{"id":15101,"date":"2021-04-29T12:20:41","date_gmt":"2021-04-29T07:20:41","guid":{"rendered":"http:\/\/www.bukhari.uz\/?p=15101"},"modified":"2021-04-29T12:20:41","modified_gmt":"2021-04-29T07:20:41","slug":"islom-shiorlari-o%ca%bbyinchoq-emas-ularni-kamsitishga-hech-kimning-haqqi-yo%ca%bbq","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz","title":{"rendered":"Islom shiorlari o\u02bbyinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo\u02bbq!"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yuksak taraqqiy etgan axborot texnologiyalari asrida yashayapmiz. Tongda uyg\u02bbonishimiz bilan \u201caqlli\u201d telefonni qo\u02bbliga olib, ijtimoiy tarmoqlarga kiramiz. Bu \u2013 dunyodagi aksariyat odamning odati. Shu tariqa har kim istasa-istamasa, o\u02bbzini axborot maydoni ichra ko\u02bbradi. Kimlardir bu maydonda \u2013 tarqatuvchi, kimlardir \u2013 oddiy ishtirokchi, kimlardir \u2013 o\u02bbsha axborotlarning qurboni, kimlardir esa \u2013 shunchaki kuzatuvchi\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Afsuski, axborot tarqatish borasidagi mutlaq erkinlik ba\u02bczida tarbiyasizlikka sabab bo\u02bblib qolmoqda. Xususan, so\u02bbnggi paytlarda tarqatilayotgan lavhalar orasida haqoratli so\u02bbzlar, tuhmatli iboralar, muayyan shaxslarni obro\u02bbsizlantirish qasd qilingan tasvirlar ko\u02bbpayib bormoqda. Eng yomoni, ularning aksariyati bir guruh\u00a0trollar yoki \u201cfeyk\u201d, ya\u02bcni soxta akkauntlar tomonidan uyushtirilmoqda. Bu qilmishlar ortida qanday g\u02bbarazlar yotgani jumboq\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ayniqsa, bunday nomaqbul xatti-harakatlar islomiy qadriyatlar borasida ham uchrayotgani kishini yanada ko\u02bbproq tashvishga solmoqda. Muborak Ramazon oylarida ijtimoiy tarmoqlarda na dinimizga va na odobimizga to\u02bbg\u02bbri kelmaydigan videotasvirlar tarqadi. Uni hamma ko\u02bbrdi. Ammo\u2026 \u201cinternet ustalari\u201ddan nechovlarining xayoliga ro\u02bbza, iftor\u00a0ham islom shiorlaridan biri ekani keldi? Illo, ayrim internet foydalanuvchilari\u00a0ro\u02bbza\u00a0ham \u2013 islom shiori ekanini bilganlarida edi, balki bunday qilmagan bo\u02bblardilar.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo islom shiorlarini qadrlashga targ\u02bbib qilgan va ularni toptash, masxara qilishdan\u00a0<u>qattiq qaytargan<\/u>. Jumladan, Haq taolo Qur\u02bconi karimda: \u201c<strong><b>(<\/b><\/strong>Gap<strong><b>) shudir. Yana kimki Allohning shiorlari (<\/b><\/strong>qurbonliklar<strong><b>)ni ulug\u02bb deb bilsa, bas, albatta, (<\/b><\/strong>bu<strong><b>) dillarning taqvosidandir<\/b><\/strong>\u201d (<em><i>Haj surasi 32 oyat<\/i><\/em>), \u2013 deb xitob qilgan.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bu haqda keyingi vaqtlarda olimu ziyolilarimiz turli sabablar bilan ko\u02bbp va xo\u02bbb yozishga, Alloh taoloning ushbu amrini bot-bot bizlarga eslatib turishga majbur bo\u02bblyaptilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Islom ta\u02bclimotiga ko\u02bbra \u201c<strong><b>shior<\/b><\/strong>\u201d so\u02bbzi\u00a0<em><i>\u201cnishon\u201d, \u201cbelgi\u201d, \u201calomat\u201d<\/i><\/em>\u00a0ma\u02bcnolarini bildiradi. Yaratgan Parvardigorimiz Alloh taoloning dinining ko\u02bbzga ko\u02bbringan va shon-shavkatining alomati bo\u02bblgan narsalar shior hisoblanadi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Masalan,<\/span><\/p>\n<ul style=\"text-align: justify;\">\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Kalomulloh, ya\u02bcni Qur\u02bconi karim, uning tilovati, azon,<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taolo farz qilgan \u2013 namoz, ro\u02bbza, zakot, haj kabi dinimiz ustini bo\u02bblgan ibodatlar,<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">shariatimizda ulug\u02bblangan zotlar \u2013 payg\u02bbambarlar, sahobalar, tobeinlar, avliyolar, ulamolar, ilm ahllari, \u00a0<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">shariatimizda qadrlangan \u2013 Ka\u02bcbatulloh, Makka mukarrama, Madina munavvara, Mino, Arafot, Quddusi sharif kabi joylar,<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">barcha masjidlar va zamonlar \u2013 Juma kuni, Ramazon oyi, muqaddas oylar,<\/span><\/li>\n<li><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">ibodat vositalari bo\u02bblmish tasbih, salla va joynamoz kabi narsalarni tushunish mumkin.