi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn17\" name=\"_ftnref17\"><sup>[17]<\/sup><\/a>. Ogahiy lirik asarlari leksikasi borasida R.Yo\u02bbldoshevning bir necha maqolasi e\u02bclon qilingan. Shu bilan birga 1999 yilda \u201cIshq ahlining tumori\u201d to\u02bbplami nashr qilinishi ham soha rivojidagi voqealardan sanash mumkin. Ogahiy asarlari leksikasi monografik tarzda o\u02bbrganilgan ishlar qatorida A.O\u02bbrozboyevning nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini qayd qilish mumkin<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn18\" name=\"_ftnref18\"><sup>[18]<\/sup><\/a>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 20 mayda Toshkent shahridagi \u201cAdib\u00adlar xiyoboni\u201dga qilgan tashrifida belgilangan vazifalar ham ogahiyshunoslikni davr talablari asosida yangi bosqichga olib chiqishga asos bo\u02bbldi. Belgilangan vazifalarga ko\u02bbra Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida \u201cOgahiyshunoslar ken\u00ad\u00adgashi\u201d tashkil qilindi. Joriy yil 6 iyul kuni ushbu kengashning ta\u02bcsis majlisi onlayn shaklda o\u02bbtkazilib, galdagi vazifalar, qilinishi lozim bo\u02bblgan ishlar ko\u02bblami belgilab olindi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Fikrimizcha, qilinishi lozim bo\u02bblgan ishlar ko\u02bblami nihoyatda kattaligi hamda murakkab jarayon ekanligi bois ogahiyshunoslikning istiqboldagi rejalarini bosqichma-bosqich amal oshirib borish zarur. Bizningcha, birinchi bosqich Ogahiy asarlarini to\u02bbla nashr qilish, ommaviy axborot vositalari orqali shoir ijodi targ\u02bbibotini olib borish, xalqimiz daho ijodkor merosidan bahramand bo\u02bblishi uchun Ogahiy asarlari lug\u02bbatini tuzish hamda nashr etish, kitoblarning elektron variantlarini yaratish kabi kechiktirmay qilinishi kerak bo\u02bblgan ishlarni amalga oshirishdan iborat bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi \u201cMuhammad Rizo Erniyozbek o\u02bbg\u02bbli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi 238-son qarorining 3<sup>b<\/sup>-bandida 2019-2021 yillarda Ogahiy asarlar to\u02bbplamini nashr etish vazifasi belgilangan bo\u02bblib, bu boradagi ishlar o\u02bbzining ilk samarasini bera boshladi. Mazkur qaror ijrosi sifatida Ogahiy \u201cAsarlari\u201dni nashr qilish uchun nufuzli tahrir hay\u02bcati tuzildi va 2019 yil mart oyidan kirishildi. Shu kunga qadar Ogahiy \u201cAsarlar\u201di ko\u02bbpjildligining 8 jildi nashr qilindi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn19\" name=\"_ftnref19\"><sup>[19]<\/sup><\/a>. Ushbu ko\u02bblamli ish Xorazm viloyati hokimligi homiyligida O\u02bbzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Xorazm Ma\u02bcmun akademiyasi va Urganch davlat universiteti hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyihani Xorazm Ma\u02bcmun akademiyasida faoliyat olib borayotgan A-FA-2019-9 shifrli \u201cQadimiy yozma noyob qo\u02bblyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish\u201d amaliy loyihasi muvofiqlashtirib bormoqda. Nashr ishlarini bajarishda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti o\u02bbz fondidagi Ogahiyning noyob qo\u02bblyozmalarini taqdim etish, zarur o\u02bbrinlarda ularning nusxalari bilan ta\u02bcminlash, mas\u02bcul muharrirlik qilish va taqrizdan o\u02bbtkazish kabi jarayonlarda bosh-qosh bo\u02bbldi. Bundan keyingi jildlar nashri ko\u02bbp jihatdan institut fondidagi qo\u02bblyozmalar bilan bog\u02bbliq bo\u02bblib, institut mavjud sharoit, muhimi, ishning xalqimiz ma\u02bcnaviyati taraqqiyotida beqiyos o\u02bbrnini e\u02bctiborga olib, zarur imkoniyatlarni yaratib berishga tayyor.