<\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Avvalroq aytganimizdek, so\u02bbnggi paytlarda ba\u02bczi insonlarning Ramazon oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali ro\u02bbza va iftorlarga turli masxaraomuz munosabatda bo\u02bblib, bu ishining oqibatini bilmasdan gunoh orttirib olayotgani esa achinarli holat, bilimsizlik, avomlik, boringki, johillik desa ham bo\u02bblaveradi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Alloh taoloning shiorlarini oyoqosti qilish, ulardan birortasini masxara qilish, kamsitish, behurmat qilish, xo\u02bbrlash, mensimaslik, xor qilish mo\u02bbmin kishining kofir bo\u02bblishiga sabab bo\u02bbladi.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Savbon raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg\u02bbambarimiz sallallohu alayhi va sallam shariatning shiorini past sanaganlarni qattiq qoralab bunday deganlar:\u00a0<em><i>\u201c<\/i><\/em><strong><em><b><i>Aniq bilamanki, ummatim ichidagi ba\u02bczi kimsalar Qiyomat kunida Tihoma tog\u02bbi kabi ulkan hasanotlar bilan oppoq bo\u02bblib kelishadi, lekin Alloh taolo ularning amallarini to\u02bbzigan chang kabi qilib qo\u02bbyadi<\/i><\/b><\/em><\/strong><em><i>\u201d<\/i><\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunda Cavbon raziyallohu anhu: \u201cYo Raculalloh, bizga ularni cifatlab, ochiq bayon qilib bersangiz, bilmasdan o\u02bbshalardan bo\u02bblib qolmaylik!\u201d \u2013 dedi. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:\u00a0<em><i>\u201c<\/i><\/em><strong><em><b><i>Ular cizlarning birodarlaringiz, cizlarga o\u02bbxshagan odamlardir.\u00a0<\/i><\/b><\/em><\/strong><strong><em><b><i>Ular ham ciz kabi tunlari ibodat qiladi. Lekin ular shunday odamlarki, yolg\u02bbiz qolgan vaqtlarida shariatning shiorlarini toptaydilar<\/i><\/b><\/em><\/strong><em><i>\u201d<\/i><\/em>, \u2013 dedilar\u00a0<em><i>(Imom Ibn Moja rivoyatlari)<\/i><\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Dinimiz ulamolari o\u02bbzlarining fatvolarida bunday deyishgan: \u201c<strong><em><b><i>Kim azonni masxara qilsa yoki Qur\u02bconi karimni yengil sanab oyoq osti qilsa, yoki shar\u02bciy ilmlarni yoxud ulamolarni masxara qilsa, ibodatlarni yengil sanab bajarmasa, yoki masjidni masxara qilsa, kofir bo\u02bbladi<\/i><\/b><\/em><\/strong>\u201d (<em><i>\u201cG\u02bbamzu uyunil basoir sharh ashboh van-nazoir\u201d\u00a0<\/i><\/em>kitobi).<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ota-bobolarimiz Islom odobiga jiddiy e\u02bctibor berganidan xabarimiz bor va ularning odob-axloqi bilan ba\u02bczi-ba\u02bczida maqtanib ham qo\u02bbyamiz\u2026<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Ota-onalarimiz shariatimizdagi mustahab va odob amallariga ham nihoyatda qattiq e\u02bctiborli bo\u02bblganlar<\/u>. Ular odoblari go\u02bbzalligidan tasbehlari ko\u02bbksilaridan pastga tushmagan\u2026 Joynamozlarini ham ehtiyotkorona, oyoq ostida qoldirmasdan, mehr bilan alohida baland joylarga qo\u02bbyganlar\u2026 Masjid atrofidan mehr bilan ohistalik bilan o\u02bbtganlar\u2026 Azon aytilayotganda mehr bilan eshitganlar, behuda so\u02bbz so\u02bbzlamaganlar\u2026 Arab yozuvidagi matnlar bitilgan ashyolarni mehr bilan ehtiyotlab saqlaganlar\u2026 Nima sababdan?.. Chunki ular dinga aloqasi bor har bir narsaga\u00a0<em><i>ALOHIDA ODOB<\/i><\/em>\u00a0bilan muomala qilganlar! Chunki ular dinga aloqasi bor har bir narsaga\u00a0<em><i>O\u02bbZGACHA M\u0415HR<\/i><\/em>\u00a0bilan munosabat qilganlar! U odob \u2013\u00a0<em><i>B\u0415TAKROR ODOB<\/i><\/em>!!! U mehr \u2013\u00a0<em><i>B\u0415QIYOS M<\/i><\/em><em><i>YEHR<\/i><\/em>!!!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Imom Abu Dovud Abu Umoma raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytdilar:\u00a0<strong><em><b><i>\u201cO\u02bbzi haq bo\u02bblca ham talashib-tortishmagan kishi uchun \u2013 jannat chekkarog\u02bbidan uy berilishiga, hazillashib bo\u02bblsa-da yolg\u02bbon gapirmagan kishi uchun \u2013 jannatning o\u02bbrtasidan uy berilishiga, xulqini go\u02bbzal qilgan kishi uchun esa \u2013 jannatning eng yuqori qismidan uy berilishiga men kafilman<\/i><\/b><\/em><\/strong>\u201d\u00a0<em><i>(Imom Abu Dovud rivoyatlari)<\/i><\/em>.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Ming afsuski, hozirgi kunda ba\u02bczilar shunday chiroyli ishlarga, jahon mamlakatlari va o\u02bbzga diyorlar ichinda \u201co\u02bbzbek xalqining noyob va go\u02bbzal odoblari\u201d deb tan olingan odoblariga bepisand bo\u02bblib, \u201chech narsa qilmaydi\u201d qabilidagi gaplarni aytib, ota-onalarimiz betakror va beqiyos mehr bilan bajarib kelgan betakror va beqiyos dinimizning betakror va beqiyos odoblarini yo\u02bbqqa chiqarishga urinmoqdalar. Vaholanki,\u00a0<u>shayton musulmon kishining birinchi bo\u02bblib imoniga hujum qilmaydi, balki birinchi bo\u02bblib musulmon kishini mustahab va odob bo\u02bblgan amallarga bee\u02bctibor qilishga urinadi<\/u>. Agar g\u02bbolib chiqsa, dastlab sunnatga, keyin vojibga, so\u02bbng farz amallarga beparvo qarashga urinadi. Agar musulmon kimsani farz amalga ham e\u02bctiborsiz qilishga erishsa, alaloqibat, Alloh saqlasin, imoniga ham hujum qilib, natijada imondan ajratadi!!!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Shunday ekan,\u00a0<u>har birimiz ota-bobolarimizning yo\u02bbnalishlarini mahkam ushlab, barcha mustahab va odob amallarga to\u02bbla amal qilish hamda dinimiz shiorlariga odob va axloq bilan muomala qilishimiz \u2013 betakror dinimiz talabidir<\/u>!!!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Demak, yuqoridagi hukmlar ro\u02bbza va iftor bilan bog\u02bbliq g\u02bbalati holatlarni tarqatayotgan kishilarga saboq bo\u02bblishi kerak. Ular ham islomiy qadriyatlarga putur yetkazish evaziga ko\u02bbngilxushlik ila ommaning e\u02bctiborini jalb qilish og\u02bbir gunoh ekanini anglab yetsinlar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Yana bir jihat, so\u02bbz erkinligi degani \u2013 istalgan narsani hech qanday mas\u02bculiyatni his qilmasdan aytish, yozish, tarqatish degani emas. Balki har bir so\u02bbz uchun javob bera olish mas\u02bculiyatidir.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em><i>Og\u02bbziga kelganni demoq \u2013 nodonning ishi,<\/i><\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><em><i>Oldiga kelganni yemoq\u00a0\u2013 xayvonning ishi,<\/i><\/em><\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">deb bejiz yozilmagan.\u00a0<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><u>Har bir internet foydalanuvchisi aytayotgan gapi, tarqatayotgan axboroti uchun Alloh taolo oldida ham, mo\u02bbmin-musulmonlar oldida ham, jamiyat a\u02bczolari va davlat qonunlari oldida ham javobgardir<\/u>! Bu me\u02bcyor dunyoviy qonun-qoidalarda ham, diniy ta\u02bclimotimizda ham\u00a0<u>qat\u02bciy belgilab qo\u02bbyilgan<\/u>!<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Bir so\u02bbz bilan aytganda, \u201cfeyk\u201d akkauntlar yoki trollar yurituvchilari muborak dinimiz sha\u02bcniga dog\u02bb soluvchi lavhalar, buzg\u02bbunchi sharhlar, haqoratli so\u02bbzlar, tahqirlashlari uchun ikki dunyoda ham javob beradilar.<\/span><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\">Iloho o\u02bbzlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham mehribon Parvardigorimiz buyurgan, janob Payg\u02bbambarimiz sallallohu alayhi va sallam tavsiya etgan, o\u02bbtmishda o\u02bbtganlarimizni ruhlari shod bo\u02bbladigan, xalqimiz xursand bo\u02bbladigan, ota-onalarimiz rozi bo\u02bbladigan yo\u02bbllardan yurishimizni nasib etsin!