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ogahiy \u201cAsarlar\u201dining yangi nashri qaysi qo\u02bblyozma asosida bajarilgani, har bir sahifa va varaq qo\u02bblyozmaga muvofiq ko\u02bbrsatib borilgani, lug\u02bbat va izohlar, zarur o\u02bbrinlarda tarjima bilan ta\u02bcminlangani kabi qator ijobiy jihatlarga ega. Shu bilan birga o\u02bbz o\u02bbrnida 1971 \u2013 1979 yillarda G\u02bb.Karimov va S.Dolimov sa\u02bcy-harakatlari bilan nashr qilingan Ogahiy \u201cAsarlar\u201di o\u02bbz davri uchun katta voqea bo\u02bblgani, ularning bu harakatlari o\u02bbz davri sharoitida ilmiy jasorat bo\u02bblganini e\u02bctirof etish kerak. \u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ogahiy tarjimasidagi asarlar bilan jiddiy shug\u02bbullangan N.Komilov \u201cOgahiy mahorat bilan tarjima etgan asarlar o\u02bbzbek adabiyoti tarixining muayyan bir bo\u02bblagini tashkil etadi, uni o\u02bbrganmay chetlab o\u02bbtish esa bu ulkan adibning ijodiga yetarli e\u02bctibor bermaslik, uni yarim-yorti qilib, chala tasavvur etish yoki adabiyot tarixining salmoqdor bir qismini tashlab ketish demakdir\u201d,\u00a0<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn20\" name=\"_ftnref20\"><sup>[20]<\/sup><\/a>\u00a0degan edi. O\u02bbzbek ma\u02bcnaviyati, tili, ma\u02bcrifati rivojida muhim voqea bo\u02bblgan bu kabi ko\u02bblamli tarjima asarlarni \u201c\u2026tashkiliy uyushganlik, ishga davlat va millat ahamiyati nutqai nazaridan qarab e\u02bctibor qilish Xorazmda tarjima ishining baland darajaga ko\u02bbtarilishi, juda ko\u02bbplab ajoyib asarlarning o\u02bbzbek tilida paydo bo\u02bblishi uchun ma\u02bclum shart-sharoit vujudga keltirdi<a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftn21\" name=\"_ftnref21\"><sup>[21]<\/sup><\/a>\u201d. Afsuski, N.Komilovdan keyin Ogahiy tarjimasidagi asarlar tadqiqiga bag\u02bbishlangan ko\u02bblamli ilmiy tadqiqotlar yaratilmadi. Vaholanki, Xorazm tarjimonlik maktabi ko\u02bbplab ilmiy ishlarga mavzu bo\u02bbla oladi, muhimi, ularning hali katta qismi xalqimiz qo\u02bbliga yetib borgani yo\u02bbq.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ogahiyning falsafiy qarashlari bo\u02bbyicha M.Safar\u00adboyev tadqiqotlarini izchil davom ettiradigan yoshlarni tarbiyalashimiz ham ogahiyshunoslik muammolaridan biri sanaladi, desak, adashmaymiz.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Galdagi muhim vazifalardan biri, albatta, Ogahiy asarlari lug\u02bbatini yaratishdir. Ayrim ziyolilarimizda Ogahiy asarlari lug\u02bbati yaratilgan taqdirda ham Alisher Navoiy asarlari uchun tuzilgan lug\u02bbatlardan farq qilmasa kerak degan tasavvur paydo bo\u02bblishi mumkin. Lekin Ogahiy asarlari lug\u02bbat fondi ma\u02bclum jihatlari bilan Alisher Navoiy asarlari lug\u02bbat tarkibidan farq qiladi. Qolaversa, mazkur lug\u02bbat leksikografiyaning eng keyingi yutuqlariga tayanib o\u02bbziga xos tamoyillar asosida, muhimi elektron variantiga ega holatda shakllantirilishi kerak. Ana shunda ushbu lug\u02bbat nafaqat Ogahiy, balki butun mumtoz adabiyotimiz adiblari tilini anglash, ularning boy ma\u02bcnaviy merosidan foydalanish imkonini ham beradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">O\u02bbylaymizki, ogahiyshunoslik rivoji butun ijtimoiy fanlar rivoji va taraqqiyotiga munosib hissa qo\u02bbsha oladi. Zero, Muhammad Rizo Ogahiy merosi milliy ma\u02bcnaviy mulkimizning ajralmas salmoqli qismidir.<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref1\" name=\"_ftn1\"><sup>[1]<\/sup><\/a>\u00a0O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi PQ-2995-son \u201cQadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ\u02bbib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qarori.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref2\" name=\"_ftn2\"><sup>[2]<\/sup><\/a>\u00a0Material\u044b po istorii karakalpakov. Sbornik. M.-L., 1935. S. 91-127; Ivanov P.P. Xivinskiye xroniki XIX v. Munisa-Agexi kak istochnik po istorii turkmen. MITT. II. S. 23-25; Yego je. Ocherk istorii karakalpakov \/\/ Material\u044b po istorii karakalpakov. \u2013 S. 323 \u2013 426; Material\u044b po istorii Kazaxskix xanstv. XV-XVIII vv. \u2013 S. 435 \u2013 475.