<\/span><\/p>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Ibrohimjon INOMOV,<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>O\u02bbzbekiston musulmonlari idorasi raisi o\u02bbrinbosari<\/strong><\/span><\/div>\n<div style=\"text-align: right;\"><span style=\"font-family: 'times new roman', times, serif; font-size: 14pt;\"><strong>Manba:\u00a0<a href=\"http:\/\/muslim.uz\/index.php\/maqolalar\/item\/26499\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">muslim.uz<\/a><\/strong><\/span><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yuksak taraqqiy etgan axborot texnologiyalari asrida yashayapmiz. Tongda uyg\u02bbonishimiz bilan \u201caqlli\u201d telefonni qo\u02bbliga olib, ijtimoiy tarmoqlarga kiramiz. Bu \u2013 dunyodagi aksariyat odamning odati. Shu tariqa har kim istasa-istamasa, o\u02bbzini axborot maydoni ichra ko\u02bbradi. Kimlardir bu maydonda \u2013 tarqatuvchi, kimlardir \u2013 oddiy ishtirokchi, kimlardir \u2013 o\u02bbsha axborotlarning qurboni, kimlardir esa \u2013 shunchaki kuzatuvchi\u2026 Afsuski, axborot tarqatish &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15099,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[639],"tags":[],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v23.3 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Islom shiorlari o\u02bbyinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo\u02bbq! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi<\/title>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"en_US\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Islom shiorlari o\u02bbyinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo\u02bbq! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"Yuksak taraqqiy etgan axborot texnologiyalari asrida yashayapmiz. Tongda uyg\u02bbonishimiz bilan \u201caqlli\u201d telefonni qo\u02bbliga olib, ijtimoiy tarmoqlarga kiramiz. Bu \u2013 dunyodagi aksariyat odamning odati. Shu tariqa har kim istasa-istamasa, o\u02bbzini axborot maydoni ichra ko\u02bbradi. Kimlardir bu maydonda \u2013 tarqatuvchi, kimlardir \u2013 oddiy ishtirokchi, kimlardir \u2013 o\u02bbsha axborotlarning qurboni, kimlardir esa \u2013 shunchaki kuzatuvchi\u2026 Afsuski, axborot tarqatish &hellip;\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&amp;lang=oz\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\" \/>\n<meta property=\"article:publisher\" content=\"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2021-04-29T07:20:41+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/shior.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"800\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"531\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Markaz\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:creator\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:site\" content=\"@www_bukhari_uz\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Markaz\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"6 minutes\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz\",\"name\":\"Islom shiorlari o\u02bbyinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo\u02bbq! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/shior.jpg\",\"datePublished\":\"2021-04-29T07:20:41+00:00\",\"dateModified\":\"2021-04-29T07:20:41+00:00\",\"author\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\"},\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"en-US\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"en-US\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/shior.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/shior.jpg\",\"width\":800,\"height\":531},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"Home\",\"item\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Islom shiorlari o\u02bbyinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo\u02bbq!\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/\",\"name\":\"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi\",\"description\":\"bukhari.uz\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":\"required name=search_term_string\"}],\"inLanguage\":\"en-US\"},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c\",\"name\":\"Markaz\",\"sameAs\":[\"https:\/\/www.bukhari.uz\/\"],\"url\":\"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Islom shiorlari o\u02bbyinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo\u02bbq! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz","og_locale":"en_US","og_type":"article","og_title":"Islom shiorlari o\u02bbyinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo\u02bbq! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","og_description":"Yuksak taraqqiy etgan axborot texnologiyalari asrida yashayapmiz. Tongda uyg\u02bbonishimiz bilan \u201caqlli\u201d telefonni qo\u02bbliga olib, ijtimoiy tarmoqlarga kiramiz. Bu \u2013 dunyodagi aksariyat odamning odati. Shu tariqa har kim istasa-istamasa, o\u02bbzini axborot maydoni ichra ko\u02bbradi. Kimlardir bu maydonda \u2013 tarqatuvchi, kimlardir \u2013 oddiy ishtirokchi, kimlardir \u2013 o\u02bbsha axborotlarning qurboni, kimlardir esa \u2013 shunchaki kuzatuvchi\u2026 Afsuski, axborot tarqatish &hellip;","og_url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz","og_site_name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","article_publisher":"https:\/\/www.facebook.com\/bukharicenter\/","article_published_time":"2021-04-29T07:20:41+00:00","og_image":[{"width":800,"height":531,"url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/shior.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Markaz","twitter_card":"summary_large_image","twitter_creator":"@www_bukhari_uz","twitter_site":"@www_bukhari_uz","twitter_misc":{"Written by":"Markaz","Est. reading time":"6 minutes"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz","url":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz","name":"Islom shiorlari o\u02bbyinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo\u02bbq! - Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","isPartOf":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/shior.jpg","datePublished":"2021-04-29T07:20:41+00:00","dateModified":"2021-04-29T07:20:41+00:00","author":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c"},"breadcrumb":{"@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz#breadcrumb"},"inLanguage":"en-US","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"en-US","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz#primaryimage","url":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/shior.jpg","contentUrl":"https:\/\/bukhari.uz\/wp-content\/uploads\/2021\/04\/shior.jpg","width":800,"height":531},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/?p=15101&lang=oz#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"Home","item":"https:\/\/bukhari.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Islom shiorlari o\u02bbyinchoq emas, ularni kamsitishga hech kimning haqqi yo\u02bbq!"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#website","url":"https:\/\/bukhari.uz\/","name":"Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi","description":"bukhari.uz","potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/bukhari.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":"required name=search_term_string"}],"inLanguage":"en-US"},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/bukhari.uz\/#\/schema\/person\/a478cd03492de0ffa33336a39f0b5b1c","name":"Markaz","sameAs":["https:\/\/www.bukhari.uz\/"],"url":"https:\/\/bukhari.uz\/?author=1"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15101"}],"collection":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=15101"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15101\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15102,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/15101\/revisions\/15102"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/15099"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=15101"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=15101"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/bukhari.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=15101"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}