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref3\" name=\"_ftn3\"><sup>[3]<\/sup><\/a>\u00a0Bartold V.V. Sochineniya. IX tom. M., 1977. S.444; Lunin B.V. Proshloye i nastoya\u0449yee Xorezma v nauke\/\/ Istoriya Xorezma. Tashkent, 1976. S. 6-8; Dmitreva L.V., Muginov A.M., Muratov S.N. Opisaniye Tyurkskix rukopisey instituta narodov Azii. M., 1965; Dmitreva L.V. Katalog tyurkskix rukopisey. \u2013 M., 2002.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref4\" name=\"_ftn4\"><sup>[4]<\/sup><\/a>\u00a0Kunn A. Zametki o Xivinskom xanstve \/\/ Turkistanskiye vedomosti,1873. \u2116 40. \u2013 S.158.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref5\" name=\"_ftn5\"><sup>[5]<\/sup><\/a>\u00a0Saleman S. Das Asiatische Museum. St. Peterburg, 1894. \u2013 R. 274 \u2013 280.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref6\" name=\"_ftn6\"><sup>[6]<\/sup><\/a>\u00a0Bartold V.V. Sochineniya. II tom. M., 1964. S.400-413.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref7\" name=\"_ftn7\"><sup>[7]<\/sup><\/a>\u00a0Lunin B.V. Proshloye i nastoya\u0449yee Xorezma v nauke. S. 7.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref8\" name=\"_ftn8\"><sup>[8]<\/sup><\/a>\u00a0Firdavs al- iqbal. R. 39.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref9\" name=\"_ftn9\"><sup>[9]<\/sup><\/a>\u00a0Dolimov S. Ogahiy poeziyasida omonim va sinonim so\u02bbzlar \/\/ O\u02bbqituvchilar gazetasi. 1957. \u2013 \u2116 51.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref10\" name=\"_ftn10\"><sup>[10]<\/sup><\/a>\u00a0Do\u02bbsimov Z. Ogahiyning \u201cZubdatut-tavorix\u201d asarining leksik-grammatik xususiyatlari haqida \/\/ Ogahiy abadiyati. \u2013Toshkent: O\u02bbzbekiston, 1999. \u2013 B. 37-41.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref11\" name=\"_ftn11\"><sup>[11]<\/sup><\/a>\u00a0Matgaziyev A. Issledovaniye po morfologii starouzbekskogo yaz\u044bka (kones XVII \u2013 do semidesyat\u044bx godov XIX v.): Avtoref. diss \u2026 d-ra filol. nauk. \u2013 Tashkent; 1979. \u2013 41 s.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref12\" name=\"_ftn12\"><sup>[12]<\/sup><\/a>\u00a0Dadaboyev H. Ogahiy tarixiy asarlaridagi ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimi xususida \/\/ O\u02bbzbek tilshunosligining dolzarb masalalari (Ilmiy maqolalar to\u02bbplami) \u2013 \u21163. \u2013 Toshkent, 2009. \u2013B. 21-24.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref13\" name=\"_ftn13\"><sup>[13]<\/sup><\/a>\u00a0Muhammad Rizo mirob Erniyozbek o\u02bbg\u02bbli Ogahiy. Asarlar. VI jildlik. V jild. \u2013Toshkent: G\u02bbafur G\u02bbulom nomidagi Adabiyot va san\u02bcat nashriyoti, 1978. \u2013B.202-210.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref14\" name=\"_ftn14\"><sup>[14]<\/sup><\/a>\u00a0Muhammad Rizo Erniyozbek o\u02bbg\u02bbli Ogahiy. Shohidu-l-iqbol. Nashrga tayyorlovchi, so\u02bbzboshi va izohlar muallifi N.Shodmonov. \u2013 Toshkent: Muharrir, 2009. \u2013 335 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref15\" name=\"_ftn15\"><sup>[15]<\/sup><\/a>\u00a0Muhammad Riza Mirab Agahi. Jami\u02bb al-vaqi\u02bbat-i sultani. Ed. in the original Central Asian Turki with an Introduction and Notes by Nouryaghdi Tashev. \u2013 Tashkent-Istanbul, 2012.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref16\" name=\"_ftn16\"><sup>[16]<\/sup><\/a>\u00a0Muhmmad Riza mirab Agahi. Zubdat al-tavarikh. International institute for Central Asian Studies, Al-Beruni Center for Oriental Manuscripts under Tashkent State Institute of Oriental studies. Edited in the original Central Asian T\u00fcrk\u012b with an Introduction and Notes by Khilola Nazirova. International Institute for Central Asian Studies (IICAS) by the UNESCO Silk Road Programme. \u2013 Tashkent\u2013Samarkand, 2016.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref17\" name=\"_ftn17\"><sup>[17]<\/sup><\/a>\u00a0Shermuhammad Munis, Muhammadrizo Ogahiy. Firdavs ul-iqbol (Baxtlar bog\u02bbi).Nashrga tayyorlovchilar N.Jumaxo\u02bbja, S.Ro\u02bbzimboyev, A.Ahmedov. \u2013 Toshkent: O\u02bbqituvchi, 2010. 382 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref18\" name=\"_ftn18\"><sup>[18]<\/sup><\/a>\u00a0O\u02bbrazboyev A.D. Ogahiyning \u201cRiyoz ud-davla\u201d asarida ijtimoiy-siyosiy leksika. Filol. fanlari nomz. diss. \u2013 Toshkent, 2009. 155 b.; Ogahiyning tarixiy asarlari leksikasi. Filol. fanlari dokt. diss. \u2013 Toshkent, 2018. 248 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref19\" name=\"_ftn19\"><sup>[19]<\/sup><\/a>\u00a0Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. 2-jild. 1-kitob. Shermuhammad Avazbiy mirob o\u02bbg\u02bbli Munis, Muhammad Rizo Erniyozbek o\u02bbg\u02bbli Ogahiy. \u201cFirdavsul-iqbol\u201d (\u201cBaxt-saodat jannati\u201d). Nashrga tayyorlovchilar, kirish va izohlar mualliflari I.Bekchonov, N.Polvonov. \u2013 Toshkent: \u201cSharq\u201d nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2019. 512 b.; Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. 3-jild. \u201cZubdatu-t-tavorix\u201d (\u201cTarixlar sarasi\u201d). Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi N.Jabborov. \u2013 Toshkent: \u201cSharq\u201d nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2020.; Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. 4-jild. \u201cRiyozu-d-davla\u201d (\u201cDavlat bog\u02bblari\u201d). Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi A.O\u02bbrozboyev \u2013 Toshkent: \u201cSharq\u201d nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2020.; Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. 6-jild. \u201cGulshani davlat\u201d (\u201cDavlat gulshani\u201d). Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi A.O\u02bbrozboyev \u2013 Toshkent: \u201cSharq\u201d nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2020. 328 b.; Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. 7-jild. \u201cShohidu-l-iqbol\u201d (\u201cIqbol shahodati\u201d). Nashrga tayyorlovchi, so\u02bbzboshi va izohlar muallifi N.Shodmonov \u2013 Toshkent: \u201cSharq\u201d nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2019. 384 b.; Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. 8-jild. \u201cAxloqu-l-muhsiniyn\u201d. Nashrga tayyorlovchilar M.Safarboyev, S.Rahimov, A.O\u02bbrozboyev \u2013 Toshkent: \u201cSharq\u201d nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2019. 320 b.; Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. 9-jild. \u201cGuliston\u201d (Sa\u02bcdiy Sheroziy) va \u201cHaft paykar\u201d (Nizomiy) tarjimalari. Nashrga tayyorlovchi va izohlar mualliflari S.Dolimov va A.O\u02bbrozboyev \u2013 Toshkent: \u201cSharq\u201d nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2019. 264 b.; Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. 10-jild. \u201cMiftohu-t-tolibin\u201d (\u201cToliblar kaliti\u201d) Mahmud G\u02bbijduvoniy asari. Fors tilidan Ogahiy tarjimasi. Tabdil, so\u02bbzboshi, izoh va ko\u02bbrsatkichlar muallifi E.Mirkomilov. \u2013 Toshkent: \u201cSharq\u201d nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2020. 400 b.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref20\" name=\"_ftn20\"><sup>[20]<\/sup><\/a>\u00a0Komilov N. Muhammadrizo Ogahiyning tarjimonlik mahorati. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi. \u2013 Toshkent, 1970. 6-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 12pt;\"><a href=\"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15198#_ftnref21\" name=\"_ftn21\"><sup>[21]<\/sup><\/a>\u00a0Yuqoridagi asar. 12-bet.<\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Bahrom ABDUHALIMOV<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>tarix fanlari doktori, professor<\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ayni damlarda yurtimizda \u201c\u2026matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali o\u02bbrganilmagan ko\u02bbpgina qatlamlarini ochib berishga yo\u02bbnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e\u02bctibor qaratilayotgani\u201d[1]\u00a0soha mutaxassislaridan zamon talablaridan kelib chiqib o\u02bbz faoliyati samaradorligini oshirishni taqozo qilmoqda. O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi \u201cMuhammad Rizo Erniyozbek o\u02bbg\u02bbli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15199,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[650],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>MUHAMMAD RIZO OGAHIY M\u0415ROSI \u2013 MILLIY MA\u02bcNAVIY MULK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"MUHAMMAD RIZO OGAHIY M\u0415ROSI \u2013 MILLIY MA\u02bcNAVIY MULK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Ayni damlarda yurtimizda \u201c\u2026matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali o\u02bbrganilmagan ko\u02bbpgina qatlamlarini ochib berishga yo\u02bbnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e\u02bctibor qaratilayotgani\u201d[1]\u00a0soha mutaxassislaridan zamon talablaridan kelib chiqib o\u02bbz faoliyati samaradorligini oshirishni taqozo qilmoqda. O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi \u201cMuhammad Rizo Erniyozbek o\u02bbg\u02bbli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-05-06T05:59:40+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/ogahi.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"660\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"388\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz\",\"name\":\"MUHAMMAD RIZO OGAHIY M\u0415ROSI \u2013 MILLIY MA\u02bcNAVIY MULK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/ogahi.jpg\",\"datePublished\":\"2021-05-06T05:59:40+00:00\",\"dateModified\":\"2021-05-06T05:59:40+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/ogahi.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/ogahi.jpg\",\"width\":660,\"height\":388},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"MUHAMMAD RIZO OGAHIY M\u0415ROSI \u2013 MILLIY MA\u02bcNAVIY MULK\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"MUHAMMAD RIZO OGAHIY M\u0415ROSI \u2013 MILLIY MA\u02bcNAVIY MULK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"MUHAMMAD RIZO OGAHIY M\u0415ROSI \u2013 MILLIY MA\u02bcNAVIY MULK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Ayni damlarda yurtimizda \u201c\u2026matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy merosimizning hali o\u02bbrganilmagan ko\u02bbpgina qatlamlarini ochib berishga yo\u02bbnaltirilgan ilmiy tadqiqotlarga alohida e\u02bctibor qaratilayotgani\u201d[1]\u00a0soha mutaxassislaridan zamon talablaridan kelib chiqib o\u02bbz faoliyati samaradorligini oshirishni taqozo qilmoqda. O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 martdagi \u201cMuhammad Rizo Erniyozbek o\u02bbg\u02bbli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-05-06T05:59:40+00:00","og_image":[{"width":660,"height":388,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/ogahi.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"11 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz","name":"MUHAMMAD RIZO OGAHIY M\u0415ROSI \u2013 MILLIY MA\u02bcNAVIY MULK - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/ogahi.jpg","datePublished":"2021-05-06T05:59:40+00:00","dateModified":"2021-05-06T05:59:40+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/ogahi.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/05\/ogahi.jpg","width":660,"height":388},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15201&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"MUHAMMAD RIZO OGAHIY M\u0415ROSI \u2013 MILLIY MA\u02bcNAVIY MULK"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15201"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15201"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15201\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15202,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15201\/revisions\/15202"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15199"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15201"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15201"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15201"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}